Jinoyat ishlarining sudda ko‘rilishida dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish

CC BY f
179-185
20
5
Поделиться
Абдусалимов, А., & Кадирова, М. (2022). Jinoyat ishlarining sudda ko‘rilishida dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish. Цифровизация деятельности судов: текущие и перспективные задачи, 1(1), 179–185. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digitalization-activity-courts/article/view/16616
А Абдусалимов, Ташкентский государственный юридический университет

аспирант

М Кадирова, Ташкентский государственный юридический университет

доцент, кандидат юридических наук

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

JPK 22-moddasida ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkinligiga qaratilgan. Bu esa isbot qilishning to‘g‘ri tashkil etilishi bilan bog‘liq. Isbot qilish bir maqsadga, ya’ni u ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga qaratilgan bo‘ladi.

Похожие статьи


background image

179

Мусодара жазо тури сифатида белгиланган ҳолларда, мазкур

жазо, асосан, бундай мусодара қилишга олиб келадиган жиноят учун
шахснинг судланганлигига қўшимча равишда қўлланилади ҳамда
шахснинг бундай жиноятни содир этганликда айбдор деб топилиши
ушбу жиноятга алоқадор мол-мулкнинг ҳам жиноий фаолият билан
боғлиқлиги ҳақида етарли далил бўлиб хизмат қилади.

Эътиборга молик жиҳати шундаки, махсус мусодара, яъни

жиноят қуроллари, содир этиш воситалари ва жиноий даромадларни
мусодара қилиш, одатда, уларнинг маълум бир жиноий ҳаракат
билан боғлиқ эмаслигини исботлаш мажбуриятининг айблов
тарафида эканлигини назарда тутади.

Жиноий тартибда мусодара қилиш ёки фуқаролик мусодара

қилиш ҳақида гап кетганда, аксарият ҳолларда исботлаш
мажбурияти томонлар ўртасида тақсимланади ва исботлашнинг
соддалаштирилган стандартлари қўлланилади:

далилларнинг

устунлиги, эҳтимоллар нисбати, юқори эҳтимоллик ёки уларнинг
ўхшашлари. Айрим давлатларда, шу жумладан, Озарбайжон,
Арманистон, Қозоғистон, Қирғизистон ва Латвия қонунчилигида
кенгайтирилган жиноий мусодара ҳамда фуқаролик тартибидаги
мусодара институтларига ўрин ажратилмаган.

Фойдаланилган адабиётлар:

1.

Неъматов, Ж. "Уголовно-правовые проблемы борьбы с организованной

преступностью по законодательству Республики Узбекистан." Российская
юстиция 8 (2006): 64-66.

A.ABDUSALIMOV

1

, M.KADIROVA

224 225

JINOYAT ISHLARINING SUDDA KO‘RILISHIDA

DALILLARNI BEVOSITA VA OG‘ZAKI USULDA TEKSHIRISH

JPK 22-moddasida ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat

qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan
ma’lumotlardan foydalanish mumkinligiga qaratilgan. Bu esa isbot
qilishning to‘g‘ri tashkil etilishi bilan bog‘liq. Isbot qilish bir maqsadga,
ya’ni u ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Buning uchun

224

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

225

Тошкент давлат юридик университети доценти, юридик фанлар номзоди


background image

180

esa ish holatlarini tekshirish to‘la, holisona va har tomonlama bodishi
lozim. Bu maqsadga erishish uchun tergov yuritilayotgan va sud
tomonidan ko‘rilayotgan har bir ish bo‘yicha ish holatlari yuzasidan
tekshirilayotgan faktlar bo‘yicha ehtimol tutilgan barcha holatlar
aniqlanishi va tekshirilishi shart. Ish bo‘yicha darrov paydo bo‘lgan va
ko‘proq ishonchga sazovor bo‘lgan gumonga asoslangan xulosaga kelish
mumkin emas. Bu shuni bildiradiki, tekshirilishi lozim bo‘lgan faktlar
yuzasidan ish holatlari bo‘yicha turli muayyan variantlar, ehtimollarni
ilgari surish kerakki, bu variantlarning har birini tekshirish,
tasdiqlanmaganidan voz kechish, tasdig‘ini topgan ehtimolni qabul qilish
mumkin bo‘lsin.

Dalillarni tekshirishda bevositalik dalillarni taqdim etish va ularni

birinchi manbalar orqali o‘rganishning majburiy sharti hisoblanadi.
M.I.Kazarinaga ko‘ra, bu qoida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va
sudga “ikkilamchi” dalillardan xolos bo‘lish imkonini beradi

226

va ularni

vositachilar orqali emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rganish imkoni yuzaga
keladi. L.V.Golovkoga ko‘ra, sudda dalillarni tekshirishning bevositalagi
bir qancha qoidalarda o‘z aksini topgan

227

:

-

Sudyaning qarori faqat sudda o‘rganilgan dalillarga asoslanishi

kerak;

-

Sudya biror protsessual harakatlarni o‘tkazishni boshqa sudyaga

topshirishga haqli emas;

- Sudya ishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmay qolgan

taqdirda va sudya almashadigan bo‘lsa, ishni ko‘rishga yangi kirishgan
sudya uchun sud muhokamasi yangitdan boshlanadi. Mazkur qoidalar biz
o‘rganayotgan prinsipning to‘laqonli ishlashiga xizmat qiladi va bu
qoidalarning buzilishi prinsipning to‘g‘ridan to‘g‘ri buzilishiga olib
keladi. Agar sudya sud tergovida dalillarni tekshirib bo‘lgach, hukmda
umuman boshqa dalillarga asoslanib jazo tayinlaydigan bo‘lsa, mazkur
holat sudyaning hukm taqdirini alohida xona yoki maslahatxonaga
kirishidan avval hal qilib bo‘linganini anglatadi.

O.M.Madaliyev sud bosqichida tergov o‘tkazilishidan maqsad

dastlabki tergovdan kelgan dalillarni o‘rganib chiqish emas, sud tergovi

226

Kazarina M.I. Problembi neposredstvennogo issledovaniya dokazatelstv sudyey po

ugolovnomu delu // Sibirskiye ugolovno-protsessualnbie i kriminalisticheskiye chteniya. 2019.
№4 (26). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/problemy-neposredstvennogo-issledovaniya-
dokazatelstv- sudiey-po-ugolovnomu-delu

227

Golovko L.V. Kurs ugolovnogo processa [The course of the criminal process]. Mossow, Statut

Publ., 2017. 1280 p. https://cyberleninka.ru/


background image

181

ishtirokchilari, shuningdek bevosita sudning tashabbusi bilan to‘plangan
dalillarni ham tekshirib chiqib, real haqiqatni aniqlash imkoniyatini
yaratishdan iboratligini ta’kidlagan

1

. Xuddi shu fikrni F.Malikov ham

bildirib o‘tgan

228 229

. S.M.Kazning fikricha, dalillarni tekshirish deganda

ish bo‘yicha faktik holatlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish
tushuniladi. Boshqacha aytganda, dalillarni tekshirish ularni o‘rganish,
tahlil qilish va ularni ishning boshqa materiallari bilan solishtirish
ekanligini aytib o‘tgan

230

. A.A.Vasyayev esa dalillarni tekshirishni jinoyat

ishi faktik holatlarining mazmunini bilish, ularning ishonchliligini
tekshirishda tushunishini ta’kidlagan

231

. Mazkur fikrlar orqali olimlar

dalilarni tekshirishning mezonlarini aniqlashtirishga harakat qilishgan.
Umuman olganda, dalillarni har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirish
tortishuv prinsipining to‘la qonli ishlashi bilan bog‘liq. Bu masala ayniqsa
ishni sudda ko‘rish bosqchida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Jinoyat ishi materiallarini sudda tekshirish davomida sudyaning

asosiy vazifalaridan biri tomonlarning tortishuvi uchun ularga qulay shart-
sharoit yaratib berish hisoblanadi. Shu orqali sud ishdagi noaniqlik va
mavxum holatlarga nisbatan oson aniqlik kiritadi. Tomonlar o‘zlarining
faolliklarini namoyish qilib, zarur dalillarni sudga taqdim etadi yoki
mavjud ish hujjatlari ichidan ayni kerakli qismiga sudyaning e’tiborini
qaratishni so‘raydi. Tortishuv prinsipini jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni
aniqlash vositasi sifatida talqin qiladigan bo‘lsak, bunda sud ishni ko‘rish
jarayonida faol ishtirokchi bo‘lishi kerak, u o‘z vakolati doirasida
zaruratga qarab dalillarni to‘plashi va barcha jinoyat ishi materiallarini
bevosita tekshirib chiqishi kerak bo‘ladi. Jinoyat ishlarini sudda ko‘rish
tahlili shuni ko‘rsatadiki, dalillarni bevosita tekshirish bilan bog‘liq
normalarni qo‘llashda sudlar har doim ham ularning mag‘zini, qonun
chiqaruvchining nimaga ishora qilayotganini tushunayotgani yo‘q.
Shulardan kelib chiqib, JPKning 26-moddasida quyidagi qoida aks etishi
lozim, deb hisoblaymiz:

dastlabki tergov, surishtiruv va sud muhokamasi

228

Jinoyat protsessi. Maxsus qism. Darslik. Z.F.Inog‘omjonovaning umumiy tahriri ostida. -

Toshkent: TDYUI, 2006. -B. 181.

229

Malikov F. T. Birinchi instansiya sudida sud tergovini takomillashtirish masalalari //Jurnal

pravovbix issledovaniy. - 2020. - T. 5. - №. 7.

230

Mixaylov A.A. Prinsip neposredstvennosti kak metod issledovaniya dokazatelstv v sudebnom

razbiratelstve ugolovnbix

del // Ugolovnaya yustitsiya. 2018.

№11. -S.4. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/printsip-neposredstvennosti-kak-metod-issledovaniya-
dokazatelstv-v-sudebnom-razbiratelstve-ugolovnyh-del

231

Vasyaev, A.A. (2016) Teoriya issledovaniya dokazatel‘stv v rossiyskom ugolovnom protsesse

[Theory of evidence research in the Russian criminal procedure]. Moscow: Yurlitinform.


background image

182

jarayonida jinoyat ishiga doir barcha dalillar ushbu kodeksda o‘rnatilgan
tartibda bevosita o‘rganilishi shart.

JPK 87-moddasi 2-qismida isbot qilishda dalillarni to‘plashda

himoyachi ham nazarda tutilgan. Lekin, JPK 81-moddasi 1-qismida dalil
bo‘lib hisoblanadigan ma’lumotlarni aniqlovchi shaxslar tarkibida
himoyachi ko‘rsatib o‘tilmagan, ushbu moddaning 2-qismida sanab
o‘tilgan ma’lumotlar tarkibiga himoyachi tomonidan to‘planadigan
ma’lumotlar kiritilmagan, mazkur normada keltirilgan “boshqa hujjatlar”
ning aniq ta’rifi berilmagan.

Ishda himoyachi tomonidan ma’lumotnoma, tavsifnoma,

tushuntirish va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘planadigan dalillar JPKda
dalillar turlari tarkibida ko‘rsatilmaganligi holatini bartaraf etish uchun
himoyachining dalillarni to‘plash huquqiga ega ekanligidan kelib chiqib

,

JPKning 81- moddasiga tegishli tartibda o‘zgartirish kiritib, himoyachi
tomonidan to‘planib, taqdim etiladigan dalillarni dalillar turlariga va
dalillar manbalariga kiritish zarurligi, himoyachi tomonidan dalil to‘plash
maqsadida shaxslardan tushuntirishlar olish va so‘rovdan o‘tkazish
harakatlarini dalillar to‘plash usullari sifatida JPKning 87-moddasi 1-
qismiga kiritish zarur, deb hisoblaymiz.

Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligiga ko‘ra, himoyachi

tomonidan berilgan ma’lumotlarni ishga qo‘shish to‘g‘risidagi
iltimosnomalarni qanoatlantirish va dalillarni to‘plash, tekshirish va
baholash vakolatlari faqat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud
zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, himoyachi haligacha dalillarni mustaqil
to‘plash huquqiga ega emas. K.Ishniyazov ta’kidlaganidek, gumon
qilinuvchining himoyachiga ega bo‘lish huquqini to‘la, xolisona amalga
oshirishning eng samarali usullaridan biri - qonunchilikda himoyachiga
yangi vakolatlar berilishidir

1

, protsessualist olim fikricha, surishtiruv va

dastlabki tergov jarayonida “advokatlik tergovi”ni qonunchilikka kiritish
lozim va advokatga guvohlarni so‘roq qilish kabi qo‘shimcha vakolatlar
berilishi kerak hamda u ishga tergovga qadar tekshiruv vaqtidan, jinoyat
haqida ariza va xabarlar kelib tushgan vaqtdan boshlab ishtirok etishi
lozim. Jinoyat ishini yuritishning barcha bosqichlarida gumon qilinuvchi
huquqlarining

kafolatlash

uchun

u

protsessning

dastlabki

bosqichlaridanoq, agar uning harakatlanish erkinligi cheklangan taqdirda
ushlangan vaqtdan boshlab himoya huquqi bilan ta’minlanishi lozim. Bu
huquqning mavjudligi gumon qilinuvchining o‘ziga nisbatan jinoiy
ta’qibdan qonunda nazarda tutilgan barcha vositalardan foydalangan holda
himoyalanish imkonini beradi. JPKning 87-moddasi 2-qismiga ko‘ra


background image

183

himoyachi dalillarni to‘plashga haqli bo‘lib, ular jinoyat ishi
materiallariga qo‘shib qo‘yilishi va ishni yuritishga mas’ul shaxslar
tomonidan majburiy baholanishi lozim. Ammo JPKning biror normasida
tergov va sud harakatlarini yuritish yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini
o‘tkazishda advokatlarga vakolat berilmagan. Bunda O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 121-moddasida belgilangan qoidani
ham inobatga olish zarur. D.M.Yambayevaga ko‘ra, so‘rov,
ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni talab qilib olish, shuningdek
himoyachi tomonidan predmetlar, hujjatlar va boshqa ma’lumotlarning
qo‘lga kiritilishi faqatgina himoyachining ma’lumotlarni qo‘lga kiritish
usuli hisoblanadi. Vaholanki, ular isbot qilish subyekti tomonidan
protsessual sohaga kiritilganidan keyingina dalil bo‘lib qolishlari
mumkin

232 233

. Xuddi shung o‘xshash fikrni E.Norbo‘tayev ham bildirib

o‘tgan, ya’ni uningcha dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash
surishtiruvchi, tergovchi va sudning bevosita vakolat doirasini tashkil
qilsa, endilikda dalillarni to‘plash imkonidan himoyachi foydalanishi
mumkinligini, ammo mazmun va shakl jihatidan himoyachi amalga
oshiradigan harakatlar dalillarni to‘plashga doir talabga javob bermaydi.
D.

M.Choriyevaga ko‘ra, advokatlik so‘rovi vaqtida ham yolg‘on

guvohlik berganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash zarur.Bu jihatdan
qonunchiligimizni anglo-sakson huquq tizimiga kiruvchi mamlakatlar
qonunchiligi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Masalan, AQSHda
himoyachining quyidagi huquqlari mavjud: shaxs ushlangan vaqtdan
boshlab ishda qatnashish; suroq o‘tkazilgunga qadar va tergov davomida
himoyasi ostidagi shaxs bilan maslahatlashish; jinoyat ishi materiallari
bilan tanishish; dalillarni taqdim etish bilan bog‘liq iltimosnomalar qilish.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilish mumkinki, isbot qilish majburiyati
yuklatilgan subyektlar uchun dalillar to‘plashda yetarlicha vakolat
berilgan bo‘lib, ularni himoyachining vakolatlari bilan solishtirib
bodmaydi. Bu esa tergov organlarining jinoyatlarni tergov qilish
jarayonida himoyachiga nisbatan yaqqol ustunlikka egaligidan dalolat
beradi. Shuning uchun gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga ishonchli
himoyani kafolatlash uchun himoyachining vakolatlarini kengaytirish

232

Yambayeva D.M. Uchastiye zaщitnika v sobiranii dokazatelstv na stadii predvaritelnogo

rassledovaniya:

avtoref.

dis. . ..kand. yurid. nauk. Vladimir, 2008.

-C.8.

https://www.dissercat.com/content/uchastie-zashchitnika-v-sobiranii-dokazatelstv-na-stadii-
predvaritelnogo-rassl
edovaniya

233

Мавланов К. Жиноят ишлари юритувида гумон қилинувчига нисбатан қамоққа олиш

тарзидаги эҳтиёт чорасини қўллаш //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 12/S. - С. 265-
269.


background image

184

zarur, masalan muayyan tergov harakatini o‘tkazishni so‘rab tergov
organlariga iltimosnoma kiritish huquqini berish zarur. Bu borada
Estoniyadan namuna olish mumkin. Mazkur davlat qonunchiligiga ko‘ra
advokat tergov yakunida prokurorning ayblov hujjatidan nusxa olgandan
boshlab uch kun ichida sudga himoya hujjatini, prokuraturaga esa uning
nusxasini yuborish vakolatiga ega.

JPKda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita

tekshirishlari kerakligi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi,
jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilishlari, ekspert xulosalarini
eshitishlari, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishlari, bayonnoma va
boshqa hujjatlarni o‘qib eshittirishlari shartligi belgilangan. Bundan
ko‘rinadiki, ekspertiza xulosasi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlari kabi eshitilishi
kerak, tergov harakatlari bayonnomalari kabi o‘qib eshittirilishi kerak
emas. Shu normada bir biriga mazmunan va shaklan juda o‘xshash so‘zlar
qodlanilgan bo‘lib, bir o‘qishda e’tiborni tortmaydi. Eshittirish - bu
ma’lumotni barchaning e’tiboriga yetkazish demakdir. Bundan xulosa shu
bodadiki, ekspertiza xulosasi eksperti tomonidan o‘qib eshittiriladi. Sud
amaliyotida ekspertiza xulosalarini sudyalarning o‘zlari o‘qib beradi,
ko‘pincha ekspertlar ham so‘roq qilinmaydi. Bu holat esa dalillarni
bevosita usulda tekshirish prinsipini chetlab o‘tadi va tortishuv prinsipiga
zid hisoblanadi. Chunki ekspertiza xulosasi ayblovchi yoki oqlovchi
dalillar bo‘lib, sud xolis taraf sifatida ishda faqat hal qilish vazifasini
bajarishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-
yil
23-maydagi “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandidagi ham odil
sudlovni taraflarning o‘zaro tortishuvi, dalillarning bevosita va og‘zaki
usulda tekshirilishi asosida olib borilishi va ish bo‘yicha haqiqiy holatni
aniqlash to‘g‘risidagi jinoyat protsessining muhim prinsiplariga amal
qilishlari lozimligi, ushbu prinsiplardan har qanday asoslarga ko‘ra
cheklanish hukmni qonuniy emas, deb topishga asos bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Mazkur hujjat ham yuqorida tahlil qilingan masalaning jiddiy ekanligini
ko‘rsatadi.

Bugungi kunda jinoyatlarni ochish amaliyotida bir qator

kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Jumladan, jinoyat sodir etilgan hudud
atrofida fuqarolar bilan yetarlicha so‘rov suhbatlari tashkil etilmaydi,
ochish chora-tadbirlarini tashkil qilishda muayyan kamchiliklarga yo‘l
qo‘yiladi, xususan tadbirlar pala-partish, tartibsiz olib boriladi. Bu holat
jinoyatni issiq izidan fosh etish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi.


background image

185

Qolaversa, jinoyatni fosh etishda ilmiy yutuqlar, ekspertlarning
imkoniyatlari va texnologiyalardan yetarli foydalanilmaydi. Masalan,
fonoskopik ekspertizalar ovoz va tovushlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Ammo,
masalan, talonchilik jinoyatlarini ochishda bunday ekspertiza bir marta
ham tayinlanmagan, mas’ullar tomonidan bu borada tegishli choralar
ko‘rilmagan. Yoki, portret ekspertizasi o‘tkazilishini ham ko‘pchilik
xodimlar

bilmaydi,

binobarin,

amalda

undan

foydalanilmaydi.

Shuningdek, talonchi voqea joyida o‘zining yozuvlari aks etgan qog‘ozni
tushirib qoldirgan bo‘lsa, matnning yozilishiga e’tibor berish kerak. Zero,
matnning tuzilishi va mazmuniga qarab uni yozgan shaxsning ruhiy holati
va ma’lumot darajasini aniqlash mumkin. Yoxud, jinoyatchining kiyim-
kechagi, buyumlari va boshqa joylarda tushirib qoldirishi mumkin bo‘lgan
mikrozarralarni olib, uni topishda, qolaversa, jinoyatni isbotlashda dalil
sifatida ishlatish mumkin. Biroq, amalda ushbulardan foydalanishmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Жасур, Н. Е. Ъ. М. А. Т. О. В., and Феруза СИДИКОВА.

"ЖИНОИЙ ИШЛАР БЎЙИЧА СУД ЖАРАЁНИДА СЎРОҚ ҚИЛИШ
УСЛУБИЯТИНИНГ МАҚСАДИ ВА ХУСУСИЯТЛАРИ." ЮРИСТ
АХБОРОТНОМАСИ 1.1 (2020): 95-103.



I.

H.MARDANOVA

1

, A. Y.TAJIBAEVA

234 235

YANGI OCHILGAN HOLATLAR TUFAYLI JINOYAT ISHINI

QAYTA BOSHLASH UCHUN MUDDATLAR XORIJ

TAJRIBASIDA

Jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar,

shuningdek himoyachilar va vakillar (ayblanuvchi, gumon qilinuvchi,
jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar) davlat organlari va
mansabdor shaxslar faoliyatining passiv obyektlari emas, balki tegishli
huquq va burchlarga ega bo‘lgan huquq subyektlaridir. Yangi ochilgan
holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash sabablari,
asoslari va tartibiga ko‘ra Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni

234

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

235

Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti

vazifasini bajaruvchisi

Библиографические ссылки

Жасур, Н. Е. Ъ. М. А. Т. О. В., and Феруза СИДИКОВА. "ЖИНОИЙ ИШЛАР БЎЙИЧА СУД ЖАРАЁНИДА СЎРОҚ ҚИЛИШ УСЛУБИЯТИНИНГ МАҚСАДИ ВА ХУСУСИЯТЛАРИ." ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ 1.1 (2020): 95-103.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов