Соғлом бола йили» да самарқанд вилоят врачлар ассоциациясининг вазифалар

CC BY f
14-15
13
1
Поделиться
Ходжаев, Н. (2014). Соғлом бола йили» да самарқанд вилоят врачлар ассоциациясининг вазифалар. Журнал вестник врача, 1(1), 14–15. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/4514
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Бугун мамлакатимизда рўй бcраётган кcнг кўИамли ўзгаришлар халқимизнинг турмуш фа-ровонлигини янада ошириш, уламинг cзгу мақсадларини рўёбга чиқаришга қаратилганлиги билан аҳамиятлидир. Кcйинги йилларда барпо cтилган замонавий корхоналар, коммуникация тармоқла- ри, хизмат кўрсатиш инфратузилмалари, янги-янги мактаблар, лицcй ва коллcжлар, мусиқа ва санъат мактаблари, спорт масканлари, соғлиқни сақлаш муассасаларини қурганда, бу бcтакрор мамлакати- миз янада гўзал ва обод бўлиб бораётганига ишонч ҳосил қиламиз.

Похожие статьи


background image

(Вестницврача, Самарканд

2014, № 1

<Dofyor axfiorotnomasi, Samarqand

14

Xodjaev N.I.

«SOG’LOM BOLA YILI» DA SAMARQAND VILOYAT VRACHLAR

ASSOTSIATSIYASINING VAZIFALARI

Samarqand viloyat vrachlar assotsiatsiyasi

Bugun mamlakatimizda ro’y berayotgan keng

ko’Iamli o’zgarishlar xalqimizning turmush fa-
rovonligini yanada oshirish, ulaming ezgu maqsadlarini
ro’yobga chiqarishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Keyingi yillarda barpo etilgan zamonaviy korxonalar,
kommunikatsiya

tarmoqla-

ri, xizmat ko’rsatish

infratuzilmalari, yangi-yangi maktablar, litsey va
kollejlar, musiqa va san'at maktablari, sport maskanlari,
sog’liqni saqlash muassasalarini qurganda, bu betakror
mamlakati- miz yanada go’zal va obod bo’lib
borayotganiga ishonch hosil qilamiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan yangi 2014 yilning

respublikamizda “Sog’lom bola yili” deb nomlanishi
bolajon xalqimizning quvonchiga quvonch, g’ayratiga
g’ayrat qo’shdi. Barcha tib- biyot muassaslari qatori
O’zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasi rayosat raisi, taniqli
olim va sog’liqni saqlash tizimining mohir tashkilotchisi
prof. Xudoybergenov A.M. rahbarligida Respu- blika
tibbiyot tizimini isloh qilishda faol ishtiroq etib kelmoqda.
Yaqindagina

o’zining

20

yilligini nishonlagan

O’zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasi xalqaro maydonda
katta e'tiborga sazovor bo’ldi. Vakillarimizning Tibbiyot
Assotsiatsiyalarining Evropa Forumiga qatnashishi,
O’zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasining Janubiy-
Sharqiy Tibbiyot Forumiga a'zo qilib olinganligi, Koreya
Sog’liqni saqlash industriyasi instituti va Koreya Xalqaro
tibbiy

xizmatlar

Assotsiatsiyasi

bilan

hamkorlik

Memorandiumi

imzolanganligi

ham

fikrimizning

dalilidir.

O’zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasi Samarqand

viloyat bo’limi ham o’z navbatida mamlakatimizda ro’y
berayotgan katta ijobiy o’zgarishlardan chetda turgani
yo’q. Viloyat hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasi,
Samarqand Davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston Respu-
blikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Tibbiy parazitologiya
ilmiy-tekshirish oliygohi, tibbiyot litsey va kollejlari
rahbarlari bilan hamkorlikda viloyat tibbiyot tizimini
isloh qilishga faol ishtirok etib kelmoqda.

“Sog’lom bola yili” bundan oldin e'lon qilin- gan

“Ayollar yili”, “Sog’lom avlod yili”, “Onalar va bolalar
yili”, “Sihat - salomatlik yili”, “Yoshlar yili”, “Barkamol
avlod yili”, “Mustahkam oiia yili”, “Obod turmush yili”,
munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturlari o’zaro
uzviylik kasb etib, ulaming amalga oshirilishi natijasida
oilalarning iqtisodiy va ma'naviy asoslari yanada
mustahkamlandi.

Prezidentimiz

rahnamoligida

tibbiyot

tizimida

amalga oshirilayotgan tub islohotlar onalar va bolalar
salomatligini muhofiza qilish, aholiga tibbiy xizmat
ko’rsatish sifatini yanada yaxshilashda muxim ahamiyat
kasb etmoqda. Ayniqsa, ushbu maqsadlarga xizmat
qiluvchi

pediatriya

yo’nalishida

ko’rsatilayotgan

xizmatlar ko’lamini kengaytirish, profilaktika va

diagnostika ishlari samaradorligini oshirish va tibbiy
madaniyatni yuksaltirishga qaratilayotgan e'tibor o’zining
yuksak samaralarini berayotir.

Aytish joizki, mamlakatimizda aholiga sifatli tibbiy

xizmat ko’rsatishning zamonaviy tizimi yaratildi.
Jumladan, bir paytlar tasavvur qilish mumkin bo’lmagan
ixtisoslashtirilgan markazlaming mukammal tizimi
vujudga keldi. “Sog’lom ona-sog’lom bola” g’oyasini
o’zida mu- jassam etgan dastur asosida keng ko’Iamli
chora- tadbirlaming yuksak natijalari bir qator nufuzli
xalqaro sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan xaqli
ravishda e'tirof etilmoqda.

Tibbiyotimizning muhim yutuqlaridan biri shundaki,

bugun inson xayoti uchun xavfli bo’lgan yuqumli
kasalliklar profilaktikasi bo’yicha tizimli ishlar amalga
oshirilayotir. Mam- lakatimizning barcha xududlarida
bolalaming 98 %dan ortig’i oldini olish mumkin bylgan
infektsiyalarga qarshi emlanmoqda. Buning natijasida
poliomielit, chaqaloqlar qoqsholi, difteri- ya, qizamiq
kabi kasalliklarga chalinish holatlari- ga butunlay barham
berildi va boshqa xil yuqumli kasalliklar bilan og’rish
xolatlari keskin kamaydi.

2013 yilda tibbiyot - sanitariya sohasida bi- rinchi

yordam ko’rsatish oilaviy tibbiyot printsipi asosida
ishlash shakliga o’tkazildi. Bu esa yur- timizda sog’liqni
saqlash sohasini isloh etishni yanada chuqurlashtirish
bo’yicha joriy etilayotgan chora-tadbirlar tizimida muhim
qadam bo’ldi. Bunday o’zgarish qishloq joylarda,
ayniqsa, chek- ka tumanlarda yashayotgan aholiga
malakali tibbiy yordamdan foydalanish imkonini berdi.
Tug’ish yoshidagi ayollar, shuningdek, bolalar va
o’smirlami tibbiy ko’rikdan o’tkazish to’liq ta'minlandi.
Homilador ayollar irsiy va tug’ma kasalliklar bo’yicha
skrining

tekshiruvidan

o’tkazilganligi

natijasida

bolalaming tug’ma xas- taliklar va rivojlanishdagi
nuqsonlar bilan tug’ilishi birmuncha kamaydi. “Ona va
bola skrin- ingi” dasturining hayotga tatbiq etilishi
natijasida rivojlanishda nuqsoni bor bolalaming tug’ilishi
2000 yilga nisbatin 1,8 marta kamaydi.

Aholining ovqatlanishini yaxshilash, un va tuzni

zarur mikroelementlar bilan to’yintirish, onalar va
bolalarlami vitaminga boy dori-darmonlar


background image

(Вестник^врача, Самарканд

2014, Ж 1

‘Dofyor oxfiorotnomasi, Samarqand

15

bilan ta'minlash bo’yicha amalga oshirilgan chora-
tadbirlar tufayli bugungi kunda bolalarimizning 92 %i
rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha Jahon sog’liqni
saqlash tashkiloti standartlariga mos keladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov

raisligida o’tkazilgan 2014 yil 17 yan- vardagi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisida
so’zlagan nutqida “Sog’lom bola yili” Davlat dasturini
ishlab chiqishda onalik va bolalikni muhofaza qilishni
ta'minlash, bosh- lang’ich ta'lim sifatini oshirish,
yoshlami sport mashg’ulotlariga keng jalb etish, bolalami
tarbiya-

lashda

jamoat

tashkilotlarining

rolini

kengaytirish, ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va
sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mus-
tahkamlash bo’yicha amaliy chora-tadbirlami ro’yobga
chiqarishda alohida e'tibor berilishi uqtirib o’tilgan.
Shuningdek mazkur qarorda Sog’liqni saqlash vazirligi
Moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq vrachlik
punktlari faoliyatini zarur darajada tartibga solish va
takomillashtirish, shu jumladan, vrachlar yuklamasining
yangi nor- mativlarini tasdiqlash, respublikaning bir qator
tumanlarida,

tajriba

tariqaisida,

patronaj

ham-

shiralarining ishini rag’batlantirish choralarini ko’rish
bo’yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini amalga
oshirish topshirilgan.

Prezidentimiz

Islom

Karimov

rahnamoligida

mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimini isloh
qilishning printsipial yangicha yondashuvlari ishlab
chiqilgani, ona va bola salomatligini muxofiza qilish,
reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy va
ma'naviy barkamol avlodni voyaga etkazishga xizmat
qilayotganini ta'kidlash lozim.

Mamlakatimizda tibbiy-ijtimoiy sohalarda.iz- chillik

bilan amalga oshirilayotgan islohotlar aholi, jumladan,
onalar va bolalarga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati
va samara- dorligini oshirishda dasturilamal bo’layotir.
Birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalari, ixti-
ko’rsatilayotir.

Aholi o’rtasida mikronutrient yetishmovchili- gi

tufayli kelib chiqadigan kasalliklaming oldini olish, oziq-
ovqat maxsulotlarini foydali moddalar bilan boyitish,
homilador ayollami polivitaminlar bilan ta'minlash,
oilalarda ratsional ovqatlanish madaniyatini yuksaltirish
borasida olib bori- layotgan targ’ibot ishlari tobora
takomil- lashmoqda.

Bunday

chora-tadbirlar

natijasida

aholining

reproduktiv salomatligini mustaxkamlash, onalar va
bolalar o’limi, kasalliklami kamaytirish, sog’lom bolalar
ko’rsatkichini oshirishga er- ishilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov

O’zbekiston xalqiga yangi (2014 yil) tabrigida -
“Bolalarimizning sog’lom va barkamol bo’lib voyaga
etishi, ulaming baxtu iqbolini ko’rish - har bir ota-ona, har
qaysi oilaning eng ulug’ va muqaddas orzusidir.
Hammamiz yaxshi tushunamizki, faqatgina jismoniy va
ma'naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimga, o’z fikr va
qarashlariga ega bo’lgan, Vatanimizning taqdiri va
kelajagi uchun mas'uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir
bo’lgan yangi avlodimizni kamol topdirish-biz ko’zlagan
obod va fardvon hayot barpo etishning asosiy garovi va
aytish mumkinki, hal qiluvchi sharti bo’lib maydonga
chiqmoqda.

Ayni shu xaqiqatni chuqur anglab, “Sog’lom bola

yili” deb nom olgan 2014 yil va kelgusida ham bu masala,
bu vazifa ham davlatimiz, ham jamiyatimiz, barcha-
barchamizning doimo e'ti- borimiz markazida bo’lishi
lozim”-

deb

ta'kidlab

o’tkanligi

xalqimizning

quvonchiga-quvonch,

g’ayratiga-g’ayrat

qo’shdi.

Viloyatda bu boradagi ishlar jadal sur'atlar bilan amalga
oshirilmoqda.

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 yanvardagi majlisida “2014 yil

yuqori o’sish sur'atlar bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlami safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil
davom ettirish yili bo’ladi” mavzusidagi ma'ruzasi.

3.

O’zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasi Byulleteni. 2013 yil.-4-son. -121 b.

4.

N.I.Xodjaev. Samarqand viloyat vrachlar assotsiatsiyasining 2009-2013 yillardagi faoliyati xaqida. Samarqand. 2014 y.-19 b.

5.

Viloyat vrachlar assotsiatsiyasi materiallari.

6.

Viloyat, shaxar va tuman tibbiyot muassasalari materiallari.

Adabiyotlar

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2013 yil 6 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitut- siyasi qabul

qilingan kunning 21 yilligiga ba?ishlangan tantanali yig’ilishda “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va
fiiqarolik jamiyati qurish-yorug’ kelajagimizning asosiy omilidir” mavzusidagi ma'ru- zasi

sosiashtirilgan akusherlik va ginekologiya, pediat- riya
ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, perinatal, reproduktiv
salomatlik markazlari, viloyat bolalar ko’ptarmoqli
markazlari tomonidan bu yo’nalishda aholiga keng
ko’lamli tibbiy xizmat

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президенти л.А.Каримовнинг 2013 йил 6 декабр куни Ўзбекистон Республикаси Конститут- сияси қабул қилинган куннинг 21 йиллигига ба?ишланган тантанали йиғилишда “Амалга ошираётган ислоҳотларимизни янада чуқурлаштириш ва фииқароликжамияти қуриш-ёруғ келажагимизнинг асосий омилидир” мавзусидаги маъру- заси

Ўзбекистон Врачлар Ассоциацияси Бюллетени. 2013 йил.-4-сон. -121 б.

Н.И.Ходжаев. Самарқанд вилоят врачлар ассоциациясининг 2009-2013 йиллардаги фаолияти хақида. Самарқанд. 2014 й.-19 б.

Вилоят врачлар ассоциацияси материаллари.

Вилоят, шахар ва туман тиббиёт муассасалари материаллари.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов