Махмудова Ш.А. творец и творческая биография

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Маҳмудова, Ш. (2024). Махмудова Ш.А. творец и творческая биография. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(4), 47–51. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30001
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье на основе биографического метода на примере произведений писателей проанализирована неразрывная связь между творцом и творческой биографией в современной узбекской литературе. Через образы художника в своих произведениях писатели выражали свои мысли, тяготы творческого процесса, изменения в психике художника, боли и мечты в глубине души. В рассказах Шукур Холмирзаева, таких как «Солнце бродит по небу» (Кудрат брат), «Луна заграждается облаком» (Кувватжон), в рассказе «Писатель» (Домла) Эркин Аъзама дух у творца то живые, то депрессивный, то болезненные (горькие), то радостные (сладкие) настроения, и их критические взгляды на социальную среду и условия.

Похожие статьи


background image

47

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Mahmudova Shoxista Abdusalomovna

1

1

Sharq filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi. ALFRAGANUS UNIVERSITY. Toshkent, O‘zbekiston. e-mail:

shohistaxon.mahmudova@mail.com. ORCID: 0009-0003-1095-1723

MAHMUDOVA Sh.A. IJODKOR VA

IJODIY BIOGRAFIYA

MAHMUDOVA Sh.A. CREATOR AND

CREATIVE BIOGRAPHY

МАХМУДОВА Ш.А. ТВОРЕЦ И

ТВОРЧЕСКАЯ БИОГРАФИЯ


background image

Alfraganus Universiteti

48

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Anotatsiya

aqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida ijodkor va ijodiy biografiyaning uzviy

bog‘liqligi yozuvchilarning hikoyalari misolida tahlil qilindi. Yozuvchilar o‘z o‘y-kechinmalarini, ijod

jarayoni mashaqqatlari, ijodkor ruhiyatidagi evrilishlar, ko‘nglining tub-tubidagi dard va armonlarini

asarlardagi ijodkor obrazlari orqali ifoda etishdi. Shukur Xolmirzayevning “Quyosh-ku falakda kezib

yuribdi” (Qudrat aka), “Bulut to‘sgan oy” (Quvvatjon) kabi hikoyalarida, Erkin A’zamning “Yozuvchi”

(domla) hikoyasida, ijodkor ruhiyatining goho jo‘shqin, goho tushkin, goho alamli (achchiq), goho

quvonchli (shirin) kayfiyatlarini, ijtimoiy muhit va sharoitga bo‘lgan tanqidiy qarashlarini ro‘y-rost

tasvirlaydilar.

M

Abstract

n the article, the interrelationship of the creator and creative biography in

modern Uzbek literature was analyzed on the basis of the biographical method on the example of the

writers' works. The writers expressed their thoughts, hardships of the creative process, changes in the

artist's psyche, pains and dreams in the depths of their hearts through the images of the artist in their

works. In Shukur Kholmirzayev's stories such as "The sun is wandering in the sky" (Qudrat brother),

"The moon blocked by a cloud" (Kuvvatjon), in the story "Writer" (Domla) by Erkin Azam, the spirit

of the creator is sometimes lively, sometimes depressed, sometimes painful (bitter), sometimes happy

(sweet) moods, and their critical views on the social environment and conditions.

I

Аннотация

статье на основе биографического метода на примере произведений

писателей проанализирована неразрывная связь между творцом и творческой биографией в

современной узбекской литературе. Через образы художника в своих произведениях писатели

выражали свои мысли, тяготы творческого процесса, изменения в психике художника, боли и

мечты в глубине души. В рассказах Шукур Холмирзаева, таких как «Солнце бродит по небу»

(Кудрат брат), «Луна заграждается облаком» (Кувватжон), в рассказе «Писатель» (Домла) Эр

-

кин Аъзама дух у творца то живые, то депрессивный, то болезненные (горькие), то радостные

(сладкие) настроения, и их критические взгляды на социальную среду и условия.

B

KIRISH

I

jodkor shaxsini o‘rganishga intilish hamisha adabiy tanqidchilikdagi asosiy vazifalardan

biri bo‘lib kelgan. Chunki ijodkor ruhiyati, dunyoqarashi, saviyasi, didi masalalari o‘sha

davr muhiti, jamiyatdagi insonlar ma’naviyatining ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois

biz ijodkorlarni doimo kuzatish, tahlil qilish, sintezlash va ma’lum xulosa chiqarishga intilishda,

ilhom og‘ushida, ma’naviy va jismoniy bezovtalikda ko‘rishga odatlanib qolganmiz. Ularning

nafaqat asarlari, balki iste’dodi, ijodiy kamoloti, dunyoqarashi, ideali, madaniy saviyasi, turmush

tarzi, shaxsiy fazilatlari mudom kitobxonni qiziqtirib keladi. Shuning uchun ham ijod tabiati, ijod

psixologiyasi, ijodiy jarayon, ijodkor shaxsi kabi masalalarni tahlil qilish dolzarb muammolardan

biri bo‘lib kelmoqda. Asosan, 1960-yillardan boshlab ijod psixologiyasi, ijodiy jarayon, ijodkor

shaxsini o‘rganish birmuncha tezlashdi.

So‘z qudrati, ijod qudrati yozilayotgan asar bilan cheklanmaydi. Ijodkor o‘z hayotining yorug‘

tomonlari bilan bir qatorda fojiasini ham o‘z asarlariga singdiradi. O‘z ruhiy olamini, xarakterini, holatini,

boringki, jismini, qahramonlari olami bilan uyg‘unlashtirib yuboradi. To‘g‘ri, bu jarayon yozuvchi asarlariga

birdan, butunligicha singdirilmaydi, balki kichik detallar shaklida namoyon bo‘lib boraveradi. Shu tarzda

yozuvchining ijodiy biografiyasi mukammal shaklga kiradi.

Kalit so‘zlar:

Biografik metod, ijod psixologiyasi, ijodkor, hikoya, obraz, xarakter.

Key words:

Biographical method, creative psychology, creator, story, image, character.

Ключевые слова:

Биографический метод, творческая психология, творец, рассказ,

образ, персонаж.


background image

49

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

METOD

B

adiiy ijod mohiyatini, ijodkor psixologiyasini, badiiy asar ildizlarini ochishda biografik

metod muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotshunoslikda biografik metod yozuvchi ijodini uning hayotiy tajribalari

sifatida o‘rganish usulidir. Bu usulga ko‘ra, yozuvchining asarlari bilan birga, uning ichki

dunyosi, xarakteri, odatlari, kayfiyati, yashash tarzi, ruhiy holati, yashagan muhiti, shaxsiy

qiziqishlari, ijodiy olami, ijodidagi g‘oyaviylik va badiiylik kabi jihatlar yaxlit o‘rganiladi.

Biografik metod yozuvchi va badiiy asar juftligiga asoslanadi.

Biografik metodning nazariy shakllanishi va o‘rganilishi ko‘proq ijodkor tarjimayi

holi bilan bog‘liq jarayon. Shu sababdan ham mazkur metod talab etgan asoslar – yozuvchi

tarjimayi holini, uning ijodini shaxsiy kechinmalari sifatida yaratish maqsadga muvofiq.

Badiiy asarda ijodkorning shaxsiy hayoti, kechinmalari, xarakteri aks etar ekan, albatta,

bunda asarga biografik materiali ham singib ketadi. Bu esa badiiy asarning hayotiyligini,

ishonarligini ta’minlaydi.

Ijodkor va ijodiy biografiyaning uzviy bog‘liqligi biografik metod asosida

yozuvchilarning qissa va hikoyalari misolida tahlil qilindi.

NATIJA

S

hukur Xolmirzayev asarlaridagi ijodkor obrazlari singari yolg‘izlikka ko‘miladi. Ijodkor

faqat qalbi va yuragi bilan sirlashadi. Yozuvchi tashqi olam (borliq, tabiat) va undagi

voqealar orqali o‘zligini topishga, anglashga harakat qiladi. Shukur Xolmirzayevning uslubida

tasvirlanayotgan voqealarning tabiati va shashtiga qarab xolislik, shafqatsizlik, qattiqqo‘llik

sezilib turadi. Ba’zan oddiy va jo‘n talqinidan ham katta hayotiy falsafa va hikmat unadi. Abdulla

Qodiriy bu haqda shunday yozadi: “Yozuvchining o‘zidan qo‘shishi adabiy asarda katta rol

o‘ynaydi. Lekin men turmushda ko‘rmagan, bilmagan narsam haqida hech narsa yozmayman.

Har bir asarimning yozilishiga turmushda uchragan biror voqea sababchi bo‘ladi” [2]. Shu kabi

qalbdan tilga ko‘chgan fikrlar juda ko‘p. Barchasi zamirida odamning “yozmasdan turolmaslik”

holati, bezovta qalbning yashash tarzi u yoki bu yo‘sinda izhor etiladi.

MUNOZARA

D

arhaqiqat, Shukur Xolmirzayev “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi”, “Bulut to‘sgan

oy” hikoyalarining bosh qahramonlarini ijodkor sifatida tanladi. Zotan, adib boshqa

kasb kishisini qahramon qilib olishi mumkin emas edi. Chunki hikoya badiiy to‘qimaga unchalik

muhtoj emas edi. Bu ikki hikoya avtobiografik hikoya desak yanglishmagan bo‘lamiz. Chunki bu

hikoyalar Shukur Xolmirzayev hayotidagi kichik lavhalar, hayotga munosabati, balki hayotidagi

iqrornomalaridir. Shu tariqa hikoyaga muallifning “qiyofasiz qiyofasi” ijodkor obrazi orqali kirib

keldi.

“Bulut to‘sgan oy” hikoyasi asosida katta hayot fojiasiga giriftor bo‘lgan, uning qutulib

bo‘lmas o‘pqoniga tushgan inson qismati yotadi. Asarda yozuvchi qahramonlar ichki dunyosiga

bevosita kirib boradi. Bunda yozuvchiga asardagi ijodkor Quvvatjon obrazi qo‘l keladi. Hikoyada

Quvvatjonning portreti shunday tasvirlanadi: “Men plashning yoqasini ko‘tarib, shlyapa

gardishini pasaytirib, restoranga qarab chopdim”. Mana bu o‘rinda biz Shukur Xolmirzayevga xos

bo‘lgan biografik detallar “shlyapa, plash” kabilarni bevosita asarga ko‘chganligini ko‘rishimiz

mumkin. Shukur Xolmirzayev hikoyadagi Quvvatjon obraziga barcha biografik ma’lumotlarni

singdiradi. Buni tasdig‘i sifatida Quvvatjonning ijodkor ekanligi, tabiatan og‘ir, bosiq, har bir

gapini o‘ylab gapiradigan, vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘radigan kabi xarakterlarga ega ekanligi,

oilasidan yiroqda yolg‘iz yashashi, “Yozuvchilarning ijod va istirohat bog‘i”ning 3-qavatida

o‘ngda 37-xonada turgani; bu dalillarning barchasi Shukur Xolmirzayev shaxsiy hayotidagi

ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z asarlariga ko‘chganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa o‘z-

o‘zidan kitobxonni voqea bo‘lib o‘tganligiga ishontiradi.

“Quyosh-ku falakda kezib yuribdi” hikoyasidagi Qudrat aka obrazida ham yozuvchining


background image

Alfraganus Universiteti

50

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

qiyofasi ro‘y-rost tasvirlanadi. 1991 - yilda istiqlolga erish

ganimizdan so‘ng Shukur Xolmirzayev

butun umr ishonib kelgan e’tiqodi aslida – bu sarob ekanligini bilgach, yozuvchi bir muddat

hamma insonlar qatori sarosimada, arosatda, hayotdagi o‘z maqsadini yo‘qotib qo‘yadi va

nashriyotdagi ishdan ta’tilga chiqib o‘z yurti Surxondaryoga ketadi. Xotini va qizini Toshkentga

qaytarib yuboradi. Mana shu hayotiy voqealar “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi” hikoyasida

aks ettiriladi. Shukur Xolmirzayevning hayot haqidagi o‘y-kechinmalari bir muddat ikkilanishlar

ichida qoladi. Hikoyadagi ijodkor obrazi Qudrat aka tilidan o‘z kechinmalarini shunday yozadi:

“Men hayotni yaxshi ko‘rardim. Vassalom! Boricha: butun tovlanishlari, hatto fojialari bilan...

Ana shu hayotdan ko‘ngil sovudi-da birodar! U bilan birga mening ham nimalarimdir barbod

bo‘lganiga aminman: men inongan qadriyatlar puchga chiqdi... Go‘yoki bugungi kungacha

behuda yashagan ekanman... Bilaman: inson nimagadir intilib yashaydi, aks holda o‘ladi.

Chamasi, mening Toshkentda ishdan bo‘shab, tug‘ilgan yurtga uloqib kelishim ham ana shu

nimagadir intilish, hechqursa, yashab qolish, balki yashashdan ma’no topish maqsadida edi” [3].

Ma’lumki, jamiyat hayotida ro‘y bergan har qanday o‘zgarishlar bevosita inson

ruhiyatiga ta’sir o‘tkazadi. Bu o‘zgarishlarning, ayniqsa, ijodkor shaxsiga ta’siri haqida Shukur

Xolmirzayevning fikri quyidagicha: “Hayotdagi anchayin o‘zgarishni ham hazm va qabul qilish

oson kechmaydi: ko‘nikmalar, qanoatlar bu yo‘lda to‘siq hisoblanadiki, avvalom bor, ana o‘shalarni

“yengish”ga to‘g‘ri keladi. Endi tasavvur eting: hayotning o‘zi tubdan o‘zgarib, o‘zga bir izga

tushsa, uni hazm va qabul qilish – ayniqsa, ijodkor uchun juda mushkul bo‘ladi”. Voqelikdagi

keskin o‘zgarishlarga munosabatda ijodkor shaxs o‘zligi namoyon bo‘ladi. U yaratgan asarlarda

jamiyatdagi o‘zgarishlarga nisbatan qarashlari namoyon bo‘ladi

Darhaqiqat, Shukur Xolmirzayev asarlaridagi ijodkor obrazlari singari yolg‘izlikka

ko‘miladi. Ijodkor faqat qalbi va yuragi bilan sirlashadi. Yozuvchi tashqi olam (borliq, tabiat) va

undagi voqealar orqali o‘zligini topishga, anglashga harakat qiladi. Shukur Xolmirzayevning

uslubida tasvirlanayotgan voqealarning tabiati va shashtiga qarab xolislik, shafqatsizlik,

qattiqqo‘llik sezilib turadi, ba’zan oddiy va jo‘n talqinida ham katta hayotiy falsafa va hikmat

unadi.

Ko‘rinadiki, Shukur Xolmirzayev ijodining istiqlol davriga xos xususiyati uning voqelikni

murakkab tomonlariga e’tiborni kuchaytirganida ko‘rinadi. Adib o‘zbek hikoyachiligida o‘z

maktabini yaratgan ijodkordir.

Erkin A’zam bugungi odamning hayoti va undagi muammolarni o‘ziga xos yo‘sinda

tasvirlaydi. Adibning yillar davomida sayqal topgan ijodiy uslubi hayotiy reallik asosida

shakllangan. Uning buyuk ijodkorlardan tortib, kichik doiradagi qahramonlari o‘ta jonli

tasvirlanadi. Shuningdek, hikoyalarida odamlar ruhiyatini erinmasdan, barcha mayda qirralariga

qadar sinchiklab talqin qiladi. Inson xarakteridagi xislatlarni mantiqiy izchillik bilan aks ettirishga

harakat qiladi. Yozuvchi uchun hayotdagi voqealarning o‘zi qiziqarli emas, uning asarlaridagi

bosh tayanch nuqta – inson va uning ko‘ngli. Inson ko‘nglidagi dardu quvonchni voqealar tasviri

vositasida amalga oshiradi. Adib insonni shunchaki bir voqeaning ichiga “solib” emas, inson

ko‘nglidagi haqiqatlarni dinamik tarzda ifodalash asar qimmatini oshirishini yaxshi biladi.

Adib “Yozuvchi” hikoyasi bilan adabiyotga yangi zamon odamlarini, muhit ta’sirida

ma’naviyatini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan kishilar taqdirini olib kirdi. Bunda Erkin A’zam

qahramonlar tabiiyligiga alohida e’tibor qaratadi va uni ham botinan, ham zohiran mukammal

ishlanishiga intiladi. Yozuvchi ijodi davomida “Yozganimni bilaman, bilganimni yozaman”

degan aqidaga amal qiladi. Asarlaridagi qahramonlarning prototipi hayotda yashab o‘tgan yoki

yashamoqda.

Erkin A’zamning “Yozuvchi” hikoyasida “Yozuvchi” – domla obrazi turmushning

zug‘umlarini chuqur his qilgan, ammo uni yengolmay umr o‘tkazayotgan inson. Yozuvchi

barcha asl ijodkorlar kabi tabiatdan, odamlardan ruhiy quvvat olib, o‘zini bezovta qilayotgan

insoniy dardlarni yozgisi keladi. Lekin bu obrazning tabiatidan kelib chiqqan holda uning hayot

yo‘li tamomila boshqacha izga tushib ketadi. Dardman ayolining yorug‘ kun ko‘rmay erta vafot

etishi, yolg‘iz o‘g‘il va nevaralari bilan katalakdek uyda hayot kechirishga majburlik, bir umr hech

kimning e’tiborini qozonmay yashash yozuvchini boshqa yo‘lga soladi. Hikoyadagi ijodkor: “Xah,

yozaman degan qo‘llaring sinsin! Xah yozuvchilikni havas qilmay padaringga lan’at! Qaniydi,

... bir eminlik sharoiti bo‘lsayu mardikorchilikning basharasiga besh marta tupurib, o‘tirib olib

o‘zingiz istagan narsani yozsangiz! Qaniydi! Lan’at! Ming lan’at!” [4]. Bu tasvirda ijtimoiy sharoit

yaxshi emasligidan qiynalib, ilojsizlikdan adabiy mardikorchilik qilishga majbur bo‘lgan ijodkor

kishining izzattalab ruhiyati yaqqol ko‘rinib turadi. Adib birgina hayotiy muammoga tayanib,

bu ijodkor obrazini yaratdi. Bu qahramonning yaratilishi haqida Erkin A’zam shunday yozadi:

“Yozuvchining (hikoya qahramoni ko‘zda tutilyapti – Sh.M.) prototipi bitta emas, ko‘p. Kimni

ko‘rsam: “Falonchini yozgan bo‘lsangiz kerak-a?”- deydi. Men bundan xursandman. Demak,


background image

51

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

qandaydir bir mo‘ljalga tegibman-da, bir dardni kavlavoribman-da. Yaxshi. Rais obrazini ko‘rib,

ko‘p odam: “Falonchini yozgansiz!” – dedi. Qaydam, uni men topmadim, deb aytolmayman.

Hayot taassurotlari o‘zi meni shunga boshlab borgandir” [5].

“Yozuvchi” hikoyasida adabiyotning rivojiga o‘zicha “xizmat qilayotgan” domla obrazi

Erkin A’zam tomonidan tanqid qilinmaydi. Hatto bu yozuvchining uslubiga doimo xos bo‘lib

kelgan kinoyadan ham foydalanilmaydi.

Erkin A’zamning istiqlol yillaridagi hikoyalarida tasvirlangan qahramonlarda atayinlik,

yolg‘on, sun’iylik yo‘q. Ya’ni adib hayotning qaynoq nuqtalari tasviriga tayanib haqqoniy

adabiy obrazlar yaratishga intiladi. Yozuvchining adabiy qahramon yaratish mahorati haqida

Qozoqboy Yo‘ldoshev: “Erkin A’zamning mahorati shundaki, u tashqaridan qaraganda hammasi

ham qiyofasiz bo‘lgan qahramonlarning har biriga xos jihatlarni g‘oyat ustalik bilan aks ettira

olgan. Mana shu jihat ularning qiyofasiz qiyofasini ko‘rsatishga xizmat qilgan”, – deb yozadi[6].

Adibning aksariyat hikoyalarida “qiyofasizlarning qiyofasi” esda qoladigan qilib tasvirlanganini

ko‘rish mumkin.

Erkin A’zam hayotning og‘ir, balki yechimi yo‘q muammolari silsilasi tasviri fonida

personajlar xarakterini ochib berishga urinadi. Yozuvchining uslubini adabiy qahramon yaratish

yo‘siniga qarab ham aniqlash mumkin. Erkin A’zamning istiqlol yillaridagi hikoyalarida

tasvirlangan qahramonlarda atayinlik, yolg‘on, sun’iylik yo‘q. Ya’ni adib hayotning qaynoq

nuqtalari tasviriga tayanib haqqoniy adabiy obrazlar yaratishga intiladi.

Uning “Yozuvchi” hikoyasi qahramoni portretidagi ba’zi o‘rinlardagi chizgilarda o‘zbekning

mashhur hikoyanavisi Shukur Xolmirzaev shaxsini o‘quvchi ko‘z o‘ngida namoyon etganday

bo‘ladi. Yozuvchi ijodi davomida “Yozganimni bilaman, bilganimni yozaman” degan aqidaga

amal qiladi. Asarlaridagi qahramonlarning prototipi hayotda yashab o‘tgan yoki yashamoqda.

XULOSA

S

hukur Xolmirzayev va Erkin A’zam o‘z asarlarida ijodkor obrazini ichki olami

evrilishlari, uning qalb qo‘ridagi eng yuksak tuyg‘ularini, ijodkor dardi, orzusini

gavdalantirganliklariga sabab, ijodkor – olomonning ma’naviy vakili, yuksak ongga ega, oddiy

odamdan bir qadam oldinni ko‘ra oladigan, idealistik qarashlarga mos keluvchi shaxs hisoblanadi.

Mana shu insoniyat vakili istiqlol davrida yangicha bir tavsif va tasvir asosida jonlandi.

Umuman olganda, mazkur yozuvchilar ijodi istiqlol davri nasrinig eng yetakchi

xususiyatlarini o‘zida namoyon qildi. Ular, eng muhimi, insonning insonlik mohiyatiga, jamiyat

va shaxs munosabatlariga e’tiborni kuchaytirdilar va yana xalqqa yaqinlikka, uning ichki

dardlariga sheriklikka intildilar.

1. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. –Toshkent: Akademnashr, 2018. – 480 b.

2. Qodiriy A. Ijod mashaqqati. – T.: O‘qituvchi, 1995. – B. 5.

3. Xolmirzaev Sh. Saylanma. 2 jild. Quyosh-ku falakda kezib yuribdi. – T.: Sharq. – B. 226

4. A’zam E. Yozuvchi // Jannat o‘zi qaydadir: Hikoyalar, kinoqissalar, dramatik asar va publitsistik

miniatyuralar. – Toshkent: Sharq, 2007. – B. 12.

5. A’zam E. Tuzu-tuzuk bo‘lgani tuzuk (P. Kenjaeva bilan suhbat) // Sharq yulduzi. – Toshkent,

2007. №4. – B. 134.

6. Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. – B 121.

7. The King of Uzbek Prose (O‘zbek nasrining qiroli). Buyuk Britaniya. “International Journal of

Psychosocial Rehabilitation”, Vol. 24, Issue 05, 2020, page 1851-1862.

8. Ananev B.G. Chelovek kak predmet soznaniya. – SPb. Piter, 2001.

9. Ilin I.P. Implitsitnыy avtor Tekst / I.P. Ilin // Zapadnoe literaturovedenie XX veka: Ensiklopediya

/ Gl. red. Ye.A. Surganova. – M.: Intrada, 2004.

10. Ilin Ye.P.. Psixologiya tvorchestva, kreativnosti, odarennosti. – Piter: SPb, 2009.

11. Qo‘chqorova M. Badiiy so‘z va ruhiyat manzaralari. – T.: Muharrir, 2011.

12. Yo‘ldoshev Q. Hozirgi o‘zbek qissachiligining taraqqiyot tamoyillari // Sohibqiron yulduzi. –

2010. № 2.

13. Losa M.V. Yosh romannavisga xat // Sharq yulduzi. – 2012. № 4

14. Vendler H. Psichologiye der kreativitat // Praxis Gemeindapadogogik. 2021. №2. https: //www.

researchgate. net. Publication.;

Adabiyotlar:

Библиографические ссылки

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. –Toshkent: Akademnashr, 2018. – 480 b.

Qodiriy A. Ijod mashaqqati. – T.: O‘qituvchi, 1995. – B. 5.

Xolmirzaev Sh. Saylanma. 2 jild. Quyosh-ku falakda kezib yuribdi. – T.: Sharq. – B. 226

A’zam E. Yozuvchi // Jannat o‘zi qaydadir: Hikoyalar, kinoqissalar, dramatik asar va publitsistik miniatyuralar. – Toshkent: Sharq, 2007. – B. 12.

A’zam E. Tuzu-tuzuk bo‘lgani tuzuk (P. Kenjaeva bilan suhbat) // Sharq yulduzi. – Toshkent, 2007. №4. – B. 134.

Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. – B 121.

The King of Uzbek Prose (O‘zbek nasrining qiroli). Buyuk Britaniya. “International Journal of Psychosocial Rehabilitation”, Vol. 24, Issue 05, 2020, page 1851-1862.. Ananev B.G. Chelovek kak predmet soznaniya. – SPb. Piter, 2001.

Ilin I.P. Implitsitnыy avtor Tekst / I.P. Ilin // Zapadnoe literaturovedenie XX veka: Ensiklopediya / Gl. red. Ye.A. Surganova. – M.: Intrada, 2004.

Ilin Ye.P.. Psixologiya tvorchestva, kreativnosti, odarennosti. – Piter: SPb, 2009.

Qo‘chqorova M. Badiiy so‘z va ruhiyat manzaralari. – T.: Muharrir, 2011.

Yo‘ldoshev Q. Hozirgi o‘zbek qissachiligining taraqqiyot tamoyillari // Sohibqiron yulduzi. – 2010. № 2.

Losa M.V. Yosh romannavisga xat // Sharq yulduzi. – 2012. № 4

Vendler H. Psichologiye der kreativitat // Praxis Gemeindapadogogik. 2021. №2. https: //www. researchgate. net. Publication.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов