Причины лернеоза на рыбалке и меры по их устранению

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
173-177
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мавланов, С., & Сулайманова, Н. (2024). Причины лернеоза на рыбалке и меры по их устранению. in Library, 2(2), 173–177. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/35770
Сабирджан Мавланов, Ветеринарный научно-исследовательский институт

Профессор Научно-исследовательского ветеринарного института, доктор ветеринарных наук

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье представлен анализ научных источников о причинах лернеоза у рыб, выращиваемых в искусственных водоемах, и обобщены практические работы.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 1/24

173

28-iyun 2024-yil.

UDK: 639 3:616.9:616.084

BALIQCHILIK XO‘JALIKLARIDA BALIQLAR LERNEOZINI KELIB CHIQISH

SABABLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH TADBIRLARI

N.A.Sulaymanova

tayanch doktorant,

S.I.Mavlonov

v.f.d, professor,

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti


Annotatsiya:

Maqolada sun’iy suv havzalarida boqilayotgan baliqlar lerneozining kelib

chiqish sabablari haqidagi ilmiy manbalar tahlili va qisman amaliy ishlar xulosasi bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

baliq, suv, havza, tuz, texnika, lerneya, gipoxlorid kalsiy, oxak, qisqichbaqa,

oxak, tuproq, mineral modda.

Аннотация:

В статье представлен анализ научных источников о причинах лернеоза у

рыб, выращиваемых в искусственных водоемах, и обобщены практические работы.

Ключевые слова:

рыба, вода, бассейн, соль, техника, лернея, гипохлорит кальция,

известь, креветки, известь, почва, минеральное вещество.

Abstract:

The article presents an analysis of scientific sources on the causes of lerneosis in

fish grown in artificial reservoirs, and summarizes practical work.

Key words:

fish, water, pool, salt, equipment, lernea, calcium hypochlorite, lime, shrimp,

lime, soil, mineral matter.

Mavzuning dolzarbligi.

Insonlarning hayvonot dunyosi hisobiga qabul qiladigan

oqsillarning 18-20 foizi suvda yashovchi organizmlarga, asosan, baliqlarga to‘g‘ri keladi.
Baliqchilik mamlakat aholisini parhez go‘sht mahsuloti bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Chunki baliq go‘shti tarkibi inson organizmi uchun zarur bo‘lgan biologik faol moddalar, mineral
va boshqa turdagi yengil hazm bo‘luvchi to‘yimli moddalarga boy mahsulotdir.

Baliq inson organizmini suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida

qadimdan sevib iste’mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini
yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli
biologik qiymati ham qoramol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi.

Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda faqatgina uning miqdor

ko‘rsatkichigina emas, balki salomatligini ta’minlovchi ko‘rsatkichga ham alohida e’tibor
berilmoqda. Respublikamizda baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, mavjud tabiiy va sun’iy
ko‘llardan samarali foydalanib, yuqori hosildorlikga erishishda baliqlarning bir qator yuqumli va
yuqumsiz kasalliklari jumladan, ular orasida baliqlarning invazion kasalliklaridan hisoblangan
lerneoz kasalligi soha rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. [4,8,10,14]

Lerneoz - bu chuchuk suvdagi baliqlarning ektoparazitlari hisoblanib

Lernaeidae

oilasiga

mansub

Lernaea elegans, Lernaea cyprinacea

qo‘zg‘atuvchilari - eshkakoyoqli (veslonogiy)

qisqichbaqalar karp turdagi baliqlar, ularning malyoklari va boshqa tabiiy suv havzalari daryo va
ko‘llarda uchraydigan yovvoyi baliqlar, jumladan (karas, sudak, lesh) tanasida parazitlik qiladi.

Lernea cyprinacea tashqi ko‘rinishi

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – Lernaea avlodiga mansub eshkakoyoqli qisqichbaqa (rachok)lar

bo‘lib, jinsiy yetilgan urg‘ochisining tanasi uzaygan, silindrsimon, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, orqa


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 1/24

174

28-iyun 2024-yil.

uchi biroz kengaygan, 0,1 – 1,6 sm uzunlikda bo‘ladi. Boshining so‘nggi qismida 4 ta o‘simtasi
joylashgan bo‘lib, shu orqali lerneozlar baliq tanasiga kirib parazitlik qiladi. Lerneyalar baliq
terisini teshib muskul to‘qimasigacha yetib, unga chuqurroq kirib oladi, shu bilan birga butun baliq
tanasi yuza qismiga, jabrasi, hatto ko‘z sohasiga joylashib oladi.

Lerneyalar joylashgan to‘qimalarda yallig‘lanish jarayoni kechadi, lernealar hosil qilgan

jarohatlar joyi giperemiyalashadi, oq, ensiz yarachalar va shishlar hosil bo‘ladi.

Zararlangan to‘qimalarda patogen bakteriyalar, zamburug‘lar rivojlanadi. Lerneyalar

tomonidan hosil qilingan jarohatlar baliqlar immunitetini pasaytirib, ko‘pgina infeksion
kasalliklarga moyilligini oshiradi. Bu holat baliqlarni o‘sish va rivojlanishdan orqada qolishi, eng
avvalo tovarlik xususiyatini yo‘qolishiga sabab bo‘lib, baliqchilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar
keltiradi. Bu iqtisodiy zararni oldini olish uchun avvalo, baliqchilik xo‘jaliklarida lerneoz
kasalligini kelib chiqish sabablarini o‘rganish, aniqlash va uni oldini olish maqsadga muvofiqdir.
Reglament bo‘yicha baliqchilik xo‘jaligi, aholi turar joyidan 2 km, ekin maydonlaridan esa 1,5 km
uzoqlikda tashkil etilishi lozim.

Respublika miqyosida akvakultura yoki sun’iy hovuz baliqchiligi uch yo‘nalishda tashkil

qilinib, baliqlar etishtirilib kelinmoqda. Bular qo‘yidagilar:

1. Yerda qazib tayyorlangan sun’iy baliq hovuzi.
2. Basseyn tipidagi baliq hovuzi (yopiq va ochiq basseyn).
3. Tabiiy suv havzalari hududida sadok shaklidagi (to‘r hovuzlar) baliqchilik xo‘jaliklari.

[2,7,11,15].

Baliq havzasi tashkil qilishda o‘sha joyni iqlimi, tuprog‘i, eng avvalo suviga katta ahamiyat

berish dolzarb hisoblanadi. Tuproq sifati hovuz va suv to‘planadigan maydon suv havzasining
tabiiy baliq mahsuldorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Unumdor tuproqda saqlanuvchi mineral tuzlar,
organik birikmalar suvga tushgach bakteriyalar, o‘simlik va hayvonlar organizmlari oziqlanishi
uchun zarur moddalar bilan boyitadi. Unumdor tuproqlarda barpo etilgan baliqchilik hovuzlari
haydaladigan dalali suv yig‘iladigan maydonlar baliqlar uchun boy ozuqa bazasi hisoblanadi. Kam
unumli, botqoqlashgan, qumli-toshli yer qatlamida baliq havza qurish tavsiya etilmaydi. Ko‘lmak
va shag‘alli joyda baliq havzasi tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, filtratsiya kuchli bo‘lganligi
sababli, ya’ni havzada suv turmaydi. Baliq havzasi suv manbasi (zovur, kanal)ga yaqin va
yuqoriroqda bo‘lishi, suv yil davomida almashib turishi lozim. Suvni sifati yaxshi, haddan tashqari
sho‘r, rangi tiniq, hidi bo‘lmasligiga e’tibor berish lozim. Baliq havzasi unchalik katta bo‘lmagan
qiyalikda joylashganligi ma’qul.

Baliqlarda lerneoz kasalligi yuqorida aytib o‘tilgan erda qazib tayyorlangan sun’iy

havzalarda antisanitariya holatda saqlangan baliqlarda ko‘proq uchraydi. Har yili qish faslida
baliqlar ovlanib bo‘lgach, butunlay havza suvi quritilmagan, kerakli texnik ishlovlar berilmagan,
dezinfeksion moddalar qo‘llanilmagan havzalarda nafaqat baliq ektoparazitlari, balki boshqa
infeksion va invazion kasalliklari rivojlanishiga katta zamin yaratilgan bo‘ladi. [1,3,6,9]

Sog‘lom baliqchilik xo‘jaliklarida kasallikni oldini olish uchun quyidagi tadbirlar oshiriladi:

fevral oyigacha havzani quritib, baliqlar ektoparazitlarini oldini olish maqsadida gektariga 200-500
kg gacha so‘ndirilmagan ohak, xlorli ohak sepib, gektariga 5 tonnadan 10 tonnagacha go‘ng to‘kib
chiqilib, havza tuprog‘i texnika yordamida ishlov berilib, (chizel va mola-barana qilib qo‘yilsa,
havza tubidagi parazitlarni sporalari va sistalaridan tozalanib, suv tubidagi tirik ozuqa jonzotlar
turlari – bentosni yaxshi rivojlanishi), mart oyidan esa havzaga kiruvchi shandorlarga (trubasini
og‘ziga havzani ichkari tomonidan) 23 lik sito gaz filtrlar o‘rnatilib (har hafta suvni to‘xtatib, sita
filtrda tozalab) havzani toza suvga to‘ldirilishi katta ahamiyatga ega. [6,9,13,16]

Yana bir asosiy sabablaridan biri baliq havzalariga sifatsiz, talabga javob bermaydigan

suvdan baliqlarni boqishda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuni uchun suv hamma vaqt
bo‘lishi uchun artezian quduq yoki sizot suvlaridan foydalansa ham bo‘ladi. Bu suvda baliqlar
uchun maxsus hovuzlarga olinib, xlorella, ssenodesmus va boshqa mikroskopik o‘simlik o‘stirilib,
baliq uchun yaroqli suvga aylantiriladi. So‘ngra hovuz suvi gidrokimyosi tahlil qilinib, uning
yaroqliligi aniqlanadi. Bundan tashqari, havzaga suv olish uchun suvlarni filtrlash maqsadida


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 1/24

175

28-iyun 2024-yil.

“otsoynik” havzalar ya’ni tindiruvchi, suvni to‘xtatib, tinitib tozalovchi havza hisoblanadi. Bu
hovuzlar suv manbalaridan kelayotgan suv tarkibidagi cho‘kma iflosliklardan 70 % gacha tozalash
uchun xizmat qiladi. Uning chuqurligi maksimal 5-10 m dan oshmasligi lozim. Tindiruvchi
hovuzlar suv manbalaridan kelayotgan suv tarkibidagi cho‘kma iflosliklardan 70 % gacha tozalash
uchun xizmat qiladi. Isituvchi hovuzlar, havzalarga suv manbaalaridan bosh hovuz orqali
kelayotgan suvni quyosh harorati yordamida qizdirib berish uchun ham xizmat qiladi.

Bundan tashqari katta yoshli baliqlarni, yosh baliqlar bilan birga bitta havzada saqlash

holatlari ham baliq ektoparazitlarini tarqalishiga sabab bo‘ladi, bu holatlarni oldini olish uchun yosh
baliqlar alohida havzada saqlanishi lozim chunki, qishlov paytida havza suvi 10

0

C dan pastroq

haroratda baliq tanasidagi lerneyalar tangachalarini orqa qismidagi cho‘ntaklariga joylashib, suv
harorati ko‘tarilguncha xo‘jayin tanasida birga qishlaydi va kelgusi yilda kasallikni tarqatuvchilari
bo‘lib qoladi.

Lerneoz bilan kasallangan baliqni

tekshirish jarayoni

Havza suvini dezifektsiya qilish jarayoni

Baliq xo‘jaliklarida lerneoz kasalligini rivojlanishini yana bir asosiy sabablaridan biri

nosog‘lom xo‘jaliklardan baliq olib kelish ham bu kasallikni rivojlanishida katta omillardan biri
bo‘lib, boshqa xo‘jaliklardan olib kelingan baliqlar havzaga qo‘yib yuborilishidan oldin 5% li osh
tuzi eritmasida yoki kaliy permanganat eritmasida 15-20°C haroratda 1:50000 nisbatda 2-3 daqiqa
saqlab so‘ngra baliqlarni havzalarga qo‘yib yuborish tavsiya qilinadi. [3,5,8,11]

Tavsiyalar. 1. Hovuzlardagi loyqalarni quritish yo‘li bilan har yili qish faslida dezinfeksiya

ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish;

2. Bahor faslida havzalarga baliqlantirishdan 7-10 kun oldin suv bilan to‘ldirish katta

samara beradi;

3. Lerneyalarning nauplial va kopepodit bosqichlarini kiritmaslikka qaratilgan kompleks

umumiy profilaktik tadbirlarni o‘tkazish;

4. Baliq havzasi suv kirish joyiga “filtr sitalar” o‘rnatish va suvni tindirib o‘tkazuvchi

«otstoynik» hovuzlarni tashkil qilish muhim tadbirlardan biri hisoblanadi;

5. Xo‘jalikga zararlangan baliqlarni keltirmaslik va baliqlarni tashishda nazorat

o‘rnatishdan iborat bo‘lib, havzaga olib kelingan baliqlar osh tuzining 5% li eritmasida 2-3 daqiqa
davomida ekspozitsiya qilinib, keyin suv havzasiga tashlash, yosh va katta yoshdagi baliqlarni
alohida havzalarda saqlash [1,5,7,12].

Hovuzlarni ohaklash

– baliqlar kasalliklarini oldini olish (profilaktika), suvni kalsiyga

boyitish, melioratsiya maqsadida o‘tkaziladigan majmuaviy biotexnik usuldir. Ohaklash uchun
so‘ndirilmagan ohak СaO, so‘ndirilgan ohak Сa(OН)

2

hamda tuyilgan ohaktoshi СaСO

3

qo‘llaniladi. So‘ndirilmagan ohakga nisbatan so‘ndirilgan ohakning neytrallash qobiliyati 1,3 marta,
ohaktoshda esa 1,8 marta kamligi tufayli ularni kiritish miqdori ham tegishli ravishda ko‘proq


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 1/24

176

28-iyun 2024-yil.

bo‘ladi. Ohak kiritishning umumiy me’yori – 1-2 s/ga. Ohak bahorda hovuzning quruq tubiga, u
suvga to‘ldirilgandan keyin, suv ustiga solinadi. Bahorda ohak azot-fosforli o‘g‘itlar solinishidan 2-
3 sutka oldin har 15 kunda kiritiladi. Yоzda ohak har 7-10 kunda solinib turiladi.[3,5,8,14]

Havzalarda baliqlar lerneozini davolash va oldini olish maqsadida eng avvalo, suvni

dezinfeksiya qilish uchun ohak, gipoxlorid kalsiy 65 %li va osh tuzini qo‘llashni tavsiya qilamiz va
bu preparatlar qo‘yidagi usullarda havzalarda qo‘llaniladi: hovuzlarning suvi chiqarilib, baliqlar
ovlanib, dizenfektsiya qilish maqsadida uning har bir gektar yuzasiga 15-25 sentnerdan
so‘ndirilmagan ohak solinadi. Baliqlar boqiladigan hovuz suvi chiqarilgandan keyin, bahorda suv
qo‘yishdan avval ohaklanadi. Agarda hovuz bahorda ohaklanmasa, bu ishni unga suv quyishdan 2-3
hafta so‘ndirilgan ohakdan foydalanib o‘tkaziladi. Shunday qilinganda hovuzga baliqlarni
qo‘yishdan avval undagi ohak to‘liq so‘nadi. Ayrim hollarda hovuzlar ohakning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
suvga sepib yoki uni so‘ndirib ohak suspenziya holatiga keltirilib, suvga sepish yo‘li bilan
ohaklanadi.

Ohak donachalari qanchalik maydalangan holatda bo‘lsa, uning foydali xususiyati

shunchalik yuqori bo‘ladi. Hovuzlarda baliq mahsuldorlik gektariga 2-2,5 tonna va undan yuqori
bulsa, oxaklash tadbiri majburiy hisoblanadi. Bundan tashqari, baliq havzaga 65%li gipoxlorid
kalsiy preparatini ham gektariga 10 kg oldini olish va 12 kg davolash maqsadida kukun holatida
sepib chiqiladi. Bu preparatlar baliq havzasiga qo‘llanilganda baliqlarga ozuqa berilmaydi. Osh
tuzini kasallikni oldini olish maqsadida “xo‘raklar” yoniga qopda gektariga 200 kgdan solib qo‘yish
tavsiya qilinadi. [2,11,17,19]

Xulosa.

Baliqlar lerneozi baliqchilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiruvchi parazitar

kasallik bo‘lib, baliqlarda qisqichbaqalar tomonidan hosil qilingan jarrohatlarda qon quyulishlar,
tangachalarni ko‘tarilib to‘kilish holatlari kuzatilib, ularning eng avvalo tovarlik xususiyatini
yo‘qolishiga, baliqlar immunitetini tushib ketishi oqibatida har xil infeksion kasalliklarga
chalinuvchan bo‘lib qolishiga olib keladi.

Baliqchilik xo‘jaliklarida muntazam ravishda baliqlar ektoparazitlarini keltirib

chiqaradigan sabablarni oldini oluvchi tadbirlarni olib borish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

1.

Kochkarovich, B. S., Abdimuminovna, S. N., & Rajaboyevna, B. Z. (2023). Episootology,

Treatment and Prevention of Lerneosis of Fish.

Journal of Advanced Zoology

,

44

.

2.

Сулайманова, Н., Мавлонов, С., & Балиев, Ш. (2024). Способы распространения,

лечение и профилактика лернеоза рыб.

in Library

,

1

(1), 269-274.

3.

Baliev,

S.

Q.,

&

Sulaymanova,

N.

A.

(2024).

BALIQLAR

AERAMANOZI.

PEDAGOGS

,

55

(1), 124-130.

4.

Ботирова, З., Балиев, Ш., Газнакулов, Т., & Сулайманова, Н. (2024). Важные

мероприятия в пчеловодстве.

in Library

,

1

(1), 34-36.

5.

Сулайманова, Н., Болиев, Ш., & Ботирова, З. (2023). Эпизоотология, лечение и

профилактика лернеозов рыб.

in Library

,

4

(4), 1498-1501.

6.

Балиев, Ш., Сулайманова, Н., & Мавланов, С. (2024). Способы профилактики

бронхиомикоза рыб и факторы, вызывающие его.

in Library

,

1

(1).

7.

Sulaymanova, N. A., Mavlonov, S. I., & Baliyev, S. Q. (2024). BALIQLAR LERNEOZINI

TARQALISHI, DAVOLASH VA OLDINI OLISH USULLARI.

" Science Shine" International

scientific journal

,

12

(1).

8.

Балиев, Ш., Сулайманова, Н., Хошимова, Ш., & Мавланов, С. (2023). Правильная

организация рыбоводных прудов и осенне-зимние мероприятия, проводимые в прудах.

in

Library

,

3

(3), 30-32.

9.

Mavlanov, S. I., & Sulaymanova, N. A. (2023). BALIQLARNING LERNEOZ

KASALLIGI.

Science and innovation

,

2

(Special Issue 8), 796-801.

10.

Sulaymanova, N. A. (2024). BALIQLAR LERNEOZINI EPIZOOTOLOGIYASI,

DAVOLASH VA OLDINI OLISH USULLARI.

PEDAGOGS

,

55

(1), 158-164.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 1/24

177

28-iyun 2024-yil.

11.

Балиев, Ш., Курбанов, Ф., & Саттаров, Ж. (2022). Эффективность препаратов,

применяемых при лечении сапролегиниоза рыб в искусственных водоемах.

in Library

,

22

(3),

25-27.

12.

Ilhomovna, K. F. E. K. M., & Ziyodulloevich, K. Z. (2023). DEVELOPMENT OF NON-

INFECTIOUS BRONCHONECROSIS IN FISH.

Ethiopian International Journal of Multidisciplinary

Research

,

10

(12), 465-468.

13.

Ilhomovna, K. F. E. K. M., & Ziyodulloyevich, M. O. I. K. Z. (2023). PREVENTION OF FISH

ASPHYSICS MEASURES.

Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research

,

10

(12), 469-472.

14.

Курбанов, Ф., Хушназарова, М., & Саттаров, Д. (2023). Методы лечения и профилактики

триходиноза рыб меры.

in Library

,

4

(4), 21-26.

15.

Kurbanov, F. I., Kubaev, Z., Mamarasulova, D., Khushnazarova, M., & Ollaberganova, R. (2024).

MEASURES TO PREVENT THE SPREAD AND PREVENTION OF NON-INFECTIOUS
BRONCHIONECROSIS OF FISH.

Western European Journal of Modern Experiments and Scientific

Methods

,

2

(4), 14-20.

16.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2024). Эпизоотология эймерий кроликов, лечение и меры

профилактики.

in Library

,

1

(1), 181-184.

17.

Хушназаров, А., Ахмадалиев, Н., & Давлатов, Р. (2024). Диагностика и эпизоотический статус

эймерий кроликов в некоторых районах Ферганской области.

in Library

,

2

(2), 23-29.

18.

Axmadaliyev, N. T., Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2024). FARG ‘ONA VILOYATINING

AYRIM

TUMANLARIDA

QUYON

EYMERIOZINING

DIAGNOSTIKASI

VA

EPIZOOTIK

HOLATI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

,

44

(3), 23-29.

19.

Akhmadaliyev, N. T., Kh, K. A., & Davlatov, R. B. (2024). DIAGNOSTICS AND

EPISOTOTIC STATUS OF RABBIT EMERIOSIS IN CERTAIN DISTRICTS OF FERGANA
REGION.

Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods

,

2

(4), 56-62.

20.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Диагностика и эпизоотический статус эймерии

кроликов в некоторых районах Самаркандской области.

in Library

,

1

(2), 38-42.

21.

Хушназаров, А., Ахмадалиев, Н., & Давлатов, Р. (2023). Эпизоотология эймероза

кроликов.

in Library

,

1

(2), 94-99.

22.

Хушназаров, А., Хушназарова, М., & Исокулова, З. (2023). Применение

эймериоцидных препаратов при эймериозе кроликов.

in Library

,

1

(1), 138-143.

23.

Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. X. (2022). TREATMENT AND PREVENTIVE

MEASURES OF THE EPISOTOLOGY OF RABBIT EMERIOSIS. SCIENTIFIC JOURNAL OF
AGROBIOTECHNOLOGY AND VETERINARY MEDICINE, 181-184.

24.

Давлатов, Р., & Хушназаров, А. (2022). Эпизотология эймериоза (кокцидоза)

кроликов, лечение и профилактика. in Library, 22(4).

25.

Ergashov, S. I., Khushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2023). DRUGS WIDELY USED

IN THE TREATMENT OF EMERIOSIS IN RABBITS. Journal of new century innovations, 22(3),
58-64.

26.

Ergashov, S. I., Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2023). QUYONLAR

EYMERIOZNI DAVOLASHDA KENG QO ‘LLANILADIGAN PREPARATLAR.

Journal of new

century innovations

,

22

(3), 58-64.

27.

Эшкораев, А., Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Развитие, эпизотология, лечение

и профилактика эмериоза кроликов. in Library, 1(1), 65-71.

28.

Khushnazarov, A., Rayimkulov, I., & Eshkoraev, A. (2023). METHODS OF KEEPING

RABBITS IN MODERN CAGES. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 3(1 Part 2),
52-57.

29.

Khushnazarov, A., & Davlatov, R. B. (2022). Rabbit eimeriozin in treatment vazuril of the

drug efficiency. Library, 22(2), 173-174.

30.

Khushnazarov, A. H., Rayimkulov, I. H., Eshkoraev, A. M., & Davlatov, R. B. (2023).

CHEMIOPROPHYLAXIS OF EMERIOZINING IN RABBIT. SCHOLAR, 1(2), 56-62.




Библиографические ссылки

Kochkarovich, B. S., Abdimuminovna, S. N., & Rajaboyevna, B. Z. (2023). Episootology, Treatment and Prevention of Lerneosis of Fish. Journal of Advanced Zoology, 44.

Сулайманова, Н., Мавлонов, С., & Балиев, Ш. (2024). Способы распространения, лечение и профилактика лернеоза рыб. in Library, 1(1), 269-274.

Baliev, S. Q., & Sulaymanova, N. A. (2024). BALIQLAR AERAMANOZI. PEDAGOGS, 55(1), 124-130.

Ботирова, З., Балиев, Ш., Газнакулов, Т., & Сулайманова, Н. (2024). Важные мероприятия в пчеловодстве. in Library, 1(1), 34-36.

Сулайманова, Н., Болиев, Ш., & Ботирова, З. (2023). Эпизоотология, лечение и профилактика лернеозов рыб. in Library, 4(4), 1498-1501.

Балиев, Ш., Сулайманова, Н., & Мавланов, С. (2024). Способы профилактики бронхиомикоза рыб и факторы, вызывающие его. in Library, 1(1).

Sulaymanova, N. A., Mavlonov, S. I., & Baliyev, S. Q. (2024). BALIQLAR LERNEOZINI TARQALISHI, DAVOLASH VA OLDINI OLISH USULLARI. " Science Shine" International scientific journal, 12(1).

Балиев, Ш., Сулайманова, Н., Хошимова, Ш., & Мавланов, С. (2023). Правильная организация рыбоводных прудов и осенне-зимние мероприятия, проводимые в прудах. in Library, 3(3), 30-32.

Mavlanov, S. I., & Sulaymanova, N. A. (2023). BALIQLARNING LERNEOZ KASALLIGI. Science and innovation, 2(Special Issue 8), 796-801.

Sulaymanova, N. A. (2024). BALIQLAR LERNEOZINI EPIZOOTOLOGIYASI, DAVOLASH VA OLDINI OLISH USULLARI. PEDAGOGS, 55(1), 158-164.

Балиев, Ш., Курбанов, Ф., & Саттаров, Ж. (2022). Эффективность препаратов, применяемых при лечении сапролегиниоза рыб в искусственных водоемах. in Library, 22(3), 25-27.

Ilhomovna, K. F. E. K. M., & Ziyodulloevich, K. Z. (2023). DEVELOPMENT OF NON-INFECTIOUS BRONCHONECROSIS IN FISH. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 10(12), 465-468.

Ilhomovna, K. F. E. K. M., & Ziyodulloyevich, M. O. I. K. Z. (2023). PREVENTION OF FISH ASPHYSICS MEASURES. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 10(12), 469-472.

Курбанов, Ф., Хушназарова, М., & Саттаров, Д. (2023). Методы лечения и профилактики триходиноза рыб меры. in Library, 4(4), 21-26.

Kurbanov, F. I., Kubaev, Z., Mamarasulova, D., Khushnazarova, M., & Ollaberganova, R. (2024). MEASURES TO PREVENT THE SPREAD AND PREVENTION OF NON-INFECTIOUS BRONCHIONECROSIS OF FISH. Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods, 2(4), 14-20.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2024). Эпизоотология эймерий кроликов, лечение и меры профилактики. in Library, 1(1), 181-184.

Хушназаров, А., Ахмадалиев, Н., & Давлатов, Р. (2024). Диагностика и эпизоотический статус эймерий кроликов в некоторых районах Ферганской области. in Library, 2(2), 23-29.

Axmadaliyev, N. T., Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2024). FARG ‘ONA VILOYATINING AYRIM TUMANLARIDA QUYON EYMERIOZINING DIAGNOSTIKASI VA EPIZOOTIK HOLATI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 44(3), 23-29.

Akhmadaliyev, N. T., Kh, K. A., & Davlatov, R. B. (2024). DIAGNOSTICS AND EPISOTOTIC STATUS OF RABBIT EMERIOSIS IN CERTAIN DISTRICTS OF FERGANA REGION. Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods, 2(4), 56-62.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Диагностика и эпизоотический статус эймерии кроликов в некоторых районах Самаркандской области. in Library, 1(2), 38-42.

Хушназаров, А., Ахмадалиев, Н., & Давлатов, Р. (2023). Эпизоотология эймероза кроликов. in Library, 1(2), 94-99.

Хушназаров, А., Хушназарова, М., & Исокулова, З. (2023). Применение эймериоцидных препаратов при эймериозе кроликов. in Library, 1(1), 138-143.

Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. X. (2022). TREATMENT AND PREVENTIVE MEASURES OF THE EPISOTOLOGY OF RABBIT EMERIOSIS. SCIENTIFIC JOURNAL OF AGROBIOTECHNOLOGY AND VETERINARY MEDICINE, 181-184.

Давлатов, Р., & Хушназаров, А. (2022). Эпизотология эймериоза (кокцидоза) кроликов, лечение и профилактика. in Library, 22(4).

Ergashov, S. I., Khushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2023). DRUGS WIDELY USED IN THE TREATMENT OF EMERIOSIS IN RABBITS. Journal of new century innovations, 22(3), 58-64.

Ergashov, S. I., Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2023). QUYONLAR EYMERIOZNI DAVOLASHDA KENG QO ‘LLANILADIGAN PREPARATLAR. Journal of new century innovations, 22(3), 58-64.

Эшкораев, А., Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Развитие, эпизотология, лечение и профилактика эмериоза кроликов. in Library, 1(1), 65-71.

Khushnazarov, A., Rayimkulov, I., & Eshkoraev, A. (2023). METHODS OF KEEPING RABBITS IN MODERN CAGES. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 3(1 Part 2), 52-57.

Khushnazarov, A., & Davlatov, R. B. (2022). Rabbit eimeriozin in treatment vazuril of the drug efficiency. Library, 22(2), 173-174.

Khushnazarov, A. H., Rayimkulov, I. H., Eshkoraev, A. M., & Davlatov, R. B. (2023). CHEMIOPROPHYLAXIS OF EMERIOZINING IN RABBIT. SCHOLAR, 1(2), 56-62.