Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
269
28-iyun 2024-yil.
UDK. 619.618.177.085: 636. 22/28.
SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING KELTIRIB CHIQARUVCHI
SABABLARI VA PROFILAKTIKASI
H.S.O‘rinov., R.I.Bobomurodov -
tayanch doktorantlar
Sh.O.Xamraev -
mustaqil izlanuvchi,
O.U. Kuldashev
v.f.d.,
katta ilmiy xodim, ilmiy rahbar
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Annatatsiya:
Maqolada alimentar bepushtliklarni keltirib chiqaruvchi ozib ketish natijasida,
semirib
ketish
natijasida
va
hayvonlarga
berilayotgan
ozuqa
ratsionida
bo‘ladigan
yetishmovchiliklar bo‘yicha va jinsiy organlarda bo‘ladigan patologik o‘zgarishlar batafsil
keltirilgan va bu bepushtlikni oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
bepushtlik, gipovitaminoz, jinsiy bezlar, degeneratsiya, bachadon atoniyasi,
tuxumdonlar gipofunksiyasi, persistent sariq tana, anafrodiziya, matsion, antitela, protoplazma.
Аннотация:
В статье подробно описаны патологические изменения репродуктивных
органов, вызванные недостаточностью питания, ожирением и недостаточностью питания у
животных, вызывающие алиментарное бесплодие, и приведены сведения о способах
профилактики этого бесплодия.
Ключевые слова:
бесплодие, гиповитаминоз, половые железы, дегенерация, атония
матки, гипофункция яичников, персистирующее желтое тело, анафродизия, спаривание,
антитела, протоплазма.
Summary:
The article describes in detail the pathological changes in the reproductive
organs caused by malnutrition, obesity and malnutrition in animals, causing nutritional infertility,
and provides information on ways to prevent this infertility.
Key words:
infertility, hypovitaminosis, gonads, degeneration, uterine atony, ovarian
hypofunction, persistent corpus luteum, anaphrodisia, mating, antibodies, protoplasm.
Alimentar bepushtlik
- sigirlarning bola berish qoliliyatining pasayishi bo‘lib, keltirib
chiqaruvchi asosiy sababchilari sigir va tanalarni o‘sishi, rivojlanish davrida ozib ketishi yoki o‘ta
semirib ketishi, oziqa ratsionini to‘laqiymatli bo‘lmasligi yoki yetarlicha oziqlantirmaslik oqibatida
kelib chiqadi
.
Hayvonlarda ozib ketishi natijasida bo‘ladigan alimentar bepushtlikda
organizmda
moddalar almashinuvi va jinsiy sikl buziladi yoki umuman paydo bo‘lmay aritmik va to‘laqonli
bo‘lmasligi, ayrim holatlarda areaktiv yoki anavulyar jinsiy sikllar kuzatiladi. Bunday hayvonlarni
urug‘lantirish natija bermaydi ko‘p marta urug‘lantirishga to‘g‘ri keladi. Hayvonning semizlik
darajasi o‘rtachadan past va sut maxsuldorligi ham past bo‘ladi. Alimentar bepusht hayvonni rektal
tekshirganda bachadon atoniyasi, tuxumdonlar gipofunksiyasi, persistent sariq tana va jinsiy
organlarda boshqa kamchiliklar bo‘lishi kuzatiladi. Hayvonlarni noto‘g‘ri oziqlantirish, ularni
yetarlicha oziqlantirmaslik (yem-xashak yetishmasligi- och qolishi), ratsionda jinsiy tizim
a’zolarining faoliyatiga ta’sir etuvchi muhim oziqa moddalarning (oqsillar, uglevodlar, vitaminlar
va mineral moddalar) yetarlicha bo‘lmasligi bepushtlikka olib keladi. Masalan, A gipovitaminozda
bachadon shilliq qavati epiteliyasida o‘zgarishlar kuzatiladi, V gipovitaminozida jinsiy bezlar
degenerativ o‘zgarishlarga uchraydi, akoboltoz paytida ko‘payish funksiyasi izdan chiqadi va bosh.
Hayvonlar yetarlicha oziqlantirilmaganda organizm zaiflashdi, bu jinsiy faoliyatga ta’sir etib
hayvonda kuyikish va ovulyatsiya kuzatilmaydi. Hayvonlar oqsil, uglevod va yog‘larga boy bir
xildagi oziqalar bilan uzoq muddat boqilganda tuxumdonlar funksiyasi susayib, ularni maxsus
to‘qimasi asta-sekin yog‘ klechatkasi bilan almashinadi. Semirib ketgan hayvonlarning
tuxumdonlari kichrayibgina qolmay, balki to‘qimalari zichlashadi ham, bunda urg‘ochi hayvon
qisqa muddatga kuyikadi, keyin esa butunlay kuyga kemaydi. Hayvonlar me’yorda oziqlantirganda
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
270
28-iyun 2024-yil.
ham modda almashinuvlari buzilishlari kuzatilgan (oshqozn-ichak va boshqa a’zolar kasalliklarida)
bo‘lsa, alimentar bepushtliklar kelib chiqishi mumkin.
Hayvonlar o‘ta semirib ketishi natijasida bo‘ladigan alimentar bepushtlik
ko‘pgina
xolatlarda hayvon bir xil turdagi omixta (konsentrat) oziqalar bilan oziqlantirilganda, bunda ko‘p
barda va piva zavod chiqindisi (drobina) va boshqa ozuqalar bilan oziqlantirilganda, bu oziqalar
oqsillarga boy bo‘lgani bilan mineral moddalar va vitaminlar kam bo‘lishi evazigadir. Semirib
ketishi evaziga paydo bo‘ladigan alimentar bepushtlikni yana bir sababi bunday oziqlantirishdan
so‘ng faol yayratishni (matsionni) yo‘qligidir. Organizmni oqsilli oziqalarga to‘yinib ketishi
natijasida katta qorindagi ovqat hazmini o‘zgarishi natijasida moddalar almashinuvi buzilishiga
sabab bo‘ladi. Buning natijasida jigarda giligogen zaxirasini kamayishiga olib kelib, yog‘
to‘planishi kuchayadi. Jigarning moddalarni neytrallash xususiyati pasayadi va natijada qonga
glyukozaning o‘rniga ko‘p miqdorda keton tanachalarini to‘planishi natijasida organizmda
surunkali oqsilli zaxarlanish ya’ni atsidozni chaqiradi. Bu jarayon o‘z navbatida jinsiy va boshqa
organlarda distrofik o‘zgarishlar chaqirib, faoliyatini izdan chiqaradi natija bepushtlikka olib keladi.
Bu bepushtlikda klinik ko‘rinishi anafrodiziya yoki to‘liq bo‘lmagan jinsiy sikl ko‘rinishida
kechadi. Hayvon semiz bo‘lishi, sut mahsuldorligi yuqori bo‘lgani bilan, rektal yoki UTT
ultratovush apparatida tekshirganda bayaadon atoniyasi va tuxumdonlar atrofiyaga uchragani
kuzatiladi. Hayvon semirib ketishi natijasida bo‘ladigan alimentar bepushtliklarni oldini olish
uchun oziqa ratsionidan omixta (konsentrat) oziqalar kamaytirish, sut maxsuldorligiga ta’sir
qilmasdan ratsionda sersuv shirali yem-xashaklarni ko‘paytirish kerak. Har kuni hayvonni majburan
5-7 km ga matsion qildirish hamda jinsiy organlarni rag‘batlantiruvchi preparatlarni qo‘llash lozim.
Hayvonlar oziqa ratsionini sifat jixatidan yetishmasligidan kelib chiqadigan alimentar
bepushtlikda
sigir organizmi meyorda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ko‘payish organlar
faoliyatini me’yorda ishlashini ta’minlab borishi, oziqa bilan organizmga kritilayotgan
xazimlanuvchi moddalar asosan organizmdan tashqariga chiqariladigan maxsulotlar bular sut bilan
undan tashqari moddalar almashinuvi natijasida xosil bo‘lgan keraksiz moddalar siydik, ter
suyuqligi va nafas bilan tashqariga chiqarilib turiladi. Organizmga kiritilayotgan va tashqariga
chiqarilayotgan moddalar o‘zining kimiyoviy tarkibiga ko‘ra moddalar bir-biriga nisbatan balans
berishi kerak. Agarda organizmda moddalar bir-biriga muvofiq ravishda bo‘lmasa bir moddani
organizmda ko‘payib ketishi, ikkinchi moddani kamayishiga olib keladi. Buning natijasida
organizmda moddalar almashinuvi buziladi, ichki sekresiya bezlarining faoliyatida bo‘ladigan
o‘zgarishlar esa jinsiy organlar faoliyatni buzilishiga olib keladi. Shuning uchun sigirlar oziqa
ratsioni xar xil oziqaviy moddalarga muvofiqlashtirilgan bo‘lishi ya’ni qandni-proteyinga bo‘lgan
nisbati 1:1 yoki bo‘lmasa meyorgan nisbatan 0,8-1,5:1 atrofida o‘zgarib turishi, kalsini – fosfroga
nisbati 2:1 yoki 1,5-2:1atrofida o‘zgarib turishi, kalsiini - magniga nisbati 5,5:1; fosforni – magniga
nisbati 2,5:1; kaliyni – natriga 5:1; misni –molibdenga nisbati 3,5-4,5: 1 bo‘lishi kerak. Sigirlar
ratsionida bo‘lgan oziqaviy moddalarning kam-ko‘pligi bu qonda o‘z aksini topadi. Sog‘lom sigir
qonida umumiy oqsil 7,25-8,5 g%, qand 40-70 mg%, kalsiy 9,5-13,5, fosfor 4,25-6,5, korotin 0,46-
0,65, magniy 1,8-2,0 mg% bo‘lishi kerak. Hayvonlar oziqa ratsionida hazimlanuvchi oziqa
moddalarini ko‘p bo‘lishi organizm uchun kam bo‘lishiga qaraganda unchalik havfli
hisoblanmaydi. Sog‘imda bo‘lgan sigirlarni oqsilga boy oziqalar bilan oziqlantirish muxim bo‘lib,
organizmdagi fermentlar, garmonlar va antitelalarning protoplazmatik tuzilishini asosini tashkil
etadi. Oziqa ratsionida hazimlanuvchi proteyinni kam bo‘lishi gipoproteinemiya, gipoaminoatsidoz,
leysin va fenilalanin yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Natijada bachadon muskullari harakati va
bioelektirik faoliyatini pasayishi, tuxumdonlar xujayralarini atrofiyasi va hajm jixatidan kichrayishi,
gipofiz, buyrak usti bezlari faoliyatini pasayishi, jigar va qalqonsimon bezlar faoliyatida
o‘zgarishlar va pasayishlar kuzatiladi. Jinsiy siklning buzilishi, urug‘lanishni jarayonini susayishi,
tug‘ilgan buzoqlarning nimjon, kasalliklarga beriluvchan va me’yorgan nisbatan yengil bo‘ladi.
Oziqa ratsionida oqsilni ko‘p bo‘lishi va yayratishni bo‘lmasligi tuxumdonlarda yog‘ to‘planishi
natijasida atrofiya kuzatiladi (A.I.Puchkovskiy, 1977, O.U.Kuldashev, 2009). Xo‘jaliklarda ozuqa
ratsionida oqsilli oziqalar kam bo‘lgan vaqtlarda oqsil o‘rnini mochevina berib to‘ldirish mumkin,
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
271
28-iyun 2024-yil.
bunda sog‘imda bo‘lgan sigirlarga 150 g dan, sog‘imdan chiqarilgan sigirlarga 50 g gacha berishni
tavsiya qilamiz (O.U.Kuldashev, B.F.Murtazin 2005).
Sigirlar katta qornida hazimlanuvchi oqsilni hosil bo‘lishida uglevodlarning ahamiyati
kattadir. Oziqa ratsionida xazimlanuvchi uglevodlarni kam bo‘lishi, oqsillar almashinuvini izdan
chiqaradi, kislota-ishqor muvozanatinini buzadi, qonda ishqor va qand miqdori kamayadi,
xolesterin va keton tanachalari miqdori oshadi, natijada hayvonlar ko‘payish organlari faoliyatini
izdan chiqaradi. Agarda organizm ko‘p uglevod qabul qilgan bo‘lsa, bo‘g‘ozlikning birinchi
davrlarida gilikogenni ko‘payishi kuzatiladigan bo‘lsa, ikkinchidan glyukoza ko‘payib moddalar
almashinuvida chuqur o‘zgarishlar kuzatiladi.
Organizmda oqsil va uglevodlar almashinuvi fosfor va kalsiy almashinuvi bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, bularni yetishmasligi jinsiy organlar faoliyatiga kuchli salbiy ta’sir
qiladi. Bepushtlikning sabablaridan biri bu organizmda kalsiy va fosforni yetishmovchiligi bo‘lsa
ularni bir-biriga bo‘lgan nisbati ham muhim omil hisoblanadi. Fosforni biologik axamiyati
faqatgina suyaklarga ta’sir doirasida bo‘lmasdan, u yana xujayralarda fermentatsiya jarayonida
asosan uglevodlar almashinuvida katta axamiyatga kasb etadi. Fosfor yetishmaganda kuyga kelgan
sigirlarda bachadonidan qon ketish kuzatiladi, bepushtlik va nimjon, yashab ketishi qiyin bo‘lgan
buzoqlar tug‘ilishi hamda sut maxsuldorligini kamayishi kuzatiladi. Organizmda kalsiy
yetishmaganda bola berish qobilyati susayadi, sigirlar bola tashlaydi va yo‘ldoshni ushlanib qolishi
kuzatiladi. Kalsiy va fosforni organizmda ko‘payib ketishi moddalar almashinuvini buzilishiga va
jinsiy faoliyatni susayishiga olib keladi. Kalsini fosforga bo‘lgan almashinuvi izdan chiqishi, bu
ishtaxani buzilishiga, jun qoplamini rangsiz bo‘lishi, xurpayib qolishiga, suyaklarning
mo‘rtlashishi, oxirgi dum umurtqasini bo‘shab qolishi, oldingi kurak tishlarni shoxlarni kapsulasi
qimirlab qolishi kuzatiladi. Bachadon atoniyasi va tuxumdonlar gipofunksiyasida ko‘pgina
holatlarda nerv-trofik buzilishlar kuzatiladi.
Ko‘payish organlariga mineral moddalarning ta’siri quyidagi ko‘rinishda namayon bo‘ladi.
Sog‘imda bo‘lgan sigirlarning birinchi oylarida sut bilan mineral moddalar, oziqa bilan organizmga
kirishdan ko‘ra ko‘p sut bilan ko‘p chiqib turadi. Ko‘p sut maxsuloti beradigan sigirlar
organizmidan sut bilan ko‘p miqdorda mineral moddalar kalsiy va fosforga chiqariladi bunda
tuxumdonlarning faoliyati muxim bo‘ladi, natijada organizm bu moddalarga bo‘lgan talabini zaxira
hisobiga to‘ldiradi. Agarda organizmda bu mineral moddalar zaxirasi kam bo‘lganda, birinchi
navbatda jinsiy bezlar faoliyati buziladi, natijada bu mineral moddalarni o‘rnini sut bezlari taminlay
boshlaydi.
Sigir va bachadondagi xomila organizmi uchun natriy va kaliy tuzlarining axamiyati
kattadir, chunki bu tuzlar organizmda yangi xujayralarni hosil bo‘lishida, osmitik bosimni bir
me’yorda saqlashda, organizmda suv, mineral moddalar, azot va yog‘lar almashinuvida hamda
to‘qimalar qo‘zg‘aluvchanligini ta’minlashda muxim vazifalarni bajaradi. Kaliy tuzi natriy tuziga
qarshi bo‘lishiga qaramasdan ular bir-biri bilan mustahkam bog‘liq bo‘ladi. Agar kaliy tuzi
ko‘payib ketsa, natriy tuziga bo‘lgan extiyoj oshadi yoki teskarisi ham bo‘lishi mumkin.
Organizmda kaliyni ko‘payib ketishi natriyni kamayib ketishi bu atsidozga, tuxumdonlar
gipofunksiyasi paydo bo‘lib oxir oqibat tuxumdonlar kistasiga olib keladi.
Hayvonlar jinsiy faoliyatini shakillanishida mikroelementlardan: yod, kobolt, mis, molibden
va rux katta axamyatga egadir. Bu elementlar organizmda fermentlar hosil bo‘lishida katalizator
vazifasini hamda fermentlar tarkibidagi molekulalarni bir me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Yod
qalqonsimon bez garmoni tarkibiga kirib jinsiy faoliyatni rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Organizmda yod yetishmaganda moddalar almashinuvida buzilishlar kuzatiladi, jinsiy yetilishni
kechikishi, to‘liq bo‘lmagan jinsiy siklni paydo bo‘lishi, yo‘ldoshni ushlanib qolishi va bachadon
subinvolyusiyasi kuzatiladi. Hayvonlarni yodga bo‘lgan kunlik talabi 1 kg trik vazniga 0.3-0,5 mkg
tashkil etadi. Yodni organizmga ko‘p kritilishi zaxarlanishga va hayvonni ozib ketishiga sabab
bo‘ladi.
Organizmda kobolt tanqisligi kuzatilganda to‘liq bo‘lmagan jinsiy sikl kuzatilib, kuyga kelib
otalanish pasayadi, bola tashlash, bo‘g‘ozlik, tug‘ish va tuqqandan keyingi davrida kasalliklar
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
272
28-iyun 2024-yil.
kuzatiladi. Oziqa bilan ratsionining 1 kg quruq modda hisobiga 0,5-1,0 mg sog‘imda bo‘lgan
sigirlarga, sutdan chiqarilgan sigirlarga 0,3-0,8 mg kobolt qabul qilishi lozim.
Marganes organizmda gipofezni oldingi qismidan gonodotropin gormoni ishlab chiqarishda
ishtirok etib, sut bezlari va tuxumdonlarga ta’sir qiladi, bundan tashqari organizmda oksidlanish
jarayonini tezlashtiradi, glikogen sintezida ishtirok etadi, siydik bilan azot va mochevinani
chiqishini tezlashtiradi. Organizmda marganes yetishmasa oksidlanish-qaytarilish jarayoni buziladi,
tuxumdonlarda follikulalarni yetilishi susayadi, kuyga kelib otalanish va xomilani yashavchonligi
pasayadi hamda bola tashlashlar kuzatiladi. Marganesni organizmda ko‘payib ketishi yod
moddasini kamayishiga olib keladi. Sigirlar kunlik oziqa ratsioni bilan 1 kg quruq moddasi bilan
40-60 mg marganes qabul qilishi kerak.
Mis organizmda molibden, kalsiy va marganeslarni almashinuvida ishtirok etadi. Bu
moddalarni organizmda ko‘payib ketishi organizmni misga bo‘lgan talabini oshiradi natijada mis
yetishmovchiligi kuzatiladi. Organizmda misni kamayishi gipotalyamus, gipofiz hamda ovulyatsiya
jarayonlarida yaqqol namayon bo‘ladi. Molibden organizmda oqsillar sintezida ishtirok etadi,
organizmda ko‘payib ketishi kuyga kelib otalanishni susaytiradi va abort chaqiradi. Organizmda
moddalar almashinuvini me’orda kechishi uchun sigirlar oziqa ratsionini 1 kg quruq moddasida 5-
10 mg mis, 0,5-5 mg molibden va 0,15-0,25 mg rux bo‘lishi kerak.
Rux xayvonlar ko‘payish organlari faoliyatida katta rol o‘ynaydi. Rux organizmda ko‘pgina
fermentlar faoliyatini faollashtiradi va gipofizni oldingi qismida bo‘lib gonodotrop garmonlarini
hosil bo‘lishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Oziqa ratsionida ruxni yetishmasligi ganodotrop
garmonlari sintezini kamaytiradi natijada tuxumdonlar faoliyatiga hamda hayvonni kuyga kelib
otalanishini pasaytiradi. Sog‘imda bo‘lgan sigirlarning organizmida moddalar almashinuvini
me’yorda kechishida ratsionini 1 kg quruq moddasida 40-80 mg rux bo‘lishi lozim.
Har bir geokimyoviy xududlarda ba’zi bir mikroelementlar yetishmasa ba’zi bir
mikroelement ko‘p uchrashi mumkin. Hayvonlar oziqa ratsioniga yetishmaydigan mikroelementni
aloxida qo‘shib berishdan ko‘ra, mikroelementlar komplekisini qo‘shib berish foydalidir. Agarda
organizmda mikroelementlar disbalans bo‘lsa bu endemik moddalar almashinuvini buzilishiga olib
keladi, natijada hayvonni maxsuldorligi ko‘rsatgichi va reproduktiv faoliyati pasayadi. Har bir
davlat o‘zining tuprog‘ida, o‘simliklarida va hayvonlar organizmida mikroelementlarni saqlashiga
qarab geokimyoviy xududlarga ajratilgan bo‘lishi kerak. Shunga asoslanib oziqaga qo‘shiladigan
mikroelementlar kompleksi (primikslar) va ma’lum bir belgilangan miqdorda hayvonlar oziqasiga
qo‘shiladigan qo‘shimchalar yaratilgan.
Hayvonlar ko‘payish organlariga vitaminlardan A, V, S, D va Ye ham juda katta ahamiyatga
egadir. Katta yoshdagi yirik shoxi hayvonlarning organizmida V gurux vitaminlar sintez qilinsa
qolgan S, A, D, va Ye vitaminlar oziqa bilan kiritilishi kerak. Vitaminlar ko‘payish, jinsiy
organlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ham, hamda endokrin tizim orqali ham ta’sir qiladi.
Hayvonlar organizmida A vitamini ichaklar devorida oziqa bilan kirgan karatinlardan hosil
bo‘ladi va karotin A vitaminiga aylanib oqsillar, lipidlar, uglevodlar va boshqa moddalar
almashinuvida ishtirok etadi. Organizmda vitamin A asosan jigarda to‘planadi va jigar vitamin A
ning zaxirasi hisoblanadi. Vitamin A yetishmaganda (gipovitaminoz) bachadon shilliq qavatida
shoxlanish (qattiqlanish) va qurish jarayoni kuzatilib, himoya faoliyati susayadi natijada
yallig‘lanishga sharoit yaratiladi, xomilani implantatsiyasi va shilliq qavatini qattiqlashishi, qurishi
kuzatiladi. Xomilani oziqlanishi qiyin bo‘lib o‘lishi va erta bola tashlash (embrionni o‘limi)
kuzatiladi. Tuxumdonlarda folikulalar epiteliyasini qurishi, ikkilamchi va uchlamchi follikulalarni
atereziyaga uchrashiga olib keladi. To‘liq bo‘lmagan jinsiy sikl kuzatiladi, sigirlarda otalanish
susayadi. Gipovitaminoz A ko‘pincha oziqa ratsionida karotin yetarli bo‘lgan vaqtda ham
kuzatiladi. Mollarni siloslangan oziqalar bilan boqilganda organik kislotalarni ko‘payib ketishi
natijasida organizmda karotinni hazmlanishi susayishi natijasida vitamin A ning hosil bo‘lishi
susayadi. Bundan tashqari organizmda D vitaminini va oqsillar, mikroelementlarni yetishmasligi
vitamin A ning sintez bo‘lishi susayib ketadi. Sutdan chiqarilgan sigirlarning karotinga bo‘lgan
kunlik talabi 400 mg tashkil etsa, A vitaminiga bo‘lgan talab 50 000 IE tashkil etadi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
273
28-iyun 2024-yil.
D vitamini organizmda kalsiy va fosfor tuzlarini so‘rilishini yaxshilaydi va suyaklarda
to‘planishini ta’minlaydi. Bu vitamin hayvonlar terisida ergosterin o‘simligini quyosh nuri yoki
ultrafiolet nurlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Matsionni bo‘lmasligi yoki kam bo‘lishi, qish oylarida
yorug‘likni kam bo‘lishi D vitamini sintezini kamaytiradi natijada organizmda fosfor-kalsiy
almashinuvi, oksidlanish-qaytarilish jarayonini va jinsiy faoliyatning susayishi, tuxumdonlar
atrofiyasi va sklerozi kuzatiladi, tuqqandan keyin bachadon subinvolyusiyasi hamda to‘liq
bo‘lmagan jinsiy sikl kuzatiladi. Vitamin D bo‘lgan kunlik talab bir bosh hayvonga 4000-6000 IE.
Ye vitamini organizmda gipofizni oldingi qismidan, qalqonsimon va buyrak usti bezlaridan
ishlab chiqariladigan garmonlar sintezida ishtirok etadi. Vitamin Ye organizmda yog‘lar
almashinuvida hosil bo‘ladigan zaxarli moddalarni zararsizlantirishda va organizmda to‘planishini
oldini olishda muxim hisoblanadi. Vitamin Ye (Gipovitaminozda) yetishmaganda bola tashlashlar
va nuqsonlar bilan tug‘ilishlar asosan organizmda yog‘lar almashinuvida hosil bo‘lgan zaxarlar
hisobiga sodir bo‘ladi. Organizmni vitamin Ye ga bo‘lgan kunlik talab 800-1000 mg tashkil etadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki hayvon organizmga proteyin, qand, mineral moddalar,
mikroelementlar, vitaminlar kam bo‘lishi bu oziqa ratsionini noto‘g‘ri tuzilganidan. Konsentirat,
nordon, achitilgan (silos, jom), oziqa ratsionida uglevodlar me’yorda bo‘lmasligi va boshqa oziqa
moddalarni yetishmasligi hayvonlarda jinsiy faoliyatda ko‘pgina bo‘zilishlarga olib keladi natijada
bepusht (qisir) bo‘lib yurishiga olib keladi. Yuqorida ko‘rsatilgan organizm uchun muhim bo‘lgan
moddalarni me’yordan kam va ko‘p bo‘lishi sut beradigan sigirlarda reproduktiv faoliyatini
buzilishiga va maxsuldorligini kamayishiga olib keladi. Sutdan chiqarilgan sigirlarga to‘yimliligi
past bo‘lgan oziqa ratsioni bilan boqish tug‘ish jarayoniga, tuqqandan keyin va tug‘ilgan buzoqlarni
yashovchanligiga ham salbiy ta’sir qilishi bo‘yicha mahalliy va chet el olimlarining fikrlarida ham
ma’lum.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Baliev, S., & Ochilov, J. (2023). Treatment of Retained Placenta in Cows.
Global Scientific
Review
,
11
, 15-19.
2.
Qo'ldoshev, O. U., & Ochilov, J. N. (2022). THE EFFECT OF MICROCLIMATE ON THE
SEXUAL MATURITY OF COWS.
Conferencea
, 114-115.
3.
Nasirdinovich, A. J., & Urazovich, K. O. (2024, June). PREGNANCY IN COWS
EFFECTIVENESS OF FERTADINE IN PREVENTING STAY. In
International Conference on
Adaptive Learning Technologies
(Vol. 5, pp. 146-148).
4.
Nasirdinovich, A. J., & Urazovich, K. O. (2024, May). PREGNANCY IN COWS THE
EFFECTIVENESS OF THE GONADIN DRUG IN PREVENTING STAY. In
International
Conference on Adaptive Learning Technologies
(Vol. 5, pp. 149-151).
5.
Kuldashev, O. U. (2024). PREVENTION OF PLACE RETENTION IN COWS.
Web of
Semantics: Journal of Interdisciplinary Science
,
2
(5), 471-474.
6.
Кулдошев, О. У. (1996). Сравнительная эффективность некоторых препаратов при
пироплазмидозах
крупного
рогатого
скота
и
возможности
профилактики
(экспериментальные исследования.
7.
Болиев, Ш. К., & Кулдашев, О. У. (2018). СТИМУЛИРОВАНИЕ ВОСПРОИЗВОДИТЕЛЬНОЙ
ФУНКЦИИ У КОРОВ. In
НАУКА XXI ВЕКА-ВЗГЛЯД В БУДУЩЕЕ
(pp. 120-122).
8.
Кулдашев, О. У. (2022, April). ЛЕЧЕНИЯ И ПРОФИЛАКТИКИ ХРОНИЧЕСКИЙ
ЭНДОМЕТРИТА У КОРОВ. In
E Conference Zone
(pp. 107-110).
9.
Кулдашев, О., Очилов, Ж., & Хамракулов, Н. (2022). Влияние зоогигенических и
технологических режимов на организм животных в условиях жаркого климата.
Перспективы
развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности
,
1
(1), 176-182.
10.
Исаев, M., Кулдошев, О., & Акмалов, Ш. (2022). Вредное воздействие зерноотходов
на кроликов.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой
безопасности
,
1
(1), 120-122.
11.
Исаев, М., & Кулдошев, О. (2022). Эффективность гидролизата белка при лечении
незаразных болезней телят.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в
обеспечении пищевой безопасности
,
1
(1), 123-125.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
274
28-iyun 2024-yil.
12.
Кулдашев, О. У., Мавлонов, С. И., Исаев, М. Т., Очилов, Ж. Н., & Хамракулов, Н. Ш.
(2021). НОВОЕ СРЕДСТВО ДЛЯ ПРОФИЛАКТИКИ ЗАДЕРЖАНИЯ ПОСЛЕДА У КОРОВ.
In
НАУЧНОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ АГРОПРОМЫШЛЕННОГО
КОМПЛЕКСА
(pp. 1387-1390).
13.
Кулдашев, О. У. (2018). СИМПТОМАТИЧЕСКОГО БЕСПЛОДИЯ КРУПНОГО
РОГАТОГО СКОТА В УЗБЕКИСТАНЕ. In
НАУКА XXI ВЕКА-ВЗГЛЯД В БУДУЩЕЕ
(pp.
125-128).
14.
Кулдашев, О. Х., & Муминов, К. З. (2017). УСТРОЙСТВА ДЛЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ
ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В ВОЛОКОННО-ОПТИЧЕСКОЙ ЛИНИИ
СВЯЗИ. In
Перспективные информационные технологии (ПИТ 2017)
(pp. 234-236).
15.
Кулдашев, О. Х., & Муминов, К. З. (2017). Однонаправленный синхронный режим
распространения информационных и шумовых сигналов в оптическом волокне.
In
Перспективные информационные технологии (ПИТ 2017)
(pp. 231-234).
16.
Балиев, Ш., Шералиева, С., & Муртазин, Б. (2015). Профилактика послеродовых
осложнений у коров.
in Library
,
1
(4), 79-81.
17.
Эшбуриев, Б., & Балиев, Ш. (2022). Сигирларда эндометритни даволашда “карбаказ”
препаратининг самарадорлиги.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в
обеспечении пищевой безопасности
,
1
(2), 339-345.
18.
Муртазин, Б., Элмурадов, Б., Болиев, Ш., Наврузов, Н., & Шералиева, С. (2013).
Лечение и профилактика гинекологических заболеваний у коров.
Ветеринарна медицина
,
(97), 337-338.
19.
Балиев, Ш., & Очилов, Ж. (2023). Лечение задержки плаценты у коров.
in Library
,
1
(1),
15-19.
20.
Балиев, Ш. (2023). Организация акушерско-гинекологической диспансерной работы в
животноводстве.
in Library
,
1
(2), 205-206.
21.
Балиев, Ш., & Эшбуриев, Б. (2022). Эффективность препарата карбаказы при лечении
эндометрита у коров.
in Library
,
22
(3), 339-345.
22.
Балиев, Ш., & Суванов, С. (2022). Современные методы лечения эндометрита у
продуктивных коров.
in Library
,
22
(3), 25-27.
23.
Балиев, Ш., Суванов, С., & Исмоилов, А. (2022). Причины эндометрита у
продуктивных коров, содержащихся в хозяйствах.
in Library
,
22
(2), 56-58.
24.
Балиев, Ш., Муртазин, Б., Кулдашев, О., & Очилов, Ж. (2017). Значение
биологических препаратов в профилактике бесплодия крупного рогатого скота.
in
Library
,
17
(2), 32-34.
25.
Балиев, Ш., Кулдошев, О., Мавланов, С., & Курбонов, Ф. (2016). Определение
эффективности препаратов при лечении мастита.
in Library
,
16
(2), 63-65.
26.
Балиев, Ш., Муртазин, Б., Мавлонов, С., & Шералиева, С. (2013). Активизация
половой активности коров естественными средствами и методами.
in Library
,
3
(3), 20-24.
27.
Джураев, О., Мамадуллаев, Г., & Рузимуродов, М. (1999). Сравнительная
эффективность Ppd-туберкулина и skj-туберкулина в аллергодиагностике туберкулеза
крупного рогатого скота.
in Library
,
1
(1), 4-5.
28.
Рузимуродов, М. А., Улугмурадов, А. Д., Саидов, А. А., Куватов, Б. Х., Жалилов, Ж.,
& Солиев, Х. Э. Препараты для диагностики бруцеллеза в Узбекистане. In
Современные
достижения в решении актуальных проблем агропромышленного комплекса: материалы
международной научно-практической конференции, посвященной 100-летию Института
экспериментальной ветеринарии им. СН Вышелесского (Минск, 15-16 сентября 2022 г.)
(pp.
62-64).
29.
Рузимуродов, М., & Улугмурадов, А. (2023). Разработка инновационных методов
получения аллергенов и испытания их активности и специфичности в лабораторных
условиях.
in Library
,
1
(2), 2146-2149.