ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
59
NUTQNI O'STIRISHDA TAYYORLOV DAVRI, BU BOSQICHDAGI
O‘QISH VA YOZUV DARSLARINING MAVZULARI HAMDA ISH
TURLARI
Umarova Dildoraxon Ahmadjon qizi
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti magistri
Mamatova Gulshan Amankulovna
Ilmiy maslahatchi
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14908818
Annotatsiya.
Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar
nutqini o‘stirishdir. Nutq o‘stirish uch yo‘nalishda: so‘z ustida ishlash, so‘z
birikmasi va gap ustida ishlash, bog‘lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga
oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan.
Savod o‘rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo‘nalish bo‘yicha ish olib
boriladi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan, savod
o‘rgatish ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish bilan bog‘liq holda
uyushtiriladi. Savod o‘rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo‘lib,
ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet va syujetli rasm yuzasidan
suhbat va shu kabilar bilan bog‘lanadi. Bu davrda o‘quvchilar nutqini
o‘stirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1)
o‘quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to‘g‘rilash;
2)
ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog‘liq
holda lug‘atini boyitish;
3)
o‘quvchilar nutqidagi ayrim so‘zlarning ma’nosiga aniqlik kiritish;
4)
gap va uch-to‘rt gapli kichik „hikoya” (bog‘lanishli nutq)ni og‘zaki
to‘g‘ri tuzish ko‘nikmasini o‘stirish.
Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi
predmetlar bilan tanishish yordamida so‘zni ongli ishlatishga, ikkinchidan, turli
sodda yig‘iq gap (Bolalar yuguryaptilar), sodda yoyiq gap (Lola do‘konga bordi),
uyushiq bo‘lakli gap (Anvar o‘qidi va yozdi) tuzadilar. Ular bu ko‘nikmalarni
amaliy mashqlar yordamida egallaydilar.
Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq
o‘stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Narsalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari,
o‘simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat
jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar
shakllanadi.
Birinchi sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda bolalarning o‘yin va ermaklari,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
60
rasm ko‘rish va “Bu nima?, Bu kim?, U nima qilyapti?” kabi savollar asosidagi
suhbatdan ham foydalaniladi.
Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli
predmetlarning nomini, ularning belgilarini aytish, predmetlarni ma’lum
belgilari asosida guruhlash kabi mashqlar kiradi. Masalan, o‘qituvchining
topshirig‘iga muvofiq, ma’lum bir mavzuda (kuz, mevali bog‘, sinf, maktab
haqida) ikki so‘zdan iborat gap tuzadilar, keyinroq esa shunday yig‘iq gaplar
tuzib, uni savollar yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. Ular o‘rgangan
harflaridan so‘zlar va kichik gaplar tuzib yozadilar.
O‘qish darslarida o‘quvchilar rasmga qarab kichik hikoyacha tuzadilar,
o‘qituvchi savoliga to‘liq javob berishga o‘rganadilar. Alifbedagi rangli, chiroyli
rasmlar tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklarning
nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarning talaffuzi ustida ishlash ham katta
ahamiyat kasb etadi, chunki ko‘pgina bolalarning talaffuzida kamchiliklar
bo‘ladi: bir tovush o‘rniga boshqasini (sh o‘rniga s, r o‘rniga l) talaffuz qiladilar,
chuchuk til bilan duduqlanib gapiradilar, so‘zdagi ayrim tovushni tushirib yoki
boshqa bir tovush qo‘shib talaffuz qiladilar, tovushlar o‘rnini almashtirib
qo‘yadilar va hokazo. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun logopedlar maxsus
mashqlardan foydalanadilar. O‘qituvchi ham har bir darsda va darsdan tashqari
vaqtda o‘quvchilar talaffuzini kuzatib borishi, kamchiliklarni aytib, to‘g‘ri
talaffuz namunasini ko‘rsatishi lozim.
Tovush savod o‘rgatishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Savod o‘rgatish
davrida so‘z va bo‘g‘inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va
ularning artikulatsiyasini analiz qilish mashqlari o‘tkaziladi, diksiya (ravshan,
burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida
ishlash harf ustida ishlash bilan, ayniqsa, kesma harflardan bo‘g‘in, so‘z tuzish
kabi sintez qilish usullarida birlashib ketadi; tovush va harf o‘rtasidagi
munosabatni doimo aniqlab borish o‘qish malakalarini shakllantirish uchun
ham, imloviy jihatdan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir.
So‘zlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish usullari hozirgi kunda
takomillashtirilib borilmoqda. Savod o‘rgatishda, asosan, quyidagi usullar
amalda qo‘llanilmoqda:
I.Analiz mashqlari.
1. Nutq (gap)dan so‘zni ajratish, so‘zni aniq talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga
bo‘lish va bo‘g‘inlarni aniq talaffuz qilish, so‘zdan, bo‘g‘indan tovushni kuchli
talaffuz qilib o‘qish, muayyan tovushni ajratgan holda so‘zni bo‘g‘inlab o‘qish.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
61
2.
Darsda o‘rganiladigan yangi tovushni ajratish. Bunday tovushni
birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
a)
so‘zdan tovushni cho‘zib talaffuz qilish bilan ajratish: aaa-na, looo-la,
booo-la;
b)
undosh tovushni yopiq bo‘g‘indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, A-
minnn.
d)
sirg‘aluvchi undoshni ochiq bo‘g‘indan ajratish:
rak;
e)
bo‘g‘in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, it-pit, o‘-tin, a-na, e-tik, i-
pak;
f)
o‘rganiladigan tovushni so‘z boshida kelgan so‘zlardan ajratish
(so‘zni o‘qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o‘quvchi aytadi): non, tok, olma,...;
d)
rasm nomini ifodalovchi so‘zni aytish: o‘qituvchi nokning rasmini
ko‘rsatib, noo deydi, o‘quvchilar k tovushini qo‘shib aytadilar: nok.
Bu jarayonda Omonashvili ishlab chiqqan usuldan ham foydalanish
mumkin. Bunda tovush emas, harf asos qilib olinadi. O‘quvchilar o‘rganilgan
harflar ichidan notanishini topadilar, so‘ng uning o‘qilishi va fonetik belgilari
ustida ishlanadi. Darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan
so‘ng, odatda, shu tovush so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz
qilinadigan so‘zlar tanlanib, o‘quvchilarga talaffuz qildiriladi:
O tovushi: olma, non, O-mon.
D tovushi: Odil (so‘z oxirida jarangsizlashadigan ozod, obod kabi so‘zlarni
tanlash tavsiya qilinmaydi).
1.
So‘zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish,
sonini aniqlash, bo‘g‘inlarni sanash: Olma – ol-ma, o-l-m-a Bu so‘z to‘rtta tovush,
to‘rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo‘g‘in .... Bu usuldan o‘quv
yilining ikkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida
foydalaniladi.
2.
Jarangli va jarangsiz undoshli so‘zlarni amaliy taqqoslash: dil-til,
zira-sira kabi.
Savod o‘rgatishda analiz va sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz
o‘qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko‘proq o‘qish
malakasini shakllantiradi.
I.
Sintez mashqlari.
1.
Tovush tomonidan analiz qilingan so‘zni yoki bo‘g‘inni talaffuz qilish
va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so‘z yoki bo‘g‘inni o‘qish.
2.
O‘rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, ...)
bo‘g‘in jadvalini tuzish; bo‘g‘in jadvalini kitobdan yoki matndan o‘qish; kesma
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
harflardan bo‘g‘in jadvalini tuzish; bola-lola-tola, boy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota,
mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ikki-ikki, osh-
ish kabi bir unli harf bilan farqlanadigan so‘zlarni o‘qish (bunday so‘zlarni
o‘quvchilarning o‘zlari topib o‘qishlari mumkin).
3.
So‘zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo‘shib, yangi so‘z hosil qilib
o‘qish: ola-lola, osh-bosh, oy-toy,boy,soy,loy; o‘roq-so‘roq; ol-xol,sol; sava-savat;
son-oson; ayiq-qayiq; olti-oltin.
4.
So‘z o‘rtasiga harf qo‘shib, yangi so‘z hosil qilib o‘qish: ko‘mak-
ko‘lmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, sila-siyla kabi.
5.
Bo‘g‘inlarni almashtirib yangi so‘z hosil qilish va o‘qish: Gulnor-
Norgul, asil-sila kabi.
6.
Tovushlarning o‘rnini almashtirib yangi so‘zni hosil qilish va o‘qish:
somon-osmon, tilak-kalit, qo‘y-yo‘q.
7.
Tovushni yoki bo‘g‘inni tushirib qoldirib, yangi so‘z hosil qilish va
o‘qish: anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog‘la-bola.
8.
Bo‘g‘in qo‘shib yangi so‘z hosil qilish va o‘qish: bog‘-bog‘bon, gul-
gulzor, paxta-paxtakor.
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash
bilan birga qo‘shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo‘lib,
darsda yarim o‘yin holatini vujudga keltirishga imkon yaratadi.
Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib bo‘lmaydi,
ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi o‘rin tutadi. O‘quvchi so‘zni
analiz qilish bilan uni leksik ma’noga ega bo‘lgan bir butunlik sifatida anglaydi,
bu – sintezdir; so‘z sintez qilinganda, uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi,
bu esa analizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Shodiyeva M.J. Boshlag‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimi-
ning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish. Pedagigika fanlari bo‘yicha
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi, – Toshkent, 2019. 135 - bet;
2.
Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati.– Toshkent: O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi, 2009. – B. 74;
3.
Ладыженская Т.А. Методика развития речи. – Книга для учителя.
– 2-е изд., испр. И доп. – Москва: Просвещение, 1991. – 94 с.;
4.
G‘aniyev T.T. Ona tilidan mashq bajarish jarayonida o‘quvchilarning bilish
faolligini oshirish. Ped. fan. nom.diss. –T.: 1991. B. – 81 b.
5.
Mamatova Gulshan Amankulovna Doston language learning in primary
schools methodology. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal,
10(1), 626–628. Retrieved from
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
63
6.
https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/1096.
2022.
7.
Toshpulatova D.K. The role of mental arithmetic in improving
mathematical literacy in primary school // International Scientific Journal
Theoretical & Applied Science Published – AQSH, 2019 – B. 184-186 (Impact
Factor: 6.630, https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2019.12.80.37).