Abdulla Qodiriyning publitsistik asarida xalq saviyasini oshirishda teatrning o‘rni haqidagi fikrlari

CC BY f
217-220
51
13
Поделиться
Ганиева, М. (2022). Abdulla Qodiriyning publitsistik asarida xalq saviyasini oshirishda teatrning o‘rni haqidagi fikrlari. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 217–220. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5538
Мехрангиз Ганиева, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Noshirlik va muharrirlik ishi yo‘nalishi magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Abdulla Qodiriyning “Bizda teatr ishining borishi” maqolasida yosh avlodning ongini maorif orqali rivojlantirish mumkinligini, katta avlodning dunyoqarashi teatr orqali oshishi haqida gapirib oʻtgan. Ammo teatrda sahnalashtirilayotgan pyesalar saviya jihatdan ancha sayozligi, bu yo‘nalishda yosh va iqtidorli dramaturglar kerakligi ta’kidlagan


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

217

ABDULLA QODIRIYNING PUBLITSISTIK ASARIDA XALQ SAVIYASINI

OSHIRISHDA TEATRNING O‘RNI HAQIDAGI FIKRLARI

G‘aniyeva Mehrangiz Vohidovna

– O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar universiteti Noshirlik va muharrirlik ishi yo‘nalishi magistranti

mehrangizganiyeva@gmail.com tel:+998990934680

Annotatsiya:

Abdulla Qodiriyning “Bizda teatr ishining borishi” maqolasida

yosh avlodning ongini maorif orqali rivojlantirish mumkinligini, katta avlodning
dunyoqarashi teatr orqali oshishi haqida gapirib oʻtgan. Ammo teatrda
sahnalashtirilayotgan pyesalar saviya jihatdan ancha sayozligi, bu yo‘nalishda yosh
va iqtidorli dramaturglar kerakligi ta’kidlagan.

Kalit so‘zlar:

Teatr, dramaturg, komediya, tragediya, satira, tanqid.

“Teatr xalq ongi va qalbini shakllantirishga xizmat qiladi”- degan edi mashhur

yozuvchi Viktor Gyogo. Darhaqiqat, teatr o

tmishimiz, bugunimizdagi va kelajakda

sodir bo

lishi mumkin bo

lgan muammolarni, turli hodisalar, tarixiy voqealarni

sahnaga olib chiqadi. Uni tomosha qilgan har bir inson, o

zicha tahlil qiladi. Abdulla

Qodiriy millat “tarbiyasida” teatrning o

rni beqiyos ekanligini yaxshi tushunardi.

Shu sababli,

1919-yil

“Ishtirokiyun” gazetasining 239-sonida

“Bizda teatr ishining

borishi” maqolasini chop ettiradi. Ushbu maqolada teatr bilan bog‘liq turli
muammolar aks ettirilgan.

Maqola quyidagi jumlalar bilan boshlanadi.

Ma’lumdirki, bizim Turkistonda drama ham teatrning tarixlari

1912-yildan boshlanib, bularni qabul etkanimizga yetti yillar bo‘ladi.
1912-yildan ilgari Turkistonda tatar qarindoshlar tarafidan teatr o‘yunlari
bo‘lub tursa ham tabiiy bizim turmushimizdan chetdaroq bir ruhdagi asarlar
o‘ldiqdan yerli yoshlarni u darajada o‘ziga jalb eta olmag‘an, to‘g‘risi ul vaqtda
Turkiston yoshlari juda oz va shu nisbatda she’riy asarlardan yiroq masofada
turarlar edi

178

.

XIX-XX asrlarda Turkiston hududida teatr san’ati paydo bo‘la boshlagan. Uning

tashkilotchilari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda
Niyoziy bo‘lgan. 1911-yil Turkiston hududida ilk drama asarlar sahnalashtirilgan.
Masalan, Behbudiyning „Padarkush“ spektakli, „Mahramlar“ nomi bilan mashhur
boʻlgan A.Samadovmning spektakllarini eʼtiborga loyiq asarlar sifatida olish
mumkin. “Padarkush” dramasi haqida Qodiriy shunday deydi.

“1912- yildan boshlab «Padarkush» isminda o‘z turmushimizdan oling‘an

teatr risolasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tarafidan maydonga qo‘yilur.
«Padarkush» risolasi Turkistonning umuman deyarli har bir katta- kichik
shaharlarinda mavqi’ tomoshaga qo‘yilub, yoshlarimiz uchun bir daraja teatru
maqsadi onglashilur.”

Qodiriy maqolasida nimaga aynan “Padarkush” dramasiga to‘xtalib o‘tgan.

Chunki uning negizida jadidlarning marifatparvalik qarashlari yotadi. Behbudiyning:
“Teatr – bu ibratxonadir” degan fikri bor. Ya’ni ilmsizlik, omilik atalmish illatlardan

178

Qodiriy A. Diyori Bakr

Sharq: 2016.708-b


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

218

qutilishning asosiy yo‘llaridan biri, “teatr” ekanligiga ishora qilgan. Turkistonda
birinchi o‘zbek milliy teatri Samarqand shahrida Mahmudxo‘ja Behbudiy
rahbarligida tashkil etildi. Bu truppada namoyish etilgan ilk asar ham uning
“Padarkush” pyesasi edi. Undan so‘ng, birin-ketin sahnalashtirilgan spektakllarga
Qodiriy shunday fikr biladiradi.

“Mana shundan so‘ng bizda teatr masalasi bosh ko‘tarub, yarim-yorti teatr

risolalari yoza boshlaymiz. Bunday she’riy asarlarni taqlid so‘nginda qabul
etmak madaniy millatlarning bir qonuni esa-da, bizda birinchidan, bu ishga
yangiliq va matbuotsizliqqa, alalxusus bunday nimarsalarni tanqid qilurg‘a
iqtidorlik munaqqidlarimiz yo‘qlig‘indan shu ko‘yincha qabul etilib, matbuot
elagindan o‘tquzilmas.”

Truppalarda 1912-1917 yillar oralig‘ida oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi

namunalarini sahnalashtirgan. Teatr sahnalarida Ozarbayjon dramaturglarining
asarlari: “Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “O‘liklar”, “Joy ijaraga olgan
kishi”, “Man oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”ni oʻzbekchaga
tarjima qilinib, namoyish etilgan. Shunday yirik sahna asarlari qo‘yilgan bo‘sada,
dramaturgiya bilan bog‘liq bir qator muammolar bor edi.

179

Sahna asarlari saviya jihatidan u qadar yuqori emasligi,

Yangi sahna asarlarini yozuvchi dramaturglar yetishmasligi,

Teatr rivojlantirish uchun yetarlicha mablag‘ning mavjud emasligi,

Aktyor va aktrisalarning deyarli yo‘qligi.

“Bu hol Turkistonning boshqa go‘shalarindan ko‘ra bizim Toshkand

yoshlari orasinda ko‘brak ko‘rildi. Bir nechalarini istisno ila, o‘z imlosin
to‘g‘rilab yoza olmag‘anlar, «dramaturg», «komik» hatto «operato‘r» ham
bo‘lib maydonga chiqdilar-da («tragediya»ni yozmag‘anlariga shukr qilasan
endi!) Toshkandni ola-chipor drama, komediya va operalar ila to‘ldirdilar.

Jadid adabiyotida dramaturgiya ya’ni jadid dramasi eng sermahsul va ommabop

janr sifatida alohida ko‘zga tashlanadi. Jadid g‘oyalarining xalqqa yoyilishi, singishi
va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san’atining ta’sir ko‘rsatishi kuchli
bo‘ldi. Shuning uchun jadid o‘z ijodiy-amaliy faoliyatini drama yozish va teatr bilan
bog‘liq holda olib bordilar

.

1917-yil oktabr to‘ntarilishigacha dramaturgiya sohasida

o‘ttizdan ortiq drama, tragediya, komediya asarlari yozilgan va teatrlarda
sahnalashtirilgan. Ammo ularning ko‘pchiligi jahon talabiga mos kelmaydigan
dramatik asarlar edi.

“Teatr, turmushdagi yetishmagan va ortiqcha yerlarni ko‘z oldimizg‘a

mujassam etib ko‘rsatuvchi bir oynadir. Ish shundog‘ ekan, biz ham o‘z
teatruvimizni ko‘rganda turmushimizning aksini ko‘rmagimiz kerakdir.

Lekin biz o‘z sahnamizda shu choqqacha o‘zining san’atkoronalig‘ ila

ichiga kiritib yuborib asarlantiraturg‘an na bir drama va na bir komediya
ko‘ramiz. Ammo ko‘rdik, ma’attaassuf, na dramalik nomig‘a, na komediyalig‘
otig‘a muvofiq bir asar uchrata olmadik. Qaysi bir yangi yozilg‘an dramasiga
qarama, buzuqliq, sahna uchun xiyonat”

179

Kun.uz.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

219

O‘sha davrda garchi sahna asarlari ko‘plab yozilgan bo‘lsada, ammo ularning

ma’no mazmuni ancha sayoz edi. Negaki, san’atning teatr yo‘nalishi Turkistonga ancha
kech yetib keldi. Angliyada 1599-yil birinchi “Globus” teatri, Rossiyada 1750-yilda
“Imperator” teatri, Turkistonda esa 1911-yilda ilk spektakl sahnalashtirilgan

180

.

Teatr sohasi yangi yo‘nalish bo‘lganligi, unda dramaturglarning yetishmasligi

sabab teatr repertuarlarida anchagina kamchiliklar bo‘lgan. Ziyolilar orasida chet tilini
biluvchilari kamligi sabab jahon dramaturgiyasining nodir namunalarini sahnalastirish
ancha muhkul edi. O‘sha davrdagi spektakllar o‘z janrlariga mos tushmas, maqsadi faqat
pul ishlashga qaratilgan bo‘lib qoldi.

Komediya, degach nima to‘g‘ri kelsa shundan kula bermak emas, balki

o‘zining tub shartiga muvofiq etib kulmak, drama yozg‘anda mavzuni
turmushimizning naq bir chirik joyidan olmoq va shuning ila barobar adabiyot
torozusiga solib yozmoq kerakdir.

Komediya (yunoncha. komodia – xushchaqchaq olomon) – hodisa, voqea va

xususiyatlar kulgili ko‘rsatilgan drama turi. Komediyada ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar,
kishilarning ongi va xarakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi bilan tanqid
etiladi. Abdulla Qodiriy maqolasida aynan komediyaning “jiddiy” bo‘lishi kerakligiga
alohida urg‘u bergan.

Bundan bir necha kunlar muqaddam «To‘kma» teatrining buzuqlig‘ina

qarshi chiqg‘an «Ishchi» o‘ziga bir daraja ko‘ngil bog‘latg‘an edi. Lekin aning
ham aytmakda bo‘ldig‘i tanqidlar yolg‘uz sahna kamchiliklari, artistlarning
o‘yunni buzuq o‘ynovlari va shunga o‘xshash ikkinchi darajadagi o‘rinlarni
tanqididan narig‘a o‘tolmadi.

Xorazmda "Xatarli oʻyin", "Toʻkma" tomoshalari keng yoyildi. Fargʻona vodiysi

va Toshkentda qiziqchilik va askiya taraqqiy etdi. 19-asrning 2yarmida Qoʻqonda Zokir
Eshon boshliq 30 ga yaqin qiziqchilar toʻdasi, Buxoroda Tula masxara boshliq 20 ga
yaqin masxarabozlar toʻdasi shuhrat qozondi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay “To‘kma” teatri
tanqidga uchradi. Negaki, “unda yengil-yelpi, buzuqlikni targ‘ib qiluvchi tomoshalar
qo‘yilmoqda”-deb ayblov qo‘yildi. Ammo “To‘kma” teatrining yopilishi bilan
dramaturgiyadagi kamchiliklar bartaraf etilib qolmadi. Tomoshalarning saviyasi
anchagina past, aktyorlar mahorati ham haminqadar edi.

Menim bu dedigimdan «Sahna va artistlarni tanqid etuv noo‘rin emish»,

degan maqsad onglashilmasun. Albatta, bular ham o‘z mavqe’inda teyishli ishlar,
lekin demoq istaymanki, keng ma’naviy jihatdan o‘ldiqdan ilgari teatr asarlarining
asl o‘zini umumiy adabiyot o‘lchovina solib operasiya qilib chiqish birinchi
martaba lozimdir.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy “Bizda teatr ishining

borishi” maqolasi orqali to‘g‘ri ma’noda tanbeh bermoqchi bo‘lgan. U har bir sahna
asari “maqsadli” bo‘lishi kerakligi, uni tomosha kishi to‘g‘ri xulosa chiqarishi, o‘zidagi
kamchiliklarni tuzatishi, bir so‘z bilan aytganda “tarbiyalanishini” istagan. Masalan,
Behbudiyning “Padarkush” dramasida “O‘qimagan bolaning ahvoli qanday bo‘lishi
ko‘rsatilgan holda” yoshlarni ilm olishga targ‘ib qilgan bo‘lsa, Qodiriyning “Baxtsiz
kiyov” dramasida esa ortiqcha sarf-xarajatlar, dabdababozlik insonni baxtsizlik tomon
yetaklashi ko‘rsatib berilgan.

180

https://uz.wikipedia.org/wiki/Jadid_teatrlari.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

220

Adabiyotlar:

1. Qodiriy A. Diyori Bakr. Sharq, 2016.708-b
2. Sanobar To‘laganova. Abdulla Qodiriy: Shaxsiyat va ijod. –

Toshkent: 2021. 78-b.

3. Kun.uz.
4. Daryo. Uz.
5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Jadid_teatrlari

Библиографические ссылки

Qodiriy A. Diyori Bakr. Sharq, 2016.708-b

Sanobar To‘laganova. Abdulla Qodiriy: Shaxsiyat va ijod. – Toshkent: 2021. 78-b.

Kun.uz.

Daryo. Uz.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Jadid_teatrlari

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов