Модерн в исторической теме в узбекской литературе пентология

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
836-840
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Маманова, Д. (2024). Модерн в исторической теме в узбекской литературе пентология. in Library, 2(2), 836–840. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/37132
Дилноза Маманова, Самаркандсий государственный университет
Ассистент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой статье «Таназзул» сына Садихона Мавлавихона. подробно анализируются пентология и новое искусство. Этот роман узбекский Считается второй пентологией в литературе, творческим замыслом и целью писателя. некоторая информация о Быть первым произведением писателя тем не менее соотношение исторической правды и художественной фактуры анализируется на примерах. Кроме того, сравниваются и отношения с другими романами, охватывающими этот период. Работа С точки зрения языковых особенностей указано, что историческое пространство и время создавались путем использования в образной речи разных диалектов. А еще романтика в текстильных образах сравнительно анализируется соотношение взаимоотношений с образами в других произведениях.

Похожие статьи


background image

836

birga,

kadın eli kaşık sapından kararır, elin ağzı torba değil ki çekip büzesin, destursuz

bağa gireni sopa ile kovalarlar, bir mıh bir nal kurtarır, bir nal bir at kurtarır, bir
fincan kahvenin kırk yıl hatırı vardır, bir baş soğan bir kazanı kokutur, ananın aşı -
tandırın başı, aç köpek fırın deler

kabilar o’zbek tilida kuzatilmaydi.

Xullas, uzoq tarixiy davrda hamnafas, inoq yashab kelgan turk va o’zbek

xalqining lug’at qatlami ko’p jihatdan bir-biriga o’xshash. Jumladan, xalq og’zaki ijodi
namunasi sanalgan barqaror birliklarning har ikki tildagi shaklan va mazmunan
uyg’unligi bu tillar qadimdan bir ildiz asosida shakllanganligidan dalolat beradi.
Mazkur xalqlarning ko’p yillar davomida ayro-ayro yashab mustaqil istiqomat qilishi
evaziga ular lug’at qatlamidagi barqaror birliklar sirasiga turli tafovutlar kelib chiqishga
sabab bo’lgan, deb xulosa chiqarishimizga asos bo’la oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Rashidova U. O’zbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik

tahlili (ko’z, qo’l va yurak komponentli iboralar misolida): Filol. fan. falsafa dok.
(PhD)dis. ...avtoref. - Samarqand. 2018. -B.51.

2.

Jumayeva Z. Frazeologik birliklarning semantik va lingvokulturologik

tadqiqi: Filol. fan. falsafa dok. (PhD)dis. ...avtoref. -Jizzax. 2021.

3.

Yo’ldoshev B. Hozirgi o’zbek adabiy tilida frazeologik birliklarning

funksional-uslubiy xususiyatlari: Filol.fan.d-ri.dis. …avtoref. –Toshkent, 1993. –B47.

4.

Mamatov A. O’zbek tili frazeologizmlarining shakllanish masalalari:

Filol.fan.d-ri.dis. …avtoref. –Toshkent, 2000. –B56.

5.

Jo’rayeva B. O’zbek xalq maqollari shakllanishining lingvistik asoslari va

pragmatik xususiyatlari. Filol.fan. doktori (DSc) diss. – Samarqand, 2019. B.93

6.

Aksoy, Ömer Asım. Atasözleri ve Deyimler. Ankara: Türk Dil Kurumu

Yayınları, 1993. III. Baskı

7.

Rahmatullayev Sh. O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati. –T.:

O’qituvchi, 1978.

O’ZBEK ADABIYOTIDA TARIXIY MAVZUDAGI ZAMONAVIY

PENTOLOGIYA

D.U.Mamanova a

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

“O’zbek tili va adabiyot, rus tili bilan” kafedrasi

o’zbek tili fani o’qituvchisi

Anotatsiya.

Ushbu maqolada Sa’dixon Mavlavixon o’g’lining “Tanazzul”

pentologiyasi va roman badiiyati atroflicha tahlil qilingan. Bu roman o’zbek
adabiyotidagi ikkinchi pentologiya hisoblanib, yozuvchi ijodiy rejasi va maqsadi


background image

837

haqida ham ba’zi ma’lumotlar keltirilgan. Yozuvchining birinchi asari bo’lishiga
qaramay tarixiy haqiqat va badiiy to’qima mutanosibligi misollar orqali tahlil qilingan.
Qolaversa, bu davr yoritilgan boshqa romanlar bilan munosabati ham qiyoslangan. Asar
til xususiyati jihatidan turli shevalardan obrazlar nutqida foydalanib tarixiy makon-
zamon yaratilganiga to’xtalib o’tilgan. Shuningdek, to’qima obrazlardagi ishqiy
munosabatlarning boshqa asarlardagi obrazlar bilan aloqadorligi qiyosiy tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

tarixiy roman, pentologiya, asar g’oyasi, muallif ijodiy maqsadi,

asar tili, sheva, lahja, badiiy to’qima, tarxiy haqiqat.

Qadim-qadim necha ming yilliklarni bosib o’tgan va o’tayotgan tarix qanchadan

qancha sir-sinoatlarni o’z bag’riga olib barchani lol qoldirib kelmoqda. Ba’zan
sharqiroq suvdek noaniq, tinch turgan suvdek aniq namoyon bo’ladi. Yurtimiz tarixi
ham juda boy o’tmish voqealariga ega. Bunda Qo’qon xonligi va adabiy muhiti o’ziga
xosdir. “Qo’qon xonlari shajarasi XVIII asr boshlarida ming urug’ining hokimiyatni
egallab o’zini xon va Qo’qonni xonlik deb e’lon qilishidan boshlanib XIX asr oxirlariga
qadar davom etadi. Norbo’tabiydan Xudoyorxongacha bo’lgan hukmronlik davrida
ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, harbiy sohalarda turli o’zgarishlar bo’lishi bilan
bir qatorda toj-u taxt talashlar, qirg’inbarot urushlar, qo’zg’alon va qon to’kishlardan
holi bo’lmadi.” [3. 250-b] Bu davr yoritilgan badiiy, tarixiy, ilmiy asarlar bundan
guvohlik beradi. Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar,” “Mehrobdan chayon”
romanlari ham Qo’qon xonligi tarixini aks ettirar ekan, undan ilhomlangan holda
Qo’qon xonligi haqida yozilgan Sa’dixon Mavlavixon o’g’li Eshonjonovning
“Tanazzul” romani ham diqqatga sazovordir. Asar yozuvchining ilk asari bo’lishiga
qaramay badiiyati, tarixiy voqealarning badiiy jihatdan berilishi, tarixiylik tamoyili,
estetik jihatlari bilan o’quvchilarni jalb etadi. Yaqin yillar ichida yaratilgan bo’lishiga
qaramay o’z kitobxonlariga ega bo’lgan asar besh kitobdan iborat pentalogiyadir.
Yozuvchining ijodiy rejasi ham pentalogiya yaratish edi va bunga ham erishdi.

Yozuvchi haqida professor Qozoqboy Yo’ldoshev “Katta hayotiy tajribaga ega,

asl kasbi me’mor bo’lishiga qaramay, tarixni badiiy jonlantirishga qiziqadigan
Sa’dixon Mavlavixon o’g’li o’zining “Tanazzul” deb nomlangan pentologiya –
beshligida millatimiz tarixidagi g’oyat murakkab, chigal va qora kunlarni aks ettiradi.
Qizig’i shundaki, badiiy asarlar, ayniqsa, tarixiy yo’nalishdagi ko’plab bitiklar bilan
tanishgan bo’lsa-da, Sa’dixon shu vaqtga qadar badiiy asar tugul birorta ham maqola
ham yozgan emasdi. Ammo boshlovchi yozuvchi marhum Murodjon Mansurning
“Judolik diyori” romanidan keyin o’zbek adabiyotidagi ikkinchi pentologiyani
yaratishga jazm qila bildi.” [5. 4-b] deya e’tirof etadi.

“Tanazzul” romani yorqinlik bilan yaqin o’tmish aks etgan, badiiy voqealar,

tarixiy shaxslar va makon-zamon, hayot haqiqati hamda tarixiy biografiyani o’z ichiga
oladi. Asarda XIX asr 2-choragi Qo’qon xonligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-
madaniy, harbiy jabhalari va Xudoyorxon davri tarixi uning Musulmonqul mingboshi
va qipchoqlar ustidan qozongan g’alabasi, Qo’qon-Buxoro munosabatlari, Qo’qonga
Rossiyaning hujumi kabi tarixiy haqiqatlar badiiy to’qimaga mutanosib yozilgan.


background image

838

“Tanazzul” romanida Qo’qon xoni Sheralixon (1842-1845) davridan boshlab

asosiy voqealar Xudoyorxon (1845-1858, 1863-yil 4 oy 1865-1875), davri uning to’rt
marta taxtga kelishi va ketishi batafsil badiiy bo’yoqlar bilan yozilgan. Asar tarix,
makon-zamon, haqiqat, badiiylik o’rtasidagi mutanosiblikka adabiy badiiy jihatdan
tavsif beradi. Naim Karimov tarixiy janr haqida “…Tarixiy mavzuga murojaat etishdan
maqsad kitobxonni tarixiy o’tmishdagi muhim voqealar, tarixiy shaxslar hayoti va
faoliyati bilan tanishtirish, ularda o’z xalqining tarixiy o’tmishiga nisbatan hurmat
uyg’otish va shu yo’l bilan ma’rifatli avlodni tarbiyalash…” dek talabni bajaradi.
Haqiqatdan ham asardan kelib chiqqan holda va yozuvchi bilan suhbat jarayonida
avvalo Vatan tarixini aks ettirish va shu asnoda yozuvchining bobokalonlarining
Qo’qon xonligiga va xonlarga yaqin aloqada bo’lgan pirlar bo’lganligini yoritishni
maqsad qilgan. Buni asarning havolasida “Buzrukxon to’ra Shokirxon to’ra o’g’li –
otamning bobosi, mening bobokalonim, nasl-nasablari Xo’ja Ahmad Yassaviyga borib
taqaladi. O’ratepa bekligida mushovir lavozimida xizmat qilganlar. Har yili O’ratepa
bekligidan Qo’qon xonligiga yillik boj olib borganlar. 1866-yil oktabr oyida Fon
Kaufman bilan bo’lgan jangda shahid bo’lganlar. Jasadlari O’ratepa shahrining
Nayman guzaridagi hovlimizga dafn qilingan. Qabrlari hozirgi kunda ham mavjud.” [4.
76-b] - deya o’z ijodiy maqsadni amalga oshirgan holda tarixiy roman yozishga
muvaffaq bo’lganlar. Hozirda Farg’ona, Andijon, Marg’ilon, Namangan kabi
viloyatlarga aylangan Qo’qon xonligi tarixi va shu zamin tarixini badiiylashtirgan
holatda o’z ijodiyoti bilan boyitilgan roman ham diqqatga sazovordir.

Yozuvchining yetakchi g’oyasi, konsepsiyasi, estetik ideali, tarixiy haqiqat va

badiiy to’qimaga mutanosibligi asarning badiiy estetik jihatdan salmog’ini oshirgan.
Buni Xudoyorxon va qipchoqlar qirg’ini, qipchoqlar va qorachopon o’rtasidagi
munosabat, Xudoyorxonning hokimiyat tepasiga kelishi, Rossiyaning O’rta Osyoni
bosib olishga bo’lgan harakatlari, “Hokimoyim va haram ahli, Saidbek va Oltinoy
munosabati, Saidbekning Rossiyada o’qib kelishi va boshqa ko’plab o’rinlarda ko’rish
mumkin. Tarixiy va to’qima qahramonlar ularga yondosh hatto, epizidik hamda
qistirma obraz vositasida voqealar tizgini ketma ketlikda olib borilgan. Asar
kompozitsiyasi ham shunga xizmat qiladi. Roman konfiliktik obrazlar vositasida
kulminatsion nuqtadan boshlanadi.” [2. 67-b] Unda Xudoyorxonning bir necha
urinishlari zoya ketgandan so’ng “Toshkent itoatdan bosh tortdi” - deb Normuhammad
qo’shbegi bilan kelishgan holda Toshkentga hujum qilish bahonasida qipchoqlarning
peshvosi Musulmonqul mingboshini yo’q qilish va qipchoqlar qirig’inini
uyushtirishidan boshlanib, ungacha bo’lgan voqea-hodisalar xronologik yoritilib
boriladi.

Asarda XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyaning O’rta Osiyoga hujum

boshlashi natijasida chekka hududlar To’ychibek, Qumqo’rg’on, Kattaqo’rg’on
qal’alariga hujum qilib egallab, o’z xufyalarini sayohatchi ko’rinishida mamalakat
hududiga kirgizib batafsil o’rganadi va bosib olish rejasini tuzadi. Buning ustiga xonlik
hukmronligidagi ichki nizolar, Musulmonqul mingboshining o’g’li Abdurahmon


background image

839

yordamida Xudoyorxonga qarshi kurashning avj olishi, Alimqul ponsodning ham
xonga qarshi urushi, harbiy salohiyat qurol-yarog’da qaloqlik - orqada qolishi
natijasida Rossiya xonlikni bosib oladi. Bularning hammasi xonlikni asta-sekin yemirib
borgan va tanazzulga uchrashiga olib kelgan. Yozuvchi ham shundan kelib chiqib
asarni “Tanazzul” deb nomlagan. Romanga o’zbek adabiyotining yetuk namoyondasi
Abdulla Qodiriyning “Moziyga qaytib ish ko’rish hayirlik, deydilar.” [1. 3-b] gapi
epigraf qilib olingan. Bu tarix undagi xato kechirilmasligi, ba’zi hukmlarni chiqarishda
undan o’rnak olgan holda ish ko’rishga undaydi. Kelajakdagi voqea-hodisalarga
tarixdagi holat ta’sir etmasligi kerak. Lekin afsuski, o’ylanmay, tezlikda, o’zgalarning
turli fikriga quloq solish, jahl va sarxushlik oqibatida bajarilgan ish hech ham
yaxshilikka olib kelmagan. Tarixda qilingan xató, albatta, zarhal harflar bilan bitilib,
insonlar xotirasiga muhirlanib, og’izdan og’izga o’tib avlodlarga yetib keladi va
ularning noroziligiga sabab bo’lmay qolmaydi. Afsuski, uni faqat ijobiy ko’rish ilojsiz
– amri maholdir. Asarda shu jihatga yozuvchi tomonidan o’zgacha yondoshilganini
ko’rish mumkin.

Romanning voqea-hodisalari unga befarq bo’lmagan kishilarda o’ziga nisbatan

haqqoniy fikr yuritishga hamda Vatan tarixiga befarq bo’lmaslikka undaydi. Yozuvchi
asarda voqelarni izchil aks ettirib, ma’lum bir voqeani sirli qilib keyinroqqa olib
qo’yganga o’xshaydi. Bu ba’zi o’rinlarda obrazlar tilidan qistirma voqea kabi beriladi.
Xususan, Musulmonqul mingboshining Bilqillamada qo’lga olinishi, Mirzaali o’nboshi
tilidan G’ofur ismli navkar yordamida hikoya qilib berish orqali mingboshiga qarshi
hamma Chirchiq bo’yida yig’ilganda saroydagi hayot, qipchoqlarni qamal qilishgacha
bo’lgan voqealar batafsil aks ettirilgan. Go’yoki, Qodiriy “O’tkan kunlar” ida usta
Alimni qistirma obraz kabi kiritgandek asarda voqealar shunday qistirmalar orqali
yoritgan.

Asar tarixni yoritgan holda ijodkorning ijodiy maqsadiga xizmat qilgan holatda

yoziladi. Buning tarixiy haqiqatga badiiy to’qimani qay tarzda badiiylashirganini
keyingi tadqiqotlarimiz davomida ilmiy-nazariy, tarixiy va badiiylik tamoyillari
jihatidan muvofiqligi qiyosiy tahlil qilinadi. Demak, asar adabiy jamoatchilikka taqdim
etilgan ekan, u badiiy to’qima va tarixiy haqiqatga mutanosib yozilgan bo’lib, yozuvchi
o’z maqsadiga erishgan holda roman g’oyasini ham to’laqonli ifodalashga erishgandir.
Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda ushbu roman-pentologiyani barcha adabiyot
muxlislari uchun mutolaa qilishni tavsiya etamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

.

1. Abdulla Qodiriy. “O’tkan kunlar”, - T;, “Navruz”, 2019. 3-bet
2.

Mamanova, D. (2024). “TANAZZUL” ROMANIDA MUSULMONQUL

MINGBOSHI OBRAZINING TAVSIFI.

Interpretation and researches

, (4 (26)). - 61-

64 b.


background image

840

3. Mamanova, D. (2024). ARTISTIC PARALLELISM IN THE NOVELS

“DECLINE” AND “THE SCORPION FROM THE ALTAR”.

Analysis of world

scientific views International Scientific Journal

,

2

(1), 249-254.

4. Sa’dixon Mavlavixon o’g’li. “Tanazzul” II kitob, - T;, “Turon zamin ziyo”,

2015. - 344 b.

5. Yo’ldoshev. Q. Badiiyatdan nurlangan tarix. “Tanazzul” romaniga taqriz. T:

“O’qituvchi”,2019. - 376 b.

6. Mamanova, D. (2024). THE PROPORTIONALITY OF THE RUSSIAN

ATTACK ON THE KOKAN KHANATE TO THE HISTORICAL REALITY IN THE
NOVEL OF DECLINE.

Interpretation and researches

.

DRAMATIK ASARLARDA NOVERBAL VOSITALARNING SOTSIAL

XOSLANISHI

R.O.Masharibova

Urganch davlat universiteti akademik

litseyi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi,

Xorazm Ma’mun Akademiyasi erkin tadqiqotchisi

Annotatsiya.

Maqolada

noverbal

vositalarning

dramatik

asarlarda

qo’llanilishiga doir fikr-mulohazalar bayon qilingan, unda mustaqillik davrida
yaratilgan asarlarning, xususan, dramalarning nolisoniy vositalar yordamida
ifodalangan ma’nolari tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

drama, nutqiy xoslanish, ijtimoiy xoslanish, verbal, noverbal

vositalar, kommunikant, tahlil, tashxis.

Vеrbаl tillаr mаdаniyatgа ko’rа o’zаro аjrаlib turgаnidеk muаyyan millаtning

novеrbаl tili boshqа millаtning novеrbаl tilidаn fаrqlаnаdi. Qаyd qilish joizki, nisbаtаn
kеng tаrqаlgаn jеst yaqinlаshish yoki tаktik аloqаdir. Tеginish, eng аvvаlo,
muloqotdаgi shеrikkа nibаtаn hissiyotlаrni ifodаlаydi. Qo’pol vа og’riqli аloqа
аgrеssiya vа tаzyiq bilаn kеchаdi. Mаyin vа og’riqsiz аloqаlаr shеrikkа nisbаtаn
ishonch vа simpаtiyadаn dаlolаt bеrаdi.

Nolisoniy ахborotni qаbul qilishning sеzilаrli dаrаjаdа noerkinligi vа

g’аyriiхtiyoriyligidаn (g’аyrishuuriy) uning rеtsipiyеnti (bu hаm sеzilаrli ongsiz
dаrаjаdа) murojааtning lisoniy mаzmunidаn ko’rа ko’proq nolisoniy mаzmunigа
ishonishgа moyildir.

Hаr qаndаy uchrаshuv vа хаyrlаshuvning bеvositа аtributi qo’l siqishdir. Ushbu

holаt ахborotgа boy bo’lishi mumkin, аyniqsа, uning intеnsivligi vа dаvomiyligi.
Quruq qo’llаr bilаn аmаlgа oshirilgаn judа qisqа muddаtli vа yеngil qo’l siqish
bеfаrqlikdаn dаlolаt bеrishi mumkin. Аksinchа, dаvomli qo’l siqish vа judа nаm qo’llаr
hаyajondаn dаlolаt bеrаdi. Biroz cho’zilgаn vа tаbаssum hаmdа iliq nigoh bilаn
kеchuvchi qo’l siqish do’stonа munosаbаtni nаmoyon etаdi. Аgаr qo’l siqilgаndа
boshqа odаmning qo’li to’liq qаmrаb olinsа vа kаft pаstgа qаrаsа, bu hukmron qo’l

Библиографические ссылки

Abdulla Qodiriy. “O’tkan kunlar”, - T;, “Navruz”, 2019. 3-bet

Mamanova, D. (2024). “TANAZZUL” ROMANIDA MUSULMONQUL MINGBOSHI OBRAZINING TAVSIFI. Interpretation and researches, (4 (26)). - 61-64 b.

Mamanova, D. (2024). ARTISTIC PARALLELISM IN THE NOVELS “DECLINE” AND “THE SCORPION FROM THE ALTAR”. Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 2(1), 249-254.

Sa’dixon Mavlavixon o’g’li. “Tanazzul” II kitob, - T;, “Turon zamin ziyo”, 2015. - 344 b.

Yo’ldoshev. Q. Badiiyatdan nurlangan tarix. “Tanazzul” romaniga taqriz. T: “O’qituvchi”,2019. - 376 b.

Mamanova, D. (2024). THE PROPORTIONALITY OF THE RUSSIAN ATTACK ON THE KOKAN KHANATE TO THE HISTORICAL REALITY IN THE NOVEL OF DECLINE.Interpretation and researches.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов