VETERINARIYA
MEDITSINASI
40
Maxsus son 1. 2024
UDK: 639 3:616.9:616.084
Sh.K. Baliev,
v.f.f.d,
N.A. Sulaymanova,
tayanch doktorant.
S.I. Mavlanov,
v.f.d., professor,
Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti
BALIQLAR BRONXIOMIKOZINI OLDINI OLISH USULLARI VA KELTIRIB
CHIQARADIGAN OMILLAR
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sun 'iy suv havzalarida boqilayotgan baliqlarni bronxiomikoz kasalligini oldini olish va
bu kasallikni keltirib chiqaradigan omillar haqidagi ilmiy manbaalar tahlili bayon etilgan.
Аннотация:
В статье представлен анализ научных источников по профилактике бронхиомикоза рыб, выра-
щиваемых в искусственных водоемах, и факторов, вызывающих это заболевание.
Kalitso‘zlar:
suv, havza, jabra, baliq, infeksiya, zamburug', gematoma, malyok, nekroz.
Mavzuning dolzarbligi.
Bugun mamlakatimizda barcha
sohalarda bo'lgani kabi yurtimiz aholisini sifatli oziq-ovqat
mahsulotlariga bo'lgan talab va extiyojlarini ta'minlash
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib
bormoqda. Shu munosabat bilan oziq- ovqat mahsulotlari
qatorida baliq mahsulotlarining o'rni ham sezilarli darajada
yuqori desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuningdek baliqchilik
xo'jaliklarida baliq mahsuldorligini oshirishga to'sqinlik qilib
kelayotgan qator omillar mavjud. Baliqlarda uchraydigan
infeksion kasalliklari shunday omillardan sanaladi va
baliqchilik xo'jaliklariga iqtisodiy zarar yetkazib, hattoki
inqiroz holatiga ham keltirib qo'yishi shubhasizdir. Bu turli
turdagi baliqlaming о' ta yuqumli bronxiomikoz kasalligi
bo'lib. jabra apparatidagi qon tomirlaming zararlanishi va jabra
to'qimasining nekrozlanib tushib qolishi bilan xarakterlanadi.
Karp, sazan va ulaming gibridlari hamda karas, peskar kabi
yovvoyi baliqlarda ko'proq uchrab, kasallik qo'zg'atuvchisi bu
Bronchiomyces
sanguinis
(Plehn),
shukalaming
qo'zg'atuvchisi Bronchiomyces demigrans (Plehn) lin turdagi
baliqlarda esa har ikkala turdagi zamburug'lar parazitlik
qilishadi. Br sanguinis - bu spesifik qon paraziti hisoblanadi
zamburug'laming giflari (ichidagi xuddi tuxumga o'xshash
pushtalari) kuchli shoxlangan bo'lib qalinligi 8-30 mkm,
uzunligi 10-15 mkm ga teng. Ular odatda yupqa bo'lib, spora
hosil qilganida esa qalinlashadi. Kuchli shoxlangan
(tarmoqlangan) giflar faqat jabraning qon tomirlarida
joylashadi hamda jabraning bo'lmalarida va nafas olish
organining burmalarida bo'ladi. B.demigrans zamburug'ining
mitseliysi daraxtsimon shoxlangan giflardan iborat bo'lib,
po'stlog'i qalin ikki qon turli membrana shaklida bo'lib
qalinligi 0,5-0,7 mkm, rivojlanishning oxirgi bosqichida 22-28
mkm gacha uzayadi. Gifning eni 13-15 mkm. Giflar dastlab
nafas oluvchi qatlamlardagi kapillyarlarda, so'ngra esa vena
qon tomiriga kirib, uning yorilishi natijasida jabraning
biriktiruvchi to'qimasiga kirib oladi va u yerda o'sishni davom
etadi. .[3,5,10]
Epizootologik
ma’lumotlar.
Bronxiomikoz
qo'zg'atuvchisi tabiatda keng tarqalgan. Biroq, bu kasallikni
epizootiya va enzootiya ko'rinishi tabiiy suv havzalarida qayd
qilinmaydi. Kasallik sun'iy suv havzalarida urchitilayotgan
baliqlar orasida kelib chiqadi, qaysikim bunday suv
havzalarida qo'zg'atuvchining rivojlanishi uchun qulay sharoit
mavjud. .[7,9,12]
Infeksiyaning asosiy manbai - bu kasal baliqlar,
kasallikdan o'lgan baliqlaming jasadlari va parazit tashuvchi
baliqlar. Zararlanish hovuzdagi balchiqlar orqali amalga
oshadi. Bir suv havzalaridan ikkinchisiga qo'zg'atuvchilar
kasal baliqlar orqali yoki kasallanib sog'aygan baliqlar orqali
tarqaladi. Bundan tashqari, havzani antisanitariya holatida
bo'lishi, oziqani noto'g'ri taqsimlanishi, baliqlarni to'yimsiz
oziqalar bilan oziqlantirish, suv oqimining kamligi, suv
havzalaming xaddan tashqari organik moddalar bilan
ifloslanganligi, qish faslida havzada kasalliklami oldini olishga
qaratilgan kerakli tadbirlar olib bormasligi katta sabablardan
biri hisoblanadi. .[6,8,10]
1-rasm. Baliqlar bronxiomikozi qo‘zg‘atuvchisi va klinik
belgilarini ko'rinishi.
Kasallikning epizootiya va enzootiya ko'rinishi yozda,
suvning harorati +22+25 gradus bo'lganida kuzatiladi.
Kasallikka karp, sazan va ulaming gibridlari, karas, peskar, lin
va njukalar moyil. Yuqorida ko’rsatilgan baliqlaming barcha
yoshdagilari kasallikka moyil, biroq 1-2 yoshdagilari ko’proq
zararlanadi. Kasallik ularda og’ir ko’rinishda kechib o’lim 46-
71%ni tashkil qiladi. Kasallikning klinik belgilari. Kasallik
juda ham og’ir kechadi. Kasallikning epizootik ko'rinishi
VETERINARIYA
MEDITSINASI
Maxsus son 1. 2024
41
ko’proq yozda kuzatilib tashqi muhitning haroratiga bog'liq
xolda 5-12 kun davom etadi. Kasallikni boshida B, sanquinis
zamburug'ining jabra bo'lmalarning qon tomirlariga kirib
olganida nuqtasimon qon qo'yilishlar kuzatiladi, so'ngra
zamburug'ning giflari jabra qon tomirining ichida o'sishi
oqibatida uning to'lishi (parazitar emboliya) va qon
aylanishning
buzilishiga
olib
keladi,
natijada
jabra
to'qimasining ayrim qismlari qon bilan ta'minlanishi
yomonlashadi, oqarib qoladi. Ayrim qismlari esa nobud
bo'ladi. va jabraning burchaklari notekis bo'lib qoladi.
Jabraning boshqa qismlari esa qonning qon tomirlarda yig’ilib
qolishi (zastoy) oqibatida ko'kimtir tusga kirib oladi. Kasai
baliqlar ozuqa qabul qilmaydi, tashqi muhit taasurotlariga
javob kaytarilishi keskin pasayadi yoki umuman javob
qaytarmaydi, suvning yuzasiga suzib chiqib, biroq havoni
qabul qilmaydi, xuddi zamorga o'xshash va baliqlami qo'l bilan
ushlash juda ham oson. Kuchli zararlangan baliqlar yon
boshiga yotib va shu holatda nobud bo’ladi. Chiqim 50-70%
ga yetadi. Kasallanib sog’aygan baliqlaming jabrasi xuddi
yoyilganga o’xshaydi va jabralari bir yil davomida tiklanadi.
.[5,13,11]
2-rasm. Bronxiomikozda baliq jabrasini ko‘rinishi.
Patogenezi. Zamburug’ning o’sgan gifalari qon tomir
ichini berkitadi, natijada to’qimalami qon bilan ta'minlanishi
vakislorod almashinuvi buziladi, nekrozga uchragan jabra
to’qimalari yemiriladi va ikkilamchi saprofit mikroblar va
zamburug’laming rivojlanishi uchun qulay sharoit tug’iladi.
Zamburug’ning giflari barcha ichki parenximatoz organlarda,
jumladan, qon hosil qiluvchi organlaming qon tomiriga kirib
olib o’sishi oqibatida kasallikni kechishi yana ham avj olib
baliqlami nobud bo’lishiga olib keladi. .[3,5,11]
Patanatomik o‘zgarishlar.
Nobud bo’lgan baliqlaming
jasadlarini yorib qo’rilishi va jabradan tayyorlangan gistologik
namunalar (srez) tekshirilganda zamburug’ laming gifalari va
sporalari yaxshi ko’rinadi. Qon tomirlar giperemiyalashgan,
zamburug’ giflari bilan to’lib qisqamv, respirator
qatlamlardagi qon tomirlar kolbasimon kengaygan, uning
devorlari va epitelial to’qimasi yorilgan. Parenximatoz
organlaming to’qimalari qon bilan to’lgan, yog’ va
glikogenning qatlami yupqalashgan.
Diagnoz.
Kompleks usulda: epizootologik ma'lumotlar
inobatga olishi kerak, klinik belgilariga qarab va kasallikdan
o’lgan baliq jabrasini mikroskopik tekshimvdan o’tkazib,
zamburug’ giflari va sporalarini topish asosida qo’yiladi.
Bronxiomikoz bilan kasallangan baliqlar boshi suv ostiga
qaratilgan bo’ladi. [2,4,14]
Kasallikni oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari.
Bronxiomikoz kasalligi kelib chiqqanda butun kompleks
epizootiyaga qarshi tadbirlami amalga oshirish kerak. Birinchi
navbatda baliqlami saqlashning zoogigienik sharoitlarini
yaxshilash, baliqlarga oziqa berishni to’xtatish, suv oqimini
tezlashtirish, suvni kislorod bilan boyitish, havza suviga
gektariga 100 kg so’ndirilgan ohakni suspenziya shaklida va
bundan tashqari 65 % li gipoxlorid kalsiyni gektariga 10 kgdan
kukun holatda butun havza sathiga shaxmat doskasi shaklida
sepib chiqish, bronxiomikozga chalingan baliqlami muntazam
ravishda, ayniqsa kasallikdan o’lgan baliq jasadlarini ovlab,
agarda tovarlik ko’rinish buzilmagan bo’lsa, iste'molga
chiqarish, kuchli oriqlangan baliqlami esatermik ishlovdan
so’ng hayvon va parrandalarga ozuqa sifatida berilishi tavsiya
etiladi. Kasallik tarqalishini oldini olish uchun kasallik
chiqgan xo’jalikdan baliqlar eksportini cheklash, baliq ovida
ishlatiladigan barcha inventarlami, qaysikim kasal baliqlami
ovlashda ishlatilgan jihozlami 2%li formalin eritmasida bir
soat davomida dezinfeksiyalanadi yoki idishlarga solib 30
minut davomida qaynatiladi, yog’och va metallardan
tayyorlangan asbob-uskunalami olovda kuydirib olish lozim.
[4,8,9]
Xulosa.
Baliqlami bronxiomikoz (jabrani chirish)
kasalligi asosan noto’g’ri qurilgan havzalarda, qish faslida
umuman quritilmagan, baliqlami noto’g’ri oziqlantirish,
oziqani noto’g’ri taqsimlash, kasallikga chalingan baliqlami
boshqa xo’jaliklardan olib kelish,
VETERINARIYA
MEDITSINASI
42
Maxsus son 1. 2024
havzaga kelayotgan suv truba og'ziga sito-filtrlar qo'yilmagan
ko'p yillik havzalarida uchraydi. Bu kasallikni to'liq davolash
usullari ishlab chiqilmagan, shu sababli kasallikni oldini olish
chora tadbirlari har doim olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Daminov A.S.,Nasimov Sh.N., GerasimchikV.A.,
Eshbo'riyev S.B., Qurbonov F.I. "Baliq kasalliklari” O'quv
qo'llanma. Toshkent-2020.
2.
Safarova F.E., Azimov D.A., Akramova F.D.,
Shakarboyev E.B., Qahramonov B.A. "Baliqlar kasalliklari'’
Toshkent 2020 yil. 18-25 bet.
3.
Герасимчик В.А., Садовникова Е.Ф "Болезни рыб
и пчел”. Учебное пособие. Минск, 2017 год.
4.
Каплич В.М., Герасимчик В.А.,Зявгинсев В.Б.
«Рыбоводство» Минск 2014 год.
5.
Герасимчик В.А., Садовникова Э.Ф. "Болезни рыб
и пчёл” Минск ИВС Минфина 2017 год.
6.
Новак А.И., Новак М.Д. "Инвазионный болезни
рыб” Рязань-2012 год.
7.
Головина Н.А., Стрелков Ю.А., Воронин В.Н.,
Головин П.П., Евдокимова Е.Б., Юхименко Л.Н. Их-
тиопология. Учебник - М.: Мир, 2003 год.
8.
Грищенко Л.И., Акбаев М.Ш., Васильков Г.В.,
"Болезни рыб и основы рыбоводства”, Москва. Колос 1999
год.
9.
Сабодаш В.М. «Эффективное прудоводства»,
Стакеер 2006.
10.
Грищенко Л.И., Акбаев М.Ш., Васильков ГВ.
"Болезни рыб и основы рыбоводства”, учебник, Москва.
Колос 1999 год. Стр. 404-407.
И. Каплич В.М., Звгиянцев В.Б., Герасимчик В.А.
"Рыбоводства”, учебник, Минск, "ИВЦ Минфина” 2016 г.
Стр. 290-292.
12.
Джмиль
В.И.
«Мониторинг
инвазионных
болезней карпов в отдельных прудовых хозяйствах
Украины» Материалы V научно-практической кон-
ференции международной ассоциации паразитоце-
нологов «Паразитарные системы и паразитоценозы
животных» Витебск ВГАВМ 2016. 24-27 мая. стр. 43-45.
13.
Васильков Г.В., Грищенко Л.И., Енгашев В.Г,
Канаев А.И., Ларькова З.И., В.С.Осетров, "Болезни рыб”,
Справочник/, Агропромиздат, 1989. - 288 с., 106-108 Б.
14.
Panjvini F., Abarghuei S., Khara H., Parashkoh H.M.
Parasitic infection alters haematology and immunity
parameters of common carp,
Cyprimis carpio,
Linnaeus, 1758
// Journal of parasitic diseases. 2016. Vol. 40, no. 4. Pp. 1540-
1543.