129
UDK: 619.616.993.192.084
QORAMOLLARNI TEYLERIOZ KASALLIGIDAN ASRAYLIK
Rasulov O‘.I.
veterinariya fanlari doktori, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik
va biotexnologiyalar universiteti
Ilyosov Z.I.,
assisten, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti
R.U.Suyunov,
assisten, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti
Sh.Sh.Rasulov
assisten, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti
Buronov A.N.-
2-bosqich magistrant, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti
Annotatsiya.
Qoramollarning
qon-parazitar
kasalliklari
respublika
hududlarida keng tarqalganligi va katta iqtisodiy zarar yetkazishi aniqlandi. Adabiyot
ma’lumotlari tahlil qilindi. Davolash va profilaktika qilish uchun zamonaviy vositalar
va usullar tavsiya etildi.
Kalit so‘zlar.
Qoramol, teylerioz, kasallikning kechishi, vaksina, kana,
profilaktika, tirik vazni.
Annotation.
It was found that blood-parasitic diseases of cattle are widespread
in the regions of the republic and cause great economic damage. Literature data were
analyzed. Modern tools and methods for treatment and prevention were recommended.
Keywords.
Cattle, tayloriosis, course of the disease, vaccine, mite, prophylaxis,
live weight.
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamiz aholisini chorva maxsulotlari bilan
muntazam va yetarli miqdorda ta’minlash birgina chorvadorlarning emas, balki
veterinariya fani va amaliyotida tinmay mehnat qilib kelayotgan xodimlarning ham
dolzarb vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Mana shunday muhim muammoni amalga oshirishda qoramollarning qon-
parazitar kasalliklaridan eng xavfli va katta talofat beradigani bu teylerioz kassalligi
hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi.
Qoramollarning teyleriozi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va
adabiyot manbaalarini tahlil qilish.
O‘zbekistonda
qoramollarning
teylerioz
kasalligini
qo‘zg‘atuvuchisi
Theileriidae oilasiga mansub Theileria annulata Dschunkowsky et Luhs (1904)
hisoblanadi. Teyleriyalar limfa tugunlarning retikuloendotelial xujayralarida, taloq,
130
jigar va boshqa organlarda, qonning limfotsit va eritrotsitlarida rivojlanadi.
Qo‘zg‘atuvchilarni tarqatuvchi Hyalomma detritum va H. anatolicum kanalar 2-5
kundayoq mol tanasida qon so‘rish bilan bir vaqtda o‘z so‘lak bezlarida mavjud 2-3
mkm kattalikda bo‘lgan sporozoitlarni molning terisi ichiga yuboradi. Teri qatlamiga
kirgan sporozoitlar limfa va qon oqimi bilan avvalo limfa tugunlariga keyin esa
parenximatoz organlarga kirib shizogoniya bosqichini o‘tadi.
Kasal mollarning qonida (Eritrotsitlarda) mikromerozoitlar yumaloq, oval,
noksimon, nuqtasimon shakllardagi ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Kasallikning kechishi va klinik belgilari.
Teyleriozni Hyalomma avlodiga
mansub ikki egalik detritum va uch egalik anatolicum deb nomlanuvchi kanalar
tarqatadi. Ular hayvonlarning qonini so‘rish bilan bir vaqtda o‘z so‘lak bezlaridagi
kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarni hayvon tanasiga yuboradi. Kasallikning birinchi
belgisi molni kana chaqqanidan 17-21 kun o‘tgach kurak oldi, son va yelin usti limfa
tugunlari kattalashadi, tana harorati 40,6-41,2
0
C gacha ko‘tariladi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar.
Bu kasalliklar bilan kasallanib, o‘lgan yoki
majburiy so‘yilgan hayvonlar yorib ko‘rilganda yurak, jigar, buyrak, taloqda qon
quyilishlar yuz beradi. Jigar va taloq 2-3 marta kattalashganligi va yumshab qolganligi
kuzatiladi. Ko‘krak bo‘shlig‘ida 0,5 litrgacha zardobsimon suyuqlik to‘planganligi
kuzatiladi. Shirdonda qon quyilishlar va yaralar mavjud. Qatqorin quruq, qattiq ozuqa,
o‘t pufagi esa quyuq o‘t suyuqligi bilan to‘la bo‘ladi.
Davolash.
Teylerioz bilan kasallangan qoramollarni davolash ishlarini olib
borishdan oldin ularni salqin va osoyishta joyga o‘tkazish kerak. Ularning ratsioniga
yengil hazm bo‘ladigan barra o‘t, maydalangan lavlagi, yangi sog‘ilgan sut, omuxta
yemdan tayyorlangan atala kiritilishi lozim.
Kasallikni davolashda maxsus preparatlarni qo‘llagan holda quyidagi
sxemalarni biridan foydalanish tavsiya qilinadi.
1.
Davolashning 1-3 kunlari molning har 1 kg tirik vazni hisobiga ertalab
4 mg/kg miqdorida uzbikarb (Uzbikarbning 4 % lik suvdagi eritmasidan molning har
100 kg tirik vazniga 10,0 ml dan) teri ostiga va 5-6 kun davomida kechki payt molning
har 100 kg tirik vazni hisobiga 6 tabletkadan (1,5 gr) delagil qo‘llash tavsiya etiladi.
2.
Davolashning 1-2 kunlari ertalab 2 mg/kg miqdorida diamidin va shundan
3-4 soat o‘tgach 3-4 kun davomida kuniga 1 martadan qoramolning 100 kg tirik vazni
hisobiga sulfantrolning 3 % lik eritmasidan 100 mldan vena qon tomiriga qo‘llaniladi.
Agarda shu 3 % lik eritma 33 % lik spirtda tayyorlanib qo‘llanilsa davolash natijasi
yana ham samaraliroq bo‘ladi.
3.
Davolashning birinchi kuni qoramolning har 1 kg tirik vazni hisobiga
teyleriozga qarshi giperimmun qon zardobidan 1,0 ml dan teri ostiga qo‘llaniladi,
ikkinchi kuni esa molning har 100 kg tirik vazni hisobiga 5,0 ml dan etdin (Etoni +
diamidin) preparati teri ostiga qo‘llanilsa, samaradorlik yuqori darajada bo‘ladi.
4.
Saudiya Arabistonida ishlab chiqilgan Butachem va Theilex preparatlarini
kasallangan qoramolning 100 kg tirik vazni hisobigaa 5,0 ml dan 48 soat oralig‘ida
2 marta qo‘llashdan olingan samaradorlik yuqori darajada bo‘lishi kuzatiladi.
Simptomatik preparatlardan kofein-benzoat natriyning 20 % lik eritmasidan
qoramolning teri ostiga 15-20 ml, asessol, dissol, trissol preparatlarini biridan
300-500 ml va glyukozaning 5 % lik eritmasidan 300-400 ml miqdorida vena qon
131
tomiriga, gemopoezni kuchaytiruvchi ferropirin yoki ferroglyukin-75 preparatlarini
biridan molning 100 kg tirik vazniga 20 ml.dan va vitamin V
12
preparatidan 500 mkg
miqdorida mushagi orasiga qo‘llaniladi.
Qoramollar teyleriozining profilaktikasi.
Teylerioz kelib chiqishi kasallik
qo‘zg‘atuvchilarini tarqatuvchi Iksod – Hyalomma anatolicum, Hyalomma detritum
kanalarining faol hayotiy (yilning iliq fasllarida) davri bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lganligi sababli unga qarshi kurashishni birgina yilning iliq fasllarida emas, balki
yilning salqin va sovuq fasllarida ham doimiy ravishda olib borish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Buning uchun yilning salqin tushgan faslidanoq ferma va uning atrofini
obodonlashtirish, kanalarning rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan biotoplarni yo‘qotish,
kelgusida qoramollar boqiladigan yaylovlarda sanatsiya ishlarini olib borish lozim.
Qish paytida qoramollar boqiladigan binolarni go‘nglardan tozalash, devorlarini
suvash va oqlash, hamda madaniylashtirish esa tadbirlarning eng muhimi bo‘lib
hisoblanadi. Teyleriozni oldini olishda «Teyleriozga qarshi suyuq kultural vaksina»
dan yilning salqin (Dekabr, yanvar, fevral oylarida) oylarida har 1 bosh qoramolning
teri ostiga 1,0 ml.dan qo‘llash tavsiya etiladi. Yilning iliq kunlari kirib kelishi bilanoq
kanalarga qarshi akaritsid preparatlardan biri bilan qo‘llanmasi asosida qoramollar
yuvib turiladi. Piroplazmidozlardan kimyoviy usulda profilaktika qilish uchun har 15
kunda 1 marta qoramolning har 100 kg tirik vazni hisobiga 5,0 ml.dan polikarb
preparati qoramol teri ostiga qo‘llaniladi.
Umuman olganda piroplazmidozlarga qarshi kurash chora-tadbirlari o‘z vaqtida
va sifatli olib borilsa, qoramollar teyleriozdan saqlab qolinadi, natijada xalqimiz
dasturxonini mo‘l-ko‘l chorva mahsulotlari bilan ta’minlashga erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Imomov N. Qashqadaryo viloyati hududlarida poliamidin-p preparatini
veterinariya amaliyotiga joriy qilish. Veterinariya 2011, № 5 – 13-14.
2. Qo‘chqorova S. Piroplazmozni davolashda mahalliy vosita / Zooveterinariya
ilmiy-ommabop jurnali. № 1, 2011. – 18-22 b.
3. G‘afurov A.G‘., Davlatov R.B., Rasulov O‘.I. Qishloq xo‘jalik
hayvonlarining protozoy kasalliklari. Monografiya, 2011 – 114 b.