Authors

  • Yodgor Kenjayev
    ermiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Madina Shopo'latova
    Tibbiyot fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.63071

Keywords:

Rinit allergik rinit rinitning turlari ekologik omillar

Abstract

Rinit — bu yuqori nafas yo‘llarining yuqori tarqalgan yallig‘lanish kasalligidir. Uning turlari ko‘p bo‘lib, oilaviy va infekiyozlardan yoki allergiyadan kelib chiqadi. Jahon va O‘zbekistonda rinitning yurak va nafas yo‘llariga ta’siri katta, bu kasallik aholining turli qatlamlarida keng tarqalgan. Odatda, rinitning simptomlari ko‘p hollarda eng kam seziladigan yoki ko‘p vaqt davomida hech qanday og‘riq tuymaydi, bu uning vaqt o‘tishi bilan qo‘shimcha muammolarga olib kelishi mumkin. Tadqiqotda rinitning asosiy sabablaridan biri sifatida ekologik omillar, ishlab chiqarish sharoitlari, allergiya va viruslar ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi yoshlar orasida bu kasallikning ko‘payishi, ushbu yo‘nalishda tibbiy yordam va monitoringni talab qilmoqda.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

203

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

XRONIK RINITNI DAVOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA UNING

SAMARADORLIGI

Kenjayev Yodgor Mamatqulovich

Shopo'latova Madina Ismatulayevna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari

Tibbiyot fakulteti 2-kurs talabasi

Annotatsiya:

Rinit — bu yuqori nafas yo‘llarining yuqori tarqalgan yallig‘lanish

kasalligidir. Uning turlari ko‘p bo‘lib, oilaviy va infekiyozlardan yoki allergiyadan kelib
chiqadi. Jahon va O‘zbekistonda rinitning yurak va nafas yo‘llariga ta’siri katta, bu
kasallik aholining turli qatlamlarida keng tarqalgan. Odatda, rinitning simptomlari ko‘p
hollarda eng kam seziladigan yoki ko‘p vaqt davomida hech qanday og‘riq tuymaydi, bu
uning vaqt o‘tishi bilan qo‘shimcha muammolarga olib kelishi mumkin. Tadqiqotda
rinitning asosiy sabablaridan biri sifatida ekologik omillar, ishlab chiqarish sharoitlari,
allergiya va viruslar ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi yoshlar orasida bu
kasallikning ko‘payishi, ushbu yo‘nalishda tibbiy yordam va monitoringni talab qilmoqda.

Kalit so‘zlar:

Rinit, allergik rinit, rinitning turlari, ekologik omillar, infeksiyalar,

zamonaviy muolajalar, profilaktika.

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ ХРОНИЧЕСКОГО РИНИТА И ИХ

ЭФФЕКТИВНОСТЬ

Кенжаев Ёдгор Маматкулович

Шопулатова Мадина Исматулаевна

Ташкентский экономико-сервисный университет

Кафедра медицинских фундаментальных наук, старшие преподаватели

Студент 2-го курса медицинского факультета

Аннотация:

Ринит — это одно из самых распространенных воспалительных

заболеваний верхних дыхательных путей. Он бывает различных типов и может
быть вызван как инфекциями, так и аллергическими реакциями или
наследственностью. Ринит оказывает значительное влияние на сердце и
дыхательные пути, как в мировом масштабе, так и в Узбекистане, и широко


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

204

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

распространен среди различных слоев населения. Симптомы ринита обычно слабо
выражены или не сопровождаются болью длительное время, что может привести к
дополнительным проблемам в будущем. В исследовании основными причинами
ринита названы экологические факторы, условия производства, аллергии и вирусы.
Также в Узбекистане наблюдается рост заболеваемости среди молодежи, что
требует медицинской помощи и мониторинга в данной области.

Ключевые слова:

Ринит, аллергический ринит, виды ринита, экологические

факторы, инфекции, современные методы лечения, профилактика.

MODERN METHODS OF TREATING CHRONIC RHINITIS AND THEIR

EFFECTIVENESS

Kenjayev Yodgor Mamatqulovich

Shopo'latova Madina Ismatulayevna

Termiz University of Economics and Service

Senior Lecturers of the Department of Medical Fundamental Sciences

2nd-year Student of the Medical Faculty

Abstract:

Rhinitis is one of the most common inflammatory diseases of the upper

respiratory tract. It comes in various forms, arising from familial, infectious, or allergic
causes. Rhinitis has a significant impact on the heart and respiratory system both
worldwide and in Uzbekistan, and it is widely spread among different population groups.
The symptoms of rhinitis are often mild or cause no pain for long periods, which can lead
to

additional

problems

over

time.

The study identifies environmental factors, industrial conditions, allergies, and viruses as
the primary causes of rhinitis. Furthermore, the rising incidence of this disease among
young people in Uzbekistan calls for increased medical assistance and monitoring in this
area.

Keywords:

Rhinitis, allergic rhinitis, types of rhinitis, environmental factors, infections,

modern treatments, prevention.

Kirish:

Hozirgi kunda rinitning bir necha turlari mavjud:

Kataral:

Burun shilliq pardasining surunkali yallig’lanishi.

Virusli:

Kuz-qish davrida paydo bo’ladi.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

205

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Allergik:

Mavsumiy yoki yil davomida bo’lishi mumkin.

Atrofik:

Quruqlik, po’st tashlash, hid bilishning yo’qolishi va burundan qon

ketishi bilan kichadi.

Gipertrofik:

Burun bo’shlig’ida biriktiruvchi to’qima o’sib ketishi bilan

ta’riflanadi.

Medikamentoz:

Burun preparatlarini uzoq vaqt ishlatish natijasida rivojlanadi.

Surunkali rinit (rhinitis chronica) burun bo’shlig’i shilliq pardasining surunkali
nospetsifik yallig’lanishi bo’lib, barcha LOR (otorinolaringologiya) kasalliklari orasida
to’rtinchi o’rinni egallaydi. Surunkali rinit rivojlanishiga asosiy sabablar infeksiyalar
bo’lishi mumkin. Qaytalanadigan o’tkir rinit, burun yon qo’shni bo’shliq kasalliklari,
adenoidlar, burunning tug’ma nuqsonlari, burun to’sig’ining qiyshayishi, noqulay
ekologik sharoitlar, chang, gaz, bug’, o’simlik changi, burun bo’shlig’i shilliq pardasining
doimiy qizarishi, alkogolizm, qon tomir, yurak, buyrak kasalliklari, immunitetning
susayishi, endokrin va markaziy nerv tizimi kasalliklari surunkali rinitni rivojlanishiga
yordam beradi.

L.B. Danyak bo’yicha surunkali rinit tasnifi (1987):

1.

Surunkali kataral rinit

2.

Gipertrofik rinit

: a) chegaralangan, b) tarqoq

3.

Vazomotor rinit

: a) allergik shakli, b) neyrovegitativ shakli

4.

Atrofik rinit

: a) oddiy shakli, b) sassiq tumov yoki ozena

Surunkali kataral rinit

(rhinitis cataralis chronica) burun bo’shlig’i shilliq qavatining

turg’un qizarishi, shishi va infiltratsiyasi, ba’zi maydonlarda epiteliy metaplaziyasi bilan
kechadigan yallig’lanish jarayonini ifodalaydi. Belgilari: burun bo’shlig’idan ko’p
miqdorda shilimshiq yoki yiringli-ajralma oqishi (rinoreya), vaqti-vaqti bilan burun orqali
nafas olishning qiyinlashishi, jismoniy faollik paytida burun orqali nafas olish
yengillashishi, giposmiya yoki anosmiya kuzatilishi mumkin. Ba’zida yallig’lanish
jarayoni quloq nayining shilliq pardasiga tarqalishi (tubootit) mumkin.

Kataral rinitni gipertrofik rinitdan farqlash

uchun dekonjestiv test o’tkaziladi, bunda

burun shilliq pardasiga 0,1% adrenalin gidroxlorid (galazolin) surtiladi. Surunkali kataral
rinitni davolashda bemorni chiniqtirish, jismoniy mashqlarga jalb etish, burun


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

206

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

bo’shlig’iga 4-5 tomchidan 2% kollargol (yoki protargol) tomizish muhim ahamiyatga ega.
Davolash 10 kun davom etadi. Shuningdek, burun bo’shlig’iga

"Nazoneks"

va

"Avamis"

aerozollarini kuniga 1-2 marta purkash tavsiya etiladi. Bir vaqtning o’zida

bemorga tubus-kvars, UVCH, mikroto’lqinli terapiya, ultraton, kalsiy xlorid, dimedrol,
novakain bilan elektroforez, naftizin va gidrokortizon bilan ingalatsiya muolajalari
buyuriladi. Oyoqlarini issiq vannada ushlash, qorinchalariga xantal quyish kabi chora-
tadbirlar ham o’tkaziladi.

Tadqiqot maqsadi:

Surunkali (xronik) rinit kasalligini davolash samaradorligini

takomillashtirish.

Materiallar va usullar:

Glitserin, vinilin balsami, Aekol, Aevit kabi moddalar burun

shilliq qavatiga surtilganda himoya plyonka hosil qilishga yordam beradi va shilliq
qavatining zararlanmasligini oldini oladi. Surunkali rinitda epiteliy quruqligini
davolashda

Dekspantenol

samaradorligi klinik jihatdan isbotlangan.

Ushbu tadqiqotda 76 nafar bemor ishtirok etdi. Bemorlarning yoshi, jinsi, kasallikning
davomiyligi va shakli hisobga olindi. Tadqiqotning maqsadi surunkali rinitning
zamonaviy davolash usullarini baholash va ularning samaradorligini aniqlash edi.
Bemorlar ikki guruhga bo‘lingan: birinchi guruhda zamonaviy davolash usullarini
qo‘llagan bemorlar, ikkinchi guruhda esa an’anaviy davolash metodlariga murojaat qilgan
bemorlar joylashgan. Tadqiqotda quyidagi metodlar qo‘llanildi:

O‘rganilayotgan bemorlar: Tadqiqot davomida 76 nafar bemor ishtirok etdi.

Bemorlarning yoshi 18 yoshdan 65 yoshgachani tashkil etdi. Bemorlar surunkali rinitning
turli shakllari bilan tashxislangan va davolanishni boshlashdan oldin klinik tekshiruvdan
o‘tkazilgan.

Guruhlar va davolash usullari: Bemorlar tasodifiy ravishda ikkita guruhga

ajratildi. Birinchi guruhda zamonaviy preparatlar, aerozollar, mikroto‘lqinli terapiya va
fizioterapiya usullari qo‘llanilgan, ikkinchi guruhda esa faqat an’anaviy davolash usullari,
masalan, burun tomchilari, issiq vannalar va xalq tabobati usullari qo‘llanilgan.

Tadqiqot metodlari:

o

Klinik kuzatuvlar: Bemorlar klinik ko‘rikdan o‘tkazilib, yallig‘lanish

jarayoni va uning og‘irligi baholandi.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

207

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

o

Analizlar va testlar: Yallig‘lanish belgilari, burun oqishi va boshqa

simptomlar bo‘yicha laborator tekshiruvlar o'tkazildi. Shuningdek, bemorlar tomonidan
his qilinadigan noqulayliklar va davolash samaradorligi testlar asosida baholandi.

o

Grafiklar va tahlillar: Har bir guruh bo‘yicha davolashning samaradorligi,

bemorlarning simptomlarining kamayishi, davolash davomiyligi va davolashning umumiy
samaradorligi bo‘yicha grafiklar va tahlillar taqdim etildi.

Natijalar va Tahlil:

Bemorlar davolashdan keyin uchta asosiy parametr bo‘yicha

baholandi:
1.

Rinoreya (burun oqishi): Bemorlar davolashdan oldin va keyin rinoreya

darajasida o‘zgarishlar kuzatildi. Zamonaviy davolash usullari qo‘llangan guruhda
rinoreya darajasi 45% ga kamaygan, an’anaviy usullarni qo‘llagan guruhda esa bu
ko‘rsatkich faqat 25% ga kamaygan.
2.

Nafas olish osonligi: Burun orqali nafas olishning osonlashishi ham har ikkala

guruhda kuzatildi. Zamonaviy davolashni qo‘llagan bemorlarda nafas olish osonligi 50%
ga oshgan, an’anaviy davolashda esa bu ko‘rsatkich 30% ga oshgan.
3.

Yallig‘lanish darajasi (sifatli o‘zgarishlar): Yallig‘lanish jarayonining

kamayishi zamonaviy davolash usullari qo‘llangan guruhda 60% ga yaxshilangan,
an’anaviy davolashda esa bu ko‘rsatkich 40% ni tashkil etdi.
Bemorlarning davolash samaradorligini yanada aniqroq ko‘rsatish uchun grafiklar va
diagrammalar tayyorlandi. Quyidagi grafiklarda bemorlarning davolashdan oldin va keyin
holati taqqoslangan:
1.

Rinoreya darajasining kamayishi:

o

Zamonaviy davolash guruhida rinoreya darajasi ancha pastga tushdi.

o

An’anaviy davolash guruhida rinoreya darajasi pastki chizig‘idan yuqori

darajaga nisbatan kamroq yaxshilandi.
2.

Nafas olishda osonlik:

o

Zamonaviy davolashda bemorlarning nafas olish osonligi sezilarli

darajada oshdi.

o

An’anaviy davolashda bemorlarning nafas olish yengilligi nisbatan

kichik o‘zgarishlarni ko‘rsatdi.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

208

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

3.

Yallig‘lanish darajasi:

o

Zamonaviy davolashda yallig‘lanish darajasi ancha kamaydi.

o

An’anaviy davolashda yallig‘lanish darajasining kamayishi nisbatan

kamroq edi.
Tadqiqot davomida olingan ma'lumotlar va kuzatishlar quyidagi xulosalar bilan
yakunlandi:

Zamonaviy davolash usullari surunkali rinitni davolashda ancha samarali

bo‘lib, burun oqishi, nafas olish va yallig‘lanishning kamayishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

An’anaviy davolash usullari yordamida davolangan bemorlarda ham ma’lum

darajada ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi, ammo zamonaviy davolashning samaradorligi
ancha yuqori bo‘ldi.

Xulosa:

Surunkali rinitni davolashda zamonaviy usullarni qo‘llash bemorlarga ko‘proq

foyda keltiradi, shuningdek, bu usullarni qo‘llash davolash samaradorligini yanada
oshiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy davolash usullari bemorlarning
holatini sezilarli darajada yaxshilaydi, shuningdek, ularning umumiy sog‘lig‘ini tiklashda
muhim rol o‘ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.

Burkhanov U.M., Khushvakova N.D. “Surunkali rinosinusit bilan kasallangan

bemorlarni endoskopik operatsiyadan keyingi davrda antimikrob neytrofil peptidlarni
o’rganish.” - 2020. Tashkent.
2.

S.A. Xasanov, H.H. Vohidov, “Quloq, tomoq, burun kasalliklari.” - 2012.

3.

M.S. Yusupova, G.Y. Nazarova, S.S. Shaimova, “Quloq, tomoq, burun

kasalliklari.” - 2017.
4.

Kenjayev Y.M., Berdieva S.A., Termiz iqtisodiyot va servis universiteti. "Yurak

bo’lmacha va qorinchalari gipertrofiyasining elektrokardiografiya belgilari o’zgarishlarini
tahlili."
5.

Mamatqulovich K. Y. Meʼda osti bezi o ‘tkir va surunkali pankreatit

kasalliklarini gistomorfologik tahlili //American journal of applied medical science. –
2024. – T. 2. – №. 3. – S. 49-53.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

209

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

6.

Mamatqulovich K. Y. Glomerulonefrit kasalligida klinik labarator tahlillarning

o’rni va samaradorligi //American journal of applied medical SCIENCE. – 2024. – T. 2. –
№. 3. – S. 112-120.
7.

Mamatqulovich K. Y., Ismatulloevich X. I., Xabibullo o‘g‘li C. S. Ko‘kyo‘tal

kasalligi va uni oldini olish chora-tadbirlari //American journal of applied medical science.
– 2024. – T. 2. – №. 4. – S. 18-21.
8.

Mamatqulovich K. Y., Fayzullayevna R. S. Husnbuzarlar etiologiyasi, klinikasi

va davolash chora-tadbirlari //American journal of applied medical science. – 2024. – T. 2.
– №. 3. – S. 126-130.
9.

Kenjayev Y. "Bio eko texno" ma’suliyati cheklangan jamiyatga qarashli

maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash korxonasi xodimlarining salomatligi
//TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi. – 2023. – T. 1. – №. 2. – S. 172-176.

References

Burkhanov U.M., Khushvakova N.D. “Surunkali rinosinusit bilan kasallangan bemorlarni endoskopik operatsiyadan keyingi davrda antimikrob neytrofil peptidlarni o’rganish.” - 2020. Tashkent.

S.A. Xasanov, H.H. Vohidov, “Quloq, tomoq, burun kasalliklari.” - 2012.

M.S. Yusupova, G.Y. Nazarova, S.S. Shaimova, “Quloq, tomoq, burun kasalliklari.” - 2017.

Kenjayev Y.M., Berdieva S.A., Termiz iqtisodiyot va servis universiteti. "Yurak bo’lmacha va qorinchalari gipertrofiyasining elektrokardiografiya belgilari o’zgarishlarini tahlili."

Mamatqulovich K. Y. Meʼda osti bezi o ‘tkir va surunkali pankreatit kasalliklarini gistomorfologik tahlili //American journal of applied medical science. – 2024. – T. 2. – №. 3. – S. 49-53

Mamatqulovich K. Y. Glomerulonefrit kasalligida klinik labarator tahlillarning o’rni va samaradorligi //American journal of applied medical SCIENCE. – 2024. – T. 2. – №. 3. – S. 112-120.

Mamatqulovich K. Y., Ismatulloevich X. I., Xabibullo o‘g‘li C. S. Ko‘kyo‘tal kasalligi va uni oldini olish chora-tadbirlari //American journal of applied medical science. – 2024. – T. 2. – №. 4. – S. 18-21.

Mamatqulovich K. Y., Fayzullayevna R. S. Husnbuzarlar etiologiyasi, klinikasi va davolash chora-tadbirlari //American journal of applied medical science. – 2024. – T. 2. – №. 3. – S. 126-130.

Kenjayev Y. "Bio eko texno" ma’suliyati cheklangan jamiyatga qarashli maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash korxonasi xodimlarining salomatligi //TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi. – 2023. – T. 1. – №. 2. – S. 172-176

Most read articles by the same author(s)

Yodgor Kenjayev , Nodir Do‘snayev , НАФАС ОЛИШ АЪЗОЛАРИНИНГ АЛЛЕРГИК КАСАЛЛИКЛАРИ: ИЛМИЙ ТАҲЛИЛ , ACUMEN: International journal of multidisciplinary research: Vol. 1 No. 4 (2024)

Yodgor Kenjayev , Sevinch Berdiyeva , YURAK BO‘LMACHA VA QORINCHALARI GIPERTROFIYASINING ELEKTROKARDIOGRAFIK BELGILARINI TAHLIL QILISH , ACUMEN: International journal of multidisciplinary research: Vol. 1 No. 4 (2024)

Sevinch Berdiyeva , Yodgor Kenjayev , Inoyatullo Xolmurodov , JIGAR SIRROZI: SABABLARI, BELGILARI VADAVOLASH USULLARI , ACUMEN: International journal of multidisciplinary research: Vol. 1 No. 4 (2024)

Aziza Normurodova , Jasur Saidov , Yodgor Kenjayev , ГИНЕКОЛОГИК КАСАЛЛИКЛАРНИНГ ЭРТА АНИҚЛАНИШИ ВА САМАРАЛИ ДАВОЛАШ УСУЛЛАРИ , ACUMEN: International journal of multidisciplinary research: Vol. 1 No. 4 (2024)

Jasmina Sattorova , Jasur Saidov, Yodgor Kenjayev , ЮРАК ҲУРУЖИДАН КЕЙИНГИ РЕАБИЛИТАЦИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ , ACUMEN: International journal of multidisciplinary research: Vol. 1 No. 4 (2024)

Yodgor Kenjayev , Ummulaylo Xudoyorova , ПРЕЭКЛАМПСИЯ ВА ГИПЕРТЕНЗИВ ҲОЛАТЛАР: ҲОМИЛАДОРЛИКДАГИ ХАВФЛАР, ДИАГНОСТИКА ВА ДАВОЛАШ УСУЛЛАРИ , ACUMEN: International journal of multidisciplinary research: Vol. 2 No. 2 (2025)

Yodgor Kenjayev , Jasur Saidov , Jasmina Abdumurotova , БОЛАЛАРДА УЧРАЙДИГАН ОҒИЗ КАСАЛЛИКЛАРИ: МУАММО ВА ЕЧИМЛАР , ACUMEN: International journal of multidisciplinary research: Vol. 1 No. 4 (2024)