Роль музеев в сохранении памяти государственного и общественного деятеля Шарофа Рашидова

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Элмуратова, Ш. (2024). Роль музеев в сохранении памяти государственного и общественного деятеля Шарофа Рашидова. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(5), 60–62. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30056
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье изучается история музея Шарофа Рашидова, действующего в настоящее время в городе Джизак. Поскольку большинство существующих в нашей стране домов-музеев расположены в городе Ташкенте, данная статья посвящена изучению истории и деятельности домов-музеев этого региона.

 

Похожие статьи


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

60

DAVLAT VA JAMOAT ARBOBI SHAROF

RASHIDOV XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH

ISHLARIDA MUZEYLARNING TUTGAN O‘RNI

Elmuratova Shoxista Ablakulovna,

Аlfraganus univеrsitеti Xalqaro munosabatlar va tarix kafedrasi o‘qituvchisi

ORCID: 0009-0001-5493- 4357

e-mail: fender4555@mail.ru

Annotatsiya:

Mazkur maqolada bugungi kunda Jizzax shahrida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Sharof

Rashidov muzeyi tarixi oʻrganib chiqildi. Mamlakatimizda mavjud uy-muzeylarining asosiy qismi Toshkent

shahrida joylashganligi sababli mazkur maqolada aynan ushbu mintaqadagi uy-muzeylarining tarixi va

faoliyatini oʻrganishga eʼtibor qaratildi.

Kalit so‘zlar:

M

uzey, uy-muzey, muzey kolleksiyalari, «Bolalar burchagi», smart, madaniyat, jamiyat, shaxs.

Abstract:

In this article, the history of the Sharof Rashidov Museum, which is currently operating in the

city of Jizzakh, is studied. Since most of the existing house-museums in our country are located in the city

of Tashkent, this article focused on studying the history and activities of the house-museums in this region.

Key words:

Museum, house-museum, museum collections, «Children’s corner», smart, culture, society,

person.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

61

KIRISH

Muzeylarning birinchi darajadagi vazifasi turli

ashyolar, noyob buyumlar asosida buyuk alloma,

mutafakkirlar hamda davlat, jamoat arboblarining ijodi

va faoliyatini yoritishdir. Uy-muzeylarida namoyish

qilinayotgan har bir eksponat shu xalqning oʻtmish

hayoti, isteʼdodidan darak beradi. Respublikada faoliyat

koʻrsatgan tarixiy shaxslar xotirasini abadiylashtirish

maqsadida tashkil qilingan muzeylar – jamiyatimiz

madaniy hayotidagi ahamiyatli muassasa. Bugungi

kunda Vatanimizda mashhur tarixiy shaxslar xotirasiga

bagʻishlangan bir qancha uy-muzeylari samarali faoliyat

koʻrsatib kelmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI

VA METODOLOGIYA

Yurtimizda tarixiy shaxslar xotirasini abadiylashtirish

maqsadida tashkil etilgan uy-muzeylarining aksariyati

Sharof Rashidov davrida amalga oshirilganligini alohida

taʼkidlab oʻtish joiz. Mazkur soha rivojiga katta hissa

qoʻshgan Sharof Rashidov xotirasini qayta tiklash, nomini

abadiylashtirish maqsadida davlat miqyosida bir qator

chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Sharof Rashidovich Rashidov (06.11.1917 –

31.10.1983) – davlat arbobi, yozuvchi, «Mehnat

qahramoni» ordeni sohibi. Sharof Rashidov

adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va uning ilk sheʼriy

asari «Chegarachilar» deb nomlanib, 1937-yilda nashr

etilgan. Uning 1945-yilda chop etilgan «Qahrim»

sheʼriy toʻplami fashizm gʻoyalariga qarshi kurash

ruhida yozilgan mashhur asarlaridan biri hisoblanadi.

Sharof Rashidov «Gʻoliblar» (1953) qissasini davrning

eng muhim muammolaridan biri – lalmi yerlarni

oʻzlashtirish mavzusida yozgan. U keyinchalik Ikkinchi

jahon urushi yillari front ortida ogʻir mehnat qilgan

xalq hayotiga bagʻishlangan «Boʻrondan kuchli»

(1958), «Qudratli toʻlqin» (1964), «Gʻoliblar» (1972)

romanlarini yaratgan. Rashidov davlat va partiya

arbobi sifatida xalq va yurt hayotida roʻy berayotgan

voqealarni yoritishda adabiyot mezonlaridan koʻra

idealizm tamoyiliga koʻproq eʼtibor bergan. Sharof

Rashidovning hind xalq afsonasi asosida yozilgan

«Kashmir qoʻshigʻi» (1956) lirik qissasi shoir ijodining

xilma-xil ekanligini yaqqol namoyon qiladi.

Sharof Rashidovning respublikaga rahbarlik qilgan

yillarida yirik bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda,

qishloq xoʻjaligi yerlaridan keng foydalanish natijasida

ekologik vaziyatning yomonlashishi, paxtachilik

masalasining hal etilishi kabi noxush hodisalar roʻy

berdi. Mustaqillik davrida Sharof Rashidov nomi

oqlanib, Oʻzbekiston tarixidan munosib oʻrin oldi.

Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi va

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyundagi 267-son

qarori bilan shu yili Sharof Rashidov tavalludining 75

yilligi keng nishonlandi. Jizzax viloyati hokimining

1992-yil 7-maydagi 127-F-son farmoyishi asosida

Sharof Rashidov yodgorlik filiali tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning 2017-yil 27-martdagi «Buyuk davlat

arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining

100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida»gi PQ-2854-son

Qarori asosida muzeyni taʼmirlash ishlari olib borilib,

koʻrgazmasi qayta tiklandi.¹

NATIJALAR

Sharof Rashidovga vafotidan soʻng Alisher Navoiy

nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1994) ham

berilgan. Bugungi kunda Sirdaryo viloyati, Toshkent

va Jizzax shaharlaridagi ayrim koʻchalar, maktablar,

mahallalar uning nomi bilan ataladi. Jizzax viloyati

tarixi va madaniyati davlat muzeyi qoshida «Sharof

Rashidov yodgorlik muzeyi» tashkil etilgan. Mazkur

muzey ekspozitsiyasi respublikani juda murakkab

va ogʻir yillarda boshqarib, Oʻzbekiston taraqqiyoti

yoʻlida samarali xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati

bilan oʻzbek milliy adabiyoti va madaniyati rivojiga

katta hissa qoʻshgan davlat arbobi, taniqli yozuvchi

Sharof Rashidov xotirasini abadiylashtirish maqsadida

tashkil etilgan. Muzey ekspozitsiyasini shakllantirishda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-

yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi

Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash

toʻgʻrisida»gi Qarori konseptual-metodologik asos

boʻlib xizmat qilgan.

Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga

bagʻishlangan ekspozitsiya quyidagi boʻlimlardan

iborat edi:

1. Sharof Rashidov oʻz xalqiga, vataniga fidoyi

farzand;

2. Sharof Rashidov atoqli davlat arbobi;

3. Sharof Rashidov siyosat maydonida;

4. Sharof Rashidovning fan va madaniyat rivojiga

qoʻshgan hissasi;

5. Sharof Rashidov taniqli yozuvchi;

6. Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulugʻlash.

Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi filialining ilmiy

xodimi Shohsanam Qurbonova bilan boʻlgan intervyu

jarayonida taʼkidlanganidek, Jizzax viloyati tarixi va

madaniyati davlat muzeyi sanʼat, tabiat, tarix boʻlimlari

hamda Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi filiali, Hamid

1. Sharof Rashidov muzeyi maʼlumotnomasidan. (murojaat sanasi: 28.06.2022)


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

62

Olimjon va Zulfiya uy-muzeyi filiali, Zomin tumani tarixi

filiallaridan iborat boʻlib, bu boʻlim va filiallarda Jizzax

viloyatining betakror sanʼati, tabiati, tarixini yorituvchi

eksponatlar namoyish etilmoqda².

MUHOKAMA

Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi filialining

xodimlari tomonidan yil davomida «Jizzax haqiqati»

gazetasida turkum maqolalar nashr etib borilmoqda.

Muzeyga tashrif buyurgan ziyoratchilarga muzey

xodimlarining namunali xizmat koʻrsatishi yoʻlga

qoʻyilgan. Shu bilan birga muzey filialiga yiliga jami

2400 dan ortiq tomoshabinlar tashrif buyurib, jami 4,8

million soʻmdan ortiq pul kirim qilingani qayd etilgan.

Taʼkidlash lozimki, muzey faoliyatini samarali tashkil

etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim

boʻladi:

— Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi

binosini taʼmirlash va muzey koʻrgazmasini yangilash;

— muzeyni aholiga yaqinlashtirish maqsadida

viloyatning chekka tumanlariga koʻchma koʻrgazmalar

tashkil etish uchun muzeylarga maxsus avtomobillar

ajratish;

— xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun muzey

rahbarlarini chet el muzeylarida malaka oshirishlarini

tashkil etish;

— muzey xodimlarining koʻp yillik mehnatlarini

munosib ragʻbatlantirish maqsadida lavozim maoshiga

har oyda qoʻshimcha ustamalar berishni joriy qilish.

Tashrif buyuruvchilar tomonidan muzey va

Sh.Rashidov haqida «Faxriy mehmonlar kitobi» mavjud

boʻlib, unda yozib qoldirilgan fikrlar va taassurotlar

alohida ahamiyatga ega. Ushbu katta hajmdagi

kitobning ilk sahifasida mamlakat Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev oʻzining quyidagi samimiy fikrlarini yozib

qoldirgan: «Xalqimizning buyuk farzandi, atoqli davlat

arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov el-yurtimiz uchun

fidoyi rahbar, betakror va benazir shaxs edi. Bu ulugʻ

inson oʻzining noyob aql-zakovati, boy bilim va tajribasi,

mehnatkashligi, kamtarligi, yuksak insoniy fazilatlari

bilan eʼtibor qozongan edi. Sobiq mustabid tuzum

davrida turli tazyiq va sinovlarga qaramasdan, u kishi

ogʻir kurashlarga bardosh berib xalqimiz va millatimizga

sadoqat bilan xizmat qildi. Har qanday murakkab

sharoitda ham el-yurtimiz manfaatini oʻylab yashagan

Sharof Rashidovning buyuk xizmatlari xalqimiz xotirasida

abadiy saqlanib qoladi. Bugun Jizzax shahrida ish

boshlayotgan Sharof Rashidov memorial muzeyi ana

shu ezgu maqsadga xizmat qiladi, deb ishonaman³.

XULOSA

Mazkur kitobda bir qancha taniqli shaxslar va chet

eldan tashrif buyurgan mehmonlarning ijobiy fikrlari ham

muhrlangan. Bu esa muzeylarning fuqarolar madaniy

hayoti uchun yuksak ahamiyati va zaruratini koʻrsatadi.

Chunki oʻz oʻtmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan

insonning irodasi kuchli boʻladi, uni har xil aqidalar

girdobiga tushishdan saqlaydi.

2.Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi filiali ilmiy xodimi Shohsanam Qurbonova

nutqidan. (murojaat sanasi: 28.06.2022)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax shahridagi Sh.Rashidov muzeyida yuritilayotgan «Faxriy

mehmonlar kitobi»ining 1-sahifasi. 2017-yil 6-noyabr. (murojaat sanasi: 28.06.2022)

1. Sharof Rashidov muzeyi maʼlumotnomasidan. (murojaat sanasi: 28.06.2022)

2. Oʻsha joyda. (murojaat sanasi: 28.06.2022)

3. Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi

filialining ilmiy xodimi Shohsanam Qurbonova nutqidan. (murojaat sanasi: 28.06.2022)

Adabiyotlar:

Библиографические ссылки

Sharof Rashidov muzeyi maʼlumotnomasidan. (murojaat sanasi: 28.06.2022)

Oʻsha joyda. (murojaat sanasi: 28.06.2022)

Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi filialining ilmiy xodimi Shohsanam Qurbonova nutqidan. (murojaat sanasi: 28.06.2022)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов