Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
22
0
1-noyabr 2024-yil.
UDK619:616.98:578.824.11.
QUTURISHNI TURLI HAYVONLAR ORASIDA TARQALISH DARAJASI
Salimov X.S.
- v.f.d., professor,
Zubaydov F.F.
- mustaqil tadqiqotchi.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Quturish kasalligini insonlar uchun nihoyatda xavfliligi, unga qarshi davolash
usullarining yo‘qligi bu kasallikni sotsial ahamiyatini belgilaydi qamda veterinariya
va tibbiyot fanlari va amaliyotini diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi
o‘zida RNK saqlovchi neyrotrop virus bo‘lib, Rabdoviridae oilasi va Lissavirus
avlodiga mansub.
Kasallik virusiga har turli hayvon turlicha sezgirlikka ega. Virusga o‘ta sezgir
bo‘lib tulki, kalamush, sichqon, bo‘rilar hisoblanadi. Mushuk, ko‘rshapalak, sassiq
kuzan, og‘maxon, quyon, dengiz cho‘chqalari esa yuqori darajada sezgirlikka ega. It,
ot, qo‘y, echki, maymun va odamlar virusga o‘rtacha darajada sezgir hisoblanadi.
Yosh hayvonlar, yoshi kattaroq hayvonlarga nisbatan kasallikga moyilroq (8). Virus
asosan bosh va orqa miya hujayralarida hamda so‘lakda bo‘ladi. Kasallik asosan
kasal hayvon tishlaganda so‘lagi orqali yuqadi. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, virus
kasallikning yashirin davrida, ya’ni unga xos klinik belgilar namoyon bo‘lmasdan 10
kun oldin quturadigan hayvonning so‘lagida bo‘ladi (5,7,8).
Quturish kasalligi virusining tabiatda barqarorligini asosan yirtqich yovvoyi
hayvonlar ayrim hududlarda ko‘r shapalaklar saqlaydi. Har yili butun dunyo
mamlakatlarida 60-65 mingdan ziyod odamlar va 1 mln. ga yaqin har xil turdagi
hayvonlar quturish kasalligidan o‘ladi.
Hozirgi kunda hayvonlar orasida quturish kasalligiga qarshi kurashish unga o‘z
vaqtida laboratoriyaviy tekshirish asosida yakuniy diagnoz qo‘yishga, lissavirusni
mumkin qadar tez identifikatsiya qilishga bog‘liq. (1, 2, 3, 5, 6, 10). Virusni
identifikatsiya qilish uchun uni antigenini, RNKsini yoki to‘qimadagi uning
qoldig‘ini serologik reaksiyalar yordamida aniqlash talab etiladi (4, 8,11).
MDH davlatlarida, shu jumladan O‘rta Osiyo mamlaatlarida – bizning
Respublikamizda ham quturish kasalligini laboratoriyaviy diagnostikasi avvalo
quturgan hayvon bosh miyasidan tayyorlangan bosma surtmada Babesh-Negri
kiritmalarini oddiy yorug‘lik mikroskopda, ko‘rishga, immuno-fluoressensiya
reaksiyasida lyuminessent mikroskopda virus antigenini aniqlashga va oq
sichqonlarni bosh miyasiga 10% li quturishga gumon qilingan hayvon miya
suspenziyasini yuborib, biosinov natijalari asosida ushbu kasallikka ishonchli
diagnoz qo‘yiladi.(5, 6, 9, 10.). Ushbu
tekshirish-larda
gumonli
natija
qayd
qilinsagina, yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan immunoferment tahlil yoki virus RNK sini
aniqlashga imkon beruvchi mole-kulyar-biologik usul-polimeraza zanjir reaksiyasida
tekshiriladi (11, 12).
Quturish kasalligining o‘lka epizootologiyasini o‘rganish I.A.Bakulov va
V.A.Vedernikovlarning (1979) «Epizootologik tekshirish usuli» yordamida amalga
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
22
1
1-noyabr 2024-yil.
oshirildi.Quturish kasalligiga ishonchli diagnoz qo‘yish uchun gumon qilingan
hayvonning boshi boks xonasida maxsus asboblar yordamida ochildi va bosh miya,
miyacha va uzunchoq miya olinib, steril idishga solindi.
Bosh miyasidan steril fiziologik eritmada 10% li suspenziya tayyorlash uchun
miya to‘qimasi dastlab xovonchada maydalanib, suspenziya steril flakonga olindi va
uni cho‘kishi uchun 30-40 minut saqlandi. Suspenziyaning yuqori qismi 8-10 bosh
10-12 grammli oq sichqonlarning bosh miyasiga 0,03 ml dozada yuborildi, ya’ni
biosinov qo‘yildi va ular 10 - 15 kun davomida kuzatildi. Suspenziyada bo‘lgan
bakteriyalarni yo‘qotish uchun suspeziyaga 1 ml da 500 XB ) penitsilin va
streptomitsin solindi. Babesh va Negri kiritmalarini ko‘rish maqsadida miyaning
amonovo shoxidan buyum shishalariga har bir patologik materialdan kamida 2 tadan
bosma surtma tayyorlandi va Sellers yoki Muromsev usulida bo‘yalgan surtmalar
yorug‘lik mikroskopda ko‘rildi. Mikroskop ostida surtmalarda Babesh-Negri
kiritmalari neyronlar sitoplazmasida ko‘rinsa, bunday materialda quturish virusi
mavjud deb xulosa qilindi. Surtmada Babesh-Negri kiritmalari ko‘rinishidan qat’iy
nazar, yuqorida ta’kidlangandek, oq sichqonlarga 10% li miya suspenziyasi yuborib,
biosinov qo‘yildi.
Qishloq xo‘jalik, uy va yovvoyi hayvonlar orasida quturish kasalligining
tarqalish xususiyatlari Respublika viloyatlari va bevosita Samarqand va Qashqadaryo
viloyatlari xududlarida olib borgan ilmiy tadqiqotlari evaziga o‘rganildi. Samarqand
va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida turli xil (qishloq xo‘jalik, uy va yovvoyi)
hayvonlarning quturishi bo‘yicha olib borilgan tekshirish natijalari 1-jadvalda
berilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki, Samarqand viloyatining Urgut
tumani xududidan 5 bosh it, 3 bosh qoramol, Samarqand shahridan 3 bosh it va 3
bosh mushuk, Jomboy, Nurobod, Oqdaryo, Payariq tumanlari xududlaridan 3
boshdan it, Jomboy va Nurobod tumanlaridan 1 boshdan mushuk, Oqdaryo
tumanidan 3 bosh qoramol, 2 bosh it, Qo‘shrabot tumanidan 4 bosh it, 1 bosh
mushuk, Bulung‘ur tumanidan 2 bosh it, 5 bosh qoramol, Paxtachi tumanidan 2 bosh
it va Narpay tumanidan 3 bosh it, Katta-qurg‘on tumanidan 3 bosh it, 2 bosh
qoramol, Ishtixon tumanidan 1 bosh qoramol, Pastdarg‘om tumanidan 1 bosh it- jami
39 bosh it, 14 bosh qoramol va 6 bosh mushuk bosh miyalari quturishga
1-jadval.
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida hayvonlarning quturishi
bo‘yicha tekshirish natijalari
T
/r
Viloyatlar nomi
Tekshirildi (bosh)
Jam
i
Shundan quturgan hayvon
(bosh)
Uslub
it
q
o
ram
o
l
q
o‘
y
-e
ch
k
i
ot
-esh
ak
m
u
sh
u
k
Yo
v
.h
ay
v
o
n
it
q
o
ram
o
l
q
o‘
y
-e
ch
k
i
ot
-esh
ak
m
u
sh
u
k
y
o
v
.
h
ay
v
o
n
m
ik
ro
sk
.
b
io
sin
o
v
1
Samarqand
39
14
-
-
6
-
59
-
2
-
-
-
-
2
2
2
Qashqadaryo
132
30
3
1
5
5
176
-
-
-
-
-
-
-
-
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
22
2
1-noyabr 2024-yil.
gumon qilinib Virusologiya laboratoriyaga keltirildi. Ularning miyasidan
kamida 2 tadan surtmalar tayyorlanib, Muromsev usulida bo‘yalib, Babesh-Negri
kiritmalarini aniqlash uchun mikroskopiya qilindi va oq sichqonlarga biosinov
qo‘yildi. Virusologik tekshirishlar natijasida (biosinov, mikroskopiya) Samarqand
viloyatining Oqdaryo tumani Uzun qishloq MFY da yashovchi Usmonov xonadonida
1 bosh qoramolda va Katta-qurg‘on tumani Zarqo‘rg‘on MFY Oxun qishlog‘ida
yashovchi Zayniev xonadonida 1 bosh qoramolda quturish tasdiqlandi.
Respublikaning barcha viloyatlari xududlarida hamma tur hayvonlar orasida
quturish kasalligining tarqalishi haqidagi 2015-2023 yillardagi ma’lumotlarni tahlili
har turli hayvonlar orasida kasallikning tarqalishi bir xil emasligini ko‘rsatdi. 2015-
2023 yillardagi Respublikaning barcha viloyatlari hududida hayvonlarning quturishi
bo‘yicha ma’lumotlar 2 - jadvalda keltirilgan.
2-jadval.
Respublika viloyatlarida 2015 - 2023 yillarda barcha tur hayvonlarning
quturish kasalligi bo‘yicha ma’lumot
Hayvon turi
Y i l l a r
Jami
(bosh)
%
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
It
9
9
8
6
6
2
2
0
2
44
59,45
Mushuk
0
1
1
2
0
1
0
0
0
5
6,76
Qoramol
2
1
0
6
1
1
2
0
3
16
21,62
Qo‘y
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
Ot
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
Eshak
0
0
0
0
1
0
0
0
0
1
1,35
Tuya
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
0
Yov. h-nlar
0
1
1
4
2
0
0
0
0
8
10,81
Jami
11
12
10
18
10
4
4
0
5
74
Jadval ma’lumotlarini taxlili shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimiz hududlarida
keyingi 9 yil davomida (2015-2023 yy.) jami 74 bosh har turdagi hayvonlar quturgan.
Shu davr davomida 44 bosh (59,45%) it, 16 bosh (21,62%) qoramol, 8 bosh (10,82%)
yovvoyi hayvonlar, 5 bosh (6,76%) mushuk, 1 (1,35%) bosh eshak ushbu kasallik
bilan kasallangan. Demak, barcha tur hayvonlar orasida eng ko‘p quturish (59,45%)
itlarda uchrashi, keyingi o‘rinlarni qoramol (21,62%), yovvoyi hayvonlar (10,82%)
va mushuk (6,76%) egallashi, eng kam quturish eshaklarda (1,35%) bo‘lishi
aniqlandi. Shu davr (9 yil) mobaynida ot, qo‘y va tuyalar orasida quturish umuman
qayd etilmadi.
Respublika viloyatlari hududlarida 2015 - 2023 yillar davomida barcha tur
hayvonlar orasida quturish kasalligi bo‘yicha 2- jadvalda keltirilgan ma’lumotning
tahlili, ushbu kasallikni 2015 yildan 2020 yilgacha har yili 10 tadan 18 ta holatgacha,
2020,2021 yillarda 4 tadan holat va 2023 yilda 5 ta holat qayd etilganini ko‘rsatdi.
2022 yilda mamlakatimiz hududida barcha tur quturishga moyil hayvonlar orasida
quturish kasalligi umuman ro‘yxatga olinmadi.
Shunday qilib, xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Respublikaning
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari xududlarida quturish kasalligini qishloq
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
22
3
1-noyabr 2024-yil.
xo‘jalik, uy va yovvoyi hayvonlar orasida tarqalishini virusologik (biosinov) va
mikroskopik tekshirishlar natijasida Oqdaryo tumani Uzun qishloq MFY da
yashovchi Usmonov xonadonida 1 bosh qoramolda va Katta-qurg‘on tumani
Zarqo‘rg‘on MFY Oxun qishlog‘ida yashovchi Zayniev xonadonida 1 bosh
qoramolda quturish kasalligini ro‘yxatga olinishi, shuningdek mamlakatimiz
hududlarida 9 yil (2015-2023) davomida 74 bosh har turdagi hayvonlar quturgani,
barcha tur hayvonlar orasida eng ko‘p quturish (59,45%) itlarda uchrashi, keyingi
o‘rinlarni qoramol (21,62%), yovvoyi hayvonlar (10,81%), mushuk (6,76%)
egallashi, eng kam quturish eshaklarda (1,35%) qayd qilinishi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Газнакулов, Т. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, А. Х.,
Давлатов, Р. Б., Абдухакимов, Ш., & Мавланов, С. (2023). ХС Салимов, МК
Бутаев, ЗЭ Рузиев,–Биохавфсизлик.
2.
Газнакулов, Т. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, А. Х.,
Давлатов, Р. Б., & Абдухакимов, Ш. & Мавланов, С.(2023).
ХС Салимов, МК
Бутаев, ЗЭ Рузиев,–Биохавфсизлик
.
3.
Газнакулов, T. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, A. X.,
Давлатов, P. Б., Абдухакимов, H. I., & Мавланов, C. (2023). XC Салимов.
MK
Бутаев, ЗЭ Рузиев,-Биохавфсизлик
.
4.
Элмуродов, Б., Салимов, Х., Давлатов, Р., Камбаров, А., & Тоиров, Ж.
(2014). Защитим молодняк и цыплят от колисептицемии.
in Library
,
4
(4).
5.
Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., Орипов, А. О., Салимов, Х.,
Рузимуродов, М. А., & Исматова, Р. А. & Улугмуродов, АД (2021). ПРАВОВАЯ
ОХРАНА
ЗДОРОВЬЯ
ЖИВОТНЫХ
И
ЭКОСИСТЕМ
В
НИИ
ВЕТЕРИНАРИИ.
Проблемы трансформации естественных ландшафтов в
результате антропогенной деятельности и пути их решения
, 378-382.
6.
Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., Орипов, А. О., Салимов, Х.,
Рузимуродов, М. А., Исматова, Р. А., ... & Улугмуродов, А. Д. (2021).
ПРАВОВАЯ ОХРАНА ЗДОРОВЬЯ ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ
ВЕТЕРИНАРИИ. In
Проблемы трансформации естественных ландшафтов в
результате антропогенной деятельности и пути их решения
(pp. 378-382).
7.
Мамадуллаев, Г., Ахмадалиева, Л., Салимов, Х., Орипов, А., Элмуродов,
Б., Исматова, Р., ... & Абдуалимов, С. (2018). Правовая охрана объектов
интеллектуальной обственности в нии ветеринарии.
in Library
,
18
(2), 27-29.
8.
Мамадуллаев, Г., Ахмадалиева, Л., Салимов, Х., Гафуров, А., Элмуродов,
Б., Исматова, Р., ... & Орипов, А. (2019). Правовая охрана объектов
интеллектуальной собственности в нии ветеринарии.
in Library
,
19
(4), 228-232.
9.
Давлатов, Р. Б., Насимов, Ш. Н., Ниёзов, Х. Б., Жабборов, Ш. А.,
Хўджамшукуров, Ш. А., & Сафаров, Х. А. (2019). Парранда касалликларини
профилактикаси ва даволаш бўйича ТАВСИЯЛАР.
Тошкент-2019
, 21-26.
10.
Давлатов, Р. Б., Салимов, Х. С., & Худжамшукуров, А. Н. (2018).
Парранда касалликлари" ўқув қўлланма Самарқанд.
