Авторы

  • Dilrabo Abdukaxarova
    Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti magistri
  • Gulshan Mamatova
    Ilmiy maslahatchi Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.70144

Аннотация

Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar, an’ana, urf-odat va boshqalar qadriyatlar hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida qadriyatga doir tadqiqot olib borilgan bo‘lsa, bu tushunchaga shu jihatdan ta’rif berishga intilishgan. Holbuki qadriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

22

BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIDA QADRYAT

YO‘NALISHLARINI SHAKLLANTIRISH

Abdukaxarova Dilrabo Abdulla qizi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti magistri

Mamatova Gulshan Amankulovna

Ilmiy maslahatchi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14987033

Annotatsiya.

Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy,

ijtimoiy axloqiy, madaniy ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan
tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar,
masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik,
go‘zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar, an’ana, urf-odat va boshqalar
qadriyatlar hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida qadriyatga doir
tadqiqot olib borilgan bo‘lsa, bu tushunchaga shu jihatdan ta’rif berishga
intilishgan. Holbuki qadriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir.

Qadriyatni aksiologiya nuqtayi nazaridan talqin qilish uni kategoriya

sifatidagi mohiyati, mazmuni, obyektiv asosi, namoyon bo‘lish shakllari va
xususiyatlarini o‘rganish imkonini beradi. Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va
narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga
ega bo‘lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va
tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar
ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi qarashlari o‘zgarib boradi.

Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning

oldingi safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida - ozodlik, imperiya hukmronligi
nihoyasida - istiqlol, urush davrida - tinchlik, tutqunlikda - erkinlik, kasal yoki
bemorlikda - sihat-salomatlikning qadri oshib ketadi. Qadriyatlar ijtimoiytarixiy
taraqqiyot mahsuli sifatida o‘z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega.

Qadriyatlar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar

o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti-
harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar
faoliyati, xatti-harakatini ma’lum yo‘nalishga buradigan, tegishli me’yorga
soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi. Qadriyatlar umumbashariy, milliy,
shaxsiy bo‘lishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini,
qonun-qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy
xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan, abadiy
qadriyatlardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili,
madaniyati, ma’naviyati, urf-odat va an’analari, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

23

qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, e’tiqodi,
umr ma’nosi, odobi, go‘zalligi bilan bog‘liq qadriyatlar shaxsiy qadriyatlardir.
Qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Qadriyat – inson va jamiyat maʼnaviyatining tarkibiy qismi, olamdagi

voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini
ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha; “Qadriyatshunoslik (aksiologiya)”ning
eng asosiy kategoriyasi. Bu kategoriya oʻzida qadr asosining nafaqat qimmatini,
balki ijtimoiy ahamiyati, falsafiy-aksiologik mazmuni, jamiyat va inson uchun
qadrini ham ifodalaydi. Aksiologlar undan har qanday narsa, shu jumladan,
insonning ijtimoiy qadrini, ahamiyatini ifodalaydigan umumiy va universal
kategoriya sifatida foydalanadilar. Qadriyat turli sohalarda xilma-xil maʼnoda
qoʻllanadi. Qadriyat soʻzining turfa xil maʼnoda ishlatilishi unga berilgan
taʼriflarning turlicha boʻlishiga olib kelgan. Ijtimoiy fanlarning qanday sohasida
qadriyatga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif
berishga intilish odat tusiga aylangan. Holbuki, qadriyat kategoriyasi aksiologiya
(qadriyatshunoslik)dan boshqa fanlarning birortasi uchun ham xususiy
kategoriya emas. Kundalik muloqot, OAV xabarlarida qadriyat, milliy
qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar kabi soʻzlar koʻp qoʻllanadi. Madaniy
boyliklar, yodgorliklar, maʼnaviy meros, anʼana, urf-odatlarga nisbatan ham
qadriyatlar iborasini umumiy atama sifatida ishlatish hollari uchramoqda.
Qadriyat iborasining kundalik hayotdagi maʼnosi kishilar oʻrtasidagi muloqotda,
OAV xabarlarida oʻziga xos tarzda namoyon boʻlmoqda. Kishilar hayot va
faoliyati jarayonida muqarrar surʼatda oʻzlari uchun qadriyat kasb etgan
narsalarga duch keladilar, ularning ahamiyati, foydasi va qadrini anglashga,
baholashga intiladilar. Bundan tashqari, odamlar oʻzlari ishonib, gohida intilib,
qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga nisbatan ham
qadriyat tushunchasi qoʻllaniladi. Xullas, kundalik hayotda koʻpchilik tomonidan
qoʻllanadigan qadriyat iborasi odamlar uchun biror zarur ahamiyat kasb
etadigan obyekt, narsa, hodisa va boshqaga nisbatan ham ishlatiladi.

Qadriyatni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uning kategoriya

sifatidagi mohiyati, mazmuni, obyektiv asosi, subyektiv jihatlari, namoyon
boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Tabiat va
madaniyat buyumlarining inson ehtiyojini qondirishi va uning maqsadlariga
xizmat qilishi taʼkidlanganda, asosan, ularning foydasi, qimmati nazarda tutiladi.
Haqiqatan ham, buyumlarning iqtisodiy qimmati kishilar uchun katta ahamiyat
kasb etadi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning maʼnaviy
jihati ochilmaydi. Qadriyat buyum yoki narsaning iqtisodiy qiymatini


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

24

ifodalaydigan tushunchalardan farq qiladi. Qadriyatshunoslikda qadriyat
tushunchasi bilan bogʻlangan obyekt oʻrtasida farq bor, deb qaraladi. Dunyoda
qadrlanadigan odamlar, narsalar, hodisalar, voqealar, jarayonlar, joylar va
sifatlar, ideal va maqsadlar nihoyatda koʻp. Qadriyat tushunchasi esa ularning
birortasi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ism, atama yoki bevosita nom boʻla olmaydi,
balki ularning qadrini anglatadigan tushuncha sifatida namoyon boʻladi.
Qadriyatni maʼnaviy-falsafiy tushunish uning kundalik hayotidagi maʼnosidan
farq qiladi. Bu esa qadriyat tushunchasini uning oʻzi bogʻliq boʻlgan obyektdan
farqlash (aslo ajratish emas) bilan birga, uni obyektlarning turli jihatlari
(foydalilik, keraklilik) bilan aynanlashtirmaslik imkonini beradi. Shunday qilib,
qadriyat biror tarzda va shaklda zohir boʻladigan, subyekt uchun muayyan
taʼsirini namoyon qiladigan voqelikning turli-tuman shakllari, koʻrinishlari,
narsalar, hodisalar, jarayonlar, munosabatlar, turli sifatlar, xususiyat, axloq va
maʼnaviylik mezonlari hamda boshqaning subyekt uchun ijtimoiy ahamiyati va
qadrini ifodalaydigan umumiy aksiologik kategoriyadir. Odamlar garchand bitta
jamiyatda, bir davrda va oʻxshash sharoitlarda yashayotganliklariga
qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va
talqin qilinadi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning qadriyatlar toʻgʻrisidagi
tasavvuri, qarashlari oʻzgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning
turmush sharoitlari, hayoti va maʼnaviy qiyofasidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliqdir.
Turli xil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil
qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga koʻra bir-biriga mutlaqo
zid koʻrinadigan “yaxshilik” va “yomonlik”, “haqiqat” va “haqsizlik”, “baxt-
saodat” va “gʻam-kulfat”, “tadrijiylik” va “inqilobiylik”, “taraqqiyot” va “tanazzul”,
“borliq” va “yoʻqlik” kabi tushunchalar hayotning bir-biri bilan qarama-qarshi
bogʻlangan jihatlarini ifodalaydi.

Qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha

ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat
ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pogʻonasiga chiqadi, boshqalari
xiralashgandek tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot
qonuniyatlariga

mos

ravishda,

oldinga

chiqib

olgan

qadriyatni

barqarorlashtirishga nisbatan intilish kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganda –
ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida – istiqlol, urush davrida – tinchlik,
tutqunlikda – erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida – sihat-salomatlikning
qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi. Qadriyatlarning asosiy shakllarini
aniqlash borasida olimlar orasida bir xil va hamma eʼtirof etgan yagona nuqtai
nazar yoʻq. Qadriyatlarni moddiy va maʼnaviy, umumbashariy va umuminsoniy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

25

turlarga boʻlish mumkin. Qadriyat shakllari ham ularga mos ravishda tabiat va
jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar oʻzaro uygʻunlikda, qonuniy
bogʻlanishda, umumiy aloqadorlikda namoyon boʻladi. Bunday hollardagi tahlil
jarayonida ilmiy bilishning tizimlilik usuli, alohidalik, xususiylik va umumiylik,
butun va boʻlak kategoriyalarining dialektikasiga asoslanish qoʻl keladi. Bunda
qadriyat shakllari bogʻlangan obyekt, jarayonlarning makon hamda zamonda
zohir boʻlishi, ular oʻrtasidagi bogʻlanishlar va aloqalarni oʻrganish, obyektiv
asosi, subyektiv jihatdan anglanishi, umumiy, xususiy va alohida jihatlarini tahlil
qilish imkoni tugʻiladi. Bu esa qadriyatlarning namoyon boʻlish shakllari
oʻrtasidagi oʻzaro aloqa, bogʻlanish hamda ularning inʼikosi boʻlgan eng umumiy
qadriyat tizimlariga xos xususiyatlarni oʻrganish imkonini beradi.
Mustaqillikkacha qadriyatlar mavzusi keng oʻrganilmas edi. Istiqlol davrida bu
masalaga alohida eʼtibor qaratilmoqda, qadriyatlar toʻgʻrisidagi fan –
qadriyatshunoslik respublikamizdagi ijtimoiy fanlar tizimida oʻz oʻrniga ega
boʻlib, bu yoʻnalishda tadqiqot va izlanishlar olib borilmoqda, koʻplab asarlar
nashr etilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Shodiyeva M.J. Boshlag‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimi-

ning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish. Pedagigika fanlari bo‘yicha
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi, – Toshkent, 2019. 135 - bet;
2.

Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati.– Toshkent: O‘zbekiston Milliy

kutubxonasi, 2009. – B. 74;
3.

Ладыженская Т.А. Методика развития речи. – Книга для учителя.

– 2-е изд., испр. И доп. – Москва: Просвещение, 1991. – 94 с.;
4.

G‘aniyev T.T. Ona tilidan mashq bajarish jarayonida o‘quvchilarning bilish

faolligini oshirish. Ped. fan. nom.diss. –T.: 1991. B. – 81 b.
5.

Mamatova Gulshan Amankulovna Doston language learning in primary

schools methodology. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal,
10(1), 626–628. Retrieved from
6.

https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/1096.

2022.
7.

Toshpulatova D.K. The role of mental arithmetic in improving

mathematical literacy in primary school // International Scientific Journal
Theoretical & Applied Science Published – AQSH, 2019 – B. 184-186 (Impact
Factor: 6.630, https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2019.12.80.37).

Библиографические ссылки

Shodiyeva M.J. Boshlag‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimi-ning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish. Pedagigika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi, – Toshkent, 2019. 135 - bet;

Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati.– Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2009. – B. 74;

Ладыженская Т.А. Методика развития речи. – Книга для учителя. – 2-е изд., испр. И доп. – Москва: Просвещение, 1991. – 94 с.;

G‘aniyev T.T. Ona tilidan mashq bajarish jarayonida o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish. Ped. fan. nom.diss. –T.: 1991. B. – 81 b.

Mamatova Gulshan Amankulovna Doston language learning in primary schools methodology. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 626–628. Retrieved from

Toshpulatova D.K. The role of mental arithmetic in improving mathematical literacy in primary school // International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Published – AQSH, 2019 – B. 184-186 (Impact Factor: 6.630, https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2019.12.80.37).