Информационная безопасность и ее составляющие

CC BY f
56-60
0
1
Поделиться
Мингбоев, У., & Абдурасулов, А. (2023). Информационная безопасность и ее составляющие. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 56–60. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25330
Улугбек Мингбоев, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

(PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi va uning tizimlarining asosiy komponentlari, axborotlashtirish vositalari va tizimlarining axborotga nisbatan xavfsizlik monitoringini o‘rnatish uchun bir qator parametrlarni aniqlash haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Похожие статьи


background image

56

AXBOROT XAVFSIZLIGI VA UNING KOMPONENTLARI

(PhD) Mingboyev Ulugʻbek Xujayevich,

Abdurasulov Alijon

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

alijon.abdurasulov@bk.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi va uning

tizimlarining asosiy

komponentlari

, a

xborotlashtirish vositalari va tizimlarining axborotga nisbatan

xavfsizlik monitoringini o‘rnatish uchun bir qator parametrlarni aniqlash

haqida

ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar.

Axborot xavfsizligi,

axborotlashtirish

,

axborot huruji, tarmoq

uskunalari,xalqaro

xavfsizlik,

axborot

hurujlarining

obyekti,

axborot

ta’minoti,kiberxavfsizlik

.

XXI asr kishilik jamiyatining taraqqiyoti inson faoliyatining turli jabhalarida

bevosita axborot ishlab chiqarish, uni iste’mol qilish va jamlash sur’atlarining
o’sishibilan bevosita bog‘liq. Sababi, axborot kishilik jamiyatnining muhim
resurslaridan hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotda axborot strategik muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan hom-ashyo va energiya bilan tenglashtirilmoqda. Ma’lumki, dunyo
miqyosida milliy mahsulotning 70 %ni axborot tizimlarida saqlanayotgan axborot
ko‘lami bilan bog‘liqdir. Keyingi o‘n yil ichida biz axborot texnologiyalarining shiddat
bilan rivojlanib, hayotning barcha jabhalariga, ayniqsa, ishlab chiqarishning turli
sohalariga joriy etilishining guvohi bo‘ldik. Rivojlangan davlatlarda ko‘pchilik faoliyat
ko‘rsatayotgan xodimlar ishlab chiqarish sohasida emas, balki u yoki bu darajada
axborotni qayta ishlash bilan banddirlar. Bugungi kunda har bir xodim, mutaxassis,
talaba o‘z faoliyatini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaydi. Ular o‘zlarining
qimmatli vaqtlarini kompyuter oldida o‘tkazib, mashaqqatli mehnat evaziga yaratilgan
bebaho axborotlarini saqlashni “aqlli mashinalarga” ishonib, ularning yo‘q qilinishi,
buzilishi yoki o‘g‘irlanishi haqida o‘ylamay, tavakkalchilikka yo‘l qo‘yadilar. Bunday
qimmatli axborotlarni saqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash uchun qoidalar,
tamoyillar, vositalar, usullarni bilish va ustalik bilan joriy etish zarur bo‘ladi. Nafaqat
qimmatli axborotlar xavfsizligini ta’minlash, balki axborot tizimlari va ularning
infrastrukturasi xavfsizligini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etmoqda [1].

Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jarayon

bo‘lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi.Axborotlashtirish, bu
umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi
peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va milliy xavfsizligini ta’min etadi. Ma’lumki,
globallashuv jarayoni obyektiv va qonuniy jarayon bo‘lib, o‘ziga xos bir qancha ijobiy
xususiyatlarga ega. Bu jarayon birinchi galda davlatlarga xalqaro maydonga erkin
chiqishga, boshqalar bilan yaqindan hamkorlik olib borishga hamda o‘z milliy
manfaatlarini turli xil xalqaro va nodavlat tashkilotlar doirasida ta’minlashga keng
imkoniyatlar beradi. Shuni aytish kerakki, vaqt o‘tishi bilan globallashuv jarayonining
o‘ziga xos ijobiy tomonlari bilan birga, bir qator salbiy jihatlari ham namoyon bo‘la
boshlaydi. Davlatlarning bir-biriga sezilarli darajada o‘sgan bog‘liqligi shuni


background image

57

ko‘rsatmoqdaki, bir mintaqadagi xoh salbiy, xoh ijobiy voqea – hodisalar dunyoning
boshqa bir mintaqasiga juda tez tarqalib, o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida,
mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning
keskinlashuvi, tashqi tahdidlarning ichki tahdidlar bilan, ya’ni an’anaviy tahdidlar
bilan o‘zaro qo‘shilishi, ular orasidagi masofa yaqinlashuvi hamda ularning o‘zaro
bog‘liqligi o‘sishi kuzatilmoqda. Bu holat esa milliy va mintaqaviy xavfsizlikni
ta’minlashda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda jahon geosiyosatida geostrategik kuchlar

muvozanatining o‘zgarishi, ko‘p qutbli markazlar yuzaga kelishi, ular orasidagi
raqobat hamda ayrim davlatlarning dunyo hukmronligi uchun ochiqdan – ochiq
da’volari yangi mustaqil davlatlarda jamiyatni erkinlashtirish va huquqiy demokratik
davlat qurish jarayoniga, milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Ushbu geosiyosiy raqobat oqibatida xalqaro xavfsizlikning yangi
noan’anaviy tahdidlari: xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm,
narkobiznes, noqonuniy qurol savdosi, separatizm vujudga kelishi kuzatiladi. Mazkur
tahdidlar esa zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi globallashuv va
integratsiyalashuv natijasida kundan-kunga milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka
xavf solmoqda. So‘nggi davrlarga kelib, geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi hamda
raqobat kuchayishi natijasida yuqorida ko‘rsatilgan omillardan tashqari, ilgari
kuzatilmagan tahdidlar yuzaga kela boshladi. Ayrim g‘arb davlatlari tomonidan o‘z
milliy manfaatlarini kengaytirishda “demokratiya eksporti” “ikkilamchi me’yor”
siyosiy va “axborot huruji” kabi asosiy vositaga aylanmoqda. Globallashuv jarayonini
bevosita axborot bilan bog‘liq ekanligini tushinish qiyin emas, albatta.

Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga
aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining ma’lumotlariga ko‘ra,
axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘i-energetika sohasiga sarmoya
qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda berar ekan.Bu faqat uning
iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay
yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot
omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda.
Shuning uchun ham yangi mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta’minlashda
siyosiy, iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari
dolzarblashmoqda.

Shu o‘rinda ulug‘ alloma Abu Rayxon Beruniy merosidagi ayrim

fikrlarga e’tiborni qaratmoqchimiz. Alloma bundan ming yil burun shunday yozib
ketganlar:

“Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki,

odamlarning maqsadlari xilma-xil xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p.
Shunday kishilar ham bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar tarqatish o‘rnashib
qolib, go‘yoki unga shu vazifa yuklangandek bo‘ladi va xabar tarqatmasdan
tinchiyolmaydi. Bu

yomon

xohishlardan

va tabiatiga buzuq

fikrlarning

joylashganligidan kelib chiqadi”. Qarang bundan o‘n asr avval yashab o‘tgan
bobokalonimiz bugungi kun voqeligi, ayniqsa, o‘zini adolatparvar, inson huquqlari
himoyachisi, oddiy so‘z bilan aytganda, “jurnalist” deb yurgan ayrim kimsalarga bahs
berib o‘tgan ekanlar. Axborotni himoyalash masalalariga rivojlangan mamlakatlar
katta ahamiyat beradi. Hozirgi paytga kelib xalqaro munosabatlar yangi axborot


background image

58

texnologiyalari asosida shakllanayotgani bois, axborotni himoyalash va kompyuter
tizimlari xavfsizligini ta’minlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biriga
aylanmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlarida “axborot quroli”ga qarshi maxsus davlat
dasturini amalga oshirish uchun yiliga 137 mln. dollar sarf qilinadi.[2]

Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan beri inson axborot olish, tarqatish va undan

foydalanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda ko‘rinishga
ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning jamiyatdagi o‘rni
yanada oshdi. Hatto, davrimiz ham “Axborot asri” – deb nom olgani bejiz emas. Ayni
paytda mutaxassislar har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan
birga mudofaa qudrati ham axborot tizimi va texnologiyalariga bog‘liqligini
ta’kidlashmoqda. Shu o‘rinda jamiyat hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirish,
elektron kommunikatsiyalar, elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasi, zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalar bilan bir qatorda, axborot
tizimlariga buzg‘unchilik maqsadida ta’sir etishni ko‘zda tutuvchi yangi “axborot
quroli”ning ta’siri kuchayishiga olib kelayotganini aytib o‘tish joiz. Bu esa o‘z
navbatida, mamlakatimizning axborot resurslari va telekommunikatsiya tarmoqlarini
noqonuniy maqsadlarda ishlatishga qarshi himoya choralarini ko‘rish va ularning
benuqson faoliyatini ta’minlashga da’vat etmoqda. [3]

Globallashuvning avj olishi millat “chegaralarini” yo‘q qilib yubormoqda,

ommaviy ma’naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida har bir
millatga xos bo‘lgan urf-odat, an’ana, qadriyatlar o‘z ahamiyatini “yo‘qota” borish
xavfi yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma’naviy qashshoqlashuvi sodir bo‘lishga,
ularning o‘zligini anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi tahdidlarni yuzaga
keltirmoqda.Umuminsoniy ma’naviyat turli-tuman millatlarning o‘ziga xos boshqa
millatlar uchun ham ma’naviy oziqa bera oladigan qirralarini o‘zida
mujassamlashtirganligi bois, tabiiy ravishda keng yoyilib boradi hamda jahonda
yashayotgan turli millatlarning ma’naviyati rivojlanishiga yordam beradi.

Axborot

qurollari sifatida qaraladigan vositalar:

• axborot massivlarini yo‘q qilish, buzish va to‘g‘rilash;
• himoyalash tizimini aylanib o‘tish;
• qonuniy foydalanuvchilar imkoniyatlarini cheklash;
• kompyuter tizimining texnik vositalari ishlashini buzib tashlash;
• kompyuter viruslari;
• mantiqiy bombalar;
• test dasturlarini ishdan chiqaruvchi vositalar
• axborot ayriboshlashni yo‘q qiluvchi vositalar;
• har xil turdagi xatoliklar.
Axborot qurolining universalligi, yashirinligi, dasturiy apparat amalga

oshirilishi shakllarning ko‘p variantligi, ta’sirlarning radikalligi, vaqt va joy tanlash
imkonining yetarliligi va nihoyat tejamliligi, uning juda xavfsizligini ko‘rsatadi: u
osongina himoya tizimiga yashirinishi mumkin, urush e’lon qilmasdan anonim shaklda
hujum harakatlarini olib borishi mumkin. Hozirgi davrda ishlab chiqarish va
boshqarish, mudofaa va aloqa, transport va energetika, moliya va fan, ta’lim, OAV –
barchasi axborot almashuvi jadalligiga, haqqoniyligiga, to‘liqligi va tezligiga bog‘liq.
Shuning uchun jamiyatning axborot infrastrukturasi – axborot qurolining nishonidir.


background image

59

Axborot hurujning asosiy qismlari:
1. Psixologik operatsiyalar – axborotdan fuqarolarga ta’sir etishda foydalanish;
2. Elektron huruj – aniq ma’lumotlarni olish imkonini bermaydigan vosita;
3. Dezinformatsiya – dushmanga soxta axborot berish;
4. Fizik buzilish – axborot hurujining qismi sifatida qaralishi mumkin, agarda

axborot tizim elementlariga ta’sir etish ko‘zda tutilgan bo‘lsa;

5. Ochiq axborot hurujlar – axborotni ko‘zga ko‘rinmaydigan o‘zgartirishlarsiz

buzish.

Axborot hurujlarining maqsadlari
• O‘z axborot funksiyalari va resurslarini himoyalagan holda axborot muhitini

nazoratga olish. [4]

Hozirgi davrga kelib hayotimizni axborot texnologiyasi, kompyutersiz tasavvur

qilish mumkin emas.“Axborot” tushunchasi sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga
almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu
bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter
tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun
tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan
o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy xarakterlardan
himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida
axborotni ximoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va qayta
ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli
vosita va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirishni
tushunish qabul qilingan. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari xar bir davlatning
iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo’lib xizmat
qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va
demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi.
Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig’ish, saqlash,
qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot – kommunikatsiyalar
texnologiyalarini qo‘llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy joylashishidan
qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet halqaro kompyuter tarmog‘i orqali
kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter tarmog‘i orqali tezlik bilan
shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan
tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan
o‘zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay
qolmoqda. Shuning uchun xam mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan
foydalanish va yo‘qotish kabi muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. Bularning bari shaxs,
jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda.
Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni
ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo’lib, axborot himoyasi esa davlatning
birlamchi masalalaridan biri bo’lib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mingboyev Ulug‘bek and Abdurasulov Alijon, “AXBOROT XAVFSIZLIGI

MONITORINGI”, IJCSTR, pp. 275–279, May 2023. Vol 1


background image

60

2.

Nusriddinovich, I. N., & Ilhomkhojayevna, A. N. (2022). CYBER

THREATS,VULNERABILITIES AND RISKS IN ECONOMIC SECTORS.

Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal

,

10

(9), 139-140.

3.

Маллабоев

Н.,

Шокиров

Д.

СПОСОБЫ

ОБЕСПЕЧЕНИЯ

ИНФОРМАЦИОННОЙ

БЕЗОПАСНОСТИ

//Теория

и

практика

современной науки. – 2016. – №. 6-1. – С. 826-830

4.

MU Xujaevich. Pedagogical conditions for the formation of communicative

competencies of students of vocational schools using interactive teaching methods //
International Journal on Integrated Education 3 (12), 345-347.

DATASETS FOR INTRUSION DETECTION SYSTEMS: ENHANCING

NETWORK SECURITY

Bozorov Suhrobjon

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

bek.muminovich.95@mail.ru

Abstract

. Intrusion Detection Systems (IDS) play a pivotal role in safeguarding

networks against cyber threats. To effectively develop and evaluate IDS solutions,
access to diverse and comprehensive datasets is crucial. This article explores the
importance of datasets for intrusion detection, highlights key requirements for such
datasets, and discusses notable datasets and their features commonly used in the field.
By understanding the value of high-quality data, researchers and cybersecurity
professionals can better address the evolving landscape of network attacks and fortify
their defense mechanisms.

Keywords:

Intrusion Detection Systems, Network Security, Datasets, Cyber

Threats, Machine Learning.

Introduction

With the proliferation of network-connected devices and the increasing

complexity of cyber threats, the importance of effective Intrusion Detection Systems
(IDS) cannot be overstated. IDS serve as the first line of defense in identifying and
mitigating unauthorized access, malicious activities, and network anomalies. To
develop robust IDS solutions and assess their performance, researchers and
practitioners rely heavily on datasets that accurately represent real-world network
traffic and attacks.

This article delves into the significance of datasets in the realm of intrusion

detection, outlining essential requirements for datasets, discussing prominent datasets
available for research and analysis, and highlighting their distinctive features.

Requirements for Datasets:

To be effective, datasets for intrusion detection must meet specific criteria:

Realistic Representation:

Datasets should emulate real-world network traffic,

encompassing various protocols, traffic volumes, and patterns. This realism is essential
to train and test IDS models effectively [5].

Библиографические ссылки

Mingboyev Ulug‘bek and Abdurasulov Alijon, “AXBOROT XAVFSIZLIGI MONITORINGI”, IJCSTR, pp. 275–279, May 2023. Vol 1

Nusriddinovich, I. N., & Ilhomkhojayevna, A. N. (2022). CYBER THREATS,VULNERABILITIES AND RISKS IN ECONOMIC SECTORS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(9), 139-140.

Маллабоев Н., Шокиров Д. СПОСОБЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ //Теория и практика современной науки. – 2016. – №. 6-1. – С. 826-830

MU Xujaevich. Pedagogical conditions for the formation of communicative competencies of students of vocational schools using interactive teaching methods // International Journal on Integrated Education 3 (12), 345-347.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов