66
TIL OʻRGANISHGA MOTIVATSIYA BERUVCHI OMILLAR
Ibodullayev Bekzod Olimjon o‘g‘li
Turon universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14973717
Annotatsiya:
Til oʻrganish jarayoni koʻplab omillar taʼsirida amalga oshadi va ularning
eng muhimlaridan biri motivatsiyadir. Motivatsiya oʻquvchining harakatlanishiga,
harakatlanish davomiyligiga va natijalariga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Ushbu maqolada til
oʻrganishga ijobiy taʼsir etuvchi motivatsion omillar tahlil qilinadi, ular ichki va tashqi
motivatsiyaga boʻlinib oʻrganiladi. Ichki motivatsiya shaxsiy qiziqish, oʻz-oʻzini rivojlantirish va
shaxsiy maqsadlar bilan bogʻliq boʻlsa, tashqi motivatsiya ijtimoiy talablar, iqtisodiy manfaatlar
va ishdagi imkoniyatlar bilan bogʻliqdir. Maqolada ushbu omillarning oʻquv jarayoniga taʼsiri
ilmiy adabiyotlar tadqiqotlar asosida koʻrib chiqiladi hamda ularning til oʻrganish
samaradorligiga taʼsiri baholanadi.
Kalit soʻzlar:
til oʻrganish, taʼlim, motivatsiya, ichki motivatsiya, tashqi motivatsiya, til
kompetensiyasi.
Аннотация:
Процесс изучения языка осуществляется под воздействием
множества факторов, и одним из самых важных является мотивация. Мотивация
непосредственно влияет на стремление учащегося к обучению, его продолжительность
и результаты. В данной статье анализируются мотивационные факторы, положительно
влияющие на изучение языка, которые делятся на внутреннюю и внешнюю мотивацию.
Внутренняя мотивация связана с личными интересами, саморазвитием и
индивидуальными целями, в то время как внешняя мотивация обусловлена
социальными
требованиями,
экономическими
выгодами
и
карьерными
возможностями. В статье рассматривается влияние этих факторов на образовательный
процесс на основе научной литературы и оценивается их влияние на эффективность
изучения языка.
Ключевые слова:
изучение языка, образование, мотивация, внутренняя
мотивация, внешняя мотивация, языковая компетенция.
Abstract:
The process of language learning is influenced by numerous factors, with
motivation being one of the most significant. Motivation directly impacts a learner's drive, the
duration of their efforts, and the outcomes they achieve. This article analyzes the motivational
factors that positively influence language learning, categorizing them into intrinsic and
extrinsic motivation. Intrinsic motivation is associated with personal interest, self-
development, and individual goals, whereas extrinsic motivation is driven by social demands,
economic benefits, and career opportunities. The article examines the impact of these factors
on the learning process based on scientific literature and evaluates their effect on language
learning efficiency.
Keywords:
language learning, education, motivation, intrinsic motivation, extrinsic
motivation, language competence.
Kirish
Til oʻrganish bugungi globallashgan dunyoda muhim ahamiyat kasb etib, shaxsiy va
professional taraqqiyotning ajralmas qismiga aylangan. Biroq, til oʻrganish jarayoni koʻplab
omillarga bogʻliq boʻlib, ularning eng asosiylaridan biri motivatsiyadir. Motivatsiya taʼlim
67
jarayonida oʻquvchilarning faolligi, chidamliligi va natijalarga erishish darajasini belgilaydi.
Kanadalik psixologlar Robert Gardner va Walllace Lambert (1972) tadqiqotlariga koʻra,
motivatsiya ikki asosiy turga boʻlinadi: 1. Integrativ motivatsiya – tilni ichki istak bilan
o‘rganish, o‘sha til madaniyatiga singishish. 2. Instrumental motivatsiya – tilni ma’lum bir
maqsad uchun oʻrganish, masalan, ish topish, akademik yutuqlarga erishish yoki xorijga
chiqish. Bundan tashqari, amerikalik psixologlar Edward L. Deci va Richard M. Ryan (1985)
motivatsiyani ichki va tashqi motivatsiya deb ajratgan: Ichki motivatsiya – shaxsiy qiziqish,
bilim olishga boʻlgan ishtiyoq. Tashqi motivatsiya –bu tashqi omillar, bosimlar natijasida
yuzaga keladi (mukofotlar, bosim va majburiyatlar, yoki akademik talablar). Tadqiqotda til
oʻrganishga motivatsiya beruvchi omillar tahlil qilinadi va ularning taʼlim jarayonidagi oʻrni
muhokama qilinadi.
Materiallar va metodlar
Ushbu maqola motivatsiyaga oid adabiyotlardan foydalangan holda va tadqiqotlar
natijasida tayyorlandi. Tadqiqot usullari quyidagilardan iborat:
1. Adabiyot tahlili – motivatsiyaga tegishli va aynan til oʻrganish motivatsiyasiga oid
kitoblar va internet ma’lumotlari oʻrganildi.
2. Soʻrovnoma va intervyu – til oʻrganayotgan talabalar va mutaxassislar bilan oʻtkazilgan
suhbatlar natijalari tahlil qilindi.
3. Tahliliy usul – ichki va tashqi motivatsiya omillari ajratilib, ularning oʻquv jarayoniga
taʼsiri baholandi.
Tadqiqot davomida B2 va C1 darajadagi chet tilini oʻrganayotgan talabalardan
soʻrovnoma olingan. Ularning til oʻrganishga boʻlgan motivatsiyasi, qiyinchiliklari va
motivatsiyani oshirish usullari tahlil qilindi.
Muhokama va natijalar
Tadqiqot natijalari til oʻrganishga motivatsiya beruvchi omillarni quyidagi asosiy
guruhlarga ajratish mumkinligini koʻrsatdi:
1. Ichki motivatsiya omillari
Ichki motivatsiya, asosan, insonning shaxsiy istaklari va qiziqishlari bilan bogʻliq boʻlib,
quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻz-oʻzini rivojlantirish istagi – koʻp tilli shaxs boʻlish, intellektual salohiyatni oshirish.
Akademik va ilmiy qiziqish – lingvistika yoki tarjima sohasida ishlash istagi.
Madaniy qiziqish – yangi madaniyat va urf-odatlarni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoq.
Oʻyin va ijodiy yondashuv – interaktiv oʻyinlar, ilovalar va badiiy adabiyotlar orqali til
oʻrganish.
2. Tashqi motivatsiya omillari
Tashqi motivatsiya, asosan, ijtimoiy va iqtisodiy talablar bilan bogʻliq boʻlib, quyidagi
jihatlarni oʻz ichiga oladi:
Taʼlim va ish imkoniyatlari – xorijiy universitetlarga kirish, yaxshi ish toppish va daromad
qilish.
Ijtimoiy bosim va talablar – atrof-muhitning chet tilini oʻrganishni ragʻbatlantirishi.
Rasmiy talablar va sertifikatlar – xalqaro imtihonlar (Goethe, IELTS, TOEFL) va ish
bozoridagi ehtiyojlar.
3. Til oʻrganish motivatsiyasiga taʼsir etuvchi pedagogik omillar
Oʻqitish metodlari – interaktiv va kommunikativ metodlar motivatsiyani oshiradi.
68
Oʻqituvchi shaxsiyati – oʻqituvchining bilim darajasi, motivatsiyasi va pedagogik
yondashuvi katta rol oʻynaydi.
Texnologik vositalar – raqamli texnologiyalar, onlayn kurslar va sunʼiy intellekt
yordamida oʻqitish motivatsiyani oshiradi.
Tadqiqot natijalari
Soʻrovnoma natijalariga koʻra, til o‘rganuvchilar orasida instrumental motivatsiya (65%)
integrativ motivatsiyadan (35%) ustun ekanligi aniqlandi.
Oʻqitish metodlari va texnologik vositalardan foydalanish oʻquvchilarning motivatsiyasini
40-45% ga oshirishi mumkin.
Oʻz-oʻzini ragʻbatlantirish strategiyalari motivatsiyani barqaror ushlab turishda muhim
rol oʻynaydi.
Xulosa
Til oʻrganish motivatsiyasi oʻquvchining shaxsiy va ijtimoiy omillariga bogʻliq holda
shakllanadi. Ichki motivatsiya bu qiziqish va maqsadlarga asoslangan boʻlsa, tashqi motivatsiya
esa ijtimoiy va iqtisodiy talablar bilan bogʻliq. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, eng samarali til
oʻrganish jarayoni ichki va tashqi motivatsiyaning uygʻunlashishi bilan amalga oshadi.
Kelgusida til oʻrganish motivatsiyasini oshirish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi:
Oʻquvchilarni ragʻbatlantirish va ularga qiziqarli metodlarni taklif qilish.
Til oʻrganish jarayonida texnologiyalardan samarali foydalanish.
Oʻqitish jarayonini interaktiv va muloqotga asoslangan usullarda olib borish.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Ivanov, P.I., Zufarov, M.E. Umumiy psixologiya. Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati, 2008, 480 b.
2.
Jalilov J.J. Chet tilini o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi, 2012, 432 b.
3.
Umirov, B.M. Psixologiya. Toshkent: Voris-nashriyoti, 2012, 272 b.
4.
www.kitobxon.com
