Традиции Ахмада Яссави в творчестве Юнуса Эмро

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
4
8
Поделиться
Жабборов, Н. (2022). Традиции Ахмада Яссави в творчестве Юнуса Эмро. in Library, 22(2). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/19398
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье на основе сравнительного анализа творчества двух поэтов доказывается, что Юнус Эмро продолжил творческие традиции Ходжи Ахмеда Яссави в тюркской поэзии. Произведения двух великих поэтов сравниваются по трем направлениям: 1) художественная интерпретация мистического содержания; 2) традиция и оригинальность в создании художественного образа; 3) язык и способ выражения художественного произведения. В результате сравнительного анализа сделан вывод, что, во-первых, Юнус Эмро – великий поэт-гностик, во-вторых, он продолжил традиции Хазрата Ходжи Ахмеда Яссави в художественном творчестве, в-третьих, внес большой вклад в подъем литературно-эстетического мышления тюркских народов.

Похожие статьи


background image

18

Adabiy meros. Ilmiy jurnal

2022-yil, 1-son (5)

ADABIY MEROS

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK

NURBOY JABBOROV

filologiya fanlari doktori, professor

YUNUS EMRO IJODIDA

AHMAD YASSAVIY AN’ANALARI

Annotatsiya.

Maqolada Yunus Emro turkiy she’riyatda Xoja Ahmad Yassaviy ijodiy an’anala-

rini munosib davom ettirgani ikki shoir asarlari qiyosiy tahlili asosida dalillangan. Ikki buyuk

shoir asarlari uch yo‘nalishda qiyoslangan: 1) irfoniy mazmunning badiiy talqini; 2) badiiy obraz

yaratishdagi an’ana va o‘ziga xoslik; 3) badiiy asar tili va ifoda usuli. Qiyosiy tahlil natijasida,

birinchidan, Yunus Emroning ulug‘ bir irfon shoiri ekani, ikkinchidan, badiiy ijodda hazrat Xoja

Ahmad Yassaviy an’analarini munosib davom ettirgani, uchinchidan, turkiy xalqlar adabiy-estetik

tafakkuri yuksalishiga katta hissa qo‘shgani haqidagi xulosaga kelingan.

Kalit so‘zlar:

she’r, hikmat,

irfoniy mazmun, poetik obraz, badiiy talqin, badiiy asar tili, ifoda

usuli, ijodiy an’ana, izdoshlik, qiyosiy tahlil.

Аннотация.

В статье на основе сравнительного анализа творчества двух поэтов до-

казывается, что Юнус Эмро продолжил творческие традиции Ходжи Ахмада Яссави в

тюркской поэзии. Произведения двух великих поэтов сопоставляются по трем направле-

ниям: 1) художественная интерпретация эзотерического смысла; 2) традиция и ориги-

нальность в создании художественного образа; 3) язык художественного произведения и

способ выражения. Сравнительный анализ приводит к таким выводам: во-первых, Юнус

Эмро был великим поэтом-эзотериком, во-вторых, он продолжил традиции Хазрата Ход-

жи Ахмада Яссави в художественном творчестве, в-третьих, внес большой вклад в разви-

тие литературно-эстетического мышления тюркских народов.

Ключевые слова:

стихотворение, мудрость, эзотерическое значение, поэтический об-

раз, художественная интерпретация, язык художественного произведения, способ выра-

жения, творческая традиция, преемственность, сравнительный анализ.

Annotation.

In the article, based on a comparative analysis of the works of two poets, it is

proved that Yunus Emro continued the creative traditions of Khoja Ahmad Yassawi in Turkic

poetry. The works of two great poets are compared in three directions: 1) artistic interpretation

of the esoteric meaning; 2) tradition and originality in the creation of an artistic image; 3) the

language of the work of art and the way of expression. Comparative analysis leads to the following

conclusions: firstly, Yunus Emro was a great esoteric poet, secondly, he continued the traditions

of Hazrat Khoja Ahmad Yassawi in artistic creativity, and thirdly, he made a great contribution to

the development of the literary and aesthetic thinking of the Turkic peoples.

Keywords:

poem, wisdom, esoteric meaning, poetic image, artistic interpretation, language of

a work of art, mode of expression, creative tradition, continuity, comparative analysis.


background image

19

T

arixi va taqdiri, tili, dini va dili bir bo‘lgan o‘zbek va turk xalqlarining adabiyoti ham

mushtarak ildizlarga ega ekani ayon. Ikki qardosh xalq adabiy aloqalari ko‘p asrlik

taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani, jahon adabiyoti xazinasiga ko‘plab buyuk shoiru adib-

larni yetishtirib bergani ham ma’lum. XIII asrda yashab ijod etgan ulug‘ turk mutasavvif shoiri

Yunus Emro ana shunday jahoniy e’tirofga sazovor mutafakkir ekani isbot talab qilmaydi. Shoir-

ning irfoniy mazmun va go‘zal badiiyat uyg‘unligida yaratilgan nodir she’rlari, masnaviy yo‘lida

bitilgan “Risolatu-n-nus’hiyya” nomli falsafiy-didaktik asari bizgacha yetib kelgan. Bu asarlar

inson va uning kamoloti, e’tiqod va ma’rifat, Haq va haqiqat mavzulari betakror badiiy talqin etil

-

gani bilan bugungacha ahamiyatini saqlab kelayotir.

Yunus Emro nazmiy asarlarini tahlil etish natijalari ularda “Turkiston mulkining shayxu-

l-mashoyixi” (hazrat Alisher Navoiy ta’rifi – N.J.) Xoja Ahmad Yassaviy an’analari munosib

davom ettirilganidan dalolat beradi. Ulug‘ shoirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev so‘zboshisi bilan, atoqli olim va shoir Mirzo Kenjabek tarjimasi asosida nashr etilgan

“O‘lmas ko‘ngul” saylanma she’rlar to‘plamidagi she’rlari ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. Dav

-

latimiz rahbari mazkur nashrga yozilgan so‘zboshida mana bunday ahamiyatli fikrlarni aytgan

-

lar: “...hazrat Yassaviy izdoshlarining, jumladan, Yunus Emroning turkiy xalqlar ma’naviyatiga

ko‘rsatgan hayotbaxsh ta’sirini o‘rganish borasida olimlarimiz oldida jiddiy vazifalar turibdi va

biz bu yo‘lda faol hamkorlik qilishimiz zarur” [1.4]. Darhaqiqat, Ahmad Yassaviy “Devoni hik

-

mat”idagi she’rlarni Yunus Emro nazmiy asarlari bilan qiyosiy o‘rganish, an’ana va yangilik,

izdoshlik va badiiy takomil nuqtayi nazaridan ilmiy baholash turkiy xalqlar adabiyotshunosligi

oldida turgan dolzarb ilmiy muammolardandir.

Ilmiy izlanishlar bu ikki buyuk shoir ijodini quyidagi masalalar kesimida qiyosiy o‘rganish

zarurligini ko‘rsatadi:

1. Irfoniy mazmunning badiiy talqini.

2. Badiiy obraz yaratishdagi an’ana va o‘ziga xoslik.

3. Badiiy asar tili va ifoda usuli.

Ushbu masalalar tahlili, birinchidan, Yunus Emroning ulug‘ bir irfon shoiri ekani, ikkinchi

-

dan, badiiy ijodda hazrat Xoja Ahmad Yassaviy an’analarini munosib davom ettirgani, uchinchi

-

dan, turkiy xalqlar adabiy-estetik tafakkuri yuksalishiga katta hissa qo‘shgani haqidagi to‘xtamga

olib keladi.

Irfoniy mazmunning badiiy talqini.

Yunus Emro – tasavvuf shoiri. Tasavvuf ta’limotining

o‘zagini tashkil etuvchi shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat tushunchalari talqini shoir she’riyati-

da asosiy o‘rinni egallaydi. Bu borada Xoja Ahmad Yassaviy va Yunus Emro hikmatlari o‘zaro

uyg‘un bo‘lishi barobarida bir-birini takrorlamaydi. Masalan, Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari

-

dan birida mana bunday yozadi:

Shariatning maqomotin bilgan oshiq

Tariqatning maqomini bilar, do‘stlar.

Tariqatning ishlarini ado qilib,

Haqiqatning daryosig‘a kirar, do‘stlar.

Ayni mavzu Yunus Emro she’riyatida quyidagicha talqin etilgani kuzatiladi:

Avval eshik – shariat,

o‘tsa undan – tariqat,

Ko‘ngul uyi – ma’rifat,

ishq – haqiqat ichinda!

Shariat shirin bo‘lur,


background image

20

Adabiy meros. Ilmiy jurnal

2022-yil, 1-son (5)

eshitganga xush kelur,

Nekim istasa, qilur

ul – shariat ichinda!

Har ikkala shoir fikricha, tariqat yo‘liga kirish shariatdan boshlanadi. Hazrat Yassaviy hik

-

matlaridan birida:

“Tariqatga shariatsiz kirganlarni, Shayton kelib imonini olur ermish”

deyili

-

shi sababi shunda. Ayni mazmunni Yunus Emro:

“Avval eshik – shariat, o‘tsa undan – tariqat”

deya obrazli ifodalaydi. Xoja Ahmad Yassaviy: “Tariqatning ishlarini ado qilib” deganda ma’ri

-

fat maqomini ko‘zda tutadi. Ushbu hikmat haqiqatning daryosiga kirish yo‘li ana shu tarzda ke-

chishi haqidagi badiiy-irfoniy xulosa bilan nihoyalangan. Yunus Emro ushbu ma’rifiy mazmunni:

“Ko‘ngul uyi – ma’rifat, ishq – haqiqat ichinda” tarzida o‘ziga xos ifodalaydi.

“Shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat, ishq va oshiqlik, orif va oriflik, darvish, faqr-u fano, shayx, pir

va valiylik, zikr, xilvat kabi tasavvufiy mavzularda aks etgan yassaviylikning olti ahkomi bor: ma’ri

-

fati Haq, saxovati mutlaq, sidqi muhaqqaq, yaqin mustag‘raq, tavakkuli rizqi muallaq, tafakkuri mu

-

daqqaq” [6.6]. Yunus Emro hikmatlarida ham ayni shu mavzular o‘ziga xos ifodalangani kuzatiladi.

Ma’rifat maqomi haqidagi ikki shoir qarashlari ham o‘zaro mutanosib. Lekin badiiy talqin

ohorli. Ya’ni mohiyatan uyg‘un tushunchalarning o‘ziga xos ifodasi ular ijodining irfoniy-estetik

qimmatini belgilaydi. Jumladan, Xoja Ahmad Yassaviy hikmatida ma’rifatning mohiyati mana bu

tarzda talqin etiladi:

Tariqatdur bu yo‘l otin bilsa darvish,

Ma’rifatni mato‘idin olsa darvish.

O‘zga yo‘llar bori havo sonsa darvish,

Ma’rifatni maydonida er ul bo‘lur.

Yunus Emro esa ayni fikrni o‘ziga xos ifodalaydi:

Ma’rifat – ko‘ngul bilan,

tunu kun zoriy bilan,

So‘ylasam – kelmas tilga,

sirri – sifat ichinda!

Ya’ni har ikki shoir hikmatida mohiyat – uyg‘un, talqin – ohorli. Sultonu-l-orifin Ahmad Yassa-

viy ma’rifatning mato‘idan olmasdan, o‘zga barcha yo‘llarni havo sonmasdan, ya’ni Haq va haqiqatga

to‘siq bo‘ladigan hamma narsadan kechmay turib ma’rifat maydonining eri darajasiga erishmoq ma

-

hol ekanini ana shunday talqin etadi. Yunus Emro fikricha ham: “Ma’rifat – ko‘ngil bilan, tun-u kun

zoriy bilan” hosil bo‘ladi. Ya’ni ma’rifatga erishmoq uchun ko‘ngilni bu maqomga parda bo‘luvchi

hoy-u havaslardan tiymoq zarur. Shundagina ma’rifatning sirlariga oshno tutinish mumkin bo‘ladi.

Tariqatning yuqori bosqichi bo‘lgan haqiqat hazrat Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida mana

bunday ta’riflanadi:

Ma’rifatning bo‘stonida jonin burg‘on,

Muhabbatning maydonida bosh o‘ynag‘on.

Haqiqatning daryosidin gavhar olg‘on,

G‘avvos yanglig‘ ul daryodin chiqmas bo‘lur.

Haqiqat Yunus Emro she’riyatida ham mohiyatan Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlariga monand

talqin etiladi:


background image

21

Haqiqat – ishq, ergashgan

ko‘rsin ul o‘xshash bayon,

Haqiqat to‘nin kiygan –

og‘ir xil’at ichinda.

Sultonu-l-orifin fikricha, ma’rifat va muhabbatdan murod – haqiqat daryosidan gavhar olmoq-

dir. Buning uchun bamisoli g‘avvos bo‘lish, haqiqat daryosidan chiqmaslik kerak. Irfoniy maz

-

mun va badiiy tasvir uyg‘unligi Xoja Ahmad Yassaviy hikmatining ma’rifiy va adabiy ahamiyatini

oshirganini e’tirof etish kerak. Yunus Emro ham ishqdan murod – haqiqat, deb biladi. Haqiqat

to‘ni og‘ir xil’at ekani bu maqomga erishgan solikning darajasi yuqori bo‘lishiga ishoradir. “In

-

son dunyoga kelishi sababini anglamog‘i, ko‘ngil olami bilan Haqqa yuzlanmog‘i zarur edi. Har

bir oshiq bu yo‘lda o‘zidan munosib iz qoldirib ketgan. Yunus beqiyos asarlar bitdi. Xalqni chin

ko‘ngildan Haq ma’rifatini anglashga chaqirdi va uning har bir so‘zi bir da’vatdir” [2.10].

Badiiy obraz yaratishdagi an’ana va o‘ziga xoslik.

Har ikki shoir hikmatlarida badiiy obraz

vositasida o‘quvchi ongi va qalbini ma’rifat yog‘dulari bilan yoritishga erishgan. Irfoniy qarash

-

lari orqali o‘quvchida ko‘ngilni isyon zanglaridan poklash, ma’naviy kamolotga intilish ruhiyatini

tarbiyalagan. Biz ushbu mo‘jaz tadqiqotda ushbu masalani birgina Do‘st obrazi orqali tahlil etish

-

ga harakat qilamiz.

Sharq islom adabiyotida Tangri taoloni Do‘st obrazi orqali vasf etish an’anasi mavjud va bu

an’ana natijasida badiiyatning nodir namunalari yaratilgan. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlaridan

birida bu obrazning mana bunday talqini kuzatiladi:

Do‘st tilagan ul bo‘stonda qaror qilmas,

Haqiqatlik oshiqlari ishqsiz bo‘lmas.

Ko‘ngul mulkin bersa anga ko‘zga ilmas,

Taqvo qilur ichar nabot sharbatinda.

Do‘st tilamoq – Haq taolo muhabbatini da’vo qilmoq ma’nosida. Sultonu-l-orifin fikricha,

ishqsiz bu maqsadga erishib bo‘lmaydi. Do‘stning visoliga muyassar bo‘lmoqning yagona yo‘li

ko‘ngil mulkini Unga berish va taqvo qilmoqdir.

Mening tilim qush tilidur,

mening qo‘lim Do‘st qo‘lidur,

Men bulbulman, Do‘st gulimdur,

biling, gulim so‘lmas mening.

Ul Do‘st menga kelsin demish,

sundim qadah, olsin demish,

Oldim qadah, ichdim sharob,

endi ko‘nglim o‘lmas mening!

Yunus Emro she’rida solikning ko‘nglini Do‘stga butunlay bag‘ishlash holati tasvirlangan.

Tili qush tiliga, qo‘li do‘st qo‘liga aylanishi, Do‘st gul bo‘lsa, o‘zining bulbul ekani bilan bog‘liq

talqinlar Haq taologa muhabbat tuyg‘usi ohorli badiiy talqin etilgani bilan qimmatlidir. Haqiqiy

Do‘st qo‘lidan ishq sharobini ichgan oshiq ko‘ngli o‘lmasligi, doimiy barhayotligi bilan bog‘liq

qarashlar shoir she’rining irfoniy-badiiy ahamiyatini yuksaltirib yuborgan.


background image

22

Adabiy meros. Ilmiy jurnal

2022-yil, 1-son (5)

Do‘st(i) uchun dunyo uqbo mulkin solib,

Mavt o‘ti ichra kirib kuyub-yonub,

Necha quvsa dargohidin qorshu kelib,

“Ariniy!” deb zor yig‘layur hazratinda.

Xoja Ahmad Yassaviyning ushbu hikmatida Do‘st obrazi teran irfoniy mohiyat va yuksak ba

-

diiyat uyg‘unligida talqin etilgan. “Baqara” surasi 60-oyatidagi “Robbi ariniy” (“Rabbim menga

ko‘rsat”) degan iltijo mazmuni bilan bog‘langani hikmatda haqiqiy Do‘stni chin ma’rifat bilan ta-

nimoq zarurati dunyo, uqbo mulki, mavt o‘ti singari tushunchalar mazmuniga bog‘lab ifodalangan.

Yunus Emroning mana bu satrlarida ham ayni mazmun ulug‘ salafini takrorlamagan holda aks

etgani kuzatiladi:

Ikki jahon zindon esa,

kerak, manga bo‘ston bo‘lur,

Ortiq manga ne g‘am g‘ussa,

Chun inoyat Do‘stdan bo‘lur...

Ul Do‘st yuzin ko‘rdi ko‘zim,

Eranlarga – tuproq yuzim,

So‘z bilganga, bas bu so‘zim,

Kerak, shakkariston bo‘lur.

Haqiqiy Do‘stni chin ma’rifat bilan tanimoq – Ahmad Yasaviy hikmatidagi ushbu mohiyat

Yunus Emro she’rida o‘ziga xos ifodalangan. Ya’ni orif zotlarning qalbi Do‘stga bog‘langani

uchun ham na dunyo tashvishlari, na oxirat g‘ami ularni o‘ylantirmaydi. U har doim rizo maqo

-

mida sobit bo‘ladi.

Xoja Ahmad Yassaviy va Yunus Emro ijodidagi oshiq, g‘arib, soqiy, piri mug‘on singari

obrazlar va ularning irfoniy mohiyatni badiiy talqin etishdagi o‘rni masalalari yuzasidan kelajakda

ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmog‘i zarur.

Badiiy asar tili va ifoda usuli.

Xoja Ahmad Yassaviy

va Yunus Emro asarlarining tili xalqchil

ekani va turkiy tilning boy ifoda imkoniyatini o‘zida mujassam etgani bilan alohida ajralib turadi.

Har ikki shoir hikmatlari milliy ruhning ohorli ifodasi, turkiy tilning fasohati va balog‘ati darajasi

nechog‘liq yuksak ekanini ko‘rsatishi jihatidan badiiyatning nodir durdonalari sifatida baholanish

-

ga loyiqdir. Fikrimizni ayrim misollar bilan dalillashga harakat qilamiz. Xoja Ahmad Yassaviy va

Yunus Emro hikmatlarida Tangri, yonmoq (qaytmoq), qo‘pmoq (o‘rnidan turmoq), ujmoh (jan

-

nat), tamug‘ (do‘zax), ko‘ks (ko‘krak), ko‘ngul, eran (avliyo, pir) kabi yuzlab so‘zlarning arab va

fors tillaridagi variantlari ham qo‘llangani holda, sof turkiy ekvivalenti faolroq qo‘llangani kuzati

-

ladi. Masalan, Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlaridan birida mana bunday yozilgan:

Olim uldur, xisht yostanib tahsil qilsa,

Kecha-kunduz Tangrisig‘a zori qilsa.

“Falyazhaku” oyatini tafsir qilsa,

Andog‘ olim olim bo‘lur, do‘stlarim-o.

Yunus Emro she’rlarida ham “Tangri” so‘zi ko‘proq qo‘llangan. Jumladan, shoirning mana bu

misralari fikrimizni tasdiqlaydi:


background image

23

Āṣik mi diyem ben ana Tanri’nun Uçmagin seve

Uçmak dahi tuzadimiṣ mȕ’min cȁnlarin tutmaga.

Ko‘rinib turibdiki, shoir “jannat” so‘zining turkcha “ujmoh” shaklini qo‘llagan. Ahmad Yas

-

saviy hikmatlarida ham ayni shakldan unumli foydalaniladi. Birgina misol:

Tavba qilib, Haqqa yong‘on oshiqlarg‘a

Ujmoh ichra to‘rt arig‘da sharbati bor.

Ikki buyuk shoir asarlari tili va uslubi masalasini kengroq, chuqurroq va mufassal tadqiq etish

turkiy adabiyotshunoslikning istiqboldagi vazifalaridandir.

Xulosa qilib aytganda, ikki qardosh xalqning buyuk mutasavvif shoirlari Xoja Ahmad Yas

-

saviy

va Yunus Emro adabiy merosi turkiy adabiyotda an’ana va yangilik, hikmat janri takomili,

irfoniy mazmunning badiiy ifodasi, til va uslub nuqtayi nazaridan qiyosiy tadqiqotlar uchun boy

material bera oladi. Bu ikki ulug‘ shoir irfoniy mohiyat va milliy ruhiyat betakror talqin etilgan

asarlari bilan o‘zbek va turk xalqlari adabiyoti takomilida yangi bir bosqichni boshlab berdi. Xoja

Ahmad Yassaviy

va Yunus Emro hikmatlari ikki xalqning qadimiy va mustahkam ildizlarga ega

do‘stlik va qardoshlik munosabatlari ravnaqi yo‘lida bundan keyin ham beqiyos manba bo‘lib

xizmat qilishiga ishonamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh. Doʻst bogʻining bulbuli. / Yunus Emro. O‘lmas ko‘ngil. Saylanma she’rlar.

– Toshkent, 2020.

2. Tatci Mustafa. Yunus Emre divani. – Istanbul, 2021.

3. Xoja Ahmad Yassaviy. “Haqdin o‘zgani dema...”. Hikmatlar (Nashrga tayyorlovchilar

Ibrohim Haqqul, Nodirxon Hasan). – Ankara, 2021.

4. Хожа Аҳмад Яссавий. “Умринг елдек ўтаро...”. (Нашрга тайёрловчилар ва сўзбоши

муаллифлари: Иброҳим Ҳаққул, Нодирхон Ҳасан). – Тошкент: Muharrir, 2020.

5. Yunus Emro. O‘lmas ko‘ngil. Saylanma she’rlar (Tarjimon: Mirzo Kenjabek). – Toshkent,

2020.

6. Ҳаққул И., Ҳасан Н. Хожа Аҳмад Яссавий ва унинг ҳикматлари ҳақида. /Хожа Аҳмад

Яссавий. “Умринг елдек ўтаро...”. – Тошкент: Muharrir, 2020.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh. Doʻst bogʻining bulbuli. / Yunus Emro. O‘lmas ko‘ngil. Saylanma she’rlar. – Toshkent, 2020.

Tatci Mustafa. Yunus Emre divani. – Istanbul, 2021.

Xoja Ahmad Yassaviy. “Haqdin o‘zgani dema...”. Hikmatlar (Nashrga tayyorlovchilar Ibrohim Haqqul, Nodirxon Hasan). – Ankara, 2021.

Хожа Аҳмад Яссавий. “Умринг елдек ўтаро...”. (Нашрга тайёрловчилар ва сўзбоши муаллифлари: Иброҳим Ҳаққул, Нодирхон Ҳасан). – Тошкент: Muharrir, 2020.

Yunus Emro. O‘lmas ko‘ngil. Saylanma she’rlar (Tarjimon: Mirzo Kenjabek). – Toshkent, 2020.

Ҳаққул И., Ҳасан Н. Хожа Аҳмад Яссавий ва унинг ҳикматлари ҳақида. /Хожа Аҳмад Яссавий. “Умринг елдек ўтаро...”. – Тошкент: Muharrir, 2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов