552
BO‘LAJAK MUHANDISLARNING ME’YORIY-METROLOGIK
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY
JIHATLARI
Nosirov Jahongir Normurot o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Muhandisning
kasbiy
kompetensiyalarini
shakllantirish
muammosi, texnologik jarayonlarni rejalashtirish va amalga oshirish, jixozlarni sinash,
montaj qilish va sozlash, chiqarilayotgan mahsulot sifatini o‘lchash va nazorat qilish,
me’yoriy xujjatlarni muhandislar tomonidan tahlil qilish, ishlab chiqarishini
metrologik ta’minoti bilan bog‘liq va chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi
kasbiy masalalar borasida tahliliy xulosalar keltirilgan.
Tayanch so‘zlar:
Kompetensiya, kasbiy ta’lim, me’yoriy-metrologik
kompetensiya,
me’yoriy-metrologik
xarakter,
kompetentlilik,
loyihalash
konstruktorlik, metrologik ta’minot, aniqlik darajasi, standartlashtirish, konstruktorlik
va texnologik xujjat.
Muhandisning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosi, hozirgi
vaqtda qabul qilinayotgan qarorlar uchun shaxsiy javobgarlikni anglagan professional
mutaxasisga jamiyatning ijtimoiy ehtiyoji bilan bog‘liq ravishda dolzarblashdi. Kasbiy
ta’lim tizimi ushbu muammoga, ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetensiyalarini
amalga oshirish yo‘li bilan javob berdi. Uchunchi avlod oliy kasbiy ta’lim federal
davlat ta’lim standartini ishlab chiqishning asosiga, ta’lim mazmunini yangilashning
ijtimoiy-kasbiy birliklari sifatida “kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalari
chiqadigan kompetentli yondashuv qo‘yilgan.
Bo‘lajak
muhandisning
me’yoriy-metrologik
kompetensiyalarning
komponentlari mavzusini loyihalash maqsadida muhandisning kasbiy faoliyatini
mashinasozlik sanoati misolida bizni qiziqtirgan aniqlikni ta’minlash nuqtai nazaridan
tahlil qilamiz:
-
Berilgan element, uzel, mexanizm uchun aniqlikning optimal darajasini
me’yorlash;
-
Berilgan aniqlik darajasini taminlash texnologiyasi;
-
Erishilgan aniqlik darajasini nazorat qilish uchun ishlab chiqarish jarayonini
metrologik ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish; (1-rasm)
mashinasozlik ishlab chiqarishini konstruktorlik-texnologik ta’minoti yo‘nalishi
bo‘yicha davlat ta’lim standartini tahlil qilamiz.
Standartda muhandis bajarishi mumkin bo‘lgan quyidagi kasbiy faoliyat turlari
ajratib ko‘rsatilgan:
-Loyihalash konstruktorlik;
-Ishlab chiqarish-texnologik;
-Tashkiliy-boshqaruv;
-Ilmiy-boshqaruv;
-Ilmiy-tadqiqotchilik;
553
-Ekspluatatsion.
1-rasm. Mashinasozlik mahsulotini sifatini ta’minlashning strukturaviy (tuzilmaviy)
mantiqiy sxemasi
“Rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilarning lavozim malaka
ma’lumotnomasi” muhandisning lavozim majburiyatlari quyidagicha izohlanadi:
“muhandis … metrologik ta’minot, texnik nazorat va h.k. bo‘yicha ilmiytexnik faoliyat
sohasida … ishlarni bajaradi. Metodik va me’yoriy xujjatlarni, texnik xujjatlarni ishlab
chiqadi. Standartlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etadi. Texnik
xujjatlarni ekspertizasini amalga oshiradi va jihozlar holati va ekspluatatsiyasi ustidan
kuzatuv va nazoratni amalga oshiradi. O‘rnatilgan talablar, amaldagi me’yor, qoida va
standartlarga rioya etilganligini kuzatadi.
Bilish kerak: ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan texnik vositalar ishlash
prinsipi, texnik tavsifini; texnik xujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish bo‘yicha
amaldagi standartlar, texnik shartlar, qoidalar va yo‘riqnomalarni…”
Asos sifatida berilgan me’yoriy xujjatlarni muhandis oldida turgan,
standartlashtirish, ishlab chiqarishini metrologik ta’minoti bilan bog‘liq va
chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi kasbiy masalalarni olamiz.
Qoida tariqasida
loyihalash-konstruktorlik faoliyati
mahsulotlarning eskizi,
texnik, ishchi loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek boshqa, mexanik, texnologik,
ekspluatatsion, iqtisodiy va estetik parametrlarni hisobga olib, boshqa konstruktorlik
va texnologik xujjatlarni ishlab chiqishdan iborat.
Ishlab chiqarish texnologik jarayon
texnologik jarayonlarni rejalashtirish va
amalga oshirish, jixozlarni sinash, montaj qilish va sozlash, chiqarilayotgan mahsulot
sifatini o‘lchash va nazorat qilishdan iborat. Muhandisning kasbiy faoliyatining ushbu
turning dastlabki materiali buyumlar yaratiladigan moddiy resurslar hisoblanadi,
mahsuloti esa – tayyor texnik qurilmalar. Muhandisning funksiyasi (vazifasi) buyumni
ishlab chiqarish tashkil etish va tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqarishdan iborat.
Muha
nd
isn
ing
kas
b
iy
fao
li
yat
i t
u
rl
ar
i
Loyihalash-
konstruktorlik
Ishlab chiqarish
texnologik
Tashkiliy-boshqaruv
Ilmiy tadqiqotchilik
ekspluatatsion
Ishlab chiqarish
jarayonini
aniqligini
me’yorlash va
metrologik taminoti
Mashinasozlik
ishlab chiqarish
mahsuloti sifati
554
Ushbu ishda me’yoriy xujjatlar muhim ro‘l o‘ynaydi, chunki alohida texnologik
jarayonlar xalqaro, davlat standartlari yoki tashkilot standartlarida izohlangan.
Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati
mashinasozlikning mahsulotlari va yangi
texnologiyalarini ishlab chiqilishini nazarda tutadi, yuqori darajadagi aniqlik bilan
texnik eksperementlarni o‘tkazish, ishonchlilik va takrorlanuvchanlikni nazarda tutadi.
Buning uchun mavjud me’yor va qoidalarni mukammal bilish zarur va ilmiy-texnik
taraqqiyot yutuqlarini hisobga olib va istemolchilarning sifat sohasidagi talablari va
kutishlarini oshirishni hisobga olib yangini yaratish uchun ijodiy tafakkurga ega
bo‘lish zarur.
Ekspluatatsion faoliyat
texnik tuzumlarni ekspluatatsiyasi, buyumlarning
ekspluatatsion xarakteristikalarini o‘lchashning metod va vositalarini tanlash bilan
bog‘liq. Bu holda tayyorlanayotgan mahsulotning erishilgan sifat darajasi haqida
axborotni olish maqsadida o‘lchashlarni bajarish malakasi zarur.
Shunday qilib me’yoriy-metrologik kompetensiyani shakllanishi natijasida
talaba:
1.
Standartlashtirish tizimi asoslarini bilish, o‘zaro almashuvchanlik tamoyillari,
metrologik ta’minot parametrlari va mohiyatini aniqligini me’yorlashni ko‘rsatishi
kerak;
2.
Texnika va texnologiya sohasida zamonaviy yutuqlarni baholash, ushbu
bilimlar kontekstida kasbiy axborotni mustaqil izlash va tahlil qilishni amalga oshira
olishi kerak;
3.
Sanoat mahsulotining sifati va raqobatbardoliligini ta’minlash uchun
me’yoriy hujjatlar talablarining rioya etilishini muhumligini tushunganligini ko‘rsatish
kerak;
4.
Mahsulot sifatini baholash uchun o‘lchash axborotini olish maqsadida kasbiy
bilim va tajriba sintezini amalga oshirishi kerak;
5.
O‘zining bilim va malakalarini shunday tarzda qo‘llash kerakki, yechish
usullarini tanlashni va turli tumanligini nazarda tutuvchi me’yoriy-metrologik
xarakterdagi kasbiy masalalarni yechish uchun qo‘llashi kerak;
6.
Korxonaning strukturaviy bo‘limi darajasida standartlashtirish va metrologik
ta’minot sohasida ishlarni bajarishi natijasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi
kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Nosirov J.N. Noaniqlik konsepsiyasi – o‘lchashlarning sifatini xalqaro tan
olingan mezoni va o‘lchovidir. “Fan va texnika taraqqiyotida intellectual yoshlarning
o‘rni” mavzusidagi yoshlarning Respublika ilmiytexnikaviy anjumani. Tezislar
to‘plami. Тoshkent-2020 y. 137-139 betlar.
2.
Nosirov J.N. Umumkasbiy fanlar bo‘yicha yaratiladigan electron o‘quv
adabiyotlar mazmunini konstruksiyalash texnologiyasi //JizPI XABARNOMASI –
2022 yil 1 (10) son. 71-77.
3.
Nosirovich A.N. et al. CYBERSPACE IN THE REAL WORLD //Journal of
Academic Research and Trends in Educational Sciyences. – 2022. – T. 1. – №. 10. –
S. 410-414.
555
4.
Nosirov
J.
Bo‘lajak
muhandislarning
me’yoriy-metrologik
kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy jihatlari//O‘zMU XABARLARI – 2023
yil 1/6 son. 134-137.
5.
Равен Дж. Компетентность в современном обществе: выявление,
развитие и реализация [Текст] / Дж. Равен. - М., 2002. - 396с.
6.
Сергеев А.Г. Метрология [Текст] / А.Г. Сергеев. - Москва: Логос, 2005.
- 272 с
7.
Марков Н.Н. Метрологическое обеспечение в машиностроении [Текст] /
Н.Н. Марков. - М.: Изд-во «Станкин», 1995. -468 с.
OʻSMIRLARDA DESTRUKTIV XULQ KOʻRINISHLARINI
SHAKLLANISHI
Komilova Aziza Sunnatullaevna
Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
Maxmudova Xurshida Mirzabek qizi
Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o’smir yoshdagi o’quvchilarda kuzatiladigan
xulq-atvor ko’rinishlarini shakllanishi, ularni shakllanishiga sabab bo’luvchi omillarni
aniqlash va shuningdek, ularga to’g’ri diagnoz qo’yish va ular bilan korreksiya ishlarini
olib borish usullari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit soʻzlar:
destruktiv xulq, deviant tur, eros, tanatos, libido, ong va ongsizlik,
jazirama issiq, fazoil nutqiya, fazoil xulqiya, anomiya.
Destruktiv xulq muammosi 20-asrning o‘rtalarida shakllangan. Psixologik
yondoshuv shaxsning og‘ishgan xulqidagi alohida ko‘rinishlarini ijtimoiy-psixologik
tafovutini ajratishga asoslangan. Destruktiv xulq- jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy
xulq ko’rinishlariga zid bo’lgan har qanday muqobil fikrlarni inkor etishga
yo’naltirilgan xulq ko’rinishidir.
Destruktiv xulq 2 asosiy turlarda namoyon bo‘ladi
1. Delinkvent tur —jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy xuquqiy me’yorlarga
qarama qarshi bo‘lgan xatti — harakatlarga xulqning yo‘nalganligi maishiy oilaviy
nizolar, yo‘l transport xodisalari, qo‘pollik
2. Deviant tur —jamiyatda qabul qiliingan axloqiy me’yorlarga qarama —
qarshi xulqiy ko‘rinshlarni namoyon etish [alkogolizm, suitsid narkomaniya] mexr
muxabbatga ega bo‘lmaganligi.
Destruktiv xulq bolalikdagi salbiy emotsional kechinmalar, ota onaning bolaga
nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida zarur vaqtlarda ulardan etarli darajada
mexr muxabbatga ega bo‘lmaganligi, nasliy omillar bo‘lishi ham mumkin. Bundan
tashqari quyidagi sabablar ham aloxida e’tibor talab qiladi:
•
Psixik sog’lomlik xolati xayot davomida qo‘zg’ovchi omillar ta’sirida o‘zgarib
turishi mumkin