ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
25
FE’LLARNING SHAXS-SON QO’SHIMCHALARI BILAN TUSLANISHI
Fayzullayeva Guli Faxriddinovna
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti magistri
Mamatova Gulshan Amankulovna
Ilmiy maslahatchi -
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14905726
Annotatsiya.
O’quvchilar nutqida sheva elementlarining mavjudligi,
so’zlarni buzib talaffuz qilishlari, nutqda o’rinsiz so’zlarni qo’llash, fe’llarda
shaxs-sonlarni,zamonlarini ajrata olmaslik, yoki nutqda ruscha so’zlarni
noo’rin qo’llash kabi xato va kamchiliklaridan ko’z yumib bo’lmaydi. Ushpu
maqola yozilishi jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilariga mavzuga oid
mashqlar bajarishni o’rgatishga doir usullar haqida batafsil to’xtaldik. Qanday
usul va tajribalardan foydalanilsa, samarali natijalarga erishish mumkin
degan masala ustida ilmiy izlanishlar olib bordik.
Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida o’quvchilar so’z turkumlari xususida
ma’lumоt оladilar. Boshlang’ich sinflarda faqat mustaqil so’z
turkumlaridan ot, sifat, son, fe’l, olmosh(o’zlik). Ana shunday so’z
turkumlaridan biri fe`l – so’z turkumi bo’lib, biz ushbu bоbimizda aynan shu
so’z turkumi va uni o’qitish uslubiyoti xususida fikr yuritamiz.
O’ylaymizki, bu bоbda ilgari surgan fikr va mulоhazalarimiz aynan shu
mavzu yuzasidan bоshlang’ich sinf o’quvchilariga nazariy manba vazifasini
o’tasa ajabmas. Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan
mustaqil so‘zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga,
tarixshunoslarga hurmat-ehtirom ko‘rsatdim va e’zozladim. (A.Temur).
Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi (Tafakkur jurnali).Grammatikada
harakat va holat tushunchasi juda keng. Ya’ni fe’l holat, belgining yuzaga
kelishi, o‘zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o‘rik
gulladi, yaproqlar sarg‘aydi, bola uxlayapti kabi.
Fe’llarning barchasi bir umumiy so‘roqqa nima kilmoq? so‘rog‘iga javob
beradi. Fe’l o‘ziga xos bo‘lgan morfologik belgilarga ega, ya’ni:
1) ish-harakatning predmetga (to‘ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o‘timli
va o‘timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o‘qimoq, yozmoq - o‘timli fe’l; o‘tirmoq,
chiniqmoq - o‘timsiz fe’l;
2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni
anglashilishiga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
26
ko‘ra fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo‘lishli,
aytma –bo‘lishsiz; bilgan – bo‘lishli, bilgani yo‘q – bo‘lishsiz fe’l;
3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, ob’ekt va sub’ektlar orasidagi
munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o‘zlik
nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat;
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo‘lishsiz fe’l
deyiladi. Bo‘lishli fe’l bo‘lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo‘ladi. Fe’lning
bo‘lishsiz shakli quyidagicha yasaladi:
1. fe’l negiziga –ma (bu affiks urg‘u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik
affikslarini qo‘shish bilan fe’ldagi bo‘lishsizlik ma’nosi hosil qilinadi:
ko‘rsatma, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o‘smaslik kabi.
Ko‘rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining
tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh,
ravishdosh, harakat nomi) qo‘shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy
morfologik ko‘rsatkich sanaladi.
Masalan: G‘ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g‘irchillatib o‘tgan
dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog‘ arqon bilan eshilmaydi
(M.Qoshg‘ariy). Mehnat qilmagan rohat ko‘rmas (O‘zbek xalq maqoli).
Uydagilarga aytmasdan do‘sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni
davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko‘rmaslik uchun bolalar ko‘zlarini
chirt yumdilar.-ma, -may affikslari qo‘shma fe’llarga quyidagicha qo‘shiladi:
a) asosiy qismga etakchi fe’lga qo‘shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay
chiqdi, ko‘rmay qoldi kabi;
b) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o‘qib chiqmadi
kabi.
Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi (yoki
bajarilmaydi). Grammatik shaxs so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II
shaxs), o‘zga (III shaxs yoki predmet) bo‘lishi mumkin.
Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko‘plik) bilan birgalikda
ifodalanadi. Fe’llardagi bunday grammatik shaxs va son ma’nosi ma’lum
bir grammatik ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o‘qidim, o‘qisam,
o‘qisang, o‘qiyapman, o‘qibman, o‘qiy fe’llari tarkibidagi –m, -man, -y
qo‘shimchalari ish-harakatning I shaxs so‘zlovchi, ya’ni yakka shaxs
tomonidan bajarilganini ko‘rsatsa; o‘qidik, o‘qisak, o‘qiyapmiz, o‘qibmiz,
o‘qiylik fe’llari tarkibidagi –k, -miz, -ylik affikslari ish-harakatning I shaxs,
lekin ko‘p so‘zlovchilar (shaxslar) tomonidan bajarilganini ifodalaydi. Demak,
ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks ettiruvchi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
27
affikslarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham bunday affikslar shaxs-son
affikslar deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o‘zgarishi esa
tuslanish deyiladi.
Shaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi affikslar deb ham yuritiladi.
O‘zbek tilida tuslovchi affikslar fe’l shakllariga turlicha ko‘rinishda
qo‘shiladi. Shu jihatdan tuslovchi affikslar uch guruhga bo‘linadi.
1.Birinchi guruh tuslovchilar. Bu guruhga mansub tuslovchilar aniqlik va
shart-istak maylidagi –di, -sa qo‘shimchalarini olgan sof fe’l negizidan so‘ng
va edi to‘liqsiz fe’liga qo‘shiladi: keldi-m, keldi-ng, keldi; kelsa-k, kelsa-ng,
kelsa(lar) kabi.
Fe’llarning birinchi guruh tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha:
2. Ikkinchi guruh tuslovchilar
Bu affikslar –b(-ib), -a(-y) qo‘shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlardan,
sifatdoshlardan (-yotgan qo‘shimchasidan tashqari), shuningdek, -yap, -
moqda,
-yotib, -moqchi bilan shakllangan fe’l negizidan so‘ng qo‘shiladi.
Mazkur guruhdagi tuslovchilar III shaxsdagina ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi,
ya’ni birinchi xil ko‘rinishda –b(-ib), -a(-y) qo‘shimchasi bilan shakllangan
ravishdoshlar hamda –yap, -y otib bilan shakllangan fe’llar III shaxs birlikda –di
(-ti), ko‘plikda –di(lar), -ti(lar) shaxs-son affikslari bilan shakllanadi.
Ikkinchi xil ko‘rinishda esa fe’lning sifatdosh shakllariga (- gan, -r(-ar), -
digan, -vchi(-uvchi bilan hosil qilingan shakllariga), -moqda, -moqchi, -y otir
bilan shakllangan fe’l negizlari, shuningdek, fe’llar ekan, emish to‘liqsiz
fe’llari bilan birga qo‘llansa, III shaxsda shaxs ko‘rsatkichi shakllanmaydi
(nol ko‘rsatkichli shaklda keladi).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
Xulosa. Men “Fe’llarning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi”
mavzusida maqola natijasida quyidagicha xulosalar chiqardim:
• boshlang’ich sinf o’qituvchisi tinimsiz o’z ustida ish olib borishi kerak;
• dars davomida ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan unumli
foydalanishi kerak;
• o’quvchilarni zo’riqtiruvchi usul va vositalardan voz kechib, ko’proq
qiziqarli o’yinlar o’tkazib turish kerak;
• o’quvchilarning fe’l so’z turkumi haqidagi grammatik tushunchalarini
rivojlantirishda ko’proq amaliy mashqlar bajarilishiga erishish kerak;
• fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini farqlashni o’rgatish uchun
ko’rgazmalardan foydalanish kerak;
• o’quvchilarni fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o’rganishga oid
mashqlarni mustaqil ravishda bajarish ko’nikmalarini yanada
rivojlantirilishiga erishish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qosimova K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent:
O‘qituvchi.1985.
2. Ashrapova T. va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. T. «O‘qituvchi», 1984.
3. Umarova M. O‘qish kitobi. 3-sinflar uchun darslik. –Toshkent: Yangi asr
avlodi.2003.
4. Matchonov S., G‘ulomova X. Ona tili darslarida nutq o‘stirish. //Boshlang‘ich
ta’lim.2004.№2.
5. Gapparova T., SHodmonov , G‘ulomova X. Ona tili. T., SHarq. 2005.
6. Mamatova Gulshan Amankulovna Doston language learning in primary
schools methodology. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal,
10(1), 626–628. Retrieved from
https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/1096. 2022.
7. Toshpulatova D.K. The role of mental arithmetic in improving mathematical
literacy in primary school // International Scientific Journal Theoretical &
Applied Science Published – AQSH, 2019 – B. 184-186 (Impact Factor: 6.630,
https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2019.12.80.37).