KIRISH GAPLI MURAKKABLASHGAN SODDA GAPLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Annotasiya

Kirish gaplar sodda gaplarni ham mazmunan, ham shaklan  murakkablashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada kirish gaplar vositasida murakkablashgan sodda gaplarni ergash gapli qo‘shma gaplardan hamda kiritma qurilmalar vositasida murakkablashgan sodda gaplardan farqlovchi jihatlar tahlil qilinadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
73-75
28

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nurillayeva , S. . (2025). KIRISH GAPLI MURAKKABLASHGAN SODDA GAPLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(6), 73–75. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/77975
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Kirish gaplar sodda gaplarni ham mazmunan, ham shaklan  murakkablashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada kirish gaplar vositasida murakkablashgan sodda gaplarni ergash gapli qo‘shma gaplardan hamda kiritma qurilmalar vositasida murakkablashgan sodda gaplardan farqlovchi jihatlar tahlil qilinadi.


background image

73

KIRISH GAPLI MURAKKABLASHGAN SODDA GAPLARNING PRAGMATIK

XUSUSIYATLARI

Nurillayeva Shoxsanam Anvarovna

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15152011

Annotatsiya:

Kirish gaplar sodda gaplarni ham mazmunan, ham shaklan

murakkablashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada kirish gaplar vositasida
murakkablashgan sodda gaplarni ergash gapli qo‘shma gaplardan hamda kiritma qurilmalar
vositasida murakkablashgan sodda gaplardan farqlovchi jihatlar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

propozitsiya, modus, kirish, kiritma qurilma, aktuallashuv, pragmatik

belgi.

PRAGMATIC CHARASTERISTICS OF COMPLEX SIMPLE SENTENCES WITH AN

INTRODUCTORY SENTENCE

Annotation:

Introductory sentences serve to complicate simple sentences. This article

analyzes the aspects distinguish simple sentences that are complicated by introductory
sentences from compound sentences with adverbial clauses and simple sentences
complicated by means of input devices .

Key words:

proposition, modus, introductory words, input device, actualization,

pragmatic sign.


Murakkablashgan sodda gaplar o‘zbek tilida fikrni aniqroq, to‘liqroq va ta’sirchanroq

ifodalash, bildirilayotgan fikrga so‘zlovchining munosabatini bildirish uchun keng qo‘llaniladi.

Kirishli gaplar o‘zbek tilidagi murakkablashgan sodda gaplarning bir turidir. Ular asosiy

gapga qo‘shimcha ma’lumot beradi, so‘zlovchining o‘zi ifodalayotgan fikrga munosabatini
yoki izoh vazifasini bajaradi.

Kirish gaplar ma’no turiga ko‘ra so‘zlovchining fikrga munosabatini bildiruvchi,

ma’lumot manbasini ko‘rsatuvchi, fikrning tartibi va bog’lanishini ko‘rsatuvchi, izoh beruvchi
kabi turlarga bo‘linadi va bunday gaplar tilshunoslikda modus deb ataladi.

Kirish birliklar shakliy tuzilishiga ko’ra kirish so‘z shaklida, so‘z birikmasi va gap

shaklida kela oladi.

Kirish gapli murakkablashgan sodda gaplar va ergash gapli qo‘shma gaplar o‘zbek tilida

uchraydigan muhim sintaktik tuzilmalar bo‘lib, ular orasida muhim farqlar mavjud. Ergash
gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar sintaktik jihatdan tobelanish munosabatida
bog’langan bo‘ladi va har biri o‘z predikativ markaziga ega bo‘ladi. Kirish gaplar esa sodda gap
tarkibiga kiritiladi, ammo asosiy gap bilan grammatik aloqaga kirishmaydi, faqat ma’no
jihatdan bog’langan bo‘ladi.

Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra kirish gaplar so‘zlovchining fikriga munosabatini,

ma’lumot manbasini, izohni ifodalashga; ergash gaplar esa bosh gapning biror bo‘lagini
to‘ldirishga, aniqlashtirishga yoki izohlashga xizmat qilishiga ko‘ra farqlanadi.

Kirish gaplar asosiy gap bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi bois uning

qo‘llanilmay tushirib qoldirilishi asosiy gap mazmuniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ergash gapli
qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar esa qo‘shma gapning ajralmas qismi hisoblanadi,
ulardan birini tushirib qoldirish gap mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq ergash


background image

74

gapli qo‘shma gaplarda shunday bir holat kuzatiladiki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda
gaplardan biri propozitsiya ifodalamaydi, ikkinchi gap mazmunini aktuallashtiruvchi bo‘lib
xizmat qiladi. Bunday vazifada bosh gaplar ham, ergash gaplar ham kelishi mumkin. Modusni
ifodalovchi bunday gap mazmunan kirish gapga teng bo‘ladi.

H.Xoliqovning ko‘rsatishicha, “Kirishlar kirish bo‘lak (demak, ehtimol), kirish birikma

(uning fikricha, gapning to‘g’risi) va kirish gap (men sizga aytsam) shaklida bo‘ladi”. Olimning
o‘z ilmiy ishida kirish gapga keltirgan namuna fikrimizni dalillaydi.

Sirasini aytganda, Safura mashina haydashni astoydil o‘rganmoqni istamasdi. Erkin

A’zamov. Bayramdan boshqa kunlar. Qissa. 87-b. T. 1988-y.

/

Sirasini aytsam, Safura mashina

haydashni astoydil o‘rganmoqni istamasdi. / Sirasi , Safura mashina haydashni astoydil
o‘rganmoqni istamasdi

.

Yuqoridagi har uch holatda ham ifodalangan Safura mashina haydashni o‘rganishni

astoydil istamaganligi haqidagi propozitsiya o‘zgarishsiz saqlangan .

Modus ham o‘sha: so‘zlovchi o‘z fikrining asosiy mohiyatini so‘zlayotgani haqida

tinglovchiga xabar beryapti. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida dolzarb bo‘lgan mazmundan
shaklga qarab tahlil qilish tamoyiliga asoslanadigan bo‘lsak, har uchala gapni kirish birliklar
ishtirok etgan murakkablashgan sodda gaplar deb baholay olamiz.

O‘zbek tilshunosligida kirish va kiritma qurilmalar bir-biridan alohida hodisalar sifatida

tadqiq qilingan. H.Xoliqovning haqli e’tirozicha, “kirish qismlarni “kiritmalar” deb atash ikki
mustaqil kategoriyaning qorishtirib yuborilganini ko‘rsatadi”.

Kirish gaplar asosiy gap bilan grammatik va intonatsion aloqaga kirishmaydi. Asosiy

gapdan vergul bilan ajratiladi. Asosan, gap boshida kelgan kirish gaplarga namunalarni
ko‘rishimiz mumkin:

Turgan gapki, ular Hindistondan quruq kelishmabdi. Erkin A’zam.Bayramdan boshqa

kunlar. Qissa. T.1988-y. 13-b.

Asosiy gapdagi Chinnibek va Barnoshaning Hindistondan quruq kelishmaganligi

haqidagi axborot tabiiy holat ekanligi, ehtimolligi yuqori, aniq hodisa ekanligi haqidagi
so‘zlovchining ishonchi kirish gapdan anglashilgan modusda ifodalangan.

Kiritma qurilmalar esa asosiy gapga qo‘shimcha fikrni ifodalagani uchun gap boshida

kela olmaydi. I.Toshaliyevning ta’kidlashicha, kiritmalar “…hali aytilmagan, lekin o‘quvchining
bilishi zarur bo‘lgan tafsilotlarni mavridi bilan (o‘rni kelib qolganda) ma’lum qilishga , ayrim
so‘z yoki iboralarning qanday ma’noda ishlatilganligini sharhlashga, shu orqali qahramon
xarakterini aniq ko‘rsatishga yordam beradi”. Bunday qo‘shimcha ma’lumotning asosiy
axborotdan avval berilishi nutqiy g’alizlikka sabab bo‘ladi.

Sizni rosa poyladik. (“Poylabsiz-u, qo‘ng’iroq qilish xayolingizga kelmabdi, qarang!”) Erkin

A’zam.Bayramdan boshqa kunlar. Qissa. T.1988-y. 12-b.

Ushbu gapda “Bargida va uning

oilasidagilar Bakirni rosa poylashgani” haqidagi ma’lumot berilgan. Kiritma qurilma orqali
esa so‘zlovchi “Poylagan odam qo‘ng’iroq qilib xabar berishi mumkinligi, ammo Bargidaning
qo‘ng’iroq qilmagani” haqida qo‘shimcha axborot berib, egasiga aytilmay qolib ketgan nutqiy
ehtiyojini namoyon qilgan. Qolaversa, kiritma qurilmaning qavs ichida qo‘shtirnoqqa olinishi
so‘zlovchining achchiq zaharxandasini, pichingini ifodalashga xizmat qilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, kirishlar va kiritma qurilmalar ikki xil

kategoriya bo‘lib, ularni farqlaydigan asosiy jihat sifatida kirish gaplar propozitsiyani emas,
modusni ifodalashini, kiritmalar esa propozitsiyani ifodalay olishi, ammo bu diktum ikkinchi


background image

75

darajali bo‘lishini o‘z izlanishlarimiz natijasida kuzatdik. Shakliy jihatdan qaraganda ham
kiritmalar gapning boshida uchramaydi, bu uning tabiatiga xos emas. Gap boshida joylashuv
kirish gaplarga xos jihat hisoblanadi.

References

1.

Mаҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Тошкент:

Ўқитувчи, 1995.
2.

Холиқов Ҳ. Ҳозирги ўзбек адабий тилида мураккаблашган содда гаплар

услубияти. Филол.фан.ном.дисс. Андижон.1993.
3.

Тошалиев, И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида киритма конструкциялар.

Тошкент:Фан, 1976.
4.

Бойматова, Д. Мураккаблашган содда гапларда аксиологик модалликнинг

семантик-прагматик тадқиқи. Филол.фан.бўй.фалс.д-ри(PhD) дисс.aвтореф. Жиззах.
2022.
5.

Madaminova, M. Matn pragmatik tavsifida sintaktik birliklarning o‘rni. Toshkent. 2023.

Bibliografik manbalar

Mаҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995.

Холиқов Ҳ. Ҳозирги ўзбек адабий тилида мураккаблашган содда гаплар услубияти. Филол.фан.ном.дисс. Андижон.1993.

Тошалиев, И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида киритма конструкциялар. Тошкент:Фан, 1976.

Бойматова, Д. Мураккаблашган содда гапларда аксиологик модалликнинг семантик-прагматик тадқиқи. Филол.фан.бўй.фалс.д-ри(PhD) дисс.aвтореф. Жиззах. 2022.

Madaminova, M. Matn pragmatik tavsifida sintaktik birliklarning o‘rni. Toshkent. 2023.