Piru Komil inson, aziz ustoz

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Аннотация

Be pir marav daromoni harchand boshi Iskandari zamoni” forscha maqol (ya’ni, o’z zamonangning Iskandar zulqamayi bo’lsang ham pirsiz omonlikka, muvaffaqiyatga erisholmaysanjni menga rahmatli otam 40-50 yil oldin aytgan va hayotda bunga amal qilishni uqtirgan edi

Похожие статьи


background image

cDoktur axfiorotnomasi, Samarqatuf

2012, № 3

&естни\врача, Самарканд

10

rining rahbarlari bilan hamkorlikda shaliar va tuman tib-
biyot muassasalaiiga borib, jamoalar orasida tushuntirish
ishlari olib bordi.

Ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuksak

ma’naviyat yengilmas kuch "kitobini ribbiyot muassasalari
keng jamoalari orasida targ’ibot qilishdek mas’ul vazifa
uddalandi.Shuningdek

Prezintimizning

“O’zbekiston

Mustaqillika erishish bo’sag’asida “ kitobi ham tibbiyot
jamoatchi ligida keng muhokama qilindi.

Tarixdan ma’lumki bobomiz Amir Temur Samarqand

shahrining dovrug’ini dunyoga tarqatish maqsadida ilm- fan
sohiblari, mashhur olimlar, hunarmandlami Samarqand
shahriga olib kelib, ulaming bemalol ijod qilishiga sharoil
yaratib bergan.O’sha vaqtda Samarqandda, umuman Sharq
mamlakatlarida ilm-tan va madaniyat gurkirab rivojlangan davr
bo’lgan. Lekin ayrim sabablar bilan olimlar to’g’risida va ular
yaratgan hamma kitoblar ham bizgacha yetib kelmagan.
Jumxurriyatimiz mustaqillikka erishgan- dan keyingina
xalqimiz o’zining haqiqiy o’tmishini o’rganish imkoniyatiga
ega bo'ldi. Yurtboshimiz tashab- busi bilan uch tomli
“O’zbekistonning yangi tarixi” kitobi nashirdan chiqdi.
Endilikda xalqimizda o’z millatning haqiqiy o’tmishini
o’rganish uchun imkoniyat yaratildi. Shu o’rinda xalq tabobatini
yaratib ketgan, uning tamal toshini qo’ygan, ulug’
ustozlarimizning fidoyiliklarini, aziz ham- kasblarimizning
chekkan zaxmatlarini xaqli ravishda ezoz- lashimiz va
qadirlashimiz, ulaming hayoti va faoliyatini chuqur o’rganib,
keng yoritishimiz lozim. Ana shu hik- matdan kelib chiqgan
xolda viloyat hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasi
(N.I.Xojaev), viloyat vrachlar assotsiatsiyasi (H.U.Ulug’ov)
raxbariyati tashabbusi va saiy- harakatlari hamda viloyat
tibbiyoti faollarining qo'llab- quvvatlashi natijasida 2007-yil
Samarqand shahrining 2750 yoshligi nishonlanishi arafasida 2

tomlik ’‘Samarqand tibbiyoti tarixi” kitobi yaratildi. Kitobda
Samarqand tib- biyotining 1X-XXI asrlar mobaynida ahvoli,
tibbiyot rav- naqiga hissa qo’shgan olimu-fuzolalar, mohir
hakimlar hamda hozirgi kunda faolyat ko’rsatayotgan
shifokorlar va sog’liqni saqlash tizimining uddaburon
tashkilotchilaming hayoti to’g’risida ma’lumotlar yoritilgan.

Hozirgi

kecha-kunduzda

O’VAning

20-yilligiga

bag’ishlangan “Samarqand viloyat vrachlar assotsiatsiya- sining
tarixiga bir nazar “ risolasi chop etishga tayyorlan- moqda.

Viloyat vrachlar assotsiatsiyasi tibbiyot ravnaqiga munosib

xissa qo’shgan mohir shtfokor va sog’liqni saqlash
tashkilotchiiari. oiimu-fuzalolari hayoti va faolyati yoritiladigan
adabiyotlarni nashrga tayyorlash ishlarini davriy ravishda olib
borishni

rejalashtirilgan.

Samarqand

davlat

tobbiyot

institutining yirik olimlari to’g’risidagi “Samarqandlik mashhur
olimlar” O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sog’liqni saqlash
xodimi H.U.Ulug’ovning 80 yilligiga bag’ishlangan “Yuksak
fazilat sohibi” kitoblari yaratilishi ustida ish olib borilmoqda.

Samarqandlik 184 nafar mashhur hakimlar haqidagi

“Samarqandlik hakimlar” (2011-y) ensiklopedik kitobining 2-
tomini chiqarish borasida assotsiatsiya jadal ishlar olib
bormoqda.

O’zbekiston Respublikkasi vrachlar assotsiatsiyasining 20-

yilligini munosib kutib olish maqsadida Samarqand viloyati
vrachlar assotsaitsiyasi va keng tibbiyot jamoatchi- ligi ezgu
ishlami davom ettirib kelmoqda.

Xulosalar. Mustaqillik yillarida vrachlar huquqini himoya

qilish, nodavlat tibbiyot muassasalaiiga huquqiy yordam berish,
tibbiyot xodimlari malakasini oshirishi hamda kasbiy toifaga
ega bo’lishiga ko’mak berish, kam taminlangan va nogiron
shifbkorlarga moddiy berish assot- satsiyasining faoliyatiga
asosiy o’rin olgan. Tibbiyot fi- doyilarini qadrlash va xotirlash
assotsiatsiyasining dolzarb vazifalaridan hisoblangan.

Xodjaev N.I.

PIRU KOMIL INSON, AZIZ USTOZ

Samarqand davlat tibbiyot instituti (rektori - prof. Shamsiev A.M.)

Be pir marav daromoni harchand boshi Iskandari za-

moni” forscha maqol (ya’ni, o’z zamonangning Iskandar
zulqamayi bo’lsang ham pirsiz omonlikka, muvaffaqiyatga
erisholmaysanjni menga rahmatli otam 40-50 yil oldin
aytgan va hayotda bunga amal qilishni uqtirgan edi. Vaqt
o’tib o’ziin mustaqil ishlay boshlaganimda ustozlar yo’l -
yorig’iga quloq solib faoliyat ko’rsata boshladim. Qirq yiliik
mehnat faoliyatimda Samarqand davlat tibbiyot institutining
ko’pchilik professor-o’qituvchilari, viloyat davo- lash
profilaktika muassasalarining rahbarlari menga ustoz- lik
qilganlar. Shular orasida alohida o’rinda Hoji Ulug’ovich
Ulug’ov turadi. Hoji Ulug’ovich menga talaba- lik
davrimdan tanish. U kishining Oqdaryo tumani sog’liqni
saqlash tizimini boshqargan paytidagi ibratli ishlarini
Samarqandliklar doim faxr bilan aytib yurardi. Hoji
Ulug’ovich 1978-1993 -yillar Samarqand davlat tibbiyot
institutining 2-klinikasi bosh vrachi bo’lib ishlaganida o’zini
yanada namoyon etdi. Shifoxonani to’liq qurib bitkazdi,

zamonaviy tibbiy asbob uskunalar bilan jihozladi, hovlisini
gulu-gulzor va bog’u - bo’stonga aylantirdi.

Kechagidek esimda ishxonasida tozalik - ozodalik,

qandaydir aytib bo’lmaydigan darajada shinamlik hukm
surardi. U kishi doimo bejirim oq xalat kiyib o’tirar, yuzi-
dan nur yog’ilib turardi. Ma’muriyatdagi tartib-intizom,
muomila odobi . u kishining betakror aql-farosat egasi
bo’lgan rahbar ekanligidan darak berardi.

Ana shunday holatlami ko’rgan har qanday yosh mu-

taxasisda vrachga, rahbarga havas hissi uyg’onadi. Mening
tibbiyyot tizimining turli bosqichlariga rahbarlik vazifala-
rida ishlaganimda ustozning bunday oily janob va ibratli

Adabiyotlar

1.

N.I. Xodjayev, H.L' Ulug’ov Samarqand viloyat vrachlar assotsiatsiyasi tarixiga bir nazar. / Samarqand 2012-yil. 21 -bet.

2.

N.I. Xodjayev, H.U. Ulug’ov Xotirlash va qadrlash ulug’ fazilat (O’VA konferensiya materiali).

3.

H.U. Ulug’ov. N.I.Xodjayev Samarqand viloyat vrachlar assotsiatsiyasi qisqacha tarixi (O’VA konferensiya materiali).

4.

O’zbekiston Respublikasi P-ezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107 sonli “ O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish
to’g’risida “ gi farmoni.

5.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923 sonli “ Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yana- da chuqurlashtirish davlat
dasturini amaiga oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi farmoni.

6.

Viloyat vrachlar assotsiatsiyasining hujjatlari.

7.

O’VA ning 2012-yil 31-martdagi kengash qarori.


background image

(Doctor aj(6orotnomasi. Samarqancf

2012, № 3

(Вестниқврача, Самарканд

ishlaiini amalda qo’llab kelganim ham shu sababdan bo’Isa
ajab emas. Hojiakani men doini “Ustozi ulug’”, ’’Ustozi
kabir”, “Pin komil” deb kelaman. Chunki ustoz bilan mas-
lahatlashib qilingan har bir ishda albatta muvaffaqiyatga
erishganinan, har bir tadbir oldidan qilgan duolari doimo
omad keltirgan.

Hoji Ulug’ovichni viloyatimizda bilmaydigan kishi,

ayniqsa u haqda eshitmagan tibbiyot xodimi bo’lmasa kerak.
Ha u chindan ham oddiy. kamtarin inson. Haqiqiy ustoz
sifatida shogirdlardan mehrini uzmaydi. Yana bir jihati,
hozirgi vaqtda viloyat vrachlar assotsiatsiyasining raisi
sifatida viloyatdagi 5 mingdan ziyod vrachlaming boshini
birlashtirib yuradi va doimo ulaming xolidan xa- bardor
bo’lib turadi. Keksalar. nuroniylarga moddiy yor- dam,
bayramlarda sovg’a-salom ulashsa, yoshlaming o’qishi,
malaka oshirishiga yordam berib keladi.

Hoji Ulug’ovich Ulug’ov umrini el-yurt salomatligiga

va viloyat sog’liqni saqlash tizimining rivojiga bag’ishlab
kelayotgan shifokorlardan biri. Shu o’rinda uning hayot yo‘li
va feoliyatiga to’xtalsak.

1993-yil 4-aprel kuni Samarqand shahar Registon da-

liasida temirchi oilasida tug’ilgan.

H.U, Ulug’ovning bolaligi, yoshligi Ikkinchi jahon

urushi va urushdan keyingi og’ir tiklanish davriga to’g’ri
keladi. U darslardan keyin Samarqand shahrida temirchi usta
sifatida elga tanilgan otasiga yordam berib, ukaiari
gaqarashib, kechalari bilan ishlar va o’qir edi.

1952-yili o’rta maktabni bitirib Samarqand Davlattib-

biyo tinstitutining davolash fakultetiga o’qishga kiradi
Bilimga

chanqoqligi,

tirishqoqligi,

darslarni

a’lo

o’zlashtirish va namunali xulqi bilan talabalar o’rtasida
alohida ajralib turardi. Bu qobiliyatini sczgan institut dom-
lalari professor F.M. Golub, dotsentlar M.Q. Qorayev, N. M.
Babkinalar o’z panohiga oladilar.

1958-yili institutni muvaffaqiyatli tugatgan Hoji

Ulug’ovichni umr yo’ldoshi Saida Shokirovna Umarova
bilan birgalikda mamlakatimizning chekka hududi Sur-
xondaryo viloyati Denav tumaniga ishga yuboradilar. Ma-
lakali tibbiy kadrlar yetishmay, ancha qiyinchiliklarni
boshdan kechirayotgan Denov tuman markaziy kasalxona- si
jamoasi uni xushnud kutib olib, zimmasiga darhol jar- rohlik
bo’lhnining tashvishlarini yukiab qo’ydi. Qisqa vaqtda
jamoaning va tuman ahol isining hunnatini qozondi.

Hoji Ulug’ov 1960-yili Samarqandga qaytib keldi. U

Ishtixon tumani Mitan qo’rg’oni kasalxonasiga bosh vrach
lavozimiga tayinlandi. Rahbar, tashkilotchi, muttaxasis
sifatida tumanda davolash, sanitariya-profilaktik tadbirlami
tashkil qilish ancha qiyin kechdi. Tibbiyot sohasida mahal-
liy kadrlar yetishmas, tumanda bolalar o’rtasida bug’ma,
qizamiq, ko'k yo’tal, traxoma va boshqa yuqumli kasallik- lar
keng tarqalgan, bolalar va onalar o’limi yuqori edi.

O’sha yillari Hoji Ulug’ov o’zi jarroh, travmatolog,

LOR vrachi. sanitariya vrachi va epidemolog sifatida jon-
bozlik ko’rsatib ishladi. Uning sa’y harakatlari bilan yangi
feldsher akusherlik punktlari ochil'di, emlash ishlari yo’lga
qo’yildi, aholi o’rtasida sanitariya-maorif ishlari jonlandi.
Yuqumli kasalliklar, bolalar o’rtasidagi o’lim sezilarli da-
rajadakamaydi.

1964-yili Oqdaryo tumani tashkil qilinib, Hoji Ulug’ov

tuman birlashgan kasalxonasi bosh vrachi vazifa- siga
tayinlandi. Tajribali rahbar ishni birinchi navbatda,
muttaxasis kadrlar bilan ta’minlashdan, davolash, sanita-
riya-profilaktika ishlaiini davr talabi darajasiga qo’yishdan
boshladi. Turnandagi 150 o’rinli shifoxona, keyinchalik 300
o’rinli yirik markaziy shifoxonaga aylantirildi. 1972- 1977

yillarda tumanning Dalibed qo’rg’onida 75 o’rinli qishloq
uchastkasi

shifbxonalari

ochilishi.

tuman

markaziy

shifoxoxonasida 60 o’rinli jarrohlik va tug’ruq xona
bo’limlari ishga tushirilishida, 5000 porsiya sut tayyorladi-
gan oshxona ochilishi, 2 qavatli dorixona ishga tushirilishi va
ularni zamonaviy asbob-uskuna va tibbiy anjomlar bilan
jihozlashda. albatta Hoji Ulug’ovning salmoqli hissasi bor.

Xayrli ishlarzoye ketmadi. Oqdaryо tumani' 1977-yili

sog’liqni saqlash tizimida hamma ko’rsatkichlar bo’yicha
viloyatda 1- o’rinni egalladi. Respublika tumanlari ichida esa
o’z vaqtida malakali tibbiy xizmat ko’rsatish bo’yicha
peshqadam bo’ldi.

1978-yil bahorida Respublika va viloyat rahbariyati

Hoji Ulug’ovga katta ishonch bildirib Samarqand tibbiyot
institutining 2-son klinikasiga bosh vrach etib tayinlashdi.
Samarqandga kelib, bo’lajak klinikaning qurilishini ko’rib
biroz cho’chidi ham. Uning yodiga sharq olamining buyuk
donishmandi Luqmoni Hakimning "Barcha yukni ko’tardim,
ammo burchdan og’irroq yukni ko’rmadim” degan dono
so’zlari tushdi. Bosh vrach mas’uliyati kata, og’ir. 18 gektarli
maydonda kataqurilish ishlari ketayotir.

Kata tajribali rahbar tezda ishga tushib ketdi. Bahorda 4

gektarli toshloq yerga suv chiqarib, bog’ rog’ga aylanti-
rishdan boshladi. Chunki klinika ishga tushgunga qadar
daraxtlar o’z soyasini berishini bilgan holda bog’bon, qu-
ruvehi. me’mor bo’lib ishlashga to’g’ri keldi. Harxil meva- li
va manzarali daraxt ko’chatlari o’tkazildi va har xil gul
ko’chat lain ekildi.

1979-yili may oyida SamTI 2-son klinikasining 360

o’rinli 1-navbati, 1982-yili 360 o’rinli 2-navbati to’liq ishga
tushirildi.

Hoji Ulug’ov klinikada viloyatda 1-bo'lib "Sun’iy

buyrak” markazi, chaqaloq bolalar reanimatsiyasi bo’limini
ochdi. Klinikani zamonaviy tibbiy asbob- uskunalar bilan
ta’minlashga alohida e’tibor beradi. Ultra- tovush yordamida
tekshirish apparati, fonokardiografiya, exokardioskop, lazer
nuri bilan davolash uchun apparatlar olinib ishga tushiriladi.

Hoji Ulug’ov mohir tashkilotshi, bilimdon, malakali

muttaxasis bo’lishi bilan birga yoshlarga mehribon ustoz. U
kishining maslahati va bevosita ko’magi bilan 4 ta fan
doktori, 22 ta fan nomzodlari yetishib chiqdilar.

Hoji Ulug’ovich xalqimiz sog’lig’ini saqlash borasi-

dagi benihoyat xizmatlari munosib taqdirlangan. 1992-yil
O”zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan
“O”zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatga nsog’Hqni
saqlash xodimi” faxriy unvoni berildi.

Hoji Ulug’ovichning tibbiyot sohasidagi ulkan xiz-

matlari, ayniqsa SamMI 2-klinikasi binosini qurib foydala-
nishga topshirishdagi jonbozligiga Samarqand xalqi munosib
baho berdi. Hali-hanuz alioli ushbu shifo maskanini
“Ulug’ov bolnitsasi” deb aytadi. H.Ulug’ov hozirgi kunda
Samarqand viloyat vrachlar assotsiatsiyasining raisi lavo-
zimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. U kishi viloyatdagi 5
mingdan ziyod vrachlaming boshini birlashtirib yurar ekan,
doimo ulaming xolidan xabardor bo’lib turadi. Keksalar,
nuroniylarga moddiy yordam, bayramlarda sovg’a- salom
ulashish, yoshlaming o’qish, malaka oshirishiga yordam
bcrish, vrachlar o’rtasida turlixil musobaqalar o’tkazish,
SamMlning eng namunali talabalariga assotsiat- siya
nomidan stipendiyalar ajratish, tibiyot xodimlari bay-
ramlarini o’tkazish, umuman olganda vrachlaming barcha
tashvishlariga sherik bo’lib kelayotir.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов