Теоретические основы базы данных (мб) и системы управления базами данных (мббт)

CC BY f
90-94
5
1
Поделиться
Махкамов, Ш. (2023). Теоретические основы базы данных (мб) и системы управления базами данных (мббт). Информатика и инженерные технологии, 1(1), 90–94. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25289
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ma’lumotlar bazasi hamda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari solishtirilgan, ma’lumotlar bazasidan foydalanish Delphi tizimi orqali asoslanib ko’rsatilgan.

Похожие статьи


background image

90

har qanday zararli dasturni darhol aniqlashi, hodisalarga javob berishi va bosqinlarni
boshlanishidan oldin aniqlashi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. OʼzR Prezidentining «Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish

uchun shartsharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori. PQ-4996-son.
17.02.2021y.

2. А.Фишман. Искусственный интеллект: возможности и угрозы. ИТ

Безопасность (it-world.ru). Журнал IT Manager. 01.06.2021

3. David Poole Alan Mackworth Artificial Intelligence: Foundations of

Computational Agents, Cambridge University Press, 2010

4. Руслан Рахметов Искусственный интеллект в информационной

безопасности/www.securityvision.ru/blog/iskusstvennyy-intellekt-v-
informatsionnoy-bezopasnosti/

5. “Kiber xavfsizlik muammolari va ularning eng yangi texnologiyalarda

yuzaga kelish trendlarini o’rganish”, Dilmurod Rahkmatov.

6. Using Artificial Intelligence in Cybersecurity | Balbix


MA’LUMOTLAR BAZASI (MB) VA MA’LUMOTLAR BAZASINI

BOSHQARISH TIZIMI (MBBT)NING NAZARIY ASOSLARI

Maxkamov Shohruh Sarvar oʻgʻli

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

mahkamov@jbnuu.uz

Annotatsiya:

Ma’lumotlar bazasi hamda ma’lumotlar bazasini boshqarish

tizimlari solishtirilgan, ma’lumotlar bazasidan foydalanish Delphi tizimi orqali
asoslanib ko’rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini boshqarisha tizimi,

tizilmalashtirish,

maydon,

axborot

tizimi,

tarmoqli

MBBT,

yaxlitlik,

foydalanuvchanlik, foydalanuvchilar to’plami, rollar.

Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta

ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi
axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model.
Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi
(kitoblarni) ob’ektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan
kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu
ham ma’lumotlar bazasi.

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil

qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib
aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat
ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.


background image

91

Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu

tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun
ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib,
so‘rovga javob beradi:

Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi:
— Oracle;
— MySQL;
— Microsoft Office Access;
— MariaDB;
— Microsoft SQL Server;

Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi

ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu
qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar
to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish
uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona,
zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.

Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq

zarur:

Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan dasturlarga

bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki
ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, dasturlarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.

Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror

programma tuzishga hojat qolmasin.

Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal

qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni
axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir
belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.

MBni yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga

va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat
ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.

Tizilmalashtirish

– bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni

kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular
tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida
matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin.

Misol 1. Studentlar (Talabaning ID raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi,

o‘rtacha baho va stependiya miqdori) haqidagi axborotdan iborat tizimalashtirilmagan
ma’lumotlarga misol 1–rasmda ko‘rsatilgan.

1-rasm. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol

Talabaning ID raqami 401221100816 Familiyasi Avazov Ismi Jamol Otasi Alievich Tugilgan

sana 12-yanvar, 2002 yil O‘rtacha baho 4,78

Talabaning ID raqami 401221100798 Familiyasi Ortiqov Ismi Akram Otasi Salimovich

Tugilgan sana 3

XI 2004 yil O‘rta baho 4,61

Talabaning ID raqami 401221100814 Familiyasi Lazizova Ismi Saida Otasi. Xo‘jaevna

Tugilgan sana 2006 O‘rta baho 4,52


background image

92

Tizilmalashtirilmagan holda saqlanayotgan ma’lumotlardan zarur bo‘lganini

qidirib topish ancha murakkab, uni tartiblashni esa deyarli bajarib bo‘lmaydi

Bu ma’lumotlarni tizimlashtirish va qidirishni avtomatlashtirish uchun

ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqida ma’lum bir kelishuvni ishlab chiqish zarur.

Misol 2.1-misolda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni oddiy jadval ko‘rinishidagi

tizilmaga solingandan so‘ng, u 2 – rasmda tasvirlangan ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Talabaning ID

raqami

Familiya

Ismi

Otasining

ismi

Tugʻilgan

sana

O‘rtacha

baho

401221100816

Avazov

Jamol

Alievich

12

01

2002

4,78

401221100798

Ortiqov

Akram

Salimovich

03

11

2004

4,61

401221100814 Lazizova

Saida

Xo‘jaevna

07

07

2006

4,52


Ma’lumotlarni strukturalashtirish – bu shunchaki ma’lumotlarni tasvirlashda

qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma’lum bir ob’ekt sohasini ifodalaydi
va uning ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga
ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi.

Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar

bilan chambarchas bog‘liq (3-rasm).

Maydon - bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u

axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni
tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:

Maydon nomi

, masalan, familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji,

mutaxassisligi.

1-maydon nomi

2-maydon

nomi

3-maydon

nomi

. . .

N-maydonnomi


3-rasm. Ma’lumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari

Maydon turi

,

masalan, son (chislovoy), simvol (simvolnыy), sana/vaqt (data/vremya), mantiqiy
(logicheskiy).

Maydonuzunligi (o‘lchami)

, masalan, eng ko‘p simvollar sig‘imi;

Maydon aniqligi

, (son tipidagi ma’lumotlar uchun) masalan, sonning o‘nlik kasr

qismini aks ettirish uchun o‘nlik raqamdan to‘rttasidir.

Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. Yozuv tuzilishi uchun

uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib,
ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv ob’ektning
biror bir elementi haqida to‘liq ma’lumotni ifodalaydi.

Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U

o‘zicha har bir maydonda qiymatga ega.

Ёзув


background image

93

MB jadvali bilan ishlash uchun oddiy ilova yaratish algortmi quyidagi ketma-

ketlikda bajariladi:

1. Delphi tizimi ishga tushirilib BDE komponentalar palitrasidan table

komponentasi formaga qo‘yiladi.

2. Formadagi Table komponentasi belgilanib, DataBase Name xossasida Mbning

psevdonimi aniqlanadi.

3. Table Name xossasidan MB jadvali nomi aniqlanadi.
4. Active xossasi True qiymat bilan o‘rnatiladi.
5. DataAcciss komponentalar palitrasidan Tdata Source komponentasi formaga

qo‘yiladi.

6. TdataSet xossasi Table1 nom bilano‘rnatiladi.
7. Data Controls komponentalar palitrasidan TdbGrid komponentasi formaga

qo‘yiladi.

9. DataSourse xossasi DataSourse1 nom bilan o‘rnatiladi.
10. Menyudan File=>Save Project As buyrug‘i berilib, oldin forma keyin loyiha

saqlanadi.


11. Loyihani ishga tushirish uchun F9 tugmasi bosiladi. Natijada quyidagi

formaga ega bo‘lamiz.

TDB Navigator komponenti.

MB jadvalida ma’lumotlarni surish, o‘chirish,

yozuvni siljitish va taxrirlash uchun Data Controls komponentalar palitrasida maxsus
TDB Navigator komponentasi mavjud.

Bu komponentani formadagi MB jadvaliga quyidagi tartibda o‘rnatish mumkin.
1. MB jadvali formasi ekranga chaqiriladi.
2. Data Controls komponentalar palitrasidadan TDBNavigator komponentasi

formaga joylashtiriladi.

3. TDBNavigator komponentalar xossasidan DataSourse xossasi DataSourse1

nom bilan o‘rnatiladi.

4. Menyudan File=>Save Project As buyrug‘i berilib, oldin forma keyin loyiha

saqlanadi.

5. Loyihani ishga tushirish uchun F9 tugmasi bosiladi.
Natijada jadvali ma’lumotlarni surish, o‘chirish, yozuvni siljitish va taxrirlash

kabi tugmachalarga ega bo‘lgan quyidagi formaga ega bo‘lasiz.

Kompyuter quyidagi dastur kodlarini avtomatik ravishda tuzadi:
unit xodim;
interface
uses


background image

94

Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms,
Dialogs, StdCtrls, Grids, DBGrids, DB, DBTables, ExtCtrls, DBCtrls;
type
TForm1 = class(TForm)
Label1: TLabel;
Table1: TTable;
DataSource1: TDataSource;
DBGrid1: TDBGrid;
DBNavigator1: TDBNavigator;
private
{ Private declarations }
public
{ Public declarations }
end;
var
Form1: TForm1;
implementation
{$R *.dfm}
end.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

S.Iriskulov, M.Ataxanov “Algoritmik tillar va dasturlash”, Namangan, 2000

yil.

2.

S.Bobrovskiy «Delphi 7» uchebniy kurs. Sankt-Peterburg. Moskva. Xarkov.

Minsk. 2000.

3.

Носков Ю.М. Система программирования Delphi. - раздел «Основы

работы с базами данных». –

http://www.mgopu.ru/PVU/2.1/Delphi/index.html

4.

Hakimov М.Х., Gaynazarov S.M. Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari.

Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. 2- nashr / T.: Fan va texnologiyalar, 2015 648 б.

5.

https://www.terabayt.uz/


ENERGIYA TA’MINOTI TIZIMLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI

OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

t.f.d., prof. Siddikov Ilxomjon Xakimovich

Jahon bankining loyihalarni boshqaruv guruhi

“Energiya samaradorlikni oshirish” koordinatori

Abdumalikov Akmaljon Abduxoliq o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

akmalabdumalikov6@gmail.com

Jahonda

energiya

ta’minoti

manbalari

monitoringida

axborotlarni

taqsimlashning turli signal o‘zgartgichlarini keng qo‘llash, ular yordamida doimiy

Библиографические ссылки

S.Iriskulov, M.Ataxanov “Algoritmik tillar va dasturlash”, Namangan, 2000 yil.

S.Bobrovskiy «Delphi 7» uchebniy kurs. Sankt-Peterburg. Moskva. Xarkov. Minsk. 2000.

Носков Ю.М. Система программирования Delphi. - раздел «Основы работы с базами данных». – http://www.mgopu.ru/PVU/2.1/Delphi/index.html

Hakimov М.Х., Gaynazarov S.M. Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. 2- nashr / T.: Fan va texnologiyalar, 2015 648 б.

https://www.terabayt.uz/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов