Сходство пространства, времени и образов в романах | in Library

Сходство пространства, времени и образов в романах

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
34-35
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Маманова, Д. (2024). Сходство пространства, времени и образов в романах. in Library, 2(2), 34–35. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/45316
Дилноза Маманова, Самаркандский государственный университет
Ассистент
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются время-пространство, межперсонажная гармония и сходство в развитии событий пенталогии Садихана Эшонджанова “Деградация” и романа Абдуллы Кадыри “Минувшие дни”


background image

TIL VA ADABIYOT

Tadqiqot

2024-yil 5-son

1907-

yili “Turkiston viloyatining gazetFda eski mak-

tablar tarafdori Mulla Husanxo’ja eshon bilan Is’hoqxon
to’ra o’rtasida keskin munozara bo’lib o’tadi. Mulla
Husanxo’ja domla eski maktablarni yengil-yelpi isloh qilish
shiori bilan chiqadi, Ibrat esa eski maktablarni tubdan
o’zgartirish, ular o’mida zamon talablariga javob beradigan
maktablar ochish tarafdori bo’ladi. “Bolalarni eski
maktablar ila jamoalarig’a taqsim qilib, kelib-ketish, kaltak
va qamchi mas’alalarin isloh qilmoq-da albatta lozimdir.
L

ekin o’qilajak kitoblar - mazkur eski kitoblar, o’qilajak

domlalari-da - eski domlalar, maktablari-da - eski hasharot
uyalari bo’lduqinda bu mas’alalar ming marotabalar isloh
etilsa-

da, bekor, behudadur” [5:163].

O’zi ochgan maktab xususida Ibrat “o’zumga qa-

TA’LIMI

CF1 СЮДА ВАЛИ I I .WOUAGt

ANDICTllATUll WKAU

ЛИТЕРАТУРЫ L TEACHING

rashlik o‘nta-o‘n beshta bolalarni", “hech bahra tortmay,
behuda yurduqlarina jonim achib”, Qozondan bir muallim
olib kelib, yangi usuldagi maktab ochdim deb izohlaydi.
Unda

yigirmadan ortiq bolalar uch oy bo’lmasdan savodi

chiqib, yozadigan bo’lishganini, “to’rt-besh va yetti-sakkiz
sanalar”da Qo’qonda “ara- biy mukolamag’a qodir bo’lib,
har bir kitoblarni mutolaa etadurgon” bo’lganini yozadi.

Xulosa.

Millatparvar shoir, olim Is’hoqxon Ibrat boshqa

jadidlar kabi ilmni targ’ib, maorifni, maktabni isloh qilish
bilan yurtning taraqqiyotga erishishiga umid qilgan,
ishongan, harakat qilgan. Dunyo tajribasi ham taraqqiyot
formulasi aynan shu ekanligini ko’rsatib tu- ribdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Prezidentimizning maktab ta’limi sohasiga doirfikriari (http://insonhuquqlari.uz/oz/news/presidential-views-on-schooling)

2.

Vamberi H. Ma’rifat yo’lidagi uyg’onish // Tafakkur, 2000. 2-son. - 60-81.

3. Hop Muin. Tanlangan asariar. -

Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

4.

Dolimov U. Is’hoqxon Ibrat (https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/adabiyot/milliy-uygonish/ulugbek-dolimov-ishoqhon-ibrat-1862-

1937/71ng=lat).

5.

Ibrat Is’hoqxon. G’azallar, ilmiy va ma’rifiy maqolalar, tarixiy asariar. - Toshkent: Zabaijad Media, 2022.

Dilnoza MAMANOVA,

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

o'qituvchisi

ROMANLARDA MAK0N, ZAMON VA OBRAZLAR O XSHASHLIGI

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Sa’dixon Mavlavixon o'g'li Eshonjonovning “Tanazzul”pentologiyasi va Abdulla Qodiriyning

“ОЧкап kunlar” romani o'rtasidagi zamon-makon, obrazlararo uyg’unlik, voqealar rivojidagi o'xshash jihatlar ko'rib chiqilgan.

Kai it so'zlar:

tarixiy janr, pentalogiya, Qo'qon xonligi, tarixiy shaxslar, tarixiy mavzu, pozitsiya, mingboshi, to'qima obraz, obrazlar

xarakteri, Xudoyorxon davri.

Annotation.

This article examines the time-space, inter-character harmony, and similarities in the development of events between

Sa’di khan Mavlavikhon’s son Eshonjanov’s pentology “Decline” and Abdulla Qadiri’s novel “Bygone Days”

Keywords:

historical genre, pentalogy, Kokand Khanate, historical figures, historical plot, position, fictional image, charac ter of

images, Khudoyorkhan period.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются время-пространство, межперсонажная гармония и сходство в

развитии событий пенталогии Садихана Эшонджанова “Деградация” и романа Абдуллы Кадыри “Минувшие дни”

Ключевые слова:

исторический жанр, пенталогия, Кокандское ханство, исторические личности, исторический

сюжет, позиция, выдуманный образ, характер изображений, период Худоярхана.


Yozuvchi tarixiy janrda yozishga kirisharkan, ta- rixiylik

tamoyilini buzmasa, undan boshqa bir qolip yaratishga
urinmasa, estetik ideali tarixiy haqiqatga monand bo

’lsa,

yetuk asar yarata oladi. Bunga yaqqol dalil Qo

’qon xonligi

haqidagi Abdulla Qodiriyning real voqelik bilan badiiy
to

’qimani uyg’unlashtirib yaratgan “O’tkan kunlar”,

“Mehrobdan chayon” romanlaridir. “O’tkan kunlar”
muqaddimasida adib shunday yozadi

: “Yozmoqqa

niyatlanganim ushbu

“O’tkan kunlar” yangi zamon

ro

’monchilig’i bilan tanishish yo’lida kichkina bir tajriba,

yana to

’g’risi, bu havasdir. Ma’lumki, har bir ish- ning ham

yangi - ibtidoiy davrda talay kamchiliklari bilan maydonga
chiqishi, ahllarning yetishmaklari ila sekin- sekin tuzalib,
takomilga yuztutishi tabiiy bir holdir

...” [1: 5]. Sa’dixon

Mavlavixon o’g’lining “Tanazzul” pentalogi- yasi ham xuddi
shu asosda dunyoga kelgan.

Asarni yozishda muallif “O’tkan kunlar”dan ilhomlan-

gan. Buni, birinchidan, roman epigrafida, ikkinchidan,
asarda Qo’qon tarixining yoritilishida, qolaversa, obraz-
lardagi o’xshashlik kabilardan anglash mumkin. Birtar-

e-mail: til_adabiyot@umail.uz

Я


background image

TIL VAADABIVOT

Tadqiqot

2024-yil 5-son

TA’LIMI

иаОМ*Л1Ш1

Т

А

ЛСО1С1

ANDLCT11ATUM ■ жжлвяпглти

L

TIACIING

ixiy davr haqida hikoya qiluvchi

Sa’dixon Mavlavixon

o’g’lining “Tanazzul” asari bilan Abdulla Qodiriy roman-
laridagi zamon va makon, tarixiy voqealar, obrazlari
o’rtasidagi o’xshashlik bir-biriga g’oyatda mutanosibdir.

“Tanazzul' romaniga Abdulla Qodiriyning “Moziyga

qaytib ish qilish x

ayrlik deydilar...” degan gapi epigraf

sifatida olingani asarlar o’rtasidagi ilk bog liqlikni ang- latib,
Sa’dixon Mavlavixon o’g’li romanining g’oyasini ham
belgilovchi jihat hisoblanadi. Darhaqiqat, Abdulla Qodiriy
“0‘tkan kunlar” so’zboshisida “...Shunga ko’ra mavzuni
moziydan, yaqin o’tkan kunlardan, tarixi- mizning eng
kirlikqora kunlaridan belgiladim” [1:5], deb yozadi.
“Tanazzul” asari nomi ham Abdulla Qodiriyning yuqoridagi
fikrlariga hamohang. Ya’ni Xudoyorxon davri, xonlikni
tanazzulga tortayotgan vaziyat, qipchoq- larning hokimiyat
boshqaruvini o’z qo’liga olgani, aka- ukalarning beklar
nayranglariga uchib taxt talashishlari, Rossiya tomonidan
xonlikni bosib olishga harakatlar va oxir-oqibatTurkistonni
mustamlakaga aylantirgani - hamma-

hammasi Qo’qon

xonligidagi parokandalikning alomatlaridir. Ha, moziyga
qaytib, puxta 0‘ylagan holda qilingan ishda xayr-baraka
bo’ladi. Shunday ekan, tarix bizga har doim ko’zgu,
eslatma, ibrat vazifasini o’taydi. Ushbu asarlarni
yaratishdan har ikkala yozuvchining k

o’zda tutgan maqsadi

ham shu jihatdan mushtarakdir.

“Tanazzul" romanidagi Saidbek va Qilich obrazlari

talqinida ham xuddi “O’tkan kunlar”dagi Otabekning xatti-
harakatlariga o’xshashlik kuzatiladi. Xudoyorxon ularni
Rossiyaga o’qishga yuboradi. Dastlab imperator farmoniga
binoan, ular Naplyuyev nomidagi kadet kor- pusida, keyin
Qozonda tahsil oladi. Olti yil mobaynida rus, ingliz, arab

tilida ravon so’zlashishni, harbiy takti- kalarni o’rganib,
siyosiy jihatdan yetuk bo’lib qaytishadi. Ayniqsa, bu
Saidbek misolida romanda yaxshi ochib berilgan.
Xudoyorxon u bilan maslahatlashar, bosh- qa davlatlardagi
ishlami batafsil so’rab-surishtirar edi. “Uch yuz-to‘rt yuz
navkarni ularda rota deyishadi, ana shu navkarlar bir
tekisda saf tortib podshoh, vazirlar turgan maydondan
gursillab otsa, parad deyiladi” [3: 63] Asarlarda
taraqqiyotdan ortda qolish, rivojlangan davlatlardan o’rnak
olmaslik mustamlaka bo’lishga olib kelishi mumkinligi badiiy
tarzda dalillanadi.

“Tanazzul” romani muallifi Qo’qon tarixiga doir il- miy,

badiiy asarlarni o’rgangan. Bunda Abdulla Qodiriy
romanlaridan asosiy manba sifatida foydalangan. Ayniqsa,
quyidagi parcha bu jihatdan diqqatimizni tort- di. Mallaxon
Xudoyorxon

tomonidan

Toshkent

hokimi

etib

tayinlangandan keyin xon beklar bilan yig’ilishda undan
so’raydi:

“ - Kattalarning ichida qo’shningiz ko’rinmaydi.
- Kimni aytyapsiz?
- Yusufbek hojini-da.
- Ha-

a... Hoji bobomi? Kelinlari ko’z yorib, qazo qil-

gandan bu yog’iga o’rdaga qadam bosmay qo’ydilar” [2:
224]. Bu epizod “0‘tkan kunlar”dagi voqea - Kumushning
fojiali halok bo’lishiga ishora. Yozuvchi boshqa romanidagi
to’qima xarakterni ham asarga kiritgani e’tiborga molik.

Xonliklar tarixida kechgan voqealar ham, shaxslari ham

badiiy adabiyotda o’quvchi uchun muhim va vatan- parvarlik
hissini uyg’otuvchi asosdir. Abdulla Qodiriy merosidan
bahramand bo’lish bu borada biz uchun tar- biyaviy
ahamiyat kasb etadi. Undan ta’sirlanib yozilgan “Tanazzul”
kabi romanlarning ham adabiy

otda o’rni bor.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Abdulla Qodiriy. 0‘tkan kunlar. - Toshkent Navro‘z, 2019.

2.

Sa’dixon Mavlavixon o‘g‘li. Tanazzul. 1-kitob. - Toshkent: 0‘qituvchi, 2019.

3.

Sa’dixon Mavlavixon o‘g‘li. Tanazzul. 2-kitob. - Toshkent: 0‘qituvchi, 2019.

4.

Sa’dixon Mavlavixon o‘g‘ll. Tanazzul. 3-kltob. - Toshkent: O'qltuvchl,2020.

5.

Mamanova, D. ‘Tanazzul” romanida Musulmonqul mingboshi obrazining tavsifi // Interpretation and researches, (2024). 4(26).

6. Mama

nova, D. Artistic parallelism in the novels «decline» and «the scorpion from the altar» // Analysis of world scientific views

International Scientific Journal, 2(1), (2024). 249-254.

Xamro ABDULLA YEV,

Berdaq

nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

ROMANDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR TALQINI

Annotatsiya.

Maqolada Evril Turon (Mamadali Mahmudov)ning “Bu tog'lar- ulug' tog'lar” romani tadqiqot obyckti sifatida tanlab

olingan. Romandagi obraz va personajlaming milliy qiyofasi, voqealar dinamikasida xarakteriaming shakllanish jarayon- lari, sujetlar
halqasida voqeliklar uyg'unligi hamda milliy, umuminsoniy qadriyatlar tahlilga tortilgan.

Kai it so‘zlar:

roman, obraz, persona], qahramon, xarakter, sujet, voqelik, badiiy to'qima, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar,

uslub.

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz

Я

Библиографические ссылки

Abdulla Qodiriy. 0‘tkan kunlar. - Toshkent Navro‘z, 2019.

Sa’dixon Mavlavixon o‘g‘li. Tanazzul. 1-kitob. - Toshkent: 0‘qituvchi, 2019.

Sa’dixon Mavlavixon o‘g‘li. Tanazzul. 2-kitob. - Toshkent: 0‘qituvchi, 2019.

Sa’dixon Mavlavixon o‘g‘ll. Tanazzul. 3-kltob. - Toshkent: O'qltuvchl, 2020.

Mamanova, D. ‘Tanazzul” romanida Musulmonqul mingboshi obrazining tavsifi // Interpretation and researches,(2024). 4(26).

Mamanova, D. Artistic parallelism in the novels «decline» and «the scorpion from the altar» // Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 2(1), (2024). 249-254.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов