49
ERKIN V
OHIDOV
SHE’RIYATIDA MILLIY
RUHIYAT TASVIRI
Nurboy JABBOROV, filologiya
fanlari doktori, professor
Annotatsiya.
Maqolada Erkin Vohidov she'riyatida milliy ruh
tasviri masalasi tahlilga tortilgan. Shoir lirikasida milliy ruh tasviri
oy,
yulduz, fonus, dastro ‘mol
singari badiiy obraz va timsollar,
ona tiliga
muhabbat, ona yurt vasfi,
o‘zbekka xos
yomonga ham yaxshilik qila
olish
singari milliy qadriyatlar talqini, Shuningdek, fikrning badiiy
ifodasi misolida tadqiq qilingan.
Kalit so„zlar.
She'riyat, milliy ruh, badiiy obraz, timsol, milliy
qadriyat, poetik shakl, badiiy ifoda.
Mohiyatan umuminsoniyatga daxldor bo‘lsa-da, adabiyot milliy
shaklda namoyon bo‘ladi. O‘zida millatning ruhini ifodalaydi. Bu
xususiyatlar she'riyatda, ayniqsa, yaqqolroq bo‘y ko‘rsatadi. Zamonlar
almashinadi, tafakkur, taxayyul evriladi, she'riyatda surat - shakl
o‘zgarib, yangilanib boradi. Biroq har qanday holda adabiyotning,
she'riyatning darajasi ikki mezon - milliy ruh va mahoratga ko‘ra
belgilanadi. Bugungi she'riyatimiz milliy ruhni saqlab qola bilgani
hamda badiiy tasvir va uslub rang-barangligida katta miqyoslarga
ko‘tarila olgani jihatidan jahondagi eng rivojlangan xalqlar poeziyasi
bilan ham bo‘ylasha oladi. O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin
Vohidov nazmiy merosi bu jihatdan, ayniqsa, alohida ahamiyatga ega.
Shoir “O‘zbegim” qasidasini yozish orqali o‘ta murakkab va
ziddiyatli bir zamonda beqiyos jasorat ko‘rsatdi, o‘zi mansub xalqning
barhayot badiiy siymosini yaratdi. “Yoshlik devoni” bilan zamonamizga
unutila boshlagan mumtoz aruzni olib kirdi, aruzga yangi ruh
bag‘ishladi. “Donishqishloq latifalari” timsolida engil yumor vositasida
millatga oyna tutdi. Bu oynada taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan illatlarni
ro‘y-rost ko‘rsatdi. Komfirqa g‘oyalarining jarchisiga aylangan
she'riyatga milliy ruhni olib kirish yo‘lida munosib xizmat qildi.
Bizningcha, Erkin Vohidov she’riyatida milliy ruh quyidagi poetik
shakllarda ifodalangani kuzatiladi:
Birinchidan,
badiiy obraz va timsollarda. She’riyatning, hatto
50
umuman adabiyotning asosiy sharti bo‘lgan badiiy obraz yoki timsol
chinakam milliy shaklda namoyon bo‘lsagina o‘quvchi qalbiga tezroq
etib boradi. Shundagina uning ta’siri umrbod unutilmasligi mumkin.
Ijodining ilk davridayoq Erkin Vohidovning zohiran maishiy turmush
ashyosi sanalgan piyola va choynak timsollari orqali manmanlik va
kamtarlik haqida chiqargan ohorli va ta’sirchan xulosasi buning yaqqol
dalilidir. Bor-yo‘g‘i sakkiz misradan iborat bu She’r o‘zbekka xos
obrazli tafakkurning yorqin namunasi ekani uchun ham yuraklardan
chuqur joy egalladi. Shu bois uni yod bilmagan odam kam.
Yoki mana bu satrlarga e‘tibor bering:
Oyfonusin ko‘tardi osmon,
Yulduzchalar bo ‘Idi parvona.
Oyni qorong‘i tunda yongan fonusga va yulduzlarni uning atrofida
aylangan parvonalarga qiyoslash - milliy ruhga yo‘g‘rilgan bu ohorli
tashbeh Erkin Vohidovgacha boshqa biror shoir asarlarida uchramagani
bilan ham qimmatlidir. Shoir ijodidan bunday misollarni ko‘plab
keltirish mumkin.
—Uchi tuguk dastro‘mol” - sarlavhaga olib chiqilgan bu poetik
ramz o‘zbek xarakteri, o‘zbek ruhiyatini ta’sirchan va yorqin ifodalagani
bilan alohida ajralib turadi. Muhimi, shoir bu kichik poetik ramz
vositasida yirik badiiy umumlashmalar chiqaradi. Uningcha, g‘unchalar
- olamga sep yozgan bahorning bayramga yasanishni unutmaslik uchun
ro‘molchasiga solgan tuguni. Inson miyasi - o‘n to‘rt milliard uchi tugik
dastro‘mol. Odamzod ko‘kragidagi betinch qalb - bamisoli umr
mohiyatini eslatib turuvchi ro‘molcha tuguni.
Taqdir derlar, bilmam, nedir taqdiring, Balki oltmish, balki
yuzga kirgan chol... Boshing uzra unsiz yig‘lar kampiring,
Bir qo‘lida uchi tugik dastro‘mol.
Ya’ni muqaddas kalomda aytilganidek: “Har bir tirik jon o‘lim
sharbatini totib ko‘rguvchidir”. Hayot intihosida ham dastro‘mol uchi
tugik holda qoladi. Negaki, inson o‘zi o‘ylagan, orzu qilgan barcha
ishini ham amalga oshirib ulgurmaydi. Hayoti asta-sekin so‘nar ekan,
inson yuragi hisob so‘raydi: —
Bo‘lganmi hech ixtiyoring o‘zingda,
Biror soat yashadingmi betugun?
”
Shoir chiqargan badiiy xulosa o‘quvchini inson hayotining asl
51
mohiyati haqida chuqurroq mushohada yuritishga undaydi:
O‘yla, do ‘stim, kelmay turib o‘sha dam, Isrof qilma yosh
yurakning kuchini.
Mana bu gap hech chiqmasin yodingdan, Tugib qo‘ygin
ro‘molchaning uchini.
Erkin Vohidov ko‘p mamlakatlarda xizmat safarlarida bo‘lgan.
Qaerga bormasin, shoir qalbini Vatan va millat muhabbati, bir nafas
bo‘lsin, tark etmagani rost. —Ararat cho‘qqisiga” she’rida moviy
samoga tutashgan, tong eng avval otib, quyosh eng keyin tark etadigan
bu zamin haqida yozar ekan, dengizdan naridagi - oq dalalari harir
ko‘ylak kiygan, Amu, Sir atalgan daryolari bor o‘z ona diyori, sevikli
yori haqida o‘y suradi. Arman qizi Azganushni vasf etar ekan, tog‘lar
ortidagi ona yurtini bir lahza bo‘lsin unutmaydi. Bokuda Fuzuliy haykali
qoshida turar ekan, she’rsevar xalqini yod etadi. Kanada safarida yurar
ekan, soat milini hamma sursa ham, shoir o‘zgartirmaydi: —
Er
sharining ters tomonida
ham
Toshkent vaqti bilan yashaydi
”. Bular
hammasi millat ruhi, o‘zi mansub ona xalqi yodi shoir bilan bir umr
hamnafas, hamqadam bo‘lganini ko‘rsatadi.
Ikkinchidan,
milliy qadriyatlar talqini. She‘riyatda milliy ruh
ifodasining eng muhim shartlaridan. Millat mavjudligi va milliy ruh
asosi bo‘lgan ona tiliga muhabbat g‘oyasi Erkin Vohidov She’riyatida
o‘ziga xos yuksak o‘rin tutadi. Zamondoshi Abdulla Oripov —Ona
tilimga” (1965) She’rida badiiy niyatini bulbul va to‘ti obrazlari orqali
ifodalagan bo‘lsa, Erkin Vohidov —Ona tilim o‘lmaydi” (1976)
She’rida sho‘rolarning milliy tillar yo‘qolib, faqat bir til qolishi haqidagi
safsatasiga javoban Navoiy, Pushkin, Dante, Shiller, Bayron, Firdavsiy,
Balzak, Tagor, Xayyom, Beranje, Lorka va Fuzuliy kabi buyuk
mutafakkirlar tilidan mana bunday badiiy hukm chiqaradi:
Bu sado yangrar hamon, Sira ado bo ‘Imaydi.
Olam aytar: Hech qachon Ona tilim o ‘ImaydV.
Shoir ona tili va millat qismatini biri-biridan ayri tasavvur eta
olmaydi. Uning bu mavzuga takror-takror murojaat etgani sababi
Shunda. Аmеrikalik olima Ilza Sirtautasga, ukrain shoiri Ivan Drachga
bag‘ishlangan she’rlarida ham ayni ruh ustuvor. Matbuot nashrlaridagi
52
suhbatlaridan birida ijodkor bu haqdagi o‘ylarini mana bunday talqin
etadi: “Keyingi she’rlarimda ona tilimiz to‘g‘risida yozganlarim
Marokash safarida tug‘ildi, desam ko‘plar ajablanishi mumkin.
Munosabat haqiqatan ham uzoq. Lekin gap shundaki, Marokashdagi
Arab tili markazini ko‘rib, u erlik olimlar arab tilini chuqur o‘rganish,
uni yangi atamalar bilan butun dunyoda targ‘ib qilish borasida shunday
ishlar qilishmoqdaki, ochig‘ini aytganda, o‘zbek tishunoslaridan xafa
bo‘lib ketasan kishi. Bu markazda vaqt-vaqti bilan barcha arab
mamlakatlaridan tishunos olimlar yig‘ilib, dunyo tillarida yangi paydo
bo‘lgan atamalarni arab tilida qanday ifoda qilish ustida, umuman turli
tillar bilan arab tilining o‘zaro aloqalari xususida ilmiy kengash
o‘tkazadilar. Ijtimoiy terminlarga ham, ilmiy-texnik terminlarga ham
ekvivalent topadilar. Bizning tishunoslik markazimiz nima bilan
shug‘ullanadi, Xudoning o‘zi biladi... “Tilga e’tibor - elga e’tibor”
deymiz-u hech birimiz tilimiz imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanishni
o‘ylamaymiz...”.
Ulug‘ shoirning bu so‘zlari o‘sha davrda qanchalik dolzarb
bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ham shunchalik qimmatlidir. Negaki,
dunyo tillaridan zamonaviy texnika-texnologiya taraqqiyoti natijasida
kirib
kelayotgan
atamalarni
ona
tilimizning
asl
tabiatiga
muvofiqlashtirib qabul qilish borasidagi muammolar bizda hanuz kun
tartibida turibdi. Erkin Vohidov hayotiy zarurat taqozosi bo‘lgan ushbu
muammoni ko‘tarish bilangina cheklanmadi. O‘z ijodida ona tilimizning
butun jozibasini, beqiyos ifoda imkoniyatini bor bo‘y-basti bilan
ko‘rsata oldi.
Ona tilining taqdiri uchun kuyingan shoir bu boradagi armonlari
va iztiroblarini ukrain shoiriga bag‘ishlangan she’rida quyidagicha
badiiy talqin etadi:
Ona tiling uchun g‘am chekib dilda Nola qilsang, ko ‘кка
uchar faryodim. Etmish ettipushtim so ‘zlagan tilda So
‘zlarmikin yana etti avlodim.
Tabiiyki, shoir yuragini o‘rtagan bu armon o‘tmish zamonga oid.
To‘g‘ri, bugun ona tilimiz ravnaqi uchun barcha imkoniyat bor. Biroq
bu imkoniyatlardan qay darajada foydalanilayotir - shoirni ana shu
muammo o‘ylantiradi. Uning “So‘z latofati” kitobi - ona tiliga bo‘lgan
53
muhabbatning beqiyos namunasi. Bu kitobida ijodkor tilimiz haqida
millat ruhiyatiga yot, tushuniksiz ajnabiy terminlar, o‘lik so‘z va iboralar
orqali emas, chinakam milliy ruh, milliy atama va tushunchalar asosida
fikr yuritish, ilmiy-ijodiy o‘ylarni yurakni titratadigan tarzda o‘zbekcha
ifoda etish mumkin ekanini amalda namoyon etdi. Ona tilimizdan
olingan aniq misollar tahlili asosida nechog‘lik qadimiy tarixiy
ildizlarga, boy ifoda imkoniyatiga ega til egalari ekanimizni yana bir
karra ko‘ngillarga muhrladi. Milliy tilning jonli vujud ekanidan, unga
zaxa etkazish og‘ir gunoh bo‘lishidan barchamizni yana bir marta ogoh
etdi.
Shoirning ona yurt vasfiga bag‘ishlangan she’rlari ham milliy ruh
bilan sug‘orilgan. Ijodkor shunday bir Vatan qurmoqni istaydiki, unda
inson ozod qush kabi erkin bo‘lsin. Bu Vatanning bayrog‘i - insof, tug‘i
- sarhad, muhri - mehr bo‘lmog‘ini orzu qiladi shoir. Shoirning mana bu
misralarida esa, o‘zbekka xos chinakam samimiyat, rostakam milliy ruh
mujassam:
Kim bu tuproq qadrin istar
Aylamoq tuproqqa teng, Ko‘ziga tuproq bilan
Urmoqni istaydir ko ‘ngil.
lymon - o‘zbek uchun eng muqaddas tuyg‘u. Shuning uchun ham
shoir Vatanning ma‘rifat ummonidagi elkanlarini qiblai iymon sari
burmoqni istaydi. Zero, ijodkor nazdida, sho‘rolar va’da qilgan yolg‘on
saodat, yolg‘on erk, yolg‘on vatandan xalos bo‘lish, chin hurriyat
zavqini surishning asosiy sharti ham shu.
Yaxshiga yaxshilik istash oson. Biroq yomonga yaxshilik
sog‘inish dushvor. O‘ziga yomonlik qilganlarga nisbatan ham
bag‘rikeng, kechirimli bo‘lish, hatto g‘animiga ham Yaratgandan
yaxshilik tilash o‘zbekning asl tabiatida bor. Erkin Vohidovning
“Kechir, yo Rab” radifli g‘azali ana shu fazilat betakror badiiy talqin
etilgani bilan qimmatlidir.
Menga tosh otdi bir johil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men, U quldir,
bandai g ‘ofil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men.
Jahondafitnalar bordir,
Adolat gohi nochordir,
54
Adolat qil, o‘zing odil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men.
Shoir lirik qahramoni tubanlikka tubanlik bilan javob qaytarishni
o‘ziga ep ko‘rmaydi. Voqelikka insoniy kamolot cho‘qqisidan turib
baho beradi. Qabihlik bois yomon holga tushgan, xato o‘qqa nishon
bo‘lgan esa-da, ag‘yorini kechiradi. Hatto u siniq odamning siniq
iymoniga motam tutadi. Haq taolodan uning diliga e‘tiqodni jo aylashni
so‘rab iltijo qiladi, g‘animining qiyomatda xijolatli holga tushishidan
panoh so‘raydi. Asli nokomil bo‘lgan odamzod yanglishmoqqa moyil
ekanini aytib, toshotarning afv etilishini tilaydi. O‘zbekning fitratini,
o‘zbekning ruhiyatini bunchalik teran ifodalash hamma ijodkorga ham
nasib etavermasligi ayon. Samimiyat va badiiyatning bu darajada
uyg‘unlashuvi nazmiy ijoddagi noyob hodisa.
Uchinchidan,
Erkin Vohidov she‘rlarida milliy ruh fikrning badiiy
ifodasida ham o‘ziga xos ko‘rinishlarda namoyon bo‘lgani kuzatiladi.
Quyidagi qit‘a bu jihatdan alohida ahamiyatga ega:
Istasang toza ko‘ngilga qo‘nmasin zarra g‘ubor, Pok so ‘zu
pok ish va pok dil, pok xayol bo ‘Imoq kerak.
Xalqimizning bir necha ming yillik maqol va matallaridan, hazrat
Alisher Navoiy “Xamsa”sidan bizga ma’lumki, insonning nainki
“ko‘ngli poku ham ko‘zi pok”, balki “tili poku so‘zi poku o‘zi pok”
bo‘lishi uning fazilati ulug‘ ekanidan dalolat beradi. Erkin Vohidov ana
shu haqiqatni bugungi zamon o‘quvchisiga mos tarzda, o‘ziga xos talqin
etadi.
Ko‘ngilni gunohlar zangidan qanday tozalash mumkin? - Ishq
orqali! Odamzod vujudiga sihat bag‘ishlaydigan kuch nima? - Ishq
zavqu dardi! Mumtoz she’riyatimizga xos an’anani munosib davom
ettira olgan Erkin Vohidov buyuk salaflari kabi bu savolga ayni javobni
beradi. Biroq fikrning badiiy ifodasi o‘zgacha, poetik talqin ohorli:
Jismu jonimga desang begona bo ‘Isin xastalik, Ishq zavqu
dardi birlan xastahol bo ‘Imoq kerak.
Shoirning mahorati shundaki, so‘zni o‘zi istagan yo‘riqqa yurgiza
oladi. So‘zlardagi zohiriy shakl uyg‘unligidan san’atkorona istifoda eta
biladi. So‘zlar intizomli askarlar singari ijodkor amriga so‘zsiz
55
bo‘ysunadi. Natijada teran mazmun va go‘zal badiiyat mutanosibligi
ta’minlanadi. Quyidagi satrlarda dori nomi bo‘lgan —karvalol” bilan —
kar va lol” hosil qilgan tajnis muallifning she’rdan ko‘zda tutilgan badiiy
niyatini to‘laqonli ifoda etgan:
Qalbga istarsan shifo gar, bo ‘I yomon so ‘zdan yiroq,
Karvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo ‘Imoq kerak.
So‘z latofatini, so‘z sehrini inja his eta bilmoq - ijodning,
ijodkorlikning asosiy sharti. Fikrni aniq, lo‘nda, obrazli ifodalashni talab
etadigan adabiy tur - she’riyatda bu fazilat o‘n karra, yuz karra zarurroq.
Ohorli so‘z va iboralarni yuksak badiiyatga xizmat qildira bilish, oz
so‘zga ko‘p ma’no yuklay olish, so‘z durlarini marjondek tizib, ma’no
olamini nurlantirib yuborish salohiyati - Erkin Vohidov she’riyati ana
shu xususiyatlariga ko‘ra ham biz uchun qadrlidir. So‘zga ta’rif berar
ekan, shoir mana bunday yozadi:
So'z - zabarjad,
So‘z - gavhar, oltin,
Zargarlikning mashaqqati ko‘p.
So 'nil baytga qadashdan oldin
Kaftingga qo ‘y , to ‘yib qara, o ‘p!
She’riyatda milliy ruh ifodasi haqida gapirganda O‘zbekiston
Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning quyidagi so‘zlari yodga
keladi: “Mayli, buyuklarga intilish bo‘lsin, jahonning, bashariyatning
eng ilg‘or fikrlariga oshnolik bo‘lsin, G‘arb, Evropa, Amerika deysizmi,
mayli Lotin Amerikasi, mayli Oymi, Marsmi.... darajasida fikrlashsin,
lekin o‘zbek fikrlasin, o‘zbekcha fikrlasin! Agar shu “kichkinagina”
shart bajarilsa, qolganiga, albatta erishamiz”.
Haqiqatan, muayyan xalq she’riyatining bo‘y-bastini, o‘ziga
xosligini belgilovchi bosh mezon aynan milliy ruhdir. Erkin Vohidov
milliy ruhning betakror ifodasi bilan adabiyotimiz ravnaqiga beqiyos
hissa qo‘shdi. Shoir nazmiy merosi iste’dodlarning bugungi va kelajak
avlodlari uchun benazir ijodiy maktab o‘laroq bundan keyin ham millat
adabiy-estetik tafakkuri rivojiga xizmat qilishi shubhasizdir.
56
HAYOT HAQIQATI VA BADIIY-FALSAFIY TALQIN
Islomjon YOQUBOV, filologiya
fanlari doktor, professor
O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” (1978-
1979) dostoni
2
epigrafida bengal vatanparvar va gumanist shoiri, taniqli
nosiri Nazrul Islom (1899-1976) ning:
Tug‘ilgansan ozod, mudom Ozod bo‘lib qol!
degan satrlari epigraf qilib keltirilgan. Hali bengal shoirining “Inson”
she’riy to‘plami (1981) milliy tilimizga o‘girilmagan, binobarin Hofiz
asarlari muhibi va o‘tgan asrning 30- yillaridayoq isyonkor shoir sifatida
tanilgan bu inson ijodi bilan E.Vohidov mustaqil ravishda yaqindan
tanishgan, uning kurashchan ruhiga behad ma‘naviy yaqinlik
2
Bo\ngoe Э. Caa.aaHMa. Шeър дунёси. Иккинчи жилд. - Т.: ШАРК НМАК Бoш тахририяти. 2001. - Б. 113-
164.