ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
154
OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA TALABALARINING O‘QISH
KO‘NIKMALARINI JACK LONDON HIKOYALARI ORQALI
RIVOJLANTIRISH.
Z.A.Mirzayeva
Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘qituvchisi
N.O. Shamsiddinova
Navoiy innovatsiyalar universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14777601
Anotatsiya:
Mazkur maqola Jack London hikoyalari asosida talabalarning o‘qish
ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan. Unda yozuvchi ijodining
tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyati, hikoyalarning mavzu va til boyligi orqali
talabalarning lug’at boyligini kengaytirish, matn tahlili va ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini oshirish imkoniyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, amaliyotda
qo'llash uchun tavsiya etilgan hikoyalar ro‘yxati va metodik yondashuvlar taklif
etilgan. Ushbu maqola nafaqat o‘quvchilar balki, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar
uchun ham qimmatli metodik ko‘rsatma vazifasini o‘tashi mumkin.
Kalit so
‘
zlar:
adabiyot, ijod, roman, hikoya, tabiat,inson irodasi, hayot
falsafasi, individualizm, tahliliy fikrlash, leksika, metafora, hayot, tarbiyaviy
ahamiyat, tasviriy vositalar.
O‘qish ko‘nikmalari nafaqat ta’lim jarayonida, balki kundalik hayotda ham
muhim ahamiyatga ega. Adabiyot esa bu ko‘nikmalarni rivojlantirishda samarali
vositalardan biridir. 1876-yilning 12-yanvarida Amerikaning San- Fransisko
shahrida tavallud topgan. Hayotning murakkabligiga qaramasdan sabr ila kuch
yig‘ib tik tura olgan. Kambag‘al oilada ulg‘ayib, yoshligidan hayotning og‘ir
sinovlariga duch kelganiga qaramasdan, bu qiyinchiliklar unga katta iroda,
mehnatsevarlik va yangi imkoniyatlarni izlashga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqni
uyg‘otgan. Shuningdek, u o'zining irodasi va ijodiy qobilyati bilan adabiyot
olamida unutilmas iz qoldira olgan inson Jack Londondir. Yoshligida turli kasblar
bilan shug‘ullangan Jek London hayotning turli jabhalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.
U baliqchilik qildi, kemada dengizchi bo‘ldi, oltin izlovchi kabi turli ishlarni
bajargan. Bu tajribalar unga hayotning murakkabliklarini chuqur anglash va
bularni o‘z asarlarida aks ettirish imkonini berdi. Jek London nafaqat
adabiyotga, balki hayotga bo‘lgan shiddatli muhabbati va inson irodasining
cheksiz qudrati bilan ham tanilgan. Uning “Hayotga muhabbat” va “Oq ilon” kabi
asarlari dunyoga mashhur bo‘lib, insonning tabiat bilan bo'lgan kurashini
hayratomuz tarzda tasvirlaydi. Amerika yozuvchisi Jack Londonning hikoyalari
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
155
mazmunan boyligi, psixologik tahlili va qiziqarli syujetlari bilan ajralib turadi.
Jek London ijodida romantizm va hayotning oddiy, ammo murakkab tomonlari
keng yoritilgan. London dunyo bo'ylab mashhurlikka erishib, asarlari orqali
katta moliyaviy muvaffaqiyatga erishgan ilk yozuvchilardan biridir. London
hikoyalarida inson irodasi, mehnatsevarlik va jasorat markaziy mavzular
hisoblanadi. Uning hikoyalari soddaligi bilan birga boy lug’at tarkibi va noyob
ifoda uslublariga ega. Bundan tashqari Jack London hikoyalari hayotning turli
jihatlarini aks ettiradi: tabiat bilan kurash, insonning ichki kechinmalari va
ijtimoiy muammolar. Uning romanlarida jamiyatga nisbatan turli xil
zulm,insonlarning hayotda yashash, tirik qolish uchun kuch-quvvat topib
kurashgani, insoniyatga nisabatan adolatsizlik va muammolarga qarshi
kurashlar aks etgan. Bundan tashqari Londonning asarlarida inson va tabiat
o‘rtasidagi munosabatlarni va ular bilan bog‘liq bir qancha muammolarni va
insonning jamiyatdagi o'rniga ko'proq e’tibor qaratilgan. Uning eng mashur
asarlariga yuzlanadigan bo'lsak ulardan “Call of the Wild” va “White Fang”
asarlari hayvonot olamiga oid bo'lsada unda inson va hayvon o‘rtasidagi turli xil
o‘ziga xos bo‘lgan munosabatlarni va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko'rishimiz va
anchagina kerakli bo‘lgan xulosa olishimiz mumkin. Jek London 16 yil davomida
19 ta roman, 18 ta hikoyalar to'plami (152 hikoya), 3 ta sahna asari va 8 ta
avtobiografik hamda publitsistik kitob yozib qoldirgan. Jek Londonning
“Hayotga muhabbat”, “Qish haqida” va “Martin Eden” kabi asarlari o'zbek tilida
ham chop etilgan. Jek London ijodiga Gerbert Spenser va Fridrix Nitsshening
falsafiy qarashlari sezilarli ta'sir ko‘rsatgan. Martin Eden “roman-biografiyasida
bosh qahramonning paymonasi to‘lgan chog’da ham yashashga ishtiyoqi”ni aks
ettirgan. Mazkur romanida g‘arb falsafasidagi “ideal inson” yoki “superman”
g‘oyasi o‘z aksini topgan. XX asr boshlarida o'z ijodi va asarlari bilan butun
xalqning diqqatiga sazovor bo'lgan amerikalik mashhur adiblardan biri Jack
London ijodi va hayotiy biografiyasi adib bilan deyarli ketma-ket yashagan,
hayot yo‘li ham ma’lum ma’noda yaqin bo‘lgan o‘zbek adibi Abdulla Qahhorning
ham e’tiborini jalb qilgan. Abdulla Qahhor o'zining bir qancha hikoyalarini va
“Sarob” romanini yaratishda Jack Londonning “Martin Iden” romani syujiti
skletidan va yozuvchining biografiyasidan foydalangan.Jek Londonning ijodi va
shaxsi haqida ko'plab taniqli adib va yozuvchilar o‘z fikrlarini bildirgan. Uning
asarlari, yozuvchilik uslubi va hayot falsafasi adabiyot olamida katta qiziqish
uyg’otgan.
Upton Sinclair: “Jek London bu inson irodasining g’alabasi, u hayotining har bir
jabhasida mehnatsevarlik va qat'iyat namunasi edi. Uning asarlarida inson va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
156
tabiat o'rtasidagi o'zaro kurashning chuqur dramatizmi yaqqol namoyon
bo'ladi”.
George Orwell: “Jek Londonning asarlari har doim haqiqiylik bilan ajralib turgan.
U tabiat va inson ruhining murakkabligini chin dildan his qila olgan”. Ayniqsa,
uning ijtimoiy mavzularni qalamga olish uslubi meni hayratda qoldirgan. Ernest
Hemingway: “Londonning hikoyalari menga yoshligimda katta ta’sir ko‘rsatgan.
Uning sodda, ammo chuqur uslubi hayot haqiqati va insoniy irodaning qudratini
teran anglashimga yordam berdi”. Leo Tolstoy: “Jek London - yozuvchi bo‘lish
barobarida hayot falsafasini o‘z ijodiga singdira olgan noyob shaxs. Uning
hikoyalari orqali inson tabiatning shafqatsiz qonunlarini mag‘rurlik bilan yenga
olishini ko'ramiz. “Darhaqiqat, Jek London hikoyalarini o‘qigan har qanday kishi
inson irodasining qudratini, tabiat va insoniyat o'rtasidagi murakkab
munosabatlarni, hayot uchun kurashning shiddatini hamda ijtimoiy tengsizlik va
adolat haqida chuqur o'yga cho'madi. Ularning hikoyalari nafaqat o‘quvchini
o‘ziga tortadi, balki uni real hayotdagi sinovlarni yanada chuqurroq anglashga
undaydi. Natijada, uning asarlari orqali quyidagi o‘qish ko‘nikmalari rivojlanadi:
O‘qish va tushunish: Voqealardagi murakkab ma’nolarni anglash va
ularning kontekstini to‘g‘ri tushunish.
Tahliliy fikrlash: Hikoya qahramonlarining qarorlarini, ularning hayotiy
tanlovlarini va ularning oqibatlarini tahlil qilish.
Xulosa chiqarish: O‘qilgan hikoyalarning mavzulari asosida insoniyat va
hayot haqida umumiy xulosalar chiqarish.
Tasavvur kuchi: Voqealarni batafsil tasavvur qilish orqali o'quvchining
ijodiy fikrlashi va tasavvur qilish qobiliyatini rivojlantirish.
Muallif uslubini anglash: Jek Londonning yozuvchilik uslubi, tasviriy
vositalari va falsafiy g‘oyalarini tushunish.
Baholash qobiliyati: Asarlar orqali berilgan ijtimoiy va ahloqiy
muammolarga munosabat bildirish va ularga tanqidiy yondashish.
Hissiy empatiya: Hikoya qahramonlarining his-tuyg‘ularini chuqur his
qilish va ular bilan ruhiy bog‘lanish orqali hissiy idrokni rivojlantirish.
Jek London asarlari o'quvchini nafaqat qiziqarli voqealar olamiga olib kiradi,
balki uning tafakkurini boyitadi, hayotga nisbatan chuqurroq qarash
shakllantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.London, J. “Martin Eden”. O‘zbek tiliga tarjima. Toshkent: Adabiyot nashriyoti,
1968.
2.Abdullayev, A. “Jek London va uning ijodiy olami”. Toshkent:
3.Four Legs Good The life of Jack London.By Caleb Crain October 21, 2013
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
157
4. “Jack London”. Biography.com, A&E Networks Television, 2 Apr. 2014,
www.biography.com/people/jack-london-9385499.
5.Jack
London
–
“A
Brief
Biography”.
JackLondon
Park.com,
jacklondonpark.com/jack-london-biography.html.