Авторы

  • Shahodat Agzamova
    Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti magistri
  • Gulshan Mamatova
    Ilmiy maslahatchi Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.69512

Ключевые слова:

Ta’lim metodlar interfaol metodlar organayzerlar texnalogiyasi “Suhbatlashishni oʻrganamiz” interfaol oʻyini “Ikki qismli kundalik” metodi

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida metodlarning ahamiyati, ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan samarali metodlar va ularni toʻg‘ri tanlash e’tirof etildi. Oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy jihatlarning kamol topishida ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining roli kattaligi hamda ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida qoʻllaniladigan metodlar, ularni qoʻllashdan maqsad va texnalogiyalari  haqida fikr yuritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

39

O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SAMARALI METODLARDAN

FOYDALANISH

Agzamova Shahodat

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti magistri

Mamatova Gulshan Amankulovna

Ilmiy maslahatchi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14905799

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida metodlarning ahamiyati,

ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan samarali metodlar va ularni toʻg‘ri
tanlash e’tirof etildi. Oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy jihatlarning
kamol topishida ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining roli kattaligi hamda
ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida qoʻllaniladigan metodlar, ularni
qoʻllashdan maqsad va texnalogiyalari haqida fikr yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

Ta’lim, metodlar, interfaol metodlar, organayzerlar, metodlar,

texnalogiyasi, “Suhbatlashishni oʻrganamiz” interfaol oʻyini,

Ikki qismli

kundalik” metodi

Soʻngi yillarda ta’limga boʻlgan e’tibor kundan-kunga ortib bormoqda.

Buning natijasida ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar uchun jahon talablariga
mos qulay sharoitlar yaratib berilmoqda. Ta’lim sifatini oshirish uchun hamma
qoʻldan kelgancha harakat qilmoqda, buning natijasida maktablar uchun
zamonaviy yangi binolar, qulay jihozlangan oʻquv xonalari, oʻquvchilar uchun
yangi darsliklar ishlab chiqilmoqda. Oʻqituvchilar sifatli ta’lim berish uchun dars
berish jarayonida turli xil metodlardan foydalanadilar.

Ta’lim uzoq davom

etadigan jarayon boʻlib, uning sifati darsda qoʻllanilgan metodlarga bog‘liq.
Darsning mazmunli oʻtishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga
erishilgani oʻqituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi

Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, oʻsib kelayotgan yosh

avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda,
milliy tilga, oʻz xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda oʻqish
darslarining oʻrni beqiyosdir. Shunday ekan, biz ham oʻqish darslarini tashkil
etishda aynan shu maqsadlarni koʻzlagan holda ish olib bordik. Metodlar
oʻqituvchilarning bilim berishi uchun zarur hisoblanadi. Har bir oʻqituvchi
metodlar orqali ma’lumotlarni oʻquvchilarga oson yetkazib bera oladi.
Oʻquvchilar esa shu metodlar orqali berilgan bilimlarni yaxshiroq tushunib
oladilar Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo
shiddat bilan oʻzgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

40

raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo boʻlayotgan bugungi kunda
ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga
yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.

Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni

tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qoʻllanilmoqda:

1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “Oʻquv keyslari”), “Blits-

soʻrov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va
boshqalar.

2. Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”,

“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” yana
bir qancha turlari bor.

3. Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Kontseptual jadval”,

“Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqa
turlari mavjud.

Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash

nimalarga bog‘liq, degan masaladir. Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim
metodlarini toʻg‘ri tanlash va ularni qoʻllash samaradorligining turli omillar
bilan bog‘liqliklari quyidagicha qayd qilinadi:

- birinchidan,

oʻquv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga

bog‘liq;

- Ikkinchidan,

bayon qilinayotgan materialning harakteriga bog‘liq;

- uchinchidan,

ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq;

- toʻrtinchidan,

oʻquv jarayonida oʻrganilayotgan fan asoslarining muayyan

(hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq;

- beshinchidan,

oʻquv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq;

- oltinchidan,

oʻqituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va

oʻquv jarayonini tashkil etish darajasi hamda oʻqituvchining hozirgi zamon
metodlari boʻyicha bilimlariga bog‘liq.

“Suhbatlashishni oʻrganamiz” oʻyini

Dialogni yozish oʻquvchilar uchun murakkab boʻlmasligi uchun avval

toʻla boʻlmagan dialog matni tarqatiladi va oʻquvchilar tushirib qoldirilgan
soʻzlarni qoʻyadilar.

-Assalomu _________, bobojon.
-Vaalaykum assalom, __________.
-________________yaxshimi?
-Rahmat, __________. Yaxshi keldinglarmi?
-Rahmat ________! Sizni sog‘inib koʻrgani ________.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

41

-Xush kelibsizlar!
Soʻng daftarga koʻchiradilar.Bunda har bir gap yangi satrdan chiziqcha

bilan yozilishi aytiladi.

“Ikki qismli kundalik” metodi

Bu metod oʻrganilgan mavzu boʻyicha oʻquvchilarning tushunchalarini

shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi.

Maqsad: Oʻquvchilarning oʻrganilayotgan mavzuga qiziqishini uyg‘otish,

og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, tushunchalarni oʻzlashtirilganlik
darajasinianiqlash.

Tushunchalar va ularning izohi oʻqilayotganda savol berish yoki mazkur

tushuncha yuzasidan oʻz izohini berishga ruxsat etiladi, biroq fikrlar
takrorlanmasligi soʻraladi.

Oʻtkazish bosqichlari:

1-bosqich.

Oʻquvchi mavzu yuzasidan matn oʻqish uchun taklif etiladi .

2-bosqich

. Oʻquvchilarning barchasi matn bilan tanishganiga ishonch hosil

qilingach ,ulardan daftarga vertikal toʻg‘ri chiziq chizish soʻraladi .Ikkita ustun
hosil boʻladi.

3-bosqich

.Oʻquvchilarga daftarning chap ustuniga matndagi tushunchalar

va ularning tarifi yozish soʻraladi.

4-bosqich

. Oʻquvchilar oʻng tomondagi ustunga muayyan tushunchaga

oʻzining izohini yozadi, ya’ni oʻqilgan matndagi tushunchani oʻz fikri bilan
chog‘ishtirish ,umumlashtirib yozadi/

5-bosqich

. Topshiriqlar bajarilgach oʻquvchilardan bittadan tushunchani

va ularda yozilgan izohni oʻqishi taklif qilinadi.

Demak, zamonaviy ta’limni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablardan

biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir.Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni
oʻquvchilarga yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan koʻnikma va
malakalarni hosil qilish,shuningdek,oʻquvchilar faoliyatini nazorat qilish,ular
tomonidan egallangan bilim,koʻnikma,malaka darajasini baholash oʻqituvchidan
yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha
yondoshuvni talab etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.SH.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. Toshkent –“Oʻzbekiston” -2016.56 B.
2. Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva .H., Sayfurov
D.M., To’raev A.B. – Toshkent: 2015. – 208 bet.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

42

3. SH.S.SHoyimova, M.K.Xoshimova, SH.R.Mirzayeva, M.M.Qoʻziboyeva Ta’lim
texnologiyalari – Darslik. – T.: «IJOD- PRINT», 2020.-310 bet.
4. O.D.Raximov, O.M.Turg’unov, Q.O.Mustafayev, H.J.Ro’ziev Zamonaviy ta’lim
texnologiyalari /Toshkent, “Fan va texnologiya nashriyoti”, 2013y., 200bet.
5. Mamatova Gulshan Amankulovna Doston language learning in primary
schools methodology. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal,
10(1),

626–628.

Retrieved

from

https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/1096. 2022.
6. Toshpulatova D.K. The role of mental arithmetic in improving mathematical
literacy in primary school // International Scientific Journal Theoretical &
Applied Science Published – AQSH, 2019 – B. 184-186 (Impact Factor: 6.630,
https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2019.12.80.37).

Библиографические ссылки

SH.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“Oʻzbekiston” -2016.56 B.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva .H., Sayfurov D.M., To’raev A.B. – Toshkent: 2015. – 208 bet.

SH.S.SHoyimova, M.K.Xoshimova, SH.R.Mirzayeva, M.M.Qoʻziboyeva Ta’lim texnologiyalari – Darslik. – T.: «IJOD- PRINT», 2020.-310 bet.

O.D.Raximov, O.M.Turg’unov, Q.O.Mustafayev, H.J.Ro’ziev Zamonaviy ta’lim texnologiyalari /Toshkent, “Fan va texnologiya nashriyoti”, 2013y., 200bet.

Mamatova Gulshan Amankulovna Doston language learning in primary schools methodology. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 626–628. Retrieved from https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/1096. 2022.

Toshpulatova D.K. The role of mental arithmetic in improving mathematical literacy in primary school // International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Published – AQSH, 2019 – B. 184-186 (Impact Factor: 6.630, https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2019.12.80.37).