111
заинтересованных субъектов в интересах обеспечения информационной
безопасности родителей во всемирной паутине.
Список использованной литературы:
1.
Arch M. & Díaz-Malenero, C. (2015). Las nuevas tecnologías como posible
medio para minimizar los efectos negativos de un traslado en la relación paterno-filial
// Revista de derecho de familia. № 68. – Рр. 309-318.
2.
Данилова И. С. Школа и родительство во взаимодействии в
международном образовательном пространстве в условиях COVID-19 пандемии:
социальный и педагогический аспекты // Инновационное развитие науки:
возможности, проблемы, перспективы: монография. Часть VI / Научный ред.
д.пед.н., проф. Г. Ф. Гребенщиков. – М.: Издательство «Перо», 2020. – С. 5–23.
3.
Данилова И.С. Опыт региональной зарубежной и отечественной
практики поддержки семей: цифровой инструментарий для развития
родительских компетентностей. Наука и инновации в современном мире:
Сборник научных статей. Ч. III / Научный ред. канд. воен. наук, доц. Ю.С.
Шацких. – М.: Издательство «Перо», 2019. – С. 25 - 30.
4.
Danilova, I. S., Orekhova, E. Ya., & Shaidenko, N. A. (2019). Parenting
support in the information age – the message that unites. // The European Proceedings
of Social & Behavioural Sciences EpSBS, LXIX, 267-276. - Зp. 410-418.
https://doi.org/10.15405/epsbs.2019.09.02.32
5.
Gascon H., Beaudoin, I., & Voyer, D. (2014). Développement d'une
plateforme Internet pour faciliter l'intervention précoce auprès des familles. // La revue
internationale
de
l’éducation
familiale,
35.
–
Рр.
19–35.
http://dx.doi.org/10.3917/rief.035.0019
6.
Saini M., Mishna, F., Barnes, J. & Polak, S. (2013). Parenting online: an
exploration of virtual parenting time in the context of separation and divorce. // Journal
of Child Custody, 10(2). – Рр. 120-140. doi: 10.1080/15379418.2013.796265.
KIYIM LOYIHALASHNING AVTOMATLASHTIRILGAN SISTEMALARI,
UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISH
p.f.n., dots. Djalolova Dilafruz Fattoxovna,
Saidov Jamshid Abbosovich
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, O‘zbekiston
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kiyim loyihalashning avtomatlashtirilgan
sistemalari, uch o‘lchamli modellashtirish,
andozalarni konstruksiyalash va virtual
kiydirish,
v
irtual modellar to‘plami hamda harakati to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
avtomatizatsiya, model, loyihalash, vizualizatsiya, sistema,
maneken, modellashtirish, korsaj, funksiya.
112
Zamonaviy yengil sanoat ishlab chiqarishi yuqori sifatli mahsulotni olish
maqsadida konstruksiya ishlab chiqish aniqligini ta’minlaydigan loyihalash jarayonini
jadallashtirish va ishlab chiqarish uchun yangi modellarni tayyorlashni talab qiladi.
Muhandislik usullari va loyihalash avtomatizatsiyasiz buni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Kiyimlarning
loyihalashini
avtomatlashtirish
sistemalari
(Loyihalashning
Avtomatlashtirilgan Sistemasi (LAS)) yaratilmoqda va tobora ko‘proq joriy etilmoqda.
Loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemasida hisoblash va grafik loyihalash usullari
va konstruktiv modellashtirish usullaridan foydalanadi.Hozirgi vaqtda tikuv
buyumlarni loyihalashda mavjud bo‘lgan jarayonlar ishlab chiqarishning zarur
harakatchanligini ta’minlamaydi. Yangi modelni yaratishdan jarayon oqimiga
o‘tishgacha bo‘lgan ish siklli uzoq davom etadi. Modellarning tez-tez o‘zgarib turishi
sharoitida loyihalash ishlari hajmining o‘sishi vaqtni qisqartirish va loyihalash
jarayonining sifatini yaxshilashning o‘ta jiddiy muammolarini keltirib chiqaradi [1].
Zamonaviy avtomatlashtirish vositalar ishlab chiqarishning loyihalash va texnologik
tayyorgarligini, uskunalarni loyihalash va jarayonlarni boshqarish, shuningdek,
korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatini yagona kompleksga bog‘lash imkonini
beradi. Kompyuterlarni istalgan sohada ishlatish loyihalash jarayonini yanada
rasmiylashtirish yo‘nalishi bo‘yicha mavjud jarayonlar va ishlab chiqarish
bosqichlarini ko‘rib chiqishni talab qiladi.Ushbu holat shuningdek, kiyimlarni
kompyuter yordamida loyihalash uchun ham xarakterlanadi. Avtomatlashtirilgan
loyihalashni qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligi haqidagi savolga javob berish
uchun ushbu jarayon uchun metodologiyani batafsil ishlab chiqish kerak. Hozirgi
vaqtda yengil sanoat mahsulotlarini loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish
muammosiga ikki xil, ammo teng darajada muhim yondashuvlar ishlab chiqilgan va
muvaffaqiyatli
amalga
oshirilmoqda.
Loyihalashning
avtomatlashtirilgan
sistemalari(LAS) to‘qimachilik sanoatida keng qo‘llaniladi va tikuvchilik korxonalari
mahsulotlariga tezkor, raqobatbardosh va yuqori talab uchun muhim omillardan biridir.
Hozirgi paytda yuqori raqobat va turli mamlakatlarning ko‘plab to‘qimachilik
mahsulotlari bozorida paydo bo‘lishi tufayli kiyim ishlab chiqarishda zamonaviy
kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Uch o‘lchovli
3D texnologiyalaridan foydalangan holda loyihalashning avtomatlashtirilgan
sistemalari ayniqsa mashhur. Uch o‘lchovli kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi
bilan tikuvchilik LASlariga turli xil va maqsaddagi 3D modullar qo‘shila boshladi.
Ba’zi sistemalar kiyimning konstruksiyasini uch o‘lchovli loyihalash jarayonini
amalga oshiradilar, ammo zamonaviy LASlarining aksariyati ishlatiladigan
materialning rangli yechimini baholash bilan virtual moslamani taklif qiladi. Uch
o‘lchovli kiyim kiyib ko‘rishni amalga oshiradigan sistemalarga quyidagilar kiradi:
«Optitex», «Investronica», «Gerber», «Julivi», «DressingSim», «LEKO» va
boshqalar. Ushbu sistemalarning imkoniyatlari orasida inson qiyofasini skanerlash
mavjud («DressingSim», «Lectra», «Symcad»), uch o‘lchovli manekenga ishlab
chiqilgan yassi andozalarni "kiyintirish", materialning texnik parametrlarini tanlash
(«Gerber», «Julivi», «Optitex»), virtual buyumning mosligini baholash («Gerber»,
«Julivi», «Optitex) ", virtual maketga o‘zgartirishlar kiritish va andozalarni
moslashtirish («Julivi»). MarvelousDesigner CLO 3D uch o‘lchovli modellashtirish
113
dasturi yordamida kiyimlarni loyihalash, manekenda kiydirib ko‘rib turli xil
variantlarni modellashtirib, podiumda modalar namoyishini yaratishga imkon beradi.
Marvelous Designer boshqa LASlarining yordamisiz aniq modellarni yaratish
mumkin. MarvelousDesigner CLO 3Dning afzalliklari:
•
sinxronlik: modeldagi andozalar oynasida bajaradigan barcha jarayonlar
darhol real vaqt rejimida kiyimlar drapirovkalarida aks etadi;
•
tikuvchilik operatsilarida foydalanish qulayligi: sichqonchani bir necha marta
bosish bilan istalgan uslubda har qanday modelni tikish mumkin;
•
ko‘p qavatli gazlamalarni tikishni qo‘llab-quvvatlaydi: ushbu funksiya
yordamida yanada murakkab konstruksiyalarni yaratishingiz mumkin.
•
yana bir muhim xususiyat - bu buklama operatsiyasi - har qanday chok va
kiyim uchun burmalar qilish mumkin. Buklash funksiyasi chiziqlarni burmalash va
dazmollashga imkon beradi. Kiyimda har qanday murakkablikdagi burmalarni tezkor
joylarni yaratishingiz mumkin.
•
CLO 3D ishlab chiqaruvchi guruhida o‘rganilgan va ishlab chiqilgan yangi
ko‘p darajali modellashtirish yordamida tezlik va sifat yaxshilanishiga erishildi;
•
har xil fizik xususiyatlarni qo‘llab-quvvatlash: matoning fizik xususiyatlari
raqamli shaklda va turli xil xususiyatlarga moslashtirilgan - cho‘zish/qisish/bukishga
qattiqlikligi, zichligi, qalinlik va boshqalar - bu parametrlarni har xil matolarni va
materiallarni modellashtirishga imkon beradi;
•
yuqori darajali vizualizatsiya: real vaqtda vizualizatsiya haqiqiy kiyim bilan
taqqoslanadigan yuqori sifatli tasvirni ta’minlaydi;
•
muvofiqlikning kengligi: MarvelousDesigner har qanday COLLADA va OBJ
fayllarini 3DS Max, Maya, Softimage, Lightwave, Poser, DazStudio, Vue va Modo
kabi ko‘plab 3D modellashtirish vositalaridan import qilishi mumkin. Avatar va matoni
OBJ formatiga eksport qilish mumkin.
1-rasmda kiyimlarni modellashtirishimiz natijasi ko‘rsatilgan. O‘ng oynada
buyum andozalarini yaratish jarayoni ko‘rsatiladi, chap oynada ko‘p qavatli tikuv
ishlari amalga oshiriladi va virtual moslama ko‘rsatiladi[2].
Shunday qilib, andozalar MarvelousDesigner dasturida qurilgan va ular asosida
yaratilgan. 1-rasmda ishlab chiqqan modellarning virtual to‘plami ko‘rsatilgan. Ammo
ushbu dasturning vazifalari shu bilan tugamaydi - manekenning harakatlarini sozlash
va yaratilgan kiyim podiumda qanday ko‘rinishini ko‘rish mumkin. Buning uchun
"Fayl" yorlig‘ini bosib va "Ochiq harakat" funksiyasini tanlab, shundan so‘ng mavjud
harakatlanish variantlari ro‘yxatidan keraklisi tanlanidi. Ma’lumotlar bazasida
harakatni aks ettiradigan fayllar mavjud. Manekenning harakatlanayotganini tahrirlash
mumkin, ammo buning uchun kuchli protsessorli kompyuter kerak [3].
114
Dastur ranglarni qo‘shish qobiliyatiga ega, bu har bir buyumda ma’lum bir
mavzuni birlashtirgan holda printlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bundan
tashqari, modellashda matolarning tuzilishi va shakli barqarorligi o‘rnatiladi – hajmli
englar, korsajlarning qattiqligi, yubka etaklarning burmalari. Atrofdagi fonni o‘rnatish
va "Okrujayuщaya sreda" yorlig‘ida "Zagruzit risunok zadnego plana" funksiyasidan
foydalanib «Zadniy plan»ni qo‘yish mumkin. Keyin, kompyuterdagi mavjud rasmlarni
yoki fotosuratlarni ko‘rib chiqib va eng mosini tanlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
S.I.Sharipova,
D.F.Djalolova
“Tikuv
buyumlarini
loyihalashning
avtomatlashtirilgan sistemasi” O’quv qo’llanma. – Buxoro, “Durdona”, 2023. – 114 b.
2.
D.F.Djalolova “Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash”. O’quv
qo’llanma. – Buxoro, “Durdona”, 2021. – 180 b.
3.
Э.Б.Булатовa, Л.Г. и др процессов проектирования, предоставляемые
САПР «Грация» // Шв.пром., 2000, №4.
O‘ZBEKISTONDA IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISHNING
AHAMIYATI
i.f.n. Ko‘chimov Abdujamil Hamraqulovich
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
G‘oyibnazarov Abduvohid Fozil og‘li
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqola shuni ko'rsatadiki, raqamli transformatsiyaning
afzalliklaridan iqtisodiyotda hamma foydalanishini ta'minlash ambitsiyalariga
erishishda muhim rol o'ynaydi.Raqamli iqtisodiyotning aholi turmush darajasiga ijobiy
va salbiy ta’sirlari mavjud bo’lib, bunga to’liq moslashgunga qadar ba’zi mamlakatlar
qiyinchiliklarga duch keladi.
Kalit soʻzlar:
raqamli iqtisodiyot,
t
exnologik taraqqiyot, raqamlashtirish,
raqamli transformatsiya, raqamli inqilob.
Raqamlashtirish axborot texnologiyalarini joriy etish koʼlami bilan chambarchas
bogʼliq boʼlsada, tashkiliy va strategik oʼzgarishlarni ham taqozo etadi. Shuning uchun
ham ayni paytda, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda yangicha ish uslubiga
oʼtish, yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalar yordamida tashkiliy jihatdan
yangilashga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti taʼbiri bilan aytganda, “Taraqqiyotga
erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz
zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʼlidan borish imkoniyatini beradi.
Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib
bormoqda.”