Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shart- sharoitlari

CC BY f
90-95
69
12
Поделиться
Ахмедов, М.-У. (2023). Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shart- sharoitlari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 90–95. https://doi.org/10.47689/.STARS.university-pp90-95
Мухомод-Умар Ахмедов, Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами

доцент кафедры изобразительного искусства

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada amaliy san’atning ahamiyati va bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ilm-fanga berilayotgan e’tibor, xususan, amaliy san’atdan yog‘och o‘ymakorligi to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish, fanni o‘qitish orqali yoshlarni xalqimiz tarixidan boxabar qilish, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usini o‘stirish omillari haqida fikr yuritilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

90

Annotatsiya:

Maqolada amaliy san’atning ahamiyati va bugungi kunda oliy ta’lim muas-

sasalarida ilm-fanga berilayotgan e’tibor, xususan, amaliy san’atdan yog‘och o‘ymakorli-
gi to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish, fanni o‘qitish orqali yoshlarni xalqimiz tarixidan
boxabar qilish, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usini o‘stirish omillari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

amaliy san’at, tasviriy san’at, o‘ymakorlik, ta’lim, tarbiya, asar, buyum, rang,

go‘zallik, nafosat, an’ana, qadriyat, kamolot, talqin, ijod, falsafiy g‘oya, ramz, madaniyat,
ma’naviyat, ma’rifat, yo‘nalish.

Yoshlarning ta’lim-tarbiyasida san’atning, xususan, tasviriy san’atning o‘rni va

ahamiyati beqiyosdir. San’at insonning madaniyatini, ma’naviyatini, dunyoqarashini
rivojlantiradi.

“Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda butun ma’rifatli dun-

yoni hayratga solib kelayotgan ilmiy meros faqat bir millat yoki xalqning emas, balki
butun insoniyatning ma’naviy mulki bo‘lib, bu bebaho boylik yangi va yangi avlodlar
uchun donishmandlik va bilim manbai, eng muhimi, yangi kashfiyotlar uchun mus-
tahkam zamin bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir”, – degan edi Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi o‘zgarishlarning muvaf-

faqiyati dastlab ta’lim-tarbiya mazmunini o‘zgartirish, uni davr talablari asosida yan-
gilash hamda ta’lim oluvchilarning ma’naviyati va intellektual salohiyati darajasining
yuksalishi bilan bog‘liqdir. Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekis-
ton Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son “2022–2026-yil-
larga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot trategiyasi to‘g‘risida”gi Far-
monining 4-bo‘limidagi 37–51-moddalarida ta’limga qaratilgan bir qator islohotlar,
jumladan, har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini
yaratish, kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 barobar oshirish, maktabgacha ta’lim tizimi-
da ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash,
ilmiy va amaliy yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yarat-

AXMEDOV MUXOMOD-UMAR
BAXRIDINOVICH,

Nizomiy nomidagi TDPU Tasviriy
san’at kafedrasi dotsenti

DARSDAN TASHQARI
MASHG‘ULOTLARDA
O‘QUVCHILARNING
IJODIY FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK SHART-
SHAROITLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp90-95


background image

STARS International University

91

ish, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish ta’lim sohasidagi
ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanadi.

Insoniyatning ma’naviy tarkibiy qismi san’atdir. U musiqa, teatr, kino, badiiy ad-

abiyot, xoreografiya, tasviriy va amaliy bezak san’ati kabi turlarni o‘z ichiga oladi.
San’atning har bir turi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni aks ettirishda har xil vositalar-
dan foydalanadi, musiqa – tovushlardan, tasviriy san’at – chizgilardan va hokazo.
Shu bilan birga, har bir san’at tur va janrlarga bo‘linadi. San’atning kishilar jamiyat-
idagi rolini aniqlash masalasi butun umr davomida keskin bahs, tortishuvlarga sabab
bo‘lib kelgan. Tasviriy san’at inson ongiga tezda ta’sir etib, unda ezgu hislar uyg‘ot-
adigan, kishini ruhlantirib, ma’naviy olamini boyitadigan san’at turlaridan biridir. Shu
bilan birga, tasviriy san’at inson shaxsining shakllanishiga va kamolotiga yordam
beradigan tarbiyachi hamdir.

Rasm chiza bilish va hamma masalalarga ijodiy yondashish barcha sohalarda

zarurdir. Ijodiy yondashish butunlay yangi g‘oyalar va tasavvurlarni vujudga keltira-
di, shaxsni badiiy rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi.

Sharq xalqlarining uzoq tarixida, hatto odamzod paydo bo‘lishining boshlang‘ich

davrlarida, masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida, quldorlik jamiyati tuzumida ham yosh
bolalarning, kelajak avlodning tarbiyasiga e’tibor berib kelingan. Ibtidoiy jamoa tu-
zumida dastlab yog‘ochlardan ayrilar, o‘tkir uchli nayzalar yasash va ular bilan ov
qilish o‘rgatilgan bo‘lsa, keyinchalik yog‘ochlardan turli tosh, jez, suyak kabilarga
dastalar o‘rnatish kabilar buyuk xalqimizning tarixi, ma’naviy, madaniy o‘tmishi bilan
bog‘liq bo‘lib, tasviriy va amaliy san’at juda ulkan qimmatga egadir. Sharq tasviriy
va amaliy san’ati tarixi jahonning shu turkumdagi ijodiy merosining salmoqli qismi
hisoblanadi.

Xalqning ichki dunyosini, hissiyotlari tug‘yonini biror buyum, material yoki qog‘oz-

da bo‘yoqlar, ranglar yoki o‘ymakorlik asosida aks ettirish, san’atkorlik darajasida
ifoda etish tasviriy va amaliy san’atning asosini tashkil etadi.

Tasviriy va amaliy san’at asarlari bizgacha turli ko‘rinishlarda yetib kelgan. Xusu-

san, odamzodning qadimgi turarjoylarida, g‘orlar devorlarida aks ettirilgan chizma-
lar, tasvirlar; turli buyumlarga loydan, toshdan, rangli materiallardan, suyaklardan,
yog‘ochlardan ishlangan asarlar; turli tarixiy obidalar, me’moriy binolardagi naqsh-
lar; tarixiy yodgorliklardagi ustunlar, eshiklar; xontaxtalar, lavhlar, kursilar. Alaloqi-
bat, tarixni o‘rganish, undan saboq va ibrat olish insoniyatni ulg‘aytiradi, ezgu ishlar-
ga undaydi, san’at taraqqiyotida esa muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, san’at va madaniyatda ham

katta burilish sodir bo‘ldi. San’at o‘z taraqqiyot yo‘liga chiqib oldi. San’at yo‘nalishini
rivojlantirish yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qilindi. O‘zbek milliy amaliy bezak
san’ati jahonga olib chiqildi. Amaliy-badiiy bezak san’ati san’atning teatr, kino musiqa,
tasviriy san’at turlari qatori mustaqil ahamiyat kasb etadi. U o‘z nomiga ko‘ra amali-
yotda, ya’ni turmushda qo‘llaniladigan bezak san’ati ma’nosini anglatadi. Amaliy-ba-
diiy bezak san’ati turli xil buyumlar, ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, ishlab
chiqarish korxonalari, o‘quv-tarbiyaviy muassasalar, sport va madaniy inshootlarni
bezatish bilan bog‘liqdir. Shuningdek, u kiyim-kechaklar, zargarlik buyumlari bezag-
ini ham o‘z ichiga oladi. Amaliy-bezak san’ati kishilar turmushida shunchalik keng
qo‘llaniladiki, usiz turmushni tasavvur etish qiyin.

Xalq amaliy san’ati asarlari odamlarning kundalik turmush ehtiyojlarini qondirish,

tevarak-atrofga, bog‘-rog‘lar, uylarning tashqi va ichki ko‘rinishiga go‘zallik kiritish-


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

92

ga xizmat qiladi. Bu san’at dastgoh san’atidan o‘zining bevosita xalq ehtiyojlariga
moslanganligi bilan farq qiladi va inson hayotida ishlatiladigan buyumlarning maz-
muni bilan bog‘lanadi. Amaliy bezak san’atida hayotdagi mavjud narsalar (masalan,
gullar, hayotiy lavhalar va hokazolar) aks etadi. Lekin ular mustaqil xususiyatga ega
bo‘lmasdan, ma’lum bir buyum mazmuni va shakli bilan bog‘lanib, uni bezashga
xizmat qiladi. Amaliy san’at buyumlari birmuncha erkin, ijodkor tafakkuri mahsuli
sifatida yaratiladi va u tevarak-atrofga fayz kiritishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan,
jimjimador ustun, eshik, darvozalar, devorlarning tashqi va ichki tomonlariga ishlan-
adigan rangli naqsh va bo‘rtma tasvirlarni bunga misol qilib keltirish mumkin.

Xalq amaliy san’ati juda qadim zamonda paydo bo‘lib, xalq hunarmandchiligi tar-

zida rivojlanib, san’atning eng tarixiy rivoj topgan va barhayot turi bo‘lib kelgan.

Xalq amaliy san’atining turlari juda ko‘p bo‘lib, ularga naqqoshlik, ganch va

yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, zardo‘zlik, kashtachilik kabilarni misol qilib keltir-
ishimiz mumkin.

“O‘ymakorlik – o‘yib naqsh solish kasbi; xalq amaliy san’atining eng qadimiy va

keng tarqalgan turlaridan (ganch, yog‘och, metall, suyak, tosh va b. o‘ymakorligi)
naqsh yoki biror tasvirni yog‘och, ganch, metall, tosh, suyak va boshqalarni o‘yib,
tirnab, chizib, bo‘rttirib, teshib ishlanadi. O‘ymakorlik namunalari bino qismlarini, uy-
ro‘zg‘or buyumlarini bezashda, haykalchalar yaratishda keng qo‘llaniladi”.

Yog‘och o‘ymakorligi esa o‘ymakorlikning keng tarqalgan turlaridan bo‘lib, Sharq

mamlakatlarida, jumladan, respublikamiz hududida juda taraqqiy etgan.

Amaliy san’atning juda keng va ko‘p tarmoqli sohalarida yog‘och o‘ymakorli-

gi ma’lum darajada salmoqqa egadir. Yog‘och o‘ymakorligi amaliy san’atning uy-
ro‘zg‘or buyumlari yasash, sanoat buyumlari, qurilish jihozlari, turli materiallarga
(yog‘ochga) o‘ymakorlik ishlov berish kabi sohalarida bevosita qo‘llaniladi. Ammo
ushbu muhim sohaning keng tarqalganligi, hayotimizda, turmushda va ishlab chiqa-
rishda keng qo‘llanilishiga qaramasdan, ta’lim-tarbiya tizimida o‘rganilishi darajasi
zamon talabiga mos emasligini ta’kidlab o‘tish joizdir.

Chunki hozirgi paytda respublikamizda amaliyotga joriy etilayotgan ta’lim-tar-

biya tizimida, jumladan, ushbu tizimning umumta’lim bosqichida bevosita yog‘och
o‘ymakorligidan doimiy ravishdagi o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmaydi. Amaliy
san’at ta’limining ko‘plab turlari kabi yog‘och o‘ymakorligi ham o‘quvchilarning sinf-
dan va maktabdan tashqari o‘quv faoliyatida, mustaqil o‘rganishlarida amalga os-
hirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ta’lim tizimida, xususan, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning amaliy san’at

sirlarini o‘rganishlarida sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishning
ahamiyati kattadir. Tasviriy va amaliy san’at bo‘yicha tashkil etiladigan sinfdan va
maktabdan tashqari tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilarning estetik madaniyatini
shakllantirish, san’atning, go‘zallikning ajoyib dunyosini o‘rganishga, his qilishga
bo‘lgan intilishlarini, qiziqishlarini shakllantirish va tarbiyalash, o‘z faoliyatini go‘zal
tarzda tashkil etishlariga yo‘naltirishni maqsad etib qo‘yish lozim bo‘ladi.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda go‘zallikni, san’atni tush-

unishga doir axborotlarni, ma’lumotlarni olish shakllariga ham e’tibor qaratish kerak
bo‘ladi. Bunday axborotlarni o‘rganish shakllariga quyidagilar kiradi: shu sohada-
gi turli adabiyotlarni o‘rganish, o‘qituvchi-murabbiy hikoyalari, turli mavzulardagi
suhbatlar, mushoiralar, o‘rganilgan adabiyotlar muhokamasi, bu sohadagi turli kino-
filmlar, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar muhokamasi, san’at asarlari (kartinalar,


background image

STARS International University

93

buyumlar, jihozlar va boshqalar) muhokamalari, tasviriy va amaliy san’at namoy-
andalari bilan uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etish, turli xil kechalar va tantanalar
uyushtirish, ko‘rgazmalar tashkil etish, san’at muzeylariga, tarixiy obidalarga ma-
qsadli–rejali sayohatlar uyushtirish, san’atkorlar ustaxonalari va ish jarayoni bilan
tanishish, turli to‘garaklar faoliyatlarini tashkil etish va shu kabi ko‘plab tadbirlar.

Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yish-

da o‘quv-tarbiyaviy muassasaning tegishli mutaxassislikdagi pedagog kadrlar bilan,
o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan, moddiy-texnikaviy ashyolar bilan ta’minlanish da-
rajasini ham e’tiborga olmoq lozim. O‘quv-tarbiya muassasasi pedagogik kengash-
ining qarori bilan tegishli ta’minot mavjud bo‘lganida, turli yo‘nalishlardagi tadbirlar-
ni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning ko‘pchilik an’anaviy shakllari o‘zining

ta’limiy-tarbiyaviy zaxiralarini sarflab bo‘ldi, ular yangi zamon talablariga javob bera
olmay qolganligi tufayli hozir keng ko‘lamda qo‘llanilmaydi, ularning o‘rniga yan-
gilari paydo bo‘lmoqda. Hozirgi paytda keng qo‘llanilayotgan ta’limiy-tarbiyaviy
ishlarning eng muhimlaridan biri to‘garaklar hisoblanadi.

To‘garaklar maktab, maktabdan tashqari muassasalar pedagogik kengash va

ma’muriyat qarori bilan qo‘shimcha dars soatlarini ajratish sifatida tashkil etiladi.
To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ma’lum yo‘nalishdagi qiziqish va qobili-
yatlarini rivojlantirish, ijodiy faoliyatlarini faollashtirish nazarda tutiladi. Tasviriy va
amaliy san’atdan tashkil etiladigan to‘garaklarning asosiy vazifasi o‘quvchilarga
badiiy yo‘nalishda beriladigan bilimlar ko‘lamini kengaytirish, amaliy ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish va takomillashtirish, ijodiy faoliyatini, tarbiyalanishini os-
hirishdir.

O‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi to‘garaklarni biz shartli ravishda

quyidagi yo‘nalishlarga ajratdik:

1. Turli xil buyumlarning qurilmalarini asliga nisbatan kichraytirilgan nusxalarini

yasash – modellashtirish to‘garaklari.

2. Turli xil buyumlar, vositalar va qurilmalarni tezkorlik, chaqqonlik va sifatli ji-

hatdan yasash va musobaqalarda ishtirok etish – havaskorlik–sport mazmunidagi
to‘garaklar.

3. Turli xil buyumlarni, qurilmalarni, moslamalarni sifatli yasash bo‘yicha yosh mu-

taxassislar, mohir qo‘llar to‘garaklari.

4. Tasviriy va amaliy san’at kasblari, sohalari, yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil qilinadi-

gan to‘garaklar.

To‘garaklarda bolalarning ijodiy faoliyatini tashkil etishda ularda estetik tarbiya el-

ementlarining shakllanishiga ham e’tiborni qaratish lozim. O‘quvchilarning naqshlar-
ni yod olishlarida, tasvirlashlarida ularning ijodkorlik qobiliyatlari, kuzatuvchan-
liklari, mulohazakorlik va sermushohadaliklari, fikrlashlari, nafis tuyg‘ulari taraqqiy
etib boradi. Narsalar va hodisalar to‘g‘risidagi bilimlari kengayadi, amaliy san’atga,
go‘zallikka, hayotga qiziqishlari kuchayadi, tabiat, olam, jamiyat, inson go‘zallikla-
rini his eta oladigan, qalbi ham, hayoti ham go‘zal insonga aylanib boradi. Yog‘och
o‘ymakorligini o‘rgatishda bolalarning ruhiy va yosh xususiyatlarini o‘qituvchi va
murabbiy-usta mutlaqo unutmasligi lozim.

Bolalarning rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra, xotiraning kuchi, esda saqlash va esga

tushirish tezligi, jismoniy rivojlanishi, masalan, yuk ko‘tara olish, bolg‘a (bosqon-ki-
yanka) bilan chakichni, iskanani ura olish quvvatini mo‘tadillashtira olishi, ko‘rgan,


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

94

eshitgan, o‘qigan axborotlarni eslab, qayta yodga tushirishi, o‘z faoliyatida qo‘llay
olishi juda muhim ahamiyatga egadir. O‘quvchilarning eslash va yodga tushirish xu-
susiyatlari turli ustalarning ijodiy ish usullari bilan takomillashtirilib boriladi. Bunday
usullarning hech bo‘lmaganda asosiylarini o‘zlashtirib olish, naqshlarning element-
larini yasash va birlashtirish, butun kompozitsiyalar, yirik tasvirlar chiqara olishlari
uchun o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olish joizdir.

Ayniqsa, bolalarning turli yosh davrlarida – bir yosh davridan ikkinchi davrga o‘tish

davrlarida ularning ruhiyatida, rivojlanishida bo‘ladigan o‘zgarishlarni ham hisobga
olish muhimdir. Turli topshiriqlarni har bir yosh davriga moslab berib borish e’tibor-
ga loyiq omildir. Masalan, bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida va bu davrlarning
biridan ikkinchisiga o‘tish davrida bolalar xarakterida, ruhiy holatida sezilarli o‘zgar-
ishlar bo‘ladi. Murabbiy, o‘qituvchi, usta bu o‘zgarishlarni ko‘ra olishi zarur.

Tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi davrda, yoshlarni milliy, sharqona

qadriyatlarni hisobga olgan holda zamonaviy ruhda tarbiyalash hamda ijobiy, insoniy
fazilatlarga ega bo‘lgan kasb sohiblarini tayyorlash muammosi davlat miqyosidagi
dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda respublika hukumatining qator
hujjatlari Vatanimizning har tomonlama jahon andozalari talablari asosida rivojlan-
tirilishiga qaratilmoqda. Jumladan, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyat,
qadriyat, milliy san’at namunalaridan, ota-bobolar tomonidan yaratilgan va butun
jahonga mashhur bo‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta
ahamiyat berilmoqda. O‘zbekistonning ta’lim tizimida me’morchilik, amaliy san’at,
tasviriy san’at turlari, rangtasvir, mahobatli rangtasvir, mahobatli bezak san’ati, ki-
tobat san’ati, miniatyura, Sharq miniatyura maktablari, dizayn, haykaltaroshlik va
boshqa turlari o‘rgatiladi.

O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati ham san’at, ham hunar. U asrlar mobaynida

ota-bobolarimiz tomonidan ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab kelingan xalq amaliy
bezak san’ati durdonasidir. Tarixda va ayni kunlarga qadar saqlanib kelinayotgan bu
amaliy san’at turlari kelgusida yanada qadrlanadi, ardoqlanadi. Zero, o‘yib, chizib,
tirnab, bo‘yab ishlangan, takrorlanmas naqshlar inson idrokining, odam his-tuyg‘ula-
rining ifodasidir, bamisoli yog‘och, suyak, tosh, ganch va boshqalarga jo etilgan ha-
yot qo‘shig‘idir. Hayot qo‘shigi esa zamonlardan zamonlarga baralla yangrayveradi.

Asrlar davomida yaratilgan ulkan madaniy boyligimiz, xususan, o‘zbek milliy xalq

amaliy bezak san’ati keng tarqalgan turlarining o‘ziga xos tomonlari, maktablari,
bajarish texnologiyasi, uslublari, ularni yaratgan ustalarning muborak nomlari unut-
ilish darajasiga kelib qolmoqda. Shu sababli bu noyob san’at durdonalarini saqlash,
ularni yoshlarga o‘rgatish muhim vazifalardan biridir.

Xulosa qilib aytganda, yog‘och o‘ymakorligi to‘garagini tashkil etish orqali xalq

amaliy bezak san’atini yanada rivojlantirish va uning davomiyligini ta’minlash mum-
kin. Bu o‘sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasida ham muhim ahamiyatga egadir.
Yog‘och o‘ymakorligi to‘garagi orqali ularni, eng avvalo, vatanga muhabbat, sabr-u
matonat, qat’iyat, estetik madaniyat, kreativ fikrlash, dunyoqarashni o‘stirish va eng
asosiysi mehnat qilishga o‘rgatadi.


background image

STARS International University

95

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Mirziyoyev

Sh.M. Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik! –

T.: TASVIR, 2021. - 52 b.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil

23-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “O‘zbekistonda
islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ma’ruzasi. //
Ma’rifat gazetasi, 2017-yil 24-iyun, №50 (9011).

3. Abdirasilov S., Hasanov M. Rasm o‘qitish metodikasi. – T.: Iqtisod-moliya, 2010.
4. Abdirasilov S.F. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. – T.: Fan va texnalogiya,

2012. – 232 b.

5. Axmedov M.B. va Xasanova M.Z. Qalamtasvir. – T.: IJOD-PRINT, 2021. – 188 b.
6. Axmedov M.B. Yog‘och o‘ymakorligi. – T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. – 220 b.
7. Ahmedov M.B., Xolmatova F.M., Rasulov M.A., Isayeva D.B. Rangtasvir (Meto-

dik qo‘llanma). – T.: BROK CLASS SERVIS, 2016. – 108 b.

8. Bo‘latov S.S., Soipova M.S. Badiiy tahlil tamoyillari. – T.: Fan va texnalogiya,

2016. – 260 b.

9. Bo‘latov S.S, Tolipov N.X. Go‘zallik falsafasi. – T.: Fan va texnalogiya, 2008. –

128 b.

10. Bo‘latov S.S., Ahmedov M.B. Badiiy ta’limning falsafiy asoslari. – T.: Fan va tex-

nalogiya, 2010. – 168 b.

11. Булатов С.С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. – Т.: Меҳнат, 1991. – 384 б.
12. Qo‘ziyeva Z.E. Xalq amaliy san’ati. -Namangan: 2012. – 52 b.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik! – T.: TASVIR, 2021. - 52 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “O‘zbekistonda islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ma’ruzasi. // Ma’rifat gazetasi, 2017-yil 24-iyun, №50 (9011).

Abdirasilov S., Hasanov M. Rasm o‘qitish metodikasi. – T.: Iqtisod-moliya, 2010.

Abdirasilov S.F. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. – T.: Fan va texnalogiya, 2012. – 232 b.

Axmedov M.B. va Xasanova M.Z. Qalamtasvir. – T.: IJOD-PRINT, 2021. – 188 b.

Axmedov M.B. Yog‘och o‘ymakorligi. – T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. – 220 b.

Ahmedov M.B., Xolmatova F.M., Rasulov M.A., Isayeva D.B. Rangtasvir (Metodik qo‘llanma). – T.: BROK CLASS SERVIS, 2016. – 108 b.

Bo‘latov S.S., Soipova M.S. Badiiy tahlil tamoyillari. – T.: Fan va texnalogiya, 2016. – 260 b.

Bo‘latov S.S, Tolipov N.X. Go‘zallik falsafasi. – T.: Fan va texnalogiya, 2008. – 128 b.

Bo‘latov S.S., Ahmedov M.B. Badiiy ta’limning falsafiy asoslari. – T.: Fan va texnalogiya, 2010. – 168 b.

Булатов С.С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. – Т.: Меҳнат, 1991. – 384 б.

Qo‘ziyeva Z.E. Xalq amaliy san’ati. -Namangan: 2012. – 52 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов