O‘quvchilarga sun’iy intellekt dasturlarni yaratish texnologiyasini o‘rgatish

CC BY f
12-16
12
16
Поделиться
Кодиров, Х., & Норматов, С. (2022). O‘quvchilarga sun’iy intellekt dasturlarni yaratish texnologiyasini o‘rgatish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4), 12–16. https://doi.org/10.47689/STARS.uni-versity-pp12-16
Хусниддин Кодиров, Джизакский государственный педагогический университет

Магистрант

Султон Норматов, Научно-исследовательский институт по изучению проблем и установлению перспектив народного образования имени А. Авлони

Докторант фонда

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyasining ijtimoiy hayotga ta’siri o‘rganildi, kasbiy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilindi, kelgusi kasbiy faoliyatga ta’siri baholandi va sun’iy intellektni maktabda o‘qitish bo‘yicha yondashuvlar o‘rganildi. Hamda o‘rgatish jarayonini amaliy masalalar yechish orqali samarali tashkil etish aniqlandi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

12

Annotatsiya:

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyasining ijtimoiy hayotga ta’siri

o‘rganildi, kasbiy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilindi, kelgusi kasbiy faoliyatga ta’siri baholan-
di va sun’iy intellektni maktabda o‘qitish bo‘yicha yondashuvlar o‘rganildi. Hamda o‘rgatish
jarayonini amaliy masalalar yechish orqali samarali tashkil etish aniqlandi.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, maktabda o‘qitish tizimi, kasbiy faoliyat, Python, STT, TTS,

Windows, gTTS.

Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim sohasining turli bosqichlari-

da uni o‘qitishni taqozo etmoqda. XX asrning 50-yillarida jadal rivojlanishni bosh-
lagan sohaning bugungi kunda sanoat, sog‘liqni saqlash, moliya, qishloq xo‘jaligi,
davlat boshqaruvi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa sohalar bilan integratsiyasi ku-
zatilmoqda. Shuningdek,

“kasblarning 60 foizi raqamli rivojlanish (sun’iy intellekt

asosiy o‘rinda) natijasida avtomatlashtirilishi mumkin” [1]. Bu esa maktab ta’limi-
dan boshlab sun’iy intellekt va u bilan bog‘liq zamonaviy texnologiyalarni o‘quv-
chilarga o‘rgatishni talab qiladi. Sun’iy intellektning kasbiy faoliyatga ta’sirini o‘r-
ganishga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar bir xil vazifalarni takrorlashga oid
kasblarni sun’iy intellekt to‘liq egallashini taxmin qilishadi [2]. Shu bilan birga,
sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar ko‘plab kasb vakillari uchun ish sama-
radorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy vosita bo‘ladi. Sun’iy intellektni rivo-
jlantirishga ko‘plab mamlakatlar jiddiy e’tibor qaratishmoqda. Xususan, 2016- va
2018-yillar oralig‘ida yigirma oltita davlat sun’iy intellekt siyosatini rivojlantirish
bo‘yicha o‘z dasturlarini e’lon qildi. Yurtimizda esa ayni jarayon bo‘yicha 2021-yil
17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharo-
itlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4996-sonli Qarori, 2021-yil 26-av-
gustdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5234-sonli Qarori kabi huquqiy hujjatlarda
respublikamizdagi barcha sohalarda SI texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha asosiy
yo‘nalishlar belgilandi. Bu esa bevosita maktab ta’limida ham sun’iy intellekt texno-
logiyalarini o‘qitishning dolzarbligini belgilaydi.

QODIROV HUSNIDDIN

Magistrant, Jizzax davlat
pedagogika universiteti
ilm2025@mail.ru

NORMATOV SULTON,

Tayanch doktaranti,
A.

Avloniy milliy-tadqiqot

instituti
normatov.sulton.90@mail.ru

O‘QUVCHILARGA
SUN’IY INTELLEKT
DASTURLARNI
YARATISH
TEXNOLOGIYASINI
O‘RGATISH

https://doi.org/10.47689/STARS.uni-
versity-pp12-16


background image

STARS International University

13

Maktabda sun’y intellektni o‘qitish o‘quvchilarda sun’iy intellektga oid dasturlar-

dan foydalanish va sun’iy intellekt elementlari mavjud bo‘lgan sodda dasturlarni ya-
ratish ko‘nikmasini sun’iy intellekt axloqi doirasida shakllantirishga e’tibor qaratish
lozim. Axborot texnologiyalari doirasida sun’iy intellektni o‘qitish jarayonini to‘g‘ri
tashkil etish yurtimizda ayni soha bo‘yicha yetuk mutaxassislar yetishishiga turtki
bo‘lishi mumkin. Bu esa Avstraliyaning CSIRO tadqiqot markazi tomonidan e’lon
qilingan iqtisodiyotda eng zarur bo‘lgan kelajakdagi ko‘nikmalar: fan, dizayn texno-
logiyasi, muhandislik, matematika, dasturlash, tizim tahlili, tanqidiy fikrlash va kom-
pyuterdan foydalanish qobiliyatlari bilan bog‘liq kasblarning yuqori o‘sish potensia-
liga parallel bo‘lgan mutaxassislarning mehnat faoliyatini kafolatlaydi.

Sun’iy intellekt elementlaridan birida ishlovchi sodda dasturlarni yaratish uchun

muqobil dasturlash tili sifatida Pythonni o‘rgatish mumkin. Yurtimiz maktablarining
9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan informatika darsliklarida ham ayni dasturlash
tili bo‘yicha atroflicha bilim berilganligini hisobga olsak, uning ta’limdagi uzviylik
tamoyiliga mos tushishini ko‘rishimiz mumkin. Quyida maktabda o‘quvchilarga TTS
(Text-To-Speech (matnni ovozlashtirish)) va STT (Speech-To-Text (Ovozli ma’lu-
motlarni matn ko‘rinishiga o‘tkazish)) kabi sun’iy intellektning nutqni tanib olish
(Speech recognition) elementi asosida ishlovchi dasturlar yaratish jarayoni ko‘rib
chiqiladi.

Pythonda TTS dasturini yaratish.

Dastlab Python orqali Google dasturi imkoni-

yatidan foydalanib, TTS dasturini yaratish jarayoni bilan tanishib chiqamiz. Gtts be-
vosita Python bilan integratsiya qila oluvchi va internet orqali Googlening TTS funk-
siyalarini Pythonga bog‘lovchi modul hisoblanadi. Bu modulni Pythonga o‘rnatish
uchun Windows OT (Operatsion tizim)dan cmd.exe konsulini ishga tushiramiz va
unga “pip install gtts” buyrug‘ini kiritamiz. Bu yerda, albatta, bizda internet ishlayo-
tgan bo‘lishi kerak. So‘ngra cmd.exe oynasida quydagi jarayonlar amalga oshiriladi:

1-rasm. CMD oynasi.

Demak, biz uchun kerak bo‘lgan gtts modulni Python bin fayllariga avtomatik o‘r-

natish amalga oshirilib bo‘lindi. Endi Pythonda gtts operatorlaridan foydalanishimiz
mumkin. Dasturni tuzish jarayonida gtts modulini import qilib olishimiz talab etiladi.
Modul ishga tushgandan so‘ng uning gTTS funksiyasini ham import qilish talab eti-
ladi. Qolgan dastur kodlari quyida keltirilgan:

import

gtts

import

os

from

gtts

import

gTTS

#Audio holatiga o‘tkazilishi kerak

bo‘lgan textni kiriting

text =

‘Pythonda matnlarni ovoz korinishiga utkazish jarayo-


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

14

ni’

# Tilni tanlang

language =

‘en’

#Bitta modulga birlashtirish va matni tez uqish-

ga sozlash

myobj = gTTS(text=text, lang=language, slow=

False

)

#Yaratilgan audio

faylni nomi bilan saqlash

myobj.save(

“dars_1.mp3”

)

#yaratilgan audio faylni ishga

tushirish

os.system(

‘dars_1.mp3’

)

#from gtts import gTTS bu kodni qisqacha gtts.

gTTS kabi # o‘zgaruvchi bilan yozib ketish mumkin #quyda misol

tts = gtts.gTTS(-

text=

‘Hello‘

, lang=

‘en’

) tts.save (

“hello.mp3”

).

Pythonda # belgisidan keyin izoh yoziladi. Yuqorida dasturning har bir qatoriga

izoh berishga harakat qildik. Dastur text =

‘Pythonda matnlarni ovoz ko‘rinishiga

o‘tkazish jarayoni’

matnini audio ko‘rinishga o‘tkazib berdi.

Google platformasida bugungi kunda TTS va STT uchun ba’zi tillar qo‘shimcha

modellar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, ya’ni qo‘shimcha audio turlari uchun opti-
mallashtirilgan. Bular telefon qo‘ng‘irog‘i, kengaytirilgan telefon qo‘ng‘irog‘i va rivo-
jlangan video kabi xizmatlardir. Ushbu modullar audio manbalardan olingan nutqni
odatiy modelga qaraganda aniqroq qayta ishlaydi. Ba’zi til modellari bir yoki bir
nechta qo‘shimcha funksiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Albatta, bunday tillar iqti-
sodiy rivojlangan yoki dasturlash tillari yaxshi rivojlangan mamlakatlarga tegishlidir.
Ovozni yaxshilovchi 3 ta qo‘shimcha komponenta mavjud bo‘lib, bular quydagilar:

Tinish belgilarini avtomatik topish;

Karnay diarizatsiyasi (Beta);

Nutqning moslashuvchanligini oshirish (Beta);

To‘liq qo‘llab-quvvatlangan tillar: nemis, ingliz, yapon, fransuz, italyan, xitoy til-

lari hisoblanadi. Umumiy STT bo‘yicha 120 ta tillardan turli aniqlikda foydalanish,
TTS dan esa nisbatan kamroq tillar guruhidan foydalanish mumkin. Bunga matnni
ovozga o‘tkazish jarayoni murakkabligi sabab bo‘lishi mumkin. Agar dasturchi yoki
ixtiyoriy foydalanuvchi Googlening STT yoki TTS imkoniyatlaridan foydalanmoqchi
bo‘lsa, Google tomonidan tuzilgan tillarning maxsus kodlaridan foydalanishi shart.
Masalan:

1-jadval.

Davlat tillari va belgilari

T/r

Davlatlar tillari

Google STT belgisi

1.

Rus (Rossiya)

ru-RU

2.

Turk (Turkiya)

tr-TR

3.

O‘zbek (O‘zbekiston)

uz-UZ

4.

Yapon (Yaponiya)

ja-JP

5.

Fransuz (Fransiya)

fr-FR

6.

Ingliz (AQSh)

en-US

Demak, ma’lum bir tildan foydalanganda, uning maxsus kodi ko‘rsatilishi lozim.

Pythonda STT dasturini yaratish.

Pythonda ovozli ma’lumotni matn ko‘rinishiga

o‘tkazishni, ya’ni STT ni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun Pythonga SpeechRecogniti-
on va PyAudio modullarini o‘rnatishimiz lozim. Bu jarayon yuqorida gtts kabi amalga


background image

STARS International University

15

oshiriladi. cmd.exe oynasiga pip install SpeechRecognition yoziladi va Enter tugma-
si bosiladi. Modul avtomatik ravishda internetdan yuklanadi va o‘rnatiladi. So‘ngra
pip install PyAudio kodini davomidan yozamiz va yana Enter tugmasini bosamiz.
Quyida o‘rnatilish jarayoni tasviri keltirilgan:

2-rasm. CMD oyansi.

SpeechRecognition va PyAudio modullari kompyuterning ovoz yozish qurilmasi,

Googlening STT sintezatori va Python dasturlash tilini o‘zaro bog‘lash orqali natija-
ga olib keladi. TTS dasturida bo‘lgani kabi bu yerda ham dastur tuzish jarayonida,
avvalo, SpeechRecognition va PyAudio modullarini import qilamiz. Quyida sodda
STT dasturining kodlarini keltirib o‘tamiz:

__author__ =

‘NORMATOV S.’ import

speech_recognition

as

stt r = stt. Recog-

nizer()

with

stt.Microphone()

as

source: print(

“Gapirishni boshlang, vaqt ketdi”

);

audio = r.listen(source) print(

“Vaqt tugadi. Rahmat”

)

try:

print (

“Text:”

+ r.recog-

nize_google(audio));

except:

pass

;

Dasturni ishga tushirganimizda quyidagicha natijaga ega bo‘lamiz:

3-rasm. Dastur natijasi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

16

Dasturning “gapirishni boshlang, vaqt ketdi” degan yozuvidan so‘ng “Ramazonu

karim”, deb aytdik, Googleda avtomatik tanlov ingliz tilida bo‘lganligi sababli biz ay-
tgan gapni

Text: Ramadan Kareem

ko‘rinishida matn holatida tasvirlab berdi. Goog-

lening STT bilan ishlovchi tillar ro‘yxatida o‘zbek tili ham mavjud. Shunday ekan, qu-
yidagi dasturda o‘zbek tilida audio ma’lumotni matn ko‘rinishiga o‘tkazishni amalga
oshiramiz. Buni amalga oshirish juda oddiy, buning uchun yuqoridagi kodimizning
faqatgina quyidagi qismini o‘zgartirishimiz talab etiladi.

print(

“Text:”

+ r.recognize_google(audio, language=

‘uz-UZ’

));

Ya’ni faqat language=

‘uz-UZ’

kodini dasturga qo‘shdik. Dasturni ishga tushiramiz

va quyidagi natijaga ega bo‘lamiz. Bu safar “O‘zbekiston-mening vatanim” jumlasini
aytdik. Dastur esa biz kutgandan yaxshiroq natija berdi. Ya’ni dastur natijasida imlo
qoidalari bo‘yicha ikkita xato bo‘ldi. O‘zbekiston so‘zidagi ‘ belgi va katta O harfi
o‘rniga kichik o harfi matn holatida namoyon bo‘ldi.

Python dasturida online holatda ishlovchi TTS va STT dasturlarini ko‘rib chiqdik.

Endi offline ishlovchi dasturni tuzamiz. Pythonda offline ishlovchi TTS dasturlarni
quyidagi 3 xil yo‘l bilan tuzishimiz mumkin:

1. Windows SAPI bilan bog‘lanuvchi pywin32 moduli yordamida.
2. Pythonning Pyttsx yordamchi moduli (sintezator) yordamida.
3. Espeak sintezator dasturining pPython bilan bog‘lanuvchi moduli yordamida

(bu usul Mac OT bilan Windows OT da ishlamaydi. Faqat Ubuntu OT da ishlaydi).

Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchilar va o‘quvchilar sun’iy intellekt asoslarini mus-

taqil o‘rganish va o‘z amaliy tajribalarini oshirishda yuqoridagi dasturiy yechimlar-
dan foydalanishlari mumkin. Informatika darslari doirasida yoki sinfdan tashqari fa-
oliyatda sun’iy intellekt va uning elementlarini o‘qitish yurtimizning kelgusi taraqqi-
yotiga hissa qo‘shadi.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. UNESCO. 2021-y. “Understanding the impact of artificial intelligence on skills

development”. ISBN: 978-92-3-100446-9.

2. NITI Aayog. 2018. National Strategy for Artificial Intelligence Discussion Pa-

per: Accessed: https://niti.gov.in/writereaddata/files/document_publication/ Nati-
onalStrategy-for-AI-Discussion-Paper.pdf.

3. https://github.com/RapidWareTech/pyttsx.
4. https://pypi.org/project/py-espeak-ng/.
5. https://stackoverflow.com/questions/38540005/how-to-convert-text-to-

speech-in-python-3-5-on-windows-10.

Библиографические ссылки

UNESCO. 2021-y. “Understanding the impact of artificial intelligence on skills development”. ISBN: 978-92-3-100446-9.

NITI Aayog. 2018. National Strategy for Artificial Intelligence Discussion Paper: Accessed: https://niti.gov.in/writereaddata/files/document_publication/ NationalStrategy-for-AI-Discussion-Paper.pdf.

https://github.com/RapidWareTech/pyttsx.

https://pypi.org/project/py-espeak-ng/.

https://stackoverflow.com/questions/38540005/how-to-convert-text-to-speech-in-python-3-5-on-windows-10.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов