Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
21
1-noyabr 2024-yil.
UDK: 616.24-002.153
HAYVONLARDA BRONXOPNEVMONIYANING KELIB CHIQISH
SABABLARI, KLINIK BELGILARI VA TASHXISI
Bakirov B. -
v.f.d., professor;
Ravshanova F.S.
– assistenti
ORCID - 0009-0001-7461-7244
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bronxopnevmoniya kasalligi bo‘yicha
Vatanimiz va chet el olimlari tomonidan olib borlgan ilmiy-tadqiqot ishlarining
asosiy natijalari bayon etilgan.
Аннотатсия.
В стате описаны основные резултаты исследований,
проведенных отечественными и зарубежными учеными по бронхопневмонии.
Summary.
This article describes the main axamples research conducted by
Homestic and foreign scientists on bronchopneumonia.
Kalit so‘zlar:
Respirator kasalliklar, bronxopnevmoniya, kataral pnevmoniya,
o‘choqli pnevmoniya, nospesifik pnevmoniya, o‘pka, bronxlar, patogen mikroflora,
o‘pka gangrenasi, diagnoz, etiotrop, patogenetik, stimullovchi va simptomatik
davolash usullari.
Ключевые слова:
Заболевания органов дыхания, бронхопневмония,
простудная пневмония, очаговая пневмония, неспесифическая пневмония,
лёгкие, бронхи, патогенная микрофлора, легочная гангрена, диагностика,
стимулирующие и симтоматические методы лечения.
Key words:
Respiratory diseases, bronchopneumonia, catarrhal pneumonia,
focal pneumonia, nonspecific pneumonia, lung, bronchi, pathogenic microflora,
pulmonary gangrene, diagnosis, etiotropic, pathogenetic, stimulatory and
symptomatic treatment methods.
Mavzuning
dolzarbligi.
Respublikamizda
chorvachilikni
jadal
rivojlantirish asosida aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini
kondirishni yanada yaxshilashga qaratilgan agrar islohatlarning amalga oshirilishida,
xususan,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 29-yanvarda kabul
kilingan PQ-4576-sonli «Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning ko‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosini
ta’minlashda, shuningdek, ichki bozorni sifatli va еtarli miqdordagi chorvachilik
mahsulotlari bilan to‘ldirish va ozik-ovkat xavfsizligini ta’minlashda yosh chorva
mollarining respirator kasalliklari asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Keyingi
qator yillarda olib borilgan kuzatish natijalarining ko‘rsatishicha, buzoqlar orasida
uchrayotgan respirator kasalliklarga qo‘yilgan tashxis ko‘p hollarda davolash
jarayonida o‘z isbotini to‘liq topmayapdi, davolash tadbirlari ko‘zlangan natijani
namoyon kilmayapdi va kasal buzoqlar orasida majburan so‘yilish hollari bilan
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
22
1-noyabr 2024-yil.
birgalikda xarom o‘lish hollari ham kuzatilmoqda (B.B.Bakirov, N.B.Ro‘ziqulov va
b.lar, 2018).
Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Respublikamizning
koramolchilikka
ixtisoslashgan
yirik
fermer
xo‘jaliklari
sharoitlarida
parvarishlanayotgan buzoqlar orasida uchraydigan respirator kasalliklarning turlari,
tarqalishi va sabablarini aniqlash, ularning har bir turi yoki assotsiatsiyasining
kechish xususiyatlarini ilmiy monitoring qilish, zamonaviy antibakterial hamda
umumiy patogenetik davolash vositalari yoki ular kombinatsiyalaridan tashkil topgan
davolash usullarining kasallik patogeneziga ta’sirini o‘rganishga va shu orqali yosh
hayvonlar respirator kasalliklarining samarali davolash hamda oldini olish chora-
tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar dolzarb ilmiy tadqiqotlar
hisoblanadi.
Bronxopnevmoniya
(Bronchopneumonia, kataral pnevmoniya, o‘choqli
pnevmoniya, nospesifik pnevmoniya, o‘pka)- bronxlar va o‘pka bo‘lakchalarining
yallig‘lanishi hamda bronx va alveola bo‘shlig‘iga tarkibida epiteliy hujayralari, qon
plazmasi va leykotsitlarni saqlovchi kataral ekssudatning to‘planishi oqibatida paydo
bo‘ladigan kasallik bo‘lib, asosan 30-45 kunlik buzoqlarda ko‘p uchraydi.
Bronxopnevmoniya polietiologik kasallik bo‘lib, uning nospesifik, spesifik va
simptomatik turlari farqlanadi. Nospesifik bronxopnevmoniyaning kelib chiqishida
tashqi muhitning noqulay omillari ta’sirida organizm umumiy rezistentligining
pasayishi muxim rol o‘ynaydi. Bunday noqulay omillarga havo haroratining tez-tez
o‘zgarib turishi, еlvizaklar, molxonada namlikning, uning havosi tarkibida esa
ammiak, karbonat angidrid va vodorod sulfid kabi zaharli gazlar xamda patogen
mikroflora konsentratsiyasining juda yuqori bo‘lishi, hayvon organizmining tez-tez
sovuqda qolib ketishi, ratsion to‘yimliligining pastligi, vitaminlar, asosan A
vitaminning еtishmasligi va hayvonlarni tashish qoidalarining buzilishi kabi stress
omillar kiradi.
Bronxopnevmoniyaning ikkilamchi (spesifik) sabablariga shartli patogen va
patogen
mikroflora
(streptokokklar,
pnevmokokklar,
stafilokokklar,
ichak
tayoqchalari, pasterellalar va boshkalar) mikoplazmalar, viruslar (adenovirus, virusli
diareya, paragripp-3, rinovirusli infeksiya quzg‘atuvchilari va boshqalar) va patogen
zamburug‘lar kiradi.
Simptomatik
pnevmoniyalar
pasterellyoz,
salmonellyoz,
diplokokkli
septitsemiya va diktiokaulyozda kasallik belgisi sifatida paydo buladi.
Nospesifik bronxopnevmoniyalar o‘pka gangrenasi, atelektatik gipostatik,
aspiratsion va metastatik pnevmoniyalar ko‘rinishida xam namoyon buladi. Xususan,
atelektatik pnevmoniyalar gipotrofik hayvonlarda, yosh hayvonlar еtarlicha
oziqlantirilmagan yoki hayvonlarning еtarli darajada yayratilmasligi oqibatida kelib
chiqadi.
Gipostatik pnevmoniyalar esa yurak kasalliklari okibatida yoki boshka
kasalliklar paytida hayvonning ko‘p yotib kolishi natijasida yoki hayvon еtarli
darajada yayratilmagan paytlarda kayd etiladi.
Metastatik pnevmoniyalar ba’zi yukumli va yuqumsiz kasalliklar paytida
mikroorganizmlarning boshqa a’zolardan kon va limfa orkali o‘pka to‘qimasiga
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
23
1-noyabr 2024-yil.
o‘tishi, aspiratsion pnevmoniyalar esa nafas yullariga yot narsalarning tushishi
oqibatida kelib chikadi. O‘pka gangrenasi esa o‘pkadagi boshqa ko‘pchilik
kasalliklarning davomi sifatida xam paydo bulishi mumkin (K.N.Norboev,
B.Bakirov, B.M.Eshburiev, 2007, 2020 B.Bakirov, 2015).
Etiologik omillarning tabiatiga ko‘ra bronxopnevmoniyaning o‘tkir, yarim
utkir va surunkali shakllari farklanadi. Kasallikning o‘tkir kechishi ko‘pincha juda
yosh va gipotrofik hayvonlarda kuzatiladi. Yarim o‘tkir kechish oziqlantirish, saklash
va parvarishlash sharoitlari qoniqarsiz bo‘lgan yosh hayvonlarda kuzatiladi yoki
o‘tkir
bronxopnevmoniyaning
davomi
sifatida
rivojlanadi.
Surunkali
bronxopnevmoniya sutdan ajratilgan yosh hayvonlar uchun harakterli kasallik
hisoblanadi.
O‘tkir kataral bronxopnevmoniya paytida kasal hayvonda yutal, burundan bir
tomonlama yoki ikki tomonlama suyuqlik oqishi va xansirash belgilari kuzatiladi.
Auskultatsiyada xirillash, tana xaroratining biroz ko‘tarilishi va ba’zan o‘zgaruvchan
isitma qayd etiladi.
Kataral-yiringli bronxopnevmoniya o‘tkir va yarim o‘tkir tarzda kuchli
o‘zgaruvchan isitma va umumiy holsizlanish belgilari bilan kechadi. Bu paytda
hayvonning axvoli tusatdan yomonlashadi, kuchli yutal, auskultatsiyada xirillash va
ishqalanish shovqinlari eshitilishi hamda xansirash kuzatiladi. Perkussiyada o‘pkada
uchoqli yoki diffuz xarakterdagi bug‘iq tovush sohalari aniqlanadi.
O‘tkir bronxopnevmoniya kasal hayvonda adinamiya, ishtahaning pasayishi,
nafasning zo‘riqishi, quruq yo‘tal va xirillashlar, shilliq pardalarning oqarishi va
ko‘karishi bilan namoyon bo‘ladi. Yurak tonlari bug‘iqlashadi, puls tulqini susayadi,
xazm a’zolarining faoliyati buziladi. Kasallik ko‘p xollarda simptomlarsiz kechishi
va kasalliknining 2-3-kuniga borib chuchqa bolalari yoki qo‘zilarning to‘satdan o‘lib
qolish hollari ham kuzatilishi mumkin.
Kasallik yarim o‘tkir kechganda ishtahaning pasayishi, o‘sishdan qolish va
oriqlash, aralash tipdagi hansirash, ko‘pincha kekirdakning boshlanish kismi
paypaslanganda ekssudatli yo‘tal kuzatilishi kasallikning asosiy belgilari hisoblanadi.
Ko‘krak qafasi auskultatsiya kilinganda xirillash va bronxial nafas eshitiladi.
Patologik jarayonning plevraga o‘tishi oqibatida ishqalanish shovqinlari eshitiladi.
Tana harorati vaqti-vaqti bilan ko‘tarilib turadi (qaytar isitma).
Buzoqlarda ko‘krak kafasi perkussiya kilinganda o‘pkaning do‘nglik va
diafragma qismlarida perkutor tovushning bo‘g‘iqlashishi, pulsning tezlashishi va
susayishi, maksimal arterial bosimning pasayishi, minimal arterial bosim va venoz
bosimning esa ko‘tarilishi kuzatiladi. Qon xarakati sekinlashadi, shilliq pardalar
ko‘karadi, jigarda qonning turg‘unlashishi va ich ketish kuzatilishi mumkin.
Surunkali bronxopnevmoniya bilan kasallangan yosh hayvonlarda o‘sishdan
qolish, ishtahaning o‘zgaruvchan bo‘lishi, yuqori namlik va o‘ta issiq sharoitlarda
yo‘tal va aralash tipdagi hansirashning kuchayishi qayd etiladi. Bu paytda tana
harorati vaqti-vaqti bilan 40-40,5°C gacha ko‘tarilib turadi yoki 0,1-0,5°S ga
ko‘tarilgan holda saqlanadi.
Burun yo‘llaridan vaqti-vaqti bilan suyuqlik oqa boshlaydi. Auskultatsiyada
xirillashlar,
perkussiyada
o‘pkada bo‘g‘iq tovush o‘choqlari aniqlanadi
(Q.N.Norboev, B.Bakirov, B.M.Eshburiev, 2007, 2020; B.Bakirov,2015).
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
24
1-noyabr 2024-yil.
Davolashda kasallik sabablari bartaraf yetiladi va kasal hayvon issiq, toza
xavoli va namligi yuqori bo‘lmagan xonaga o‘tkaziladi va qalin to‘shama bilan
ta’minlanadi. Davolash etiotrop, patogenetik, stimullovchi va simptomatik
vositalardan foydalanishga asoslangan komplekslilik tamoyili asosida tashkil etiladi.
Kasallikning o‘tkir va yarim o‘tkir shaklida 5-7 kunlik, surunkali shaklida 7 -
12 kunlik antibiotikoterapiya kursi belgilanadi. Xususan, o‘rtacha 11-20 ming TB/kg
miqdorida penitsillin va streptomitsin guruhlariga mansub antibiotiklar birgalikda
qullaniladi. Sekin so‘riladigan va uzoq ta’sir etish qobiliyatiga ega bo‘lgan
antibiotiklar sifatida bitsillin 1, 3, 5 yoki bimoksil qo‘llaniladi.
Pnevmoniyalarni, shu jumladan bronxopnevmoniyani davolashda yarim
sintetik antibiotiklardan xisoblangan ampitsillin, amoksatsillin, oksatsillin, ampioks
va boshqalar yaxshi samara beradi. Gentamitsin, kanamitsin, neomitsin, monomitsin
kabi aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotiklarning pnevmoniyalarni
davolashdagi samaradorligining unchalik yuqori emasligi ma’lum.
Tetrasiklinlarning samaradorligi esa nisbatan yuqori bo‘lib, ularning boshqa
antibiotiklarga nisbatan chidamli hisoblangan hujayra ichida rivojlanadigan
qo‘zg‘atuvchilar va grammusbat bakteriyalarga ham ta’sir etishi aniqlangan. Yosh
hayvonlarga 5-7 kun davomida o‘rtacha 15-20mg/kg miqdorida kuniga 2 martadan
muskul orasiga tetrasiklin gidroxlorid in’eksiya qilinadi.
Makrolidlar guruhiga mansub antibiotiklardan tilozin, fradizin, doksitsillin va
boshqalar tavsiya etiladi. Tilozin 50 (1 ml da 50 mg tilozin saqlaydi) 3-5 kun
davomida kuniga 1 martadan 4-10 mg/kg miqdorida muskul orasiga in’eksiya
qilinadi.
Virusli tabiatdagi bronxopnevmoniyalar (paragripp-3, yuqumli rinotraxeit va
boshqalar) ni davolashda interferon, miksoferon, neoferon, remantadin kabi
preparatlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Antibakterial preparatlar sifatida antibiotiklardan tashqari sulfanilamidlar
(norsulfazol, etazol, sulfadimezin, sulfadimetoksin va boshqalar) o‘rtacha 0,02-0,03
g/kg miqdorida sutkasiga 3-4martadan 7-10 kun davomida ichirib turiladi.
Sulfademizin yoki norsulfazolning 10% li eritmasidan 5-10 ml miqdorida kuniga bir
martadan 3 kun davomida muskul orasiga yuboriladi.
Yiringli kataral bronxopnevmoniyada antibiotik va sulfanilamid eritmalarini
kekirdak orqali yuborish yaxshi natija beradi. Buning uchun kekirdakning ko‘krak
qismiga yaqin joyidan shpris yordamida 0,5% li novokain eritmasidan 5-10 ml
yuboriladi va yutal refleksi to‘xtagach, shu igna orqali 5-7 ml miqdorida distillangan
suvda eritilgan penitsilin yoki oksitetrasiklin (10-15 ming TB/kg), sulfademizin yoki
norsulfazol (0,05- 1,0 g/kg xisobida) 10% li steril eritma holida kekirdakka yuboriladi
(B.B.Bakirov, M.S.Habiev, 1993).
Bronxlarning drenaj funksiyasini tiklash maqsadida bronxolitik, balg‘am
ko‘chiruvchi va mukolitik preparatlardan eufillin, efedrin, teofillin va boshqalar
qo‘llaniladi. Suv bug‘i yordamida ingalyatsiya o‘tkaziladi.
Eufillin kuniga 2 martadan 2-4 mg/kg miqdorida teri ostiga yuboriladi.
Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar sifatida bromgeksin buzoqlarga 0,1-0,15 mg/kg
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
25
1-noyabr 2024-yil.
miqdorida (sut yoki suv bilan) yoki natriy gidrokarbonat 1,5-3,0 g miqdorida kuniga
2 martadan ichiriladi (I.P.Kondraxin, V.I.Levchenko, 2005).
O‘pkada kon aylanishi hamda yurak faoliyatini tiklash maqsadida korazol,
kordiamin, kofein natriy benzoat va kamfora prepatatlari qo‘llaniladi.
Buzoqlarga kuniga bir martadan 40-50 ml miqdorida 5-7 kun davomida vena
qon tomiri orkali Kadkovning kamforali suyuqligi (1 g kamfora, 15g glyukoza, 75 ml
etil spirti, 125 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasi) yuborish mumkin.
Antiallergik va qon tomirlar devori o‘tkazuvchanligini pasaytiruvchi vositalar
sifatida buzoqlarga sutkasiga 2-3 martadan kalsiy glyukonat (bir boshga 0,25-0,5 g),
suprastin (0,025-0,05 g) yoki pipolfen (0,025 g) ichirib turiladi. Shu maqsadda
sutkasiga bir martadan natriy tiosulfatning 5%-li suvli eritmasidan 1-1,5 ml/kg
miqdorida vena qkon tomiri orqali (jami 3-5 marta) in’eksiya qilish mumkin.
Buzoqlarda o‘pka shishi rivojlanganda kalsiy xloridning 10%-li eritmasidan (bir
boshga 15-20 ml miqdorida) vena qon tomiri orqali yuborish mumkin.
Organizmning nospesifik rezistenligini oshirish maqsadida askorbin kislotasi
buzoqlarga 6 mg/kg miqdorida sut yoki suv bilan kuniga 2 martadan, retinol 600
XB/kg miqdorida kuniga bir martadan ichiriladi. Vitaminoterapiya kamida 5-7 kun
davom gammaglobulinlar yoki nospesifik poliglobulinlar, gidrolizinlar, sog‘lom
hayvon qon zardobi, to‘qima pereparatlari va boshqa nospesifik stimulyatorlardan
foydalanish mumkin.
Buzoqlarga o‘z onasining sitratli qonidan 0,3-0,5 ml/kg miqdorida muskul
orasiga yoki 1 ml/kg miqdorida teri ostiga kuniga bir martadan jami 3 marta yuborish
mumkin.
Buzoqlarda surunkali bronxopnevmoniyani davolashda yulduzsimon tugun
novokainli qamali tavsiya etiladi. Buning uchun katta diametrli igna yordamida 6 -
bo‘yin umurtkasi ko‘ndalang o‘simtasidan 1-1,5 sm orqadan 0,25 %-li steril novakain
eritmasidan 20-30 ml yuboriladi. Igna sekinlik bilan medial - kaudal yo‘nalishda 3-5
sm chuqurlikka, ya’ni 1 - yoki 2 – ko‘krak umurtqasining tanasiga qadalgungacha
suqiladi va 0,5-1 sm orqaga tortgan holda novakain eritmasi yuboriladi. Bunda o‘ng
va chap tomondan navbat bilan jami 2-3 in’eksiya amalga oshiriladi.
Fizioterapevtik muolajalardan isituvchi lampalar, diatermiya, UYuCh-terapiya,
ultrabinafsha nurlar, aeroionizatsiya, shuningdek, ko‘krak kafasiga gorchichnik yoki
banka qo‘yish, kislorodoterapiya va boshqa muolajadar tavsiya etiladi (Q.N.Norboev,
B.Bakirov, B.M.Eshburiev, 2007,2020; B.Bakirov, 2015).
Shimoliy Kavkaz xo‘jaliklari sharoitidagi qo‘zi va buzoqchalarning nospesifik
bronxopnevmoniyasini (NBP) aerozol usulda davolash uchun 40 ml miqdordagi
xlorofilliptning 0,25% li spirtli eritmasini ishlatish, vena qon tomiriga esa 40-50 ml
miqdorda 7-8 kun mobaynida 1 va 3 marta yuborish tavsiya etiladi (R.X.Gadzanov,
2005).
L.A.Kudesov (2001)ning ta’kidlashicha, bronxopnevmoniyaga chalingan
buzoqlarni davolash uchun kompleks terapiyada 10 kg tana vazniga 2,0 ml dozada
kuniga bir mahal och qoringa "Voleksin-1" preparatini qo‘llash lozim. Davolanish
kursi 3 kun. 7 sutkadan keyin "Voleksin-2" preparatini xuddi "Voleksin-1" kabi
berish kerak.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
26
1-noyabr 2024-yil.
Profilaktika maqsadida "Voleksin-1" preparatini buzoqlarning yangi tug‘ilgan
davrida ko‘llash tavsiya etiladi. Preparatni oziqlantirishdan 30-60 daqiqa oldin (10 kg
tana vazniga 1,0 ml miqdorda bir martadan) berish kerak. Yetti kundan keyin esa
"Voleksin-2" preparati takroran beriladi.
Ye.N.Voronina (2006)ning ilmiy xulosalariga ko‘ra, biogeokimyoviy
zonalarda davolash va profilaktika tadbirlarini olib borishda, asosan, buzoqlar
bronxopnevmoniyasida, muayyan xujalikning biogeoximik xususiyatlarini inobatga
olish lozim.
Bir
xil
biogeokimyoviy
sharoitli
xujaliklarda
buzoqlar
bronxopnevmoniyanisini davolashda 1 kg tana vazniga 10 mg miqdorda tilozinni
kuniga bir marta uch kun davomida (3-4 kunlik oraliq bilan jami ikki marta), trivitni
7 kunlik vaqt oralig‘ida mol boshiga 2,5 ml miqdorda ikki martadan, 30 % li natriy
tiosulfatni (5-8 ml dan mol boshiga) kobalt, marganes, yod va mis tuzlari bilan 5-6
kun davomida qo‘llash tavsiya etiladi. Kobalt, marganes, yod tuzlarini birinchi
kundan o‘ttizinchi kungacha xar kuni ertalab, mis tuzini esa davolashning 6-7
kunidan boshlab 10 kun davomida (natriy tiosulfatni qo‘llagandan keyin) berish
kerak.
Yem-xashak va suvi tarkibida makro va mikro elementlar miqdori nomuvofiq
bo‘lgan biogeoximik uzoq joylarda profilaktika ishlarini olib borish maqsadida,
qolaversa, qattiq metallar yig‘ilishiga olib keluvchi salbiy oqibatlarni kamaytirish,
yopiq toksikozlarni bartaraf kilish, organizmning sezuvchanlik va moslashish
imkoniyatlarini ko‘tarish maqsadida 100 kg tana vazniga 30 mg miqdorida kobalt
xlorid, 50 mg marganes sulfat, 10 mg kaliy yodid va 50 mg mis sulfat qo‘llash lozim
(E.N.Voronina, 2006).
O.N.Krasnikov (2003) bakterial flora (pasterella) bilan asoratlangan, virus
etiologiyali bronxopnevmoniyada buzoqlarni davolash vositasi sifatida 30% li
linkomitsin gidroxloridni muskul orasiga 10 Ming XB/kg. tana vazni miqdorida
tuzalgunga qadar sutkasiga 2-3 martadan qo‘llashni tavsiya qilgan.
Buzoqlar bronxopnevmoniyasida 30% li linkomitsin gidroxloridning terapevtik
samaradorligini oshirish uchun linkomitsinli davolashning kompleks sxemasi,
levamizol (2,5 mg/kg miqdorida ikkita kursli uch kundan 4-5 kun tanaffus bilan) va
tosh cho‘p damlamasi (kuniga uch mahal, bir sutkada mol boshiga 10 g miqdorida
dorivor o‘t) tavsiya etgan.
K.V.Avdeenko
(2002)
izofurazid
preparatini
zardobli-kataral
bronxopnevmoniyada 0,10-0,15 ml/kg miqdorda 48 soatli vaqt oralig‘ida teri ostiga
ikki martadan, yiringli-kataral bronxopnevmoniyada hayvon tuzalib ketgunicha har
24 soatda bir martadan, bronxopnevmoniyaga qarshi profilaktikada esa ushbu
preparatni bir martadan yuborish lozimligini ta’kidlagan.
Xulosa
.
O‘rganilgan
ilmiy-uslubiy
manbalarning
tahliliga
ko‘ra
bronxopnevmoniya buzoqlar orasida kup uchraydigan kasalliklardan biri hisoblanadi
va chorvachilik xujaliklarga katta iqtisodiy zarar еtkazadi. Bunday xolat, tabiyki,
buzoqlarda bronxopnevmoniya kasalligini ertachi aniqlash, samarali davolash va
oldini olish usullarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
27
1-noyabr 2024-yil.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29 –yanvardagi
“Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576-sonli Qarori.
2.
Bakirov B.B., Xabiev M.S. Yosh hayvonlarning ichki yuqumsiz
kasalliklari. O‘quv qo‘llanma. Samarqand. - 1993, 54 bet.
3.
Kudesov L.A. Primenenie preparatov "Voleksin-1" i "Voleksin-2" dlya
profilaktiki i lecheniya bronxopnevmonii u telyat: Avtoref. dis. ... kand. vet. nauk. -
Sankt-Peterburg, 2001. - S. 18.
4.
Avdeenko K.V. Terapevticheskaya i profilakticheskaya effektivnost
izofurazida pri bronxopnevmonii telyat: Avtoref. dis. … kand. Vet. nauk. - Saratov,
2002. - S. 20.
5.
Krasnikov O.N. Effektivnost linkomitsina gidroxlorida 30% pri
bronxopnevmoniyax telyat: Avtoref. dis. ... kand. vet. nauk. Voronej, 2003. - S. 20.
6.
Gadzanov R.X. Aerozoleterapiya nespesificheskoy bronxopnevmonii
yagnyat i telyat v usloviyax xozyaystv Severnogo Kavkaza: Avtoref. dis. kand. vet.
nauk. - Moskva, 2005. - S. 22.
7.
Voronina Ye.N. Osobennosti lecheniya i profilaktiki bronxopnevmonii u
telyat v biogeoximicheskoy provinsii Yujnogo Urala: Avtoref. dis. kand. vet. nauk. -
Troisk, 2006. - S. 20.
8.
Norboev Q.N., Bakirov B.B., Eshbo‘riev B.M. Hayvonlarning ichki
yuqumsiz kasalliklari. Darslik. Samarqand, N-Doba, 2007. 406 bet.
9.
B.Bakirov. Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. - Samarqand:
"Nasimov" XK, 2015. – B. 339-385.
10.
Bakirov B., Ro‘ziqulov N.B. Yosh hayvonlar va parrandalarning
yuqumsiz kasalliklari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Samarqand, F.Nasimov XK,2018. 5.
183.
11.
Norboyev Q.N., Bakirov B.B., Eshboʻriyev B.M. Hayvonlarning ichki
yuqumsiz kasalliklari. Darslik. Samarqand, SamDU tahririy-nashriyot bo‘limi, 2020.
- B. 435.
12.
Равшанова, Ф. (2024). Пути и методы снижения радиационного
воздействия использование молока и мяса.
in Library
,
2
(2), 338-340.
13.
Ravshanova, F. S. (2024). WAYS AND METHODS OF RADIATION
IMPACT REDUCTION USE OF MILK AND MEAT.
Ustozlar uchun
,
1
(1), 338-
340.
14.
Ibragimov, B., Ubaydulaeva, Y., & Ravshanova, F. (2022).
HAYVONLARNING RADIATSIYA BILAN TA'SIRLANGAN TANANING VA
A'ZOLARINI
VETERINARIYA-SANITARIYA
EKSPERTIZASI.
AGROBIOTEXNOLOGIYA
VA
VETERINARIYA
TIBBIYOTI
ILMIY JURNALI
, 95-98.
15.
Bakirov, B., & Ravshanova, F. S. (2024). HAYVONLARDA
BRONXOPNEVMONIYANING KELIB CHIQISH SABABLARI VA KLINIK
BELGILARI BO ‘YICHA ADABIYOT M’LUMOTLARI.
Yangi O ‘zbekiston
ustozlari
,
2
(29), 25-31.
