Авторы

  • Z.A. Mirzayeva
    Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘qituvchisi
  • Umida Nurmamatova
    Navoiy innovatsiyalar universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.62839

Ключевые слова:

mustaqil ta’lim ZPD pedagogika ta’lim tajriba.

Аннотация

Bu maqolada mustaqil ta’limning oʻrni va ahamiyati haqida soʻz boradi. Ya’ni talabalarga yordam beradigan hayotiy tajribalar asosida yaratilgan ilmiy izlanishlar, oʻz kuchiga ishonch va oʻzini rag'batlantira olish koʻnikmalari berilgan. Shu bilan birga har qanday tanqidiy fikrlar, munozalar va albatta uzluksiz ta’lim sirlari, bilimga oshno bolish yoʻllari yoritilgan. Har bitta talabaga kerak boʻladigan tajribalar orqali olimlar fikrlari yanada mustahkamlangan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

168

MUSTAQIL TA’LIMNING TALABALAR OʻQUV JARAYONIDAGI

AHAMIYATI.

Z.A.Mirzayeva

Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘qituvchisi

Umida Nurmamatova

Navoiy innovatsiyalar universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14685284

Anotatsiya:

Bu maqolada mustaqil ta’limning oʻrni va ahamiyati haqida soʻz

boradi. Ya’ni talabalarga yordam beradigan hayotiy tajribalar asosida yaratilgan
ilmiy izlanishlar, oʻz kuchiga ishonch va oʻzini rag'batlantira olish koʻnikmalari
berilgan. Shu bilan birga har qanday tanqidiy fikrlar, munozalar va albatta
uzluksiz ta’lim sirlari, bilimga oshno bolish yoʻllari yoritilgan. Har bitta talabaga
kerak boʻladigan tajribalar orqali olimlar fikrlari yanada mustahkamlangan.

Kalit so‘zlar:

mustaqil ta’lim, ZPD, pedagogika, ta’lim, tajriba.

Аннотация:

В данной статье рассматривается роль и значение

самостоятельного обучения. В частности, представлены научные
исследования, опирающиеся на жизненный опыт, которые способствуют
развитию у студентов уверенности в своих силах и навыков
самомотивации. Наряду с этим, освещаются вопросы критического
мышления, умения вести дискуссии и, конечно же, секреты непрерывного
обучения, а также пути самообразования. Опыт, необходимый каждому
студенту, подкреплен мнениями ученых.

Ключевые слова:

самостоятельное обучение, ЗБР (зона ближайшего

развития), педагогика, образование, опыт.

Abstract:

This article examines the role and significance of independent

learning. Specifically, it presents scientific research based on life experience,
which contributes to the development of students' self-confidence and self-
motivation skills. Furthermore, it highlights critical thinking, discussion skills,
and, of course, the secrets of continuous learning, as well as avenues for self-
education. The experience necessary for every student is reinforced by the
opinions of scientists.

Keywords:

independent learning, ZPD (Zone of Proximal Development),

pedagogy, education, experience.

Mustaqil ta'limning talabalar oʻquv jarayonidagi ahamiyati nihoyatda

muhim oʻringa egadir. Negaki, bilamizki har bitta fan chuqur izlanish, mehnat va
konikmani talab etadi. Bular esa oʻz oʻrnida talaba- yoshlarning kelajagi uchun
sarmoya va kafolat debochasi desak, adashmaymiz. Mustaqil ta'lim birinchidan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

169

talabalarda ma'suliyatni va izlanishni takomillashtiradi. Ya’ni oʻquvchi ozi ustida
ishlaydi va qilgan tajribalari orqali uzini baholaydi. Barcha ma'suliyatni
zimmasiya olgan holatda hayotiy tajribalarga sho'ngʻiydi.Ikkinchidan amaliy
ko'nikmalarni rivojlantiradi. Ya'ni bunda talabalar barcha olgan nazariy
bilimlarini amaliyotga tadbiq qilib ko'radi. Uchinchidan,tanqidiy fikrlashni
rag'batlantiradi. Mustaqil ta'lim har qanday tanqidiy fikrlar, qarashlar,
muzokaralarni har tomonlama chuqur tahlil qilish qolbilyatini oshiradi.
To'rtinchidan,uzluksiz ta'limni targʻib qiladi. Mustaqil ta'lim ustida ish olib
borgan oʻquvchi har doim to'xtovsiz va aniq faktlarga asoslangan holatda ishni
puxta qilishga chorlaydi. Har qanday kitob, jurnal, radio, televideniya va boshqa
turli xil ijtimoiy tarmoqlardan mavzu uchun qollanmalar topib uni amaliyotga
olib kiradi. Beshinchidan, mustaqil ta'lim motivation va faollikni oshiradi. Bunda
talabalar ko'pincha oz oʻrganish tezligi va usullari ustidan nazoratga ega
bolsalar, uzlarini yanada g‘ayratli va kuchli his qiladilar. Bu esa oz navbatida eng
yaxwi akademik natijalarga olib keladi. Shu oʻrinda mustaqil ta'limning
ahamiyati borasida ham bir qator olimlarimizning fikrlari ham salmoqlidir.
Xususan, John Dewey uzining “Demecrary and Education” kitobida Ta'limning
tajriba asosida rivojlanishini va oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga undashini
ta'kidlanadi. U oʻquvchilarni oʻz tajribalari orqali uzida yangi qobilyat va malaka
kashf etishlari mumkin, bu esa oʻquvchilarni uzi ham uzini bilim bilan
ta'minlashi mumkin . Shu jumladan, Lev Vygotskiy “Mind in society: The
Development of Higher Psychological Processes” kitobida mustaqil ta'limga
shunday ta'rif beriladi.Oʻquvchilarda bunday jarayonlarda munosib taqdirlab,
ragbatlantira ola bilishimiz kerakdir. Ya’ni Vygotskiyning oʻquv jarayoni va
mustaqil ta'lim haqidagi nazariyalari uning “yaqin rivojlanish zonasi” (ZPD)
tushunchasi asosida shakllangan. Bu asarda oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash
ularni yanada kuchliroq izlanish olib borishiga zamin yaratadi deb takidlab
oʻtiladi. Qolaversa yana bir olimimiz Paulo Freire “Pedagogy of the Oppressed”
asarlarida mustaqil ta'limni ahamiyatini korishimiz mumkin. Freirenin asari
ta'limning jamiyatni oʻzgartirishidagi roli va mustaqil ta'lim orqali oʻquvchilar
tanqidiy fikrlashini rivojlantirishni muhokama qiladi. Fikrimizni davom ettirar
ekanmiz Richard E. Mayerning “Multimedia Learning" asari e'tiborimizni tortadi.
Mayer oʻzining kognitiv nazariyalariga asoslanib, mustaqil ta'lim va
oʻquvchilarni oʻz sur'atlarida oʻrganishga undovchi metodlarni o'rganadi. Ya’ni
bunda har doim oʻquvchilarga oʻzining yoshidan, aqliy salohiyatidan kelib
chiqqan holatda bilim va konikma berish kerak. Bu yerda tezlik yoki kop kitob
oʻqishda emas balki oʻqigan, izlagan bilimlarini puxta egallashida va uni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

170

amaliyotda uzi uchun qollaganida deyiladi. Qarashlarimizni davomida Albert
Banduraning “Self Efficacy: The Exercise of Control” asariga toʻxtalsak. Bandura
oʻz oʻzini oʻrganish va mustaqil ta'lim orqali oʻquvchilarda oʻziga nisbatan
ishonchini oshirishda yordam beradi. Bu fikrlarga qoʻshilmasdan ilojimiz yoq,
chunki hech narsa ishonchsiz bolmaydi. Oʻziga ishonchi baland bolgan
oʻquvchini hech qanday to'siq to'xtata olmaydi. U har doim kuchiga ishongan
holatda davom etadi.

Mustaqil ta'lim eng avvalo oʻquvchilar uchun muhim bosqich hisoblanadi.

Bunda oʻrganish jarayonida oʻquvchilar ozlari uchun yangi bitta soha va kelajak
yaratib boradilar. Oʻzini ustida ishlashi, kerakli materiallar izlashi, jamoaviy
fikrlash, tanqidiy qarashlarni korib chiqish, diniy va dunyoviy ilmlarni ham oʻz
oʻrnida oʻrganishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Piaget, J. (1972). The Phsychology of the Child. Basic Books

2.

Vygotskiy , L. S. (1978). Mind in Society:The Development of Higher

Psychological Processes. Harvard University Press.
3.

Kolb, D. S.(1984). Experiential Learning: Experience as the Source of

learning and Development. Prentice Hall.
4.

Knowles, M.(1980). The Modern Practice of adult Education: From

Pedagogy to Andragogy. Cambridge Adult Education.
5.

Dewey, J.(1938). Experience and Education. Macmillan.

Библиографические ссылки

Piaget, J. (1972). The Phsychology of the Child. Basic Books

Vygotskiy , L. S. (1978). Mind in Society:The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.

Kolb, D. S.(1984). Experiential Learning: Experience as the Source of learning and Development. Prentice Hall.

Knowles, M.(1980). The Modern Practice of adult Education: From Pedagogy to Andragogy. Cambridge Adult Education.

Dewey, J.(1938). Experience and Education. Macmillan.