Ferula l. изучить химический состав видов

CC BY f
258-260
0
2
Поделиться
Муродова, С., & Нематова, М. (2023). Ferula l. изучить химический состав видов. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 258–260. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25698
Сайёра Муродова, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека Джизакский филиал

b.f.d., prof.

Малохат Нематова, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека Джизакский филиал

tayanch doktorant

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Kovrak turkumi vakillarinining shifobaxshlik xususiyatlari bevosita ularning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq. Shu sababli, turkum vakillarining kimyoviy tarkibini ko‘plab olimlar o‘rganib kelishmoqda. Ushbu maqolada Ferula L. turkumi vakillari o‘zida saqlagan muhim kimyoviy birikmalar va ularning o‘rganilishi haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

Похожие статьи


background image

258

FERULA L. TURKUMI TURLARINING KIMYOVIY TARKIBINI

O‘RGANISH

b.f.d., prof. Murodova Sayyora Sobirovna,

tayanch doktorant Ne’matova Malohat Abdurasulovna

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, O‘zbekiston

malohat.biotex@jbnuu.uz

Annotatsiya:

Kovrak turkumi vakillarinining shifobaxshlik xususiyatlari

bevosita ularning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq. Shu sababli, turkum vakillarining
kimyoviy tarkibini ko‘plab olimlar o‘rganib kelishmoqda. Ushbu maqolada

Ferula

L.

turkumi vakillari o‘zida saqlagan muhim kimyoviy birikmalar va ularning o‘rganilishi
haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

Tayanch so‘zlar:

Ferula, kumarin, seskviterpenli lakton, terpenoid, murakkab

efir, gummosin, ferulik kislota.

Ferula

L. turkumi turlari tarkibini o‘rganish o‘tgan asrning elliginchi yillaridan

boshlangan (Кирьялов, 1948; Пигулиевский ва б.,1950).

Kovrak turlarining tarkibidagi kumarin va seskviterpen kumarinlar.

Foydali

o‘simliklarni izlab topish va kimiyoviy tarkibini o‘rganish ulardan yangi-yangi
preparatlar yaratib, ishlab chiqarishga joriy etishga imkon beradi.

Apiaceae

oilasi, shu

jumladan

Ferula

L. turkumi vakillar biologik faol moddalar manbai hisoblanib, ular

ko‘pchilik olimlarni qiziqtirib kelgan (Никонов, 1959; Кирьялов, 1965; 1968;
Багиров ва б., 1976). Bu turkum turlari efir-moyli, yem-xashak, asalchil, shifobaxsh,
kraxmal-qand beruvchi, aromatik, ozuqabop va texnika o‘simliklari hisoblanadi.

Agar o‘tgan asrning 60-yillarida sobiq ittifoq hududida o‘sadigan

Ferula

L.

turkumining 15 turi o‘rganilgan bo‘lsa, hozirda 100 turdan ortiq o‘simlik turlari
kimyoviy jihatdan o‘rganilgan.

Ferula

L. turkumi turlari seskviterpenoidli moddalar

saqlashi aniqlandi. Bundan 63 turi tarkibida terpenoidli kumarinlar, 56 turi murakkab
efirlar va 16 turi seskviterpenli laktonlar saqlaydi (Багиров ва б., 1976). Цукерваник
ва б. (1935), Саидходжаев ва б.,(1991 ), Раҳмонқулов ва б., (1999),Abd - El - Rani
et al, (2009) va boshqalar bu o‘simlikning tarkibini o‘rganishgan. O‘simlik tarkibidan
quyidagi

seskviterpen

kumarinlari

ajratib

olingan:

umbelliprenin,

5-

hydroxyumbelliprenin,

tadshiferin,

asakumarin

A,

8-acetoxy-5-5-

hydroxyumbelliprenin, asakumarin B, assafoetidin, franesiferol A, franesiferol B
franesiferol C, galbanik kislota, conferol, gummosin, assafoetidinol A, assafoetidinol
B, (Nassar et al.,1995; Abd-El-Razek et al.,; 2007; Appendino et al., 2006; 1993 Lee
et al.,2009).

Shuningdek, seskviterpenli kumarinlardan ferocaulicin,

epi-

samarkandin,

epi-

samarkandin asetat, kamolonollar olingan (Nassar et al.,1995; Nazar and Mohamed,
1998; Abd-El-Razek et al., 2007).

O‘simlik yelimi (smolasi) dan esa foetidin, saradaferin, 10-R-acetoxy-11-

hydroxyumbelliprenin, 10-R-karatavicinol,

metylgalbonat, lehmferin,

feselol,

ligupersin A,

epi-

conferdion, microlobin, poyanthinin va umbelliferonlardan iborat


background image

259

seskviterpenli kumarinlar olingan (Budrus Abd-El-Razek et al.,; 2001; Banduopadhyay
et al., 2006).

Ferula

L. turkumi turlarining kimiyoviy tarkibi O‘simlik moddalari kimiyosi

instituti olimlari G.K. Nikonov, A.I.Saidxodjaev va V.M. Malikovlar tomonidan 1970
- yillardan boshlab chuqur o‘rganishga kirishildi.

1970 - 1980 yillar davomida O‘rta Osiyoda o‘sadigan

Ferula

L. turkumi

turlarining 50 tasini kimyoviy tarkibi o‘rganilib, ulardan 250 ga yaqin terpenoidli
moddalar ajratib olingan (Саидходжаев ва б., 1974; Сагитдинова ва б., 1977, 1978;
Мелибаев, Рахманкулов, Саидходжаев, 1980).Ular

Ferula

L. turkumining 90 dan

ortiq turlari tarkibida seskviterpenoidli moddalar uchrab, shundan 55 tur terpenoidli
kumarinlar (56,0 %), 34 tur murakkab efirlar (35,0 %), 15 tur esa seskviterpenli
laktonlar (20,0 %) uchrashini aniqladilar.

O‘rta Osiyoda uchrovchi

Ferula

L. turkumi turlarini kompleks o‘rganish

natijasida ulardan yangi-yangi dorivor preparatlar yaratilmoqda (Саидходжаев ва б.,
1974; Мелибаев ва б.,1980; Маликов ва б., 1998; Курмуков, Ахмедходжаева,
1994).

F. tenuisecta

o‘simligi estrogen xususiyatga ega moddalar saqlashi aniqlandi va

shu asosda ginekologiyada qo‘llaniladigan tefestrol va veterinariyada ishlatiladigan
panoferol preparatlari yaratildi.

Kovrak turkumi turlari terpenoid hosilalari manbai.

O‘zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasiga qarashli O‘simlik moddalari kimiyosi instituti olimlari 30 yildan
ortiq O‘rta Osiyo, shu jumladan G‘arbiy Tyon-Shon florasining o‘simliklari
terpenoidlar hosilalari saqlashini o‘rganib, tarkibida kumarinlar, seskviterpenli
laktonlar va terpenoid va seskviterpenli spirtlarning murakkab efirlari saqlashini
aniqladilar (Саидходжаев, 1979;Раҳмонқулов, 1999).

O‘simliklardan olingan bu birikmalar guruhiga: terpenoidli kumarinlar,

terpenlarning va seskviterpenlarning aromatik va alifatik kislotalari va ularning
murakkab efirlari, hamda seskviterpen laktonlari kiradi. Bu uchala guruh birikmalari
tarkibiga seskvirterpen qoldig’i C

15

H

19-27

O

1-4

kiradi (Саидходжаев, 1979).

1-grafik

Ferula

L. turkumining terpenoid saqlovchi turlari


F. asafetida

o‘simligidan oltingugurt saqlovchi moddalar 2-butyl 1-propenyl

disulfid, 1(methylthio) prpyl 1-prpoenyl disulfd va 2-butyl 3-2-propenyl disulfidlar
olingan (Takeoka, 2001).

Terpenoid kumarinlar

Murakkab efirlar

Seskviterpenli laktonlar


background image

260

Shuningdek bu o‘simlik 2-metyl-2-propanethiol, 2,3-dimethylthilrane, 1-methyl

disulfide, S-methyipropanerhioat, 2-butan, 3.3-d-imethyilthiophen, methy(Z)-1-
propenyl disulfid, methyl (E)-1propenyl disulfd, dimehtyl trisulfif trimethylthiophene
, 2-butyl vinil disulfid, 2-butyl ethyldisulfid, 2-butyl propyl disulfid, metyl 1-ethyl
disulfid,1- propyl disulfid, 1-propy1 1-propenyl disulfidlar saqlashi aniqlangan
(Rajanikanth et al., 1984; Lee et al.,2009; Duan et al., 2002).

Shuningdek boshqa moddalar - diterpenlar, acrelatlar, seskviterpen taraxacin,

fetdon A, fetidon B, oleic acid, b-sitsterol, galaktosa, arabinosa, glukonat kislota,
rhamnosa, ferulik kislotalar ajratib olingan (Пангарова ,Запесочная,1975;1996; Lee
et al., 2009).

O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari 50 tur o‘simlikdan 24 tasi

tеrpеnoidli kumarin, 20 tasi murakkab efirlar, 6 tasi laktonlar saqlashini aniqlashgan.
(Раҳмонқулов,1999;Саидходжаев, 1984).

Xulosa qilib aytganda,

Ferula

L. turkumi turlari biologik faol moddalarga boy

bo‘lib, ulardan dorivor preparatlar manbai sifatida foydalanish mumkin. Ushbu muhim
kimyoviy birikmalarning miqdorini oshirishda o‘simlikning biotexnologik
potensialidan foydalanish, ulardan yangi-yangi preparatlar yaratib, ishlab chiqarishga
joriy etish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Abd El-Razek, M.H.2007.A new ester isolated from

Ferula assa-foetida

L.

Bioscience, Biotechnology and Biochemistry 71,2300-2303.

2.

Duan,H. et.all., 2002.Polysulfide derivatives from Ferula foetida.Journal of

Natural Products 65,1667-1669.

3.

Lee,J.H. et. all., 2010. Herbal compound farnesiferol C exerts antiangiogenic

and antitumor activity and targets multiple aspects of VEGER1(Flt1)or VEGER2
(Flk1)signaling cascades. Molecular Cancer Therapeutics 9,389-399.

4.

Nassar,M.I.,Abu-Mustafa,E,A.,Ahmed,A.A.,1995. Sesquiterpene coumarins

from Ferula assafoetida L.Pharmazie 50,766-767.

5.

Pangarova,T.T.,Zapesochnaya,G.G.,1975.Flavonoids of Ferula assafoetida.

Chemistry of Natural Compounds 9,768.

6.

Rajanikanth,B.,Ravindranath,B.,Shankaranarayana,M.L.1984.Volatile

polysulphides of asafetida.Phytochemistry 23,899-900.

7.

Раҳмонқулов У., Мелибоев С. Некоторые биологические особенности

Среднеазиатских видов рода

Ferula

L. // Биологические особенности и

распространение перспективных лекарственных растений. – Ташкент, 1981. -
С.31-61.

8.

Саидходжаев А.И. Сесквитерпеноидновые производные рода

Ferula

L.

// Химия природ. соедин. 1979. 4. С. 332-336.

9.

Саидходжаев А.И. Терпеноидные растения рода

Ferula

L. Автореф. дисс.

доктор. хим. наук. 1984. 26 с.



Библиографические ссылки

Abd El-Razek, M.H.2007.A new ester isolated from Ferula assa-foetida L. Bioscience, Biotechnology and Biochemistry 71,2300-2303.

Duan,H. et.all., 2002.Polysulfide derivatives from Ferula foetida.Journal of Natural Products 65,1667-1669.

Lee,J.H. et. all., 2010. Herbal compound farnesiferol C exerts antiangiogenic and antitumor activity and targets multiple aspects of VEGER1(Flt1)or VEGER2 (Flk1)signaling cascades. Molecular Cancer Therapeutics 9,389-399.

Nassar,M.I.,Abu-Mustafa,E,A.,Ahmed,A.A.,1995. Sesquiterpene coumarins from Ferula assafoetida L.Pharmazie 50,766-767.

Pangarova,T.T.,Zapesochnaya,G.G.,1975.Flavonoids of Ferula assafoetida. Chemistry of Natural Compounds 9,768.

Rajanikanth,B.,Ravindranath,B.,Shankaranarayana,M.L.1984.Volatile polysulphides of asafetida.Phytochemistry 23,899-900.

Раҳмонқулов У., Мелибоев С. Некоторые биологические особенности Среднеазиатских видов рода FerulaL. // Биологические особенности и распространение перспективных лекарственных растений. – Ташкент, 1981. - С.31-61.

Саидходжаев А.И. Сесквитерпеноидновые производные рода Ferula L. // Химия природ. соедин. 1979. 4. С. 332-336.

Саидходжаев А.И. Терпеноидные растения рода FerulaL. Автореф. дисс. доктор. хим. наук. 1984. 26 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов