ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
64
УДК: 616.24–002.153
Мамурова Нигора Нормуратовна
ассистент кафедры внутренних болезней № 4
Самаркандского Государственного медицинского института,
Самарканд, Узбекистан
Носирова Дилдора Эркиновна
СамМИ, ассистент кафедры внутренних
болезней № 4, Самаркандского Государственного
медицинского института, Самарканд, Узбекистан
ПАТОГЕНЕЗ И МЕХАНИЗМЫ ЛОКАЛИЗАЦИИ ПНЕВМОНИИ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ ВОЗРАСТА
For citation:
Mamurova N.N., Nosirova D.E. Pathogenesis and consequences of pneumonia localization depending on age. Journal of
cardiorespiratory research. 2021, vol. 2, issue 3, pp.64-68
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2021-3-12
АННОТАЦИЯ
В этой статье представлены последние сведения о пневмонии, концепции геронтологии. Представлена связь локализации пневмонии с
особенностями анатомии дыхательных путей. При изучении патогенеза и механизмов локализации пневмонии у больных в зависимости
от возраста даны рекомендации по лечебным мероприятиям. Воздействие внешней среды и внутренних факторов организма приводит к
ускорению процесса старения, преждевременному старению организма, процесс которого начинается после прекращения роста и
развития организма. Геронтология тесно связана с медицинской биологией, которая изучает причины старения всего организма, начиная
от молекул и клеток. В целом, по данным современных исследований, заболеваемость пневмонией складывается из множества факторов:
образа жизни, социального положения семьи, условий труда, общения с животными, путешествий, обилия вредных привычек, общения
с больными людьми, а также факторов риска–алкоголизма, курения, обструктивной болезни легких, хронической сердечной
недостаточности и фиброзной недостаточности. Поэтому, рекомендуя физиотерапию при лечении пневмонии, рекомендуется учитывать
тот факт, что правое легкое более повреждено, в это время рекомендуется дренажный массаж, постельный режим пациента.
Ключевые слова:
пневмония, геронтология, сестринское дело, вредные привычки, лечение, коморбидность.
Mamurova Nigora Normuratovna
assistant of the Department of Internal diseases № 4
Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan
Nosirova Dildora Erkinovna
assistant of the Department of Internal diseases № 4
Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan
PATHOGENESIS AND CONSEQUENCES OF PNEUMONIA LOCALIZATION DEPENDING ON AGE
ANNOTATION
In this article, the latest information about pneumonia, concepts about Gerontology are presented. The link of pneumonia localization with specific
features of respiratory Anatomy is presented. Recommendations for therapeutic measures were made in the study of the pathogenesis and prognosis
of pneumonia localization in patients with age – related.
The influence of the external environment and internal factors of the organism leads to the acceleration of the aging process, premature aging of the
div, the process of which begins after the cessation of growth and development of the organism. Gerontology is closely related to medical biology;
it studies the causes of aging of the whole organism from molekula and cells.
In general, according to modern studies, the incidence of pneumonia consists of many factors: lifestyle, social status of the family, working
conditions, communication with animals, travel, an abundance of harmful habits, communication with the muscles, as well as risk factors–
alcoholism, smoking, obstructive pulmonary disease, chronic heart failure and living with tightly. Therefore, it is recommended to use physiotherapy
for the treatment of pneumonia, it is recommended to study the fact that the right leg is more damaged, in this time recommended drainage massage,
bed rest of the patient.
Key words:
pneumonia, Gerontology, nursing, harmful habits, treatment, comorbidity.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
65
Mamurova Nigora Normuratovna
Samarqand davlat tibbiyot instituti
4-son Ichki kasalliklar kafedrasi assistenti,
Samarqand, O`zbekiston
Nosirova Dildora Erkinovna
Samarqand davlat tibbiyot instituti
4- Ichki kasalliklar kafedrasi assistenti,
Samarqand, O`zbekiston
PNEVMONIYA LOKALIZATSIYASINING YOSHGA BOG`LIQ BO`LGAN HOLDA PATOGENEZI VA MEXANIZMLARI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada pnevmoniya to’g’risida so’nggi ma’lumotlar, gerontologiya to’g’risida tushunchalar keltirilgan. Pnevmoniya lokalizatsiyasining
nafas yo’llari anatomiyasining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liqligi keltirilgan. Bemorlarda pnevmoniya lokalizatsiyasining yoshga bog’liq
bo’lgan holda patogenezi va mexanizmlarini o`rganishda davolash chora – tadbirlari bo’yicha tavsiyalar berilgan. Tashqi muhit ta'siri va
organizmning ichki omillari qarish jarayonining tezlashuviga, organizmning erta qarishiga olib keladi, bu jarayon organizmning o’sish va
rivojlanishi to’xtaganidan keyin boshlanadi. Gerontologiya tibbiy biologiya bilan chambarchas bog’liq bo’lib, u molekula va hujayralardan tortib
butun organizmining qarish sabablarini o’rganadi. Umuman olganda, zamonaviy tekshiruvlarning ma’lumotiga asosan pnevmoniya bilan
kasallanish ko‘pgina omillardan iborat: hayot tarzi, oila ijtimoiy holatidan, mehnat sharoitidan, hayvonlar bilan muloqotdan, sayohat, zararli odatlari
ko‘pligidan, kasallar bilan muloqotdan, shuningdek xavf omillardan–alkagolizm, chekish, o‘pkaning obstruktiv kasalligi, surunkali yurak
yetishmovchiligi va jipslashib yashashidan iborat. Shuning uchun pnevmoniya davosida fizioterapevtik muolajalarni tavsiya etishda, o`ng o`pka
ko`proq zararlanishini e`tiborga olish tavsiya etiladi, drenajli massaj, bemorning to`shakda joylashishi shu asnoda tavsiya etilishi maqasadga
muvofiq.
Kalit so`zlar:
pnevmoniya, gerontologiya, hamshiralik ishi, zararli odatlar, davolash, komorbidiya.
Kirish.
Pnevmoniya – turli хil etiologiyali va patogenezli,
morfologik ko‘rinishi hamda klinik kechishi bo‘yicha infeksiyaga
bog‘liq o‘tkir respirator kasallik bo‘lib, o‘pkaning respirator bo‘limi
shikastlanishi, alveola ichi va interstitsial to‘qimalarning ekssudativ
yallig‘lanishi bilan kechadi.
2019 yilda yuqumli kasalliklar ichida o'limning etakchi
sabablari ro'yxatida pnevmoniya va pastki nafas yo'llarining boshqa
infektsiyalari to'rtinchi o'rinni egalladi. Biroq, 2000 yil bilan
taqqoslaganda, quyi nafas yo'llarining infektsiyalari bugungi kunda
kamroq o'limga olib kelgan: shu sababdan o'lim soni deyarli yarim
millionga kamaydi. Pnevmoniya qarilar va bolalarda 15-20 % ni tashkil
etadi. Oxirgi 30 yil davomida kasallikni o‘sishi kuchaymoqda va o‘lim
darajasi o‘sib bormoqda. Kasalxona ichi pnevmoniyasi ko‘pincha
tizimli yallig‘lanish sindromi (TYaS) + o‘tkir nafas yetishmovchiligi,
shok holatlari bilan kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda pnevmoniya
bilan kasallanish 3,6 dan16 gacha to‘g‘ri keladi, sabablar strukturasida
yurak qon tomir sistemasi patologiyasidan onkologik kasalliklardan,
serebrovaskulyar patologiyasidan so‘ng 4-5 o‘rinda, o‘pkaning
obstruktiv kasalligidan so‘ng 1 chi o‘rinda turadi. Yosh kattalashib
borgani sari pnevmoniya bilan kasallanish: 40-59 yoshli bemorlarda–
38,4
–55,74%,
60
dan
kattalarda–31-60%
uchraydi.
Turli
izlanuvchilarning ma’lumotiga asosan 60 dan katta bemorlarda o‘rtacha
to’sak - o‘rin 21 kunni tashkil etadi. [4].
Vaqtinchalik ishga layoqatsizlik 25,6 kundan iborat va 12,8 -45
kunlar o‘rtasida bo‘ladi. Pnevmoniya bilan xastalanganlar ichida
erkaklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bemorlarning 52-56% ni erkaklar,
44-48% ni ayollar tashkil etadi. Aholining turli guruhlarida va dunyo
davlatlari orasida kasalxona ichi va kasalxonadan tashqari
pnevmoniyalar uchrashi va ulardagi o‘lim holatlari turli xildir. Dunyo
mamlakatlari va populyatsiyalari ichida kasalxona ichi (KI) va
kasalxonadan tashqari (KT) pnevmoniyalar o‘tkir infeksion kasalliklar
ichida eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi. Ulardan kelib chiqib o‘lim
holatlari yoshdan, populyatsiyaning etnik holatidan, komorbidlik
fonining bo‘lishi va qo‘zg‘atuvchining turiga bog‘liq. Pnevmoniyadan
kam o‘lim holati boshqa infeksiyadan–pnevmokokk, salmonella,
xlamidiya, gemofil va mikoplazma infeksiyalar bilan bog‘langanda
uchraydi. Pnevmoniyalarning eng ko‘p tarqalishi streptokokkli
infeksiyada va Haemophilus influenzae, shuningdek - Chlamydia
pneumonia, Mycoplazma pneumonia va Legionella pneumonia, atipik
mikroorganizm bilan chaqirilganda kuzatiladi. Shuni ta’kidlash
lozimki,
pnevmoniyadagi
o‘lim
sabablari
sepsis,
nafas
yetishmovchiligi va yiringli asoratlar (plevrit, empiema - o‘pka
to‘qimasining destruksiyasi) hisoblanadi. Umuman olganda, zamonaviy
tekshiruvlarning ma’lumotiga asosan pnevmoniya bilan kasallanish
ko‘pgina omillardan iborat: hayot tarzi, oila ijtimoiy holatidan, mehnat
sharoitidan, hayvonlar bilan muloqotdan, sayohat, zararli odatlari
ko‘pligidan, kasallar bilan muloqotdan, shuningdek xavf omillardan–
alkagolizm, chekish, o‘pkaning obstruktiv kasalligi, surunkali yurak
yetishmovchiligi va jipslashib yashashidan iborat. Pnevmoniyaning
epidemiologik shakllanish modeli quyidagidan iborat:
Epidemiologik faktor–moyillik qiluvchi faktorlardan komorbidlik,
erta zamonaviy tashxisot, profilaktika va qiyoslangan tezkor va rejali
terapiya pnevmoniyaning rivojlanishini epidemiologic qonuniyatlarini
inobatga olgan bo‘lishi kerak. Shuni nazarda tutish kerakki,
pnevmoniya bolalardagi va keksalardagi terapevtik kontiniumlarning
eng ko‘p sababi bo‘lib kelmoqda. Kam hollarda keksalardagi
pnevmoniyalar boshqa kasallik tufayli kasalxonaga gospitalizitsiya
qilinganda uchraydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek kasalxona ichi va
kasalxonadan tashqari pnevmoniyalar etiologiyasida keskin har xillik
mavjud.
Hozirgi
vaqtda
kliniksistlarning
fikrini etiologiyasi
aniqlanmagan o‘pkaning boshqa interstitsial kasalliklari jalb qilmoqda.
Ularga idiopatik interstitsial pnevmoniyalar kiradi, o‘pkaning fibroz
jarayoni rivojlanishi bilan kechishi va kasallikning og‘irligi bilan farq
qiladi. Yevropa, Angliya va AQShning 1999 yildan 2003 yilgacha
bergan ma’lumotiga asosan idiopatik interstitsial pevmoniya (IIP) bilan
kasallanish ko‘p marta ko‘paydi. O‘rtacha turli mamlakatlarda 100000
aholiga 7 dan 50 tagacha to‘g‘ri kelmoqda, bu iqtisodiy va ijtimoiy zarar
keltirmoqda. [8].
Vrach nazoratida va e’tiborida qariyalarda pnevmoniyaning
kechishi alohida o’rinda bo’lishi kerak. Soq’liqni saqlash tizimining
dolzarb muammolaridan biri bo’lgan "Gerontologiya" insonning qarish
jarayonini o’rganadigan fan bo’lib, yunoncha «geros» - qari va «logos»
- bilim degan ma'noni anglatadi. Gerontologiyaning asosiy maqsadi
insonning faol va to’laqonli hayotini uzaytirish yo’llarini izlab
topishdir. Keksa yoshdagi bemorlarga xizmat qilish aksariyat tibbiyot
xodimlarining kundalik vazifasi, chunki tibbiy xizmatga muhtoj barcha
bemorlarning 25-30 foizi keksa yoshdagi bemorlardir.
Jahondagi barcha mamlakatlarda demografik ko’rsatkichlar
qariyalar hisobiga oshib bormoda. Bu esa "Gerontologiya" va
"Geriatriya" sohasidagi bilimlar doirasini kengaytirishni taqozo etadi.
Keksalik umrning qonuniy tarzda yuz beradigan yakunlovchi
davridir. Biroq muddatidan oldin qarish hodisasi ham hayotda bor
haqiqatdir. Shu sababdan S.P. Botkin va I.I. Mechnikovlar fiziologik va
barvaqt qarish mavjudligi haqidagi tushunchalarni yoqlab chiqqanda
haq edilar. Barvaqt qarish boshdan kechirilgan kasalliklar yoki tashqi
muhitning zararli omillari ta'sirida yosh bilan bog’liq o’zgarishlarning
bir muncha erta rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Fiziologik qarish aqliy
va jismoniy sog’lomlikni, ma'lum darajadagi ish qobiliyatini,
dangasalikni, tevarak atrofdagi hodisalarga qiziqishni saqlab qolish
bilan belgilanadi.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
66
Tashqi muhit ta'siri va organizmning ichki omillari qarish
jarayonining tezlashuviga, organizmning erta qarishiga olib keladi, bu
jarayon organizmning o’sish va rivojlanishi to’xtaganidan keyin
boshlanadi. Gerontologiya tibbiy biologiya bilan chambarchas bog’liq
bo’lib, u molekula va hujayralardan tortib butun organizmining qarish
sabablarini o’rganadi.
Qarish - qarilik, ya'ni yosh ulg’aya borishi bilan organizmda paydo
bo’ladigan o’zgarishlarning qonuniy tarzda ro’y berish jarayonidir.
Xo’sh, umuman, qarilik davrini qanday aniqlash mumkin 1963-yil
Kiyevda o’tkazilgan Butun Dunyo Sog’liqni Saqlash tashkilotlarining
qarilik jarayoni haqidagi seminarida qabul qilingani bo’yicha:
45 yoshdan 59 yoshgacha – o’rta yoshlilar;
60 yoshdan 74 yoshgacha - keksalar;
75 yoshdan 89 yoshgacha - qariyalar;
90 yosh va undan katta yoshdagilar – uzoq umr ko’ruvchilar deb
hisoblanadi [2].
Tadqiqot
maqsadi
.
Bemorlarda
pnevmoniya
lokalizatsiyasining yoshga bog’liq bo’lgan holda patogenezi va
mexanizmlarini o`rganish.
Tadqiqot materiallari va usullari.
Biz tomondan Samarqand
shahar 1-son Tibbiyot Birlashmasi, pulmonologiya bo'limida 50 nafar
bemor kuzatuvda bo`ldi. Barcha bemorlarda ko`krak qafasi
rentgenografiyasi (DK II-525R, Janubiy Koreyada ishlab chiqilgan) da
o`tkazildi. Shu bilan birga oltin standart asosida 85 % bemorlar
anamnezida kasallik yuqori tana harorati va varaja bilan
boshlanganligini aytib o`tishdi. Fizikal belgilar natijasi bo`yicha 79 %
bemorlarda zararlangan o`choq ustida to`mtoqlik aniqlandi va bu soha
rentgen kartina bilan birgalikda mos kelganligi amaliyotda kuzatildi.
Laborator tekshiruvlarda qon umumiy tahlili bemorlarda (ALBATROS
HEALTH CARE DYNAMID) da tekshirildi va natijada 92%
bemorlarda yallig`lanish belgilaridan EChTning tezlashishi, leykositoz,
leyko formulaning chapga siljishi aniqlandi.
Bemorlarni stasionardagi o`rtacha to`shak -kuni 9 kunni tashkil etdi.
Shulardan
Yoshlar 24 ta (48%);
O`rta yoshlilar 15 ta (30%);
Keksalar 8 nafari (16%);
Qariyalar 3 nafari (6%) ni tashkil etdi.
Pnevmoniyaning og`irlik darajalari bo`yicha O`choqli pnevmoniya
o`rta og`ir kechishi 68 % bemorlarda va og`ir kechishi 32 % aniqlandi.
Og`irlik darajalari kasallik klinikasi, ob`yektiv va sub`yektiv hamda
laborator-instrumental tekshiruvlar asosida tafovut etildi. O`choqli
pnevmoniya o`rta og`ir kechishi bo`lgan bemorlarda EChT 20-30
mm/sdan yuqori, klinink simptomlar yaqqol namoyon bo`lishi,
asoratlardan nafas yetishmovchiligining I darajasi rivojlanishi bilan va
ko`krak qafasi rentgenografiyasida o`choqlar bir tomonlama bo`lishi
bilan kuzatildi. O`choqli pnevmoniya og`ir kechishi bo`lgan bemorlarda
EChT 40 mm/sdan yuqori, klinink simptomlar yaqqol namoyon
• 75 yoshdan
89 yoshgacha
• 90 yosh va
undan katta
yoshdagilar
• 60 yoshdan
74 yoshgacha
• 45 yoshdan
59 yoshgacha
O`rta
yoshlilar
Keksalar
Qariyalar
Uzoq umr
ko`ruvchilar
O`rta og`ir kechishi
*
Temperatura 37,5-38
o
C;
*leykositoz 8-9 x10
9
;
*EChT ning oshishi 20-30mm/s
*
Rengenologik bir tomonlama
zararlanish
Og`ir kechishi
* Temperatura 39
o
C va yuqori
;
*
leykositoz 9 x10
9
va undan
yuqor
i;
*EChT ning oshishi 20-30mm/s
*Rengenologik ikki tomonlama
zararlanish
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
67
bo`lishi, asoratlardan nafas yetishmovchiligining I va II darajasi
rivojlanishi bilan va ko`krak qafasi rentgenografiyasida o`choqlar ikki
tomonlama bo`lishi bilan kuzatildi.
Natija.
O’pkada pnevmoniyaning lokalizatsiyasi yoshga
nisbatan tahlil natijalari quyidagi jadvalga keltirilgan:
№
Bemorning yoshi
lokalizatsiyasiga ko`ra
O`ng tomonlama
Chap tomonlama
Ikki tomonlama
1.
Yoshlar
14 nafarida
(28%)
2 nafarida
(4%)
4 nafarida
(8%)
2.
O`rta yoshlilar
10 nafarida
(20%)
1 nafarida
(2%)
6 nafarida
(12%)
3.
Keksalar
4 nafarida
(8%)
2 nafarida
(4 %)
4 nafarida
(8%)
4.
Qariyalar
2 nafarida
(4%)
-
1 nafarida
(2 %)
Keltirilgan jadvaldan ko`rinish bo`yicha o`choqli pnevmoniyaning
o`rta og`ir kechishi (rentgenda o`pkaning bir tomionlama zararlanishi)
yoshlarda katta foizni tashkil etmoqda. Va aksincha o`choqli
pnevmoniyaning og`ir kechishi (rentgenda o`pkaning ikki tomionlama
zararlanishi) qariyalarda kam foizni tashkil etdi.
Shunday
qilib,
bu
ko`rsatkichlar
asosida
qariyalarda
pnevmoniyaning atipik kechishi, organizm tomonidan kasallikka
nisbatan
reaktiv
javobning
pasayganligi
tufayli
bemorlar
gospitalizatsiyasi ko`rsatkichi yuqori emasligi ma`lum bo`lmoqda.
Nafas yetishmovchiligining ikki turi farq qilinadi: obstruktiv va
restriktiv. Obstruktiv nafas yetishmovchiligi (lotincha «obstruction» -
«qarshilik») nafas yo‘llarining torayishi va havo harakatiga yuqori
qarshilik tug‘ilganda paydo bo‘ladi. NE ning bu turi hiqildoq
shishishida (difteriya, soxta krup), tovush tirqishi spazmida, nafas
yo‘llarining yot jism bilan tiqilishida, o‘sma bilan qisilishida va h.k.
rivojlanadi. Restriktiv nafas yetishmovchiligi (lotincha «restriction» -
«cheklanish») alveolarning rostlanishi va o‘z holiga qaytishining
buzilishi, ularning harakatchanligining cheklanishi va nafas yuzasining
kamayishi bilan xarakterlanadi. Masalan, u pnevmoniya (zotiljam)da,
o‘pka shishishida, uning fibrozida, pnevmotoraksda, ekssudativ plevrit
va b. patologik jarayonlarda rivojlanadi. Ventilatsiyaning buzilishlari
gipoventilatsiya, giperventilatsiya va notekis ventilatsiya shaklida
nomoyon bo‘ladi. Alveolar gipoventilatsiya. Alveolalar orqali
ventilatsiya quyidagi hollarda kamayishi mumkin: 1) nafas sonining
kamayishida; 2) nafas hajm ining kamayishida; 3) qoldiq havo
hajmining
ko‘payishida.
Gipoventilatsiya
o‘pka
yallig‘lanishi
kasalliklari, atelektaz, o‘pka qisilishi, nafas m ushaklarining
shikastlanishi, um urtqa suyagining qiyshayishi, morfin bilan
zaharlanish, shokning torpid fazasida uchraydi. U arterial qonda O
2
kamayishiga
(gipoksemiya),
CO
2
miqdorining
ko‘payishiga
(giperkapniya) va pH kamayishiga, ya’ni atsidozga olib keladi. Yoshi
o’tgan bemorlarda shunday o’zgarishlar xavfi yuqori bo’ladi.
Rossiya Federatsiyasi rasmiy statistika ma'lumotlariga ko'ra
(Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligi sog'liqni saqlash
tashkiloti va axborotlashtirish Markaziy ilmiy - tadqiqot instituti), 2012
yilda shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligi 657643 4,59 ‰
tashkil etdi. Shulardan; keksa shaxslar > 18 yoshdan kattalarda 3,74‰
tashkil etdi.
Biroq, bu raqamlar Rossiya Federatsiyasida haqiqiy ahvolini aks
ettirmaydi, hisob - kitoblarga ko'ra, 14-15‰ ni tashkil etadi va
bemorlarning umumiy soni har yili 1,5 million kishidan oshadi.
AQShda, har yili taxminan 5-6 million kishi kasalxonadan tashqari
pnevmoniya bilan kasallanadi, shu jumladan, 1 million bemorlar
stsionarda davolanishadi. Taxminan har yuz holatga 20 ta bemor
statsionar davolanishga muhtoj va ulardan 10-36% bemorlar
reanimatsiya bo'limida. Evropada va AQShda kasalxonaga yotqizilgan
bemorlar orasida kasalxonadan tashqari pnevmoniya bo'lgan
bemorlarning nisbati 6,6% dan 16,7% gacha. Bemorlarni davolashdagi
(respirator qo`llab- quvvatlash, sepsisni davolash) erishilgan yutuqlarga
qaramasdan og`ir pnevmoniya bilan og`rigan bemorlar orasida o'lim
darajasi 21 % dan 58% gacha tashkil etdi. AQSh statistikasiga ko'ra
2004- yida pnevmoniyadan o'limining barcha sabablari orasida 8-o'rin
egallaydi. Pnevmoniya o`limning umumiy ulushi 0/3% ni tashkil etdi.
Pnevmoniya bilan og’rigan bemorlarning o'limining asosiy sababi
refrakter gipoksemiya, septik shok va poliorganik yetishmovchilik.
Prospektiv tadqiqotlarda og'ir pnevmoniya bilan bemorlarning salbiy
prognozi bilan bog'liq asosiy omillar quyidagilardir: yosh > 70 yosh,
sun`iy nafas oldirish apparatiga o`tkazish, pnevmoniyaning ikki
tomonlama lokalizatsiyasi, sepsis va P. aeruginosa infeksiyasi. Yaqinda
o'tkazilgan kuzatuv tadqiqotlari natijalariga ko'ra, so'nggi yillarda
dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda og'ir pnevmoniyalar bo'yicha
kasalxonaga yotqizilganlar sonining ko'payishi kuzatildi, bu esa
umumiy aholi sonining ko'payishi bilan bog'liq. Keksalar orasida
reanimatsiya bo`limiga gospitalizatsiyalar soni, pnevmoniyadan o’lim
darajasining oshishi ham qayd etilgan. Yaqinda Evropada o'tkazilgan
bir necha tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, qariyalar uylarida yashovchi
bemorlarda pnevmoniyaning prognozi og'ir va ba'zan komorbid
kasalliklar tufayli funksional statusning past ko'rsatkichlari bilan
bog'liq. Shuning uchun davolanishning samarasizligi intensiv terapiya
o`tkazish uchun cheklovlar bilan bog'liq bo'lib, qo`zg`tuvchilarga
nisbatan ko'ra ko'proq bo'ladi. Bemorlarning ushbu muhim guruhini
ajratish uchun funktsional statusni baholash, kundalik faoliyatni
baholash, yoki JSST mezonlari bo'yicha umumiy holatni baholash kabi
tasdiqlangan kriteriylar yordamida qo'llanilishi kerak [6].
Xulosa.
O'ng tomonlama pnevmoniyaning ko`p uchrashiga sabab,
o’ng bronxning chap bronxga nisbatan anatomik qisqa va keng bo’lishi,
shuning uchun unga infektsiya ko'proq tushishi bilan tushuntiriladi.
Qarish jarayonida nafas organlarining shilliq qavatlarida atrofik
o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bronx devorlarida distrofik, sklerotik
o’zgarishlar ro’y beradi. O’pkada alveolalar shakli o’zgaradi, ba'zan
membrana qalinlashadi, alveolalar chuqurligi kamayadi. Nafas olish
ritmi tezlashib, aritmiyalar vujudga keladi. O’pkaning hayotiy sig’imi
kamayadi, bu esa bronxlar o’tkazuvchanligining, nafas mushaklari
kuchining pasayishi, ko’krak qafas rigidligining oshishiga bog’liq.
60 yoshdan oshgan odam organizmining ko’krak suyak muskul
skletida distrofik-degenerativ o’zgarishlar ro’y beradi, ko’krak qafasi
deformatsiyalanib, bochkasimon tus oladi va harakatlanishi cheklanadi.
Bu o’zgarishlar o’pka ventilyatsiyasiga nojo’ya ta'sir ko’rsatadi. Bronx
devorining muskul qavati atrofiyaga uchrab torayadi, shilimshiq
to’planadi, bronxlarning peristaltikasi pasayib balg’am ko’chishi
susayadi. 60 yoshdan o’tgach, o’pkaning biriktiruvchi to’qimasida
destruktiv o’zgarishlar ro’y beradi. O’pka arteriya va arteriolalarida
2012 yilda
shifoxonadan
tashqari pnevmoniya
bilan kasallish
657643 4,59 ‰
keksa shaxslar
> 18 yoshdan
kattalar 3,74‰
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2021
68
rivojlangan
fibroz
ularning
elastikligini
pasaytiradi.
O’pka
to’qimasidagi yosh bilan bog’liq o’zgarishlar o’pkaning tiriklik
sig’imini ancha kengaytiradi.
Keksa va yoshi katta odamda arterial qonning kislorod bilan
to’yinishi pasayadi, arterial gipoksemiya rivojlanadi.
Bunday
bemorlarni olib borishda pulsoksimetriya muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun pnevmoniya davosida fizioterapevtik muolajalarni
tavsiya etishda, o`ng o`pka ko`proq zararlanishini e`tiborga olish
tavsiya etiladi, drenajli massaj, bemorning to`shakda joylashishi shu
asnoda tavsiya etilishi maqasadga muvofiq.
References /Список литературы /Iqtiboslar
1.
Xoljigitova M.B. Mamurova N.N. Maxmatmuradova N.N. Zakiryayeva P.O. Nosirova D.E. «O`pka kasalliklari bilan bemorlarni olib
borish» O’quv qo’llanma. Toshkent 2021 yil 70-96 betlar.
2.
I.S. Razikova D.Ya. Aliqulova. «Gerontalogiyada xamshiralik ishi asoslari» O’quv qo’llanma.
Toshkent 2012 yil.
3.
Мамурова Н.Н., Носирова Д.Э. «Тяжесть течение внебольничной пневмонии в зависимости от сопуствующей патологии».
«Тенденции и перспективы развития науки и образования в условиях глобализации». Выпуск 22. Г.Переяслав-Хмельницкий. 28-
февраль, 2017 год. 490–492 стр.
4.
Cинопальников А.И. Определение, классификация и эпидемиология внебольничной пневмонии. В кн.: Клинические
рекомендации. Внебольничная пневмония у взрослых. Под ред. А.Г.Чучалина, А.И. Синопальникова - М.: Издательство
«Атмосфера», 2005; c. 7-14
5.
Чучалин А.Г., Синопальников А.И., Стручунский Л.С. и др. Внебольничная пневмония у взрослых: практические рекомендации
по диагностике, лечению и профилактике. Клин Микроб Антимикроб Химотер 2006; 8: 54–86.
6.
Чучалин А.Г. и соавт. «Клинические рекмендации по диагностике, лечению и профилактике тяжелой внебольничной пневмонии
у взрослых». Москва 2014 год.
7.
Под редакцией акад. РАМН Н.А. Мухина, акад. РАМН B.C. Моисеева, акад. РАМН А.И. Мартынов. В двух 2-х томах.
«Внутренние болезни» ГЭОТАР-Медиа, 2009. Глава 22. Стр 198–207.
8.
Мамурова Н.Н., Носирова Д.Э. “Вопросы оказание медицинской помощи при пневмонии с коморбидными состояниями на уровне
стационарного лечения”. Халкаро илмий амалий журнал «Биология ва тиббиёт муаммолари» №1.1 (108) Самарканд 2019 г.30.11-
1.12.2019, 181 бет. Халкаро илмий амалий журнал «Биология ва тиббиёт муаммолари» №1.1 (108) Самарканд 2019 г. 30.11-
1.12.2019, Стр 181