40
O'ZBEK VA NEMIS TILLARIDA FE'L KATEGORIYASI, UNING O'ZIGA XOS
HUSISIYATLARI
Nuritdinova Shoira Xamidovna
FDU,Chet tillari fakulteti, Chet tillari kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15082210
Annotatsiya:
Maqolada nemis va o‘zbek tillarida fe‘l so‘z turkumi, uning nemis va o‘zbek
tillarida qo‘llanishi, fe‘l zamonlari, ularning har ikki tillardagi hususiyatlari shu bilan birga
ularning o‘ziga hos tomonlari, hamda o‘xshash va farqli tomonlari bayon qilinadi.
Kalit so‘zlar:
zamon kategoriyasi, aniqlik mayli, fe‘l formalari, der Indikativ, nisbiy
zamon, preterito – prezentia, konstruksiya, presens, futurum I, futurum II.
Xozirgi dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan jadal rivojlanish jarayonida turli soxa
fanlarining tez rivojlanayotganligi, yangi kashfiyotlar natijasida bilimlar doirasi yanada
chuqurlashib va kengayib borishi kuzatilmoqda. Til o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan zamon
talabi keng jamoatchilikning ham xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan munosabatini tubdan
o‘zgartirmoqda. Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
Bu esa o‘z navbatida xorijiy tillarni o‘qitilishining yangi zamonaviy texnologiyalarini izlab
topish, xorijiy til o‘qitishning jadallashgan, interfaol usullaridan foydalanish zaruratini keltirib
chiqarmoqda.
Xorijiy tillarni mukammal egallashda tilning har bir qirralari singari grammatik tomoni
ham alohida muhim axamiyat kasb etadi.Til grammatik tomonini chuqur o‘rganish nutqda
hatoga yo‘l qo‘ymay fikrni to‘g‘ri va to‘liq tushuntira olishda zarur omildir. Maqolada fe‘l
zamonlari, ularning nemis va o‘zbek tilida farqlanuvchi hamda o‘xshash tomonlarini yoritiladi
Nemis va o’zbek tillarida fe‘lning zamon formalari
(Die Zeitformen des Verbs)
Aniqlik maylidagi fe‘llarda zamon formalarining yasalishi:
Harakatning bajarilish vaqti maxsus fe‘l formalari yordamida ifodalanadi. So‘zlar
yordamida harakatning aniq bajarilish vaqti ko‘rsatiladi. Fe‘l formalarida esa harakatning
bajarilish vaqti nutqni amalga oshirish jarayoniga nisbatan belgilanadi:
Er ist gestern
gekommen. – U kecha keldi. Er arbeitet. – U ishlayapti.
Aniqlik mayli (indikativ)dagi fe‘llarda ikkala tilda harakatning nutq jarayoniga
munosabati bevosita ifodalanadi. Bu mayl formasi bildirgan zamon har ikki tilda absalyut
zamon hisoblanadi. Ayrim fe‘l formalari, masalan, o‘zbek tilida sifatdosh va ravishdosh
formalari, harakatning nutq momentiga munosabatini bevosita ko‘rsata olmaydi. Shuning
uchun bulardagi zamon nisbiy zamon bo‘ladi.
Hozirgi zamon
(Das Präsens)
Nemis tilida presens bitta formaga ega: ich arbeite, du arbeitest, er arbeitet kabi. Bunga
nomuqobil xolatda o‘zbek tilida esa hozirgi zamon fe‘li ikki turga ega:
1)
hozirgi – kelasi zamon fe‘li: men boraman, sen borasan, u boradi;
2)
hozirgi zamon davom fe‘li: men boryapman, sen boryapsan, u boryapti
.
Präsens fe‘lning infinitiv formasi negiziga shaxs va son qo‘shimchalarining qo‘shish yo‘li
bilan yasaladi. Shaxs – son qo‘shimchalari: I shaxs uchun
–e,
II shaxs birlik uchun
–(e)st
, III
shaxs birlik va II shaxs ko‘plik uchun
–e(t),
I va III shaxs ko‘plik uchun –
en
ga ega.
41
Nemis tilida preterito – prezentia va noto‘g‘ri tuslanuvchi
sein, werden
fe‘llaridan
boshqa fe‘llar bir xil sistemada bo‘lgan shaxs qo‘shimchalari yordamida yasaladi. Masalan:
Singular(birlik)
Plural(ko’plik)
ich schreib – e, bad – e wir schreib – en, bad-en
du schreib – st, bad – est ihr schreib – t, bad –et
er, sie, es schreib – t, bad – et sie schreib – en, bad – en
Kelasi zamon
(Das Futurum)
Futurum I kelasi zamonda sodir bo‘ladigan ish harakatni ifoda etadi:
Ich werde im Sommer nach Samarkand fahren.
Futurum I modal ma‘noni (tahmin ma‘nosini) ham ifodaydi. Bunday konstirutsiyada
modal ma‘no
wohl, vielleicht, hoffentlich, sicherlich
va boshqa modal so‘zlar bilan ifoda
etiladi. Masalan:
Wurm: Ein vaterlicher Rat vermak bei der Tochter viel und
hoffentlich
werden Sie mich
kennen, Herr Müller (F.Schiller,,, Kabale und Liebe―)
Futurm I buyruq ma‘nosini ifoda etishda ham qo‘llaniladi:
Du
wirst
den Apfel
schießen
von dem Kopf des Knaben –ich befehl‘s und will‘s.
(F.Schiller,―Wilhelm Tell―.)
Futurum I formasida ifodalangan ma‘no o`zbek tilida hozirgi–kelasi zamon fe‘li
yordamida ifodalanadi:
Ich werde schreiben.-Men yozaman.
O`zbek tilining kelasi zamon gumon fe‘li esa nemis tilida Futurum I ning modal ma‘noni
ifodalovchi konstruksiyasi yordamida beriladi:
U balki bugun kelar-Er wird vielleicht heute kommen.
Futurum II werden yordamida fe‘lning presensiga mustaqil fe‘lning infinitiv II
formasining qo‘shilishidan yasaladi:
Lesen, kommen
fe‘llarining futurum II formasida tuslanishi.
Singular
Plural
ich werde
gelesen haben
wir werden gelesen haben du wirst
gelesen haben ihr werdet gelesen haben
er wird gekommen sein.
sie werden gekommen sein.
Futurum II Futurum I singari kelasi zamonda bo‘ladigan ish harakatning bajarilishi yoki
bajarilmasligini ifoda etadi. Bunda Futurum II Futurum I va presensga ko‘ra nisbiy zamon
formasi hisoblanadi. Masalan:
―Du wirst es schaffen!― sagte sie leise, Aber, wenn du es geschafft haben wirst, werde
ich nicht mehr bei dir sein.― (H.Fallada).
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulasaga kelish mumkin. Har bir xorijiy tilni
o‘rganishda tilning leksik, fonetik qirralari bilan bir qatorda grammatik tomonlarini
mukammal o‘rganish talab qilinadi. Horijiy tilni o‘rganish oldiga qo‘yiladigan asosiy talab bu
o‘rganilgan tilda erkin muloqot qilish malakasiga ega bo‘lishdan iboratdir. Horijiy tilda fikrni
42
eshituvchiga mukammal yetkazib berish uchun shu tilda grammatik jixatdan gaplarni hatosiz
tuza olish muhim sanaladi.
Grammatikani o‘rganishda esa tillardagi o‘ziga xos tomonlarini qiyoslab o‘rganish tilni
chuqur egallashda muhim omildir.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
M. E. Umarxo‘jaev. Umumiy tilshunoslik. Andijon, 2010
2.
M. E. Umarxo‘jaev. Olmon tili leksikalogiyasi va frazeologiyasi Andijon, 2020.
3.
T. Z. Mirsoatov. Deutsche Gramatik. Morfologiya.Toshkent o‘qituvchi, 1974
4.
S. Saidov, G. Zikrillaev.Nemis tili grammatikasi. Toshkent o‘qituvchi,1973
