132
BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ibroximov Ilxomjon Shavkatjon o’g’li
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Qadamova Muxayyo Javoxir qizi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14498852
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy ishda banklarda muammoli kreditlarning ahamiyati,
zaruriyati, mavjud imkoniyatlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar.
Bank, kredit, muammoli kredit, kredit portfeli, xatar.
Аннотация
. В данной научная работа описаны важность, необходимость,
имеющиеся возможности и их особенности проблемных кредитов в банках.
Ключевые слова
. Банк,
кредит, проблемный кредит, кредитный портфель,
риск.
Abstract
. This scientific work describes the importance, necessity, available
opportunities and their specific features of problem loans in banks.
Key words
. Bank, loan, problem loan, loan portfolio, risk.
Bugungi kunda banklar faoliyati tez sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotning asosiy
sohalaridan biridir. Banklar faoliyatida uning rivojlanishiga kredit bilan bog‘liq jihatlar ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, banklarda kredit orqali uning moliyaviy faoliyatiga haqiqiy baho beriladi.
Kredit - ssuda kapitali yoki qarzga olingan qiymat, ya’ni qarzga berilgan kapital harakati
shaklidir. Bu bir vaqtda kreditor va qarz oluvchi o‘rtasida pulning shakllanib, unda pul
kapitalining ssuda kapitaliga aylanishi ta’minlanadi [1]. Ushbu kreditga portfel shaklida
kreditlarning qaytmasligi va risk darajasi ham ta’sir etadi. Natijada, banklarda muammoli
kreditlar bilan ishlash masalasi paydo bo‘ladi va bugungi kunda bu dolzarb masalaga
aylangan. Kredit chakana bozorining jadal rivojlanishi uchun zarur hisoblanadi. Biroq, unda
tijorat banklarining murakkab shartnomaviy moliyaviy majburiyatlari ta’minlanadi.
Shuningdek, banklar risklarini nazorat etishning maqsadi barcha ajratilgan kredit
mablag‘larining belgilangan vaqtda o‘z o‘rniga qaytishi va yuqori samaradorlikka erishish
bilan namoyon bo‘ladi. Aslida, ushbu jihat banklarda risk kredit va unga hisoblangan foiz
miqdorining qaytmasligini nazarda tutadi. Bu holatlarda mijoz va uning kreditga layoqatlilik
darajasi muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Unga asosan, kredit xavfini bartaraf etish va
banklarda muammoli kreditlar ulushini kamaytirish uchun bank mijozlarining kreditga
layoqatlilik va ta’minlanganlik darajalariga asosiy e’tibor qaratish lozim. Ushbu jihat bevosita
muammoli kredit va undan foydalanish jihatlarini o‘z ichiga oladi.
Bazel qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, muammoli kredit - qarz oluvchining bank oldidagi
majburiyatlarini bajarish muddatlarining sezilarli darajada buzilishi, qarz oluvchining
moliyaviy ahvolining sezilarli darajada yomonlashuvi va garov sifatining sezilarli darajada
pasayishi yoki yo‘qotilishi bo‘lgan kredit deb qaraladi.
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimida muammoli kreditlarning hajmi va ulushi
2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 3,7 foizni yoki 16,8 trln. so‘mni tashkil etgan. Ushbu
ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 foizga pasaygan. Muammoli kreditlarning
mavjudligi zamonaviy banklarning belgisi sifatida moliyaviy sektor xususiyatlari bilan ham
belgilanadi. Kredit bozorida muammoli kreditlar miqdoriy va sifat jihatidan kreditlash
133
shakllari, mexanizmlari, usullari va texnologiyalariga ta’sir etadi. Biroq, kreditlash tizimining
ajralmas qismi sifatida muddati o‘tgan va muammoli kreditlar turlari ajratiladi.
Fikrimizcha, muammoli kreditlar bilan banklar doimiy ravishda ishlashlari kerak.
Ayniqsa, likvidligi yoki to‘lov qobiliyati zaiflashgan sharoitda muammoli kreditlar bilan
ishlashga ko‘proq ahamiyat berish lozim. Muammoli kreditlar uchun kredit portfelida
muammoli qarzlarning paydo bo‘lishi bevosita bank faoliyatida salbiy oqibatlarga olib keladi.
Ya’ni, banklarning foyda olish qobiliyatini pasaytirib, o‘zgaruvchan muhitda uning dinamik
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shu munosabat bilan banklarning oldida kredit
tavakkalchiligini kamaytirish, muammoli kreditlarni boshqarishning yangi usullarini izlash
hamda mavjudlarini takomillashtirish, ularni tartibga solish kredit tashkiloti kabi vazifalar
turadi. Ammo, muammoli kreditni boshqarish, ularning oldini olish va tiklash
texnologiyalarini ishlab chiqishdan oldin uning sabablarini aniqlash talab etiladi.
Muammoli kreditlarni tartibga solish makro va mikro darajada amalga oshiriladi. Mikro
darajada tartibga solish muammoli aktivlarni hal qilishga bag‘ishlangan maxsus tuzilmaning
paydo bo‘lishini nazarda tutadi. Bu tijorat banki bo‘linmasi va mustaqil tashkilotga yordam
beradi [2].
Banklarda
muammoli
kreditlarning
paydo
bo‘lishi
bevosita
mijozning
moliyaviy inqirozining natijasidir. Bu to‘satdan paydo bo‘lib, asta-sekin rivojlanib boradi [3].
Ushbu masalani oldini olish uchun banklarda chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
Tijorat banklaridagi muammoli kreditlarni undirish va sifatini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuasi quyidagi keltirilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi [4]:
-
banklarning kredit portfeli va loyihalar sifatini oshirish;
-
banklarning kredit portfelida mavjud kreditlarga nisbatan
stress-test
amaliyotini
qo‘llash;
-
muammoli kreditlarni tasniflar kesimida batafsil tahlil qilib, kredit portfeli sifatini
saqlab qolish bo‘yicha taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
-
tijorat banklari kredit portfellari xatlovdan o‘tkazilib, murakkab ahvolga tushib qolgan
mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tiklash.
Fikrimizcha, banklar faoliyatida muammoli kreditlarning paydo bo‘lishi quyidagi bir
qator sabablar bilan izohlash mumkin:
-
banklar tomonidan dastlab boshqa shakldagi kreditlarning berilishi;
-
qarz oluvchilar doirasida to‘lov qobiliyatini baholashga turlicha yondashuvlarning
mavjudligi;
-
mijozlar tomonidan kredit bitimi shartlari va kredit resurslarini olishga bo‘lgan ehtiyoj
darajasining noaniqligi;
-
kredit to‘lovlari hajmini bilmaslik va moliyaviy savodxonlikning yetarli emasligi;
-
reklamani tajovuzkorligi va kredit tashkiloti tomonidan mijozni ataylab chalg‘itish;
-
tezkor kreditlashning mavjudligi, mashhurligi va sababsiz ajratilishi;
-
qarz oluvchining kredit qobiliyatini xususiyatlariga qarab baholay olmaslik;
-
qarz oluvchilarning kredit olishdagi javobgarliklarining pastligi;
kreditlar bo‘yicha yuqori foiz stavkalari va mas’uliyatsiz qarz oluvchilar tomonidan
qarzlarni qaytarmaslik yukining borligi.
134
References:
1.
Деньги, кредит, банки: учебник / под общ. ред. М.С.Марамыгина, Е.Н.Прокофьевой.
– Екатеринбург : Изд-во Урал. ун-та, 2019. – c. 105.
2.
Холодова Е.В. «Проблемные» кредиты. Форум молодых ученых, 3(31), 2019. – c.
3.
Завьялова Е.Н. Кредитное дело. 2-часть. Учебное пособие. - Костанай, 2022. – c. 8.
4.
Navruzov A. Tijorat banklaridagi muammoli kreditlar holatini tahlil qilish va ularni
kamaytirish masalalari. // Innovatsiya va taraqqiyot. Ilmiy-metodik, ijtimoiy, maʼnaviy-
maʼrifiy jurnal. 2024-yil 1-2-son. – 35 b.
