Поэтический синтез традиций Алишера Навои в поэзии Абдуллы Орипова

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
112-125
9
25
Поделиться
Жабборов, Н. (2022). Поэтический синтез традиций Алишера Навои в поэзии Абдуллы Орипова. in Library, 22(1), 112–125. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/19399
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматривается вопрос поэтического возрождения традиций Алишера Навои в поэзии представителя современной узбекской поэзии Абдуллы Орипова. Анализируются концепция творчества двух поэтов, освещение ими развития национального языка, традиции и новаторства в жанре газелей, следование ритму, общие черты и различия в художественной интерпретации содержания хадисов. В результате анализа были сделаны научно-теоретические выводы.

Похожие статьи


background image

112

ALISHER NAVOIY AN’ANALARINING ABDULLA ORIPOV

SHE’RIYATIDAGI POETIK SINTEZI

POETIC SYNTHESIS OF ALISHER NAVOI'S TRADITIONS IN THE

POETRY OF ABDULLA ORIPOV

Nurboy JABBOROV

ToshD

O‘

TAU

(

O‘

zbekiston)

Annotatsiya

Maqolada Alisher Navoiy an’analarining zamonaviy o‘zbek she’riyati namoyandasi

Abdulla Oripov she’riyatida poetik yangilanishi masalasi tadqiq qilingan. Ikki shoir ijod

konsepsiyasi, ular asarlarida milliy til ravnaqi masalasining yoritilishi,

g‘

azal janridagi

an’ana va novatorlik, vazn borasidagi izdoshlik, hadislar mazmunini badiiy talqin etishdagi

mushtarak va farqli jihatlar tahlil etilgan. Tahlillar natijasida ilmiy-nazariy xulosalar
chiqarilgan.

Kalit s

o‘

zlar:

she’riyat, an’ana, yangilik, ijod konsepsiyasi, milliy til ravnaqi, g‘

azal,

vazn, hadis mazmuni talqini, badiiy talqin, poetik sintez.

Annotation

The article deals with the issue of poetic renewal of the traditions of Alisher Navoi in

the poetry of the representative of modern Uzbek poetry Abdulla Oripov. The concept of
creativity of two poets, their coverage of the development of the national language, tradition
and innovation in the ghazal genre, following in rhythm, common features and differences in
the artistic interpretation of the content of hadiths are analyzed. As a result of the analysis,
scientific and theoretical conclusions were made.

Key words:

poetry, tradition, novelty, concept of creativity, development of the

national language, ghazal, rhythm, interpretation of the content of hadiths, artistic
interpretation, poetic synthesis.

Buyuk adiblar, ulu

g‘

mutafakkirlar qismatida, ijodiy kredosida muayyan

mushtarakliklar b

o‘

lishi k

o‘

p kuzatilgan. Bunga ajdodlar kechmishi, adabiyot

tarixidan k

o‘

plab misollar keltirish mumkin. Biroq biz

o‘

z oldimizga bunday

vazifani q

o‘

ymaganmiz. Bizning muddaomiz bir oz aniqroq: millatimizning

buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy hamda zamonaviy

she’riyatimizning

zabardast namoyandasi Abdulla Oripov siymosidagi ana shunday mushtaraklik
xususida bahs yuritmoqdir.

Professor Begali Qosimov

o‘

zbekning bu ikki ulu

g‘

siymosi tavallud

sanalari va ijodiy qismatidagi uy

g‘

unlik haqida mana bunday yozgan e

di: “

21

martda zamonamizning mashhur adibi Abdulla Oripov 60 yoshga t

o‘

ldi. Bu sana

ulu

g‘

Navoiy tavalludining 560 yilligiga t

o‘g‘

ri kelishida

o‘

ziga xos ramziy

ma’no bor. Agar Abdulla Oripov shunchaki bir iste’dod bo‘

lganida, 560, 60

raqamlariga yoxud Navr

o‘

z kunida tu

g‘

ilganiga k

o‘pchilik e’tibor bermagan

b

o‘

lardi. Yoxud tasodifga y

o‘

yib q

o‘

ya qolardi. Hozirda esa, u shubhasiz,

muayyan ma’no tashiydi”

[

Қосимов 2011: 233

].


background image

113

Darhaqiqat, bu mutanosiblik zamirida teran ma

’no bor. Zero, hazrat

Navoiydan roppa-rosa besh yuz yil keyin tavallud topib, buyuk bobokalonimiz

asarlaridagi umrboqiy an’analarni munosib davom ettirgani, milliy

she’riyatimizda o‘

ziga xos maktab yaratib, uni yangi zamon sharoitida chinakam

yuksak darajaga k

o‘

tara bilgani Abdulla Oripov ijodining beqiyos ahamiyatiga

hujjatdir.

Savol tu

g‘

iladi: x

o‘

sh, bu ikki mutafakkir dunyoqarashidagi, ijodiy

prinsiplaridagi, poetik kashfiyotlaridagi mushtaraklik, vorisiylik nimalarda
k

o‘rinadi? Ularning milliy ma’naviya

timiz, adabiyotimiz takomiliga q

o‘

shgan

ulu

g‘

vor hissalarida qanday mutanosiblik bor?

Buyuk beshlik

“Xamsa”ni ijod etar ekan, hazrat Navoiy mana bunday

satrlarni bitadi:

Ani nazm etki, tarhing toza b

o‘

l

g‘

ay,

Ulus

g‘

a mayli beandoza b

o‘

l

g‘

ay.


Y

o‘

q ersa, nazm qil

g‘

onni xaloyiq

Mukarrar aylamak sendin ne loyiq.

Xush ermas el s

o‘

ngincha raxsh surmak,

Y

o‘

lekim, el yugurmishdur

yugurmak.


Biravkim bir chamanda soyir erdi,
Nechakim gul ochil

g‘

on

k

o‘

rdi, terdi.


Hamul yerda emas gul istamak x

o‘

b,

Bu b

o‘

ston sahnida gul k

o‘

p, chaman k

o‘

p.

Ulu

g‘

mutafakkir xaloyiq nazm qil

g‘

onni mukarrar aylamoq

takrorlamoq fikridan yiroq. Ul zotning e’tiqodicha, birovlar ketidan ot surmoq,

el yugurgan y

o‘ldan yugurmoq ma’qul emas. Boshqalar gul tergan chamanda

gul

istamoq oqil ishi sanalmaydi. Vaholanki, “Bu bo‘

ston sahnida gul k

o‘

p,

chaman k

o‘p”. Ya’ni har kim o‘

z didiga mos gulni izlamo

g‘

i, termo

g‘

i zarur.

Buni ijodga tatbiq etilsa, har kim

o‘

z s

o‘

zini,

o‘

zigagina xos uslubda

ifodalamo

g‘

i kerak.

Abdulla Oripovning ijodiy dasturi hazrat Navoiyning mazkur fikrlariga

har jihatdan hamohang:

Men shoirman,
Istasangiz shu,

O‘

zimniki erur shu sozim,

Birovlardan olmadim tuy

g‘

u,

O‘

zgaga ham bermam ovozim...

Ana shu dasturiy fikrning poetik ifodasi bilan boshlangan she’rning

xotimasida shoir benihoya salmoqli xulosaga keladi. Ahamiyatlisi shundaki, bu
xulosa ham hazrat Alisher Navoiy nomi bilan bo

g‘

langan:


background image

114

Xayol kabi keng erur olam,
Mayda gapni k

o‘

tarmagay she

’r.

Kerak b

o‘

lsa, mening uchun ham

Javob berar bobom Alisher.

K

o‘rinib turibdiki, har ikki ijodkor yakdil fikrda: she’riyatda o‘

zgalarni

takrorlash (“mukarrar aylamak”) ayb. Chinakam shoir o‘

z sozi bilan kuylashi

lozim. Boshqalar ketidan ot surmoq,

o‘

zgalardan tuy

g‘

u olish haqiqiy ijodkor

ishi emas. Taqlidchilik ijod tabiatiga zid. Shuning uchun ham Abdulla Oripov
taqlidchi shoirga haqli ravishda mana bunday kinoya qiladi:

Taqlid qila bergin yetsa bardoshing,
Modomiki senda bor ekan havas.
Faqat bir qora kun k

o‘

tarib boshing,

Asl nusxaman deb dod solmasang bas.

Taqlidchilik hazrat Navoiyning “Ani nazm etki, tarhing toza bo‘

l

g‘ay”

degan fikrlariga ham mohiyatan muvofiq emas. Chinakam ijod namunasi
original b

o‘

lmo

g‘

i zarur, toza tarh bilan bitilmo

g‘

i kerak. Butun ijodiy faoliyati

ana shunday yuksak e’tiqod, mustahkam tutum asosiga qurilgani bu ikki buyuk

iste’dodning ijodkor sifatidagi prinsiplari nechog‘

li uy

g‘

un ekani dalilidir,

bizningcha.

Bu ikki buyuk shoir ijod maydonga chiqqan tarixiy sharoit

o‘

rtasida ham

muayyan mutanosiblik bor. Hazrat Navoiy zamonida adabiyot tili sifatida fors
tilining mavqei baland edi.

O‘

zlari turkiy millatga mansub ikki buyuk ijodkor

Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy ham forsiyda “Xamsa” yaratgan,

adabiyot ahli

o‘

rtasida turkiy tilda bunday ulkan badiiy obidani yaratib

b

o‘

lmaydi, bu tilning ifoda imkoniyati keng emas, degan qarashlar hukmron edi.

Ulu

g‘

mutafakkir “Muhokamatu

-l-lu

g‘atayn”da turkiy tilning fasohati va

balo

g‘

ati forsiydan kam emasligini, aksincha balandroq ekanini aniq dalillar

bilan isbotlar ekan, mana bunday yozadi: “Bu alfoz (turkiy til –

N.J.) va iboratda

bu nav’ daqoyiq ko‘

pdurkim, bu kunga degincha hech kishi haqiqati

g‘

a

mulohaza qilma

g‘

on jihatdin bu yashurun qolubdur... Andin s

o‘

ngrakim, turk

tilining jomeiyati muncha daloil bila sobit b

o‘

ldi, kerak erdikim, bu xalq

orasidan paydo b

o‘

l

g‘on tab’ ahli salohiyat va tab’larin, o‘

z tillari tur

g‘

och,

o‘

zga til bila zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar ikki til bila

aytur qobiliyatlari b

o‘

lsa,

o‘

z tillari bila k

o‘

prak aytsalar erdi va yana bir til bila

ozroq aytsalar erdi. Va agar mubola

g‘

a qilsalar, ikkala til bila teng aytsalar erdi.

Bu ehtimolga xud y

o‘

l bersa b

o‘lmaskim, turk ulusining xushtab’lari majmui

sort tili bila nazm aytqaylar va bilkull turk tili bila aytma

g‘aylar...”

[

Навоий

2010: 23-24]

Hazrat Navoiy ona tilining taqdiri uchun ana shu tarzda kuyundi, uning

mavqeini k

o‘tarmoq, millatning sha’nini yuksaltirmoq uchun bor salohiyatini

safarbar etdi. Bu millatdan yetishib

chiqqan tab’ ahlini –

ijodkorlarni

o‘

zga

lisonda emas, ona tilida bebaho badiiy asarlar bitmoqqa chorladi.


background image

115

Abdulla Oripov ijod maydoniga kelgan

o‘

tgan asrning 60-yillarida ham

ona tilimiz taqdiri uchun tahlikali vaziyat yuzaga kelgan, k

o‘

pmillatli sovet

xalqining tarkibiy qismi sanalgan millatlar tilining y

o‘

qola borishi, bir tilga

birlashib ketishi haqida “bashorat”lar qilinayotgan edi. Yirik nufuzli anjumanlar

tugul kichik tashkilot yoki muassasadagi yi

g‘

inlar ham rus tilida olib borilishi

urfga aylangan edi. Barcha idora ishlari ham

o‘

zga tilda yuritilar, sobiq

ittifoqdagi boshqa milliy tillar kabi

o‘

zbek tili ham deyarli xonadon tili

darajasiga tushish xavfini boshdan kechirayotgan edi. Abdulla Oripov ana
shunday vaziyatda ijod maydoniga kirdi. Endi un

ing oldida ham “millatning

dunyoda borligini k

o‘

rsatadur

g‘on oinai hayoti” (Abdulla Avloniy ta’biri –

N.J.)

tili va adabiyotini yuksaltirish y

o‘lida jonbozlik qilish vazifasi turar edi. “Ona

tiliga tuganmas ishq, uning taqdiriyu kamoloti uchun mas’ullik

va

g‘

amx

o‘

rlik

s

o‘

z daholarini birlashtiruvchi birinchi fazilat. Dante italyan tilini xalqaro

y

o‘

qlamada necho

g‘

lik barqaror etgan b

o‘

lsa, Navoiy ham shunday vazifani

jahonshumul vatanparvarlik ishini ado etdi. Etnik jihatdan ba

g‘

oyat xilma-xil,

qanchadan-qancha shevalarda gaplashuvchi kishilar tiliga xos s

o‘

zlarni

o‘

zbek

adabiy tili doirasiga olib kirdi. Navoiyning jur’ati va jasorati, mahorati tufayli

o‘zbek adabiy tili mukammal shakllanishga erishdi” degan Abdulla Oripovning

o‘

z

i ham bu borada tengsiz xizmat qildi. Shoirning 1965 yilda yozilgan “Ona

tilimga” she’ri bu jihatdan alohida ahamiyatga ega:

Ming yillarkim, bulbul kalomi

O‘

zgarmaydi, yaxlit hamisha.

Ammo sh

o‘

rlik t

o‘

tining holi

O‘

zgalarga taqlid hamisha.


Ona tilim, sen borsan, shaksiz

Bulbul kuyin she’rga solaman.

Sen y

o‘

qolgan kuning, shubhasiz,

Men ham t

o‘

ti b

o‘

lib qolaman...

Bor-y

o‘g‘

i sakkiz satrda millatning taqdiri bilan bo

g‘

liq muhim masalani

bu tarzda samimiy, bunchalar obrazli va ta’sirchan ifodalash uchun so‘

zlar qalb

prizmasidan

o‘

tmo

g‘i zarur. Binobarin, “so‘

z daholarini birlashtiruvchi birinchi

fazilat” sanalgan “ona tiliga tuganmas ishq, uning taqdiriyu kamoloti uchun

mas’ullik va g‘

amx

o‘rlik” –

Abdulla Oripov ijodiy faoliyatining

o‘

zagini tashkil

etadi. Bu jihatdan uni

o‘

zi nomlarini sanagan ulu

g‘

lar

Navoiy va Dante safiga

q

o‘

shish mumkin.

Vatanga muhabbat tuy

g‘

usining betakror poetik talqini borasida ham

Alisher Navoiy va Abdulla Oripov ijodida ana shunday uy

g‘

unlikni kuzatish

mumkin.

Vatan hubbi iymon nishoni durur-

deb yozgan Hazrat Navoiy asarlarida bu tuy

g‘

uning necho

g‘

lik muqaddas

ekani teran mazmun va g

o‘

zal badiiyat vobastaligida tasvirlangan. Jumladan,


background image

116

ulu

g‘

shoir “Saddi Iskandariy”da o‘

zi tu

g‘

ilib

o‘

sgan Xuroson va uning g

o‘

zal

shahri Hirot haqida bunday yozadi:

Xuroson badandir, Hiriy jon anga,
Hiriy jon, Xuroson badandir anga.

Ta’kidlash joizki, bu mavzu Abdulla Oripovning har bir she’rida

o‘

zgacha mahorat bilan bilan ifodalanadi. Vatan tushunchasi mavhumlik

girdobiga tushirilgan murakkab va ziddiyatli davrda yozilgan “O‘zbekiston”

she’ridagi “O‘

zbekiston

Vatanim manim” misrasi har bir vatanparvarning qalb

sadosi b

o‘

lib yangragan b

o‘lsa, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!” asarida

bu muqaddas tuy

g‘

u hali hech kimning xayoliga kelmagan ohorli uslubda,

tamomila

o‘

zgacha rakursda badiiy ifodasini topgani sir emas. Mana, shoir t

o‘

rt

misra she’rda “Vatan hubbi”ni qanday tasvirlaydi:

Balki chaman b

o‘

lar dashti Karbalo,

Balki, behisht mavjud yulduzlar aro.
Mening

O‘

zbekiston

Vatanim bordir,

Ularning baridan a’loroq, a’lo.

Vatan himoyasi, uni xavfu xatarlardan emin asrash

muqaddas burch.

Hazrat Navoiy ijodida bu masala ham betakror poetik talqinini topgan:

Iyolu Vatan uzra to joni bor,
Kishi harb etar toki imkoni bor.

“Vatan! Mening bor qismatim shu bir so‘zda hal”

, deb yozadi Abdulla

Oripov. Zero, chindan ham, inson uchun Vatan

Yaratganning ulu

g‘

ne’mati.

Uni tanlash imkoniyati berilgan emas. Vatan

taqdir, Vatan

qismat. Uni

sevish iymondandir, odamiylik ziynatidir. Har ikki buyuk mutafakkir asarlari
bizga bu haqda unutilmas saboqlar beradi.

O‘

zi mansub b

o‘

lgan xalqqa muhabbat, el dardini

o‘

z dardi deb bilmoq

har ikki ijodkor asarlari leytmotivini tashkil etadi. Ularning har ikkisi “el shod,

mamlak

at obod” bo‘

lishini orzu qildi, butun ijtimoiy faoliyatini, ijodiy

salohiyatini ana shu ulu

g‘

vor maqsad sari y

o‘

naltirdi. Bu jihatdan, hazrat

Navoiyning mana bu misralari ayricha ahamiyatga ega:

Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo, yuz qatla faryod aylaram

.

Elga fidoyilik bundan ortiq b

o‘

lmas. Bu tuy

g‘

uning poetik talqini borasida

ulu

g‘

shoirdan

o‘

tkazib bir narsa deyish mahol. Biroq Abdulla Oripov ulu

g‘

bobokalonidan yuqqan iste’dodi bois o‘

zi mansub b

o‘

lgan xalqqa muhabbatini

betakror uslub bilan, baland pafosda ifodalay oldi:

X

o‘

sh, nechun sevaman

O‘

zbekistonni,

Sababini aytgin desalar menga.
Shoirona g

o‘

zal s

o‘

zlardan oldin

Men ta’zim qilaman ona xalqimga.


Xalqim, tarix hukmi seni agarda
Mangu muzliklarga eltgan b

o‘

lsaydi,


background image

117

Qorliklarni makon etgan b

o‘

lsayding,

Mehrim bermasmidim

o‘

sha muzlarga?

E

’tiborga molik yana bir jihati, mazkur she’rda shoirning xalqiga bo‘

lgan

mehri Vatanga muhabbati bilan uy

g‘

unlikda tasvirlanganidir. Abdulla Oripov

buyuklarga daho baxsh etgan, eng s

o‘

nggi nonini ham

o‘

zi yemay

o‘g‘

liga

tutgan, farzandlar shonini asrlardan opichlab

o‘

tgan, suyuklardan suyuk ona

xalqini jonu tan barobarida ardoqlaydi. Muhimi, bu ardo

g‘

ini betakror mazmun

va tutilmagan tashbehlar bilan badiiy kashfiyot maqomida nazm silkiga chekadi.

Hazrat Navoiy yozadilar:

Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,

Bilki, bu naf’ o‘

zunga k

o‘

prakdurur.

Abdulla Oripov olomonning xalqqa aylanishi uchun jon kuydirgan,

o‘

z

qismatini ona xalqi taqdiri bilan uy

g‘

unlikda tasavvur etgan millatparvar sifatida

buyuk mutafakkir bobosi yangli

g‘

butun ijtimoiy faoliyatini, ijodiy salohiyatini

ana shu ulu

g‘

vor maqsadga safarbar etdi. Shoirning mana bu misralari chinakam

xalqparvarlik namunasidir:

Xalqim, moziy

o‘

tdi,

tole k

o‘

rmading,

Pishirding

o‘

zingga

benasib taom.
Kiygazding birovga,

o‘

zing kiymading,

Yulduzni kashf etib,
nom olding avom...

Zamonaviy she’riyatimizda hazrat Alisher Navoiyning adabiy an’analari

davom ettirilishi yuzasidan Abdulla Oripov ijodi tadqiqotlar uchun boy material
bera oladi. Zero, u mumtoz adabiyotni, ayniqsa, Alisher Navoiy asarlarini
chuqur bilgan. Shoirning buyuk bobokalonimiz merosiga doir biri-birini
takrorlamagan, ham ilmiy teran, ham turli darajadagi tinglovchilar qalbini zabt
eta oladigan m

o‘

jaz tadqiqotlari buning isbotidir. Shu bois shoir ijodda ham

buyuk salafi yuksaklarga tikkan bayroqni q

o‘

ldan bergan emas.

Abdulla Oripovning

g‘

azallari mumtoz shoirlarimiz, xususan, hazrat

Navoiy poetik an’analarining munosib davomi deyilsa, mubolag‘

a b

o‘

lmas.

Vahki, ishq sahrosida qoldim beishq tanho bu kun,
Chiqma, Qays, ohim bilan yonmoqda bu sahro bu kun.

G‘azal matla’ida mumtoz she’riyatga xos badiiy unsurlar yuksak poetik

uy

g‘

unlikda aks etgan.

O‘

zini ishq sahrosida beishq his etgan oshiq yor hajrida

benihoya qattiq iztirob chekadi. Natijada ishq dardi bois sahroni manzil etmoqqa

o‘

rgangan Qays bu odatidan voz kechmoqqa majbur. Ne uchunki, oshiqning

o‘

tli ohi sabab sahro olov girdobida qolgan. Endi Qays

Majnun uchun borarga

makon y

o‘

q. Baytda tasvirlangan obraz yorqin va jonli,

o‘

quvchi k

o‘

z

o‘

ngida

mutlaq unutilmas badiiy tasvir jonlanadi: olov ichida qolgan bepoyon sahro va
ilojsiz Qays. Bir vaqtning

o‘

zida tazod, tajnis, i

g‘

roq fi-s-sifat singari mumtoz


background image

118

badiiy san’atlar imkoniyatidan mahorat bilan foyd

alanilgani baytning poetik

mukammalligini ta’minlagan.

I

g‘

roq fi-s-

sifat (“

Chiqma, Qays, ohim bilan

yonmoqda bu sahro bu kun

”) san’atini shoir nazariyotchilar talablari darajasida,

balki undan ham

o‘

tkazib q

o‘llaydi. Ma’lumki, Shayx Ahmad Taroziy

bu

san’atda “...bir narsaning vasfinda mubolag‘

ani haddu

g‘

oyatdin

o‘tkarurlar” deya

ta’kidlagan

[

Тарозий 1996: 103

]

b

o‘

lsa,

Atoulloh Husayniy mulohazalari бу

fikrlarni t

o‘ldiradi: “Agar da’vo aqlg‘

a si

g‘

sayu odatdin tashqari b

o‘

lsa ham

maqbuldur va ani i

g‘roq derlar”

[

Ҳусайний 1981: 152

].

Aruzning turkiy she’riyatda keng tarqalgan ramal bahri (qolipi: foilotun

-

foilotun-foilotun-foilun)

ramali musammani mahzuf vaznida bitilgani

g‘

azal

ritmining

o‘ziga xosligini ta’

minlash barobarida, ifodalanayotgan fikr

ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.

Keyingi baytlar ham jozibasi va badiiy mukammalligiga k

o‘ra matla’dan

qolishmaydi:

Chehrai zarrin sira k

o‘

rmakka hojat qolmadi,

Shams narvoni uza a

g‘

yor erur paydo bu kun...

Yoki:

Nun labing uzra sokin qoldi hiloldek holatim,
Harf

o‘

yin aylay desam,

o‘

zga erur imlo bu kun.

Bir vaqtning

o‘

zida bir necha qavat mazmunning va g

o‘

zal badiiyatning

bu darajadagi uy

g‘

unligiga erishmoq uchun mumtoz adabiyotni, hazrat Navoiy

asarlarini shunchaki mutolaa qilishning

o‘

zigina yetarli emas. Buning uchun

Xudo yuqtirgan she’riy iqtidor, yuksak nazmiy salohiyat zarur.

Shoirning

Bul ajab xor kimsadin imdod s

o‘

raydi xorlar,

Siz bemor k

o‘

ksiga bosh q

o‘

ymangiz, ey bemorlar, -

matla’li g‘

azali ham mumtoz lirikaning yuksak talablariga javob bera

oladi.

Abdulla Oripovning “Ranglar va ohanglar” to‘

plamiga kirgan

g‘

azallari

ham ushbu janrning mumtoz namanalaridir, hazrat Navoiy an’analarining o‘

ziga

xos davomidir:.

Sochlaring yoymay turib

Tushgan qoron

g‘

u tun emas,

Tishlaringni k

o‘

rmayin

Tong ham oqargan kun emas.

Mumtoz she’riyatimizga xos husni matla’ning naqadar go‘

zal namunasi.

Bunda tashbeh ham, tazod ham fikrning san’atkorona ifodasiga xizmat qilgan.

Yoki mana bu baytdagi jozibadan hayratga tushmaslikning iloji y

o‘

q:

Ikki chashmim jolasiga

Boqmangiz hayron b

o‘

lib,

Asli uldir ikki daryo,

Sir emas, Jayhun emas.


background image

119

Ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan

g‘

azalning biror

o‘

rnida

saktalik uchramaydi. Teran mazmun va g

o‘

zal badiiyat uy

g‘

unligi, ohorli

tashbeh va betakror mohiyat mutanosibligi shoir

g‘

azallarining yutu

g‘

ini

ta’minlagan bosh omildir.

Ohorli mazmun, vazn, qofiya va badiiy san’

at mukammalligi Abdulla

Oripovning

g‘azalnavislikda hazrat Navoiy san’atxonasidan teran saboqlar

olgan, buyuk salafi an’analarini nafaqat davom ettirgan, rivojlantira bilgan baxtli

ijodkor ekani isbotidir.

Poetik obraz yangilanishi borasida ham bobo va nabira shoir ijodida

muayyan mushtaraklik, izdoshlik kuzatiladiki, bu alohida e’tiborga molik.

Obrazda yangilik qilish shakldagiga qaraganda ancha murakkab. Lekin

she’riyatning chin ma’noda yuksalishi ana shu poetik hodisaga ko‘

proq bo

g‘

liq.

Abdulla Oripov mana bunday yozadi:

Bir marta k

o‘

rganman,

Faqat bir marta,
Oyning

o‘

ro

g‘

iga yulduz q

o‘

nganin.

Oyning

o‘

ro

g‘

iga yulduz q

o‘

nishi

tabiatda kamdan kam

kuzatiladigan

hodisa. She’riyat muxlisining ko‘

z

o‘

ngida yorqin muhrlanadigan bunday

obrazni q

o‘

llash shoirdan inja estetik didni, yuksak mahoratni talab etadi.

Hazrat Navoiyda mana bunday bayt bor:

Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamas Jayhun aro,

Axtari sa’di hilol ichra kezar gardun aro.

Ya’ni ulug‘

shoir quyosh yuzli yorning

qayiqda Jayhun aro sayr etishini

Hilol ichidagi baxt yulduzining falak b

o‘

ylab aylanib yurishiga qiyoslaydi.

“Hilol ichidagi baxt yulduzi”

“oyning o‘

ro

g‘

iga yulduz q

o‘nishi” –

bular

aynan bir holatning ikki xil badiiy tasviridir. Yana bir muhim farqi: hazrat
Navoiy baytida tabiatdagi bu noyob hodisa vositasida yor tasviri berilgan b

o‘

lsa,

Abdulla Oripov she’rida millatning tole yulduzi, saodat qamari porlaganiga ham

ishora qilinmoqda.

Hazrat Alisher Navoiy “Hayrat ul

-

abror”

dostonida

Nazmda ham asl anga ma’ni durur,

B

o‘

lsun aning surati har ne durur, -

deb yozgan edi. Ya’ni ulug‘

mutafakkir zamonlar kelib nazmning suratida

yangilanishlar b

o‘

lishini bashorat qilgan. Buyuk shoir nazmning rango-rang

liboslar bilan ziynatlanishi tabiiy ekanini ta’kidlash barobarida, har qand

ay

shaklda b

o‘lishidan qat’i nazar, “asl anga ma’ni” ekanini ta’kidlagan edi.

Bugungi she’riyatimizda hazrat Navoiy bashoratining isboti shakliy

yangilanishlar misolida ham yaqqol namoyon b

o‘

layotir. Abdulla Oripovning

“Ranglar va ohanglar” to‘

plamidagi uchliklarni bunga dalil sifatida keltirish

mumkin.

Oq dengizdan oq shamollar essalar,

Qizilidan kelsa alvon shabboda,

Qora dengizdan-chi, tim qora nasim.


background image

120


Oq tanli kishidan oqlik ufursa,

Sar

g‘

imtil qavmdan zahil epkinlar,

Qoralardan esa siyohrang tutun.


Ne hol yuz berardi rub’i maskunda,

Kim ham k

o‘

z yumardi bu manzaradan,

Yaxshiyam shamolning ranglari y

o‘

qdir.

Avvalo, t

o‘plamning nomida ham poetika borligini ta’

kidlash kerak.

Qolaversa, yuqoridagi misralarda aks etgan muammo, bu kabi ohorli savol

she’riyatimizda hanuzgacha o‘

rtaga q

o‘

yilgan emas. Bu misralarni mutolaa

qilgan she’rxon shoirning asosiy fikrini birdaniga anglay olmasligi ham tabiiy.

Qissadan hissa mana bu satrlarda aks etgan:

Bir qarashda ular hamohang,

o‘

xshash,

Biroq sen, ijodga azm etgan shoir,

Ularni adashmay farqlamo

g‘

ing shart.

Bu misralarda, ta’bir joiz bo‘

lsa, ijodkorning konsepsiyasi aks etgan.

Ya’ni shoir kim, chinakam ijodkor mavqeiga ko‘

tarilmo

g‘

i uchun u qanday

fazilatlarga ega b

o‘

lmo

g‘

i kerak? Zero, ijod ahlining

o‘

zgalardan farqi ham

shunda.

Sening k

o‘

zlaringga k

o‘

rinsin ular,

Sening qulo

g‘

ingga chalinsin unlar,

Barchasi rango-rang, saslari turfa.

Demak, boshqalar k

o‘

rmagan rang ijodkor tasavvurida namoyon

b

o‘

lmo

g‘

i zarur. Tinglash

o‘

zgalarga hech qachon nasib etmaydigan ohanglar

shoir qulo

g‘

ida mudom jaranglab turmo

g‘

i lozim.

Bilib q

o‘

y, rangi bor armonning hatto,

Orzularning ajib shamoyillari,

Inson qancha b

o‘

lsa, ular ham shuncha.

Haqiqatan, ijodkorning ijodkorligi ham shundaki,

uning nazdida

armonning ham

o‘

ziga xos rangi bor. U orzularning shakl-shamoyilini ham

k

o‘

ra biladi. Eng hayratlanarlisi, orzu va armonning ranglari shu qadar turfaki,

uning nav’i hat

to yer yuzidagi odamlar adadiga teng.

Biroq k

o‘

z suratkash anjomi emas,

Oddiy some’ emas qulog‘

imiz ham,

Nozik mehroblarga tegishli ular.

Abdulla Oripov

mutafakkir shoir. Shuning uchun ham u boshqalarning

yetti uxlab tushiga kirishi mahol b

o‘

lgan original badiiy umumlashmalarga kela

oladi. Jumladan, uningcha, ijodga azm etgan shoir ranglarni zohir k

o‘

zi bilan

emas, botin diydasi bilan idrok etmo

g‘

i kerak. Chunki inson k

o‘

zi suratkash

anjomi b

o‘

lmagani kabi uning qulo

g‘i ham oddiy some’ emas –

ular nozik

mehroblarga tegishli. Ya’ni ijodkorning nazari hech kim ilg‘

amagan g

o‘

zallikni


background image

121

payqashi zarur. Shoirning qulo

g‘

i biror odam bolasi eshitishi mumkin

b

o‘

lmagan ohanglarni tinglamo

g‘

i kerak.

K

o‘

rganin

ye

tkazgay Qalb degan joyga,

Tafakkurga aytgay eshitganlarin,

Bunday izdihomda uxlab b

o‘

lurmi?!

Chinakam ijodkorning qalbi mudom titrab turadi. Negaki, hech kim

k

o‘

rmagan sinoatni mushohada etar ekan, bu uning qalbida aks sado beradi.

Negaki, boshqalar eshita olmaydigan ohanglarni tinglar ekan, bu uning
tafakkurini muttasil ravishda bezovta qiladi. Ijodkorning ogohligi siri shunda.
Shoirning bedorligi sababi shu. Binobarin, ana shu fazilatlarga ega b

o‘

lmagan

odam

o‘

zini ijodkor sanashga haqli emas

mana mutafakkir shoirning ijod

konsepsiyasi.

O‘

tgan asrning 80-yillarida nashr etilgan bir suhbatida shoir mana bunday

fikrlarni bildirgan edi: “Men navoiyshunos degan terminga qarshiman. Chunki

bu shunday katta bahri muhitki, uning dengizlari bor. Shuning uchun “Layli va

Majnun”shunos yo “Farhod va Shirin”shunos bo‘lish mumkin. “Chor devon” bir

umr

o‘rganilsa kam. Men Navoiydan masalaning mohiyatiga kirishni, she’rni

sehrli tayoqchaday

o‘

ynatishni

o‘

rgandim. U kishi mazmun ifodasining ustasi,

she’r aytish mumkin, lekin she’rni mazmun bilan faqat Navoiy aytgan”

[Oripov

2001: 157].

Darhaqiqat, Abdulla Oripov ma’naviy ustozi hazrat Navoiydan

o‘

rganganidek, masalaning mohiyatiga kira biladi. Bugina emas, mohiyatni

betakror badiiy talqin etish bobida tengsiz mahorat kasb etgan. Yana ulu

g‘

Navoiydan

o‘rgangani kabi shoir she’rni sehrli tayoqchaday o‘

ynata oladi.

Shuning uchun ham, uning asarlari bir vaqtning

o‘

zida shuurni ham, k

o‘

ngilni

ham birday zabt etadi.

O‘

quvchini hayrat olamiga olib kiradi, uning qalbida

yangi-yangi dunyolarni kashf qiladi. Mana, shoirning aruzda ijod etish
imkoniyati necho

g‘

lik katta ekanini k

o‘

rsatadigan shohbaytlaridan yana biri:

Gar falak burjida shams uyquga solsa

o‘

zni,

Yetdi navbat bizga deb chaqnar emish sayyorlar.

Tabiiyki, bunda shams (quyosh) ham, sayyoralar ham majoz. Baytda

aslida aksar insonlar tabiatiga xos

o‘

zi loyiq b

o‘

lmagan maqomga intilish, hoyu

havas, hirsu hasad kabi illatlar tanqidi

o‘

z ifodasini topgan. Muhimi, bu fikr

falak, burj, shams, sayyorlar kabi mutanosib obrazlar vositasida jozibali poetik
tasvir orqali aks etgan. Bu kabi baytlar shoir ijodida k

o‘

plab uchrashi Abdulla

Oripovning aruzda hazrat Alisher Navoiyning munosib izdoshi ekani dalilidir.

Shoir hazrat Navoiy

g‘

azallariga muxammaslar ham bo

g‘

lagan. Ular

orasida

Jamoateki, junun man’ini manga qilasiz,

Tosh otibon ne uchun telbalarga qotilasiz, -

matla’li g‘

azalga bo

g‘

langan muxammas alohida ajralib turadi. Sababi,

birinchidan, bu

g‘azal turkiy she’riyatda kam qo‘

llangan komili musaddasi solim

(qolipi: mutafoilun-mutafoilun-mutafoilun) vaznida bitilgan. Ikkinchidan,


background image

122

muxammas misralari shu darajada mantiqan va san’atkorona bog‘

langanki,

g

o‘

yo bir ijodkor qalamiga mansubdek taassurot qoldiradi.

Hazrat Navoiy “Mezonu

-l-

avzon”da aruzning komil ba

hri haqida mana

bunday ma’lumot beradi: “Oltinchi doiraki, andin ikki bahr mustaxraj bo‘

lur,

bu ham ajam shuarosi aruzlarida k

o‘

rulmaydurkim, alardin biri komil

bahridurur...”

[

Навоий 2000: 90

]

.

Mazkur muxammasning ayni shu “...ajam

shuarosi vaznlarida k

o‘rulmaydurgan, oz she’r voqe’ bo‘lgan” komil

bahridagi

g‘

azalga bitilgani Abdulla Oripovning aruzda necho

g‘

lik mahorat

kasb etganidan dalolat beradi. Mana, muxammasning yakunlovchi bandi:

Kelibdur o

g‘

zima jonim, qilurman ishqimi zikr,

Netaykim vasl erdi orzu vale dildordin makr,
Netsun Abdulla hayrondur, ayo pir, aylang fikr,
Navoiy hajr

g‘

a qoldi, qiling visolda shukr,

Jamoateki, sevar yoringiz bila bilasiz.

O‘

zbekiston Milliy universitetida b

o‘

lgan ijodiy uchrashuvlardan birida

shoir hazrat Navoiyning s

o‘

z q

o‘

llash borasidagi

o‘

ziga xosligi haqida gapirib,

ulu

g‘

mutafakkirning “bo‘ldilo”, “qildilo” tarzidagi ifoda shakli unga benihoya

ma’qul kelgani xususida bahs yuritgan edi. Shundan so‘

ng

o‘

zining buyuk

bobokalonimizdan ta’sirlanib yozilgan “Bo‘ldilo” she’rini o‘

qib berdi. Bu hol

Abdulla Oripovning ulu

g‘

Navoiy an’analarini yana o‘

zgacha shakllarda ham

davom ettirayotganini k

o‘

rsatadi.

Hazrat

Navoiyning

Abdulla

Oripovni

t

o‘

lqinlantirgan

misralari

quyidagicha:

Kimki zamon ahlidin aylamadi ijtinob,
Bir kun ani ham degung ahli zamon b

o‘

ldilo.


Yaxshilar ichra Vatan tutsa Navoiy, ne tong,
Kimki yomonlar bila b

o‘

ldi yomon b

o‘

ldilo.

Haqiqiy she’r iztirobdan, darddan tug‘

iladi. Ayniqsa, dunyoni mukammal

k

o‘

rmoq istagan, k

o‘

lmak davralardan hazar qilgan, umrning yugurikligini teran

his etgan, yillar jarohatiga davo izlagan shoir be

g‘

am, beparvo b

o‘

lishi mumkin

emas. Abdulla Oripovning hazrat Navoiyning mazkur she’ri ta’sirida dunyoga

kelgan quyidagi misralari ana shunday iztirob mahsuli:

Yillar jarohatin bormi davosi.
Bormikan Luqmoni, bormi Sinosi?
Muhabbat mulkining nozik binosi
Hijron seli ila vayron b

o‘

ldilo.

Shoir lirik qahramonining iztirobi

o‘

tkinchi hoyu havaslardan

tu

g‘

ilmagan. U baxtga zor b

o‘

lsa-da, baxtni kuylagan, sarobga termulib naqdni

boy bergan, vaqtni somondek sovurgan va bundan adoqsiz anduhda qolgan,
boshqacha aytganda,

o‘

z-

o‘

zini taftish qilishga qodir tafakkur sohibining

iztirobi.


background image

123

Lirik qahramon garchi suv izlab qumlarga duch kelgan

, daf’atan do‘

stga

madad bera olmagan, yovlari misoli tikandek qurshagan, ne-ne orzulari armonga
aylangan b

o‘

lsa-da, nekbin. Hayotga umid va ishonch bilan qaraydi:

Bu foniy dunyoda men ham bir sayyoh,
Gohida shoshildim, shoshiltirdim goh,
Asl manzil ekan u Oliy dargoh,
Qolgani shunchaki sayron b

o‘

ldilo

.

Hazrat Navoiyning “Arba’in” asari va Abdulla Oripovning “Hikmat

sadolari” turkumining qiyosiy tahlili ham qiziqarli xulosalarga olib keladi.

Avvalo, ta’kidlash kerakki, asar nomidan ham ko‘

rinib turganidek, hazrat

Navoiy qirq hadis mazmunini nazmiy talqin qilgan b

o‘

lsa, Abdulla Oripov ellik

hadis mohiyatini betakror badiiy ifodalagan. Bu boradagi kuzatishlarimizni
birgina hadis poetik talqini muqoyasasi bilan cheklaymiz. Jumladan,

“Arba’in”d

a qanoatning tuganmas boylik ekani haqidagi hadis quyidagicha

she’riy sharhlangan:

Hirsdin kechgil ul

g‘

amedurkim,

Haddu

g‘

oyat emas anga paydo.

Tut qanoatki, ul erur mole

Ki, nihoyat anga emas paydo.

Qanoat

komillikning bosh shartlaridan. Shu bois ham mumtoz

shoirlarimiz hadisi sharifda ulu

g‘

langan bu fazilat tar

g‘ibiga alohida e’tibor

bilan qaratgan. Zero, qanoat

boshdagi toj. Uning aksi b

o‘

lgan tamagirlik esa

insonning asl tabiatiga yot xususiyat. Qanoat insonni yuksaklikka k

o‘

tarsa,

tama’ uni za

bunlikka mahkum etadi. Abdulla Oripovning qanoat haqidagi

she’riy hikmati ham hadisi sharifning bugungi zamon kishisi ruhiyatiga mos

poetik talqinidir:

Ramazon oyida, hayit cho

g‘

ida,

Sumalak pishirdi ahli musulmon.
Unni qovurdilar zaytun yo

g‘

ida,

Halim tayyorladi

kimda bor imkon.


Bahor keldi, mana, qishdan chiqoldik,
Bergan rizq-r

o‘ziga, ne’matga sharaf.

To

g‘

dayin zahmatni axir yiqoldik,

Tabiatga sharaf, himmatga sharaf.

R

o‘

zadan chiqqanlar, sizga ham rahmat

Farzingiz sinovli saodat erur.
Rasululloh demish: - Sabr qil, ummat,
M

o‘

minlik belgisi qanoat erur.

“Arba’in” va “Hikmat sadolari”ning mushtarak hamda farqli jihatlari

alohida tadqiqotlarga mavzu b

o‘

la oladi. Muhimi, shu birgina misol ham

k

o‘

rsatib turibdiki, zamonamiz shoiri Abdulla Oripov hazrat Navoiy singari


background image

124

muborak hadislar mazmunini betakror badiiy talqin eta bildi. Bu orqali

o‘

zining

insonni komil, jamiyatni mukammal k

o‘

rish haqidagi orzularini ohorli obrazlar,

g

o‘

zal tashbehlar orqali poetik tasvirlashga muvaffaq b

o‘

ldi.

Abdulla

Oripov she’riyatda hazrat Navoiy an’analarini munosib davom

ettirish barobarida shoirlar sultoni obrazini betakror poetik talqin etish bobida
ham peshqadamlikni q

o‘ldan bermagan. “Navoiy bobomiz asarlari mutolaasidan

charchaganim y

o‘

q,

deb yozadi shoir matbuotda

o‘

tgan yuzyillikning 90-

yillarida chop etilgan bir suhbatida.

U kishining biror bayti yoki misrasini har

o‘

qiganimda, yangi-yangi qirralarini kashf qilaman, g

o‘

yo ohori t

o‘

kilmaganday

tuyulaveradi. Ijodkorlar orasida Haqqa yetgani Navoiy, degan tushuncha bor. U
kishi asarlarini

o‘

qiganimda k

o‘

z

o‘

ngimda sohibi kamol, benazir bir inson

siymosi gavdalanaveradi”.

1966-yili hazrat Navoiy tavalludining 525 yilligi munosabati bilan ijod

etilgan “Alisher” she’rida shoir bunday yozadi

:

Jahonki muqaddas neni k

o‘

ribdi, -

Bariga onasan, ey qodir hayot.
Besh yuz yil naridan boqib turibdi
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.

Hazrat Navoiyni ulu

g‘lab minglab bayt she’rlar bitilgan. Muazzam

adabiyotimiz tarixida ul zotning sha’niga she’r bag‘

ishlamagan shoirni topish

mahol. Biroq she’r bilan she’rning farqi bor. Buyuk salafini ulug‘

lar ekan,

Abdulla Oripov ohori t

o‘

kilmagan tashbehlar q

o‘

llaydi, mavzuga hech bir

ijodkorda kuzatilmagan uslub va mezonlar asosida yondashadi. Masalan, hazrat
Navoiy bebaho asarlari bilan milliy tilimiz, adabiyotimiz mavqeini, millatning

sha’nini yuksaklarga ko‘targani ma’lum. Biroq bu fikrni mana bu tarzda o‘

ziga

xos poetik talqin etish oson ish emas:

Shu buyuk

o‘g‘

lingni ardoqlab dildan, -

Xalqim, ta’zim etsang arz

igay tamom.

Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga

o‘

zbek degan nom.

Ulu

g‘

mutafakkir tavalludining oltinchi yuz yilligi ham nihoyasiga

yaqinlashayotir. U mansub b

o‘

lgan xalq buyuk

o‘g‘

liga yuksak darajada ehtirom

k

o‘

rsatib kelmoqda. Abdulla Oripov bu fikrni ham betakror badiiyat bilan,

o‘

quvchining k

o‘

nglini, shuurini zabt etadigan darajada ifodalaydi:

Nido tingla, bu kun, yurting tarafdan,
Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er!
Ogoh b

o‘

l, Alisher, sen ushbu gapdan:

Har ikki nabirang biri

Alisher.

“Har ikki nabirang biri –

Alisher” –

bu poetik fikr chinakam badiiy

topildiq,

o‘

zbekona ibora. Buyuk mutafakkirga b

o‘

lgan ehtiromni bundan ham

sodda va ta’sirchan ifodalash mahol.

Jahon mehrobida paydo Alisher...
Shodmon qasida ayt sen ham, ey quyosh!


background image

125

Besh yuz yil unga ham nima gap axir,
Mingga qadam q

o‘

ydi yigirma besh yosh.

Hazrat Navoiy jahoniy miqyosga k

o‘

tarilgan ijodkor. Unga quyosh ham

qasida aytsa arziydi (shoir ulu

g‘

mutafakkirning serquyosh zamin farzandi

ekaniga ishora qilgan). Besh yuz yil deganlari nima gap, u mingga qarab ham
yana yigirma besh qadam q

o‘

ydi. Boshqacha aytganda, yana ehtimol ming yillar

o‘

tar, biroq Alisher Navoiy dahosi mudom yetib b

o‘

lmas yuksaklikda

qolaveradi. Axir u qalam bilan Sohibqiron Amir Temur ti

g‘

i yetmagan joylarni,

nainki mamlakatlar, ularda yashaydigan insonlar qalbini ham zabt etdi. Abdulla

Oripov “O‘zbekiston” qasidasida bu hayotiy haqiqatni mana bu tarzda badiiy

haqiqatga aylantirdi:

K

o‘

p jahongir k

o‘

rgan bu dunyo,

Hammasiga guvoh

yer osti.

Lekin, d

o‘stlar, she’r ahli aro

Jahongiri kam b

o‘

lar, rosti.

Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher,
Temur ti

g‘

i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher.

Darhaqiqat, hazrat Navoiy

she’

r ahlining tan olingan jahongiri. Ulu

g‘

mutafakkir,

o‘z ta’biri bilan aytganda, Xitodin to Xurosongacha, undan Sherozu

Tabrizgacha b

o‘

lgan hududni cherik chekmay turib, tahti farmoniga olgan,

b

o‘

ysundirgan. Buyuk shoirning fasohat va balo

g‘

atda tengsiz s

o‘

ziga nainki

turk hatto turkmon ham jonu k

o‘

nglini bergan.

Abdulla Oripov bir zamonlar ovozi ikki daryo orali

g‘

ida qolib

ketayotganidan afsus chekkan edi. Shoir asarlari dunyoning ingliz, nemis, arab,
rus, ukrain, gruzin, turk, tatar, qrim-tatar, chuvash, ozarboyjon, arman, belorus,
eston, latish, makedon, moldovan, tojik, turkman, qir

g‘

iz, qozoq, qoraqalpoq

singari k

o‘

plab tillariga tarjima b

o‘

lib, nashr qilindi. Xalqaro akademiyalar

a’zosi bo‘

ldi, Italiyaning oltin yulduz ordeni bilan taqdirlandi. Bular barchasi

Abdulla Oripov nazmiy asarlari bilan jahoniy e’tirof qozonganidan, shoir bu

borada ulu

g‘

bobokaloni hazrat Alisher Navoiyning munosib izdoshi ekanidan

dalolat beradi.

Adabiyotlar:

1.

Алишер Навоий. Мезон ул

-

авзон. –

Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик,

Ўн олтинчи том

.

Т.: Фан, 2000

.

2.

Алишер Навоий. Муҳокамату

-

л

-

луғатайн. /Мукаммал асарлар тўплами,

20

томлик, Ўн олтинчи том. –

Т.: Фан, 2010.

3.

Орипов Абдулла. Танланган асарлар. Тўртинчи жилд. –

Т.: Адабиёт ва

санъат, 2001.

4.

Тарозий Шайх Аҳмад

ибн Худойдод. Фунуну

-

л

-

балоға. –

Т.: Хазина, 1996.

5.

Қосимов Бегали. Абдулла Ориповнинг ижод мактаби. / Уйғонган миллат

маърифати. –

Тошкент: Маънавият, 2011.

6.

Ҳусайний Атоуллоҳ. Бадойиъу

-

с

-

санойиъ. Т.: Адабиёт ва санъат,1981, 152

-

бет.

Библиографические ссылки

Алишер Навоий. Мезон ул-авзон. – Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, Ўн олтинчи том. – Т.: Фан, 2000.

Алишер Навоий. Муҳокамату-л-луғатайн. /Мукаммал асарлар тўплами, 20 томлик, Ўн олтинчи том. – Т.: Фан, 2010.

Орипов Абдулла. Танланган асарлар. Тўртинчи жилд. – Т.: Адабиёт ва санъат, 2001.

Тарозий Шайх Аҳмад ибн Худойдод. Фунуну-л-балоға. – Т.: Хазина, 1996.

Қосимов Бегали. Абдулла Ориповнинг ижод мактаби. / Уйғонган миллат маърифати. – Тошкент: Маънавият, 2011.

Ҳусайний Атоуллоҳ. Бадойиъу-с-санойиъ. Т.: Адабиёт ва санъат,1981, 152-бет.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов