40
TIL O’RGANISH VA O’RGATISH JARAYONIDA PRAGMATIK
KOMPETENSIYANING MOHIYATI
Rustam Yuldoshev Dilshod O’gli
Qarshi davlat universiteti
Pedagogika fakulteti, tayanch doktarant
https://doi.org/10.5281/zenodo.13220416
Annotatsiya:
Maqolaning asosiy mavzusi - tilni o'rgatish va o'rganish bo'yicha pragmatik
kompetensiya, shuningdek, ikkinchi chet tilida samarali muloqot qilishda uning mohiyati haqida.
Maqolada kompetensiya atamasining turlari bilan bir qatorda ta'rifini ham topish mumkin.
Maqolani ko’zdan kechirish jarayonidan ko'rinib turibdiki, muloqotda malakaning bir turi
ustuvor rol o’ynamaydi, balki har bir tur xabarni samarali yetkazishda o'z o'rniga ega.
Kalit so‘zlar:
kompetensiya, lingvistik, pragmatik, ijtimoiy-lingvistik, strategik, til o‘rgatish,
tilni o‘zlashtirish, ikkinchi chet tili, intonatsiya, dinamik ma’no, leksik/grammatik qobiliyat,
kommunikativ kompetensiya, kontekst, muloqot muammolari, avtonom subyekt.
CONTENT OF PRAGMATIC COMPETENCE IN LANGUAGE LEARNING AND
TEACHING
Rustam Yuldoshev Dilshod o’g’li
Karshi State University
Faculty of Pedagogy, doctoral student
Annotation:
The main topic of the article is competence in language teaching and learning,
as well as its importance in effective communication in a second foreign language. In the article,
you can find the definition of the term competence, as well as its types. As it can be seen from the
process of reviewing the article, one type of skill does not play a priority role in communication,
but each type has its place in effective message delivery.
Key words:
competence, linguistic, pragmatic, socio-linguistic, strategic, language teaching,
language acquisition, second language, intonation, dynamic meaning, lexical/grammatical ability,
communicative competence, context, communication problems, autonomous entity.
СОДЕРЖАНИЕ ПРАГМАТИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ В ПРОЦЕССЕ
ИЗУЧЕНИЯ И ПРЕПОДАВАНИЯ ЯЗЫКА
Рустам Юлдошев Дилшод угли
Каршинский государственный университет
Факультет педагогики, докторант
Аннотация:
Основной темой статьи является компетенция в преподавании и
изучении языка, а также ее значение в эффективном общении на втором иностранном
языке. В статье можно найти определение термина компетентность, а также ее виды. Как
видно из процесса рецензирования статьи, один тип навыка не играет приоритетной
роли в общении, но каждый тип имеет свое место в эффективной доставке сообщения.
Ключевые слова:
компетенция, лингвистическая, прагматическая, социо
лингвистическая, стратегическая, обучение языку, овладение языком, второй язык,
интонация,
динамическое
значение,
лексико-грамматические
способности,
коммуникативная компетентность, контекст, коммуникативные проблемы, автономный
субъект.
41
KIRISH.
O‘tgan asr so‘ngida bozor iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi,
zamonaviy axborot texnologiyalarining ommalashuvi, ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy
samaradorligini oshirish dolzarblashib, tilshunoslik ham amaliy vazifalariga – nutq
samaradorligi
tadqiqiga
e’tiborni
kuchaytirdi.
Natijada
fanda
sotsiolingvistika,
etnosotsiolingvistika, lingvopragmatika, pragmalingvistika, pragmatika, psixolingvistika
kabi
nomlar bilan yuritiluvchi yangi tarmoqlari shakllandi. Bu yo‘nalishlarni o‘zida
mujassamlashtirgan yangi davr tilshunosligi nutqqa insoniy faoliyat – fikr almashish va
o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatish, bunyod qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashib, uning
ixchamligi, samaradorligi va ta’sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Xususan, bugungi kunda jahon tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati hamda uning
implikaturalari bo‘lgan ko‘chma va tag ma’nolarni, ochiq ifodalanmagan, lekin ifodalanishi
so‘zlovchining maqsadi bo‘lgan ma’lumot-axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda
ommalashib ulgurdi.
ASOSIY QISM.
Struktur tilshunoslik, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tilga boshqa hodisalardan,
xususan, inson omilidan xoli qilingan “quruq”, statik sistema sifatida munosabatda bo‘lib keldi.
Tilning voqelanishda inson omili bilan bog‘liq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini tadqiq qilish
lingvopragmatik va psixolingvistik yo‘nalishning o‘rganish manbaini tashkil etadi. Ma’lumki,
nutqiy muloqot o‘nlab – milliy, etnografik, ijtimoiy, falsafiy-madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy,
maishiy va ruhiy omillarning lisoniy birliklar voqelanishi bilan qorishuvidan iborat dinamik
sistemadir. Demak, insonning mental faoliyati bilan bog‘liq ravishdagi hodisalarni tadqiq
qiluvchi kulьturologiya fanining muhim tarmoqlaridan biri sifatidagi pragmatik tilshunoslik
inson sub’ekti va ob’ektivlik (lison)ni qorishiq yaxlitlik sifatida tadqiq qiladi. Zero, nutqda
sub’ektivlik va ob’ektivlikni bir-biridan ajratgan holda tadqiq qilish mumkin emas, sistemaviylik
yaxlitlik xossasi bilan xarakterlanadi. Demak, nutqiy faoliyat unga yondosh va insonga xos ruhiy,
fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy sistemalar bilan bog‘liqlikda tadqiq etilgandagina nutqiy
muloqotning mohiyati ochiladi va individual hodisa sifatidagi nutqqa ob’ektiv baho beriladi.
Lisonning nutqiy voqelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy paradigmalar (fiziologik,
ruhiy, professional, axloqiy, estetik, madaniy, nutq vaziyati – nutq sharoiti, nutq uslubi)
qurshovida tekshirish natijasida lisonni modifikatsiya qiluvchi vositalarning ta’siri va roliga
baho, nutqning ijtimoiy qiymatiga va ta’sirchanlik – bunyodkorlik ahamiyatiga ilmiy tavsif
beriladi. Tilni o'rganish va o'rgatish so'nggi o'n yillikda olimlar tomonidan olib borilgan ko'plab
munozaralar va tadqiqotlar uchun qizg'in nuqta bo'lganligi haqiqatdir, chunki biror chet tilini
o'zlashtirish yangi rivojlanish bosqichini ko'rdi. Sir emaski, bugungi kunda har birimizda xalqaro
tilni o'rganish istagi bor, chunki til dunyo hamjamiyatida imkoniyatlar eshiklarni ochadigan kalit
misolidir. Yuqorida aytib o'tilgan fikrlarni hisobga olgan holda, o'qituvchilar ikkinchi chet tilini
o'rganishning iloji boricha oson va samarali usullarini ishlab chiqmoqdalar, ulardan biri til
kompetensiyasini rivojlantirishdir. Zamonaviy oliy ta’lim muassasalarida chet tillarini o'qitish
tizimi zamonaviy jamiyat talablariga va oliy ta'lim zamonaviy nazariyasining kontseptual
asoslariga muvofiq rivojlanmoqda. Bu esa uni butun hayot davomida ta'lim g'oyalariga hamda
integratsiyasiga yo'naltiradi. Shu o’rinda o’z-o’zidan xorijiy tillarni bilishning xalqaro
standartlari, o‘quvchilarni o‘quv jarayonining avtonom subyektlari sifatida shakllantirish,
kompetensiyalar bo‘yicha ta’lim maqsadlarini shakllantirish kabi bir nechta dolzarb metodik
masalalar paydo bo’ladi. Quyidagi maqolada “kompetentlik” atamasi hamda uning turlari va shu
bilan birga til o‘zlashtirishdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Tilshunoslikdagi "kompetentlik"
42
ning qisqacha ta'rifiga kelsak, u tilda nutqning shakllanishini tartibga soluvchi qoidalarni
shaxsning ongli ravishda bilishini anglatadi. Tilshunoslikda kompetensiyaning lingvistik,
pragmatik, ijtimoiy-lingvistik va strategik kompetensiya turlari mavjud. Lingvistik kompetensiya
siz uchun nimani anglatadi?
Devid L. Chiesa va Ulug‘bek Azizovlar fikriga ko’ra, lingvistik yoki Grammatik kompetensiya
– grammatik, og'zaki va yozma gaplarga nisbatan leksik, sintaktik va stilistik qoidalar
majmuyidir. Lingvistik kompetensiya muhim ahamiyatga ega, chunki u gaplar va jumlalar
qanday tuzilganligini tushuntiradi - tilning strukturaviy kontseptualizatsiyasi hisoblanadi. Biroq,
bu qoidalar kommunikativ maqsadga erishish uchun yetarli emas, chunki lingvistik bo'lmagan
omillar ham mavjud, qaysiki, ijtimoiy ma'nolarni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsan
men uchun lingvistik kompetensiya og'zaki yoki yozma bayon etish maqsadida tushunchalar,
fikrlar, his-tuyg'ularni ifodalash va talqin qilish yordamida ma'lum bir tildan foydalanishni
anglatadi. Men uchun lingvistik kompetensiya darsda juda muhim, chunki lug'at va
grammatikani o'rgatishda lingvistik kompetensiyaga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Sababi
shuki, u kontekstda yangi so'zlar va yangi grammatik qoidalarni o'rgatishda haqiqatan ham
samarali. Lingvistik kompetensiya kontekstda taqdim etilishi kerak bo'lgan lug'at yoki
grammatikani o'rgatish bilan chambarchas bog'liq. Shubhasiz, bu turdagi kompetensiya
o'quvchilarga so'zlarni og'zaki yoki yozma shaklda amalda qo'llashga imkon berishda amaliy qo’l
kelishi kerak. Pragmatik kompetensiyaga keladigan bo’lsak, pragmatik/diskurs kompetensiyasi
kontekstda ma’noni izohlash va yetkazish qobiliyatidir. Dinamik ma'noni tushunish vaqt, makon
va ijtimoiy kontekstga bog'liq jarayondir. Muloqot paytida odamlar nafaqat mazmunli tuzilmalar
va semantikalarni almashadilar, balki ular maqsadlarini ham tinglivchiga yetkazadilar. Bu
maqsad vaqt, makon va ijtimoiy kontekstga bog'liq. Muloqotda ushbu maqsadilarni izohlay olish
pragmatik/diskurs malakasiga ega bo'lish hisoblanadi. Hammaga ma'lumki, tilshunoslikni
o'rganishda pragmatik kompetensiya tildan kontekstga mos ravishda samarali foydalanish
qobiliyatini anglatadi. Pragmatik kompetensiya umumiy kommunikativ kompetensiyaning
asosiy jihati hisoblanadi. Mening nazarimda, bir tomondan, lingvistik kompetensiya grammatik
va leksik qobiliyatdan (jumladan, fonetika, semantika, sintaksis yoki intonatsiyani tushunish)
iborat; boshqa tomondan, pragmatik kompetensiya ma'lum bir maqsadga erishish yoki tilni
kontekstda tushunish uchun tildan samarali foydalanish qobiliyatini anglatadi. Ijtimoiy-lingvistik
kompetensiya haqida gapiradigan bo’lsak, Devid L. Chiesa va Ulug‘bek Azizov ma’lumotlariga
ko’ra, sotsiolingvistik kompetensiya jamiyatdagi narsalar, obyektlar va jarayonlarni tasvirlashda
madaniyat(lar), umumiy ijtimoiy qoidalar va me’yorlar qanday ta’sir qilishini bilishda iboratdir.
Ijtimoiy lingvistik kompetensiya talabalarda bir xil obyektlar, subyektlar va jarayonlarni
tasvirlashda turli madaniyatlardagi jamiyatlarda turli grammatika, sintaksis, semantik, va
stilistikani qanday tanlashini tushunish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, u
ijtimoiy kontekstda qayerda qanday holatda to'g'ri gapirishni nazoratga oladi.
Mening fikrimcha, sotsiolingvistik kompetensiya kimningdir ijtimoiy kontekstda mos va
xos tildan foydalanish qobiliyatini anglatadi, bu madaniyat normalari, e'tiqodlar, qadriyatlar va
xatti-harakatlarini anglatadi. Strategik kompetensiya-- bu lingvistik, sotsiolingvistik va
pragmatik kompetensiyalardan boshqa vositalar yordamida bir tildan boshqa tilga xabar
yetkazish orqali bilimning bunday yetishmasligini bartaraf etishdir. Chet tilida turli odamlar
bilan muloqot qilishda biz har doim ham barcha so'zlarni bilmaymiz yoki tushunmaymiz. Ushbu
noma'lum so'zlarning ma'nosini ushbu so'zlarni o'z-o'zidan ishlatmasdan yetkazib berish
43
strategik malakaga ega bo'lishni anglatadi. Qo’shimcha qiladigan bo’lsak, chet tilini bilish
sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy ehtiyojlarini qondirish zarurati va
u bilan bog‘liq bo‘lgan kasbiy yo‘naltirilgan chet tilini tayyorlashni optimallashtirish vazifasini
anglash, chet tilini bilish malakasini shakllantirish bo‘yicha tadqiqotlarning paydo bo‘lishiga olib
keldi. Ushbu yo’nalishda turli olimlar hozirgacha ish olib borishgan, misol uchun, M.I. Luneva
1997, E. V. Tarasova 1997, T. M. Saltykova 1998, S. A. Baukina 1999, L. V. Makar 2000, Y. K.
Chernova 2001, L. E. Alekseeva 2002, A. Alekseeva 2002, Kopylovskaya 2004 yil, E.H. Suntsova
2005 yil, O.I. Safronenko 2006 yil, N.I. Snytnikova 2006. Bu ishlarda kompetensiyalarning
ta’riflari va tuzilishi ko‘rsatilgan, o‘qitish mazmuni nolingvistik mutaxassislik talabalarini chet
tiliga o‘qitishning yangi vazifalariga muvofiq ishlab chiqilgan.
XULOSA.
Yuqoridagi barcha fikrlarni umumlashtirib, xulosa qilish mumkinki,
kompetensiya turli xil chet tillarini oson va samarali o‘rganishda asosiy rol o‘ynaydi. Ulardan
birini ahamiyatliroq deb atashning iloji yo'q, chunki tilni o'rganish va o’rgatishda hammasi o'z
o’rniga egadir. Aytishim mumkinki, lingvistik va strategik kompetensiyalar chet tili
so'zlashuvchilariga xabar yetkazishda muhim rol o'ynaydi, ijtimoiy-lingvistik va pragmatik
kompetensiyalar esa so’zlovchining nutqini tushunishning bir qismini egallaydi. Umuman
olganda, chet tillari sohasida oliy ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturiy hujjatlarning
belgilanishi, xususan, ingliz tilining shaxs va kasbiy rivojlanish vositasi sifatidagi o‘rni ortib
borayotgani bu boradagi ishlarga alohida e’tibor qaratish zaruratini tug‘diradi. O'quvchilarning
chet tili kompetensiyalarini o'quv jarayonida o'zini o'zi boshqarishga yo’naltirishi va ko'nikmalar
majmuasi sifatida shakllantirishi ingliz tilini professional maqsadlarda o'rganishda
muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Bir so’z bilan aytganda, “Chet tili” fanining asosiy
maqsadi xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilishda turli kasbiy, ilmiy, madaniy va maishiy faoliyat
sohalarida ijtimoiy va kommunikativ muloqot muammolarini hal qilish uchun zarur va yetarli
darajada chet tili kommunikativ kompetensiyasiga ega bo'lgan talabalarni shakllantirishdir; o’z
ornida bu har bir individual uchun shaxsiy rivojlanish desak ham mubolag’a bo’lmaydi.
References:
1.
“Reconceptualizing Language Teaching”: an in-service teacher education course book,
David L. Chiesa, Ph.D. (Ed.), Ulugbek Azizov, Ph.D.
2.
Диссертация на тему «Формирование иноязычной рефлексивной компетенции
студентов энергетических специальностей при обучении английскому языку для
профессиональных целей», скачать бесплатно автореферат по специальности ВАК РФ
13.00.02 - Теория и методика обучения и воспитания (по областям и уровням
образования) (dissercat.com)
3.
Bahodirovna, N.N. (2023). Linguistic Means of Describing Fairy-Tale Characters. Best
Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(5),254–256
4.
Nazarova, N.B. (2023). O‟zbek va ingliz xalq ertaklarida o‟xshatish. Science and Education,
4(6), 970–974.
5.
Nazarova Nurjahon Bakhodirovna. (2023). THE ROLE OF TOPONYMS IN THE ONOMASTIC
FIELD OF THE FAIRY TALE. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE &
INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact Factor: 7.429, 12(06), 81–83.
6.
Shahobiddinovna Z. A., Bahodirovna N. N. Applying Advanced Experiences in English
44
Learning to the Learning Process //International Journal of
7.
Innovations in Engineering Research and Technology. – С. 1-4. 7. Назарова Н. Б.
ЭРТАКНИНГ ДИСКУРСИВ БЕЛГИЛАРИ //МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА.
– 2022. – Т. 5. – №.2. INTERNET MANBALAR
8.
https://cyberleninka.ru/article/n/pedagogik-kompetentlik-nazariyava-
9.
http://idiomas.ens.uabc.mx/plurilinkgua/docs/v4/2/ArticleDavidCompetenciesEN.pdf
10.
https://www.cambridge.org/elt/blog/2015/11/24/competenceperformance-language-
teaching-introduction/
