ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
60
УДК: 616–021.1
Мамурова Нигора Нормуратовна
ассистент кафедры внутренних болезней № 4
Самаркандского Государственного медицинского института
Самарканд, Узбекистан
Носирова Дилдора Эркиновна
ассистент кафедры внутренних болезней № 4
Самаркандского Государственного медицинского института
Самарканд, Узбекистан
ЗНАЧЕНИЕ ПРОИЗВОДСТВЕННОЙ ПЫЛИ ПРИ ЗАБОЛЕВАНИЯХ БРОНХОЛЕГОЧНОЙ СИСТЕМЫ
For citation:
Mamurova N.N., Nosirova D.E. The importance of production dust in diseases of the bronchi-pulmonary system. Journal of
cardiorespiratory research. 2021, vol. 2, issue 3, pp.60-63
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2021-3-11
АННОТАЦИЯ
В статье рассмотрена актуальность вопросов своевременной диагностики, лечения и профилактики профессионального заболевания,
вызванного вредными профессиональными факторами - производственной пылью, являющейся одной из этиологий заболеваний верхних
дыхательных путей. Работники, работающие под воздействием вредного профессионального фактора, получают повышенное внимание
в связи с возрастающей проблемой трудоемкости, качества, загрязнения окружающей среды, профессиональных заболеваний. Анализ
профессиональной заболеваемости в Республике Узбекистан за последние годы показал, что наиболее часто они отмечаются среди лиц,
занятых в сфере экономики, сельского хозяйства. К ним относятся хронический бронхит, острые и хронические отравления
ядохимикатами, токсический гепатит, силикоз, пылевой бронхит, кохлеарный неврит, вибрационная болезнь, бруцеллез, аллергический
дерматит и др. Существующие вредные и негативные факторы: раздражители и токсичные вещества в виде газов, дыма, пыли в виде
паров, аллергены губительно действуют на органы дыхания. Сухой климат в Узбекистане часто становится причиной возникновения
заболеваний дыхательных путей. В большинстве случаев устранения причины заболеваний легочной и бронхиальной системы может
быть достаточно для облегчения состояния пациента и восстановления сил, улучшения качества его жизни.
Ключевые слова
. Производственная пыль, пневмокониоз, органы дыхания, профессиональные заболевания, профессиональная
морбидность.
Mamurova Nigora Normuratovna
assistant of the Department of Internal diseases № 4
Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan
Nosirova Dildora Erkinovna
SamMI assistant of the Department of Internal diseases № 4
Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan
THE IMPORTANCE OF
PRODUCTION DUST IN DISEASES OF THE BRONCHI-PULMONARY SYSTEM
ANNOTATSION
The article considered the relevance of harmful occupational factors - production skis, timely diagnosis of occupational disease, treatment, and
Prevention, which are one of the etiologies of upper respiratory diseases. Under the influence of a harmful occupational factor, workers are more
noticeable due to the increasing problem of labor intensity, quality, environmental pollution, occupational diseases. In recent years, the analysis of
professional morbidity in the Republic of Uzbekistan has shown that they are often noted among those who work in the field of economy, agriculture.
These include chronic bronchitis, acute and chronic poisoning from pesticides, toxic hepatitis, silicosis, dusty bronchitis, cochlear neuritis, vibration
sickness, brucellosis, allergic dermatitis, etc. Available harmful and negative factors: influencer and poisonous substances in the form of gases, dust
in the form of smoke, steam, allergens have a harmful effect on the respiratory system. The dry climate in Uzbekistan often causes the appearance
of respiratory diseases. In most cases, eliminating the cause of diseases of the pulmonary and bronchial system may be sufficient to alleviate the
patient's condition and restore strength, improve the quality of his life.
Keywords.
Production skiing, pneumoconiosis, respiratory organs, occupational diseases, occupational morbidity.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
61
Mamurova Nigora Normuratovna
Samarqand davlat tibbiyot instituti
4-son Ichki kasalliklar kafedrasi assistenti,
Samarqand, O`zbekiston
Nosirova Dildora Erkinovna
Samarqand davlat tibbiyot instituti 4- Ichki kasalliklar
kafedrasi assistenti, Samarqand, O`zbekiston
BRONX-O’PKA TIZIMI KASALLIKLARIDA ISHLAB CHIQARISH CHANGINING AHAMIYATI
ANNOTATSIYA
Maqolada yuqori nafas yo'llari kasalliklarining etiologiyalaridan biri bo’lgan zararli kasbiy omillar - ishlab chiqarish changi, kasb kasalligiga o'z
vaqtida tashxis qo’yish, davolash va oldini olish masalalari dolzarbligi ko'rib chiqildi. Zararli kasbiy omil ta’sirida ishlovchi ishchilar, mehnat
intensivligi, sifati, atrof-muhit ifloslanishi, kasbiy kasalliklar muammosi ortib borayotganligi sababli ko'proq e'tiborga sazovor. So'nggi yillarda
O'zbekiston Respublikasida kasbiy morbidlik tahlili shuni ko'rsatdiki, ular ko'pincha iqtisodiyot, qishloq xo'jaligi sohasida ishlaydiganlar orasida
qayd etilgan. Ular qatoriga surunkali bronxit, pestitsidlardan o'tkir va surunkali zaharlanish, toksik gepatit, Pnevmokonioz, changli bronxit, koxlear
nevrit, tebranish kasalligi, brusellyoz, allergik dermatit va boshqalar kiradi. Mavjud zararli va salbiy omillar: gazlar ko’rinishidagi ta’sirlovchi va
zaharli moddalar, tutun, bug' shaklidagi chang, allergenlar nafas olish tizimiga zararli ta’sir ko’rsatadi. O'zbekistondagi quruq iqlim ko’pincha nafas
yo'llari kasalliklari paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Hayot davomiyligi asoratlar tufayli kamayadi. O’pka-bronx tizimi kasalliklari aksariyat hollarda
bemorning ahvolini yengillashtirish va kuchni tiklash, uning hayot sifatini yaxshilash maqsadga kasallikning manbasini bartaraf etish yetarli bo’lishi
mumkin.
Kalit so'zlar.
Ishlab chiqarish changi, pnevmokonioz, nafas olish organlari, kasb kasalliklari, kasbiy morbidlik.
Kirish.
Ishlab chiqarish changi -
ishlab chiqarish jarayonida hosil
bo’ladigan
va havo muhitida muallaq holdagi moddalarning
yig'indisidir. Chang qattiq moddaning fizik holatidir, shuning uchun
ham u fizik omillarga kiradi. Chang - aerozol bo`lib, aerodinamik
tizimdan iboratdir, unda dispers muhit havo hisoblansa, dispers faza -
chang zarrachalaridir. Changga olchamlari 1000 dan 0,0001 mkm gacha
(lO-MO'10 m) bo’lgan zarrachalar kiradi. Tuproqqa ishlov berish va
foydali qazilma boyliklari qazib olish ishlari boshlangan qadimgi
davrlardan beri chang inson organizmiga ta’sir ko'rsatuvchi zararli
omillar qatoriga kiritilgan. Chang omili ishlab chiqarishda keng
tarqalgan bolib, ishchilarning juda katta qismiga noqulay ta’sir
ko'rsatadi. Shuning uchun ham uning noqulay ta’sir ko'rsatishini oldini
olish masalasi mehnat gigiyenasi va kasb kasalliklari fanining muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi. Changga qarshi, shuningdek, texnologik
(texnologik uskunalarning eskirishi, chiqarilayotgan mahsulot
sifatining pasayishi) va ekologik (changning ko'p turlari qimmatbaho
xomashyo yoki mahsulot hisoblanadi) kurash ahamiyatga ham egadir.
Ayniqsa, donni qayta ishlash, sement, rangli metallarni eritish kabi
sohalarda iqtisodiy yo'qotishlar ulkandir.
Chang omili juda ham keng tarqalgan.
Ishlab chiqarish korxonalari,
transport va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning
deyarli barcha sohalarida texnologik jarayonlar natijasida chang hosil
boladi. Ayniqsa, changning yuqori konsentratsiyalari tog’-kon va
ko’mir sanoatida ko'plab hosil bo’ladi. Chang foydali qazilmalarni
qazib olish (parmalash, portlatish, rudani tozalash), ortish, uzoq
masofalarga eltish, tushirish, ajratish va boyitish paytida hosil bo’ladi.
Zararli kasbiy omil ta’sirida ishlovchi ishchilar, mehnat intensivligi,
sifati, atrof-muhit ifloslanishi, kasbiy kasalliklar muammosi ortib
borayotganligi sababli ko'proq e'tiborga sazovor. So'nggi yillarda
O'zbekiston Respublikasida kasbiy morbidlik tahlili shuni ko'rsatdiki,
ular ko'pincha iqtisodiyot, qishloq xo'jaligi sohasida ishlaydiganlar
orasida qayd etilgan. Ular qatoriga surunkali bronxit, pestitsidlardan
o'tkir va surunkali zaharlanish, toksik gepatit, Pnevmokonioz, changli
bronxit, koxlear nevrit, tebranish kasalligi, brusellyoz, allergik dermatit
va boshqalar kiradi. Mavjud zararli va salbiy omillar: gazlar
ko’rinishidagi ta’sirlovchi va zaharli moddalar, tutun, bug' shaklidagi
chang, allergenlar nafas olish tizimiga zararli ta’sir ko’rsatadi.
O'zbekistondagi quruq iqlim ko’pincha nafas yo'llari kasalliklari paydo
bo’lishiga sabab bo’ladi. 2003 yilda 153 ta surunkali kasb kasalliklari
qayd etildi, shu jumladan, 38 ayollarda qayd etildi. 2004 yilda 156 ta
surunkali kasb kasalliklari holati qayd etilib, shu jumladan 24 ta ayol
ro'yxatga olingan. Sanoat, transport va qishloq xo'jaligi korxonalarida
faoliyat ko'rsatayotgan 10000 ta korxonada kasbiy morbidlik
ko'rsatkichi 2004 yilda 2003 yildagi 0.48 ga nisbatan 0.48 ni tashkil etdi
(ko'rsatkich sanoat va qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan
xodimlar soni uchun mo'ljallangan).
O'zbekiston Respublikasining Samarqand viloyatida tamaki
changining antropogen ta'siriga oid nazariy g'oyalar muvaffaqiyatli
kengaytirilmoqda va tamaki ishlab chiqaruvchilarda nafas olish
organlarining kasallanishini kamaytirishning kontseptual modeli ishlab
chiqildi. [1]. Uzoq muddatda chang zarralarini, ayniqsa, respirabel
fraktsiyalar (o'lchamlari 5 mikrongacha bo'lgan) bilan nafas olish,
ularning o'pkada cho’kishiga va to'planishiga olib keladi. Shuning
uchun, 1866 yilda F.A. Zenker tomonidan ta’rif berilgan pnevmokonioz
(grek tilidan
pneumon
– o’pka,
conia - chang
) deb ataladigan surunkali
kasallik rivojlanishi mumkin. Bu atama o'pkaning changli fibrozining
barcha turlarini birlashtiradi. [3]. Pnevmokoniozlar interstitsial fibroz
rivojlanishi bilan o'pka to'qimasida surunkali diffuz–tarqalgan
yallig'lanish jarayoni bilan tavsiflanadi. Kasallikning har qanday
ta'rifida turli tadqiqotchilar noorganik (mineral) changning yuqori
kontsentratsiyasining uzoq muddatli ta'sirining etakchi rolini
ta'kidlashadi. Kasallikning rivojlanishi organizmning individual
moslashuvchanligiga
bog'liq.
O'pkaning
o'z-o'zini
tozalash
jarayonining buzilishi va unda changning ushlanib cho’kib qolishi katta
ahamiyatga ega. Shuni ta'kidlash kerakki, rivojlanishning dastlabki
bosqichlarida pnevmokonioz o'pkaning normal funksiyasi bilan
kechishi bilan birga, nafas olishning obstruktiv, restriktiv va aralash
turlari buzilishi ko’rinishida kechishi mumkin.
Tadqiqotning
maqsadi.
Nafas
olish
tizimining
kasbiy
kasalliklarini tashxislash masalalarini, ularning etiologiyasini kasb
bilan bog’liklik ehtimoli, bronx-o’pka tizimning boshqa kasalliklari
bo'yicha statsionar davolanishda bo'lgan bemorlarda to'plangan to'liq
kasbiy anamnez ahamiyatini o'rganish.
Tadqiqot materiallari va usullari.
Samarqand shahar 1-son
Tibbiyot Birlashmasi, pulmonologiya bo'limida nafas olish tizimi
kasalliklari bo'lgan 120 nafar bemor nazoratda bo’ldi va tekshirildi.
Barcha bemorlar standart, GOLD tavsiyalari bo'yicha tekshirildi:
umumiy qon va siydik analizi, rentgen tekshiruvi (DK II-525R, Janubiy
Koreyada ishlab chiqilgan), tashqi nafas olish funktsiyasini o'rganish
(SPIROLAB I), balg'am tekshiruvi. Bundan tashqari, ushbu bemorlarda
kasbiy anamnez bemorning kasbi va ish stajini aniqlash uchun to'plandi.
Bemorlarning yoshi 38 yoshdan 67 yoshgacha. Kasallikning o`rtacha
davom etishi 8,5 ± 3,5 yil. Bemorlar orasida surunkali bronxit- o`rta
og`ir kechishi 44 %, og`ir kechishi 20% tashxisi bilan 64%, O’SOK
kasalligi – bronxitik tip: o`rta og`ir kechishi- 4%, og`ir kechishi- 6%;
emfizematoz tipi: o`rta og`ir kechishi 2%, og`ir kechishi- 4%; bronxial
astma III- pog`ona o`rta og`ir kechishi 8 %, og`ir persistik kechishi 12
% - bemorlarning 20% ni tashkil etdi.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
62
Surunkali bronxit- o`rta og`ir kechishi 44 % bemorlarda, shulardan
Tiffno indeksi 65%, JNCh
1
68 %. Surunkali bronxit - og`ir kechishi 20
% bemorlarda, shularda Tiffno indeksi 62%, JNCh
1
65 %. O’SOK –
bronxitik tip: o`rta og`ir kechishi- 4% bemorlarda va shularda Tiffno
indeksi 65 %, JNCh
1
64 %. O’SOK – bronxitik tip: og`ir kechishi- 6%
bemorlarda, Tiffno indeksi 60 %, JNCh
1
62 %. O’SOK emfizematoz
tipi: o`rta og`ir kechishi 2% bemorlarda va shularda Tiffno indeksi 65%,
JNCh
1
68 %; O’SOK emfizematoz tipi: og`ir kechishi- 4% bemorlarda,
Tiffno indeksi 65%, JNCh
1
68 %.
Bronxial astma III pog`ona, o`rta og`ir persistik kechishi 8 %
bemorlarda, va shularda Tiffno indeksi 65%, JNCh
1
68 %; IV pog`ona
og`ir persistik kechishi 12 % bemorlarda, va shularda Tiffno indeksi
60 %, JNCh
1
65 %.
Barcha bemorlarga antropometrik tekshiruvlar o`tkazildi: tana
vazni va bemorlar bo`yi o`lchandi, tana vazni indeksi hisoblab chiqildi.
Bemorlarda talab etilgan protokol standartlari va tavsiyalari
(P.L.Enright) [10] asosida tashqi nafas funksiyasi (SPIROLAB I), va
ko`krak qafasi rentgenografiyasi (DK II-525 R apparati, Janubiy
Koreyada
ishlab
chiqilgan)
o`tkazildi.
Bemorlarda
nafas
yetishmovchiligi darajalari va turlari quyidagicha bo`ldi: obstruktiv tip
70%, restrektiv tip bo`yicha- 22 % va aralash tipi 8% bemorlarda
aniqlandi.
Anamnezni yig'ishda bemorlarning kasbi, ish staji, zararli kasbiy
omillar haqida savollar ro'yxati tuzildi. 48 % ishlovchi bemorlarning
kasbida zararli kasbiy omil - chang bilan bog`liqlik bo`lganligi
aniqlandi. Olingan natijalarni statistik ishlab chiqilishi noparametrik va
parametrik kriteriylarni qo`llanilishi bilan birgalikda olib borildi.
Natijalar.
Respublika kasb kasalliklari markazida davolangan 284
nafar bemorlardan 6 tasida Pnevmokonioz 2 yil ichida rivojlanganligi
aniqlangan.
Bizda, Samarqand Tibbiyot birlashmasida tekshirilgan
bemorlarning 48% da kasblari turli xil chang zarralari bilan bog'liqligi
aniqlandi. Bizning ko'rsatkichlarimiz adabiyotlarda keltirilgan
ko’rsatkichlardan ancha yuqori. Ammo ular kasb kasalliklariga
chalingan bemor sifatida nazoratda bo’lishmagan. Shuning uchun
davolanish ham klinik tashxis nuqtai nazaridan amalga oshirilgan. Agar
bemorlardg kasb kasalligi borligi nuqtai nazaridan qararalsa, davolash
chora-tadbirlari kompleksi etiologiyaga qarshi va patogenetik
choralarni o'z ichiga olishi mumkin. Kasallikning turli shakllarini
tashxislash simptomlarning va o’pkaning boshqa etiologiyali
rentgenologik diffuz tarqalgan jarayonlari o'xshashligi tufayli qiyin
bo'lishi mumkin. Pnevmokoniozlarning rentgenologik tasnifi o'pkadagi
aniqlangan
o'zgarishlar
va
plevradagi
fibroz
jarayonlami
pnevmokoniozlarning xalqaro tasnifidagi standart etalonlariga muvofiq
kodlashga asoslangan. Pnevmokoniozning
rentgenologik tashxisi katta
ahamiyatga ega, chunki u o'pkadagi morfologik o'zgarishlami
birmuncha oydinlashtiradi [4].
Pnevmokoniozning rentgenologik tasvirdagi ko'rinishi o'ziga xos
quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:
a) rentgenologik o'zgarishlar ikki tomonlama (simmetrik) bo'ladi;
b) rentgenologik o'zgarishlar o'pkaning o'rta va pastki bo'limlarida
kuzatiladi;
v) ma’lumki, kasallik bosqichlari rentgenologik o'zgarishlarga
qarab aniqlanadi, shuning uchun ham Pnevmokoniozda rentgenologik
belgilami yaxshi bilish zarur.
Pnevmokoniozning I bosqichida. O'pka tomirlari surati yanada
kuchaygan, bronxlar devori zichlashgan va uning soyasining ko'ndalang
64%
16%
20%
Surunkali bronxit
O`SOQ
Bronxial satma
0%
20%
40%
60%
80%
Obstruktiv tipda
nafas olishning
buzilishi
Restrektiv tipda
nafas olishning
buzilishi
Aralash tipda
nafas olishning
buzilishi
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
63
va uzunasiga ko'rinishi aniqlanadi. O'pka ildizi kengaygan va
zichlashgan. O'pkaning bo'limlararo plevrasi chiziq soyaga o'xshab
o'zgarganligini ko'rish mumkin. O'pka maydonida to'rsimon surat, o'rta
va pastki qismlarida
diametri 1-2 mm keladigan tugunchalar soyasi ko'rinadi.
Qovurg'alar orasi bir oz kengaygan (emfizema) bo'lishi mumkin.
Pnevmokoniozning II bosqichi rentgenologik belgilari: patologik
soyalar (fibroz elementlari) soni ko'paygan va hajmi kattalashgan, ular
o'pkaning deyarli hamma qismida tarqalgan, o'pkaning to'rsimon surati
fonida juda ko'p tugunchalar soyasi bor, ular o'pkaning cho'qqisi bilan
pastki-sirtqi qismidan tashqari hamma joyda ancha qalin. Ko'rinish
disseminatsiyalangan yoki miliar tuberkulyozni eslatadi. Bunday holat
rentgenologlar va kasb kasalliklari mutaxassislari tili bilan «qor
bo'roni» yoki «sochma o'pka» deb ataladi. Fibroz tugunchalar diametri
1 mm dan 3,5 mm gacha, yumaloq va oval shaklda, zichligi o'rtacha,
konturlari aniq bo'ladi. O'pka ildizlari kengaygan, konturlari noto'g'ri,
ba’zan ildizlar shakli o'zgarib, xarakterli «chopilgan» ko'rinish hosil
qiladi. Odatda, plevrada ham o'zgarishlar ro‘y beradi, bo'limlararo
plevraning
qalinlashishi
cho'ziqsimon
soya
paydo
qiladi,
rentgenogrammada plevra-diafragma va plevra-perikard o'rtasida
bitishmalar aniqlanishi mumkin. O'pkada har doim mayda bullyoz
emfizema, yurak o'ng qorinchasining gipertrofiyasi rivojlanishi
mumkin.
Pnevmokoniozning III bosqichi. Bunda fibroz jarayon tobora
kuchaygani, tugunchalar bir-biri bilan birikib. katta konglomerat hosil
qilgani, katta soyalarda ular konturlarining noto'g'ri va fibroz tuzilmalar
borligi ko'rinadi. Tugunchalar cho'zinchoq yoki noto'g'ri shaklda bo'lib,
diametri 1-2 mm gacha, konglomerat diametri esa 5-10 sm gacha yetishi
mumkin. [4].
Konglomerat bir yoki ikki tomonlama, o'pkaning yuqori yoki o'rta
qismida joylashgan bo’lishi mumkin. Uning atrofida tugunchalar ham
ko'rinadi. O'pka ildizlari va katta tomirlar yuqoriga qarab tortilgan.
Ildizlar surati kengaygan va shakli o'zgargan bo'ladi. O'pkaning yuqori
va pastki qismlarida emfizema aniqlanadi. Plevrada o'zgarishlar,
bitishmalar
mavjud.
Pnevmokoniozning
III
bosqichida
rentgenogrammada o'pka-yurak yetishmovchiligi belgilari qayd
qilinadi.
Pnevmokonioz
kasalligini
tashxislashda
rentgenologik
o'zgarishlami va klinik belgilarini ham hisobga olish zarur. Kasallikning
klinik-funksional kechishi va rentgenologik o'zgarishlarini hisobga
olgan holda etiologik guruhlarga ajratishga asoslangan.
Xulosa.
O`tkazilgan tadqiqot bronx-o`pka kasalliklarini kasb bilan
bog`liqligini, og`irlik darajalari va klinik funksional o`zgarishlarni
kasbda bo`ladigan noqulay zararli kasbiy omil bilan bog`liqligini
namoyon qildi. Bu bemorlarda nafas yetishmovchiligining obstruktiv
tipda buzilishi katta massani tashkil etdi va ularda jismoniy zo`riqishga
tolerantligi pasayganligi aniqlandi. Kasallik kechishi ko`pincha
mavsumiy bo`lilb (anamnezidan), asosiy kasallik bo`yicha, shu bilan
birgalikda yo`ldosh kasalliklari bor bemorlarda gospitalizatsiyaga
ko`rsatmalar bo`ldi. Shuning uchun bronx-o`pka tizimi kasalliklari
diagnostika qilinganda etiologik faktor kasb bilan bog`liqligiga
chuqurroq to`xtalib, nafaqat kasbiy anamnezni yig`ish, balki davolovchi
vrach
tomonidan
yuqorida
ko`rsatilgan
pnevmokoniozning
rentgenologik kriteriyalarini alohida e`tiborga olgan holda rentgen
tekshiruvlar yanada chuqurroq tekshirilishi tavsiya etiladi. Klinisist
pnevmokoniozga shubha qilingan taqdirda quyidagi mas’uliyatga -
patologik jarayonning tabiati va lokalizatsiyasi (nafas olish yo'llari,
o'pka parenximasi yoki plevra), kasallikning sabablari, mehnat
sharoitlarining mumkin bo'lgan ishtirokiga to’qnash keladi. Bemorning
umumiy ahvoli, ishini davom ettirish imkoniyati, nafas olish
yetishmovchiligining mavjudligini baholanishi kerak. Kasallikning
kasbiy etiologiyasini aniqlashda dastlabki va davriy tibbiy ko'riklar
majburiydir — agar kasallikka shubha qilingan bo'lsa, bemorni to'g'ri
ishga joylashtirish va dinamik kuzatish kerak. Davolashda oqsil va
vitaminlarga boy bo'lgan to'liq ovqatlanish katta ahamiyatga ega;
jismoniy mashqlar (nafas olish gimnastikasi, shu jumladan), chekishni
tashlash. Shunga qaramay, har bir bemor ftiziatr tomonidan diqqat bilan
tekshirilishi kerak. Hozirgi vaqtda pnevmokonioz bilan bemorlarni
radikal davolash usullari mavjud emas. Patologik jarayonning yanada
rivojlanishini sekinlashtirish faqat etiologik factor bilan kontaktni
to'xtatish bilan amalga oshirilishi mumkin. Davolovchi shifokorning
vazifasi kasallikning rivojlanishini kamaytirish va uning asoratlarini
oldini olishdir. Bunday holda, bemorda tashxis qo'yilgan pnevmokonioz
turi va rivojlanish mexanizmlari haqida ma'lumotga ega bo'lish kerak.
Pnevmokoniozlarning rivojlanish jarayoni (kechishi) 4 xil bo'ladi:
- sekin va uzoq kechadigan (10-15 yil):
- tez kechadigan (3-5 yil).
- kech rivojlanadigan (changli muhitdagi ishdan keyin bir necha
yilo'tgach);
- regressiv pnevmokonioz. Shuning uchun to’la-to’kis yig’ilgan
anamnez katta ahamiyatga ega. [9].
Pnevmokonioz prognozi kasallikning kelib chiqishi, davomiyligi va
asoratlari darajasiga, shuningdek, kasallikning o'z vaqtida aniqlanishiga
bog'liq. Hayot davomiyligi asoratlar tufayli kamayadi. Aksariyat
hollarda bemorning ahvolini yengillashtirish va kuchni tiklash, uning
hayot sifatini yaxshilash maqsadga kasallikning manbasini bartaraf
etish yetarli bo’lishi mumkin.
References/ Список литературы/ Iqtiboslar
1.
Мамурова Н.Н., Носирова Д.Э. «Тяжесть течение внебольничной пневмонии в зависимости от сопутствующей патологии».
«Тенденции и перспективы развития науки и образования в условиях глобализации». Выпуск 22. Г.Переяслав- Хмельницкий. 28-
февраль, 2017 год. 490–492 стр.
2.
Косарев В.В., Бабанов С.А. Профессиональные болезни. Москва 2011 год.
3.
Полякова И.Н. Пневмокониозы. В кн.: Респираторная медицина: руководство. Под ред. Г.Чучалина. Т. 2. М.: ГЭОТАР-Медиа,
2007; с. 335–50.
4.
Sh.K. Mahmudova, «Kasb kasalliklari». «Yangi asr avlodi», 2011 -yil
5.
A.И. Икрамов. Врачлар учун умумий справочник. Тошкент -M: GEOTAR-MEDIA. 2010, 283-M: GEOTAR-MEDIA. 284 Bet.
6.
A.G. Гадаев, Х.Ахмедов. Умумий амалиёт врачлари учун амалий куникмалар туплами. Укитувчи амалий кулланма. Тошкент
2013-й. 101-M: GEOTAR-MEDIA. 106 бет.
7.
Xoljigitova M.B. Mamurova N.N. Maxmatmuradova N.N. Zakiryayeva P.O. Nosirova D.E. «O`pka kasalliklari bilan bemorlarni olib
borish» O’quv qo’llanma. Toshkent 2021 yil 70-96 betlar.
8.
Consilium Medicum №11 2016 - Пневмокониоз в практике лечащего врача Автор: О.С.Васильева, Н.Ю.Кравченко
Номера страниц в выпуске: 39–40
9.
Артамонова В.Г., Мухин Н.А. – Профессиональные болезни. 4-е издание. Москва 2004 г.
10.
Мамурова Н.Н., Носирова Д.Э. “Вопросы оказание медицинской помощи при пневмонии с коморбидными состояниями на уровне
стационарного лечения”. Халкаро илмий амалий журнал «Биология ва тиббиёт муаммолари» №1.1 (108) Самарканд 2019 г.30.11-
1.12.2019, 181 бет. Халкаро илмий амалий журнал «Биология ва тиббиёт муаммолари» №1.1 (108) Самарканд 2019 г. 30.11-
1.12.2019, Стр 181.
11.
Global Initiative for Chronic Obstructive Lung Disease) [Internet]. Global strategy for the diagnosis, management, and prevention of COPD.
2017 [cited 2018 May 29]. Available from: http: // goldcopd.org/download/326/