ZAMONAVIY TASHKILOTLARDA IMIJ SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI VA PR TEXNOLOGIYALARI

Abstract

Мақолада замонавий ташкилотларда имиж шакллантиришнинг методологик ёндашувлари ва PR технологияларининг аҳамияти чуқур таҳлил қилинган. Имижни шакллантиришга доир рамзий-эмоционал ва субстанционал-моҳиятий каби асосий ёндашувлар қиёсий тарзда ўрганилган. Муаллиф томонидан PR технологияларининг имиж шакллантиришдаги ўрни, уларнинг тизимлилиги ва комплекс хусусиятлари ёритилган. Шунингдек, замонавий рақамли технологиялар шароитида ташкилот имижини шакллантиришнинг ўзига хос хусусиятлари ва истиқболлари аниқланган. Тадқиқот натижалари PR фаолиятини режалаштириш ва амалга оширишда самарали ёндашувларни танлаш учун илмий-амалий аҳамиятга эга.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kuryazova , D. . (2025). ZAMONAVIY TASHKILOTLARDA IMIJ SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI VA PR TEXNOLOGIYALARI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(9), 81–87. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/88258
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Мақолада замонавий ташкилотларда имиж шакллантиришнинг методологик ёндашувлари ва PR технологияларининг аҳамияти чуқур таҳлил қилинган. Имижни шакллантиришга доир рамзий-эмоционал ва субстанционал-моҳиятий каби асосий ёндашувлар қиёсий тарзда ўрганилган. Муаллиф томонидан PR технологияларининг имиж шакллантиришдаги ўрни, уларнинг тизимлилиги ва комплекс хусусиятлари ёритилган. Шунингдек, замонавий рақамли технологиялар шароитида ташкилот имижини шакллантиришнинг ўзига хос хусусиятлари ва истиқболлари аниқланган. Тадқиқот натижалари PR фаолиятини режалаштириш ва амалга оширишда самарали ёндашувларни танлаш учун илмий-амалий аҳамиятга эга.


background image

81

ZAMONAVIY TASHKILOTLARDA IMIJ SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK

ASOSLARI VA PR TEXNOLOGIYALARI

Kuryazova Dilrabo Aminboevna

https://doi.org/10.5281/zenodo.15409039

АННОТAЦИЯ

Мақолада замонавий ташкилотларда имиж шакллантиришнинг методологик

ёндашувлари ва PR технологияларининг аҳамияти чуқур таҳлил қилинган. Имижни
шакллантиришга доир рамзий-эмоционал ва субстанционал-моҳиятий каби асосий
ёндашувлар қиёсий тарзда ўрганилган. Муаллиф томонидан PR технологияларининг
имиж шакллантиришдаги ўрни, уларнинг тизимлилиги ва комплекс хусусиятлари
ёритилган. Шунингдек, замонавий рақамли технологиялар шароитида ташкилот
имижини шакллантиришнинг ўзига хос хусусиятлари ва истиқболлари аниқланган.
Тадқиқот натижалари PR фаолиятини режалаштириш ва амалга оширишда самарали
ёндашувларни танлаш учун илмий-амалий аҳамиятга эга.

Калит сўзлар:

имиж, PR технологиялари, ташкилот, рамзий-эмоционал ёндашув,

субстанционал-моҳиятий

ёндашув,

қиёсий-таҳлилий

ёндашув,

коммуникatsiя

стратегияси, жамоатчилик, тузилмавий ўзгаришлар, рақамли технологиялар.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ И PR ТЕХНОЛОГИИ ФОРМИРОВАНИЯ

ИМИДЖА В СОВРЕМЕННЫХ ОРГАНИЗATSIЯХ

Курязова Дилрабо Аминбоевна

АННОТAЦИЯ

В статье проведен глубокий анализ методологических подходов и значения PR

технологий в формировании имиджа современных организatsiй. Сравнительно изучены
основные подходы к формированию имиджа, такие как символико-эмоциональный и
субстанционально-сущностный. Автором освещена роль PR технологий в формировании
имиджа, их системность и комплексные характеристики. Также определены особенности
и перспективы формирования имиджа организatsiи в условиях современных цифровых
технологий. Результаты исследования имеют научно-практическое значение для выбора
эффективных подходов при планировании и осуществлении PR деятельности.

Ключевые слова:

имидж, PR технологии, организatsiя, символико-эмоциональный

подход, субстанционально-сущностный подход, сравнительно-аналитический подход,
коммуникatsiонная стратегия, общественность, структурные изменения, цифровые
технологии.

METHODOLOGICAL FOUNDATIONS AND PR TECHNOLOGIES OF IMAGE

FORMATION IN MODERN ORGANIZATIONS

Dirabo Kuryazova

ABSTRACT

The article provides an in-depth analysis of methodological approaches and the importance

of PR technologies in image formation of modern organizations. The main approaches to image
formation, such as symbolic-emotional and substantive-essential, are comparatively studied. The
author highlights the role of PR technologies in image formation, their systematic nature and
complex characteristics. Also, the features and prospects of forming the organization's image in


background image

82

the context of modern digital technologies are identified. The research results have scientific and
practical significance for selecting effective approaches in planning and implementing PR
activities.

Keywords:

image, PR technologies, organization, symbolic-emotional approach,

substantive-essential approach, comparative-analytical approach, communication strategy,
public, structural changes, digital technologies.


KIRISh

Zamonaviy bozor sharoitida tashkilotlarning raqobatbardoshligi va muvaffaqiyati ko‘p

jihatdan ularning jamoatchilik nazaridagi imijiga bog‘liq. Imij – bu tashkilotning jamoatchilik
ongidagi yaxlit tasavvuri bo‘lib, uning shakllanishi stixiyali tarzda emas, balki maqsadli va
rejalashtirilgan faoliyat natijasida amalga oshirilishi lozim. Bu jarayonda Public Relations (PR)
texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular tashkilot bilan jamoatchilik o‘rtasidagi
aloqalarni tashkil etish va boshqarishning samarali vositalari hisoblanadi.

Hozirgi davrda ko‘plab tashkilotlar PR faoliyatini faqat tashqi imij yaratish vositasi sifatida

noto‘g‘ri talqin qilmoqdalar. Aslida, PR texnologiyalari nafaqat tashqi qiyofa va tasavvurlarni
shakllantirishga, balki tashkilotning ichki faoliyatini takomillashtirishga, uning qadriyatlari va
maqsadlarini jamoatchilikka yetkazishga, uzoq muddatli va barqaror munosabatlarni o‘rnatishga
qaratilgan kompleks faoliyatdir.

Ushbu maqolada tashkilotlarda imij shakllantirishning metodologik asoslari va PR

texnologiyalarining roli chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ilmiy
adabiyotlar tahlili asosida imij shakllantirishning asosiy yondashuvlarini aniqlash, PR
texnologiyalarining samaradorligini ta’minlovchi omillarni o‘rganish va bu sohaning istiqbolli
yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI (LITERATURE REVIEW)

Imij shakllantirish nazariyasi va amaliyoti ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy

tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Biz o‘rgangan adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, imij
konsepsiyasi turli fanlarning kesishmasida shakllangan va rivojlangan, bu esa ushbu
tushunchaning ko‘p qirrali va murakkab tabiatini tasdiqlaydi.

Jeyms Gruning va Todd Xant tadqiqotlarida imij shakllantirishga doir ikki xil asosiy

yondashuv ajratib ko‘rsatilgan: ramziy-emotsional va substansional-mohiyatiy. «Birinchi
yondashuv asosan tashqi aloqalarga tayangan holda "zohiriy imij"ni yaratishga qaratilgan bo‘lib,
bunda tashkilotning tashqi ko‘rinishi, uning tashviqot faoliyati va jamoatchilik bilan aloqalarni
yo‘lga qo‘yish orqali ijobiy qabul qilinishiga erishiladi. Ushbu yondashuvda asosiy e’tibor
imijning vizual va emotsional jihatlariga qaratiladi. Ikkinchi yondashuv esa ichki mohiyatni
o‘zgartirish orqali imijni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, bunda tashkilotning haqiqiy ichki
faoliyati, qadriyatlari va tamoyillari imij shakllanishining asosiy omili hisoblanadi» [7].

Amerikalik taniqli olimlar Uilkoks, Kameron va Olt o‘zlarining tadqiqotlarida PR faoliyatini

«imij injiniringi» deb ta’riflab, uni «tashkilotning maksimal darajada ijobiy qabul qilinishiga
qaratilgan kompleks faoliyat» deb baholaydilar [7]. Bu ta’rifga ko‘ra, PR mutaxassislari
tashkilotning qiyofasini yaratish uchun ma’lumotlarni strategik tarzda boshqaradi, tahlil qiladi
va tarqatadi. «Shuningdek, ushbu olimlarning fikricha, PR texnologiyalari tashkilot va uning
maqsadli auditoriyasi o‘rtasida ikki tomonlama aloqani ta’minlaydi, bu esa tashkilotga o‘z
faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish va auditoriya talablariga moslashtirish imkonini


background image

83

beradi. Natijada, samarali PR strategiyasi tashkilot imijining uzoq muddatli barqarorligini
ta’minlaydi va uning faoliyati haqida ijobiy tasavvurlarni shakllantirishga yordam beradi» [6].

Rossiyalik olim V. Mixalchenkoning fikriga ko‘ra: «Hozirgi vaqtda jamoatchilik bilan

aloqalarning eng muhim vazifalaridan biri barcha darajalarda - ommaviy iste’molchidan tortib
yuqori hokimiyat organlarigacha konstruktiv muloqot imkoniyati bilan tashkilot faoliyati haqida
ijobiy, ishonchli fikrni shakllantirishdir. Ijobiy imij va yuqori obro‘ni shakllantirish - o‘zaro
manfaatli va barqaror munosabatlarning kafolati - korporativ uslubni yaratish, tashkilotning
ijtimoiy ahamiyatga ega rolini, uning individualligi va aynanligini aniqlashning murakkab va
uzoq jarayonini talab qiladi» [4].

O‘zbekistonlik tadqiqotchi U. Islombekov esa PR texnologiyalarining davlat boshqaruvi

sohasidagi ahamiyatini ta’kidlab, «Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalarining davlat
boshqaruvi sohasida keng qo‘llanilishining sabablaridan biri legitimlikni ta’minlash muammosi
bilan chambarchas bog‘liqdir» deb yozadi [4]. Uning fikricha, PR faoliyati nafaqat tashkilotning
tashqi imijini shakllantirishga, balki jamiyat bilan muloqot o‘rnatish va ishonch qozonishga ham
xizmat qiladi.

Belgiyalik taniqli tadqiqotchilar Natali Dentchev va Aym Gene tomonidan chuqur ilmiy

izlanishlar asosida olib borilgan tadqiqotlarda, «Imij shakllantirishda PR-strategiyalari faqatgina
tashqi qiyofani yaratishga emas, balki tashkilotning haqiqiy faoliyatini o‘zgartirishga ham
qaratilishi, ya’ni ichki tuzilmaviy va funksional o‘zgarishlarga turtki bo‘lishi kerak» [9] degan
muhim fikr ilgari surilgan. «Ularning fikricha, tashkilot imijini shakllantirishda faqat tashqi
kommunikatsiyalarga e’tibor qaratilishi yetarli emas, balki ichki faoliyat va jarayonlarni
takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Bu esa PR-faoliyatning ikki tomonlama muhim
mohiyatini yaqqol tasdiqlaydi» [9].

Qiyosiy-tahliliy yondashuv imij shakllantirishning muhim metodologik asoslaridan biri

hisoblanadi. Bu yondashuv «raqiblar imijini chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida o‘z imijini
strategik shakllantirish, bozordagi o‘z mavqeini aniq belgilash va raqobatdoshlik ustunliklarini
samarali namoyon etishga qaratilgan. Bu yondashuvda benchmarking usullari keng qo‘llaniladi,
ya’ni sohadagi eng yaxshi amaliyotlar muntazam o‘rganiladi va ulardan o‘z imijini
takomillashtirish uchun samarali foydalaniladi» [10].

A. Nazarovning fikricha, «PR - jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashning muhim

omili hisoblanadi. U nafaqat tashkilot uchun ijobiy imij yaratish vositasi sifatida, balki jamiyat
oldidagi mas’uliyatni anglash va axloqiy tamoyillarga rioya qilishga undovchi mexanizm sifatida
ham xizmat qiladi. Bu esa davlat idoralarini nazorat va qonunlar orqali emas, shunchaki jamiyat
oldida obro‘sizlanishdan qo‘rqib, o‘z xizmatlarini yaxshilashga zamin yaratadi» [11].

TAHLIL VA NATIJALAR (ANALYSIS AND RESULTS)

Yuqorida ko‘rib chiqilgan ilmiy adabiyotlar tahlili asosida imij shakllantirishning

metodologik asoslari va PR texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash mumkin. Imij
shakllantirishda qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlarni quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
1.

Ramziy-emotsional yondashuv

– imij shakllantirishning eng keng tarqalgan usullaridan

biri hisoblanib, tashkilotning tashqi qiyofasi, vizual elementlari, reklama va axborot materiallari
orqali yaratiladi. Bu yondashuvda asosiy e’tibor auditoriyaning emotsional va estetik
taassurotlarini shakllantirishga qaratiladi. Ramziy-emotsional yondashuv tashkilot imijini tez


background image

84

o‘zgartirish va auditoriyaga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi, ammo bu faqat tashqi
qiyofaga asoslangan imij uzoq muddatli va barqaror bo‘lmasligi mumkin.
2.

Substansional-mohiyatiy yondashuv

– tashkilotning haqiqiy ichki faoliyati, sifat

ko‘rsatkichlari, professional standartlari va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish
orqali imij yaratishga qaratilgan. Bu yondashuv tashkilotning amaliy natijalari va ichki
mohiyatiga asoslangan bo‘lib, uzoq muddatli va ishonchli imij shakllantirishga xizmat qiladi.
Substansional-mohiyatiy yondashuv asosida yaratilgan imij barqaror va ishonchli bo‘ladi, chunki
u tashkilotning haqiqiy natijalari va yutuqlariga asoslanadi.
3.

Qiyosiy-tahliliy yondashuv

– bozordagi raqiblar faoliyatini o‘rganish, ularning imij

strategiyalarini tahlil qilish va tarmoqdagi eng yaxshi amaliyotlarni o‘zlashtirish orqali o‘z imijini
shakllantirishga asoslangan. Bu yondashuv tashkilotga bozordagi o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilash,
raqobatchilardan farqlanuvchi noyob imij yaratish va maqsadli auditoriyani jalb qilishning
samarali usullarini aniqlash imkonini beradi. Qiyosiy-tahliliy yondashuv natijasida
shakllantirilgan imij bozor talablariga mos keladi va tashkilotning raqobatbardoshligini oshiradi.
4.

Situatsion yondashuv

– vaziyatga qarab imidj strategiyasini moslashtirish, turli

sharoitlarda turli taktikalarni qo‘llash va bozor o‘zgarishlariga tezkor javob qaytarishga
qaratilgan. Bu yondashuv tashkilotga imijni boshqarish borasida egiluvchanlik va
moslashuvchanlik imkonini beradi, ayniqsa inqirozli vaziyatlarda yoki kutilmagan o‘zgarishlar
paytida o‘z ahamiyatini ko‘rsatadi. Situatsion yondashuv doirasida yaratilgan imij strategiyasi
tashqi muhit o‘zgarishlariga tezkor moslashish va imij boshqaruvi samaradorligini oshirish
imkonini beradi.
5.

Integratsion yondashuv

– yuqoridagi barcha yondashuvlarning oqilona kombinatsiyasiga

asoslangan bo‘lib, imijning ham tashqi, ham ichki jihatlarini o‘z ichiga oladi. Bu yondashuv
tashkilotning vizual identifikatsiyasidan tortib ichki faoliyatigacha bo‘lgan barcha jihatlarni
qamrab oladi va yaxlit imij strategiyasini shakllantiradi. Integratsion yondashuv natijasida
yaratilgan imij eng to‘liq va har tomonlama mukammal hisoblanadi, chunki u tashkilotning
barcha qirralarini aks ettiradi.
PR texnologiyalari ushbu metodologik yondashuvlarni amalga oshirishning asosiy vositasi
hisoblanadi. Zamonaviy PR faoliyati quyidagi xususiyatlarga ega:
1.

Strategik rejalashtirish

– PR faoliyatini rejalashtirishda tashkilotning umumiy strategik

maqsadlari inobatga olinishi, imij shakllantirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilishi va ular
muntazam ravishda baholanib borilishi lozim. Strategik rejalashtirish PR faoliyatining
samaradorligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
2.

Kompleks yondashuv

– PR texnologiyalari imij shakllantirishning barcha jihatlarini -

vizual identifikatsiya, kommunikatsiya strategiyasi, ichki korporativ madaniyat, jamoatchilik
bilan aloqalar, inqirozli vaziyatlarni boshqarish kabi sohalarni qamrab olishi kerak. Kompleks
yondashuv imijni har tomonlama shakllantirish va barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.
3.

Maqsadli auditoriya bilan ikki tomonlama aloqa

– samarali PR strategiyasi auditoriya

bilan faol muloqotni, uning fikrlarini o‘rganishni va tezkor qayta aloqani o‘z ichiga oladi.
Tashkilot o‘z auditoriyasining talablari va kutilmalarini doimiy ravishda o‘rganishi va o‘z
faoliyatini shunga moslashtirishi lozim.
4.

Axloqiy prinsiplar

– PR faoliyatida axloqiy me’yorlarga rioya qilish, jamoatchilikka taqdim

etilayotgan ma’lumotlarning haqiqatga mosligi, shaffoflik va ochiqlik prinsiplari muhim
ahamiyat kasb etadi.


background image

85

5.

Raqamli texnologiyalardan foydalanish

– zamonaviy sharoitda PR faoliyati yangi

raqamli kommunikatsiya kanallaridan, ijtimoiy tarmoqlardan, onlayn platformalardan faol
foydalanishni talab qiladi. Bu tashkilotga keng auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatish, turli
formatdagi kontentni tarqatish va imij strategiyasini faol amalga oshirish imkonini beradi.
Tahlillarimiz shuni ko‘rsatadiki, PR faoliyatini imij shakllantirishning muhim vositasi sifatida
qo‘llashda quyidagi omillarga e’tibor qaratish lozim:

Tashkilotning o‘ziga xos xususiyatlari, faoliyat maqsadlari va qadriyatlarini aniq belgilash

va ularni PR strategiyasining asosi sifatida qo‘llash;

Imij shakllantirishda ham tashqi, ham ichki kommunikatsiyalarni uyg‘unlashtirish;

Zamonaviy raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish, ammo an’anaviy PR usullarini

ham e’tibordan chetda qoldirmaslik;

PR strategiyasini muntazam ravishda baholab borish va zarur hollarda modifikatsiyalash;

Imij shakllantirishda belgilangan axloqiy tamoyillarga qat’iy rioya qilish.

Zamonaviy raqamli texnologiyalar sharoitida PR faoliyati yangi imkoniyatlar va vositalarga ega
bo‘lmoqda. Tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar, video platformalar va boshqa turli
onlayn platformalarda o‘z imijini faol shakllantirish, boshqarish va mustahkamlash imkoniyatiga
ega bo‘lmoqdalar. Raqamli muhitda PR strategiyasining muvaffaqiyati kontentni strategik
rejalashtirish, maqsadli auditoriyaga mos mazmunni yaratish va tarqatish hamda interaktiv
kommunikatsiya kanallaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq.

XULOSA VA TAKLIFLAR (CONCLUSION/RECOMMENDATIONS)

O‘tkazilgan tadqiqot va tahlillar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1.

Imij shakllantirish jarayoni murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, uning samaradorligi

qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlar va PR texnologiyalarining to‘g‘ri tanlanishi va
samarali qo‘llanilishiga bog‘liq. Zamonaviy tashkilotlar imij shakllantirishda ramziy-emotsional,
substansional-mohiyatiy, qiyosiy-tahliliy, situatsion va integratsion yondashuvlarning oqilona
kombinatsiyasidan foydalanishlari maqsadga muvofiq.
2.

PR texnologiyalari nafaqat tashkilotning tashqi imijini yaratish, balki uning ichki faoliyatini

takomillashtirish, auditoriya bilan ikki tomonlama aloqa o‘rnatish va uzoq muddatli ishonchli
munosabatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
3.

Zamonaviy raqamli texnologiyalar PR faoliyatini amalga oshirishda yangi imkoniyatlar

yaratadi, ammo bu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun an’anaviy PR usullari bilan raqamli
texnologiyalarni oqilona uyg‘unlashtirish, kontentni strategik rejalashtirish va auditoriya bilan
doimiy muloqot o‘rnatish lozim.
4.

Imij shakllantirishda axloqiy prinsiplar va ijtimoiy mas’uliyat muhim rol o‘ynaydi.

Shaffoflik, ochiqlik va haqqoniylik prinsiplariga asoslangan PR strategiyasi tashkilotning uzoq
muddatli va barqaror imijini ta’minlaydi.
Yuqoridagi xulosalarga asoslanib, quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
1.

Tashkilotlar imij shakllantirish strategiyasini ishlab chiqishda kompleks yondashuvni

qo‘llashi, ya’ni ham tashqi, ham ichki imijga e’tibor qaratishi, ularning uyg‘unligini ta’minlashi
lozim.
2.

PR faoliyatini tashkilotning umumiy strategik maqsadlari bilan integratsiyalash, imij

shakllantirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqish va ularni muntazam ravishda baholab borish
zarur.


background image

86

3.

Raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn

platformalar va multimedia kontentini samarali qo‘llash orqali imij shakllantirish strategiyasini
kuchaytirish maqsadga muvofiq.
4.

Auditoriya bilan ikki tomonlama aloqani ta’minlash, uning fikr va kutilmalarini muntazam

o‘rganish va PR strategiyasini shunga moslashtirish kerak.
5.

PR faoliyatida axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish, jamoatchilikka taqdim etilayotgan

ma’lumotlarning haqiqatga mosligini ta’minlash, shaffoflik va ochiqlik prinsiplarini amaliyotga
tatbiq etish lozim.
6.

PR mutaxassislarining malakasini muntazam ravishda oshirib borish, ularni yangi

texnologiyalar va usullar bilan tanishtirish, tashkilotning imij shakllantirish strategiyasini
takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kerak.

Ushbu takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi zamonaviy tashkilotlarda imij shakllantirish

samaradorligini oshirish, PR texnologiyalaridan unumli foydalanish va natijada tashkilotlarning
raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Аверин Ю. Люди управляют людьми: модель социологического анализа. М.: Изд-во

Моск. ун-та, 1996.
2.

Аги У., Кэмерон Г., Олт Ф., Уилкокс Д. Самое главное в PR / Пер. с англ. СПб.: Питер,

2004.
3.

Гриффин Э. Управление репутaционными рисками. Стратегический подход. М.:

Альпина, 2009.
4.

Islombekov U.I. Siyosatda «jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini qo‘llash

imkoniyatlari (O‘zbekiston Respublikasi misolida). Siyosiy fanlar nomzodi diss. -T.: O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi. 2006. -B.52.
5.

Королько В.Г. Основы паблик рилейшнз. М.: Рефл-бук; Киев: Ваклер, 2000.

6.

Оливер С. Репутatsiя // Стратегия в паблик рилейшнз / Пер. с англ.; Под ред. А.Н.

Андреевой. СПб.: Нева, 2003.
7.

Орлова Т.М. Сборник методических материалов по курсу "Паблик рилейшнз". М.:

ИМПЭ им. А.С. Грибоедова, 2003.
8.

Почепцов Г.Г. Имиджелогия. М.: Рефл-бук; Киев: Ваклер, 2001.

9.

Denthce, N.B., & Heene, B. Managing the reputation of restructuring corporations: Send the

right signal to the right stakeholder. //Journal of Public Affairs, 2004 4(1), 56-72. DOI:
10.1002/pa.170.
10.

Will, D.L., Smirnon, G.F., & Bulet, P.H. Public Relations: Strategies and Tactics. - Boston:

Allyn & Bacon, 2006. -P.234
11.

Nazarov A. Public Relations – jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashning muhim

omili.// Oriental Journal of History, Politics and Law. Vol. 5 No. 04 (2025): Vol 05, Issue 04,
2025.-B.134-139.
12.

Траут Д. Новое позиционирование. СПб.: Питер, 2001.

13.

Чумиков А.Н., Бочаров М.П. Связи с общественностью: теория и практика: Учеб.


background image

87

пособие. 2-е изд., испр. и доп. М.: Дело, 2004.
14.

Шепель В.М. Профессия имиджмейкер. Ростов н/Д: Феникс, 2008.

15.

Джи Б. Имидж фирмы: планирование, формирование, продвижение / Пер. с англ.

СПб.: Питер, 2000.

References

Аверин Ю. Люди управляют людьми: модель социологического анализа. М.: Изд-во Моск. ун-та, 1996.

Аги У., Кэмерон Г., Олт Ф., Уилкокс Д. Самое главное в PR / Пер. с англ. СПб.: Питер, 2004.

Гриффин Э. Управление репутaционными рисками. Стратегический подход. М.: Альпина, 2009.

Islombekov U.I. Siyosatda «jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari (O‘zbekiston Respublikasi misolida). Siyosiy fanlar nomzodi diss. -T.: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi. 2006. -B.52.

Королько В.Г. Основы паблик рилейшнз. М.: Рефл-бук; Киев: Ваклер, 2000.

Оливер С. Репутatsiя // Стратегия в паблик рилейшнз / Пер. с англ.; Под ред. А.Н. Андреевой. СПб.: Нева, 2003.

Орлова Т.М. Сборник методических материалов по курсу "Паблик рилейшнз". М.: ИМПЭ им. А.С. Грибоедова, 2003.

Почепцов Г.Г. Имиджелогия. М.: Рефл-бук; Киев: Ваклер, 2001.

Denthce, N.B., & Heene, B. Managing the reputation of restructuring corporations: Send the right signal to the right stakeholder. //Journal of Public Affairs, 2004 4(1), 56-72. DOI: 10.1002/pa.170.

Will, D.L., Smirnon, G.F., & Bulet, P.H. Public Relations: Strategies and Tactics. - Boston: Allyn & Bacon, 2006. -P.234

Nazarov A. Public Relations – jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashning muhim omili.// Oriental Journal of History, Politics and Law. Vol. 5 No. 04 (2025): Vol 05, Issue 04, 2025.-B.134-139.

Траут Д. Новое позиционирование. СПб.: Питер, 2001.

Чумиков А.Н., Бочаров М.П. Связи с общественностью: теория и практика: Учеб. пособие. 2-е изд., испр. и доп. М.: Дело, 2004.

Шепель В.М. Профессия имиджмейкер. Ростов н/Д: Феникс, 2008.

Джи Б. Имидж фирмы: планирование, формирование, продвижение / Пер. с англ. СПб.: Питер, 2000.