Tabiblar sulolasi

Аннотация

Ya.T. Tojiyevning (1970 yil) maMumotlariga ko‘ra
XIX asr o‘rtalarida Markaziy Osiyo Respub- likalari
xududida ilmiy tabobat yaxshi rivojlan- magan bo‘lsada,
o‘sha davming tabiblari tomoni- dan tibbiyotga oid bir
necha asarlar yozib qoldi- rilganligi ma'lum. Masalan. Ibn
Sinoning “Tib qonunlari” asarining qisqacha mazmuni
asosida Umar Chag'miniy o'zining “Qonuncha” nomli
risolasini chop ettiradi va keyinchalik bu risola o‘sha davr
tabiblari tomonidan asosiy qo'llanma sifatida foydalaniladi


background image

-Doctor axborotnomasi, 2011, №3, Samarqand

17

4.

Farxadi R.R., А.А. Gevarkov i dr. Zdrovooxraneniye Samarkandskoy oblasti za 25 let. Samarkand. Tipogra- fiya

Uz.gos.universiteta. 1950 g. 20 str.

5.

Xodjayev N.I. Samarqand tabobati tarixiy bosqichlari (XI-XX1 asrlar). Toshkent. Fan va texnalogiya. 2010 yil 143

bet.

6.

Samarqand viloyat davlat arxivi materiallari.

Xodjaev N.I.

TABIBLAR SULOLASI

Samarqand davlat tibbiyot instituti (rektori - prof. Shamsiev А.М.)

Ya.T. Tojiyevning (1970 yil) maMumotlariga ko‘ra

XIX asr o‘rtalarida Markaziy Osiyo Respub- likalari
xududida ilmiy tabobat yaxshi rivojlan- magan bo‘lsada,
o‘sha davming tabiblari tomoni- dan tibbiyotga oid bir
necha asarlar yozib qoldi- rilganligi ma'lum. Masalan. Ibn
Sinoning “Tib qonunlari” asarining qisqacha mazmuni
asosida Umar Chag'miniy o'zining “Qonuncha” nomli
risolasini chop ettiradi va keyinchalik bu risola o‘sha davr
tabiblari

tomonidan

asosiy

qo'llanma

sifatida

foydalaniladi.

O‘sha davrda aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish haqida

gap ham bo‘Iishi mumkin emas edi. Qo'qon, Buxoro va
Xiva xonliklari xalqning qo- nini zulukdek so’rish bilan
band edi. Tibbiy xiz- matga muhtqjlik sezib yashagan
xalqning yuzlab tabiblar va qo‘shnochlarga murojaat
qilishdan boshqa iloji yo‘q edi. Ilmiy tibbiyotning yo‘qligi
aholi orasida o‘lim ko'rsatkichining yuqori va o‘rtacha umr
ko‘rishning qisqarishiga olib keigan edi. Hududda birorta
tibbiyot xodimi, davolash muassasi yoki dorixona
bo‘lmagan.

1868 yilda Rus qo‘shinlari Samarqandni egal-

lagandan

so‘ng

Turkiston

o'lkasini

boshqarish

to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga asosan har 150-200
ming aholiga bitta vrach belgilangan bo'lib, tub aholi ilmiy
tibbiyot xizmatidan bahra- mand bo‘lolmas edi.

Umuman olganda oldingi yuz yilliklardagi tibbiyot

rivoji darajasi haqida bizlar juda kam ma‘lumotga egamiz.
Ushbu ma‘lumotlarni olish va tahlil qilish uchun turli
davrlarda yashab fao- liyat ko‘rsatgan tabiblarning
ishlaridan bilib oli- shimiz mumkin.

Tadqiqot maqsadi -

X1X-XX asrlarda ayrim

tabiblarning tibbiyot rivojiga qo‘shgan hissasini yozma
manbalardagi ma‘lumotlar va guvoh- laming ma‘lumotlari
orqali aniqlash va o‘rganishdan iborat.

Tadqiqot materiallari va usullari

Samarqand

viloyat davlat arxivi, sohaga oid adabiyotlar va
guvohlardan ma'lumotlami yig‘ish hamda tahlil qilish.

Atoulloxon Atomuhamedov (1852-1938 yil- llar) xalq

orasida Atoulloxon tabib nomi bilan mashhur bo‘lgan. U
1852 yil Afg’onistonning Qobul shahrida shoh saroyi

xizmatchisi oilasida tug'ilgan. 20 yoshga kirguncha
Qobulda yashagan va o‘qigan. So'ng Hindistonga o'qishga
borgan va 10 yil tibbiyot sohasida o‘qib oliy ma‘lumot ol-

gan. Hindistondan qaytib kelib Mazori-Sharifda 12 yil
harbiy vrach bo‘lib xizmat qiigan. Shahzo- dalarning

o‘zaro nizolari tufayli XIX-XX asrlarda afg‘on qochoqlari

shu jumladan Atoulloxon tabib ham Samarqandda panoh

topishgan.

Atoulloxon tabib 1902 yil Samarqand shahriga kelib,

shu yerlik Xo'jayeva Safiya degan ayolga uylanadi va
tabiblik

amaliyoti

bilan

shug‘ullana

boshlaydi.

Guvohlarning aytishicha Atoulloxon tabib o'qimishli,
ma'lumoti baland inson bo‘lgan. U arab, fors, afg‘on tillari

bilan birga, asta- sekinlik bilan o‘zbek, turkiy tillarni,
keyinchalik rus tilini o‘rganib, yaxshi so‘zlasha olgan.

Bemor- lar so‘rovi paytida, anamnez yig‘ishda ulaming
tilida so‘zlashgan, tabiiyki, bu kasallikning klinik
ko‘rinishini tahlil qilishga yordam bergan, asosiy

jihatlarini aniqlash, bemor shikoyatini detallashti- rish,
tanadagi ikkinchi darajali o‘zgarishlarga ahamiyat berish,

shuningdek oilaviy ahvoli, ov- qatlanishi, odatlari, oilaviy
udum va hayot tarziga e‘tiborni qaratardi.

Davolashda u o‘zi bilan tayyorlagan dori- darmondan

foydalanardi. U fitoterapiyaning bi- limdoni edi,

giyohlarni terish usullarini, shifo- baxsh o‘simliklardan

qaynatma va damlamalar tayyorlashni bilar edi.

Bemorlarni qabul qilish uchun Samarqand shahar Siyob

tumani Toshkent ko'chasi (Qoraboyoqsoqol mahallasi)

dagi hovli- sida maxsus xonalar bo'lgan. Xonalar stol, stul,
karavot bilan ta‘minlangan bo‘lib bemorlarni ko‘rish

uchun foydalanilgan. Xonalaming tokcha- larida ko‘p

miqdorda turli xil kitoblar, shisha idishlar va kolbalar, turli

xil tibbiy asbob- uskunalar va dorixona anjomlari

saqlangan. Yotib davolanuvchilar uchun esa 5-6 bemorga
mo’ljallangan maxsus xonalar bo ‘Igan.

Atoulloxon tabib juda tajribali vrach bo'igan. Kichik

jarrohlik muolajalari bilan ham shug‘ullangan. U yaradan
o‘qni oiib tashlash, og‘riq tishlami uzish, maddalangan

yaralarni ochish va shu kabi operasiyalarni muvaffaqiyatli

amalga oshirgan. Tabibga nafaqat Samarqanddan balki
boshqa shaharlardan ham juda ko‘p bemor- lar murojaat
qilishgan. U juda katta obro‘- e‘tiborga ega tabib bo‘lgan.
Bu haqda S.Ayniyning tug'ilganiga 100 yil to‘lganligi mu-
nosabati bilan chiqarilgan kitobda to‘liq ma‘lumot


background image

(Doctor аҳбогоШотап, 2011, №3, Samarqand

18

berilgan. 1935-1936 yillarda O‘zbekiston xalq artistlari

Halima Nosirova, Karim Zokirovlarni muvaffaqiyatli

davolagan. 1922 yilda yozuvchi Sadriddin Ayniyni og‘ir

kasallikdan qutqargan.

1921 yilda Samarqand gubemasida vabo ka-

salligining epidemiyasi boshlanib juda ko‘p aho- lining
yostig‘ini quritadi. Samarqandlik ma'rifatparvar Said Rizo

o'zining do'stlari tib- biyot xodimlari Berlis, Deych.

Atoulloxon tabib va boshqalami yig'ib epidemiyaga qarshi

kura- shishga da‘vat etadi. Ular butun mahalla va qish-
loqlami kezib mablag‘yig‘adilar va vabo o‘chog‘idagi

bemorlarni bepul davolay boshlaydi- lar. Atoulloxon tabib,

1938 yili NKVD xodimlari tomonidan qamoqqa olinadi.

1958 yil Turkiston Harbiy Okrugi prokuraturasining qarori

bilan be- gunoh deb topilib oqlanadi.

Atoulloxon tabibning 6 nafar farzandi bo ‘Igan:

Habibullo, Ne‘matullo, Inoyatullo, Sabo- hatxonim,

Saodatxonim, Sunavvarxonim.

Ulardan 4 nafari ota kasbini tanlab shifokor bo‘lishgan

va Atoulloxonning vrachlik sulolasini boshlab bergan.

Hozirgi vaqtda u kishining nabi- ralari, abiralari orasida 8

nafar

fan

doktorlari,

2

nafar

Rossiya

Fanlar

Akademiyasining muxbir- a‘zolari, 4 nafar xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi, 7 nafar O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan vrach, 14 nafar tibbiyot fanlari nomzodi va 50

ga yaqin vrachlar mamlakatimizning turli viloyatlarida sa-

marali mehnat qilib kelmoqda.

Habubullo Atoulloxonov 1903 yil Samarqand shahar

Siyob tumanidagi Qoraboyoqsoqol mahal- lasida vrach
Atoulloxon tabib, oilasida tavallud topgan. Inqilobdan
oldingi maktabda ta‘lim olgan. Otasi mashhur vrach
Atoulloxon tabib bolaligidan unga tibet. hind va yunon
tibbiyoti asoslarini o‘rgata boshlaydi. 1929 yilda sho‘ro
maktabini

tugatgandan

so‘ng

Toshkent

Davlat

Unversitetin- ing tibbiyot fakultetiga o‘qishga kiradi.
Keyincha- lik fakultet O‘rta Osiyo tibbiyot institutiga
aylanti- riladi va Habibulo 1933 yilda mazkur institutning
davolash fakultetini muvaffaqiyatli tamomlaydi. Institutni
tugatgandan keyin Samarqand shahriga ishga yuboriladi.
Bu yerda u dastlab Samarqand tibbiyot institutining
fakultet terapiya kafedrasi assistenti va amaliy vrach bo‘lib
ishlaydi. Shu bilan birga otasiga tabiblikka doimo
yordamchi va shogird bo‘lgan. Afsus u kishi atigi 4,5 yil
vrachlik qilgan. NKVD xodimlari 1938 yil 18 fevral kuni
otasi Atomuhamedov Atoulloxon bilan birga qamoqqa
olishgan.

Atoulloxonov Habibullo ham xuddi otasidek 1958 yili

Turkiston Harbiy okrugining prokuratu- rasi tomonidan
begunoh deb topilgan va to'liq oqlangan.

Xafiz Atoullayev 1930 yilda Samarqand shahar Siyob

tumanida shifokor Atoulloxonov Habibullo xonadonida

tug‘ilgan. Bobosi mashhur vrach Atoulloxon tabib
bo‘lgan. Aholi o'rtasida juda obro‘-e‘tiborli shifokorlardan
hisoblangan.

X. Atoullayevning yoshlik paytlari urush yil- lariga

to‘g ‘ri kelganligi tufayli juda qiyinchilik bilan yashagan.
Ochlik, qahadchilikni ko‘rgan. 12 yoshidan boshlab
nonvoyxonalarda og‘ir sharoit- larda ishlagan. Ko‘pincha
kechki smenalarda ish- lashga to'g‘ri kelgan.

1949 yil Samarqand davlat tibbiyot institutiga

o‘qishga kirgan va uni muvaffaqiyat bilan 1955 yilda
tugatgan. O‘z xohishi bilan Qashqadaryo viloyatining
Beshkent tumaniga ishga borgan (hozirgi kunda 6 yangi
tumanga bo‘lingan). Yuzlab kilometrga cho‘zilgan Qarshi
cho‘lida yozda +50- 60°C jazirama qishda esa -40°C
izg'irish bo'lib, asosan qoramolchilik bilan shug‘ullangan.
Beshkent tumani aholisi 73 ming kishini, radiusi 250 km.ni

tashkil qilgan. Chorvadorlarning ovullari bir-biridan 30-40

km masofada joylashgan. Ana shunday sharoit murakkab

tumanda atigi 3 ta da- volovchi vrach va I ta sanitariya

vrachi ishlagan.

1955 yil 28 oktyabr kuni Xafiz Atoullayev mazkur

tuman sog‘liqni saqlash bo‘limining mudiri etib
tayinlangan. Ish faoliyati davomida Beshkent tuman
tibbiyoti rivojiga jonbozlik ko‘rsatgani, mehnatda
muvaffaqiyatlarga erishgani tufayli viloyat va respublika
rahbariyati va aholi o‘rtasida obro‘-e‘tibor qozondi. O‘sha
vaqtdagi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri R.S.


background image

(Doctor a\6oivtnomasi, 2011, №3, Samarqancf

19

Sagatov u kishini 1961 yil Toshkent shahar Lenin tumani
sog‘liqni saqlash bo'limi mudirligiga o'tkazadi. 1966 yilda
esa yanada mas‘ulroq vazifaga Sirdaryo viloyat sog'liqni
saqlash bo’limining mudirligiga tayinlashadi. 1974 yilda
esa yangi Jizzax viloyati tashkil qilinganligi tufayli ushbu
viloyat sog’liqni saqlash bo’limining mudirligiga
o’tkaziladi. 1976-1981 yillarda Toshkent shahrida
joylashgan Respublika silga qarshi sanatoriyasi bosh

vrachi, 1981-1984 yillar 0‘zbekiston Respublikasi kasaba

uyushmalari kurortlar boshqarmasining raisi, 1984-1996

yillar

Toshkent

viloyat

sog'liqni

saqlash

bosh

boshqarmasining xo‘jalik hisobidagi tibbiyot muassasalari
boshqarmasi

boshlig'i,

viloyat

sog'liqni

saqlash

boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari vazifalarida astoydii

xizmat qildi. 1996 yil nafaqaga chiqdi.

Xafiz Atoullayev tibbiyot sohasining qaysi bo'g'inida

ishlamasin o'zining mohir tashkilotchiligi, bilimdon

mutaxassisligini, eng asosiysi insoniy fazilatlarini

namoyon qila olgan.

Xafiz akaning ko'p yillik va samarali mehnat- lari

munosib taqdirlangan. L’ kishi "Mehnat Qizil Bayroq”,
“Hurmat belgisi" ordenlari va qator fa- xriy yorliqlar bilan
taqdirlangan.

Xulosalar

1.

XIX-XX asrlar tabiblari kasallik va tashxisni

aniqlashda anamnez yig'ish usulini qo'llaganlar.

2.

Davolash vositalari asosan ular tomonidan

tayyorlangan

qaynatmalar,

damlamalar

va

tabiiy

moddalardan olingan ekstraktlar bo'lgan.

3.

Samarqand tabiblari “Tib qonunlari” aso- sida

qadimiy Yunon, Sharq va Hind tabobati usul- larini
qo'llab, bemorlarni kichik jarrohlik opera- siyalari bilan
davolaganlar.

Adabiyotlar

1.

A.A.Kadirov. Istoriya medisini Uzbekistana. Tashkent. Ibn Sina. 1994g.-234str.

2.

A.A.Qodirov. Tibbiyot tarixi. Toshkent. О ’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2005yil.-175bet.

3.

N.Xodjayev. Samarqand tibbiyoti ravnaqi. Toshkent. Navro *z. 201 lyil.-83bet.

4.

X.Ataullayev bergan ma Mumotlar.

Библиографические ссылки

A.A.Kadirov. Istoriya mcdisini Uzbckistana. Tashkent. Ibn Sina. 1994g.-234str.

A.A.Qodirov. Tibbiyot tarixi. Toshkent. О ’zbekiston milliy cnsiklopcdiyasi. 2005yil.-l75bct.

N.Xodjayev. Samarqand tibbiyoti ravnaqi. Toshkent. Navro *z. 201 lyil.-83bct.

X.Ataullaycv bergan ma Mumotlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов