58
BULUTLI TEXNOLOGIYALARNING XUSUSIYATLARI, AFZALLIKLARI VA
KAMCHILIKLARI
Qodirov Farrux Ergash o'g'li
Matematika va ta'limda axborot texnologiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy rahbar
Keldiyorova Gulsevar Otabek qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Matematika va Informatika yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Negmatova Sevinch Ergash qizi
Qarshi davlat texnika universiteti
Raqamli iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15075494
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarning asosiy xususiyatlari,
afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Bulut texnologiyalari zamonaviy IT
infratuzilmasining muhim qismi bo‘lib, biznes jarayonlarini soddalashtirish, xarajatlarni
kamaytirish va ma’lumotlarga istalgan joydan kirish imkoniyatini beradi.
Kalit so’zlar:
bulutli texnogiyalar, avtomatik masshtablanish, infratuzilma, laaS, PaaS,
SaaS, Vendor lock-in, innovatsion texnologiyalar.
Аннотация:
В статье анализируются основные особенности, преимущества и
недостатки облачных технологий. Облачные технологии являются неотъемлемой
частью современной ИТ-инфраструктуры, упрощая бизнес-процессы, сокращая
затраты и обеспечивая доступ к данным из любой точки мира.
Ключевые слова:
облачные технологии, автоматическое масштабирование,
инфраструктура, laaS, PaaS, SaaS, привязка к поставщику, инновационные технологии.
Annotation:
This article analyzes the main features, advantages and disadvantages of
cloud technologies. Cloud technologies are an important part of modern IT infrastructure,
simplifying business processes, reducing costs and providing access to data from anywhere.
Keywords:
cloud technologies, auto-scaling, infrastructure, laaS, PaaS, SaaS, Vendor
lock-in, innovative technologies.
KIRISH.
Oxirgi o’n yillik mobaynida, telekomunikatsiya sohasida mehnat unumdorligini
o’sishini ta’minlashda va yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim o’rinlarni zabt etib keldi.
Keyinchalik esa xalq xo’jaligi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tayanch infratuzilma -
elektron tijorat yoki Internet tarmog’ining turli imkoniyalaridan istalgancha foydalanishning
mutassil o’sishiga va keng qamrovli joriy etilishiga, mazkur soha o’ta muhim qirralarini ochib
beradi. Bulutli texnologiyalarning asosiy jihatlarini, ularning zamonaviy axborot
texnologiyalari tizimladagi rolini va bizns hamda ijtimoiy sohaarga ta’sirini o’rganisha
qaratilgan. Bulutli xizmatarning asosiy xususiyatlari – masofaviy kiish, avtomatik
masshtablanish va to’lov asosida foydalanish tiziminng qulayliklari yoritilgan. Bulutli
texnologiyalari orali rususrlarni tejash, ma’lumotlarga istalgan vaqtda va istalgan joydan
kirish, shuningdek, ma’lumotlarni xavfsiz saqlash imkoniyatlari ilmiy dalillar asosida tahlil
qilinadi. Bulutli texnologiyalarning afzallilari bir qatorda texnologiyaning cheklovlari,
jumladan, internetga yuqori bog’liqlik, ma’lumotlarning maxfiyligi bilan bog’liq xavflar va
xizmat ko’rsatuvchi povayderlarga qaramlik kabi muammolarni muhokama qilingan.
Shuningdek laaS, PaaS va SaaS texnologiyalarining texnik va funksional jihatlari yoritilgan.
Axborot texnologiyalari jadal rivojlaniyotgan bir davrda dasturiy taminotning o’rni ham katta
ahamiyatga ega. Dastur to’laqonli ishlash uchun kompyuterimiz minimal tizim talablariga
59
javob berishi kerak. Dasturdan foydalanishda hisoblash tizimlarini birlashtirish va undan
yagona manba sifatida foydalanish. 2008-yildan boshlb (Cloud technology) Bulutli
texnologiyalar so’zi dunyo miqyosida keng tarqaldi. Birinchi qarashda “Bulutli texnologiyalar”
tushunarsiz ko’rinsada: bu model o’zida biror bir tizimdagi (serveslar, ilovalar, saqlashb
tizimlari va xizmatlar) dan tez qulay, samarali foydalanish imkonini beradi. Bulutli
texnogiyalar –bu internet orqali taqdim etiladigan IT resurslari, jumladan, serverlar,
ma’lumotlar bazalari, dasturlar va boshqa infratuzilma xizmatlari. Ular kompaniyalarga o’z
infratuzilmasini boshqarish uchun katta miqdordagi kapital sarfini talab qilmasdan, faqat
ehtiyojiga qarab to’lov qilish imkoniyatini beradi. Bulut xizmatlari 3 asosiy turga bo’linadi:
1. “laaS (Infrastructure as a Service)” –bu resusrlar, serverlar, tarmoqlar va saqlash
xizmati sifatida taqdim etilad.
2. “PaaS(Platform as a Service)” –dasturiy platformalar va rivojlanish muhitlari taqdim
etiladi.
3. “SaaS(Software as a Service)”-tayyor dasturiy ta’minot xizmatlari taqdim etiladi
Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari.
1. Virtualizatsiya asosidagi infratuzilma-bu axborot texnologiyalari sohasidagi
zamonaviy yondashuv bo’lib, u fizik resurslarni (masalan, serverlar, xotira, tarmoq va saqlash
vositalarini) mantiqiy yoki virtual resurslarga aylantirish orqali samaradorlik va
moslashuvchanlikni oshirishga qaratilgan. Ushbu infratuzilma virtualizatsiya texnologiyalari
yordamida yaratiladi va boshqariladi.Virtualizatsiya asosdagi infratuzilmaning asosiy tarkibiy
qismlari:server virtualizatsiya, saqlash virtualizatsiya, tarmoq virtualizatsiy, ish stoi
virtualizatsiyasi.
2. Avtomatik masshtablanish-bu IT –infratuzilma va ilovalarda avtomatik ravishda
resurslarni ko’paytirish yoki kamaytirish texnologiyasi bo’lib , foydalanuvchilarning
yuklanishiga qarab tizimning samaradorligini ta’minlaydi. Bu texnologiya, ayniqsa, bulutli
xizmatlar va mikroxizmatlar arxitekturalarida keng qo’llaniladi.
3. Multitenant arxitektura-bu dasturiy ta’minot va infratuzilmada bitta platform yoki
ilovadan bir vaqtning o’zida bir nechta mijoz foydalanish mumkin bo’lgan arxitekturaviy
yondashuv. Ushbu modelda har bir mijoz o’zining ma’lumotlari va konfiguratsiyalari bilan
ishlaydi, lekin barcha mijozlar bir xil dastur yoki resurslar to’plamini baham ko’radi.
4. Barqarorlik va xavfsizlik-IT-infratuzilma va dasturiy ta’minotni samarali ishlashini va
himoyalanganligini ta’minlash uchunmuhim elementlardir. Ushbu ikki tushuncha ko’plab
sohalarda bir-birini to’ldiradi va umumiy maqsad –ishonchli hamda xavfsiz tizimlarni yaratish
va boshqarishdir.
Bulutli texnologiyalar zamonaviy dunyoda har bir soha uchun muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Ularning asosiy afzalliklari quyidagi omillar bilan belgilanadi.
1.Xarajatlarni tejash: Bulutli texnologiyalar infratuzilmani saqlash va boshqarish
xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Moliyaviy resurslarni samarali boshqarish
imkonini beradi.
2.Xavfsizlikni ta’minlash: Bulutli provayderlari ilg’or xavfsizlik choralari, ma’lumotlarni
shifrlash va uzluksi zaxira nusxalari bilan malumotlarni himoya qiladi. Ko’pgina provayderlar
kiberxavfsizlikni ta’minlash bo’yicha doimiy yangilanishlarni taminlaydi.
60
3. Tezkorlik va moslashuvchanlik: Bulut xizmatlari dasturlarni yoki infratuzilma
yechimlarini qisqa vaqt ichida amalga oshirish imkonini beradi. Kompaniyalar yoki davlat
tashkilotlari yangilanishlarni tezda joriy qila oladi, bu esa raqobatdoshlikni oshiradi.
4. Resurslarni markazlashtirish: Bulutli texnologiyalar orqali barcha ma’lumotlar va
xizmatlar bitta platformada markazlashtiriladi. Bu axborotlarni boshqarishni osonlashtiriladi
va turli tizimlar o’rtasidagi integratsiyani kuchaytiradi.
5. Foydalanish qulayligi: Bulut texnologiyalari foydalanuvchilar uchun qulay interfeys va
boshqaruv tizimlarini taklif etadi. Bu dasturlardan foydalanishni soddalashtiradi va
xodimlarni qo’shimcha o’qitishga ehtiyojni kamaytiradi.
6. Innovatsiyalarni joriy qilish imkoniyati: Bulutli texnologiyalar foydaanuvchilarga
yangi dasturiy ta’minot va xizmatlarni sinovdan o’tkazish, joriy qilish va tezkorlik bilan
foydalanish imkonyatini beradi. Bu rivojlanishni jadallashtiradi.
7. Arof muhitga ta’sirini kamaytirish: Bulutli texnologiyalar mahalliy serverlarni
ishlatish zaruratini kamaytiradi, bu esa energiya iste’moliniva uglerod izini qisqartiradi.
Bulutli texnologiyalarning afzalliklari ularni biznez davlat bosharuvi va ta’lim kabi
sohalarda qo’llashni dolzarb qiladi. Xarajatlarni tejash, xavfsizlik, tezkorlik va
moslashuvchanlik kabiimkoniyatlar har bir tashkilot uchun raqamli transformatsiyaning
ajralmas qismi bo’lib xizmat qiladi.
Bulutli texnologiyalar ko’plab afzallilarga qaramay, ayrim kamchiliklarga ega. Ushbu
muammolarni inobatga olish texnologiyalardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi va ularning
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Quyida bulutli texnologiyalarning asosiy
kamchiliklari keltirilgan.
1.Internetga to’la bog’liqlik: Bulutlitexnologiyalarni ishlatish uchun barqaror va yuqori
tezlikdagi internet aloqasi zarur. Internet sifati past bo’lgan hududlarda bulut xizmatlari
samarali ishlamaydi. Bu foydalanuvchilarga cheklovlar va noqulayliklar tug’diradi.
2. Ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiylik xavfi: Bulutli texnologiyalarda ma’lumotlar
uchinchi tomon provaydrerlari tomonidan boshqariladi.Agar provayderda xavfsizlik tizimi
yetarli darajada kuchli bo’lmasa yoki xakerlik hujumlari amalga oshirilsa, foydalanuvchi
ma’lumotlari yo’qotilishi yoki o’g’irlanishi mumkin.
3. Vendor lock-in (Xizmat yetkazibberuvchiga qaramlik): Ko‘pchilik bulut xizmatlari
o‘ziga xos standartlar va platformalarni taklif qiladi, bu esa foydalanuvchilarni muayyan
provayder xizmatiga bog‘lab qo‘yadi. Provayderni o‘zgartirish yoki boshqa platformaga o‘tish
texnik jihatdan qiyin va qimmat bo‘lishi mumkin.
4. Xarajatlarni nazorat qilish murakkabligi: Bulutli texnologiyalardan foydalanishda
xarajatlar dastlab past bo‘lib ko‘rinadi, ammo vaqt o‘tishi bilan xizmatlardan foydalanish
hajmi oshgani sari xarajatlar ko‘payishi mumkin. Xizmatlar uchun to‘lovlarni doimiy
monitoring qilish talab etiladi.
5. Uptime va xizmat uzilishlari: Bulut xizmatlarining ishonchliligi provayderning
tizimlariga bog‘liq. Xizmat provayderidagi nosozlik yoki texnik uzilishlar foydalanuvchilarning
ma'lumotlarga kirish imkoniyatini vaqtincha cheklashi mumkin.
6. Cheklangan boshqaruv va nazorat: Foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlari va tizimlarini
to‘liq nazorat qilolmaydi, chunki ularning boshqaruvi provayder zimmasida bo‘ladi. Bu ba’zan
xavfsizlik va xizmatlar sifatiga ta’sir qilishi mumkin.
61
7. Raqamli infratuzilma cheklovlari: Bulutli texnologiyalarni samarali qo‘llash uchun
rivojlangan raqamli infratuzilma talab qilinadi. Ba’zi davlatlar va hududlarda bu infratuzilma
hali to‘liq joriy qilinmagan.
8. Ma’lumotlarning yo‘qotilishi xavfi: Provayderning texnik muammolari yoki tabiiy
ofatlar tufayli foydalanuvchi ma’lumotlari yo‘qolishi mumkin. Bu ayniqsa muhim hujjatlar va
maxfiy ma’lumotlar uchun katta xavf tug‘diradi.
9. Yuridik va reglament masalalari: Har bir mamlakatda ma'lumotlar saqlanishi va
boshqarilishi bo‘yicha turli qonun-qoidalar mavjud. Provayderning ma'lumotlarni boshqa
davlatda saqlashi qonuniy muammolarga olib kelishi mumkin.
Bulutli texnologiyalar samarador va innovatsion imkoniyatlar yaratishiga qaramay,
ularniqo‘llashda yuqoridagi kamchiliklarni hisobga olish kerak. Muammolarni bartaraf etish
uchun barqaror infratuzilma, xavfsizlik tizimlarini kuchaytirish va xizmat provayderlarini
ehtiyotkorlik bilan tanlash lozim. Bu bulutli texnologiyalardan maksimal foyda olish imkonini
beradi. Bulutli texnologiyalar hozirgi vaqtda biznes va shaxsiy hayotda muhim rol o’ynaydi.
Ularning xususiyatlari samaradorlikni oshiradi, afzalliklari esa ko’plab imkoniyatlar yaratadi.
Bulutli texnologiyalardan foydalanib, kompyuter tizimi resurslari himoya ta’sir kamaytirish
“jamoa aql” innovatsion texnologiyalar asoslangan. Antivirus serverlari dunyodagi millionlab
foydalanuvchilarning antivirus mahsulotlaridan olingan ma’lumotlardan har kuni paydo
bo’lgan zararli dasturlarning yangi turlarini avtomatik ravishda aniqlash va tasniflash uchun
foydalanish mumkin. Shunga qaramasdan, kamchiliklar, xususan, xavfsizlik va internetga
bog’liqlik kabi muammolarni hal qilish uchun yangi texnologik yechimlar zarur. Kelajakda
bulutli texnologiyalarning jadal rivojlanishi yanada kengroq qo’llanishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Esanovna, D. B. "ELECTRONIC TEXTBOOK AS A BASIS FOR INNOVATIVE TEACHING."
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN: 660.
2.
Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS
OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И
ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.
3.
Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern
programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.
4.
Bozorova, I. J., et al. "COMPUTER VISION AND PATTERN RECOGNITION."
СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ (2020): 23.
5.
Bozorova, I. J. "Methods of processing and analysis of bio signals in
electrocardiography." проблемы современных интеграционных процессов и поиск
инновационных решений (2020): 97-99.
6.
Бозорова, Ирина. "Сущность, содержание и значение категории “цифровая
экономика”." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2.9 (2024).
7.
Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of
electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования
15 (99) (2020): 31-36.
8.
Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫЕ
ТЕХНОЛОГИИ КАК ФАКТОР СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЭКОНОМИКИ В УСЛОВИЯХ
ИНФОРМАЦИОННОГО ОБЩЕСТВА." Indexing 1.1 (2024).
62
9.
Daminova, B. E., et al. "METHODOLOGICAL ASPECTS OF THE USE OF INTERACTIVE
DIGITAL TECHNOLOGIES IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE." Экономика и социум 5-1
(120) (2024): 237-240.
10.
Irina Bozorova. "ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCE AS A MODERN DIDACTIC
LEARNING TOOL". Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук.
2022/4/5. ст 26-30
11.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux, and Bozorova Irina Jumanazarovna. "METHODS OF
DISPLAYING MAIN MEMORY ON CACHE." Ответственный редактор (2020): 6.
12.
Bozorova, I. J., Mirzayeva F. Sh, and M. A. Rustamov. "NEURAL NETWORKS. NEURAL
NETWORKS: TYPES, PRINCIPLE OF OPERATION AND FIELDS OF APPLICATION." РОЛЬ
ИННОВАЦИЙ В ТРАНСФОРМАЦИИ И УСТОЙЧИВОМ РАЗВИТИИ СОВРЕМЕННОЙ (2020):
130.
13.
Маматмурадова, М. У., И. Ж. Бозорова, and Ф. Э. Кодиров. "СОЗДАНИЕ И
ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И РЕСУРСОВ
ЭЛЕКТРОННОГО ОБУЧЕНИЯ В НЕПРЕРЫВНОМ ОБРАЗОВАНИИ." Инновации в
технологиях и образовании. 2019.
14.
Маматмурадова, М. У., И. Ж. Бозорова, and Ф. Э. Кодиров. "Проблемы современных
программных и компьютерно-инженерных технологий и современные технологии
создания программного обеспечения." Инновации в технологиях и образовании. 2019.
15.
Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "Создание программного обеспечения
электронной библиотечной системы на основе QR-кодовой технологии." Теория и
практика современной науки. 2020.
16.
Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "Принцип работы электрокардиографа и его
роль в современной медицине." научные достижения студентов и учащихся. 2020.
17.
Бозорова, Ирина Жуманазаровна, УМОТ ЗАПАСОВ, and INNOVATSION
IQTISODIYOTNI
SHAKLLANTIRISHDA
AXBOROT
KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINING. "TUTGAN O'RNI.-2023."14. Shamsiddinov Gʼiyosjon and Raxmatova
Gulandom " MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR (FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING
RAQAMLASHTIRILISHI " Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
3.11 (2024): 33-37
18.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O‘ZBEKISTONDA AXBOROT
HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Solution of social problems in
management and economy 3.4 (2024): 45-57.
19.
Shamsiddinov Gʼiyosjon and Raxmatova Gulandom " MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR
(FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING RAQAMLASHTIRILISHI " Прикладные науки в
современном мире: проблемы и решения 3.11 (2024): 33-37.
