128
TARIXIY O‘LKASHUNOSLIK DARSLARI ORQALI TALABALARDA TAHLILIY
TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Yuldasheva Nilufar Nazarovna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15682137
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘ka tarixini o‘rganish yoshlarni avlodlarimizning ko‘p ming
yillik madaniy va ma’naviy merosi, ularning jahon ilmiy tafakkuri va madaniyati taraqqiyotiga
qo‘shgan ulkan hissasi bilan tanishtirish, madaniyatimiz benazir allomalari nomlarini hurmat
bilan tilga olish, ular bilan faxrlanishga, milliy iftixor tarbiyasini amalga oshirish hamda tahliliy
tafakkurni rivojlantirish haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
tarix, ta’lim jarayoni, ma’ruza, individual mashg‘ulot, bilimlar majmuasi,
klassifikatsiya, dars variantlari, jozibali dars, integratsiya, amaliy metod, ko‘nikma, malaka, tahlil.
O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi o‘zbek xalqining ma’naviy va ma’rifiy
hayotida butunlay yangi bir davrni boshlab berdi. Shu boisdan ham “Tarixiy o‘lkashunoslik” fani
yoshlarimizga ta’lim-tarbiya asoslarini davr talabi darajasida olib berishda alohida ahamiyat
kasb etadi. “Men barchangizni tarixni o‘rganishda yanada uyg‘oq, yanada faol bo‘lishga
chaqirmoqchiman. Tarixga sergak qaragan odamgina doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashaydi.
Bugungi vaziyatga ham kelgusi jarayonlarga ham xolis va haqqoniy baho bera oladi. Bu esa
hozirgi murakkab va shiddatli zamonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, yuksak
taraqqiyotga erishishning eng muhim shartidir”[1].
Ta’lim tizimi rivojlanishining bugungi kundagi bosqichida jahon mamlakatlarida, jumladan,
AQSH, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya va Yevropaning iqtisodiyoti rivojlangan
boshqa davlatlarida ta’limning tashkiliy va boshqaruv tuzilmalari, ularning rivojlanishlariga
muhim ahamiyat qaratilib kelinmoqda[2].
Taniqli tarixchi-metodist olim A.I.Strajev tarix o‘qituvchilari uchun egallashi zarur bo‘lgan
bilim va metodik mahorat xususida fikr yuritar ekan, shunday yozadi:
- birinchidan, tarixni ilmiy-metodologik jihatdan batafsil o‘zlashtira olishi;
- ikkinchidan, turli sohalar bo‘yicha aniq tarixiy bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi;
- uchinchidan, keng miqyosdagi umummadaniy, umumbashariy dunyoqarashga ega
bo‘lishi;
- to‘rtinchidan, pedagogik va psixologik bilimlarni o‘z ichiga olgan, mustaqil pedagogik fan
va san’at sifatida shakllangan fan – tarix o‘qitish metodikasi bilan har tomonlama qurollangan,
zamonaviy tarix o‘qituvchisiga xos sifatlar majmuining sohibi bo‘lishi kerak”[3].
Dars jarayonida har bir mavzuning mazmuniga qarab bu talablar konsentratsiyasini
amalga oshirib borish, shubhasiz dars samaradorligini talabalarda tahliliy tafakkur etish
qobiliyatlarini tizimli ravishda kamol toptirishda katta rol o‘ynaydi. Darsga bo‘lgan talablardan
yana bir muhim komponenti uning maqsadini to‘g‘ri belgilash hisoblanadi. Metodik adabiyotda
bu xususda bir necha fikr mavjud. Masalan, V.G.Karsev: “Darsning maqsadi darsda o‘rganiladigan
masalalarning mohiyatini ochib berishdan, uning asosiy g‘oyasini, asosiy ma’nosini talabalarning
dars davomida asosiy xulosa sifatida anglab olishlari va idrok etishlari kerak bo‘lgan narsani
belgilashdan iborat bo‘lishi lozim” deb ko‘rsatadi.
A.A.Vagin va N.V.Speranskaya, V.G.Karsevning har bir darsning umumiy g‘oyaviy-nazariy
yo‘nalishini belgilash kerak, degan fikrlariga qo‘shilish o‘rinlidir. Biroq, shu bilan birga tarixiy
129
o‘lkashunoslik darsi oldiga qo‘yiladigan maqsadlarni to‘g‘ri belgilashda birinchidan, mazkur dars
mazmunida eng muhim narsa nima ekanligini va talabalarning tarixni ilmiy asosda tushunib
olishlariga, ularni umuminsoniy ma’naviyat ruhida tarbiyalashga qanday hissa qo‘shishi
lozimligini aniqlab olish kerak. Ikkinchidan, talabalardagi mavjud bo‘lgan tarixiy malakalarning
namoyon bo‘lish darajasiga va uning rivojlantirish umumiy tizimiga asoslangan holda,
talabalarda muayyan malakalarni shakllantira borish vazifasini ayrim darslarning
maqsadlaridan biri qilib qo‘yish foydalidir.
Tarixiy o‘lkashunoslik darslarining samaradorligida rentabelli darslik muhim rol o‘ynydi.
Biroq, darslik qanchalik takomillashgan bo‘lmasin, o‘qituvchining jozibali ma’ruzasi yoki suhbati
o‘rnini egallay olmaydi. Darslik qanchalik takomillashgan bo‘lganligiga qaramasdan, hayotning
hamma tomonlarini o‘z ichiga qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Shunday ekan, dars
davomida u yoki bu mavzuni bayon etishda o‘qituvchi unga ijodiy yondashishi, o‘rganilayotgan
tarixiy davrni turmush bilan uzviylikda bog‘lab o‘rganishga erishishi lozim. Tarixiy
o‘lkashunoslik darsi, uning xillari va tuzilishi xususida bayon etilgan fikrimiz garchi bu muammo
bo‘yicha so‘nggi mezon bo‘lmasa-da, bunda O‘zbekiston Respublikasi miqyosida
umumlashtirilgan ilg‘or tajribalar asos qilib olingan.
Dars - o‘quv jarayonining asosiy tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi aniq belgilangan
dars doirasida talabalarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo‘yicha shug‘ullanadi, jamoaviy
bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv dasturiga o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy
vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi. Dars o‘quv ishini tashkil qilishning
asosiy shakli bo‘lsa-da, u ta’limning boshqa shakllarini: ma’ruza, amaliyot, laboratoriya
mashg‘ulotlari, seminarlar, konsultatsiyalar, uy vazifalari, qo‘shimcha mashg‘ulotlarni
rivojlantirishni istisno etmaydi.
Ta’limni tashkil qilishning yordamchi shakllari fakultativ mashg‘ulotlar sanaladi. Ular
talabalarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: to‘garaklar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar,
ko‘rgazmalar, ekspeditsiyalar va hokazolar. Dars talabalarning doimiy tarkibi, mashg‘ulotlarning
aniq belgilangan vaqtga egaligi; jadval oldindan tuziladigan va o‘quv ishlari biror aniq mavzuda
tashkil etilishi kabi o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan ta’limning jamoa shakli hisoblanadi.
Darsda o‘qituvchi bilan talabaning o‘zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan.
O‘qituvchi darsda istisnosiz barcha talabalarning faoliyatlarini yo‘llaydi va nazorat qiladi,
shuningdek, talabalarning orasidagi o‘zaro aloqa va nazoratni qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘qituvchining darsdagi faoliyati barcha talabalarni darsning o‘zidayoq o‘rganilayotgan bilim
asoslarini egallashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
Zamonaviy darsga qo‘yilayotgan yuksak talablar o‘qituvchini har bir darsga juda puxta
tayyorlanishiga talab qiladi. Har bir darsga puxta tayyorlanishning sababi talabalar tarkibining
o‘zgarayotganligi, akseleratsiya jarayonlarining va ma’lumotlar oqimining kuchayishi, turli
mafkuraviy poligonlarning paydo bo‘layotganligi, ta’lim va innovatsion va axborot
texnologiyalaridan keng foydalanayotganligidadir. Ammo, o‘qituvchining har bir alohida darsga
tayyorlanishi, uning o‘z o‘quv ishiga tayyorlanish tizimining bir qismi, xolos. Bu tizim:
1) o‘qituvchining o‘z predmeti bo‘yicha DTS o‘zlashtirish;
2) o‘quv dasturining har bir mavzusiga tayyorlanish;
3) har bir darsga tayyorlanishni o‘z ichiga oladi.
Har bir darsga alohida tayyorlanishda o‘qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- mavzuni va darsning vazifalarini aniqlashtiradi;
130
- o‘quv materiali mazmunini ajratadi va uni didaktik jihatdan ishlab chiqadi;
- ilgari o‘rganilgan mavzular bilan bog‘lanishni, mazmunini joylashtirish mantig‘ini nazarda
tutadi;
- talabalarning o‘quv-bilim faoliyatlari xarakterini aniqlaydi, ya’ni qanday ko‘nikma va
malakalar shakllanishini, reproduktiv va izlanish faoliyati, mustaqil ish va o‘qituvchining roli
o‘rtasidagi nisbat qanday bo‘lishini rejalashtiradi;
- o‘qitish metodlari: masala, mashq, muammoli savollar, topshiriqlarni tanlaydi va
aniqlaydi;
Puxta tayyorgarlik ko‘rilgan darsni aniq va samarali o‘tkaza bilish ham kerak. Bunda
o‘qituvchi quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1) darsni aniq va uyushgan holda boshlash, buning uchun esa darsga hamma narsa
oldindan tayyorlangan bo‘lishi kerak;
2) talabalar e’tiborini dars mazmuniga qarata bilish va uni butun dars davomida
talabalarning bilish ko‘nikmasini faollashtirish;
3) darsda vaqtdan oqilona foydalanish;
4) o‘z xatti-harakatini kuzatish.
G‘oyaviy e’tiqod, yuksak axloqiylik va madaniyat bilan gapirish va talab qilish,
rag‘batlantirish, talabalarga murojaat qilish uslubi - bularning barchasi o‘qituvchi faoliyatining
uslubini belgilaydi, hamda talabalarning zo‘r berib ishlashini ta’minlaydi.
Tarixiy o‘lkashunoslik darslarining asosiy mazmunini tashkil etuvchi tarixiy jarayonlarning
mohiyatini, uni keltirib chiqargan sabablarni, qonuniyatlari, ahamiyati va natijalarini chuqur
o‘rganish asosidagina darsning g‘oyaviy mazmunini, ta’lim-tarbiya vazifalarini to‘g‘ri va aniq
belgilash mumkin. O‘qituvchi tarixiy o‘lkashunoslik darslarining mazmunini, ta’lim-tarbiyaviy
vazifalarini belgilashda tarixiy asarlar va davlat hujjatlariga asoslanib ish ko‘rishi kerak. Davlat
hujjatlari tarix o‘qitishning nazariy va metodologik asosini tashkil etadi. Asarlar ba’zi
mavzulardagina emas, balki butun tarixiy o‘lkashunoslik kursining mazmuni ta’lim-tarbiya
vazifalarini belgilashda o‘qituvchi uchun asosiy metodologik manba bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, darsda ulardan foydalanish o‘qitishning g‘oyaviy, ilmiy-nazariy saviyasini
oshirishga yordam beradi. Mavzuni zamonga moslab o‘rganish uchun uning mazmunini
chuqurroq anglab olishga yordam beradi, mavzuni o‘rganishda ko‘proq qiziqtiradi, uni
dolzarbligini va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi[4].
Bunda tarix fanidan yaratilgan metodik qo‘llanmalar hamda maxsus metodik adabiyotlar
ham katta rol o‘ynaydi. O‘qituvchi tarixiy o‘lkashunoslik darslarining ta’lim-tarbiyaviy
vazifalarini belgilashda albatta ulardan foydalanishi kerak. To‘g‘ri, tarixning hamma bo‘limlari
bo‘yicha ham darslarning ta’lim-tarbiya vazifalarini aniq belgilab olishga yordam beruvchi
ko‘rsatmani topish qiyin. Shuning uchun bu sohada har bir o‘qituvchi shaxsan o‘z tajribasi,
ijodiga tayanishi kerak bo‘ladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon
bo‘ladi. –Toshkent: O‘zbekiston, 2019, 3-jild. -B.147.
131
2.
G‘afforov Ya. Tarix o‘qitish metodikasi. – Toshkent: “Ishonchli hamkor”, 2021. -276 b.
3.
Стражев А.И. Методика преподавания истории. Пособие для учителей. - Москва:
1964. - С.278.
4.
Muxamedov G‘., Xodjamqulov U., Toshtemirova S. Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri. –
Toshkent: Universitet, 2020.-B.102.
