Поэтическая характеристика газалей Бабура в классической поэзии

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Джураева, Н. (2024). Поэтическая характеристика газалей Бабура в классической поэзии. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(1), 30–34. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/29659
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Встатье рассматриваются стих и его характеристики, поэтические требования к стиху, степень их сохранения и развития в историческом развитии нашей классической поэзии. В качестве объекта классической поэтики было взято творчество великого поэта З. М. Бабура. В газелях Бабура выявлен состав байта, его ведущие теоретические требования, функции и типы разных поэтических жанров, а также рассмотрены способы определения шах бейта в газели.

Похожие статьи


background image

30

Alfraganus University

MUMTOZ SHE’RIYATDA

BOBUR

G’AZALLARINING POETIK

XUSUSIYATLARI

ПОЭТИЧЕСКАЯ

ХАРАКТЕРИСТИКА ГАЗАЛЕЙ

БАБУРА

В КЛАССИЧЕСКОЙ ПОЭЗИИ

POETIC ADJECTIVES OF GAZALS OF

BABUR

IN CLASSICAL POETRY

Nazokat Gulmuradovna Jurayeva

Annotatsiya

azkur maqolada bayt va uning oʼziga xos xususiyatlari, baytga qoʼyiladigan

poetik talablar va mumtoz sheʼriyatimizning tarixiy taraqqiyotida ularning qay darajada saqlanishi

hamda rivojlanishi tadqiq qilingan. Mumtoz poetika ob’ekti sifatida saardast shoir Z.M.Bobur ijodi

olindi. Bobur g’azallarida Bayt tarkibi, uning yetakchi nazariy talablari, turli poetik janrlar tarkibida

ado etgan vazifalari,turlari ochib berilgan.Shuningdek, gʼazal tarkibidagi shoh baytni aniqlash usullari

toʼgʼrisida mushohada yuritilgan.

M

Аннотация

статье рассматриваются стих и его характеристики, поэтические тре

-

бования к стиху, степень их сохранения и развития в историческом развитии нашей классиче

-

ской поэзии. В качестве объекта классической поэтики было взято творчество великого поэта

З. М. Бабура. В газелях Бабура выявлен состав байта, его ведущие теоретические требования,

функции и типы разных поэтических жанров, а также рассмотрены способы определения шах

бейта в газели.

В

Abstract

his article examines the verse and its characteristics, the poetic requirements

for the verse, and the degree to which they are preserved and developed in the historical development

of our classical poetry. The work of the great poet Z.M. Babur was taken as an object of classical

poetics. In Babur’s ghazals, the composition of the verse, its leading theoretical requirements, the

functions and types of different poetic genres have been revealed. Also, the methods of determining

the main verse in the ghazal have been observed.

T

Kalit soʼzlar

gʼazal, shoh bayt, janr ,tur ,tazkiranavis ,lirik masnaviy, poetik fikr,

tarkibband, tarjiband, aforistik baytlar.

Ключевые слова:

газель, шах байт, жанр, тип, тазкиранавис, лирический маснави,

поэтическая мысль, композиция, перевод, афористические стихи.

Key words:

ghazal,main verse, genre, type, tazkiranavis, lyric masnavi, poetic

thought, composition, translation, aphoristic verses.

1

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, ALFRAGANUS UNIVERSITY, Toshkent, O’zbekiston. e-mail:

jurayevanazokat3@gmail.com. ORCID: 0000-0001-6269-6291


background image

31

Alfraganus University

KIRISH

M

umtoz g‘azallarida talablariga binoan

bayt misralarining har biri mustaqil

ma’no va mustaqil ifoda shakliga ega bo‘lishlari

lozim. Biroq voqelik ta’sirida lirik kechinma

tabiatining murakkablashib borishi baytning

birinchi misrasidagi fikrning ikkinchi misraga

ko‘chishini, ya’ni birinchi misradagi poetik

g‘oyaning ikkinchi misrada yakunlanishini

ham taqozo qildi. Mumtoz poetikada «tadmin»

(bizda «tazmin») deb nomlanuvchi bu poetik

hodisa she’rning aybi, nuqsoni sanalgani. Ammo

o‘zbek mumtoz she’riyatida tadmin hodisasi

u yoki bu darajada mavjud. Ayniqsa, Alisher

Navoiy g‘azaliyotida tadmin maxsus poetik usul

darajasiga ko‘tarildi. Baytda tadmin qo‘llash

usuli Bobur g‘azallarida ham, juda oz bo‘lsa-da,

qo‘llanilgan. Uning quyidagi baytida fikriy va

sintaktik (ifoda) ko‘chuv ko‘zga tashlanadi:

Dardim ko‘rub muolajada zoe’ etma umr

Kim, jonda dardi ishq durur bedavo manga.

Shu o‘rinda bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bobur g‘azallarini sinchiklab

kuzatish shuni ko‘rsatdiki, bayt misralari o‘rtasidagi mazmun va sintaktik ko‘chuv usuli uning

g‘azallarida nisbatan kam uchraydi. U imkoni boricha bayt misralari o‘rtasidagi mazmun va ifoda

mustaqilligini saqlashga harakat kilgan, faqat imkoniyati topilmagan holatlardagina tadmin

qilishga majbur bo‘lgan.

Bayt va qofiya munosabati mumtoz poetikada alohida kuzatishlarga asos bo‘lgan. Masalan,

Shamsuddin Muhammad bin Qays ar- Roziy har bir bayt ma’no, vazn va qofiya jihatidan bir xil

bo‘lishi shart ekanligini qayd etadi. Baytga xos bunday xususiyatni Atoulloh Xusayniy ham ko‘p

o‘rinlarda ta’kidlaydi. Darhaqiqat, bayt va vazn munosabati bilan biz o‘zbek mumtoz she’riyatini

kuzatdik hamda shu narsaga amin bo‘ldikki, bayt misralari tarkib, vazn nuqtai nazaridan bir

xil bo‘lishlari shart. Baytning birinchi misrasi qanday tarkibiy qismlardan iborat bo‘lsa, uning

ikkinchi misrasi ham ana shunday tarkib hamda vazndan tashkil topishi shart. Baytning yagona

qofiyaga ega bo‘lishi masalasida ham shuni aytish kerakki, baytga asoslangan janrlarda har

bir asar yagona bitta qofiyaga ega bo‘lishi lozim. Bu qofiya esa monorim, ya’ni yagona tovush

uyg‘unligiga asoslanadi.

METOD

Z

ahiriddin Muhammad Bobur o‘z g’azallarida ikki xil munosabatdagi misralardan

tarkib topgan baytlar yaratadi. Birinchi tipdagi baytlarda misralar o‘zaro bir-birlarini

tasdiqlash yoki kuchaytirishga xizmat qiladilar. Ular o‘rtasidagi munosabat mazmunan teng va

bir-birini kuchaytiradi:

Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?

Yo sochingdek tiyra bo‘lg‘on ro‘zg‘orimnimu dey?


background image

32

Alfraganus University

Oshiqning mahbuba hajru firoqidan qilgan shikoyati ifodalangan ushbu baytning birinchi

misrasida go‘zalning qoshidek egilgan o‘zining qomatidan shikoyat qiladi. Aslida ana shu birgina

shikoyatning o‘zi ham mahbubaning rahm-shafqatsizligini bildirish uchun yetarli. Ammo u bu

bilan qanoat qilmaydi. Shu bois u ikkinchi misra orqali mahbubaning sochidek qora bo‘lgan

ro‘zg‘ori-hayotidan shikoyat qiladi. Har ikki misrada ifodalangan shikoyat, ya’ni egilgan nochor

qomat va qora bo‘lgan hayot ko‘shilib, oshiq hayotining naqadar og‘irligi to‘liq, aniq ochiladi.

Demak, ikki xil holat, ikki xil narsa yoki kayfiyat birikib, lirik obrazning to‘liq tasvirini va ruhiy

holatini aks ettiradi.

Misralar shakl jihatidan ham, mazmun jihatidan ham mustaqil bo‘lib, bir-birlariga tobe

emaslar. Har bir misra mustaqil holda obrazning biror belgisini, sifatini, holat va kayfiyatini

ochishga xizmat qiladi. Bu baytning yana bir xususiyati shundaki, oshiqning egilgan qomati

va qaro bo‘lgan ro‘zg‘origa sabab bo‘lgan narsalarni aytish orqali bir paytning o‘zida ana shu

narsalarni ta’riflaydi ham. Mahbuba qoshi qancha egilgan bo‘lsa, oshiqning qomati shuncha

egilgan, mahbubaning sochlari qay darajada qora bo‘lsa, uning hayoti ham shu darajada qorong‘u.

Ikkinchi tipdagi baytlarda esa misralar o‘zaro birin- ketinlikda sabab-oqibat munosabatida

birikadilar. Masalan, quyidagi baytda misralar o‘rtasida ana shunday aloqa mavjud:

Kimki bo‘lg’ay sen kibi olamda dildori aning,

Har qayon azm aylasa, bo‘lgay xudo yori aning.

O‘z-o‘zidan ayon bo‘lib turibdiki, baytda baxtli, omadli inson haqida so‘z yuritilmokda. Bu

omadli, baxtli inson kayokqa yursa, qanday ishga qo‘l ursa, xudo unga yordam beradi, qo‘llab-

kuvvatlaydi. Chunki dunyoda uning sevgan, ko‘ngli istagan yori bor. Bu esa uning omadliligidan

dalolatdir. Bobur ham o‘zi yaratgan baytlaridagi qofiya yagonaligiga, ularning misra mazmunini

va bu mazmun orqali muayyan poetik g‘oyani ifodalash uchun xizmat qildirishga bo‘ysundirgan:

Ne chamanda sarv bor ul qomati ra’no kibi,

Ne guliston ichra gul bor ul ruhi zebo kibi.

NATIJA

U

shbu bayt misralari «ra’no, zebo» kabi so‘zlar qofiyasi orqali mazmunan birlashgan. Har

ikki so‘z oxiridagi «o» tovushi raviydir. Ular misralarning mazmunini shakllantirishda

muhim o‘rin tutadilar. Lirik qahramoi uchun qomati ra’noga o‘xshagan go‘zaldek hech bir

chamanda sarv yo‘q, uning go‘zal yuzidek gul esa hech bir gulistonda yo‘q. Demak, go‘zalning

ta’rifu tavsifida qofiyalangan so‘zlarning ma’nolari yetakchilik qiladi. Chunki chamandagi

sarvni ra’no qomatga muqoyasa qilmasa, gulistondagi gulni uning zebo yuziga qiyoslamasa,

tavsifdan biror ma’no chiqmaydi. Mana shuning o‘zi ko‘rsatib turibdiki, bayt tarkibida qofiya na

faqat baytga ohangdorlik beradi, balki misralarni ma’no uyg‘unligi orqali birlashtirib, baytning

umumiy mazmunini, uning g‘oyaviy birligini ham tashkil etadi.

O‘zaro sabab-oqibat munosabati orqali bog‘langan misralardan tashkil topgan baytlar ko‘p

jihatdan lirik asar konfliktini rivojlantirish, asar dramatizmini kuchaytirish va lirik kechinma

oqimini istalgan yoqqa burish uchun imkon beradi. Masalan, yuqorida keltirilgan baytdagi

baxtli, omadli oshiqning ahvoli kutilmaganda teskari tomonga ketganligi g‘azalning uchinchi

baytida yana sabab-oqibat munosabati orqali kuchli dramatizm bilan ifodalanadi:

Keldim, ersa kelmadi hargiz aning ko‘ngliga rahm,

Bordim, ammo bormadi ko‘nglumdin ozori aning.


background image

33

Alfraganus University

Baytning birinchi misrasida oshiqning mahbuba huzuriga shafqat tilab kelishi va guzalning

rahm qilmaganligi ifodalansa, ikkinchi misrada oshiqning uning huzuridan ketishi, ammo

yuragidan yorning ozori ketmaganligi aytilgan. Darhaqiqat, kungil sevgan yor huzuriga rahm

istab borish, ammo unga erisholmay qaytish kishi qalbida bir umr unutilmas ozor bo‘lib qolishi

tabiiy hol. Mana shu hayotiy noxush holatni shoir sabab-oqibat munosabatidagi bayt vositasida

butun ziddiyati, dramatik tarangligi bilan bera olgan.

MUNOZARA

O

‘zbek g‘azalchiligida har bir misrasi ikkitadan hashvga ega bo‘lgan musamman

baytlar, ayniqsa, ko‘p. Bunga sabab shuki, musamman baytning obraz yaratish va

g’oyani mufassal ifodalash imkoniyati juda katta. Qolaversa, vazn nuqtai nazaridan baytning eng

mukammal chegarasi musamman bilan chegaralanadi. Undan katta, ya’ni har bir misrasi uchtadan

hashvga ega bo‘lgan bayt g‘azalchilikda uchramaydi. Ifoda imkoniyati kengligidan bo‘lsa kerak,

o‘zbek mumtoz she’riyatida musamman baytlar haddan ortiq ko‘p. Uning namunalarini har bir

shoir ijodida uchratish mumkin. Masalan, Lutfiy she’riyatida:

Ko‘zum chu qil/ di ko‘rkluklar / yuzi birla /o‘zin sig‘mas,

V - - - V- - -

V - - - V - - -

Ma fo iy lun mafo iy lun ma fo iy lun mafo iy lun

To‘kulgay o/xiri andin / yer uzra suv/bikin qonim.

V - - - V - - - V - - - V - - -

Ma fo iy lun mafo iy lun ma fo iy lun mafo iy lun

Ushbu bayt hazaji musammani solim vaznida, ya’ni har bir misrada mafoiylun ruknining

to‘liq (solim) holda to‘rt marta takrorlanishi asosida yaratilgan. Shuning uchun baytning har bir

misrasi mazmunni tugal, mustaqil ifodalashga kulaydir.

Alisher Navoiy g‘azalidan keltirilgan quyidagi bayt ham hazaji musammani solim vaznida

yaratilgan:

Ne ma’ni ko‘r/ dilarkim, su / ratingga bo‘l / dilar vola,

V - - -

V - - - V - - - V - - -

Ma fo iy lun mafo iy lun ma fo iy lun mafo iy lun

Chu ma’ni o/lamida is/tamas ahli /yaqin surat.

V - - -

V- - - V - - - V - - -

Ma fo iy lun mafo iy lun ma fo iy lun mafo iy lun

Zahiriddin Muhammad Boburning quyidagi bayti ham hazaji musammani solim vaznida

yozilgan:

Qo‘y, ey oqil,/nasihat so‘z/larinkim dil/pisand ermas

V - - -

V - - - V - - - V - - -

Ma fo iy lun mafo iy lun ma fo iy lun mafo iy lun

Mening devo/na ko‘nglumga/nasihat su/dmand ermas.

V - - -

V - - - V - - - V - - -

Ma fo iy lun mafo iy lun ma fo iy lun mafo iy lun


background image

34

Alfraganus University

Ogahiy g‘azalidan keltirilgan quyidagi bayt ham hazaji musammani solim vaznida yozilgan.

Agar ul oy / ishi tun-kun/manga yuz javr /u noz o‘lsun,

V - - - V - - - V - - - V - - -

Ma fo iy lun mafo iy lun ma fo iy lun mafo iy lun

Damo dam ko‘p /roq o‘lsun der/manu demon/ ki oz o‘lsun.

V - - - V - - -

V - - - V - - -

Ma fo iy lun mafo iy lun ma fo iy lun mafo iy lun

Yuqorida biz to‘rt ulkan shoirning g’azallaridan faqat hazaj bahriga taalluqli to‘rtta bayt

keltirdik. Bunday baytlarning ramal, rajaz va boshqa bahrlarda yozilgan namunalari juda ko‘p.

Ayniqsa, musamman baytlarning oxirgi rukni o‘zgarishlarga uchragan namunalari - zihoflari

juda ko‘p. Bu holat musamman baytlarning har bir misrasi mustaqil mazmun ifodalashga

qulayligidan, umuman, bunday baytning mazmuniy qamrovi kengligidan dalolat beradi.

Bayt so‘zlarning tuzilishi va tarkibiga ko‘ra uch tipdan murabba’, musaddas va musamman

kabilardan iborat ekan, bu bir tomondan, ularning tarkiban mutanosib-simmetrik uyg‘unlikda

bo‘lishlarini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, bayt misralarining vazn nuqtai nazaridan mutlaqo

teng bo‘lishlariga yordam beradi.

Xulosa

D

emak, o‘zbek mumtoz she’riyatida purmazmun, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak

baytlar yaratishda ikki xil munosabat ifodalovchi ikki xil usuldan barcha shoirlar unumli

foydalanganlar. Birinchisi muayyan poetik fikrni ta’kidlash, tasdiqlash va kuchaytirishga xizmat

qiluvchi mutlaqo mustaqil mazmun hamda ifoda shakliga ega bo‘lgan misralardan tuzilgan

baytlar. Ikkinchisi - birinchi misrasi ikkinchi misraga sabab bo‘lgan yoki birinchi misradagi

mazmunning sababini ikkinchi misra ifodalovchi baytlar. Bunday baytlar badiiy tafakkur

rivojining nisbatan keyingi bosqichlarida, ya’ni har bir poetik tezis yoki mazmunni aniq dalillash

ehtiyoji asosida yuzaga kelgan. Har ikki tipdagi baytlarni yaratish mumtoz she’riyatimizda

barqaror poetik an’anaga aylangan.

Xulosa qilib aytganda, o‘zbek mumtoz she’riyatida musaddas bayt yaratish mustahkam

an’ana tusini olgan. Bu esa she’riyatni hayotga yaqinlashtirish, uni muayyan qoliplar doirasida

qolib ketishdan saqlab qolgan.

1. Qoshg’ariy Mahmud. Devonu lug’otit turk. 1-tom. - T.: O‘zFA nashriyoti, 1960.- 499 b.

2. Bobur Zahiriddin Muhammad. Devon. - T.: Fan, 1994. - 143 b.

3. Kudelin A.B. Motiv v tradisionnoy arabskoy poetike YIII-X vv. // Vostochnaya poetika.

Spesifika xudojestvennogo obraza.- M.: Nauka, 1983. - S.7-24.37.

4. Kudelin A.B. Stilisticheskaya evolyusiya arabskoy poezii U1-1X vv. // Problemi istoricheskoy

poetiki literatur Vostoka. - M.: Nauka, 1988.

5. Shayx Ahmad Ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balog‘a. // O‘zbek tili va adabiyoti. - 2002. - №

2 - B.77-90.

6. Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. - M.: Nauka, 1982. -327 s.

7. S.Hasanov. Boburning „Risolayi aruz“ asari. -T.:1986;

Список использованной литературы

Библиографические ссылки

Qoshg’ariy Mahmud. Devonu lug’otit turk. 1-tom. - T.: O‘zFA nashriyoti, 1960.- 499 b.

Bobur Zahiriddin Muhammad. Devon. - T.: Fan, 1994. - 143 b.

Kudelin A.B. Motiv v tradisionnoy arabskoy poetike YIII-X vv. // Vostochnaya poetika. Spesifika xudojestvennogo obraza.- M.: Nauka, 1983. - S.7-24.37.

Kudelin A.B. Stilisticheskaya evolyusiya arabskoy poezii U1-1X vv. // Problemi istoricheskoy poetiki literatur Vostoka. - M.: Nauka, 1988.

Shayx Ahmad Ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balog‘a. // O‘zbek tili va adabiyoti. - 2002. - № 2 - B.77-90.

Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. - M.: Nauka, 1982. -327 s.

S.Hasanov. Boburning „Risolayi aruz“ asari. -T.:1986.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов