Педагогический анализ музыкального искусства в наследии Фороби

Поделиться
Юлдашев, Ф. (2023). Педагогический анализ музыкального искусства в наследии Фороби. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 467–469. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25799
Фахриддин Юлдашев

f.f.f.d.(PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada Abu Nasr Forobiyning serqirra ilmiy merosi, xususan, musiqa san’atiga doir pedagogik qarashlari tahlil qilingan. Mutafakkirning “Katta musiqa kitobi” risolasida musiqa fenomeni, uning maqsadlari, musiqa san’atining nazariy va amaliy qirralari atroflicha bayon etilgan.

Похожие статьи


background image

467

FOROBIY MEROSIDA MUSIQA SAN’ATINING PEDAGOGIK TAHLILI

f.f.f.d.(PhD) Yuldashev Faxriddin Abduvositovich

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Abu Nasr Forobiyning serqirra ilmiy merosi,

xususan, musiqa san’atiga doir pedagogik qarashlari tahlil qilingan. Mutafakkirning
“Katta musiqa kitobi” risolasida musiqa fenomeni, uning maqsadlari, musiqa
san’atining nazariy va amaliy qirralari atroflicha bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

musiqa, san’at, bilish falsafasi, madaniyat, o‘rta asrlar.

Jahon musiqa madaniyati tarixi musiqa san’atini izohlashda ilmiy bilimlarning

turli-tuman bosqichlarini bosib o‘tgan. Bu yo‘nalishdagi ta’limotlarga murojaat qilar
ekanmiz, zamonaviy madaniyat chorrahalarida musiqaga oid ilmiy dunyoqarashni
buyuk allomalar ilgari surgan g‘oyalar, fikr-mulohazalarsiz tasavvur etish qiyin.
Musiqa san’ati tarraqiyotida tub burilish davrini yasagan faylasuf, musiqa nazariyasiga
oid qarashlar tizimini yaratgan mutafakkir Abu Nasr Forobiydir.

O‘rta asr Sharqida “ilm al-musiqa” yo‘nalishi nomi bilan musiqa nazariyasiga

oid bilimlar Abu Nasr Forobiyning “Katta musiqa kitobi” risolasida o‘z ifodasini
topgan [3]. Faylasufning musiqaga oid qarashlarini tavsiflar ekan, G.Dj.Farmer
shunday yozadi: “O‘rta asrlarda musiqa nazariyasining bebaho muallifi shak-
shubhasiz, Abu Nasr Forobiydir. U qadimgi davrda yunonlar yaratgan musiqiy
konsepsiyani rivojlantiribgina qolmay, balki bu borada g‘oyalari bilan o‘rta asr islom
madaniyati hamda g‘arbiy Yevropada unga teng keladigan nazariyotchi bo‘lgan
emas”.

“Katta musiqa kitobi” risolasi faylasufning ulkan mehnati va qobiliyatining

natijasidir. Olim o‘z oldiga musiqani har tomonlama o‘rganish vazifasini qo‘ydi va
buni uddaladi [4]. Ilk bora musiqa tarixida musiqaga oid bilimlarni tizimlashtirishni
amalga oshirdi, musiqa asboblari haqidagi bilimlar asosini yaratdi. Tanbur, dutor,
surnay, shohrud kabi musiqa asboblarining ilmiy izohlanishini yozib qoldirdi.

Faylasuf ta’limotida musiqa fenomeni atroflicha va mohiyatan asoslangan

tarzda sharhlab berilgan. “Katta musiqa kitobi” risolasi o‘rta asr islom ma’naviy
madaniyatida olamshumul fikr-mulohazalarning bayoni bilan e’tirof etiladi. Mazkur
risola o‘z davrida Sharq musiqa madaniyatida ulkan burilish yasagan, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Bu, birinchidan, o‘rta asr islom madaniyatida tarixan shakllangan musiqa
nazariyasining yaratilishini ifodalasa; ikkinchidan, o‘sha davrda musiqiy cholg‘u
asboblarining o‘ziga xos ohanglari jilosi bilan mashhur bo‘lganligidan dalolat beradi.
Forobiy “Katta musiqa kitobi” risolasi orqali nafaqat arab musiqasining, balki turli
xalqlarning musiqa madaniyati bilan tanishish imkoniyatini beradi. U qadimgi davr
mutafakkirlari va o‘rta asr islom dunyosi mutafakkirlari bilimlarini uyg‘unlashtirishga,
davlatlararo madaniyatlarni bir-biri bilan bog‘lashga xizmat qilgan.

Ma’lumki, qadimgi davrlarda Pifagor, Aflotun, Arastu kabu faylasuflar

musiqaning serqirra va murakkab xususiyatlari hamda inson va jamiyat hayotidagi
ijtimoiy, madaniy va diniy rolini chuqur anglaganlar. O‘rta asr islom madaniyati
vakillari esa ana shu murakkabliklarning yechimini topishda keng qamrovli
yondashuvlarni ilgari surganlar. Bunda, avvalambor musiqaning tarbiyaviy


background image

468

ahamiyatiga katta urg‘u berilgan. Xususan, al-Kindiy, al-Forobiy, ibn Sino, ibn Bojja
kabi faylasuflar musiqaning ikkiyoqlama xususiyatini ta’kidlaganlar. Birinchidan,
musiqa aql-idrok bilan tasavvur qilinadi va bu nazariy asos sifatida amaliyot uchun
imkoniyat yaratadi. Amaliy tarzda esa musiqa cholg‘u ijrochiligi san’ati bilan
bog‘lanib ketadi. Musiqaning ikkiyoqlamaliligi o‘rtasida uslubiyat borasida birmuncha
farqlar ko‘zga tashlanadi. Forobiy musiqani tahlil qilishda umumiylik tamoyili
asosidagi yondashuvga tayandi va shu orqali musiqaga oid nazariyani yaratdi. Mazkur
yondashuv vositasida musiqa nazariyasining nazariy va amaliy qirralarining
uzviyligini ko‘rishimiz mumkin. Mutafakkir musiqani nafaqat bilish obyekti sifatida,
balki subyektiv bilimlar, ya’ni musiqa va musiqiy asarlarni idrok qilish masalasini
o‘rganish sifatida ham tahlil qildi. Forobiyning fikricha, musiqa dastavval amaliy
san’at sifatida vujudga kelgan. Musiqa san’atining birlamchi shakli qo‘shiq kuylash
bo‘lib, u badaviylarning qo‘shiqlari yoki sahroda tuyalarini yetaklagan podachilarning
qo‘shiqlari tarzida ifodalangan. Bunday ijroni faylasuf tabiiy fenomen sifatida
baholagan. Musiqiy cholg‘u asboblarida kuy ijro etish esa mutafakkirning fikricha,
inson taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan jarayon hisoblanadi. Chunki
inson aql-idroki bilan musiqa asbobini yaratishni amalga oshirgan. Aytish mumkinki,
qo‘shiq kuylash birlamchi musiqa san’ati bo‘lsa, cholg‘u asboblari ijrosi sun’iylashgan
hamda ijtimoiy-tarixiy, madaniy o‘zlashtirilgan jarayon sifatida ifodalanadi. Shu
o‘rinda musiqiy ijodni she’riyat ijodi bilan uzviy aloqasi ham ta’kidlanadi.

Musiqiy amaliyot rivojlangan sari, deb yozadi Forobiy, musiqa nazariyasi

vujudga keladi. Amaliyotning barcha taraqqiyot bosqichlari bosib o‘tilganidan so‘ng
kuy yaratiladi, natijada musiqiy asar vujudga keladi. Shunga qaramay, musiqaning
nazariy va amaliy tomoni bosqichma-bosqich amalga oshsa-da, Forobiy ularni bir
butunlikda talqin qiladi. “Musiqaning nazariy va amaliy tomoni bir-birini to‘ldiradi,
ikkalasining birlashuvi esa musiqa haqidagi ta’limotni tashkil qiladi” [1]

O‘rta asrlar musiqasini tahlil qilar ekanmiz, unda mumtoz musiqaning o‘rnini

ta’kidlash lozim. U o‘rta asr islom madaniyatining cho‘qqisi, nafosati, nazokati,
yuksak badiiyligi va mukammalligini ifodalaydi. Mumtoz musiqa san’ati murakkab
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘zida turli xalqlar madaniyatining an’analarini
mujassamlashtirgan. “Katta musiqa kitobi” risolasida musiqaning moddiyligi ijtimoiy
nuqtai nazardan inson faoliyatidagi maqsad va vazifalari doirasida tushuntirib berilgan.
Faylasufning musiqa va musiqiy san’atning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqidagi
fikr-mulohazalari ijtimoiy-falsafiy mazmunda yo‘naltirilib ideal jamiyat, unda shaxs
barkamolligi va baxt-saodatga erishuvi masalalariga bog‘lanib ketadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Юлдашев Ф.А. Концепция познания аль-Фараби в истории философии.

«Философия инноваций и социология будушего в пространстве культуры:
научный диалог». Сборник статей Всероссийской научно-практической
конференции с международним участием. Уфа, 2020 год. Стр. 389-393

2. Юлдашев, Ф. А. (2022). ИЗУЧЕНИЕ НАСЛЕДИЯ АЛЬ-ФАРАБИ КАК

ФАКТОР ФОРМИРОВАНИЯ НАЦИОНАЛЬНОГО САМОСОЗНАНИЯ В
НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences, 2(Special Issue 23), 81-87.


background image

469

3. Юлдашев, Ф. (2016). ВЗГЛЯДЫ АЛЬ-ФАРАБИ НА РАЗВИТИЕ

ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА. Theoretical & Applied Science, (6), 110-112.

4. Yuldashev, F. A. (2022). The influence of moral values in the formation of

personality

in

Farabi's

philosophy.

In Проблемы

психологического

благополучия (pp. 440-444).

5. Yuldashev, F. (2020). PSYCHOLOGICAL VIEWS OF ABU NASR

FARABI IN EDUCATIONAL PROCESS. In Психологическое здоровье населения
как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 280-283).

6. Yuldashev, F. A. (2022). The influence of moral values in the formation of

personality in Farabi’s philosophy. In Проблемы психологического благополучия
(pp. 440-444).

THE ROLE OF COMPUTER-BASED ASSESSMENT IN TEACHING

ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE

Davidova Sayyora

*

Doctoral student of English philology Department, National

University of Uzbekistan

sayyorajalolova748@gmail.com

Abstract:

In an increasingly digitalized world, the integration of technology into

education has become essential, especially in the realm of teaching English as a foreign
language (EFL). This article explores the pivotal role of computer-based assessment in
EFL instruction, shedding light on its benefits, challenges, and impact on language
learning outcomes. Through a comprehensive literature review, analysis of current
trends, and examination of results from various studies, we provide insights into the
transformative potential of computer-based assessment in EFL education.

Keywords:

Computer-based assessment, English as a foreign language (EFL),

technology-enhanced assessment, language learning, digital education.

Introduction: The teaching of English as a foreign language has evolved significantly
over the years, with technology playing an increasingly prominent role in the
classroom. Among the many technological advancements, computer-based assessment
has emerged as a powerful tool for evaluating language proficiency and enhancing the
overall learning experience. This article delves into the growing importance of
computer-based assessment in EFL instruction and its implications for both educators
and learners.

Literature Review:

1.

Advantages of Computer-Based Assessment

Immediate Feedback

: According to Smith (2018), "Computer-based

assessments offer instant feedback, allowing learners to identify and rectify mistakes
in real-time" (p. 38).

Adaptive Testing:

Adaptive algorithms can tailor assessments to individual

learners, ensuring a personalized learning experience (Smith, 2020).

Библиографические ссылки

Юлдашев Ф.А. Концепция познания аль-Фараби в истории философии. «Философия инноваций и социология будушего в пространстве культуры: научный диалог». Сборник статей Всероссийской научно-практической конференции с международним участием. Уфа, 2020 год. Стр. 389-393

Юлдашев, Ф. А. (2022). ИЗУЧЕНИЕ НАСЛЕДИЯ АЛЬ-ФАРАБИ КАК ФАКТОР ФОРМИРОВАНИЯ НАЦИОНАЛЬНОГО САМОСОЗНАНИЯ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 81-87.

Юлдашев, Ф. (2016). ВЗГЛЯДЫ АЛЬ-ФАРАБИ НА РАЗВИТИЕ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА. Theoretical & Applied Science, (6), 110-112.

Yuldashev, F. A. (2022). The influence of moral values in the formation of personality in Farabi's philosophy. In Проблемы психологического благополучия (pp. 440-444).

Yuldashev, F. (2020). PSYCHOLOGICAL VIEWS OF ABU NASR FARABI IN EDUCATIONAL PROCESS. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 280-283).

Yuldashev, F. A. (2022). The influence of moral values in the formation of personality in Farabi’s philosophy. In Проблемы психологического благополучия (pp. 440-444).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов