RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI
”
mavzusida
XALQARO ILMIY-AMALIY
KONFERENSIYASI
20-21 Dekabr
Samarqand-2023
Maxsus son 7. 2023
1
VETERINARIYA
MEDITSINASI
UDK 619.2.618.177.085: 636. 22/28. Qo‘ldoshev O.U.,
v.f.d ilmiy rahbar,
O‘rinov H.S.,
tayanch doktorant,
Xamrayev Sh.O.,
mustaqil
izlanuvchi,
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
SIGIRLARDAN BUZOQ OLISHNI KO‘PAYTIRISH OMILLARI
Annotatsiya:
Urg‘ochi hayvonlar akusher-ginekologik kasalliklarini keltirib chiqaruvchi patologik omillarni olidini
olish va sigirlardan buzoq olishni ko‘paytirish bo‘yicha tavsiya va ma’lumotlar keltirilgan
.
Kalit so‘zlar:
bug‘ozlik, homila, trixomonoz, vibrioz, poda, qisir qolish, otalanish, kuyga kelish,
veterinariya-sanitariya, ginekologiya.
Summary:
In this article some recommendations and information are given to the farmers and specialists who breed
cattle about preventive measures of factors that cause obstetrician – gynecologist illnesses in female animals and how to
increase calf breeding of cows.
Key wors:
pregnancy, trichomoniasis, vibriosis, cattle, veterinary-sanitary, gynecology.
Chorvachilikni rivojlantirish va chorva masuldor ligini
oshirishning asosiy shartlaridan biri-sigirlardan unumli
foydalanish, bepushtlikni oldini olish, bepusht
qolishga yo‘l qo‘ymaslik, urug‘lanish miqdorini va si
fatini oshirish, otalanishni darajanisi ko‘tarish hamda
yosh buzoqlarni saqlash tadbirlarini yo‘lga qo‘yishdan
iboratdir. Oziqlantirishni yaxshilash bilan bir qatorda
xo‘jaliklardagi chorvachilik ishlarini yuritishni tako
millashtirish, shuningdek ilg‘or fan yutuqlaridan keng
qo‘lamda foydalanish evaziga mol tuyog‘ini birmuncha
ko‘paytirish hozirgi kunning asosiy vazifalardan biridir.
Hozirgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra poda qayta
to‘ldirish talabga to‘la
javob bermayapti, chunki fermer xo‘jaliklar va
tumanlardagi chorva mutaxasisslarni yaxshi ish yurit
masligidan dalolat beradi. Shu bilan birga podani qa yta
to‘ldirishni muvaff aqiyatli amalga oshirish uchun
pushtsizlik va bepusht qolishga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Sigirlar bepusht qolishga qarshi kurashdan yaxshi
natija olish uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshirish lozim. Sigir va tanalarni bepusht qolishida
ko‘pgina sabablar mavjud, bulardan asosiylari
hayvonlarni si fatsiz yoki to‘yimliligi past ozuqa bilan
oziqlantirish, yomon parvarish qilish, noto‘g‘ri saqlash
va foydalan ish, sun’iy qochirishni etiborsiz tashkil
qilish va o‘tka zishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi
kabilardir. Jinsiy a’zolarning tug‘ruq va tug‘ishdan
keyingi davrda paydo bo‘ladigan turli kasalliklar
oqibatida pushtsizlik sabab lari kelib chiqadi.
Zooveterinariya mutaxassislarini sigirlar bepusht
qolishiga qarshi asosiy vazifalari quyidagilardan ibo
ratdir: - hayvonlarga mustahkam yuqori sifatli ozuqa
bazasini yaratish va to‘yimli ozuqlantirish uchun ku
rashish, jinsiy a’zolarda uchraydigan infeksiyalarni
yo‘qotish, sigir va tanalarning ginekologik kasallikla
rini yangi dori-darmonlar va usullar yordamida o‘z va
qtida davolash, sun’iy qochirish punktlarini zamonaviy
jihozlash, sigirlar holatini muntazam veterinariya kuza
tuvidan o‘tkazish.
Qoramollarni bepusht qolishini oldini olish tadbir
larini muvaff aqiyatli o‘tkazish uchun, avvalo bepusht
qolishni sabablarini aniqlash kerak, hamda ginekologik
kasalliklarini davolashda zamonaviy usullardan foyda
lanish lozim.
Buning uchun sigirlarni bepusht qolishiga olib ke
ladigan sabablarni oldini olishda quyidagi tashkiliy
zooveterinariya chora-tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli ba
jarib borish zarur.
- Sigirlarni tug‘ishga ikki oy qolganida to‘yimli
ozuqalar bilan boqish
juda muhimdir, chunki bu davrda sigir organizmida
oqsil, qand, kalsiy, uglevodlar, mineral tuzlar almash
inishi o‘zgaradi. Sigirlar tuqqandan keyingi dastlabki
davrda shu moddalar miqdori kamayadi, ayniqsa, qish
va erta bahor fasllarida ozuqa ratsionida molning ha
yoti uchun zarur bo‘lgan vitaminlarga, makro-mikro
elementlarga boy bo‘lmog‘i lozim, chunki ular jinsiy
a’zolar faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
- Har bir ferma veterinariya–sanitariya talablariga
asosida qurilgan
bo‘lishi, alohida tug‘ruqxona, qochirish punktiga
ega bo‘lishi lozim. Unda manej, laboratoriya, va as
bob-uskunalarni yuvib tozalaydigan xonalarni bo‘lishi
kerak.
- Yangi tug‘ilgan buzoqlar 2-3 kun davomida onasi
bilan birga saqlanishini
ta’minlash va og‘iz sutiga to‘ydirilsa kasallan
maydi.
- Sigirlar tug‘ruqxonada ilk bor ginekologik tek
shirishdan o‘tkazilishi
lozim va tug‘ishdan 3-5 kun o‘tishi bilan kuniga 3-5
km yurish ga (matsion) majbur qilinishi kerak. Bu
ishlarni ko‘ngildagidek tashkil qilish sigirlarni sog‘li
giga va ularni yanada tuqqandan keyin bachadonni o‘z
Maxsus son 7. 2023
123
VETERINARIYA
MEDITSINASI
holiga qaytishini hamda tez kuyga kelishiga ijobiy
ta’sir qiladi.
- Qochirilgan sigirlar bir oy davomida qayta kuyga
kelmasa, bo‘g‘oz
bo‘lgan deb hisoblanib, navbatdagi sut ishlab
chiqarish guruhiga o‘takzilishi lozim.
- Tug‘ishdan keyin 60 kun davomida kuyga kelma
gan sigirlar ajratilib,
veterinar va sun’iy qochiruvchi mutaxassis bilan
birgalikda buning sababi aniqlanadi, davolash tadbirlari
o‘tkaziladi.
- Mikroiqlim mo‘tadil bo‘lmasa, binoda yoruqlik,
harorat, namlik
yetarli bo‘lmasa, ammiak, singari zaharli gazlar
me’yoridan ortiq bo‘lsa, havo harakatining tezligi oshsa
va boshqa sabablar tufayli sigirlarning kuyga kelishi va
otalanishi keskin kamayadi.
Fermalarda sigirlarni urchitish va ularni zotini
yaxshilashga jiddiy to‘siq bo‘ladigan omillardan biri
chorvo fermer xo‘jaliklarida qoramollar orasida trixo
monozi, vibriozi, kampilobakteriozi va boshqa surunk
ali kasalliklarni mavjudligidandir. Bu kasalliklar ho‘ja
liklarda bartaraf etilmasa hayvonlarda naslchilik ishlar
ini yaxshilab bo‘lmaydi. Shuningdek mollarni urchitish
va sog‘lom nasl olishda chorvo fermer xo‘jaliklarida
rejali ravishda ginekologik kasalliklar bor-yo‘qligiga
tekshirishlar asosida zarur chora- tadbirlar belgilash
muhimdir. Veterinariya fannining isboti va hayotiy ta
jribalar shuni ko‘rsatadiki, sigirlar tuqqandan keyin bir
oy vaqt o‘tkach qochirilsa, har 100 bosh sigirdan 110
bosh gacha, ikki oylik vaqtida qochirilib otalantiril sa –
103 gagacha, 80 kunda -97 bosh, 100 kungacha
qochirilganda – 91 ta dan, 120 kunda qochirilganda-85
ta sog‘lom buzoq olish mumkin.
Sigirlarni 30 foizgacha kuyga kelish muddati 6
soatga to‘g‘ri keladi, 22 foiz sigirlarni kuyga kelish
davri kechgi paytda ya’ni soat 18 dan ertalab soat 6
gacha to‘g‘ri keladi. Buzoq olishni ko‘paytirish uchun
sigirlarni kuyga kelishini mutaxassis kunda 2-3 marota
ba sigirlarni ko‘zdan kechirish maqsadga muvofi qdir.
Agarda sigirlarni kuyga kelish holati kunda 1 marta ku
zatgan bo‘lsak, unda 40 % gacha sigirlarni kuyga ke
lish holati yo‘q bo‘ladi, demak yilning yakunida har
100 bosh sigirdan 8-10 bosh buzoq olinmasligi qayd
qilinadi.
Har 100 bosh sigirdan 90-95 tadan buzoq olish
mumkunligi tajribalarda aniqlangan, agar 1 yilda si
girlarning 15-20% 2 marta tuqqan taqdirda. Buning
uchun yanvar–fevral oylarida sigirlarning 15-20%
tuqqandagina bo‘ladi bu tuqqan sigirlar mart oyining
15-20–chi sanalarida urug‘lantirilsa.
Bu holat xo‘jaliklardagi aksariyat sigirlar
tuqqandan kiyin 40-60 kun muddat o‘tgach qaytadan
urug‘lantiril sa, qaysikim servis davr va tug‘ishlar
o‘rtasidagi vaqtni qisqartirish natijasida bajariladi.
Fan soxasining va ilg‘or fermerlarning ish tajrib
alari shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqori mexnat unumdor
ligiga erishish uchun, ishlab chiqarishdan oqilona va
unumli foydalanish, shu soxa mutaxasislarining puxta
hayotiy tajribalariga hamda fan yutuqlariga amal qilgan
xoldagina erishish mumkin.
Respublikaning bir qator chorvachilik fermer xo‘ja
liklarida qoramollar o‘rtasida bola olishning talabga
javob bermasligi ancha xavf tug‘dirmoqda. Ko‘pgina
chorva fermer xo‘jaliklarida xar yili 25-40 % sigirlar
dan va 35-45 % qochirish yoshidagi tanalardan buzoq
olinmayapti. Shu bilan bir qatorda viloyatlar
miqiyosida podani qayta to‘ldirish bo‘yicha olingan
ma’lumotlarga qaraganda yillar davomida har100 bosh
ona hayvondan buzoq olish soni oshmagan aksincha
kamaygan, bu esa xo‘jaliklar va tumanlarda buzoq
olish samaradorligi ni past darajada ekanligidan dalolat
beradi. Aksariyat chorva fermer xo‘jaliklarida
zooveterinariya xizmati ning to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilganligi natijasida bola olish oshganligi ma’lum
bo‘ldi.
Mollar maxsuldorligini oshirish Respublika chor
vadorlaridan chorva fermalaridagi ishlarni to‘g‘ri tash
kil etish, shuningdek, g‘unojinlarni parvarishlash va
asrash usullarini, sigirlarni tug‘ishga tayyorlashni va
buzoqlarni o‘stirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni taqozo
etadi. Buning uchun, birinchi navbatda yosh buzoqlarni
boqish va o‘stirishni, sigirlardan ko‘p sut sog‘ib olish
ni, oziqlantirish texnologiyasini, qochirish va ko‘pay
tirishni, ularni kuyikishi, bug‘ozlik davri, qisir qolish
sabablarini puxta bilmay turib hech qachon mehnat un
umdorligiga erishib bo‘lmaydi. Bundan tashqari ilmiy
tadqiqotlarimizdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, si
girlar tug‘ishidan keyingi bachadon va tuxumdonlarda
bo‘ladigan o‘zgarishlarni me’yor darajaga keltirish va
bu jarayon susayib qolgan taqdirda uni jadallashtirish
mumkin, bu o‘z navbatida servis davri hamda tug‘ish
lar oralig‘idagi davrni qisqartirishga imkon beradi. Si
girlarning kuyikkan davrida urug‘lantirishning eng yax
shi vaqtini aniqlash usuli sifatida sinovchi buqalardan
foydalaniladi, yoki bo‘lmasa UTT ultratovush apparati
yordamida, shuningdek, to‘g‘ri ichakka qo‘l suqib tuxu
mdonlar follikulalari barmoqlar bilan yengil paypaslab
ko‘riladi. Ovulyatsiyani rektal usulda tekshirish uchun
mutaxasis yuqori malakali bo‘lishi va barmoqlar yetarli
darajada sezgir bo‘lishini talab etadi. Ana shu umumiy
jarayonlar to‘la–to‘kis bajarilsa sigirlar tuqqandan
so‘ng ularning qayta kuyga kelish muddati qisqaradi.
124
Maxsus son 7. 2023
Bu chorvachilik mahsulotlari mo‘l-ko‘lligini asosiy
bo‘lgan buzoq olish miqdorini ko‘payishiga olib kela
di. Respublika chorvadorlarimizning, veterinariya va
zootexniya ish jarayonlarini to‘g‘ri, mukammal, amalga
oshirishning asosini shu soha mutaxasisslarining puxta
hayotiy tajribalariga hamda fan yutuqlariga amal qilgan
taqdirdagina undan ko‘zlagan marrani egallash mum
kin.
Xulosa qilib shuni aytamizki:
hayvonlarni qochir
ishga tayyorgarlikni bo‘g‘ozlik davrida, sutdan chiqqan
vaqtidan boshlashni tavsiya etamiz. Yuqorida kelt
irilgan tavsiyalar natijasida sigirlar tuqqandan so‘ng
tezda kuyga kelib otalanishi, sun’iy omillar natijasida
emas balki tabiiy omillar: ya’ni quyoshda sayr qildirish,
ozuqa ratsionini to‘liq berish, buqa bilan saqlash nati
jasida erishish mumkin. Sigirlar organizmida kechadiga
har qanday jarayon jinsiy organlariga ta’sir ko‘rsatadi,
bular umumiy modda almashinuvi, yayratish davrining
qanchaligi, molxonadagi mikroiqlim qay darajadaligi,
sigirlarni bo‘g‘ozligi, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi
davrlari me’yorda o‘tishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Balashov N.G. Veterinarniy kontrol pri iskusstvennom
osemenenii jivotnыx M: Kolos, 1980. 272 s.
3. Murtazin B.F. Qo‘ldoshev O.U. Simtomatik pushti
zlik. O‘zbekiston qishloq xo‘jalik jurnali Toshkent 2007. y
N 18 b
4. Murtazin B.F. Pulatov G.S. Qo‘ldoshev O.U. Embrion
o‘lim// Veterinariya – Toshkent 1996. №3 s 16. 5. Studensov
A.P. i dr Akusherstvo, ginekologiya i bio texnika
razmnojeniya jivotnыx. M.: Kolos. 2005. 6. Murtazin B.F.
Bakterialnoe aspekti Akushersko-gine kologicheskogo
patalogii korov Aftoreferat dotor nauk. Sa marqand 2009 y
7. Nosirov U. O‘zbekistonda naslchilik ishi va naslchilik
bazasini takomillashtirish muammolari // Zooveterinariya,
2009. № 10. 10-19 bet.
8. Qo‘ldoshev O.U. Sigirlar bepushtligi, endometritlar ni
davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish.
Avtoreferat vet.fan.doktori. Samarqand 2022 yil. 56 bet.
9. Qo‘ldoshev O.U. Golshtin zotli sigirlar reproduktiv
faoliyatini rag‘batlantirish usullarini takomillashtirish. Ped
agogs is awarded by the editorial board of the international
electronic journal. 19.03.2023. 40-43 bet.
10. Qo‘ldoshev O.U. Morphophysiological Changes in
Reproductive Organs of Cows During the Gestpartum and
Postpartum Periods. INTERNATIONAL JOURNAL OF
FORMAL EDUCATION. ISSN 2720-6874. OPEN ACCESS
VETERINARIYA
MEDITSINASI
JOURNAL. Academiczone.NET. Academic Resource Index
ResearchBib. (Impact Factor) : 7,6. Scientifi c Journal
Impact Factor (SJIF).Volume; 2 issue; 8/ Aug – 2023. 91-94
bet.
11. Semivolos A.M. Lechenie korov s zaderjaniem posle
da //Ekologicheskaya problema patologii, farmakologii i ter
apii jivotnыx: Mater. Mejdunarod. soveщaniya 19-24 maya
1997 - Voronej, 1997.- S. 481-482.
12. Murtazin B.F. va bosh. Sigirlarning jinsiy faoliyati ni
tabiiy vosita va usullar bila kuchaytirish. Toshkent. // J.
Zooveterinariya. 2013. № 11. 20-25- S.
13. Merzlyakov S.V. Primenenie xitozana dlya korrek
sii vosproizvoditelnoy sposobnosti korov: // Dis... kand.vet.
nauk 2006. 150- S.
14. Eshburiev B.M.,Eshbo‘riev S.B.Sutdan chiqarilgan
bo‘g‘oz sigirlarda mikroelementozlarning sabablari, pato
genezi va guruhlli profi laktikasi // Zooveterinariya.- Tosh
kent, 2013. № 5. 24-25-b.
15. Eshbo‘riev S.B. Hayvonlar organizmida vitamin va
minerallarning biologik ahamiyati.//Zooveterinariya. – Tosh
kent, 2016. -№ 7. 20-22-b.
16. Malinowski E. Kaczmarowski M. Zatrzymanie lozys
ka u know // Med. Weter., 2003. – vol. 59/- N5. P. 376-381.
17. Miller H.V. Endometritis of dairy cattie: diagnosis,
treatment and fertility// Bov. Prac. 1980. № 15. P. 13-23. 18.
Monterino R.C., Van De Winkel J.G. IqA Fc receptor //
Annu. Rev. Immunol. 2003. V. 21. P. 177-204. 19. Moreno
A.S.,Franci C.R. Estrogen modulates the ac tion of nitris
oxide in the medial preoptic area on luteinizing hormone
and prolactin secretion// Life Sci. 2004 Mar 5; 74 (16);
R.49-59.
20. Okker H.,Schmitt E.J/., Vos P. L A. M., Scherpenisse
P.,Bergwerff F.F., Iooker F.H. Pharmacokinetics of ceftiofur
in piasma and uterine secretions and tissues after subcuta
neous pos,tpartum administration in lactating dairy cows //
J.Vet. Pharmacol Therap.- 2002.- № 25. – P. 33-38.
21. Smith B.I., Risco C.A. Therapeutic and management
options for postpartum metritis in dairy cattle // Cotp. Con
tin. Educ. Pract. Vet.- 2002. - № 24. –S. 92-100.
22. Ulker S. et al. Impaired activities of antioxidant en
zymes elicit endothelial dystunction in spontaneous hyper
tensive rats enhanced vascular nitris oxide generation // Car
diovasc. Res. 2003. Vol. 59. № 2. P. 488-500.
23. Gond A.P. et al. Nitrc oxide extends the cocyte
temporal window for optimal fertilization // Biochemistry.
2005. V. 44. № 34. P. 113.
24. Moreno A.S.,Franci C.R. Estrogen modulates the ac
tion of nitris oxide in the medial preoptic area on luteinizing
hormone and prolactin secretion// Life Sci. 2004 Mar 5; 74
(16); R.49-59.
Maxsus son 7. 2023
125
VETERINARIYA
MEDITSINASI
43 Ergashova Sh.I., Muxamadiyev N.K., Iskandarova G.M. – Mahalliy dorivor o‘simliklar va ularning
an’anaviy qo‘llanilishi ........................................................................................................................................
113
44 O‘rinov H.S. – Mahsuldor sigirlar reproduktiv faoliyatini rag‘batlantirishda “Traudray” ozuqaviy
qo‘shimchasining samaradorligi .........................................................................................................................
115
45 O‘rinov H.S., Saparov O., Fayzullayev I.A. – Mahsuldor sigirlar bo‘g‘ozlik va tuqqandan keyingi davrlarda
reproduktiv organlarida bo‘ladigan morfofi ziologik o‘zgarishlar ......................................................................
118
46 Fayzullayev U.R. – Dorivor o‘simliklar, ularning xususiyatlari va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar ........
120 47 Qo‘ldoshev O.U., O‘rinov H.S., Xamrayev Sh.O. – Sigirlardan buzoq olishni ko‘paytirish omillari .........
123
48 Suvanov S.A. – Mahsuldor sigirlarning tuxumdon kasalliklariga diagnoz qo‘yishda (UTT) ultratovushli
tekshirish apparatining samaradorligi .................................................................................................................
126
49 O‘rinov H.S. – Golshtin zotli sigirlar reproduktiv faoliyatini rag‘batlantirishda “Traudray” ozuqaviy
qo‘shimcha samaradorligini o‘rganish ................................................................................................................
128
50 Jalilov F. S., Abbosov N.N., Safarov M. B., Avliyoqulov M.T. – O‘zbekiston bozoridagi fungitsitlarning ekin
turlariga qo‘llanilishiga ko‘ra tahlili ...................................................................................................................