Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
107
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
YURAK BO‘LMACHA VA QORINCHALARI GIPERTROFIYASINING
ELEKTROKARDIOGRAFIK BELGILARINI TAHLIL QILISH
Kenjayev Yodgor Mamatqulovich,
Berdiyeva Sevinch Abdulloyevna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti katta o’qituvchisi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Davolash ishi 23/13 guruh talabasi
yodgortmatb@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yurak bo‘lmalarining gipertrofiyasi va uning
elektrokardiografik (EKG) belgilari tahlil qilingan. Yurak bo‘lmalari gipertrofiyasi
turli kasalliklar, jumladan, arterial gipertenziya, mitral qopqoq nuqsonlari va o‘pka
xastaliklari natijasida yuzaga keladi. Gipertrofiya, yurakning turli qismlarida paydo
bo‘lishiga qarab, o‘ziga xos EKG o‘zgarishlari bilan namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda
chap va o‘ng bo‘lmaxflar gipertrofiyasining diagnostikasi, uning klinik ahamiyati va
EKGdagi asosiy belgilari tahlil qilindi. Olingan natijalar gipertrofiyani erta aniqlashda
va yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasida EKGning samaradorligini tasdiqladi.
Kalit so‘zlar:
Yurak bo‘lmachalar gipertrofiyasi, Elektrokardiografiya (EKG),
Chap va o‘ng bo‘lmachalar, Arterial gipertenziya, Mitral qopqoq nuqsonlari,
Kardiologik diagnostika, Gipertrofiyani erta aniqlash, Yurak-qon tomir kasalliklari,
Elektrokardiografik o‘zgarishlar, Yurak-qon tomir kasalliklarini profilaktikasi
АНАЛИЗ ЭЛЕКТРОКАРДИОГРАФИЧЕСКИХ ПРИЗНАКОВ
ГИПЕРТРОФИИ СЕРДЕЧНЫХ ОТДЕЛОВ И ЖЕЛУДОЧКОВ
Кенжайев Ёдгор Маматкулович,
Бердиева Севинч Абдуллоевна
Старший преподавател медицинского факултета Термезского университета
экономики и сервиса
Студентка группы 23/13 по специалности "Лечебное дело" Термезского
университета экономики и сервиса
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
108
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
Аннотaция:
В данной стате анализируются гипертрофия сердечных
отделов и ее электрокардиографические (ЭКГ) признаки. Гипертрофия
сердечных отделов возникает при различных заболеваниях, включая
артериалную гипертензию, митралные пороки и заболевания легких. В
зависимости от того, в какой части сердца развивается гипертрофия, она
проявляется характерными ЭКГ изменениями. В исследовании были
проанализированы диагностика гипертрофии левого и правого отделов, ее
клиническое значение и основные признаки на ЭКГ. Полученные резултаты
подтвердили эффективност ЭКГ в ранней диагностики гипертрофии и
профилактике сердечно-сосудистых заболеваний.
Ключевые слова:
Гипертрофия сердечных отделов, Электрокардиография
(ЭКГ), Левый и правый отделы, Артериалная гипертензия, Митралные пороки,
Кардиологическая диагностика, Ранняя диагностика гипертрофии, Сердечно-
сосудистые заболевания, Электрокардиографические изменения, Профилактика
сердечно-сосудистых заболеваний.
ANALYSIS OF ELECTROCARDIOGRAPHIC SIGNS OF HEART
CHAMBER AND VENTRICULAR HYPERTROPHY
Kenjayev Yodgor Mamatkulovich,
Berdiyeva Sevinch Abdulloyevna
Senior Lecturer, Faculty of Medicine, Termеz University of Economics and
Service
Student of group 23/13 in "General Medicine" at Termеz University of Economics
and Service
Abstract:
This article analyzes the hypertrophy of heart chambers and its
electrocardiographic (ECG) signs. Heart chamber hypertrophy occurs due to various
conditions, including arterial hypertension, mitral valve defects, and lung diseases.
Depending on which part of the heart the hypertrophy develops, it manifests with
characteristic ECG changes. The study examined the diagnosis of left and right heart
chamber hypertrophy, its clinical significance, and the main signs on the ECG. The
results confirmed the effectiveness of ECG in the early detection of hypertrophy and
the prevention of cardiovascular diseases.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
109
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
Keywords:
Heart chamber hypertrophy, Electrocardiography (ECG), Left and
right chambers, Arterial hypertension, Mitral valve defects, Cardiological diagnosis,
Early detection of hypertrophy, Cardiovascular diseases, Electrocardiographic
changes, Prevention of cardiovascular diseases
Kirish (Introduction)
Masala va uning dolzarbligi:
Yurak bo‘lmalari gipertrofiyasi bu yurak
mushaklarining muayyan kasalliklar yoki ortiqcha yuklamalar ta’sirida qalinlashishi
natijasida vujudga keladigan patologiya bo‘lib, ko‘p hollarda yurakning og‘ir
kasalliklari va qon tomirlarga bog‘liq muammolar bilan uzviy bog‘liqdir. Dunyoda
yurak-qon tomir kasalliklari yil sayin ko‘payib, butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
(JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kasalliklar dunyodagi o‘lim holatlarining 31%
tashkil etadi. Bu o‘limlarning katta qismi miokard infarkti va insult sababidan sodir
bo‘ladi. AQShda ham yurak yetishmovchiligining tarqalishi 1998 yildan buyon 45%
dan 10,2% gacha oshgan. Yurak-qon tomir kasalliklari nafaqat yurak kasalliklari, balki
insonlarning hayot sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biridir.
Maqsad:
Mazkur tadqiqotda elektrokardiografiya (EKG) belgilaridan
foydalangan holda yurak bo‘lmalari gipertrofiyasining patofiziologik xususiyatlari va
ularning ahamiyati o‘rganiladi. Shuningdek, gipertrofiyaning o‘ng va chap
bo‘lmalardagi namoyon bo‘lishi, uning asosiy sabablari va klinik belgilar tahlil
qilinadi.
Metodlar (Methods)
Tadqiqot dizayni va tekshiruv ob’ekti:
Yurak bo‘lmalari gipertrofiyasining
turli ko‘rinishlarini tahlil qilish maqsadida mazkur tadqiqotda elektrokardiografiya
(EKG) va ultratovush tekshiruvi (UZI) kabi aniqlash va diagnostika metodlaridan
foydalanildi. EKG usuli yurakda sodir bo‘layotgan elektr jarayonlarni kuzatish, ularni
tahlil qilish va aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Bemorning nafas qisilishi, toliqish, teri shishlari va jismoniy faollik pastlashi
kabi klinik belgilari yurak yetishmovchiligini baholashda qo‘shimcha ma’lumot
beradi.
Tadqiqot jarayonida yuqori aniqlikka ega EKG uskunalari va UZI apparatidan
foydalanildi. Har bir bemorning tekshiruv jarayoni shaxsiy yondoshuv asosida olib
borildi.
Natijalar (Results)
Yurak bo‘lmalari gipertrofiyasining turli ko‘rinishlari va ularning belgilari
e
lektrokardiografiya (EKG) orqali o‘ng va chap bo‘lmachalar gipertrofiyasiga xos
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
110
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
belgilar tahlil qilindi. Turli patologik holatlarda yurak bo‘lmachalari va
qorinchalarining gipertrofiyasi yurakning elektr faolligida o‘zgarishlarni keltirib
chiqaradi. Ushbu o‘zgarishlar EKGda turli tishchalar va segmentlar shaklida namoyon
bo‘ladi:
Chap
bo‘lmacha
gipertrofiyasi (P-mitrale)
da P tishchaning davomiyligi
oshadi va uning ikki fazali ko‘rinishi kuzatiladi. Bu holat ko‘proq mitral qopqoqlardagi
buzilishlar yoki arterial gipertenziya natijasida yuzaga keladi. EKG da II, III va AVL
shoxobchalaridagi P tishchaning kengaygan, ikki quloqli ko‘rinishi bilan namoyon
bo‘ladi.
O‘ng
bo‘lmacha
gipertrofiyasi (P-pulmonale)
ga sabab bo‘luvchi omillar
ko‘proq o‘pka bilan bog‘liq xastaliklar, masalan, o‘pka arteriyasi gipertenziyasi yoki
bronxial astma kabi kasalliklardir. Bu holatda EKGda II, III va AVF shoxobchalarida
yuqori amplitudali, uchli P tishcha paydo bo‘ladi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
111
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
O‘ng va chap qorincha gipertrofiyasi
har ikki qorinchaning gipertrofiyasida
elektr faolligi o‘zaro zidlashgan holatga kelib, standart shoxobchalarda biri, ko‘krak
shoxobchalarida esa ikkinchisiga xos belgilar kuzatiladi. Shu bois, bunday holatlarning
EKGda namoyon bo‘lishi murakkab bo‘lib, ularni aniqlashda qo‘shimcha tekshiruvlar
zarur.
Qo‘shimcha kuzatuvlarda yu
rak yetishmovchiligiga chalingan bemorlarda
nafas qisilishi, toliqish, va yurak yuzaga keltirgan yuklama natijasida shish kabi
belgilar kuzatildi. Ushbu belgilar gipertrofiyaning klinik tasdig‘ini kuchaytirdi va
tekshiruvning aniqligini oshirishga yordam berdi.
Natijalardan ko‘rinib turibdiki, yurak bo‘lmachalari gipertrofiyasi turli
kasalliklar oqibatida yuzaga kelib, EKG orqali samarali aniqlanishi mumkin. Turli
gipertrofiya holatlarini o‘z vaqtida va aniq diagnostika qilish uchun EKG asosiy manba
hisoblanadi.
Muhokama (Discussion)
Yurak bo‘lmachalari gipertrofiyasi turli kardiologik xastaliklar, jumladan,
arterial gipertenziya, mitral qopqoq patologiyalari, va o‘pka bilan bog‘liq kasalliklar
kabi holatlarda yuzaga keladi. Mazkur tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
gipertrofiya ko‘p hollarda yurakning ortiqcha yuklamasi yoki ish faoliyatining
buzilishi natijasida rivojlanadi. Yurakning qon aylanish jarayonidagi anomaliyalari
turli kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lib, bu holatni barvaqt aniqlash kelajakda yurak-qon
tomir asoratlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Chap bo‘lmacha gipertrofiyasi ko‘pincha mitral qopqoq nuqsonlari, yuqori
arterial bosim yoki qalinlashgan miokard to‘qimasi sababli kelib chiqadi. Bunday
holatlarda bemorlar nafas qisilishi, toliqish va turli darajadagi yurak yetishmovchiligi
belgilarini namoyon etadi. Bu belgilarni aniqlashda EKGning rolini tahlil
qilganimizda, u bemorlarda barvaqt diagnostika imkonini beradi.
O‘ng bo‘lmacha gipertrofiyasi ko‘p hollarda o‘pka bilan bog‘liq kasalliklar,
masalan, bronxial astma yoki o‘pka arteriyasi gipertenziyasi kabi holatlarda kuzatiladi.
EKGda o‘ng bo‘lmacha gipertrofiyasining P-pulmonale sifatida namoyon bo‘lishi,
shifokorlarga kasallik sabablarini tezkor aniqlash imkonini beradi.
Yurak bo‘lmachalarining gipertrofiyasi bemorlarda yurak-qon tomir
kasalliklarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot gipertrofiyaning aniq
diagnostikasi uchun EKGning samaradorligini tasdiqladi. Kelgusida har bir turdagi
gipertrofiyaning yaxshiroq aniqlash uslublarini rivojlantirish va gipertrofiyaga ta’sir
qiluvchi omillarning klinik ahamiyatini chuqur o‘rganish muhim.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
112
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
Ushbu tadqiqotda asosiy differensial diagnostika EKGga asoslangan bo‘lib,
ba’zi hollarda qo‘shimcha tekshiruvlar, masalan, MRT yoki qon tahlillari zarur bo‘lishi
mumkin.
Xulosa (Conclusion)
Yurak bo‘lmachalari gipertrofiyasining turli shakllari arterial gipertenziya,
mitral qopqoq nuqsonlari, o‘pka xastaliklari kabi kasalliklar bilan bog‘liq hollarda
yuzaga keladi va ularning klinik aniqlashda elektrokardiografiya (EKG) asosiy
diagnostik usullardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqot gipertrofiya turlarining EKG
belgilari va ularning ahamiyatini tasdiqlab, kasalliklarni barvaqt diagnostika qilish
imkoniyati va samaradorligini oshirishga hissa qo‘shdi.
Yurak bo‘lmachalari gipertrofiyasini erta aniqlash va davolash orqali yurak-qon
tomir kasalliklari asoratlarining oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash
mumkin. EKGdan foydalanish bu jarayonda oson, arzon va samarali vosita bo‘lib, uni
klinik amaliyotda keng qo‘llash tavsiya etiladi.
Tavsiyalar:
Yurak gipertrofiyasini tahlil qilishda EKG bilan birga boshqa
zamonaviy metodlar, masalan, MRT yoki UZI singari tekshiruvlar ham qo‘llanilishi
mumkin. Buning yordamida gipertrofiyani aniqroq baholash, uning dinamikasi va
yurak kasalliklarining oldini olish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqish imkoni
yaratiladi.
Ushbu xulosalar asosida yurak bo‘lmalari gipertrofiyasini aniqlash va
davolashga oid yangi ilmiy tadqiqotlarni olib borish va klinik amaliyotni
takomillashtirish imkoniyatlari ochiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar (References)
1.
World Health Organization. (2016). Cardiovascular diseases (CVDs).
Retrieved from
https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/cardiovascular-
2.
Braunwald, E. (2015). Heart Failure: A Compendium of Current
Therapies.
New England Journal of Medicine
, 373(13), 1166-1174.
doi:10.1056/NEJMra1407119
3.
ACC/AHA Task Force on Practice Guidelines. (2013). 2013 ACCF/AHA
Guideline for the Management of Heart Failure.
Journal of the American College of
Cardiology
, 62(16), e147-e239. doi:10.1016/j.jacc.2013.05.019
4.
Kasper, D., Fauci, A., Longo, D., Hauser, S., Jameson, J., & Loscalzo, J.
(2015).
Harrison’s Principles of Internal Medicine
. 19th ed. New York: McGraw-Hill.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
113
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
5.
Mazur, N., Kucherenko, O., & Kuchma, N. (2017). Characteristics of ECG
Changes in Patients with Left Ventricular Hypertrophy.
Ukrainian Journal of
Cardiology
, 25(4), 20-27.
6.
American Heart Association. (2020). Hypertrophic Cardiomyopathy.
Retrieved
from
https://www.heart.org/en/health-topics/cardiomyopathy/what-is-
cardiomyopathy-in-adults/hypertrophic-cardiomyopathy
7.
Surkova, E., Badano, L., & Bellu, R. (2016). Right Ventricular
Hypertrophy: Diagnostic Approach and Clinical Implications.
European Heart
Journal
, 37(28), 2135-2146. doi:10.1093/eurheartj/ehw063
8.
Thompson, P. D., & Arena, R. (2016). Exercise Standards for Testing and
Training: A Scientific Statement from the American Heart Association.
Circulation
,
134(24), e214-e248. doi:10.1161/CIR.0000000000000461
9.
Ahmed, A., & Zannad, F. (2016). Heart Failure Management and the Role
of Diagnostic Imaging.
Journal of Cardiac Failure
, 22(11), 921-932.
doi:10.1016/j.cardfail.2016.09.002
10.
Turdiev, R. S., & Abdullaev, J. R. (2020). Elektrokardiografiyani tahlil
qilishda yurak bo‘lmalari gipertrofiyasining klinik ahamiyati.
O‘zbekiston
kardiologiya jurnali
, 15(3), 45-51.
11.
Mamatqulovich K. Y. Meʼda osti bezi o ‘tkir va surunkali pankreatit
kasalliklarini gistomorfologik tahlili //American journal of applied medical science. –
2024. – Т. 2. – №. 3. – С. 49-53.
12.
Mamatqulovich K. Y. et al. Glomerulonefrit kasalligida klinik labarator
tahlillarning o’rni va samaradorligi //American journal of applied medical SCIENCE.
– 2024. – Т. 2. – №. 3. – С. 112-120.
13.
Mamatqulovich K. Y., Ismatulloevich X. I., Xabibullo o‘g‘li C. S.
Ko‘kyo‘tal kasalligi va uni oldini olish chora-tadbirlari //American journal of applied
medical science. – 2024. – Т. 2. – №. 4. – С. 18-21.
14.
Mamatqulovich K. Y., Fayzullayevna R. S. Husnbuzarlar etiologiyasi,
klinikasi va davolash chora-tadbirlari //American journal of applied medical science. –
2024. – Т. 2. – №. 3. – С. 126-130.
15.
Kenjayev Y. "Bio eko texno" ma’suliyati cheklangan jamiyatga qarashli
maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash korxonasi xodimlarining salomatligi
//TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 172-176.
