История миграционного права Англии

CC BY f
31-35
0
0
Поделиться
Исоков, Л. (2024). История миграционного права Англии. in Library, 22(3), 31–35. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/31041
Лукмонджон Исоков, Правоохранительная академия Республики Узбекистан
Руководитель Центра юридических наук, доктор философских наук (PhD), доцент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассмотрены особенности возникновения миграционного права в Англии. В частности, на основе анализа исторических письменных источников изучены формирование миграционного права как правовой обычай в древней Англии.


background image

31

№8

/2022

w

Huquq va burch

V asrda Britaniyaning anglo-sakslar tomo-

nidan istilo qilinishi mahalliy kelt qabilalarining
bo‘ysunishni istamagan qismini orolning shimoliy
qismiga ko‘chishga, qolgan qismini esa taslim
bo‘lib, ana shu german qabilalari bilan aralishib
ketishga majbur qilgan. Shu tariqa Britaniyada
yettita anglo-sakson qirolligi paydo bo‘lgan.

Ingliz feodal davri hujjatlarini tadqiq etish

natijasida 1166-yil Klarendon va 1176-yilda Nort-
genton lordlari Angliya qiroli Genrix II Plantage-
net qabul qilgan qarorga asoslanib chet elliklarni
haydab chiqargani, shuningdek ularga bir ke-
chadan ko‘p vaqtga boshpana berishni taqiqlagani
aniqlandi. Tarixda 16 moddadan iborat mazkur

qarorlar to‘plami “Klarendon konstitutsiyalari”
nomini olgan.

Immigratsion nazorat o‘rnatilishi Angliya-

da Normand davrining yakuniga qadar bosqich-
ma-bosqich, muayyan shartlar asosida migrant-
larni qabul qilish va ularga safar hujjatlarini taq-
dim etish amaliyotiga olib keldi.

O‘rta asrlarda shaxsning fuqarolik huquqiy

maqomi borasida dastlab aynan Angliyada
muayyan ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. 1215-yil-
da ushbu mamlakatda 63 moddadan iborat si-
yosiy-huquqiy hujjat Erkinlikning buyuk xartiyasi
(lot. Magna Carta yoki Magna Charta Libertatum)
qabul qilindi (1-rasm).

G‘arb Uyg‘onish davri, qolaversa, o‘rta asrlar yakunida vujudga kelgan

ma’rifatparvarlik oqimi vakillarining ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-huquqiy

qarashlari huquqshunoslik ilmini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu

jarayon migratsiya huquqining tabiiy huquq sifatida shakllanishiga ham

xizmat qildi. Angliya misolida migratsiya huquqi hamda uning institutlari

shakllanishini tahlil qilish yuqoridagi fikrimizni yaqqol isbotlaydi.

1-rasm.

Erkinlikning buyuk xartiyasi. Britaniya kutubxonasi.

31

№8

/2022

w

Huquq va burch


background image

32

Huquq va burch

w

№8

/2022

TALQIN

Mazkur konstitutsiyaviy hujjatning 39-ban-

dida shunday deyilgan: “Hech kim sud muhokama-
sisiz va qarorisiz, qonunga asoslanmagan holda
aybdor deb topilishi, qamoqqa olinishi yoki ozod-
likdan mahrum qilinishi, mulki musodara qilinishi
hamda mamlakatdan majburiy tartibda chiqarib
yuborilishi mumkin emas”. Demak, bunda erkin
harakatlanish va yashash joyini tanlash huquqi
majburiy tartibda mamlakat hududidan chiqarib
yubormaslik normasi bilan mustahkamlanib, mi-
gratsiya huquqining ilk tarixiy ko‘rinishi sifatida
namoyon bo‘lmoqda.

Ushbu xartiyaning 41 va 42-modda-

lariga binoan “Barcha savdogarlar quruq-
likda ham, suvda ham erkin va xavfsiz
tarzda Angliyadan chiqib ketish va kirib
kelish, Angliyada erkin tarzda bo‘lish va
mamlakat hududi bo‘ylab erkin harakat-
lanish huquqiga ega. Bundan buyon faqat
bizga sodiqligini saqlagan holda quruq-
lik va suv orqali to‘la xavfsizlikda qirol-
ligimizdan chiqib ketishi va qaytib kelishi
uchun har bir kishiga ruxsat beriladi”. Shu
tariqa ushbu mamlakatda siyosiy rivoj-
lanishning o‘ziga xos xususiyatlari tufay-
li boshqa davlatlarga qaraganda shaxsiy
erkinlik kafolatlariga oid asosiy masala
ertaroq hal qilingan.

O‘rta asr migratsiya huquqida shaxsni tas-

diqlash yoki safar hujjati sifatida e'tirof etilgan
pasport-viza instituti aksariyat tarixiy adabi-
yotlarda XVII asr boshida paydo bo‘lgani tilga
olingan. Biroq ukrainalik olimlar (S.M.Gusarov,
A.T.Komzyuk, O.Y.Salmanova) pasport joriy qi-
lish haqidagi eng birinchi qaror ingliz parlamen-
ti tomonidan 1414-yilda qabul qilingani, undagi
yozuvlar 1772-yilga qadar lotin tilida kiritilganini
ta’kidlagan. Biroq bu aniq manba va batafsil ma’lu-
motlar bilan isbotlanmagan. Britaniya kutubxo-
nasidagi qo‘lyozmalar va arxiv hujjatlarining tah-
lili shuni ko‘rsatadiki, haqiqatan ham erkin hara-
katlanish uchun ruxsatnomalar 1414-yilda ta’sis
etilgan bo‘lib, Genrix V nomi bilan bog‘liq. Uning
hukmronligi davrida, ya’ni 1414-yilda Angliya par-
lamenti zamonaviy pasportga o‘xshash ilk hujjatni
muomalaga kiritish bo‘yicha “Xavfsiz xulq to‘g‘ri-

sida”gi qonunni (“The Safe Conducts Act 1414”)
qabul qilgan. Bu nafaqat rasmiy dalillarda, balki
badiiy adabiyotda ham uchraydi. Masalan, Uil yam
Shekspirning 1415-yil 25-oktyabr voqyealarini
tasvirlagan “Genrix V” nomli pyesasida muqaddas
Krispin kunidagi qirol nutqida “Ketsa-ketaversin,
pasporti qo‘lida” (“Let him depart; his passport
shall be made”) degan jumla keltirilgan. Mashhur
adibning 1599-yilda yozilgan mazkur asari yana
bir bor Genrix V zamonaviy pasportning asoschi-
laridan biri ekanini tasdiqlaydi.

Shu tariqa shaxsini va mamlakatini tasdiq-

lovchi hujjatni joriy qilish orqali qirol o‘z fuqa-
rolarining safar vaqtida erkin va xavfsiz harakat-
lanishini ta’minlashga erishgan. Ushbu qonun-
ning amal qilishi 1435-yildan 7 yilga to‘xtatilgan
va 1442-yilda qayta kuchga kirgan. “Xavfsiz xulq”
safar ruxsatnomasi barcha ingliz larga pulli va ing-
liz bo‘lmaganlarga bepul berilgan bo‘lib, faqatgi-
na hukmdorlar bu kabi hujjatga egalik qilmagan va
bunga ehtiyoj ham bo‘lmagan. Mazkur an'ana ha-
nuz davom etadi, masalan, qiro licha Yelizavetada
pasport mavjud emas.

1540-yildan 1685-yilga qadar ushbu hujjatni

taqdim etish vazifasi Angliyaning Maxfiy kengashi

zimmasiga yuklatilgan va aynan shu paytdan e’ti-
boran “pasport” atamasi keng qo‘llana boshlan-
gan. Xavfsizlik hujjati va munosib xulq-atvor no-
masidan iborat ushbu ruxsatnomaga qirol imzosi

Genrix V (1413-1422)

32

Huquq va burch

w

№8

/2022


background image

33

№8

/2022

w

Huquq va burch

2-rasm.

1641-yilda berilgan pasport.

qo‘yilgan. Hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan
eng birinchi pasportlardan biri Sharl I tomonidan
1641-yil 18-iyunda imzolangan va berilgan degan

fikrni aksariyat huquqshunoslar qo‘llab-quvvat

-

laydilar (2-rasm).

Tahlillarimiz shuni ko‘rsatdiki, Angliya va

Shotlandiya qiroli Sharl I Styuart tomonidan
imzolangan va 1636-yilda (ayrim manbalarda
1641-yilda) Tomas Littltonga taqdim etilgan safar

Angliya va Shotlandiya qiroli

Sharl I Styuart (1600-1649)

hujjati birinchi pasport emas. To‘g‘ri, shaxsiy kol-
leksiyalarda saqlanayotgan ushbu ko‘hna pasport-
da “qirolligimizdan dengiz sari yo‘l olgan vakilga 4
xizmatkor, 50 funt, yuk va zaruriy buyumlari bilan
birgalikda 3 yil muddatga berilgan” degan yozuvlar
kiritilgan. Pasport Tomas Littltonga safarda undan
foydalanish imkonini berish barobarida Angliya bi-
lan do‘stona munosabatda bo‘lmagan mamlakat-

larga borishni taqiqlagan. Biroq, bizning fikrimiz

-

cha, dastlabki rasmiy safar hujjati 1610-yilga man-
sub bo‘lib, uning birinchi egasi Tomas Pakering
hisoblanadi (3-rasm).

Ayrim manbalarda Tyudorlar sulolasining

so‘nggi vakillaridan biri, “Angliyaning oltin asri”-
da hukmronlik qilgan Yelizaveta I davrida, xusu-
san, 1595-yil 6-iyunda qirolicha imzosi tushirilgan
yorliq dengizda xizmat qilgan admiral va kapitan-
larga berilgani, bunday yorliqlar hozirgi kunga
qadar Sent-Endryus universitetida saqlanayot-
gani haqida ma’lumot uchraydi. Bu kabi ishonch
yorlig‘i shaklidagi safar hujjati yoki pasport Sharq
mamlakatlarida “baysa” deb yuritilgan bo‘lib,
odatda uning aynan kimga tegishliligi bitilmagan.
Shu nuqtayi nazardan, 1610-yil 13-avgustda An-
gliya qiroli Yakov I imzolagan va uch yil muddat-
ga berilgan hujjat Tomas Pakeringga reaksion ka-
tolik monaxlar tashkilotining a’zolari – iyezuitlar
xizmatidan foydalanmaslik sharti bilan mamlakat
bo‘ylab va uning dengiz orti hududlarida harakat-

33

№8

/2022

w

Huquq va burch


background image

34

Huquq va burch

w

№8

/2022

TALQIN

4-rasm

. Habeas korpus akt. Britaniya пarlamenti arxivi.

3-rasm.

Tomas Pakeringga berilgan pasport. 1610-yil.

lanish erkinligini taqdim etgan. Mazkur huquqdan
foydalangan Tomas Pakering 1611-yilga qadar
Parijda ot minishni o‘rgatish bo‘yicha murabbiy
Antuan de Plyuvineldan tahsil olib, qaytib kelgan.

Sharl II davrida pasportlarni qirol o‘rniga dav-

lat kotibi imzolashi mumkin bo‘lgan. 1794-yildan
e’tiboran barcha pasportlar davlat kotibi tomo-
nidan berilgan va ushbu an'ana butun Yevropaga
tarqalgan. Amerikada esa birinchi pasportlar kon-
sullik xizmati xodimlari tomonidan 1775-yildan
berila boshlangan. Britaniya pasportlari 1772-yilga
qadar lotin yoki ingliz tilida yozilgan, 1885-yildan
so‘ng lotin tili o‘rniga ayrim bandlarining fransuz
tilidagi tarjimasi ham ishlatilgan.

Angliyaning Derbi, Manchester, Northempton,

Uells, Vestminster va York kabi yirik shaharlarida
1623-yilga qadar boshpana olish huquqi bo‘yi-
cha o‘ziga xos odat amal qilgan. Unga ko‘ra mam-
lakatni 40 kun ichida tark etish sharti bilan mol-
mulki musodara qilingan jinoyatchi cherkovdan
boshpana so‘rashi mumkin bo‘lgan. Ushbu odat
huquqi davlat xoinlariga nisbatan qo‘llanmagan.
Jinoyatchilarning shaxsiy daxlsizligini ko‘zda tu-
tuvchi boshpana huquqi Angliyada XVII asrda be-
kor qilingan.

Buzilgan huquqlarni tiklash imkoniyatini qo-

nuniylashtirgan yana bir muhim huquqiy hujjat
1679-yildagi Habeas korpus akt (ingl. Habeas Cor-
pus Act) edi (4-rasm).

34

Huquq va burch

w

№8

/2022


background image

35

№8

/2022

w

Huquq va burch

“Habeas korpus” atamasi “tanani yoki shaxs-

ning o‘zini sudga keltirish” ma’nosini bildiradi.
Odatda jinoiy ta’qibga olingan, qamoqxonada-
gi shaxsning sud orqali himoyalanishiga nisba-
tan ishlatiladi. Aslida Habeas korpus instituti XII
asrdan boshlab mavjud bo‘lib, XVII asrda urf-odat-
ga aylangan. Inson huquqlari masalasi norma-
tiv-huquqiy hujjat ko‘rinishini ola boshlagan
davrda, ya’ni 1679-yil 26-mayda qabul qilingan
“Fuqaro erkinligini yanada yaxshiroq ta’minlash
va dengizdan tashqari hududlarda asossiz hibsga
olishlarning oldini olish to‘g‘risida”gi qonun yoki
“Habeas korpus akt”da normativ-huquqiy hujjat
shaklini oldi. Shu asnoda mazkur institut ham
shaxsning erkin harakatlanishini cheklashning
oldini olishga xizmat qildi.

Oradan o‘n yil o‘tgach, 1689-yilda Britaniya

konstitutsiyasining asosiy qismlaridan biri bo‘lm-
ish “Huquqlar to‘g‘risidagi bill” inson huquqlarini
yuridik jihatdan tasdiqlagan dastlabki hujjatlardan
biri bo‘lgan (5-rasm).

O‘rta asrlar Angliyasida amal qilgan “Ne ex-

eat regnum”, ya’ni “qirollikni tark etmaslik” prin-
sipi migratsiya huquqida muhim o‘rin egallagan.
Bunga ko‘ra qirol muayyan shaxslarning maxsus

5-rasm.

Angliya parlamenti 1689-yilda qabul qilgan

“Huquqlar to‘g‘risidagi bill”.

6-rasm.

Jon Bimzning “The Writ Ne Exeat Regno”

asari.

ruxsatnomasiz mamlakatdan chiqib ketishini ta-
qiqlash huquqiga ega bo‘lgan. O‘z davrida ush-
bu institut ulkan munozaralarga sabab bo‘lgan
hamda ingliz olimi Jon Bimz (John Beames)ning
“Qirollikni tark etmaslik haqida sud buyrug‘i”
(“The Writ Ne Exeat Regno”) nomli ilmiy asari
sud hokimiyati vakillari uchun qo‘llanma sifatida
nashr etilgan (6-rasm).

Harakatlanish erkinligini cheklashga qaratil-

gan mazkur amaliyot keyinchalik nafaqat migrat-
siya huquqida, balki jinoyat-protsessual huquqida

shaxslarga ijtimoiy xavfli qilmishi uchun muayyan

hududni tark etmaslikka oid taqiq qo‘yish institu-
tining paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan.

1855-yildan e'tiboran pasportlar faqat britani-

yaliklar uchun beriladigan odatiy hujjat turiga
aylandi. Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan
Buyuk Britaniya va chet el fuqarolarining huquqiy
maqomi to‘g‘risida qonun qabul qilinib, 1914-yilda
pasport sahifalarida shaxsiy fotosurat uchun joy
belgilandi.

Luqmonjon ISOQOV

Bosh prokuratur akademiyasi

markaz boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha

falsafa doktori (PhD), dotsent

35

№8

/2022

w

Huquq va burch

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов