Page | 97
“O‘zbek Adabiyotshunosligining Dolzarb Muammolari”
(Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlanadi)
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
uz
Andijon Davlat Universtiteti
www.adu.uz
30-APREL
2024-YIL
orasida o‘quvchilarga o‘z tilida xitob qilib
,
so‘z qo‘shishini “juda katta aybdur”
deydi. Bu usul r
oman yozish uslubiga zid ekanligini aytib o‘tar ekan, 8
-, 14-, 19-,
21-, 26-
sahifalardagi sakta so‘zlardan yigirma yerda qayd etganligini aytib,
o‘rinsiz tushgan saktalarga izoh berib o‘tadi. Bizningcha ham, bu kamchiliklar
o‘rinli edi. Anvar obraziga to‘xtalar ekan, “olim, shoir, axloqli, vijdonli, tarbiyali,
mafkurachi, jasur” bir kishi Solih Mah
d
um kabi “riyochi, munofiq, vijdonsiz, xasis,
ahmoq” bir kishining tarbiyasidan yetishishi ham g‘ayritabiiy jihat sifatida
baholanib, “tikondin gul, aridin bol chiqqan”
deya tavsiflanadi. Bunday
yondashuvlarda adabiyotshunos Miyon Buzrukning sinchkov tadqiqotchi ekaniga
guvoh bo‘lamiz. Bulardan xulosa qilish mumkinki, Miyon Buzruk
asardagi ayrim
kamchiliklarni
o‘rinli tahlil qilgan. Lekin shunday kamchiliklar bo‘lishiga qaramay,
jadid adabiyoti o‘sha davr uchun muhim hodisa bo‘ldiki, bunda har bir jadid
ijodkorning o‘z salmoqli o‘rni bor edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Назаров Б., Расулов А.,
Аҳмедова
Ш., Қаҳрамонов
Қ. Ўзбек адабий
танқиди тарихи.
–
Тошкент:
Тафаккур қаноти, 2012. –
Б.41
.
2.
Бахтин М. Эпос ва роман. Рус тилидан М.Олимов таржимаси
//Филология масалалари. –
2005, -
3№. –
Б. 222.
3.
Каримов Б. Ўзбек адабий танқиди.–
Тошкент: Турон
-
Иқбол, 2011. –
Б.
12-26.
4.Quronov D. Roman haqida ayrim mulohazalar // Mutolaa va idrok mashqlari.
–
Toshkent: Akademnashr, 2013.
–
B. 176.
5.Назаров Б., Расулов А.,
Аҳмедова
Ш., Қаҳрамонов
Қ. Ўзбек адабий
танқиди тарихи.
–
Тошкент:
Тафаккур қаноти, 2012. –
Б.41
.
ROMANDAN ROMANGA KO‘CHGAN BADIIYAT
AN ARTISTIC EVENT THAT HAS MOVED FROM NOVEL TO NOVEL
Dilnoza Mamanova Uktamovna
19
Annotatsiya:
Ushbu maqolda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar,”
“Mehrobdan chayon” romanlari va Sa’dixon Mavlavixon o‘g‘li Eshonjonovning
“Tanazzul” pentologiyasi badiiy va tarixiy haqiqat mutanosibligi qiyosiy tahlil
qilingan. Asarlardan asarga ko‘chgan obrazlar, voqealar o‘zaro faktlarga asoslanib
tahlil qilingan. Yozuvchilar asarlari davri jihatida ham tugal fikrga kelingan.
19
Samarqand davlat tibbiyot universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan” kafedrasi assistenti
Page | 98
“O‘zbek Adabiyotshunosligining Dolzarb Muammolari”
(Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlanadi)
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
uz
Andijon Davlat Universtiteti
www.adu.uz
30-APREL
2024-YIL
Natijada bir davr yoritilgani va “Tanazzul” yozuvchisi Qodiriy asarlariga muvofiq
holatda asar yozib o‘z ijodiy maqsadiga erishgan degan xulosaga kelingan.
Kalit so‘z:
roman, pentologiya, obrazlararo o‘xshashlik, yozuvchi g‘oyasi,
tarixiy obraz, to‘qima obraz, fakt, mutanosiblik, tarix.
Annatation
: This article compares the artistic-historical truth ratio of
"Tanazzul" pentology in the novels "Bygone days" by Sa'dikhon Mavlavikhon’s son
Eshonjanov and "The scrpion from the altar" by Abdulla Qadiri. Images and events
that passed from one work to another were analyzed on the basis of mutual facts.
The creative idea of the writers is well thought out. As a result, such a period was
covered, and it was concluded that the author of "Tanazzul" achieved his creative
goal by writing a work in line with Qadiri's work.
Key words:
novel, pentalogy, similarity between images, writer's idea,
historical image, textile image, fact, proportion, history.
O‘tmish, hozir va kelajak bir
-
biri bilan uchrashmasdan o‘zaro davom etar
ekan, qanchadan qancha haqiqatni, qanchadan qancha yolg‘onni va shular negizida
necha-
necha insonlarni ko‘rmoqda va unutmoqda. Adabiyot nuqtayi nazaridan
qarasak, har bir davrda o‘z ijodi bilan odamlar diqqatini tortadigan yozuvchi
-yu
shoirlar yetishib chiqqan va bu silsila yana ham quloch yozib davom etmoqda.
Shunday adabiyotga o‘z asarlari bilan muhr qo‘ygan ijodkorlardan biri Abdulla
Qodiriydir. Uning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari tarixda va
hozir ham adabiyotimizning eng sara asarlari orasidan yuqori darajalarni egallab
kelmoqda. Asarlar yozuvchi g‘oyasi, ideali bilan birgalikda Qo‘qon xonligi voqea
hodisalarini va obrazlar orqali siyosiy munosabatlar tasvirlangan ekan, har bir
ijodiy asarga e’tibor bersak, albatta, obrazlar hayoti jamiyat hayotiga bog‘liqligini
ko‘rishimiz mumkin. Chunki jamiyat odamsiz, odam esa jamiyatsiz bir butun bo‘la
olmaydi. Qodiriy romanlarida ham yetakchi qahramonlar Otabek, Yusufbek hoji,
Mirzakarim qutidor, Anvar, Sultonali, Solih maxdum kabi obrazlar vositasida
siyosiy jarayon va yozuvchining o‘z g‘oyasi ham kiritilgan. Ya’ni yozuvchi asar
yozilgan davrga munosabatini ko‘pchilik uchun to‘g‘ri keladigan va to‘g‘ri
kelmaydigan tomonlarini asarda obrazlar tilidan tasvirlaydi. Asar yozishdan
maqsad ham jamiyatda bo‘layotgan voqealarga ommaning munosabatini o‘rganib,
shu holatlarni obrazlarga yuklab ular orqali xalqga yetkazish ularga turki
berishdan iboratdir. Qodiriy asarlarida ham buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek zamonaviy adabiyotimizda yaqin yillar ichida Sa’dixon Mavlavixon
o‘g‘li tomonidan tarixiy mavzudagi “Tanazzul” pentologiyasi yaratildi. Ushbu
roman ham Qo‘qon tarixi va asosan Xudoyorxon davri voqealarini o‘z ichiga olgan.
Shu nuqtayi nazardan birinchidan, asar Qodiriy romanlarini davomidek tuyiladi.
Ikkinchidan, yozuvchi asar yozishdan oldin turli tarixiy ma’lumotlar bilan
Page | 99
“O‘zbek Adabiyotshunosligining Dolzarb Muammolari”
(Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlanadi)
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
uz
Andijon Davlat Universtiteti
www.adu.uz
30-APREL
2024-YIL
tanishgan holatda, bu davr yoritilgan badiiy asarlarni, ayniqsa Qodiriy asarlarini
puxta o‘rganganligi asar obrazlari va voqea
-hodisalar rivojida sezilib turadi.
Uchinchidan, romandan romanga ko‘chgan ba’zi jarayonlar bilan tanishib yozuvchi
mahoratini baholash mumkin. “Tanazzul” romanida Qodiriy asarlaridagi ba’zi
obrazlar uchraydi: Yusufbek hoji, Normuhammad qo‘shbegi, Muhammad Rajab
poygachi va boshqalar.
Juda ham diqqatimizni tortgan bir o‘rin pentologiya voqealari jarayonida
Sheralixonning o‘g‘illaridan biri Mallaxon Xudoyorxon tomonidan Toshkent hokimi
etib tayinlangandan keyin beklar bilan yig‘ilish bo‘ladi va unda beklar orasidagi
suhbatda
“
-
Kattalarning ichida qo‘shningiz ko‘rinmaydi.
- Kimni aytayapsiz?
- Yusufbek hojinida.
- Ha-
a... Hojibobomi? Kelinlari ko‘z yorib, qazo qilgandan bu yog‘iga o’rdaga qadam
bosmay qo‘ydilar.”
degan gap keltiriladi. Bu esa “O‘tkan kunlar”da Kumushga
ishoradir u ham xuddi shunday tug‘ruqdan keyin kundoshi Zaynab tayyorlagan
zahar qo‘shilgan atalani yeb zaharlanib vafot etadi. “Tanazzul” yozuvchisi Qodiriy
romanlaridan ilhomlangan holatda badiiy to‘qimani ham haqiqatga mutanosib
ifoda etgan va bu tahsinga sazovordir. Shundan kelib chiqib, tarixni yaratishda
yozuvchining ilmiy, ijodiy salohiyati asarning haqqoniyligini, badiiyatini ta’minlay
degan munosabat bildira olamiz.
Qodiriy Toshkentda yashaganligi va asarni ham shu joyda yozgani sabab u
yerdagi voqealar tarixini yaxshi biladi. Otabek obrazi orqali ham xalqni
uyg‘otishga, fikr mulohaza qilishga, ilm egallab mustaqil qadam qo‘yishga dav’at
etadi. Marg‘ilonga kelganda ilk mehmondorchilik suhbatlaridan birida O‘rus
shaharlarida bo‘lganini, u yerdagi ijtimoiy
-siyosiy holat haqida
“Men o‘rusning
idora ishlarini ko‘rib o‘z idoramizning xuddi bir o‘yinchoq bo‘lganini iqror etishga
majbur bo‘ldim… Bizning idoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa,
holimizning nima bo‘lishiga aqlim yetmay qoldi.”
degan fikrlar keltiriladi.
“Tanazzul” romanida to‘qima Saidbek va Qilich obrazlarida ham Otabek yo‘lidan
ketish kuzatiladi. Xudoyorxon ularni Rossiyaga o‘qishga –
ilm maqsadida yuboradi.
Dastlab imperator farmoniga asosan, “Naplyuev nomidagi kredit korpusi”da keyin
Qozonda tahsil oladi. Olti yil mobaynida rus, ingliz, arab tilida ravon so‘zlashni,
harbiy sohani: jang qilish taktikalarini o‘rganib, ijtimoiy
-iqtisodiy, siyosiy jihatdan
yetuk bo‘lib qaytishadi. Buni ayniqsa, Saidbek misolida romanda ochib berilgan.
Xudoyorxon u bilan maslahatlashar, boshqa davlatlarda bo‘layotgan ishlarni
batafsil so‘rab o‘rganar edi. Bu obraz orqali yangiliklar olib kiriladi: askarlarning
kiyimlari bir xilda bo‘lishi, saf bo‘lgan holda yurish, jang qilish texnikasi, elchilik
aloqalari va shu kabi xonlikda yo‘q chet el nafasi kiritiladi:
Page | 100
“O‘zbek Adabiyotshunosligining Dolzarb Muammolari”
(Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlanadi)
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
uz
Andijon Davlat Universtiteti
www.adu.uz
30-APREL
2024-YIL
“ –
Uch yuz-
to‘rt yuz nafar navkarlarni ularda rota deyishadi, ana shu navkarlar bir
tekisda saf tortib podsho, vazirlar turgan maydondan gursillab o‘tsa, parad deyiladi.
-
…Besh
-
o‘nta ayg‘oqchi faqat bizda, xon hazratlari, ularda minglab ayg‘oqchilar bor.
O‘rislar mirshablardan ko‘ra ayg‘oqchilardan ko‘proq qo‘rqishadi.
…O‘rislar g ‘arb tomonda o‘ndan ortiq mamlakatni o‘ziga tobe qilib olgan, hatto, bir
-
ikkisini podsholigini yo‘q qilib, o‘zini o‘risidan bek tayinlab qo‘ydi. Ularda viloyat
bekligini “gubernator” deb atashadi. O’rislar o’ta bosqinchi xalq. Bizning
mamlakatimizga ham ko’z tikyapdi shekilli.”
Bu orqali ikki asarda ham
yozuvchining maqsadi orqada qolishlikni oldini olish, rivojlangan davlatlardan
o‘rnak olgan holda ish ko‘rmaslik oqibati ham mustamlaka bo‘lishimizga asosiy
sabab bo‘lganishiga ishora qilingan.
Yana bir o‘rinda Otabek tilidan
“Shamayda ekanman, qanotim bo‘lsa Vatanga
uchsam, to‘ppa
-
to‘g‘ri xon o‘rdasiga tushsam
-
da, o‘risning hukumat qonunlarini
birma-bir arz qilsam, xon ham arzimni tinglasa-
da, barcha elga yorlig‘ yozib
o‘risning idora tartibini dasturilamal etishka buyursa, men ham bir oy ichida o‘z
elimni o‘risniki bilan bir qatorda ko‘rsam.”
degan fikr keltiriladi. Buni yozuvchi
Sa’dixon Mavlavixon o‘g‘li “Tanazzul” asarida davom ettirib barchasini Saidbek
obrazi orqali uddaladi. Lekin, yangi havo nafasini olib kirdi-yu, oxirigacha yeta
olmadi. Tarixiy haqiqatga xoslik unga zamin yaratmadi.
Shuningdek “Mehrobdan chayon” romani bilan ham aloqador jihatlar talaygina.
Tarixiy asarlarda bo‘lgani kabi yozishmalar –
xat tasviri ikki asarda ham bo‘lib,
“Mehrobdan chayon” romanida quyidagicha xon nomidan keltiriladi: “Anvarga xon
tomonidan quyidagi yorliq e’lon qilindi.
“Ba ismi subhanollohu. Amrullohi farizatun
va amruna vojib. Bizkim, Farg‘ona mamlakatining xoqoni sulton ibni sulton a’ni
Sayid Xudoyorxon so’zimiz: Julusi solisamizning uchunchi sanasi mutobiqi 1287
-nchi
hijriya mohi safarning 25-
nchisi ushbu yorlig’imizni berdik xo‘qandlik mulla mirzo
Anvarg‘akim, mazkur mulla mirzo Anvar ibnni Salimboy sha’ri sharif uzra ustivor
sadri munshiylik umuri vazoyifalarimizni kama yanbag’i ado qilg‘ay deb
.” –
kabi
keltiriladi va “Tanazzul” da;
“Huvallaziy arsalara rasullahu bil xudo
Bizkim, Farg‘ona mamlakatining xoqoni sulton ibn Sulton Bahodir Sayyid
Shohmurodxon ibn Sarimsoqbek so‘zimiz:…”
kabi keltirilishi bir-
biriga o‘xshashligi
ko‘rishimiz mumkin.
“Tanazzul”da yana bir Muhammad Rajab munshiy obrazi xonning hujjat ishlari
bilan shug‘ullanuvchi kishisi bo‘lib, farmon, buyruq, xat, yorlig‘, e’lonlar bilan
shug‘ullanadi. Bu obraz xuddi shu tarzda “Mehrobdan chayon”da Anvarning
yoshlikddgi do‘sti, kasallik tufayli vafot etgan Nasimning otasi Muhammad Rajab
poygachi obrazi bilan o‘xshashdir.
“Nasimning otasi Qo‘qonningg‘ina emas, butun
Page | 101
“O‘zbek Adabiyotshunosligining Dolzarb Muammolari”
(Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlanadi)
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
uz
Andijon Davlat Universtiteti
www.adu.uz
30-APREL
2024-YIL
xonliqning tanilg‘an kishilaridan va bu ikki bolaning sinfiy ayirmaliqlari yer bilan
ko‘kcha, lekin yosh do‘stlar buning farqiga yetmaslar, Nasim “xonning
mirzaboshisining o‘g‘liman” beb havolanmag‘anidek, Anvar ham “Salim
bo‘yoqchining yetimi, Solih Mahdumning asrandisiman.”
deb andisha qilmas edi.
Demak, romanlar o‘zaro bir biriga mutanosib holatda tarixiy haqiqat va badiiy
to‘qima jihatidan mutanosib yozilgan bo‘lib quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin.
Birinchidan, yozuvchi mavzu va davr o‘z ifodasini topgan badiiy asarlar bilan
mukammal tanishgan, Qodiriy “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari
bilan pentologiya orasida mutanosiblik mavjud. Ikkinchidan romanlararo ham
tarixiy ham to‘qima obrazlar jihatidan uyg‘unlik mavjud bo‘lib, makon
-zamon,
voqealar, harbiy voqealar romanlarda bir-
biriga bog‘liqdir. Uchinchidan,
“Tanazzul” Qodiriy romanlarining mantiqiy davomi bo’lib, yozuvchi undan
ilhomlangan va o‘z asari uchun materilalarni puxta o‘rgangan holda “Tanazzul”
romaniga qo‘l urgan va o‘zining ijodiy rejasini amalga oshirib uning uddasidan
chiqqan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar. –
Toshkent: Navro’z 2019. 21
-26-betlar.
2. Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon.
–
Toshkent: Yangi nashr 2019. 67-115-
betlar.
3. Sa’dixon Mavlavixon o’g’li. Tanazzul. 1
-kitob.
–
Toshkent: O’qituvchi 2019. 87
-
bet.
4. Sa’dixon Mavlavixon o’g’li. Tanazzul. 2
-kitob.
–
Toshkent: O’qituvchi 2020. 65
-
bet.
5. Sa’dixon Mavlavixon o’g’li. Tanazzul. 3
-kitob.
–
Toshkent: O’qituvchi 2019. 217
-
bet.
6.
Mamanova, D. (2024). ARTISTIC PARALLELISM IN THE NOVELS “DECLINE” AND
“THE SCORPION FROM THE ALTAR”.
Analysis of world scientific views International
Scientific Journal
,
2
(1), 249-254.
7. Mamanova, D. (2024). “TANAZZUL” ROMANIDA MUSULMONQUL MINGBOSHI
OBRAZINING TAVSIFI.
Interpretation and researches
, (4 (26)).