Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish usullari

CC BY f
376-378
48
46
Поделиться
Нормуродова, Х. (2023). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish usullari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 376–378. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp376-378
Хилола Нормуродова, Термезский государственный педагогический институт

Студентка 2 курса факультета начального образования, начальное образование

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnatga bo‘lgan layoqatini oshirish va ularda ijobiy munosabatlarni shakllantirish haqida bayon etilgan. Bosh lang‘ich sinflarda mehnat darslarining o‘tilishi, uning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

376

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnatga bo‘lgan la-

yoqatini oshirish va ularda ijobiy munosabatlarni shakllantirish haqida bayon etilgan. Bosh-
lang‘ich sinflarda mehnat darslarining o‘tilishi, uning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

qonun, DTS, mehnat.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish

usullari.

Bugungi kunda jamiyatimiz oldida har tomonlama rivojlangan, fan-tex-

nika taraqqiyotini hayotga tatbiq eta oladigan yetuk, malakali kadrlar tayyor-
lash masalasi turibdi. Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o‘quvchilarni meh-
natga tayyorlash o‘sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur
vazifalardan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqi-
yot jarayonining asosidir. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni mehnatga tayyor-
lash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo‘l mehna-
ti hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o‘quvchilarda ushbu
yosh uchun bilim, mehnat, axloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyat-
larni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan. Natijada, ularni meh-
natga tayyorlashning keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik
hosil qilinadi. Mehnatning, nafaqat bola tarbiyasida, balki har qanday odamning
komil inson bo‘lib yetishishida ahamiyati naqadar ulkan ekanligi hammamizga
ma’lum. Shuning uchun bo‘lsa kerak, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya-
sida ham mehnat to‘g‘risida alohida moddalar qabul qilingan. Masalan, “Har bir
shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash…
(37-modda), yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar…
(38-modda), Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek,
boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda
ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega… (39-modda)” kabi huquqiy me’yorlarni misol
qilib aytib o‘tish mumkin.

Xuddi shunday mehnatga, aynan olganda, mehnat ta’limiga e’tibor xalq ta’limi-

da ham qaratilgan. Shu jumladan, boshlang‘ich ta’limda ham har bir sinfda haftada

NORMURODOVA HILOLA
BAXTIYOR QIZI,

Termiz davlat pedagogika
instituti Boshlang‘ich ta’lim
fakulteti,
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
2-bosqich talabasi

BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARIDA
MEHNATGA IJOBIY
MUNOSABATNI
SHAKLLANTIRISH
USULLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
sity-pp376-378


background image

STARS International University

377

bir soatdan mehnat ta’limi mashg‘ulotlari tashkil etilishi belgilab berilgan. Bosh-
lang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan mehnat ta’limining maqsadi “o‘quvchilarning bar-
kamol shaxs bo‘lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar asos-
larini (texnologiyasini) o‘rgatish, ularni kasb tanlash bilan uyg‘unlashtirish orqali
ularning kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat” dir. Mehnat ta’li-
mining tarbiyaviy maqsadi ham kattadir, ya’ni “o‘quvchilarning mehnat ko‘nikma-
larini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy
sifatlarni, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlikni shakllan-
tirish” lozim. Mehnat ta’limining hozirgi davrdagi, qolaversa, mehnat ta’limi o‘qi-
tuvchilarining vazifalari ham, bu vazifalarning talab darajasida bajarilishiga ham
yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishlarida muhim o‘rin tutadi. Bu vazi-
falar tubandagilardan iboratdir:

– Tashkiliy vazifalar: o‘quvxona, unda maxsus ish joyi, zarur materiallar, asboblar

tashkil qilish, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi talablarini ta’minlash.

Uslubiy vazifalar – mashg‘ulotlarning yarim va bir yillik o‘quv ish rejalarini tuzish,

mahalliy sharoitlarni hisobga olish,o‘g‘il va qiz bolalarning o‘zlariga xos mehnat
mashg‘ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga oshirib borish va boshqalardir.

Boshlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan mehnat ta’limi fani o‘quvchilarni aqliy va jis-

moniy mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash,
mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqtirish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish
orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini 5-sinf uchun uzviy bog‘lanish zaminini
yaratishni ko‘zda tutadi. Bular ta’limiy va tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi yo‘na-
lishlar hisoblanadi. O‘qituvchi mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchi-
larga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta’lim berish orqali ularning
barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlariga yordam berishi darkor. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining malakasini oshirishga qo‘yilgan davlat talablarida kursni bitirgan
o‘qituvchi mehnat ta’limi fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ham “talab darajasida o‘tish
mahoratiga ega bo‘lishi” aytib o‘tilgan. Ana shu talabdan xulosa chiqarib, har bir
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi (mehnat ta’limi fanini o‘qitmasa ham) mehnat ta’limi
bo‘yicha barcha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni, davlat ta’lim standarti va dastur ta-
lablarini, mashg‘ulotlar o‘tish shart-sharoitlarini, metodikasini chuqur bilishi lozim
bo‘ladi. Shu bilan birga, (sinf rahbari sifatida ham) o‘quvchlarning mehnat ta’limi
dasturida belgilangan bilim, ko‘nikmalarini davlat ta’lim standartlariga binoan o‘z-
lashtirish holatini dastlabki, oraliq va yakuniy nazorat qilib borishlari kerak. Meh-
nat ta’limi “Inson va jamiyat” sohasiga kiradi. Bu sohada jami beshta fan mavjud.
Davlat ta’lim standarti beshta fan bo‘yicha umumiy holda bir bo‘limda keltirilgan.
Bular orasidan mehnat ta’limi bo‘yicha qo‘yilgan talablarni aniqlab olish zarur.Tu-
bandagi talablar shular jumlasiga kiradi:

– texnik modellashtirishga oid ishlarni bilish;
– uy-ro‘zg‘or ishlarini bajara olish;
– sodda konstruktorlik ishlarini bajara olish;
– duradgorlikka oid sodda va yengil ishlarni bajara olish (o‘g‘il bolalar uchun);
– oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun);
– inson mehnatini, faoliyat turlarini anglash.
DTS 4-sinf bitiruvchilariga qo‘yiladi. Shunga qaramasdan, bu ko‘rsatkichlar-

ga o‘quvchilar birinchi sinfdanoq tayyorlab boriladi. Har bir sinfda qanday bilim,
ko‘nikma va malakalarni berish dastur talablarida belgilab beriladi. Shuning uchun


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

378

ham mehnat ta’limidan dars beruvchi o‘qituvchi, avvalo, har bir sinf oxirida o‘quv-
chlar bilishi, uddalay olishi kerak bo‘lgan dastur talablarini chuqur bilishi shart va
har bir mehnat ta’limi mashg‘uloti jarayonida o‘z maqsadini ana shu talablarni ba-
jarishga qaratishi lozim.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. Mavlonova R, To‘rayeva O, Xoliqberdiyeva K, Pedagogika. – T.: O‘qituvchi, 2001.
2. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. T.: “Fan va texnologi-

yalar” nashriyoti, 2008.

Библиографические ссылки

Mavlonova R, To‘rayeva O, Xoliqberdiyeva K, Pedagogika. – T.: O‘qituvchi, 2001.

Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов