Авторы

  • Z.A. Mirzayeva
    Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘qituvchisi
  • Elnura Xolmamatova
    Navoiy innovatsiyalar universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.62833

Ключевые слова:

asarlar ahamiyat asarlari tahlili mantiqiy fikrlash o‘qish ko‘nikmasi tadqiqotlar detektiv hikoyalar uslubiyat.

Аннотация

Mazkur maqola Agata Kristi  asarlari  orqali  o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish haqida. Ushbu maqolada yozuvchining  ijodi  va asarlarining  o‘quvchilar uchun  ahamiyati hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish yoritib berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

12

OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI TALABALARINING O‘QISH

KO‘NIKMALARINI JACK LONDON HIKOYALARI ORQALI

RIVOJLANTIRISH.

Z.A.Mirzayeva

Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘qituvchisi

Xolmamatova Elnura Nusrat qizi

Navoiy innovatsiyalar universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14709523

Anotatsiya:

Mazkur maqola Agata Kristi asarlari orqali o‘qish

ko‘nikmalarini rivojlantirish haqida. Ushbu maqolada yozuvchining ijodi va
asarlarining o‘quvchilar uchun ahamiyati hamda ularning bilim va
ko‘nikmalarini oshirish yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

asarlar, ahamiyat,asarlari tahlili,mantiqiy fikrlash,o‘qish

ko‘nikmasi,tadqiqotlar,detektiv hikoyalar,uslubiyat.

Oʻqish koʻnikmalari insonning bilim olish jarayonida asosiy o‘rin

tutadi.O‘qish koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, fikrlash, tahlil qilish va
muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshiradi. Bu jarayon, asosan, qiziqish,
motivatsiya va mehnatsevarlik kabi omillarga bog‘liq.

Oʻqish jarayoni shaxsiy o‘sishni ta'minlaydi va insonning ma'naviy,

intellektual va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Oʻqish
koʻnikmalarini rivojlantirish orqali inson nafaqat o‘z bilim doirasini
kengaytiradi, balki jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur
bo‘lgan ko‘nikmalarni ham hosil qiladi. Shu bois, ta'lim jarayonida o‘qish
koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor berilishi zarur. Agata Kristi
asarlarining bilim va oʻqish mahoratlarini oshirishda ahamiyati katta.Maqola
davomida yozuvchi hayoti va ijodi hamda asarlarining taʼlim sohasidagi oʻrni
haqida toʻxtalib oʻtamiz. Asarlari eng koʻp sotilgan, oʻqilgan va “detektiv asarlar
qirolichasi” sifatida nom qoldirgan yozuvchi Agata Kristi 1890-yil 15-sentabrda
oʻrtahol oilada tugʻilgan va hayoti davomida koʻplab qiyinchiliklarni yengib
oʻtishiga toʻgʻri kelgan . Agata Kristi oʻqishni oʻz ishtiyoqi bilan 4 yoshida
oʻrgangan.Agataning opasi maktab-internatda oʻqiydi, ammo boʻlajak yozuvchi
oʻqish, yozish va asosiy arifmetikani, shuningdek, qiziqqan fanlarini uyda, ota-
onasi va opasidan oʻrganadi. Agata Kristi yoshligidan kitoblar oʻqishni sevar va
uning yozuvchilikka boʻlgan ilk muhabbati Molesvort va Edit Nesbitning
asarlarini oʻqiy boshlaganida uygʻongandi.U ulgʻaygani sari Edvard Lir va Levis,
Karolning mifologik asarlariga qiziqib qoladi. Agata Kristi uning bolaligi 11
yoshida tugaganini aytadi,sababi otasi vafot etgan edi va shundan soʻng oilaviy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

13

qiyinchiliklar boshlanadi, ammo Agata oʻqib,izlanib oʻzining “Goʻzallik uyi”nomli
birinchi hikoyasini 18 yoshida yozadi. Hikoya 6000 soʻzdan iborat edi.Yozuvchi
va tarixchi Janet Morgan “Agata Kristining tarjimayi holi ”kitobida uning ilk
hikoyasini uslubiy kamchiliklariga qaramay juda taʼsirli va qiziqarli ,deb
taʼriflaydi.Ijodining ilk davrlarida Agata Kristi nomi koʻpchilikka maʼlum emas
edi.Negaki, u ayol yozuvchi tomonidan yozilgan detektiv asarlar muvaffaqiyatli
boʻlmaydi deb hisoblagan va oʻzi uchun “Mart Vest”,”Martin Gray”kabi
taxalluslarni qoʻyib ijod qiladi. Ammo u Agata va birinchi erining familiyasi Kristi
—Agata Kristi nomi bilan mashhur boʻldi.

Agata juda isteʼdodli edi.U idish yuvayotganida,oddiy yumushlarni

bajarayotganida gʻayrioddiy va jumboqli hikoyalarni oʻylab topardi.Birinchi
jahon urushi paytida Agata Kristi hamshira boʻlib, keyinchalik esa farmasevtika
sohasida ishlab koʻradi. Shu sababli ham uning koʻplab detektiv asarlarida
qahramonlar zahar bilan oʻldiriladi.Agataning ikkinchi turmush oʻrtogʻi arxeolog
edi.Yozuvchi u bilan birga koʻplab mamlakatlarga sayohat qilar va yangi gʻoyalar
oʻylab topardi.Xususan, uning mashhur “Sharqiy ekspressdagi qotillik”asari ham
Istanbul shahrida yozilgan .Uning juda koʻp asarlari asosida film va seriallar
ishlangan va hali ham eng koʻp oʻqiladigan asarlar Agata Kristinikidir.

Xoʻsh, nega hali ham dunyo boʻylab koʻplab oʻquvchi , kitobxonlar Agata

Kristining asarlarini oʻqishmoqda?! Men bu savolga javob topish maqsadida
koʻplab olim va tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan va yozilgan ilmiy
maqolalarni oʻqib chiqdim va ularni sizga ham ulashmoqchiman.

Sobiq dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchisi va IT menejeri ,yozuvchi–Kay

Dibianka bir necha yil oldin “Agata Kristi asarlari haqida”gi maqolasida koʻplab
olimlar, tadqiqotchilar A.Kristi asarlarini tahlil qilib, qiziqarli belgilarni
topishgani haqida yozdi va ular quyidagilar:

1.Agata oʻz asarlarida oddiy tildan foydalangan, shuning uchun ham

oʻquvchilar murakkab va tushinish qiyin boʻlgan uslubga emas, balki ajoyib
syujetga eʼtibor berishadi.Masalan,tadqiqotchilar javob berdi maʼnosini beruvchi
“answered”,”responded” soʻzlarini emas, “said” ya'ni “aytdi” soʻzini tez-tez
ishlatganini aniqlashdi.

2.A.Kristi , shuningdek, asarlarida soʻzlarni tez-tez takrorlagan.Takrorlash

—kitobxon ongida maʼlumotni mustahkamlashi aniqlangan.

3.Doktor Danielsion yozuvchi Artur Konan Doyl va Agata Kristining ijodini

solishtirib,shuni aniqladiki,Artur Doylning asarlari bir-biriga oʻxshamaydi. Yaʼni
uning uslubi yillar davomida oʻzgargan,ammo A . Kristi juda barqaror ijod qilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

14

4.Agata Kristining asarlarida oʻlik jasad, gumonlanuvchilar guruhi,detektiv

va u tomonidan qotil aniqlanib,voqeani yakunlaydigan sahna mavjud .Shu
sababli ham baʼzi tanqidchilar A.Kristi bir xil hikoyani boshqa asarlarida ham
qoʻllagan, deb hisoblaydi.Ammo asarlarini oʻqir ekansiz, hikoyalar davomida
yozuvchi voqealarni oʻzgartirib,yangi burilishlar kiritganligining guvohi boʻlasiz.

5.Yozuvchining mashhur “Gerkul Puaro” teleserialida izquvar Puaro rolini

oʻynagan aktyor Devid Suche Agataning kitoblarini sudoku boshqotirmalariga
qiyoslagan.Uning fikricha, oʻquvchilar,kitobxonlar A.Kristining asarlarini zavq
bilan oʻqishadi, chunki ular asar davomida boshqotirma yechimini topishga
toʻliq berilib ketishadi.

Darhaqiqat Agata Kristining kitoblarini oʻqigan har qanday kishi qotillikni

mantiqiy yechim boʻlishini bilishadi va oʻqishga berilib jumboqni topishga
urinishadi va natijada uning asarlari orqali quyidagi oʻqish koʻnikmalarini
rivojlantiradi:

1.Mantiqiy fikrlash: Uning detektiv hikoyalari mantiqiy fikrlashni

kuchaytiradi,chunki oʻquvchilar jinoyatning yechimini topish uchun dalillarni
yodda saqlashlari va baholashlari kerak.

2.Qayta oʻqish:Agata Kristi asarlari tez oʻzgaruvchan voqealarga va koʻp

qirralikka ega ,bu esa oʻquvchilarga bir necha marta oʻqish imkonini beradi
hamda har bir oʻqishda yangi maʼlumotlar kashf etiladi.

3.O‘z fikrini ifodalash:Agata Kristi asarlari ustida munozara qilish

oʻquvchilarning fikrlarini ochiq ifodalashlariga yordam beradi.

4.Yozuvchining asarlaridagi murakkab xarakterga ega qahramonlar

oʻquvchiga inson psixologiyasini chuqurroq tushunishga yordam beradi.

5.Asosiysi,A.Kristining asarlari oʻquvchilarga oʻz-oʻzini kashf etish imkonini

beradi.Har bir kitobxon zerikishlarsiz oʻqish koʻnikmasini orttira oladi .

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Agata Kristi eng isteʼdodli

yozuvchilardan biri boʻlgan va uning asarlari hali ham koʻp kitobxonlarni oʻziga
jalb qiladi. Yozuvchining kitoblarini oʻqish faqat zavq berib qolmay ,balki
yuqorida keltirib oʻtganimdek oʻqish koʻnikmalarini rivojlantirishga katta hissa
qoʻshadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Morgan,Janet P.Agatha Christie:A Biography .
2.The Mystery of Agatha Christie-A Trip With David Suchet.
3.Thomson,Laura(2008),Agatha Christie :An English Mystery.
4.Prichard,Mathew .The Grand Tour:Around The World With The Queen Of
Mystery.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

15

5.Osborne ,Charles.The Life and Crimes of Agatha Christie:A Biographical
Companion to the Works of Agatha Christie.
6.Killzoneblog.com.https://killzoneblog.com/2024/03/investigating-agatha-
christie.html

Библиографические ссылки

Morgan,Janet P.Agatha Christie:A Biography .

The Mystery of Agatha Christie-A Trip With David Suchet.

Thomson,Laura(2008),Agatha Christie :An English Mystery.

Prichard,Mathew .The Grand Tour:Around The World With The Queen Of Mystery.

Osborne ,Charles.The Life and Crimes of Agatha Christie:A Biographical Companion to the Works of Agatha Christie.